QARAMA-QARSHI SONLAR. SONNING MODULI
MATEMATIKA MAVZU:QARAMA- QARSHI SONLAR. SONNING MODULI.
QARAMA-QARSHI SONLAR 3 va -3 sonlari faqat ishorasi bilan farq qiladi. - 5 - 4 - 3 -2 - 1 0 1 2 3 4 5 B А 3 birlik 3 birlik
QARAMA-QARSHI SONLAR Bir-biridan faqat ishorasi bilan farq qiladigan sonlar qarama-qarshi sonlar deyiladi. Qarama-qarshi sonlar koordinata to‘g‘ri chizig‘ida sanoq boshidan bir xil uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. 3 va -3 sonlari qarama-qarshi sonlar -5 va 5; 2 va -2; -8 va 8
QARAMA-QARSHI SONLAR Har qanday sonning oldiga minus “–” ishorasi qo‘yilsa, shu songa qarama-qarshi son hosil bo‘ladi - 2 va 2; -(-k) = k 6 va - 6; - 2 va - (-2 ) = 2; Umuman, k soniga qarama-qarshi son –k, ya’ni: formula o‘rinli.
QARAMA-QARSHI SONLARNING XOSSALARI 1- xossa. Koordinata o‘qida har qanday songa qarama-qarshi faqat bitta son mos keladi. 2 - xossa. Musbat songa qarama-qarshi son manfiy son, manfiy songa qarama-qarshi son musbat son bo‘ladi. 3- xossa. 0 soni o‘ziga o‘zi qarama-qarshi sondir: 0 = -0 = +0