logo

QADIMGI YUNONISTON FANI TARAQQIYOTI

Загружено в:

16.11.2024

Скачано:

0

Размер:

7235.3544921875 KB
QA DI MGI  Y UNONI STON FA NI  TA RAQQI YOTI

Reja:

1. Qadimgi Yunoniston fani rivojining tarixiy sharoitlari. 

2. Qadimgi yunon fanining tug’ilishi va dastlabki ilmiy jamiyatlar.

  3. Qadimgi yunon fani rivojlanishining birinchi ioniya bosqichi. Melit maktabi.

  4. Qadimgi yunon fanining ikkinchi Afina bosqichi.

  5. Qadimgi yunon fanining uchinchi ellinistik davri   Fan – bu faqat  bilimlar y ig’indisi emas, 
balk i u bilimlar sist emasini xam o’zida 
ak s et t iradi.

Aleksandr Makedonskiy (er.avv. 356-323 y) otasi Filipp-II (er.av. 359-336) o’limidan so’ng 20 yoshida taxtga 
chiqadi. Eramizdan avvalgi 336 yilda Iskandar Eron Ahmoniylariga qarshi urushga tayyorgarlik ko’radi. 
Eramizdan avvalgi 334 yilda Dardanel (o’sha paytda Gellespont) bo’g’ozidan o’tib, 37 minglik qo’shin bilan 
forslar ustiga yurdi. Eramizdan avvalgi 334 yil Granik daryosi bo’yida 40 minglik fors qo’shinlarini tor-mor 
etdi. Eramizdan avvalgi 333 yilda Iss shahri yonida va eramizdan avalgi 331 yilda Gavgamel ostonalarida ham 
Ahmoniylar tor-mor etildi. Doro III Kodomon jang maydonini tashlab qochadi va keyinchalik harbiy 
isyonchilar tomonidan zaharlanib o’ldirildi. Shunday qilib eramizdan avvalgi 330 yilda butun Eron hududi 
egallandi. So’ngra Makedonlar Misr, Mesopotamiya va O’rta yer dengizi qirg’oqlaridagi juda katta hududni 
bosib oldilar. Misrda Aleksandr Makedonskiy quyosh xudosi Ammonning o’g’li va Misr fir’avni deb e’lon qilindi. 
Eramizdan avvalgi 329-327 yillarda Iskandar O’rta Osiyoga, eramizdan avvalgi 327- 324 yillarda G’arbiy 
Hindistonga harbiy yurishlar uyushtirdi. Eramizdan avvalgi 324 yilda Iskandar o’z imperiyasining poytaxti qilib 
Bobilni tanladi va eramizdan avvalgi 323 yilda shu yerda vafot etdi. Ana shu davrlarda klassik madaniyat 
yunon haykaltaroshlari va me’morlari ijodi bilan yanada rivojlandi. Xuddi shu klassik sivilizasiyasining 
dastlabki bosqichlaridayoq yaratilgan, buyuk yunon shoiri Gomerning «Ilida va Odesseya» dostoni bizgacha 
yetib kelgan.   
Taxminan er.avv. X asrlardanoq Qadimgi Yunoniston 
(Elladada)da klassik madaniyat mavjud edi va bu kishilarning 
keyingi rivojiga ulkan tasir ko’rsatdi.Bu davr mobaynida 
jamiyatning tashkil topish shakllari o’zgaradi. Eramizdan 
avvalgi VIII-VI asrlarda quldorlik shahar davlatchalari (bunday 
quldorlik davlatlarni yunonlar - polislar deb atashgan) vujudga 
keladi. Bu shahar-davlatlar eramizdan avvalgi V-IV asrlarda 
gullab yashnaydi. Eramizdan avvalgi V asrlarda Eron-Yunon 
urushlarida yunonlarning g’alaba qilishi natijasida Afina davlati 
qudrati ayniqsa Perikl ( er.av. 443-429) davrida kuchayadi. 
Shundan so’ng Afina va ittifoqchilari bilan Sparta 
boshchiligidagi Janubiy Yunonistonning shahar-davlatlari 
o’rtasidagi uzoq davom etgan urush (tarixda «Pelonones 
urushi» deb nom olgan ) natijasida har ikkala tomon juda 
kuchsizlanib, ularning iqtisodi izdan chiqadi. Yunonistonning 
shimolida joylashgan Makedoniya bundan foydalanib, 
eramizdan avvalgi IV asr urtalarida (er.avv.337 yilda) butun 
Yunonistonni bosib oldi va buni Korinfs kongressida yuridik 
