logo

Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3993.01953125 KB
QADIMGI YUNONISTONDA ILMIY  
BILIMLARNING RIVOJLANISHI RE JA 

Yunonistonda ilm rivojining dastlabki 
kurtaklari

Qadimgi yunonlar adabiyoti

Qadimgi Yunonistonda tabiiy fanlarning 
vujudga kelishi DASTLABKI  KURTAKLAR

Qadimgi yunonlar begona davlatlardagi juda katta hududga 
joylashib olgan bo'lib, o'zlarini yagona halq deb hisoblaganlar. Ular 
ellinlar, o'z vatanlari bo'lmish Gresiyani esa Ellada deb atashardi.

Ellinlarni umumiy til, urf-odatlar, qadimgi rivoyatlar, din, yagona 
yozuv birlashtirib turgan. Qadimgi yunonlar eramizdan avvalgi II 
ming yillikning oxirlarida unutib yuborilgan qadimiy yozuviga 
qaytmaganlar.

Qadimgi elladaliklar eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda 
finiqiyaliklarning yozuvi bilan tanishganlar va uning asosida 24 
harfdan iborat o'z alifbosini yaratganlar. Bu yangi alifboda 
finiqiyaliklarniqidan farqli o'laroq, faqat undosh tovushlarni 
ifodalovchi belgilar emas, balki unli tovushlar ham bo'lgan. Bu 
bilan yozuvning rivojiga katta hissa qo'shganlar. DASTLABKI  KURTAKLAR
Ioniyalik olimlar tabiat hodisalari 
haqidagi o'z ko'zatishlarini bayon 
qilibgina qolmay, balki ularni kengroq 
bayon qilishga, sababini topishga 
haraqat qilganlar. Ayrim yunon olimlari 
tabiatni boshlanish manbai suv deb, 
ayrimlari havo deb, uchinchi birlari esa 
olov deb hisoblaganlar. Shu davrning 
ko'pgina olimlari tabiatdagi hodisa va 
qonunlarini diniy yo'l bilan tasvirlab 
berganlar. Turli hodisalarni xudolarning 
va ma'budlarning ishi deb bilganlar.
Ioniyalik olimlarning ishini Afinada 
yashagan ulug' mutafakkir Demokrit 
davom ettirdi . DEMOKRIT
Demokrit tabiatni chuqur o'rgandi. ko'plab 
halqlarning ilmiy bilishlari bilan tanishdi. U 
butun olam mayda zarrachalar – atomlardan 
tashkil topgan, degan dohiyona fikrni ilgari 
surdi. Demokrit odamda hech qanday ruh yo'q, 
tabiatning dahshatli hodisalari qarshisida 
odamlarning ojizligi va qo'rqish natijasida 
xudolarga ishonish vujudga kelgan deb 
isbotladi. Xudolarga va odam ruhining abadiy 
yashashga ishonchini chippakka chiqargan 
Demokrit ta'limoti din homiylari va 
ruhoniylarini qattiq g'azablantirgan. Ular 
Demokrit  qarashlarini  rad  qilolmaganlar , biroq 
uning asarlarini yo'q qilishga, do'stlaridan 
ayrimlarini qatl etishga, yana birlarini darra 
bilan urib turmalarga qamashga, uchinchilarini 
esa fuqarolik huquqlaridan mahrum qilishga 
da'vat etganlar.
Demokritning zamondoshi shifokor Gippokrat 
uning g'oyalarini davom ettirdi. 
Gippokratning ta'limotiga 
ko'ra, vrach kasalni odamdan 
quvish kerak emas, balki 
kasalni yengishda odam 
organizmiga yordam berishi 
lozim, - deb hisoblagan.

