logo

Rossiya imperiyasining Turkustonda vaqf mulkchilik siyosati Xo‘ja Ahror avlodlari vaqf mulklari misolida

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2728 KB
 
 ‘‘ ‘‘
Rossiya imperiyasining Rossiya imperiyasining 
Turkustonda vaqf Turkustonda vaqf 
mulkchilik siyosati Xo‘ja mulkchilik siyosati Xo‘ja 
Ahror avlodlari vaqf Ahror avlodlari vaqf 
mulklari misolida’’mulklari misolida’’             
KIRISH

I   Bob. X I X  asrning ik k inchi y armida Turk ist on ulk asida v aqf 
mulk lari .

1.1  Mavzuning tarixshunosligi va manbashunosligiga doir muloxazalar .

1.2  XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda vaqf mulklarining axvoli .

  II  BOB. Must amlak achi ma’muriy at ning agrar soxadagi 
siy osat ining v aqf mulk lariga t a’siri . 

2.1.  Rossiya istilosidan keyin o‘lkada yer-suv munosabatlari tizimidagi 
o‘zgarishlar .

2.2.   Imperiyaning vaqf mulkchiligi sohasidagi siyosatiga ulamolarning 
noroziligi .

I II  BOB. X oja A h ror Valiy  av lodlari v a q f mulk larining t ugat ilishi 
uchun k o‘ rilgan chora -
 t adbirlar v a uning osibat lari .

3.1.   Hukumat tomonida   Xoja A h ror Valiy avlodlari va q f mulklarini 
taftish qilinishi .

3.2.  Xoja Ahror avlodlari vaqf mulklarining tugatilishi .

X ULOSA .

FOY DALA NILGAN MANBA  VA  ADABI YOTLAR .

I LOVALA R .                                       Turkiston o‘lkasining Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri 
tarixiga bag‘ishlangan maxsus monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, 
darsliklar yaratishda xamda tadqiotda keltirilgai ma’lumotlardan 
barcha o‘quv yurtlarida va malaka oshirish kurslarida XIX asr oxiri 
XX asr boshlaridagi Turkistoidagi ijtamoiy-iqtisodiy hayot 
masalalarini yoritib berishga qaratilgan maxsus kurslar va semianarlar 
tashkil etishda foydalanish mumkin.              
Tadqiqot  mav zusi bo’y icha adabiy ot lar sharhi 
(t ahlili).

Mav zu  t arixshunosligiga  oid  t adqiqot larni 
quy idagi guruhlarga ajrat ish mumk in.  
Tadqiqotning  asosiy  manbalari  bo‘lib  O‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy davlat arxivining quyidagi fondlari xizmat qildi:
•
1  -fond-Turkiston general - gubernatorligi devonxonasi;
•
17  - fond -  Sirdaryo viloyat bo shq armasi;
•
18 -fond-Samarqand viloyat boshqarmasi;
•
19 -fond-Farg‘ona viloyat boshqarmasi;
•
717-fond-Turkiston general-gubernatori Kengashi Xujjatlari.                                       1-bob . X IX  asrning ik k inchi y armida Turk ist on  o‘ lk asi da v aqf mul k l ari .
1.1  Mav zuning t arix shunosligi  v a manbashunosligiga doir mul oxazalar .
.             
Xoja Ahror avlodlarining Toshkentdagi vaqf mulklariga oid g‘oyat qimmatli ma’lumotlar xam 
A.P.Xoroshxinning tadqiqot xat id an o‘rin olgan. Mana bu ma’lumot ham e’tiborga loyiq. «XIX 
asrning ikkinchi yarmida Xoja Ahror avlodlarining vaqf mulklari Toshkent shaxrining Sebzor 
daxasidagi Oqtepa va Oq qo‘rg‘on mahallalarida ham mavjud bo‘lgani holda, ularning umumiy 
qiymati 300 ming rublni tashkil etgan. O‘sha mulklarda 800 ijarachi ishlagan .