jihatdan rasmiylashtirdi. Aleksandr Makedonskiyning 
bosqinchilik yurishlari natijasida ulkan monarxiya vujudga 
keldi. Keyinchalik, eramizdan avvalgi II asrlarda Rim bilan 
bo’lgan urushda Makedoniya mag’lubiyatga uchradi va Rimga 
tobe bo’lib qoldi  Homer  (qadimgi yunoncha:  Ὅμηρος,  Hómēros )  yunon  
shoiri , „Iloada“ va „Odisseya“ asarlari muallifidir. Uning 
hayoti haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Turli davrlarda 
yaratilgan tadqiqotlarda uning yashab oʻtgan davrini 
mil. av. 12-asr bilan 7-asr oraligʻida deb koʻrsatiladi. 
Homerning soʻqir boʻlgani, oʻz asarlarini baxshilar kabi 
ogʻzaki aytgani maʼlum. Ularni kim, qachon yozib olgani 
aniq emas. Homerga nisbat berilgan asarlar koʻp, 
ammo gomershunoslar kup tortishuvlardan keyin fakat 
2 asarni — „Iliada“ va „Odisseya“ Homerniki deb tan 
olishgan. Ularning ikkovi ham qahramonlik eposi boʻlib, 
yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, 
ularda faqat sheʼrlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, 
real tarixiy vokealar ham aks etgan. Jumladan, „Iliada“ 
dostonida tasvirlangan Troya koʻp zamonlar afsonaviy 
shahar hisoblanib kelingan, ammo buyuk arxeolog 
Shpilman koʻp yillik izlanishlardan soʻng uni topdi va bu 
shahar tarixda mavjud boʻlganini isbot qildi. Homer 
asarlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan 
(Mirtemir, Qodir Mirmuhamedov va boshqalar). [1]Troya oti  
Shunday qilib, qadimgi yunon olimlarining faoliyati natijasida tarixda birinchi bor fan aniqlaydigan kriteriyalarga 
javob berila boshlandi. Fan – bu faqat bilimlar yig’indisi emas, balki u bilimlar sistemasini xam o’zida aks ettiradi. 
Shuningdek fan yangi bilimlarni olish uchun faoliyat natijasidir. Bir guruh maxsus kishilar tomonidan amalga 
oshiriladigan bu faoliyat – ilmiy jamiyat deb ataladi. Barcha bu xarakteristikalar qadimgi yunon sivilizasiyasidan 
oldingi markazlar, ya’ni Misr, Bobil va Assuriya sivilizasiyalarida uchramaydi. Faqat eramizdan avvalgi VI asrlarda 
Yunonistonda yangi bilimlarni to’plash uchun aktiv faoliyat boshlanib, birinchi ilmiy jamiyatlar: Milet maktabi, Aflotun 
akademiyasi; perepatetiklar (sayr qilmoq) va boshqalar vujudga keladi. 31 Yunon olimlari va faylasuflarining 
matematika, geometriya, mexanika va boshqa fanlar sohasidagi xizmati juda ulkan ahamiyatga ega. Lekin shunday 
bo’lsa-da, hozirgi zamon fanining asosi faqat eramizning XV-XVII asrlaridagina ko’riladi va bu avvalo Galiley va Nyuton 
nomlari bilan bog’liq. Qadimgi Yunoniston fani bu vazifalarni yecha olmasdi, chunki u hayotdan uzoqlashgan, juda 
ham mavhum (abstrak) tasavvurga ega edi. Qadimgi Yunoniston fani va texnikasi rivojlanishining asosiy yo’nalishlari 
quyidagicha: Masalan uzoq davrlar mobaynida Yunoniston ham siyosiy, ham iqtisodiy munosabatlarda bo’lingan edi, 
ya’ni Yunoniston yagona markazlashgan davlat bo’lmay, u har biri mustaqillikka intilayotgan shahar-davlatchalardan 
iborat edi. Bu shahar-davlatchalarning har biri o’ziga xos siyosiy va ma’naviy hayotiga ega bo’lib, bu albatta Qadimgi 
Yunonistonning falsafiy va tabiiy fanlar sohasidagi g’oyalarga ta’sir etmasdan qolmadi  
