logo

O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

11731.079101562 KB
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi  •
Mustaqillik  yillarida  O‘zbekiston  Respublikasi  ijtimoiy-iqtisodiy  
rivojlanishda  ulkan muvaffaqiyatlarga  erishdi.  Hattoki,  2008-2009  
yillarda  ro‘y  bergan  jahon  moliyaviy-iqtisodiy inqirozi  sharoilida  
ham  O‘zbekiston  milliy  iqtisodiyotining  o‘sish  sur'atlari  bo'yicha  
dunyo mamlakatlari ichida eng yuqorilaridan biri bo'ldi. 2010-yildan 
buyon O‘zbekiston YIMning yillik o‘sish sur’atlari 8 foizdan past 
bo'lmagan darajada qayd etilmoqda. Jahon hamjamiyati ekspertlari 
tomonidan  tan  olingan  bu  ijobiy  natijalar  zamirida  respublikamiz  
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ulkan salohiyati hamda 
mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning "o‘zbek modeli”  
asosida  bosqichma-bosqich  ravishda  amalga  oshirilayotgan  aniq  
maqsadlarga yo‘naltirilgan islohotlar yotadi.  •
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Osiyo  doirasida  tranzit  
imkoniyatlari  qulay  iqtisodiy-geografik o‘ringa ega bo'lib, subregion 
davlatlarining o'zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o'ynaydi.  
Shu  bilan  birga,  respublikamiz  ko'p  tarmoqli  milliy  iqtisodiyotning  
shakllanishi  va rivojlanishi  uchun  ulkan  imkoniyatlami  yaratadigan  
tabiiy  boyliklariga  ega.  Eng  avvalo, davlatimizning mineral-resurs 
salohiyati alohida e’tiborga sazovor. O‘zbekiston hududida jami 120 ga 
yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta  ко nlari topilgan.  •
  O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4-
o‘rin, uran bo'yieha 7-o‘rin, molibden bo'yieha 8-o‘rin, mis bo'yieha esa 
10-o‘rinda turadi. Yoqilg'i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng 
katta ahamiyatga ega bo'lib, uning zaxiralari bo'yicha O‘zbekiston 
dunyoda 14-o‘rin egallavdi. Noruda qazilma boyliklar bo'yieha kaliy 
tuzlari va fosforitlar qazishda dunyoda yetakchi o'rinlaridan birida 
turadi.  Turli  foydali  qazilmalarning  yirik  konlariga,  asosan,  Navoiy, 
 Toshkent,  Qashqadaryo, Buxoro  viloyatlari  va  Qoraqalpog'iston  
Respublikasi  boy  hisoblanadi.  Demak,  mineral resurslaming  ulkan  
zaxiralari  yurtimizda  rangli  metallurgiya,  yoqilg'i,  kimyo  va  
qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga keng imkoniyatlar 
yaratadi.  •
Mamlakatimiz  qishloq  xo'jalikni  rivojlantirish  uchun  qulay  sharoit  yaratuvchi  
agroiqlim resurslariga ega. Vegetasiya davrning davomiyligi, issiq va quyoshli 
kunlarning  ko'pligi tufayli O'zbekistonda  paxta с hilik,  bog'dorchilik.  uzumchilik,  
sabzavotchilik,  polizchilik  kabi  yuqori daromadli  dehqonchilik  tarmoqlari  
intensiv  ravishda  rivojlanmoqda.  Lekin,  qishloq  xo‘jaligi asosan  sun'iy  
sug‘orish  yordamida  rivojlanayotganligi  sababli,  respublikamiz  qishloq  
xo‘jaligi qat'iy darajada suv resurslariga bog‘liq. Tabiiy boyliklarning bu turi bilan 
Toshkent, Andijon va Surxondaryo  va  Samarqand  viloyatlari  nisbatan  yaxshi  
darajada  ta’minlangan.  Shuningdek, davlatimiz  g‘arbida  joylashgan,  kalta  
qismini  cho‘llar  egallagan  Navoiy,  Buxoro, Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  
bu  jihatdan  ancha  murakkab  vaziyat  shakllangan.  Ammo hududlarimizda  suv  
resurslarning  yetishmoviligiga  qaramay,  O‘zbekiston  jahon  mamlakatlari ichida 
sug‘oriladigan yerlar maydoni bo‘yicha 11-o‘rinda turadi.  •
O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari ham mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining poydevori  hisoblanadi.  Respublikamiz  aholisi  muntazam  ravishda  
o‘sib  bormoqda.  1990-yilda 20,2  min  kishiga  teng  bo'lgan  respublikamiz  aholisi  
2017-yilga  kelib  32,1  min  kishigacha ko‘paydi. 2010-yildan keyingi davrda 
0‘zbekistonda demografik ko‘rsatkichlardan tug‘ilish har 1000 kishi hisobiga 23-24, 
o‘lim 5-6, tabiiy ko‘payish esa, bunga mos ravishda, 18, ya'ni 1,8 foizga teng 
bo`lmoqda. Lekin migratsiya qoldig‘i minimal manfiy darajada (-0,1-0,2 foiz) 
boMganligi tufayli,  aholining  yalpi  ko‘payish  suratlari  1,6-1,7  foizga  teng.  
