Prokuratura organlari 2
Mavzu: Prokuratura organlari
Reja: 1.Prokuror lavozimining kelib chiqishi 2.O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi 3.Qoraqalpog`iston Respublikasi Prokuraturasi 4.Prokuratura organlarining maqomi
Prokuratura ( lotincha : procurare — „g amxo rlik qilish“) — ʻ ʻ ayrim mamlakatlarda jinoiy ishlarni qo zg atish, ayblovni ʻ ʻ yoqlash, sud protsessida davlat manfaatlarini himoya qilish vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi (organlar tizimi). Dastlab 13—14-asrlarda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qancha mamlakatlarda Prokuraturaga barcha fuqarolar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarishi ustidan nazorat qilish vazifasi ham kiradi. Muayyan mamlakatlarda Prokuratura sudning tarkibiy qismi hisoblanadi, boshqalarida esa tashkiliy jihatdan undan ajratilgan.
Talabalarning mazkur tushunchalarni yaxshi o’zlashtirib olishlari juda ham muhimdir, zero, ularsiz o’rganayotgan mavzuni to’la va aniq tasavvur qilish qiyin. Prokuror O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bergan vakolatlarga muvofiq Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishini nazorat qiluvchi prokuraturaning mansabdor xodimi. Prokurorning vakolatlari O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, Prokuratura to’g’risidagi qonuni bilan aniqlanadi.Konstitusiyaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimdan ozod etish to’g’risidagi farmonlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutloq vakolati hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida prokurorlar besh yil muddatga sayinlanadilar. Qoraqalpog’iston Respublikasining Prokurori O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy vakillik organi - Juqorg’i Kengesi tomonidan tayinlanadi. Toshkent shahri va viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi. Prokurorlar o’z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko’zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to’xtatib turadilar.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisob beradi. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to’g’risida muntazam ravishda, o’ta og’ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar bo’yicha esa zudlik bilan, shuningdek, prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to’g’risida har olti oyda axborot taqdim etadi. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Senatiga har besh yilda kamida bir marta o’z faoliyati haqida hisob beradi.