Qadimgi yunon faylasuflaridan biri Geraklit Effesskiy (er.av.530-470 y.) qadimgi Yunon dealektikasining tashkil 
etuvchisi bo’lib, u Milet maktabining materialistik qarashlarini rivojlantiradi. Geraklit olamning asosi olov deb 
hisoblaydi. (Yemu prinadlejat slova: «Na ogon obmanivayetsya vse, i ogon-na vse, kak na zoloto-tovar ы- i na tovar ы-
zoloto»). Geraklit 32 birinchilardan bo’lib bilimlarning nisbiyligiga e’tibor bergan. U aytganidek: «Daryoda har doim 
yangi-yangi suvlar oqadi. O’sha bitta daryodagi suvga xech qachon ikki marta kirish mumkin emas»  
Eramizdan avvalgi VI asr Qadimgi Yunon fanining tug’ilish davri bo’lib hisoblanadi va uning 
rivojlanishini birinchi ioniy bosqichini tashkil etadi. Kichik Osiyoning g’arbiy sohilidagi Ioniya 
viloyati va undagi Milet shahri ilm-fan taraqqiyotining markaziga aylangan edi. Ioniya olimlari Misr 
va Bobil olimlarining ilmiy bilimlaridan xabardor bo’lib, o’sha bilimlarni yanada rivojlantirganlar. 
Qadimgi Yunon falsafasining eng dastlabki bosqichlaridanoq, ikki asosiy qarama-qarshi pozisiyalar 
kurashi, ya’ni – idealistlar va materialistlar oqimi vujudga keladi. Birinchi ioniy faylasuf manbalarda 
Fales (taxminan er.av. 625-547 yillar) hisoblanadi. U Milet maktabining asoschisi bo’lib, qaysikim bu 
maktab antik davr falsafasining ilk kurtagi bo’lib hisoblanadi. Fales tug’ilgan Milet shahri o’sha 
davrda yirik savdo va hunarmandchilik markazi edi. Falesning hayot va qarashlari to’g’risida kam 
ma’lumot saqlangan. Bu ma’lumotlarni Aflotun va Arastu asarlaridan topish mumkin. Fales fikri 
bo’yicha suv-butun borlikning asosidir, ya’ni yer, havo va barcha jonivorlar suvdan paydo bo’lgan. 
Falesning faylasuf, matematik, astronom, injener, siyosiy arbob, va hatto savdogar bo’lganligi 
manbalarda eslatiladi. Fales quyosh tutilishining sabablarini kashf etgan, piramidalarga va unga 
o’xshash baland binolarning soyalariga qarab, balandligini aniqlagan deb hisoblanadi.  Fales Miletlik (qadimgi yunoncha:  Θαλῆς ὁ Μιλήσιος;  miloddan avvalgi taxminan 625 — taxminan 547) — yunon 
faylasufi, antik falsafa va fanning ilk namoyandasi. Milet maktabiga asos solgan. Fales savdogar, siyosiy arbob, 
munajjim, fiziolog, suv muhandisi sifatida ham taniqli edi. U koʻpgina mamlakatlar (jumladan, Misr va Bobil)da 
boʻlib, ularning madaniyati, fani, falsafiy merosi bilan yaqindan tanishgan. Turli sohalarda, xususan, 
astronomiyada kashfiyotlar qildi (mas, Yunonistonda 1boʻlib Quyoshning miloddan avvalgi 585 yilda tutilishini 
oldindan aytib bergan). Falesning fikricha, Oyning yorugʻi Quyosh nurining undagi inʼikosidir. U, shuningdek, 
Quyoshning 1 yil davomida harakati 365 kunga teng ekanligini isbotlagan. Fales taʼlimotiga koʻra, tabiatdagi 
turlituman narsa va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo boʻlgan va pirovardida suvga aylanadi. U 1boʻlib, 
olamning moddiy birligi haqida, bu moddiy birlikning doimiy harakatda va oʻzgarishda ekanligini aytgan.
Fales asarlari saklanmagan. U hakdagi maʼlumotni Aristotel asarlaridan topish mumkin. Jumladan, Fales 
"Quyoshning harakati haqida" "Teng kunlik haqida" kitoblarini yozganligi maʼlum.  
Qadimgi Yunon fanida alohida o’rinni egallagan yana bir olim bu Pifagordir. (er.av. 

