O’simlik To’qimalari va ularning tasnifi. Hosil qiluvchi to'qimalar
O’SIMLIK TO’QIMALARI VA ULARNING TASNIFI. HOSIL QILUVCHI TÓQIMALAR .
Toʻqima — kelib chiqishi, tuzilishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash hujayralar sistemasi. Odam va hayvonlar toʻqimasi epiteliy biriktiruvchi va nerv toʻqimalariga boʻlinadi. Epiteliy toʻqimasi odam va hayvonlar tanasini qoplab turadi, ichki organlarda parda hosil qiladi, himoya funksiyasini; uning hosilalari, masalan, jigar va meʼda osti bezining serektor epiteliysi sekretor funksiyasini bajaradi. Xususiy biriktiruvchi toʻqima va uning xreilalari , Limfa , Suyak himoya, tayanch va trofik funksiyani bajaradi. Mezenximadan rivojlanadi. Muskul toʻqimasi qisqarish xususiyatiga ega. Shu tufayli organizm fazoda harakat qiladi va uning organlarida qisqarish harakati sodir boʻladi; silliq muskul toʻqimasi mezenximadan, koʻndalangtargʻil muskul toʻqimasi mezodermadan rivojlanadi. Nerv toʻqimasi ektodermadan hosil boʻlib, organizmning hayot faoliyatini boshqaradi, tashqi muhitdan signallar qabul qiladi va organizmning javob reaksiyasini belgilab beradi
Oʻsimliklarda toʻqima bir xil hujayralardan iborat boʻlsa — oddiy (mas., kollenxima), har xil hujayralardan iborat boʻlsa — murakkab toʻqima deyiladi. Oʻsimlikning hayoti davomida oʻsishini taʼminlovchi toʻqima meristema bilan bogʻliq. Ildiz va poyaning uchki qismidagi toʻqima birlamchi meristema deyiladi. Poya va ildiz diametrining oʻsishi ikkilamchi meristema — kambiy va fellogen bilan bogʻliq. Odatda, oʻsimliklarda 3 xil: qoplovchi, oʻtkazuvchi va asosiy toʻqima sistemasi ajratiladi. Qoplovchi sistema birlamchi toʻqima (epiderma, epiblema, yaʼni rizoderma, ekzo,derma)dan hamda himoya va soʻrish funksiyasini bajaradigan havo, baʼzan, tuproq (ildizlar) va ikkilamchi toʻqima (himoya funksiyasini bajaradigan) peridermadan iborat boʻlishi mumkin. Pust deb ataladigan uchlamchi qoplovchi toʻqima daraxtlar ildizi va poyasida sirtqi peridermaning nobud boʻlishi tufayli hosil boʻladi. Oʻtkazuvchi sistema 2 xil: birlamchi va ikkilamchi floema hamda birlamchi va ikkilamchi ksilemadan iborat. Asosiy sistema birlamchi parenxima toʻqimasi — xlorenxima, aerenxima hamda mexanik toʻqima — kollenxima va sklerenximani uz ichiga oladi. Bundan tashkari, ajratish, shamollatish funksiyasiga ega boʻlgan