1902-yilda Xoja Ahrorning vaqf yorliqlari bilan akademik V.V.Bartold ham tanishgan. Olimning 
tasdiqashicha, mazkur xujjat 1533-yilda tuzilgan vaqfnomadan 1875-yilda ko‘chirilgan nusxadir. 
V.V.Bartold ilk bor Xoja Ahror vaqf xujjatlari matnining asosiy qismini fors tojik tilida keltiradi .

1960-yildan boshlab Xoja Ahror va uning avlodlari vaqf mulklari tarixi bilan sharqshunos 
tarixchi Z.A.Qo‘tiboyev shug‘ullana boshlagan.               
Turkistonda  mustamlakachilik  tuzumi  o‘rnatilgach,  chor  ma’muriyati  o‘lkadagi  diniy  muassasalarga, 
xususan,  Xoja  Ahror  avlodlariga  tegishli  vaqf  mulklarini  tortib  olish  orqali  o‘zining  o‘lkadagi  ta’sirini 
kuchaytirmoqchi  bo‘lgan.  Natijada  Xoja Ahror  avlodlarining  vaqf  mulklarini  taftish  qilish  boshlandi.  Bu  ishga 
general-gubernatorlikning eng nufuzli mansabdorlari va oliy martabali xarbiylari ham jalb qilingan.             1.2   X IX  asrning ik k inchi y armida Turk ist onda v aqf 
mulk larining axv oli .
.             
Ushbu  madrasalar  Turkiston  o‘ lkasi  Rossiya  imperiyasi  to monidan  bosib  olingunga  q adar  mazkur  va q f  mulklaridan 
olingan  daromad  x isobiga  ta’minlab  turilardi.  Lekin  mustamlakachilar  tomonidan  vaqf  maxkamalarining  ishlariga 
aralbshuv natijasida tez orada mazkur madrasalardagi ta’lim-tarbiya ishlari izdan chiqdi.

Albatta,  mustamlakachilar  uchun  maxalliy  xalqning  ilm  olishi,  ma’rifatli  bo‘lishining  keragi  yo‘q  bo‘lib,  savodsiz 
xalxni boshqarish va uni ekspluatasiya qilish osonroq edi. Shu maqsadda Samarqand shaxri bosib olingan vaqtdayoq 
Ulug‘bek  madrasasining  bozor  ichidagi  yiliga  600  rubl  foyda  keltirayotgan  vaqf  mulki  davlat  foydasiga  tortib 
olingan edi .