•
Qisqa  tarixiy  davr  mobaynida  O‘zbekiston  xalqaro  savdo-iqtisodiy  
munosabatlarga  kirishish, milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, 
sanoatni rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat,  energetika  va  transport  
xavfsizligini  ta'minlash  kabi  murakkab  vazifalar  yechimiga bosqichma-bosqich,  
muvaffaqqiyatli  erishdi.  •
Respublikamiz YIMning o'zgarish dinamikasida 3 ta davrni 
ajratish mumkin. Birinchisi, 1991-1996-yillarni o‘z ichiga olib, 
iqtisodiy pasayish bilan tavsiflangan. Bu holat, asosan, sobiq 
Ittifoq doirasidagi  hududiy  mehnat  taqsimoti  tizimi,  
O‘zbekiston  iqtisodiyoti  tarmoqlari  va korxonalarining boshqa 
respublikalarning xo‘jaligi o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarning 
uzilishi natijasida  kelib  chiqdi.  1997-2003-yillar  oralig'idagi  
ikkinchi  bosqich  milliy  iqtisodiyotning barqarorlashuvi va YIM 
o'sishining boshlanishi davri bo‘ldi. Uchinchi davr 2004-yilda 
boshlanib, hozirgacha davom etmoqda. Bu yillarda uchun 
O‘zbekiston YIMning 8,0 foizdan past bo‘lmagan sur’atlar  bilan 
 o‘smoqda.  •
Shuningdek,  milliy  iqtisodiyotimiz  tarmoq  tarkibida  ham  muhim  o‘zgarishlar  
ro`y  berdi.  Eng avvalo, sanoatning YIMdagi ulushi ancha o‘sganligi diqqatga  
sazovordir. 1995-yilda YIMning 17,1  foizi  sanoatga  to‘g‘ri  kelgan  bo‘lsa,  
2014-yilda  bu  ko`rsatkich  26  foizgacha  ko'taril-di. Qishloq xo'jaligining milliy 
iqtisodiyotidagi ulushi. mos ravishda, 28,1 foizdan 17,6 foizgacha pasaydi. 
Sanoatning tarmoq tarkibi ham sezilarli darajada o‘zgarib ketdi. Respublika 
sanoatida elektr energetikasi, yoqilg'i, kimyo, rangli metallurgiya, mashinasozlik 
va boshqa og‘ir sanoati tarmoqlarining o'rni va ahamiyati o`sib, mustaqillikdan 
oldingi davrda respublika ixlisoslashuvini belgilab turgan yengil sanoatining 
ulushi esa deyarli 3 barobar kamaydi. 2000-yil boshidan buyon sanoat  ishlab  
chiqarish  hajmi  O‘zbekistonda  muntazam  ravishda  o‘sib  kelib,  qayta  ishlash 
tarmoqlarining o‘sish sur’atlari undiruvchi sanoatga nisbatan bir necha barobar 
yuqori. Natijada, 2016-yil  yakunlari  bo‘yicha,  mamlakatimiz  sanoati  tarkibida  
salkam  20  foizlik  ulush  bilan mashinasozlik  mahsulotlari  yetakchi  o'ringa  
chiqib  oldi. •
So‘nggi  yillarida  O‘zbekistonda  avtomobilsozlik,  mikroelektronika  
sanoati,  kaliy  o‘g‘itlari  va soda ishlab chiqarish, farmatsevtika, shakar 
sanoati va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari bunyod etildi. Neft va gaz-
kimyo tarmoqlarida juda yirik korxonalar ishga tushirildi. 2010-yildan 
keyingi davrda  To'palang  GES,  Ustyurt  gaz-kimyo  majmuasi,  
Xondiza  tog`-metallurgiya  kombinati, Dehqonobod kaliy zavodi, 
Xorazm avtomo-bil zavodi, Zafarobod sement zavodi va boshqa muhim 
ishlab chiqarish obyektlari qurib bitirildi. Hozirgi paytga kelib 
O'zbekistonda mustahkam sanoat ishlab chiqarish salohiyati yaratildi. 