582-500 y.) Pifagor va uning shogirdlari matematika, geometriya, astronomiya va fizika 

sohasida juda ko’p ishlarni amalga oshirganlar. Matematikadagi irrasional tushunchasi, Pifagor 

teoremasi o’sha davrlardan hozirgacha qo’llaniladi. Pifagor yerning shar shaklida ekanligi va 

uning o’z o’qi atrofida aylanishini aytgan. Pifagor va uning shogirdlari Pifagor idealistik 

maktabiga asos solganlar  . Qadimgi y unon fanining ik k inchi Afi na 
bosqichi

Qadimgi Yunon fannining ikkinchi – Afina bosqichi shahar-davlatchalarning gullab yashnagan 
davri bilan bog’liq bo’lib, u er.av. V-IV asrlarga to’g’ri keladi. Bu davr shahardavlatchalar 
orasida Afinaning qudratga erishuvi bilan Aleksandr Makedonskiy tomonidan yunon 
polislarining bo’ysundirilishi oralig’idagi davrga to’g’ri keladi. Bu davrda forslar bilan urushda 
g’alaba qilgan Afina iqtisodiy, savdo va harbiy flot sohasida katta yutuqlarga erishadi. Bu 
ko’tarinkilik ilm-fan rivojiga xam turtki berdi. Qadimgi Yunon materializmining vujudga kelishi 
er.av. 460-340 yillarda yashab o’tgan Demokrit nomi bilan bog’liq. Demokrit Frakiyadagi savdo 
shaharchasi Abderada tug’iladi. Yirik savdogar va quldorning o’g’li bo’lgan Demokrit bir qator 
mamlaktlarga sayohat qilib, Misr, Mesopatamiya, Hindistonda bo’lib, so’ngra Afinaga ham 
tashrif buyuradi va Suqrot bilan uchrashadi   Qadimgi Yunon faylasuflari
  Demokrit                                 Suqrot                                           Aflotun  Arast u
Arastu Aflotunning “g’oyalar” nazariyasiga qarshi chiqib, u tabiatni moddiy asosga ega bo’lgan narsalar yig’indisidan 
iborat, u har doim harakatda va o’zgarishdadir deb hisoblaydi. Arastu o’zining “Osmon haqida”, “Meteorologika” 
asarlarida yer va osmon o’rtasidagi hodisalarni, planetalar, kometalar, meteorlar masalasi, hamda rangning hosil 
bo’lishi, kamalak hodisalari kabi muammolar ustida so’z yuritadi. To’rtinchi kitobda, aniqrog’i Arastuning shogirdi 
Strabon tomonidan yozilgan bu kitobda dastlabki kimyoviy tasavvurlar haqidagi hikoyani bilib olamiz. Arastu tabiiy 
