Psixologiya fanining dolzarb vazifalari va predmeti
![Mavzu:Psixologiya
fanining dolzarb
vazifalari va predmeti](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_1.png)
![](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_2.png)
![Reja
1. Psixologiyaning predmeti va psixologiyaning fan
sifatida shakllanishi
2. Miya va psixika
3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni va
hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi
4. Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari
5. Psixika va ongning taraqqiyoti](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_3.png)
![Psixologiyaning predmeti
Inson mavjud ekan , u o ’ z hayotiy tajribasiga asoslanib , u yoki bu holda idrok etish , olamni anglash ,
narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o ’ ziga o ’ zi hisob beradi .
Biz kunda qushlarning sho ’ x navosini , musiqa asboblarining xonishini , inson nutqini , uchib
o ’ tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz , atrofimizni o ’ rab turgan narsa , daraxt , hayvonlar ,
mashinalarni ko ’ ramiz . Ularning rangi va hajmini ajrata olamiz . Mazkur jarayonlar insondagi aks
ettirish xususiyati bilan chambarchas bog ’ liq .
Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e ' tiborni quyidagilarga qaratish lozim .
Jumladan , shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish
mumkin . Shunga ko ’ ra pedagogika shaxsni ta ' lim - tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa ,
psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o ’ rganadi . Shundan xulosa qilishimiz mumkinki ,
psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil
qiladi .](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_4.png)
![Psixologiya so ’ zining lug ’ aviy ma ' nosi grekcha psyuxe - jon , ruh , logos - fan , ta ' limot degan
ma ' noni anglatadi . Psixologiya fan sifatida psixik faktlar , ularning qonuniyatlari va
mexanizmlarini o ’ rganadi .
Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi . Shunga ko ’ ra psixikaning yuzga
keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko ’ rsatilgan . Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni
o ’ z ichiga oladi :
- bilish faoliyatlari : diqqat , nutq , faoliyat ;
- bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur;
- shaxsning, hissiy , irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;
- shaxsning individual psixologik xususiyatlari : temperament, xarakter, qobiliyat.
Psixikaning paydo bo’lishining asosiy shakllari M.Gamezo va Domashenkolarning "Atlas
po psixologii" nomli qo’llanmasida quyidagicha ifodalanadi:](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_5.png)
![Psixikaning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zoro bog’ligi
Psixik jarayonlar (Bilish jarayonlari) Shaxsning hissiy-irodaviy sohalari Shaxsning individual xususiyatlari
Sezgilar
Idrok
Xotira
Xayol
Diqqat
Nutq
Tafakkur Hissiyot (Emosiya)
Iroda
Temperament (Xalerik fikimatik
sangvinik milanxoliklar)
Xarakter
Qobiliyat
Shunga muvofiq bir qator olimlar tomonidan psixikaga ta'riflar berilib, uning
mazmun mohiyati ochib berilgan. Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha,
psixika deganda - oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u
ob'ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo’ladi, sub'ekt faoliyatini ma'lum
maqsad asosida yo’naltiradi hamda xulq-atvor negizida shakllanadi, professor
V.M.Karimova fikricha](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_6.png)
![](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_7.png)
![psixika - inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni) ongli tarzda
aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi.
Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o’ziga xos usullari mavjud.
Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin.
Biologik
PsixikMATERIYANING AKS ETTIRIS H SXEMASI
Anorganik materiya Organik materiya
Mexanik Fizik Ximik](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_8.png)
![Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko’zguning aks ettirishi,
suvdagi ta'sir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo’lib, ong
va o’zini-o’zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega:
1) ob'ektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi;
2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;
3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi.
4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi.
Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi
Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq
mavjud bo’lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko’rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari
(masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar 3 ) o’lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo
dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko’r-ko’rona ishonch vositasida egallanardi.
Ruh haqidagi qarashlar ko’pincha nafas bilan bog’lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_9.png)
![Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning
ishi deb tushuntirilgan. Jonning o’zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar
"animizm" deb ataladi. Animizm so’zi -anima "jon" degan ma'noni anglatadi. Jon o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon
uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan
ta'kidlangan.
Platonning "ideyalar tug’ma bo’ladi" degan g’oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi. Platon
ta'limotiga ko’ra "ideyalar" mohiyati abadiy va o’zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud
bo’lib, ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi.