Respublikamiz MDH mamlakatlari va jahon miqyosida oltin, uran, 
tabiiy gaz, kadmiy, molibden, sulfat kislotasi, azot o‘g`itlari, gazlamalar, 
yengil avtomobillar va  boshqa  mahsulotlarning  yetakchi  ishlab  
chiqaruvchilari  qatoridan  joy  egallaydi.   •
O‘zbekiston  sanoatining  hududiy tarkibida  ham  o‘zgarishlar  yuz  
berdi. Masalan, 1980-yillar oxirida Toshkent shahri  va  viloyatiga  
respublika  yalpi sanoat  mahsulotining  50  foizi  to‘g‘ri kelgan  bo‘lsa,   
hozirgi   davrda   esa   bu hududlarga  30  foiz  ko‘rsatkich to‘g‘ri 
kelmoqda.   O‘z   navbatida,   qator  yangi  korxonalar  barpo  etilganligi  
hisobiga  Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Jizzax viloyatlari va 
Qoraqalpog'iston Respublikasining mamlakat sanoati tarkibidagi  
ulushlari  sezilarli  darajada  ortdi.  Demak,  borgan  sari  O'zbekiston  
hududida sanoat  markazlarining  soni  ko'payib  bormoqda.  •
O‘zbekiston  qishloq  xo'jaligida  ham  katta  o'zgarishlar  ro‘y  berdi.  Qishloq  
xo'jaligida  amalga oshirilgan  dastlabki  islohotlaming  ustuvor  maqsadlari  paxta  
yakkahokimligini  tugatish,  don mustaqilligiga  erishish  hamda  xususiy  fermer  va  
dehqon  xo‘jaliklarini  rivojlantirishdan  iborat bo'lgan. Paxta ekin maydonlarining 
keskin qisqartirilishi hisobiga g'alla maydonlari 1,5 barobar kengaytirildi. Shu tufayli 
O‘zbekistonda bug'doyning yalpi hosili 3,5-4 barobar oshirilib, qisqa vaqt ichida 
respublikamizda don mustaqilligiga erishildi. Bundan tashqari, mamlakatning oziq-
ovqat  xavfsizligini  ta’minlashda  katta  ahamiyat  kasb  etadigan  sabzavotchilik,  
kartoshka yetishtirish, bog'dorchilik, uzumchilik, sut-go‘sht chorvachiligi kabi 
qishloq xo'jalik tarmoqlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratildi. Natijada, 
mustaqillik yillarida paxta hosili 5,5 min tonnadan 3,4 min tonnagacha kamayib, 
sabzavot hosili 2,5 barobar, kartoshka 6 barobar, meva 4 barobar, uzum  2,5  barobar  
oshdi,  go'sht  va  sut  ishlab  chiqarish  hajmi  ham  2  barobar  o‘sdi.  •
Hozirgi kunda O‘zbekiston uzum, poliz ekinlari, ayrim mevalami 
yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha  jahondagi  yetakchi  mamlakatlar  
qatoriga  kirdi.  Shuningdek,  O‘zbekiston  qishloq xo'jaligida  an’anaviy  
ixtisoslashgan  tarmoqlar-paxtachilik,  pillachilik,  qorako’l с hilik  ham  o‘z 
ahamiyatini yo'qotgan emas. Jumladan, 2016-yil holatiga respublikamiz 
jahonda paxta yalpi hosili bo'yicha 6-o‘rin, eksporti bo'yicha 3-o‘rin, ipak 
ishlab chiqarish bo'yicha 6-o‘rin, qorako'l terisini ishlab  chiqarish  
bo'yicha  esa  2-o‘rinda  turadi.   •
Transport  tizimi  rivojlanishida  ham  salmoqli  natijalarga  erishildi.  Bulardan  eng  
ahamiyatlisi respublika  temiryo'l  transporti  tizimining  bir  butunligiga  erishilganligidir. 