Gippokrat ta'limotidagi to'g'ri 
ovqatlanish, dori-darmon va 
operasiyalar haqidagi 
asarlari zamonaviy tibbiyot 
fanini rivojlantirishga 
qo'shilgan munosib hissa 
bo'lib xizmat qildi. 
Eramizdan avvalgi IV asrda yashagan 
qadimgi yunon mutafakkiri Arastu 
g'oyat keng ko'lamda bilimlarga ega 
bo'lganligi bilan ajralib turadi. U o'z 
zamonasida to'plangan barcha ilmiy 
bilimlarni ayrim sohalarga bo'lib 
chiqdi va mustaqil fanlarga 
birlashtirdi. Bu bilan Arastu nafaqat 
yunonlar fanini rivojiga, balki jahon 
fanini rivojlanishiga katta hissa 
qo'shdi. Shu bilan birgalikda Arastu 
bir qator fanlarga nomlar berdi: 
yunoncha “o'simlik” so'zidan olingan 
botaniqa, “tabiat” so'zidan olingan 
fiziqa, “davlat” so'zidan olingan 
siyosat shular jumlasidandir. “ GRESIYA – ERON URUSHLARI 
TARIXI” NOMLI ASAR YOZGAN 
GERODOT HAM QADIMGI 
YUNON MUTAFAKKIRI EDI. 
GERODOT MILODDAN 
AVVALGI 490-480 YILLAR 
ORASIDA TUG'ILGAN. 
ELLINLARNING QUDRATLI 
ERON SHOHLARI USTIDAN 
ERISHGAN G'ALABALARI 
TO'G'RISIDAGI XOTIRANI 
KELA JAK AVLODLAR UCHUN 
SAQLAB QOLISHGA HARAQAT 
QILGAN. GERODOT O'Z 
OLDIGA FAQAT HARBIY 
HARAKATLAR HAQIDA 
HIQOYA QILIBGINA QOLMAY, 
BALKI URUSHDA 
QATNASHGAN 
HALQLARNING TARIXINI 
YORITISHNI HAM MAQSAD 
QILIB QO'YGAN EDI. Gerodot  GERODOT 
Gerodot miloddan avvalgi 455-
477 yillarda Misr, Bobil, Suriya, 
Kichik Osiyo va Qora dengiz 
sohillaridagi mamlakatlarga 
sayohat qilgan. Uning “Tarix” 
kitobida Yunoniston, Kichik 
Osiyo, Suriya, Falastin, Bobil, 
Eron, Turon va boshqa xalqlar 
haqida ko'plab ma'lumotlar bor. 
Gerodotning “Tarix” asari 
Gresiyaning qadimgi tarixi 
hamda Old Osiyo, Misr va 
hamdo'stligimiz janubida 
yashagan halqlar to'g'risida 
ma'lumot beruvchi eng muhim 
manbalaridan biri hisoblanadi. 
Bu xizmatlari uchun Gerodotga 
o'sha davrlardan “Tarix otasi” deb 
nom berganlar. 
Yana bir atoqli yunon faylasuf 
donishmanlardan biri Suqrot bo'lib, u 
miloddan avvalgi 441 yili Afinada tug'ilgan. 
Leqin u o'z umri davomida birorta ham kitob 
yozmagan. Suqrot  maktablarda   dars  ham 
bermagan , hech qayerda ma'ro'zalar 
o'qimagan. Balki odamlar ko'p gavjum bo'lgan 
joylarda o'z shogirdlarni haqiqatni bilishga 
undagan. Suqrot haqiqatni bilish mumkin 
emas, deb o'ylovchilarga qarama-qarshi, uni 
bahs-munozara orqali bilish mumkin, deb 
hisoblardi. O'z qarashlarida odamlarni 
tenglashtirishga qarshi chiqib, ularni haqiqatni 
bilganlar va bilmaganlarga ajratadi. Uning bu 
fikrlari Afina kuldorlik demokratiyasi 
namoyondalariga  ё qmagan. Shuning uchun u 
demokratiya to'zumining dushmaniga aylanib 
sudga berilgan. U miloddan avvalgi 399 yilda 
zahar ichib o'lgan.Suqrot QADIMGI YUNONLAR ADABIYOTI
  Yunoniston tarixini o'rganishda dostonlar va afsonalarning ahamiyati Qadimgi 
yunon adabiyotining paydo bo'lishi o'zoq o'tmishga borib taqaladi. Yunonlar 
ajoyib afsona, rivoyat, she'r, doston, tragediya va komediyalar yaratganlar.
Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni og'zaki tarzda avloddan-
avlodga yetkazganlar. “Prometey”, “Gerakl”, “Dedal va Ikar”, “Argonavtlar”, 
“Odisseya” va “Illiada” kabi afsona va dostonlar yunon adabiyotining nodir 
namunalaridir.
