O’zbekiston respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni va ta’lim tizim turlari
MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA’LIM TO’G’RISIDAGI QONUNI VA TA’LIM TIZIM TURLARI
Reja: 1. «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari. 2. Kasbiy ta’lim turi va tizimi. Kasbiy ta’lim rivojlanishining asosiy omillari. 3 . Uzluksiz, kasb-hunar ta’limi tizimida O’rta maxsus ta’limining o’rni va ahamiyati.
■ Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tahminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha boiib, ijodkor, ijtimoiy faol, mahnaviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarurshart-sharoitlarni yaratadi. ■ Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davrsanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar mahlumotlarini o’zlashtiradi, yuksak mahnaviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. ■ Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:
maktabgacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. Maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, hartomonlama kamol topib shakllanishini tahminlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog’i shakllanib bormoqda. Bu o’rinda «Xonadon bog’chasi» hamda «Bolalar bog’chasi - boshlang’ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tasviriy sanhat, musiqa, til va komputer savodxonligini o’rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida mahnaviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.