 O'zbekiston  hududi shimoli-g'arbdan  janubi-sharqqa  yuzlab  kilometr  masofaga  
cho'zilganligi,  hamda  davlat chegaralarining  o'ziga  xos  shaklda  tog'  tizmalari  va  
keng  yastanib  yotgan  cho'llar  orqali o'tganligini hisobga olsak, bu masala dolzarb 
strategik ahamiyatga ega ekanligiga amin bo'lamiz. Surxondaryo  viloyati  hududi  
Toshg'uzor  - Boysun  - Qumqo'rg'on,  Xorazm  viloyati  va Qoraqalpog'iston  Respublikasi  
Uchquduq  -  Miskin  Nukus,  Farg'ona  vodiysi  Angren  -  Pop temiryo`llari  qurilishi  
bilan  O`zbekistonning  yagona  temiryo`llar  tarmog'i  bilan  bog'landi. Natijada  
mamlakatimizning  transport  xavfsizligi  va  mustaqilligi  ta’minlandi.  Hozirgi  vaqtda 
Navoiy  va  Buxoro  viloyatlarini  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  bilan  nisbatan  qisqa  
masofada bogiab  qo‘yadigan  Konimex-Miskin  temiryo‘li  hamda  Urganchdan  xalqaro  
turizm  markazi hisoblangan  Xiva  shahriga  tomon  temiry о‘ l  qurilmoqda.   •
Bundan tashqari, O‘zbekistonda temiryo'llami elektrlashtirish va tezyurar 
poyezd yo‘nalishlarini barpo  etish  bo‘yicha  ham  salmoqli  ishlar  amalga  
oshirildi.  Jumladan,  Toshkent-Samarqand yo‘nalishi  bo'yicha  
"Afrosiyob”,  Toshkent  Qarshi  yo‘nalishida  "Nasaf”,  Toshkentdan 
Buxorogacha "Sharq" tezyurar poyezdlar qatnovi yo`lga qo'yildi. Endi esa 
Qarshi-Termiz, Qarshi-Kitob  va  boshqa  temiryo‘llarini  elektrlashtirish  
ishlari  ham  boshlangan.  Bular  poyoniga yetganidan  so'ng,  
respublikamizdagi  tezyurar  poyezd  yo'nalishlarining  geografiyasi  yanada 
kengayishi  kutilmoqda.  •
Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  dengiz  portlariga  bir  nechta  
yo'nalishlarda  ishonchli chiqish yo`llariga ega bo`lish, Yevrosiyoning turli 
qismlaridagi regional transport tizimlari bilan bog`lanish  orqali  iqtisodiy-geografik 
 o‘mining  tranzit  imkoniyatlarini  ro'yobga  chiqarish maqsadlarida  transport  
sohasida  Turkmaniston,  Qozog‘iston,  Rossiya  Federatsiyasi,  Xiloy, Ozarbayjon, 
Gruziya, Eron, Ummon kabi davlatlar bilan keng qamrovli o‘zaro hamkorlikni 
yo‘lga qo'ymoqda. Mamlakatimiz yordamida qurilgan Afg‘oniston hududidagi 
birinchi Termiz Mozori Sharif temiryo`li O‘zbekistondan janubiy yo'nalishda dunyo 
okeani portlariga tomon eng qisqa transport chiqishini yaratishning dastlabki 
bosqichi bo`ldi. Afsuski, Afg‘onistondagi geosiyosiy vaziyatning  beqarorligi  bu  
davlat  hududidan  Hind  okeaniga  tomon  loyihalashtirilgan  transport magistrallari 
 qurilishini  noaniq  muddatgacha  to‘xtatib  turibdi.  •
Transport tizimida amalga oshirilavotgan keng qamrovli ishlar 
mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarini yanada 
rivojlantirish borasidagi harakatlarning ajralmas qismi 
bo‘lmoqda. Dunyoning 140  ga  yaqin  davlatlari  bilan  tashqi  
iqtisodiy  aloqalarini  yo`lga  qo‘yayotgan  O‘zbekiston 
Respublikasining  eng  muhim  savdo  hamkorlari  qatoriga  
Rossiya  Federatsiyasi,  Xitoy, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, 
Turkiya va Yevropa mamlakatlari kiradi. Transport tizimining 
rivojlanishi respublikamiz  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  yangi  
geografik  yo‘na!ishlarda kengaytirishga  imkoniyat  beradi.  •
Respublika eksportining tovar tarkibida mustaqillik yillarida juda katta 
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mustaqillikka  erishgan  payti  respublikamiz  