Platon psixologiyada "dualizm" oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm so’zi ikki yoqlamalik yoki ikki
mustaqil fikr degan ma'noni anglatadi. Dualizm ta'limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-
biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_10.png)
![Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384-322 yillar) tomonidan birmuncha
muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning "Jon haqida" asari o’sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida
maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan
va hozirgi kunda psixologiya fani o’z mazmunini batamom o’zgartirgan.
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko’ra, jon
qismlarga bo’linmaydi, lekin u faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi
turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo’lishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar o’simlik uchun, ikkinchisi va uchinchisi
hayvonlarga, to’rtinchisi esa insonlar uchun xosdir. O’simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta'limoti bilan
Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo’lishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu
organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o’zining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan
holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi.
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta'limotlari keyingi asrlarda psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch
nuqta bo’lib hisoblanadi.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_11.png)
![Miya va psixika
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo’lib, u ob'ektiv olamni
alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan materiya deganda biz miyani
tushunamiz. Demak inson va hayvonlar psixikasining moddiy asosini markaziy nerv
sistemasining eng yuksak qismi bo’lmish bosh miya tashkil etadi. Ammo insonlar miyasi
hayvonlar miyasiga qaraganda qancha murakkabroq tuzilgan bo’ladi. Odam miyasi hajmi
jihatidan ham katta. Agar maymun miyasining og’irligi 400-500 g bo’lsa, odam miyasining
og’irligi o’rta hisobda 1400 g dir.
Miya funksiyasi organizm hayotida shunchalik murakkabki, buni biz miya butun gavda
og’irligining 2 foizini tashkil qilishidan va organizmga kiradigan kislorodning 18 foizidan
ortiqrog’ini ishlashidan ham ko’rishimiz mumkin. Hayvon taraqqiyotining qanchalik yuqoriroq
bosqichida tursa, uning tanasiga nisbatan miyasi shunchalik og’irroq bo’lib boraveradi.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_12.png)
![Bosh miya orqa miya bilan markaziy nerv tuzilmasini tashkil qilib, odam
organizmidagi barcha organlarning o’zaro faoliyati va bir-biri bilan bog’lanishini
hamda uning tashqi muhit bilan bo’ladigan aloqasini ta'minlaydi. Psixik
faoliyatlarning ko’pgina qismi bir necha qator bo’lib, joylashgan nihoyatda ko’p
nerv hujayralaridan (15 milliarddan ko’p) tashkil topgan, kulrang modda qatlamidan
iborat bo’lgan bosh miya katta yarim sharlari qobiq ining faoliyati bilan bog’liqdir.
Nerv sistemasining tuzilishi, nerv to’qimasi, uning elementlari va
x ossalari. Nerv sistemasi nerv to’qimasidan iborat, bu to’qima esa nerv
hujayralaridan tuzilgan.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_13.png)
![Nerv hujayrasi protoplazmadan tuzilgan tana bo’lib, ikki turli o’simtalari bor,
bu o’simtalarning bir xillari kalta, boshqa bir xillari uzun bo’ladi. Kalta
o’simtalari sertarmoq bo’lib, dendrit lar deb ataladi. Uzun o’simtalari akson lar
yoki neyrit lar deb ataladi. Har bir hujayrada bu o’simtalar ikkitadan ortiq
bo’lmaydi. Neyrit ikkita parda bilan o’ralgan. Neyritga yopishib turadigan
birinchi pardasi yoysimon parda bo’lib, uni et parda yoki mielin pardasi deb
ataladi. Ikkinchi pardasini shvain pardasi deyiladi . Bu pardalar toladan
o’tuvchi nerv qo’zg’alishini ajratib turuvchi izolyasiya dek bir vazifani o’taydi.
Neyrit, odatda, nerv tolasi deb ata ladi.
Nerv hujayrasi, uning o’simtalari va ularni qoplovchi pardalar birgalikda
neyron deb ataladi. Nerv sistemasi juda ko’p neyronlardan tuzilgan. Nerv
tolalari miyadan tutam-tutam bo’lib chiqib nerv stvolini yoki, oddiy so’z bilan
aytganda, nervni hosil qiladi.