  Chor  xukumati  tomonidan  bu  tadbir  avvalroq,  ya’ni  1869-yildayoq  boshlangan  bo‘lib,  o‘sha  vaqtdagi  Zarafshon 
okrugi  boshlig‘ining   ko‘rsatmasiga  binoan  vaqf  mulklaridan  karvonsaroy,  xammom,  tegirmon,  savdo  rastalari  va 
xakazolardan olingan daromadlarning xam davlat xazinasiga olinishi joriy etilgan .                          Bu yerda shuni ham ko‘rsatib o‘tishimizga to‘g‘ri keladiki, axoli yashamaydigan vaqf yerlari mustamlakachilar 
tomonidan "kim oshti" savdosi orqali ijaraga berilgan .  Bundan ko‘rinib turibdiki, vaqf maxkamalari mavjud bo‘lgani 
bilan vaqfkor dehqonlarning ularga qaramligi yo‘qola borgan, ya’ni vaqf yerlaridan olingan daromad davlat xazinasiga 
kelib tushgandan keyingina vaqf maxkamasiga berilgan. Demak, bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, Turkiston 
o‘lkasining istilo qilinishi bilan vaqfkor dehqonlarning axvoli yana ham og‘irlashgan. Albatta,xukumat tomonidan vaqf 
yerlarini xalq o‘rtasida kim oshdi savdosi orqali ijaraga berish natijasida mazkur yerlarga boy-badavlat kishilar ega 
bo‘lgan. Ular esa o‘z navbatida ushbu yerdan ko‘proq foyda olish maqsadida uni qimmatroq baxoda ijaraga bergan. Bu 
esa maxalliy xalqning yanada qashshoqlanishiga olib kelgan. Bundan tashqari vaqfkorlar, ya’ni ijarachilar olingan 
xosilning o‘ndan bir qismini vaqf maxkamasiga emas, balki davlat xazinasiga topshirgan.                          
O‘z-o‘zidan ma’lumki, diniy maqsadlar uchun joriy etilgan vaqf muklari mustamlakachilar uchun, davlat 
xazinasini  boyitish  uchun  muxum  axamiyatga  ega  edi.  Shuning  uchun  xam Turkiston  o‘lkasini  1882-yil 
"taftish"  qilgan  Girs  vaqf  mulklari  masalasida  quyidagi  fikrni  bildirgan:  "Xayr-exson  tariqasida  joriy 
etilgan  vaqflar  davlat  soliqlaridan  va  "zemstvo"  majburiyatlaridan  ozod  etilsin. Axoli  yashaydigan  vaqf 
yerlari  o‘sha  yerlarda  yashovchi  axoliga  vaqf  maxkamasiga  soliq  to‘lash  sharti  bilan  berilsin.  Axoli 
yashamaydigan  vaqf  yerlari  esa  vaqf  maxkamalari  ixtiyorida  qoldirilsin.  O‘z  avlodi  foydasiga  vaqf 
qilingan  mulklar  shu  avlodning  xususiy  mulki  deb  e’lon  qilinsin  va  xar  qanday  imtiyozlardan  maxrum 
etilib, ularning davlat foydasiga soliq tulashi joriy etilsin. Olayotgan daromadlarini xayr-exson tariqasida 
berayotgan turli vaqf maxkamalarining bir qismi davlat soliqlaridan va "zemstvo" majburiyatlaridan ozod 
qilinsin . 

Rossiya  imperiyasi  ma’muriyati  Turkiston  o‘lkasidagi  mus tamlakachilik  siyosatini  mustaxkamlashga 
xarakat  qilgani  xolda  musulmon  ruxoniylarining  omma  orasidagi  ta’sirini  kamaytirishga  qaratilgan 
siyosat olib bordi.             2-bobMust amlak achi ma’muri y at ning agrar soxadagi siy osat ining 
v aqf mulk lariga t a’si ri . 
2.1. Rossiy a ist ilosidan k ey in o‘lk ada y er-suv  munosabat l ari t i zi midagi  
o‘zgari shlar .

1886-yilning  12  iyunida  qabul  qilingan  «Turkiston  viloyatini  boshqarish»  haqida 
Nizomda  davlat  yerlarini  vaqf  va  boshqa  axoliga  tegishli  yerlar  hisobiga  kengaytirishni 
qonunlashtirishga  xarakat  qilingan.  Shu  sababli,  musulmon  dunyosida  keng  tarqalgan 
«vaqf mulkini» har tomonlama o‘rganishga xarakat qilgan.

Rossiya  imperiyasining  Turkiston  o‘lkasidagi  vaqf  siyosati  moxiyati  xaqida  to‘laroq 
tushunchaga  ega  bo‘lish  maqsadida  mazkur  «qayidlar»ni  kengroq  taxlil  etish  va  undan 
parchalar keltirish lozim deb topdik.

Rossiya  imperiyasining  mustamlakalaridagi  vaqf  siyosati  moxiyatini  to‘laroq  anglab 
yetishda  «Turkiston  o‘lkasi  istilo  etilganidan  keyingi  davrda  vaqf  ishlarining  xolati 
xaqidagi kaydlar» g‘oyat muxim axamiyatga ega .             
Tarixiy  xujjatlarning  guvoxlik  berishicha,  vaqf  masalalariga  oid  oliy  maqomdagi  farmon  va 
qonunlarning  bajarilishi  Knyaz  V.V.Golisin  (1843-1914)  raisligidagi  Maxsus  komissiyaning 
nazoratida bo‘lgan