fanlar sohasida biologiyada ham katta yutuqlarga erishgan. U zoologiyani uch qismga bo’lgan: anatomiya, umumiy 
fiziologiya va embrologiyaga. O’zining izlanishlarida Arastu 500 dan ortiq hayvonlar haqida aniq va to’la ma’lumot 
beradi. Ayrimlarini hatto o’zi o’z qo’li bilan kesib, operasiya qilib o’rgangan. Hayvonlar klassifikasiyasida (tasnifida) 
Arastu ilgarigi dixotomiya prinsipini (yunon: - dichotomia - razdeleniya nadvoye) rad qiladi. Bunga ko’ra hayvonlar yerda 
va suvda yashovchi, qanotli va qanotsiz kabi qarama-qarshi guruhlarga bo’linadi. Arastuning aytishicha bunday prinsip 
bir-biriga juda o’xshash hayvonlarni ham ajratib qo’yishga olib keladi, masalan qanotli va qanotli bo’lmagan 
chumolilarni ajratib qo’ygandek. Arastu sillogizmlari (ikkita mustaqil fikrdan kelib chiqadigan xulosa Mas: barcha 
metallar elektr o’tkazuvchi, mis-metal, demak mis elektr o’tkazuvchi) uning mantiq sohasida ham faoliyat ko’rsatganidan 
dalolat beradi. Xozirgi nuqtai nazardan qaraganda Arastu fizika 35 va astronomiya sohasida kamroq yutuqqa erishgan. 
Chunki Arastu yerni shar shaklida ekanligini tasdiqlasada, ammo u yerni butun koinotning markazidir, Quyosh va 
yulduzlar yer atrofida aylanadi degan geosentrik nazariyani ilgari surgan  Taxminan e.av. 460-370 yillarda kichik Osiyoga yaqin 
Kos orolida Qadimgi Yunonistonning buyuk vrachi 
afsonaviy Gippokrat yashagan. Gippokrat faoliyati 
natijasida Kos medisina maktabi tashkil topadi. 
Gippokrat bemorlarni kuzatish va o’rganish sistemasini 
tashkil etadi, davolashning bir qator yangi usullarini 
yaratadi. Uning "Gippokrat tuplami" yoki «Korpus 
Hippokratikum» nomli tibbiy asari 72 kitobdan iborat 
bo’lgan. Uning asarlarida dorivor o’simliklarning 236 ta 
xili tasvirlanib, xususiyatlari bayon etilgan. Buyuk 
shifokor qalamiga mansub «Gippokrat qasamyodi» hali 
ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. «Gippokrat 
qasamyodi»da tabib bilan bemor orasida bo’ladigan 
munosabat bayon etilgan. Gippokrat er.av. 375 yilda 85 
yoshida vafot etgan.  . Qadimgi y unon fanining uchinchi ellinist ik  dav ri