Nerv hujayralari va mielinsiz tolalar to’plami miyaning kul rang moddasini,
mielinli nerv tolalarining to’plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_14.png)
![Hujayralar ularning yadrolari va tolalari sinapslar degani mahsus mayda tolachalar yordami bilan bevosita bog’lanadi (sinaps
grekcha so’z bo’lib, «ilgak» degan ma’noni bildiradi).
Nerv sistemasining mahsus xossalari bor, bu xossalardan asosiylari qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlikdir. Bu xossalar
shundan iborat.
Agar nerv tolasining joyiga tegilsa, issiq, sovuq, elektr toki, ximiyaviy moddalar va boshqa shu kabilar bilan ta’sir etilsa, yoki
o’zgartirilsa, nerv tolasining qo’zg’atilgan joyida mahsus fiziologik jarayonlar ro’y beradi, buni qo’zg’alishdeyiladi.
Agar nerv tolasi yetarli darajada qo’zg’atilsa, bu qo’zg’alish sodir bo’lgan joyidagina qolmay, balki nerv tolasi bo’ylab tarqaladi
va bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga o’tadi, nihoyat, qo’zg’atish kuchi muayyan darajaga yetganda qo’zg’alish butun
nerv sistemasiga yoyilishi mumkin.
Nerv to’qimasida qo’zg’alish jarayoni yuz berganda bir qancha hodisalar: elektr, ximik, issiqlik hodisalari paydo bo’ladi.
Yonma-yon turgan bir nerv hujayrasining aksoni bi lan ikkinchi nerv hujayrasining tutashadigan joyi sinapslar borligi tufayli,
qo’zg’alish nerv tolalarida bir tomonga tarqaladi. Mielin pardasi borligidan, qo’zg’alish nerv tolasida ayrim-ayrim tarqaladi.
Odamning nerv sistemasi hayvonot olamining uzoq, evolyusiyasi jarayonida va odamning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga
kelgan.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_15.png)
![Markaziy nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya bilan orqa miy adan tarkib topgan.
Bosh miya va psixik funksiyalar. Po’st ostidagi soha va po’st ostidagi tugunlar differensiallashmagan va umumiy
sezuvchanlik markazidir. Emosiya va instinktlarimiz shu soha bilan chambarchas bog’liqdir. Harakatlarimizni idora
etish uchun po’st ostidagi tugunlardan targ’il jismning ahamiyati ayniqsa kattadir. Targ’il jism zararlanganda, odatda,
harakat kuchayadi, ammo poyma-poy bo’ladi.
Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy
asosi bosh miya po’stidir. Bosh miyaning pastroqdagi boshqa hamma qismlari, shuningdek, orqa miya – ongsiz
reflektor harakatlarning markazlari bo’lib, xilma-xil fiziologik jarayonlarni idora etadi. Bu yerda yana shuni aytib
o’tish kerak.
Bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya markaziy nerv sistemani bosib o’tgan taraqqiyot
yo’lining bosqichlaridir. Bosh miyaning taraqqiyotidagi har bir qismi (pastdan yuqoriga qarab hisob qilganda)
o’zidan avvalgi qismning ustiga qoplangan. Orqa miya, undan keyin esa uzunchoq miya markaziy nerv sistemasining
eng qadimgi qismlaridir. Oldingi miya va po’st genetik jihatdan miyaning eng yosh qismlaridir.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_16.png)
![Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari taraqqiy qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq psixik
funksiyalarni ham bajargan deb o’ylash mumkin. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari tarkib topib taraqqiy
qilishi bilan, murakkabroq, psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o’tdi. Shu bilan birga
psixik funksiyalar tobora murakkablashib va takomillashib bordi. Psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan
qismlariga o’tishi bilan miyaning pastdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv harakatlarinigina idora etadigan
bo’lib qoldi.
Buning xaqiqatan ham shunday ekanligini quyidagi hol lar ko’rsatib turibdi. Biologik taraqqiyotning ancha past
bosqichlarida turgan hayvonlarning miya po’sti va oldingi miyasi olib tashlanganda, bu qismlarning funksiyasini
pastroqdagi qismlar o’tay boshlaydi (garchi mukammal shaklda bo’lmasa ham, har holda, o’taydi). Masalan, oldingi
miyasi olib tashlangan baqa tamomila normal baqaga o’xshaydi. Bunday baqa odatdagicha o’tiradi; baqa turgan taxta
ag’darila boshlasa, u ag’anab tushmaslikka harakat qiladi; agar baqa chalqancha ag’anab tushsa, o’nglanib oladi.