Rivoyatlarga ko'ra, bu asarlarning muallifi miloddan avvalgi YIII yashagan ko'r 
baxshi Gomerdir. Dostonlarda yunonlarning Kichik Osiyodagi Troya shahriga 
qilgan yurishlari, qahramonlarning kurashlari va boshidan kechirgan 
sargo'zashtlari va boshqalar haqida hiqoya qilinadi. “Illiada” dostonning davomi 
“Odisseya” dostoni hisoblanadi. Yunonlar jahon adabiyotiga ulkan hissa 
qo'shganlar. Yunon dostonlarida rivoyat va afsonalar juda ko'p. Ammo 
dostonlarda tasvirlangan voqea-hodisalarning hammasi shunchaki afsona 
emas. “Argonavtlar”, “Dedal va Ikar”, “Gerakl” , “Illiada” va “Odisseya” kabi rivoyat 
va afsonalarning mazmuniga chuqurroq e'tibor berilsa, ularda qadimgi 
yunonlarning turmush tarzi, kasb-korlari, qurol-yarog'lari, turar joylari, mehnat 
qurollari va oilaviy munosabatlari qanday bo'lganligini bilib olish mumkin. 
Olimlar o'zoq vaqtgacha Gomer dostonlaridagi voqealar o'ylab chiqarilgan 
afsonalar deb faraz qilganlar.  GOMER 
Yunoniston tarixini o'rganishda yunon 
afsonalari, xususan Gomer dostonlari juda 
katta ahamiyatga ega. Shu tufayli miloddan 
avvalgi XI-IX asrlarni Gomer davri deb 
bekorga aytilmagan. Gomer dostonlari 
she'riy uslubda yozilgan bo'lib, tilining 
boyligi va ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. 
Shunday qilib, Gomerning dostonlari buyuk 
adabiy asargina bo'lib qolmay, balki ajoyib 
tarixiy kitob namunalaridandir. 
Yunonlarning, adabiy merosi jahon halqlari 
adabiyotiga munosib hissa qo'shdi. Qadimgi 
Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha 
mashhur olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon 
olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik 
Osiyo halqlarining bilimlaridan bahramand 
bo'lganlar. QADIMGI YUNONISTONDA TABIIY FANLARNING VUJUDGA 
KELISHI
Eramizdan oldingi V asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va 
madaniy jihatidan yuksak taraqqiyot bosqichiga ko'tarilgan davridir. 
Bu taraqqiyot Eron-Yunon urushlaridan keyin Afina davlatining 
kuchayishi va demokratiya tomon rivojlanib borish bilan bog'lik 
bo'lib, chindan ham yunon elining oltin asri deb atalishiga arziydigan 
buyuk davrdir. Eng ilg'or madaniyat markazi Kichik Osiyodagi Ionif 
viloyatidir. Afina o'zining iqtisodiy va madaniy kamolatiga, asosan Y 
asrning 50-30 yillarida, ya'ni Perekl davrida erishadi. Perekl o'z 
zamonasining nixoyatda ishbilarmon davlat arbobi, otashin notiq 
odamlarda tashabbuskorlik ishtiyokini uyg'otishga moxir,  ilmu -fan , 
san'at va adabiyotga qiziqqan bir shaxs edi. U butun yunon olamidan 
faylasuflar, olimlar, shoirlar va san'at ahllarini Afinaga to'playdi. Unga 
yaqin faylasuflar, Anaksagar, Suqrat, “Tarix fanining otasi” Gerodot, 
Sofokl, ajoyib haykaltarosh Fidiy va shularga o'xshash umumyunon 
madaniyatini yuksak pog'onalarga ko'targan yana birmuncha 
shaxslarni ko'ramiz. PEREKL
Perakl zamonasida ilmiy-falsafiy ta'limotlar, 
ayniqsa, juda keng rivoj topdi. Olimlar va 
mutafakkirlar o'z asarlarida tabiat hodisalarini, 
ijtimoiy qonunlarni ochishga, ularni izohlashga va 
shu yo'sinda demokratik to'zumni to'g'ri va ba'mani 
eqanligini isbotlashga urinadilar. Eski diniy 
e'tiqodlarning asta-sekin susayib borishi, ilohiy 