«Al-xidoya»da  keltirilishicha,  Paygambarimiz  Umar  ibn  Xattobning  o‘ziga  tegishli  bo‘lgan 
«Samg‘»  degan  joyni  sadaqa  qilmoqchi  bo‘lganini  eshitib,  «uni  butunlay  sotilmaydigan  va  sovg‘a 
qilinmaydigan  qilib  sadaqa  qilgin»  deya  shar’iy  vaqfga  asos  solganlar.  Undan  tashqari  ulamolar 
Payg‘ambar Muxammad S.A.V. ning «odam bolasi vafot etganidan so‘ng barcha amallari tuxtaydi, 
yolg‘iz  uch  amaligina  qoladi:  joriy  (doimiy)  sadaqa,  foydali  ilim  va  xaqiga  duo  qiluvchi  solix 
farzand», degan xadislarini vaqf  qilishga asos bo‘lgan xujjatlardan deb xisoblaydila             2.2.  Imperiyaning vaqf mulkchiligi sohasidagi siyosatiga ulamolarning 
noroziligi .
 

«1886-yilgi «Nizom» Turkistonga rus aholisini ko‘chirib keltirish yo‘li bilan o‘lkani 
ruslashtirish harakatini qonunan mustahkamlab, unga siyosiy tus bergan» .  Yuqorida 
keltirilgan  hujjatda  mustamlaka  siyosatining  ruhi  ya qq ol  sezilib  turibdi.  Quyidagi 
iboraga  e’tibor  bering.  «Xoja  Ahror  madrasasi  foydalanayotgan  vaqf  yerlari».  Bu 
jumla  ataylab  shunday  tuzilgan,  aslida  gap  azal-azaldan  madrasaga  va  m ashhur  
avliyo  avlodlariga  qonunan  tegishli  bulgan  va  vaqf    yerli k lari  orqali 
rasmiylashtirilgan  yer  mulklari  haqida  keta  —  yapti.  Buning  ustiga  o‘sha  vaqf 
mulklarini  rus  aholisiga  berish  ochiq  yozilganligi  Rossiya  imperiyasi 
siyosatdonlarining  tezroq  asosiy  maqsadga  erishishga  intilayotganligidan  darak 
beradi.             3-bob.  Xoja A h ror Valiy avlodlari va q f mulklarining tugatilishi uchun k o‘ rilgan chora -
 
tadbirlar va uning o q ibatlari .
3.1.  Hukumat tomonida Xoja A h ror Valiy avlodlari va q f mulklarini taftish qilinishi .
              
Rossiya  imperiyasi  mustamlaka  ma’muriyati  tomonidan  Xoja  Ahror  avlodlariga  tegishli 
bo‘lgan  vaqf  mulklarini  keng  ko‘lamda  va  keskin  tarzda  taftish  qilinishi  qariyib  40  yil 
davom etgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarni 
mukammal  o‘rganish  asosida  shunday  xulosaga  kelish  mumkin 1
.  Vaholanki,  Xoja  Ahror 
avlodlarining  mulklari  tarixiga  oid  dastlabki  tadqiqotda  yuqoridagi  eshon  avlodlariga 
qarashli  yer  maydonlari  va  boshqa  turdagi  ko‘chmas  mulklarni  Rossiya  imperiyasi 
mustamlakachilik ma’muriyatining yuqori martabali va nufuzli harbiylari tomonidan taftish 
etilishi  va  o‘sha  mulklarni  tortib  olish  jarayoni  1893-1899-yillarni  o‘z  ichiga  olganligi 
ko‘rsatilgan .

Rossiya  imperiyasi  mustamlakachi  ma’muriyatining  Xoja  Ahror  Valiy  avlodlarining 
Toshkent  viloyatidagi  vaqf  mulklariga  aloxida  qiziqishi  bo‘lgan.  Zero,  ko‘hna 
vaqfnomalarning  guvohlik  berishicha,  hazrati  eshonning  faqat  Toshkent  viloyatidagi  vaqf 
mulklari g‘oyat keng hududlarni qamrab olgan             3.2. X oja Ahror av lodlari v aqf mulk lari ning t ugat ilishi .
 

