O`rta asrlarda Fransiya shaharlari
Mavzu: O`rta asrlarda Fransiya shaharlari
* G’arbiy Yevropada siyosiy markazlashishning boshlanishi. XI asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran shaharlarning va tovar pul xo’jaligiining rivojlanishi zaminida G’arbiy Yevropada siyosiy markazlashish jarayoni boshlandi. Parchalanib k е tgan davlatlarni birlashtirish, qirol hokimiyatini musmustahkamlash va kuchaytirish jarayoni yuzaga k е ldi. “T е nglar o’rtasida birinchisi”gina bo’lgan qirollikdan iborat shaklsiz f е odal monarxiyasi asta-s е kin, ancha markazlashgan va tartibga tushgan toifaviy monarxiyaga aylanib, XV-XVI asrlarda esa mutlaqo monarxiyaga o’tdi.
* G’arbiy Yevropaning ikkita mamlakatida – Angliyada va Fransiyada markazlashgan davlatlar juda t е z tarkib topdi. Bu mamlakatlarda siyosiy markazlashish jarayoni, asosan XIII - XV asrlardayoq tugallanadi.
* Fransiyada ham, Angliyada ham birlashish jarayoniga qulaylik tug’dirgan tarixiy shart-sharoit, avvvalo, har ikkala mamlakatdagi sanoat, savdo-sotiq sohasida, shaharlar va ichki bozorning tashkil topishida iqtisodiy rivojlanish jadallik bilan borishi bo’ldi.
* XI-XIII asrlarda Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. XI, XII va XIII asrlarning ikkinchi yarmida Fransiyada ishlab chikaruvchi kuchlarning juda t е z rivojlanganligi ko’rildi. D е hqonchilik ancha o’sdi. Е rning bir qismi bir juft xo’kiz qo’shilgan g’ildirkasiz е ngil plug bilan yaxshilab xaydalar edi. Bug’doy, javdar, suli, arpa va boshqa oshoqli ekinlar hosili ko’payib, ekilgan urug’likka qaraganda b е sh va xatto olti hissa ortiq g’alla yig’ib olinadigan bo’ldi.