O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi” (hayvonlar)
O’zbek ist on Respublik asining “ Qizil k it obi” (hayvonlar)
Kirish 1. O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» haqida 2. O ’ zbekiston q o’riqxonalari 3. O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan u murtqasiz va umurtqali hayvonlar Reja:
KIRISH Tabiat rang-barangligi konvensiyasi 1992 yilda 156 davlat tomonidan Rio-de Janeyroda BMT anjumanida qabul qilingan, 1995 yilda O`zbekiston shu konvensiyani ratifikatsiya qilib, o`zining zimmasiga Respublika biologik xilma- xilligini asrashni oldi. Respublikaning 10% yer maydoni muhofaza qilinadigan hududlar ( milliy bog `, qo ` riqxona , buyurtmaxona , ekomarkaz , botanika bog ` lari , hayvonot bog ` i ) bo ` lishi lozim , hozirgi kunda esa bu hudud 2% ni tashkil qiladi , xolos . 1997 yilning 26 dekabrida O ` zbekiston Oliy Majlisi tomonidan « O ` simlik dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish » va « Hayvonlar dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish » qonunlari qabul qilindi .
O` zbek ist on Respublik asi « Qizil k itobi» haqida O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida. «Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, qo`riqxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yovvoyi o`simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo`yadi. O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va balig`lar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq. O`zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi. Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, balig`larning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.
O’zbek ist on q o’riqxonalari Qo’riqxona - bu tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib , xo’jalikdan butunlay ajrati l gan yer maydoni , akvatoriya yoki territoriya . birinchi q o’riqxona- 1929 yilda Turkistonning ğarb qismida tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni 15600 ga kengaytirilgan. U hozirda Zomin nomini olgan. Ikkinchi qo’riqxona - 1941 yilda_Orol daryosi qirğoqlarida tashkil etilgan bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega. Uchinchi qo’riqxona - 1947 yilda Toshkent oblastining Ohangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 22000 gektardan 35686 ga kengaytirilgan va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi. 1961 yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining qo’riqxonasi tashkil qilindi, hozirda Surhondaryo qo’riqxonasi deyiladi. 1971 yilda respublikada 3 ta qo’riqxona: Qoraqalpoqda- Baday qo’riqxonasi, Buxoroda- Qorako’l va Qizilqum qo’riqxonasi tashkil qilingan. 1975 yilda yana 4 ta qo’riqxonalar tashkil etildi- Vardanzi (Buhoroda), Nurota (Nurotada), Qizilqum (Qashqadaryoda), Zarafshon (Samarqandda). 1976 yilda Qashqadaryoda Miroqchi qo’riqxonasi , 1977 yilda Jizzaxda Arnasoy,1978 yilda Farğonada Abdusamat, 1986 yilda Surhondaryo qo’riqxonasi tashkil etilgan, yer maydoni 245002 gektarga ega, uning tarkibiga Orol Payğambar qo’riqxonasi qo’shildi.