XX  asrning  dastlabki  o‘n  yilligida  Xoja  Ahror  avlodlarining  Turkiston 
o‘lkasining  turli  viloyatlarida  joylashgan  vaqf  mulklarini  keng  qamrovdagi 
taftish  ishlari  davom  etdi. Ayni  paytda,  Xoja Ahror avlodlari  vaqfiga  aloqador 
bo‘lgan  mutavallilar,  mudarrislar  va  boshqa  ruxoniylar  o‘rtasidagi  nizolar, 
o‘zaro ichki kurashlar tez-tez takrorlanib turgan. Vaqf mulklari mutasaddilari 
o‘rtasidagi  kelishmovchiliklar  va  o‘zaro  kurashlar  podsho  ma’muriyatining 
yuqori tashkilotlariga yuborilgan arizalarda xam o‘z ifodasini topgan.

Masalan,  1903-yilning  16  yanvarida  Toshkent  shaxridagi  Xo‘ja  Ahror  vaqfi 
mutavallilari  A’zamxon  Mo‘minov  va  Nasriddinxon  To‘raxonovlar  Tutkiston 
o‘lkasi o‘quv yurtlari bosh noziriga ariza bilan murojaat qiladilar.

Mazkur  davrda  Xo‘ja Ahror  madrasasi  mudarisligi  lavozimida  Said  G‘anixon 
ismli begona shaxs fa’oliyat yuritayotgan edi.

O‘z  navbatida  Rossiya  imperiyasi  ma’muriyati  Xo‘ja  Ahror  vaqfiga  nisbatan 
XIX  asrning  70-yillarida  boshlagan  «qizil  qo‘shini»  XX  asr  boshlarida  yanada 
kuchaytirib katta taftish ishlarini olib borgan.              
Ayni  paytda  Xo‘ja Ahror  Valiy  avlodlarining  yuqori  tashkilotlarga  shikoyat,  ariza  va  iltimosnomalar 
ko‘rinishidagi  murojaat  xatlari  mustamlakachi  ma’muriyatning  bu  masalaga  munosabatini  belgilashda 
g‘oyat  axamiyatlidir.Xo‘ja  Ahror  Valiyning  Samarqand  va  Kattaqo‘rg‘on  uyezdida  yashovchi  avlodlari 
nomidan  Bayonxo‘ja  G‘ozixo‘jayev  va  Eshonxo‘ja  Muxammad    Raximxo‘jayevlar  Turkiston  general-
gubernatorligiga  iltimos  xati  bilan  murojaat  qiladilar. Arizada  ko‘rsatilishicha,  1900-yildan  boshlab, 
yuqoridagi  shaxslar  foydalanib  kelayotgan  vaqf  daromadlaridan  maxrum  qilinadilar.  Mana  shunday 
x olatda,  birinchidan,  Xo‘ja A hr or  va q fidagi  barcha  xodimlar  tirikilik  manbaidan  ajralishadi.  Ikkinchidan, 
avliyo  Xo‘ja  Ahror  mozoridagi  binolar  ta’mirlanmay  qarovsiz  axvolga  tushib  ,  nuray  boshlagan.Mazkur 
mulk egalari, to‘rt yuz yildan ortiqroq vaqf mobaynida ushbu yerlarga egalik qilib, foydalanib kelishar edi.              X ULOSA .