kuchlarni koinot hodisalarida axtarishi, insonni 
ma'budalarning quli holatidan butun borlikning 
hukmroni darajasiga ko'tarish, uning idrok va 
iste'dodiga taxsin o'qish, istiqbolga chuqur umid 
bilan qarash – bu davr falsafiy oqimlarining asosiy 
xususiyatidir .  Anaksagar inson ongi, qudrati va 
iste'dodini juda yuksak baholaydi. Uning 
ta'limoti qadimgi davrda keng yoyilgan va 
zamondoshlariga kuchli ta'sir o'tkazgan. V 
asrning 2 yarmida butun Ellada tuprog'ida 
ijtimoiy hodisalarni o'rganish ishini o'z 
oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan yangi 
ilmiy-falsafiy oqim paydo bo'ldi. Bu 
oqimning vakillari o'zlarini “sofistlar” deb 
ataganlar.Dastlab “sofist” so'zi ostida 
“donishmand”, “bilimdon”, “olim” degan 
ma'nolar ifoda etilgan bo'lsa, keyinchalik 
bu ibora falsafa mualliflariga taqalgan 
laqablarga aylanib ketdi.
Qadimgi Yunonistonda maktabxonlik 
ishlari sust bo'lgani uchun “sofistlar” 
shaharma-shahar kezib, shaxsiy suhbatlarda 
yoki jamoat oldida ilmu-fan asoslarini 
tashviq qilardilar. 
Sofistlar falsafiy bilimlardan tashqari yana bir 
muncha ijod sohalarida ham juda ulug' ishlarni 
qilganlar. Jahon madaniyatining bebaho 
yodgorliklaridan biri bo'lgan va Gippokrat 
nomi ostida bizga qadar yetib kelgan muolaja 
san'ati haqidagi kattakon asar ham sofistlar 
davrida yaratilgan. Shu xildagi ilmiy tadqiqotlar 
natijasi o'laroq, inson faoliyatining turli- tuman 
sohalariga doir asarlar yaratdilar. Gerodotning “Tarix” asarini keyingi davr olimlari 
qayta ishlagan. Shulardan Aleksandriya olimlari 
buni 9 bobga bo'lib, yunon mifologiyasidagi 9 
mo'zaning nomi bilan ataganlar. Aleksandriya 
chinakam tarixshunoslik ilmi bilan ijod qiluvchi 
yozuvchidir.
Shu sababli uning asari dastlabki yunon 
tarixchilari – “logoraflar” ijodida uchraydigan 
qator kamchiliklardan batamom qutulib 
ulgurgan emas. Gerodot ham o'zining ulug' 
zamondoshi Sofokl singari ma'budlarning 
qudratiga, taqdirining kuch-quvvatiga, inson 
baxtining bepandligiga chippa-chin ishonadi: 
kosinlarning karomatiga, mo''jizalarning 
rostligiga, hatto tushlarning muqarrarligiga aslo 
shubha qilmaydi. Gerodotdan minnatdor 
bo'lishimizning yana ham muhimroq sabablari 
bor: adabiyotimizning eng qadimgi 
yodgorliklaridan biri bo'lgan “To'maris” qissasi 
faqat shu odam tufayli bizgacha yetib kelgan. 
Gerordot asarlarining fazilatlaridan biri-ajoyib 
san'atkorlik mahorati bilan yozilganligidadir. 
Yozuvchi  biron   hodisani   bayon   etar   ekan , uni 
og'zaki rivoyatlar bilan boyitgan. Qadimgi 
Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha 
mashhur olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon 
olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo 
halqlarining bilimlaridan ko'p bahramand 
bo'lganlar. Qadimgi Sharq fani yunon dunyosida 
ilm-fanning yanada rivojlanishiga barakali ta'sir 
etgan. Miloddan avvalgi YI asrda Kichik 
Osiyoning g'arbiy sohilidagi Ioniya viloyati va 
undagi Milet shahri ilm-fan taraqqiyotining 
markaziga aylangan. Ioniya olimlari Misr va Bobil 
olimlarining ilmiy bilimlaridan yaxshi xabardor 
bo'lib, o'sha bilimlarni yanada  rivojlantirganlar.