Qadimgi Yunoniston fani rivojining ellinistik davrida mexanika sohasida ham katta yutuqlarga 
erishilgan. Bu davr mexanik - olimlari orasida alohida obro’ga va sharafga erishgani er.av. 287-212 
yillarda yashagan Arximed hisoblanadi. Bu buyuk olim Sisiliya orolidagi Sirakuza shahrida tug’iladi. U 
Rim va Karfagen o’rtasida O’rta yer dengizida hukmronlik kilish uchun bo’lib o’tgan birinchi va ikkinchi 
Puni urushlari davrida yashagan. Arximedning otasi matematik va astranom Fidiy bo’lib, u o’z o’g’liga 
yaxshi ma’lumot beradi. Arximed o’sha vaqtda Aleksandriya ilmiy markazining ko’pchilik olimlari bilan 
yaqindan tanish edi. Arximed Sirakuza shohi Giyeron II ning qarindoshi va yaqinlaridan edi. Ikkinchi 
Puni urushi ( er.av. 36 218-201 yillar) davrida Arximed Sirakuza mudofasiga rahbarlik qiladi. Uning 
boshchiligida o’sha davr uchun mukammal hisoblangan otiladigan snaryadlar yasaladi, natijada rim 
legionlari shaharni shturm bilan ololmay uni qamal qilishga majbur bo’lishadi. Nihoyat er.av. 212 
yilda Sirakuza rimliklar tomonidan egallanib, Arximed o’ldiriladi( taxminlarga qaraganda Rim 
qo’mondoni Marsellning buyrug’isiz u o’ldirilgan) . Ma’lumotlarga ko’ra Arximed o’limi oldindan Rim 
soldatiga "Mening chizmalarimga tegma" deb aytgan   Ota va 
o’g’il  
Arximed falsafiy qarashlarining ham ilg’or xarakterda ekanligini aytib o’tish zarur. Bu sohada u materialist 
tabiatshunos - faylasuf Demokrit pozisiyasini qo’llab - quvvatlaydi va taxminan er.av. 320-250 yillarda yashagan 
Aristarx Samosskiy fikrlariga qo’shiladi. Aristarx birinchi bo’lib geliosentrizm g’oyasini ilgari surgan, ya’ni - Kuyosh Yer 
atrofida emas balki Yer Quyosh atrofida aylanadi - deb hisoblagan. F . Engels uni Qadimgi dunyo "Koperniki" deb 
atagan edi. Shuni aytish kerakki, ya’ni Demokrit ta’limoti va Aristarx Samosskiy qarashlari o’sha vaqtlarda rasmiy 
tanqidga va muhokamaga uchragan edi. Xato bo’lmasa kerak, agar biz Arximedni so’ngi yirik tabiatshunos va shu 
bilan birga birinchi muhandis - olim deb aytsak, chunki uning ishlari tabiiy fanlarni mustaqil sohaga aylanishini 
boshlab berdi. Keyingi yillarda uning ishlari uzoq vaqt davomida o’z bahosini topmadi va amalda qo’llanilmadi. Fakat 
Uyg’onish Davriga kelibgina Arximed ishlari o’z qiymatini topdi va yanada rivojlantirildi. Arximed asarlari birinchi bor 
1543 yilda (lotin tiliga) tarjima qilinadi. Shu yili N.Kopernikning "Ob obrasheniyax nebesnix sfer" nomli mashhur asari 
nashr etildi. Agar Arximed qadimgi yunon tabiatshunoslarining so’ngi buyuk vakili bo’lsa, Qadimgi Yunonistonning 
so’ngi yirik faylasufi bu er.av. 342-270 yillarda yashagan Epikur hisoblanadi. O’z qarashlarida Epikur materialist 
bo’lgan. U "hyech narsa yo’qdan vujudga kelmaydi va olam abadiydir" deb hisoblaydi. Epikur ham demokrit kabi olam 
atomlardan va bo’shliqlardan iborat deb hisoblaydi. Epikurning dinga bulgan munosabati ham qiziq, chunki u 
xudolarning borligini tan olsada, lekin xudolar odamlar hayotiga aralashmagan va hyech qanday ta’sir o’tkazmaydi, 
deb hisoblaydi. K  Key ingi y uz y illik da Epik ur xudosiz - 
fay lasuf deb hisoblangan.    Foy dalanilgan manba v a adabiy ot lar

1. Rahimjanova D. Yunon mumtoz falsafasidagi Arastu falsafiy qarashlarida erkinlik fenomeni.

2. Akademik research in educational scienes, 2021

3. Losev a.F Filosofiya, mifologiya,kultura.M. 1991.

4.Losev A. F.  История античной эстетики. М., 1980

5. Yo’ldoshe S. Antik falsafa. T. 1999.   Thank  y ou for w at ching

QA DI MGI Y UNONI STON FA NI TA RAQQI YOTI  Reja:  1. Qadimgi Yunoniston fani rivojining tarixiy sharoitlari.  2. Qadimgi yunon fanining tug’ilishi va dastlabki ilmiy jamiyatlar.  3. Qadimgi yunon fani rivojlanishining birinchi ioniya bosqichi. Melit maktabi.  4. Qadimgi yunon fanining ikkinchi Afina bosqichi.  5. Qadimgi yunon fanining uchinchi ellinistik davri

