O’rta Osiyo shaharlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi
O’rta Osiyo shaharlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
Reja • 1. O'rta Osiyo shaharlarining paydo bo’lishi. • 2. O’rta Osiyo hududidagi ilk shaharlar. • 3. O’rta Osiyo hududidagi shaharlarning rivojlanishi
O‘rta Osiyo yagona tarixiy-geografik hudud hisoblansada, uning barcha hududlarida shaharlar bir vaqtda paydo bo‘lgan emas. Masalan Turkiston va O‘zbekist o ning janubida ilk shaharlar eramizdan avvalgi III-II ming - yillikda paydo bo‘lgan bo‘lsa, O‘rta Osiyoning shimoliy-sharqiy hududlarida bir oz kechroq, eramizdan avvalgi I ming – yillik boshlarida paydo bo‘ladi. Buning asosiy sababi, bizning nazarimizda, O‘rta Osiyoning shimoliysharqida ishlab chiqarish rivojining nisbatan sust borganligi bilan bog‘liq.
1) O‘rta Osiyo ilk shaharlari uchun eng muhim belgilardan biri manzilgohda hashamatli me’morchilikning mavjudligi hisoblanadi. Hashamatli me’morchilik deganda saroy va ibodatxona tushiniladi. Ularning mavjudligi shu manzilgohning ma’muriy va diniymarkaz bo‘lganligidan dalolat beradi. O‘rta Osiyo ilk shaharlari oddiy qishloqlardan, avvalambor, ma’muriy va diniy markazbo‘lganliklari bilan farqlanadi . Shahar belgilari
2) Maydoni va aholisi sonining nisbatan yuqori darajada bo‘lishi ham ilk shaharlarning belgilaridan bo‘ladi. Biroq, Misr va Mesopotomiya ilk shaharlari uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadigan ilk shaharlarning 5-6 gektar, aholisi sonining esa 5000 kam bo‘lmasligi to‘g‘risidagi qarashlar bizning hududlarga doimo ham to‘g‘ri kelmaydi. 3) Ilk shaharlar, avvalambor, biror-bir vohaning iqtisodiy siyosiy, diniy va harbiy markazi rolini bajargan va ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy mavqei bilan emas, siyosiy mavqei bilan farq qiladi. 4) Ilk shaharlarda mudofa devorining mavjudligi ham muhim belgi hisoblanadi. Lekin uning bo‘lishi ilk shaharlar (bronza davri) uchun doimo ham asosiy shart bo‘lmagan. Mudofa devorlarining mavjud bo‘lishi ko‘proq ilk temir davri va undan keyingi davr shaharlari uchun zaruriy shartga aylanadi.