QADIMGI YUNONISTONDA ILMIY BILIMLARNING RIVOJLANISHI

RE JA  Yunonistonda ilm rivojining dastlabki kurtaklari  Qadimgi yunonlar adabiyoti  Qadimgi Yunonistonda tabiiy fanlarning vujudga kelishi

DASTLABKI KURTAKLAR  Qadimgi yunonlar begona davlatlardagi juda katta hududga joylashib olgan bo'lib, o'zlarini yagona halq deb hisoblaganlar. Ular ellinlar, o'z vatanlari bo'lmish Gresiyani esa Ellada deb atashardi.  Ellinlarni umumiy til, urf-odatlar, qadimgi rivoyatlar, din, yagona yozuv birlashtirib turgan. Qadimgi yunonlar eramizdan avvalgi II ming yillikning oxirlarida unutib yuborilgan qadimiy yozuviga qaytmaganlar.  Qadimgi elladaliklar eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda finiqiyaliklarning yozuvi bilan tanishganlar va uning asosida 24 harfdan iborat o'z alifbosini yaratganlar. Bu yangi alifboda finiqiyaliklarniqidan farqli o'laroq, faqat undosh tovushlarni ifodalovchi belgilar emas, balki unli tovushlar ham bo'lgan. Bu bilan yozuvning rivojiga katta hissa qo'shganlar.

DASTLABKI KURTAKLAR Ioniyalik olimlar tabiat hodisalari haqidagi o'z ko'zatishlarini bayon qilibgina qolmay, balki ularni kengroq bayon qilishga, sababini topishga haraqat qilganlar. Ayrim yunon olimlari tabiatni boshlanish manbai suv deb, ayrimlari havo deb, uchinchi birlari esa olov deb hisoblaganlar. Shu davrning ko'pgina olimlari tabiatdagi hodisa va qonunlarini diniy yo'l bilan tasvirlab berganlar. Turli hodisalarni xudolarning va ma'budlarning ishi deb bilganlar. Ioniyalik olimlarning ishini Afinada yashagan ulug' mutafakkir Demokrit davom ettirdi .

DEMOKRIT Demokrit tabiatni chuqur o'rgandi. ko'plab halqlarning ilmiy bilishlari bilan tanishdi. U butun olam mayda zarrachalar – atomlardan tashkil topgan, degan dohiyona fikrni ilgari surdi. Demokrit odamda hech qanday ruh yo'q, tabiatning dahshatli hodisalari qarshisida odamlarning ojizligi va qo'rqish natijasida xudolarga ishonish vujudga kelgan deb isbotladi. Xudolarga va odam ruhining abadiy yashashga ishonchini chippakka chiqargan Demokrit ta'limoti din homiylari va ruhoniylarini qattiq g'azablantirgan. Ular Demokrit qarashlarini rad qilolmaganlar , biroq uning asarlarini yo'q qilishga, do'stlaridan ayrimlarini qatl etishga, yana birlarini darra bilan urib turmalarga qamashga, uchinchilarini esa fuqarolik huquqlaridan mahrum qilishga da'vat etganlar. Demokritning zamondoshi shifokor Gippokrat uning g'oyalarini davom ettirdi.