Fan – bu faqat bilimlar y ig’indisi emas, balk i u bilimlar sist emasini xam o’zida ak s et t iradi.  Aleksandr Makedonskiy (er.avv. 356-323 y) otasi Filipp-II (er.av. 359-336) o’limidan so’ng 20 yoshida taxtga chiqadi. Eramizdan avvalgi 336 yilda Iskandar Eron Ahmoniylariga qarshi urushga tayyorgarlik ko’radi. Eramizdan avvalgi 334 yilda Dardanel (o’sha paytda Gellespont) bo’g’ozidan o’tib, 37 minglik qo’shin bilan forslar ustiga yurdi. Eramizdan avvalgi 334 yil Granik daryosi bo’yida 40 minglik fors qo’shinlarini tor-mor etdi. Eramizdan avvalgi 333 yilda Iss shahri yonida va eramizdan avalgi 331 yilda Gavgamel ostonalarida ham Ahmoniylar tor-mor etildi. Doro III Kodomon jang maydonini tashlab qochadi va keyinchalik harbiy isyonchilar tomonidan zaharlanib o’ldirildi. Shunday qilib eramizdan avvalgi 330 yilda butun Eron hududi egallandi. So’ngra Makedonlar Misr, Mesopotamiya va O’rta yer dengizi qirg’oqlaridagi juda katta hududni bosib oldilar. Misrda Aleksandr Makedonskiy quyosh xudosi Ammonning o’g’li va Misr fir’avni deb e’lon qilindi. Eramizdan avvalgi 329-327 yillarda Iskandar O’rta Osiyoga, eramizdan avvalgi 327- 324 yillarda G’arbiy Hindistonga harbiy yurishlar uyushtirdi. Eramizdan avvalgi 324 yilda Iskandar o’z imperiyasining poytaxti qilib Bobilni tanladi va eramizdan avvalgi 323 yilda shu yerda vafot etdi. Ana shu davrlarda klassik madaniyat yunon haykaltaroshlari va me’morlari ijodi bilan yanada rivojlandi. Xuddi shu klassik sivilizasiyasining dastlabki bosqichlaridayoq yaratilgan, buyuk yunon shoiri Gomerning «Ilida va Odesseya» dostoni bizgacha yetib kelgan.

 Taxminan er.avv. X asrlardanoq Qadimgi Yunoniston (Elladada)da klassik madaniyat mavjud edi va bu kishilarning keyingi rivojiga ulkan tasir ko’rsatdi.Bu davr mobaynida jamiyatning tashkil topish shakllari o’zgaradi. Eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda quldorlik shahar davlatchalari (bunday quldorlik davlatlarni yunonlar - polislar deb atashgan) vujudga keladi. Bu shahar-davlatlar eramizdan avvalgi V-IV asrlarda gullab yashnaydi. Eramizdan avvalgi V asrlarda Eron-Yunon urushlarida yunonlarning g’alaba qilishi natijasida Afina davlati qudrati ayniqsa Perikl ( er.av. 443-429) davrida kuchayadi. Shundan so’ng Afina va ittifoqchilari bilan Sparta boshchiligidagi Janubiy Yunonistonning shahar-davlatlari o’rtasidagi uzoq davom etgan urush (tarixda «Pelonones urushi» deb nom olgan ) natijasida har ikkala tomon juda kuchsizlanib, ularning iqtisodi izdan chiqadi. Yunonistonning shimolida joylashgan Makedoniya bundan foydalanib, eramizdan avvalgi IV asr urtalarida (er.avv.337 yilda) butun Yunonistonni bosib oldi va buni Korinfs kongressida yuridik jihatdan rasmiylashtirdi. Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik yurishlari natijasida ulkan monarxiya vujudga keldi. Keyinchalik, eramizdan avvalgi II asrlarda Rim bilan bo’lgan urushda Makedoniya mag’lubiyatga uchradi va Rimga tobe bo’lib qoldi