eksportida  paxta  tolasining  ulushi  60  foizga  teng bo'lgan. Keyingi 
yillarda bu raqam muttasil ravishda pasayib, 2016-yilga kelib 5 
foizgacha tushib ketdi. Olz navbatida, energiya manbalari (eng avvalo, 
tabiiy gaz), rangli metallar, oziq-ovqat va to'qimachilik, kimyo sanoati 
mahsulotlari, avtomobil ishlab chiqarishning mamlakatimiz eksporti 
tarkibidagi  o‘rni  sezilarli  darajada  o‘sdi.  •
So‘ngi  yillarda  hududlarning  sanoat  ishlab  chiqarish  va  
eksport  salohiyatini  oshirish,  milliy iqtisodiyotimizga xorijiy 
sannoyalarni yanada ko‘proq hajmda jalb etish maqsadida 
respublikamiz hukumatining tashabbusi bilan mamlakatimizda 
qator erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) tashkil qilindi. Dastlab 
"Navoiy”, "Angren”, "Jizzax” (Sirdaryo viloyatidagi filiali bilan), 
keyinchalik esa Xorazm viloyatida  "Hazorasp",  Buxoro  
viloyatida  "G‘ijduvon"  Samarqand  viloyatida  "Urgut”  hamda 
Farg'ona viloyatida "Qo‘qon'" ElZlari yaratildi. Hozirgi kunga 
kelib bu hududlarda ichki va tashqi sarmoyadorlar  ishtirokida  
yuzlab  yangi  ishlab  chiqarish  loyihalari  amalga  oshirilmoqda. 
•
O`zbekiston  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  istiqbollari  
respublikaning  har  bir  tuman  va  viloyat imkoniyatlaridan 
umumdavlat va hududiy manfaatlarda oqilona foydalana olishga 
bog`liq.

O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

• Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Hattoki, 2008-2009 yillarda ro‘y bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoilida ham O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari bo'yicha dunyo mamlakatlari ichida eng yuqorilaridan biri bo'ldi. 2010-yildan buyon O‘zbekiston YIMning yillik o‘sish sur’atlari 8 foizdan past bo'lmagan darajada qayd etilmoqda. Jahon hamjamiyati ekspertlari tomonidan tan olingan bu ijobiy natijalar zamirida respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ulkan salohiyati hamda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning "o‘zbek modeli” asosida bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotgan aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan islohotlar yotadi.

• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy-geografik o‘ringa ega bo'lib, subregion davlatlarining o'zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga, respublikamiz ko'p tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlami yaratadigan tabiiy boyliklariga ega. Eng avvalo, davlatimizning mineral-resurs salohiyati alohida e’tiborga sazovor. O‘zbekiston hududida jami 120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta ко nlari topilgan.

• O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4- o‘rin, uran bo'yieha 7-o‘rin, molibden bo'yieha 8-o‘rin, mis bo'yieha esa 10-o‘rinda turadi. Yoqilg'i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega bo'lib, uning zaxiralari bo'yicha O‘zbekiston dunyoda 14-o‘rin egallavdi. Noruda qazilma boyliklar bo'yieha kaliy tuzlari va fosforitlar qazishda dunyoda yetakchi o'rinlaridan birida turadi. Turli foydali qazilmalarning yirik konlariga, asosan, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi boy hisoblanadi. Demak, mineral resurslaming ulkan zaxiralari yurtimizda rangli metallurgiya, yoqilg'i, kimyo va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.