Shunday qilib (baqa miya yarim sharlaridan mahrum bo’lsa ham harakat qilish va o’z harakatlarini muvofiqlashtirish
qobiliyatini saqlab qoladi.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_17.png)
![Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og’ziga solingan ovqatni yeydi, turtib yuborilsa yuradi; bunday
kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo kaptar turtib yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it
miyasining ikkala yarim shari olib tashlansa, sun’iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay oladi.
Bunday it og’ziga solingan ovqatni yeydi, yura oladi. It urilsa vangillaydi, qattiq, tovush eshitganda
sapchib tushadi. Ammo bunday it o’zicha ovqat qidirib topolmaydi va hatto yaqinidagi ovqatni ham topib
yeya olmaydi. Bu it uni boquvchi kishilarni tanimaydi. Avval hosil qilgan malakalari yo’qoladi, shu bilan
birga, yangi malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo’qoladi.
Ba’zi fiziologlar maymunlarning yarim sharlarini olib tashlab tajribalar qilganlar. Maymunlar operasiya
qilingandan keyin psixik funksiyalari yo’qolishi bilan birga, harakatlar, harakatni muvofiqlashtirish ham
buzilgan. Ular to’ppa-to’g’ri o’tirib tura olgan, shuningdek, narsalarni changallay olgan, ammo,
murakkabroq harakatlar, ayniqsa yurish qobiliyati buzilgan, shunday qilib, evolyusiyaning yuqori
bosqichlarida murakkab harakatlar va ularni muvofiqlashtirish funksiyalari ham miya po’stiga o’tadi.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_18.png)
![](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_19.png)
![I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday hodisalarni ilmiy asosda tushuntirib berdi.
Hayvonlar bosh miyasining ayrim qismlarini olib tashlash ustidagi tajribalar shuni ko’rsatdiki, hayvon
biologik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa, quyi qismlarining yuksak psixik funksiyalarni bajara
olish imkoniyati o’shancha kam bo’ladi.
Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funksiyalarni bajarishga mutlaqo qobil emas. Odam
miyasining po’sti ostidagi qismlari po’st funksiyasini loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz
tug’ilgan bolalar (anzisefallar) ni kuzatish bu holni juda ravshan tasdiqlaydi. Odatda bunday bolalar uzoq,
yashamaydi. Shunday bolalardan birining faqat uch yil-u to’qqiz oy yashagani ma’lum. Bu bola doim yotgan,
turishga biron marta ham harakat qilib ko’rmagan. U narsalarni ushlashga hyech urinmagan, hatto nar salarni
qo’lda ushlab turishni ham bilmagan. Faqat yuzida ba’zi bir harakatlar ko’rilgan; u ba’zan ijirg’angan; emganda
va qoshiqlab ovqat berilganda lablari va tili harakatga kelgan. Bola tagi xo’l bo’lganganda ham hyech bir parvo
qilmagan. Bu bola bilan gaplashish yoki unga biron narsa o’rgatish aslo mumkin bo’lmagan. Unda hatto eng
oddiy ko’nikmalar ham hosil bo’lmagan.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_20.png)
![Yuqorida aytilganlardan, miyaning po’st ostidagi qismlarining psixik hayotga
hyech qanday aloqasi yo’q degan ma’no chiqmaydi. Yarim sharlar po’sti o’z tolalari
bilan bosh miyaning hamma qismlariga va orqa miyaga bog’langan. Shu bilan
birga, yuqorida aytilganidek, orqa miyadagi nerv hujayralarining tolalari va po’st
ostidagi sohalarning tolalari yarim sharlar po’stining qismlariga bog’langandir. Shu
sababli butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati bo’lmasa, psixik hayot
ham bo’lmas edi.
