Prokuratura organlari
Prokuratura organlari
Prokuratura (lotincha: procurare — „gʻamxoʻrlik qilish“) — ayrim mamlakatlarda jinoiy ishlarni qoʻzgʻatish, ayblovni yoqlash, sud protsessida davlat manfaatlarini himoya qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi (organlar tizimi). Dastlab 13 —14-asrlarda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda Prokuraturaga barcha fuqarolar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan nazorat qilish vazifasi ham kiradi.
Muayyan mamlakatlarda Prokuratura sudning tarkibiy qismi hisoblanadi, boshqalarida esa tashkiliy jihatdan undan ajratilgan. Bosh prokuror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan saylanadi. Boshqa viloyat, tuman va shahar prokurorlari Bosh prokuror tomonidan saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasida ham Prokuratura hokimiyati faol ishtirok etadi. Bundan tashqari prokurorlar sudlarda ham ishtirok etadi.
O’zbekiston Respublikasi hududiga prokuratura tariqasidagi davlat organining kirib kelish tarixiga nazar tashlasak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Rossiya tomonidan Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonligidan iborat O’rta Osiyo bosib olingunga qadar, bu yerda prokuratura deb nomlangan maxsus idora bo’lmagan.
«Har bir inson qalbida nafs balosidan, shayton vasvasasidan yiroq bo’lish, imon va insof, vijdon va adolatparvarlik tuyg‘ularini uyg'otish zarur. Agar odamlar ongida shu insoniy tuyg‘ular qaror topmas ekan, ana shunday oliyjanob fazilatlar jamiyatimizda hukmron bo‘lmas ekan, davlat tomonidan o ‘tkaziladigan har qanday chora-tadbirlar ham, sud prokuratura idoralarining faoliyati ham kutilgan samarani bermaydi».