Homer  (qadimgi yunoncha: Ὅμηρος,  Hómēros )  yunon   shoiri , „Iloada“ va „Odisseya“ asarlari muallifidir. Uning hayoti haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda uning yashab oʻtgan davrini mil. av. 12-asr bilan 7-asr oraligʻida deb koʻrsatiladi. Homerning soʻqir boʻlgani, oʻz asarlarini baxshilar kabi ogʻzaki aytgani maʼlum. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas. Homerga nisbat berilgan asarlar koʻp, ammo gomershunoslar kup tortishuvlardan keyin fakat 2 asarni — „Iliada“ va „Odisseya“ Homerniki deb tan olishgan. Ularning ikkovi ham qahramonlik eposi boʻlib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat sheʼrlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy vokealar ham aks etgan. Jumladan, „Iliada“ dostonida tasvirlangan Troya koʻp zamonlar afsonaviy shahar hisoblanib kelingan, ammo buyuk arxeolog Shpilman koʻp yillik izlanishlardan soʻng uni topdi va bu shahar tarixda mavjud boʻlganini isbot qildi. Homer asarlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan (Mirtemir, Qodir Mirmuhamedov va boshqalar). [1]Troya oti

 Shunday qilib, qadimgi yunon olimlarining faoliyati natijasida tarixda birinchi bor fan aniqlaydigan kriteriyalarga javob berila boshlandi. Fan – bu faqat bilimlar yig’indisi emas, balki u bilimlar sistemasini xam o’zida aks ettiradi. Shuningdek fan yangi bilimlarni olish uchun faoliyat natijasidir. Bir guruh maxsus kishilar tomonidan amalga oshiriladigan bu faoliyat – ilmiy jamiyat deb ataladi. Barcha bu xarakteristikalar qadimgi yunon sivilizasiyasidan oldingi markazlar, ya’ni Misr, Bobil va Assuriya sivilizasiyalarida uchramaydi. Faqat eramizdan avvalgi VI asrlarda Yunonistonda yangi bilimlarni to’plash uchun aktiv faoliyat boshlanib, birinchi ilmiy jamiyatlar: Milet maktabi, Aflotun akademiyasi; perepatetiklar (sayr qilmoq) va boshqalar vujudga keladi. 31 Yunon olimlari va faylasuflarining matematika, geometriya, mexanika va boshqa fanlar sohasidagi xizmati juda ulkan ahamiyatga ega. Lekin shunday bo’lsa-da, hozirgi zamon fanining asosi faqat eramizning XV-XVII asrlaridagina ko’riladi va bu avvalo Galiley va Nyuton nomlari bilan bog’liq. Qadimgi Yunoniston fani bu vazifalarni yecha olmasdi, chunki u hayotdan uzoqlashgan, juda ham mavhum (abstrak) tasavvurga ega edi. Qadimgi Yunoniston fani va texnikasi rivojlanishining asosiy yo’nalishlari quyidagicha: Masalan uzoq davrlar mobaynida Yunoniston ham siyosiy, ham iqtisodiy munosabatlarda bo’lingan edi, ya’ni Yunoniston yagona markazlashgan davlat bo’lmay, u har biri mustaqillikka intilayotgan shahar-davlatchalardan iborat edi. Bu shahar-davlatchalarning har biri o’ziga xos siyosiy va ma’naviy hayotiga ega bo’lib, bu albatta Qadimgi Yunonistonning falsafiy va tabiiy fanlar sohasidagi g’oyalarga ta’sir etmasdan qolmadi