O‘ zbekistonning  milliy  isti q lolga  erishuvi  tufayli  tariximizning  murakkab  va 
muammoli masalalarini t o‘ la, mukammal va xolisona  o‘ rganish uchun keng y o‘ l ochildi. 
Natijada  o‘tmish  tariximizda  chuqur  iz  qoldirgan  buyuk  siymolar,  xususan,  Xoja Ahror 
Valiy  xaqidagi  bor  xaqiqatni  aytish  imkoni  tug‘ildi.   Yangicha  sharoitlardagi  ilmiy 
tadqiqotlarga  xos  bo‘lgan  yangi  xususiyat-ularda  milliy  ruxiy  va  g‘oyani  Xaqiqat  va 
adolat  mezonlari  asosida  yoritilinshdir.Xoja  Ahror  shaxsiyati  va  ibratli  fa’oliyati, 
xususan,  uning  el-ulus  osoyishtaligi,  fuqarolarning  moddiy,  madaniy  va  ma’naviy 
kamoloti  yo‘lidagi  g‘oyat  ulkan  sa’yi-harakatlarini  keng  va  mukammal  o‘rganish 
soxasida  amalga  oshirilgan  ilmiy  tadqiqotlar  o‘z  navbatida  mashxur  zotning  avlodlari 
tarixini  ham  tadqiq  etish  uchun  qulay  sharoit  yaratdi.O‘zbekiston  Respublikasi 
Markaziy  Davlat  arxivining  fondlarida  Xoja  Ahror  avlodlarining  vaqf  mulklari  va 
ularga  nisbatan  Rossiya  imperiyasi  mustamlakachilari  tomonidan  o‘tkazilgan  ma’shum 
siyosatning mazmun va moxiyatini fosh etuvchi noyob xujjatlar saqlanmoqda.             
Markaziy  Davlat  arxivining  17,  18,  126,  177,  361,  376,  717-  fonddarida  saqlanayotgan 
xujjatlarni  sinchiklab  o‘rganish  natijasida  yangi  ilmiy  xulosalarin  berish  imkoni  tug‘ildi. 
Garchand,  Turkiston  general-gubernatorligi  faoliyati  tarixiga  oid  hujjatlar  tarixshunoslikda 
muayyan  darajada  o‘rganilgan  bo‘lsada,  mazkur  tadqiqotimizda  hali  ilmiy  iste’molga 
kiritilmagan hujjatlarni tadqiq etish natijasida quyidagi xulosalarga keldik:
1. H azrat Xoja A h ror Ubaydullo h  A h ror (1404-1490) ning
XV  asrda  vaqfga  aylantirilgan  va  avlodlari  foydasiga  qoldirilgan  ulkan  ko‘chmas 
mulklarning  XIX  asrdagi  taqdiriga  doyr  qimmatli  arxiv  hujjatlari  birinchi  marta  keng  va 
chuqur o‘rganildi.             E’TIBORINGIZ
UCHUN 
RAHMAT

  ‘‘ ‘‘ Rossiya imperiyasining Rossiya imperiyasining Turkustonda vaqf Turkustonda vaqf mulkchilik siyosati Xo‘ja mulkchilik siyosati Xo‘ja Ahror avlodlari vaqf Ahror avlodlari vaqf mulklari misolida’’mulklari misolida’’

 KIRISH  I Bob. X I X asrning ik k inchi y armida Turk ist on ulk asida v aqf mulk lari .  1.1 Mavzuning tarixshunosligi va manbashunosligiga doir muloxazalar .  1.2 XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda vaqf mulklarining axvoli .  II BOB. Must amlak achi ma’muriy at ning agrar soxadagi siy osat ining v aqf mulk lariga t a’siri .  2.1. Rossiya istilosidan keyin o‘lkada yer-suv munosabatlari tizimidagi o‘zgarishlar .  2.2. Imperiyaning vaqf mulkchiligi sohasidagi siyosatiga ulamolarning noroziligi .  I II BOB. X oja A h ror Valiy av lodlari v a q f mulk larining t ugat ilishi uchun k o‘ rilgan chora - t adbirlar v a uning osibat lari .  3.1. Hukumat tomonida Xoja A h ror Valiy avlodlari va q f mulklarini taftish qilinishi .  3.2. Xoja Ahror avlodlari vaqf mulklarining tugatilishi .  X ULOSA .  FOY DALA NILGAN MANBA VA ADABI YOTLAR .  I LOVALA R .

Turkiston o‘lkasining Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri tarixiga bag‘ishlangan maxsus monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar yaratishda xamda tadqiotda keltirilgai ma’lumotlardan barcha o‘quv yurtlarida va malaka oshirish kurslarida XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Turkistoidagi ijtamoiy-iqtisodiy hayot masalalarini yoritib berishga qaratilgan maxsus kurslar va semianarlar tashkil etishda foydalanish mumkin.