Odam bosh miyasi, miya katta yarim sharlarining ixtisoslashgan funksiyalarining
mavjudligi haqidagi ma'lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_21.png)
![№ Chap yarim shar O'ng yarim shar
1. Xronologik tarkib O'tayotgan vaqt
2. Xarita va chizmalarni o'qish Aniq makon
3. Nomlarni, izlarni belgilarni yodda
saqlab qolish Tasavvurlar, aniq voqealarni yodda
saqlab qolish
4. Nutq faoliyati mohiyatini his etish Emosional holatni idrok etish
5. Olamni xursandchilikda osoyishta
k o’ rish Olamni g'amgin holda ko'rish
6. Batafsil idrok qilish Yaxlit idrok qilish](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_22.png)
![Odamning har bir psixik jarayoni holati va xususiyati butun markaziy nerv tizimining faoliyati bilan bog’liqdir.
Ong haqida tushuncha
Ong -psixikaning eng yuksak darajasi bo’lib u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam
mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo’lish natijasidir. Bu
ma'noda ong mutafakkirlar ta'kidlab o’tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir.
Ongning birinchi xossasi - bu anglash demakdir. Inson ongi tevarak atrofdagi tashqi olamga doir bilimlar
yig’indisidan iboratdir. Anglash tashqi olamdagi narsalarni tushunish bo’lib, uning tarkibiga muhim bilish jarayonlari
kiradi.
Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob'ekt bilan sub'ekt o’rtasidagi aniq farq o’z ifodasini topadi, ya'ni
odam "men" degan tushunchani "men emas" tushunchasidan farqini ajratadi. Odam o’zini bilish qobiliyatiga ega
bo’lgan, ya'ni psixik faoliyatda o’z-o’zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir.
Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko’zlash faoliyati ta'minlanadi.
Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning vazifasiga kiradi. Bunday faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab
ko’riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo’llari hisobga olinadi.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_23.png)
![Ongning to’rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his-tuyg’ular
yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig’indisidir.
Ong yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir.
Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig’indisiki, unda inson o’z xatti-
harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba'zi patologik hodisalar, alaxlash,
gallyusinasiya kabilar kiradi. Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o’ziga xos
shakli bo’lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Psixologiya
fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o’rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma'lum
qonuniyatlarga bo’ysunadi. Psixologiya shunday qonuniyatlarni mohiyatini ochishga, ularni
tarkib topishi va rivojlanishini o’rganishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni
boshqarish, tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonini to’g’ri olib borishga yordam beradi.](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_24.png)
![](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_25.png)
![](/data/documents/3163cedb-7722-4859-9aba-69c374c1ed92/page_26.png)
Mavzu:Psixologiya fanining dolzarb vazifalari va predmeti
Reja 1. Psixologiyaning predmeti va psixologiyaning fan sifatida shakllanishi 2. Miya va psixika 3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni va hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi 4. Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari 5. Psixika va ongning taraqqiyoti
Psixologiyaning predmeti Inson mavjud ekan , u o ’ z hayotiy tajribasiga asoslanib , u yoki bu holda idrok etish , olamni anglash , narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o ’ ziga o ’ zi hisob beradi . Biz kunda qushlarning sho ’ x navosini , musiqa asboblarining xonishini , inson nutqini , uchib o ’ tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz , atrofimizni o ’ rab turgan narsa , daraxt , hayvonlar , mashinalarni ko ’ ramiz . Ularning rangi va hajmini ajrata olamiz . Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan chambarchas bog ’ liq . Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e ' tiborni quyidagilarga qaratish lozim . Jumladan , shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin . Shunga ko ’ ra pedagogika shaxsni ta ' lim - tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa , psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o ’ rganadi . Shundan xulosa qilishimiz mumkinki , psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi .
Psixologiya so ’ zining lug ’ aviy ma ' nosi grekcha psyuxe - jon , ruh , logos - fan , ta ' limot degan ma ' noni anglatadi . Psixologiya fan sifatida psixik faktlar , ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o ’ rganadi . Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi . Shunga ko ’ ra psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko ’ rsatilgan . Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o ’ z ichiga oladi : - bilish faoliyatlari : diqqat , nutq , faoliyat ; - bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur; - shaxsning, hissiy , irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda; - shaxsning individual psixologik xususiyatlari : temperament, xarakter, qobiliyat. Psixikaning paydo bo’lishining asosiy shakllari M.Gamezo va Domashenkolarning "Atlas po psixologii" nomli qo’llanmasida quyidagicha ifodalanadi: