SAIDAHMAD SIDDIQIY-AJZIY HAYOTI VA FOLIYATI
SAIDAHMAD SIDDIQIY- AJZIY HAYOTI VA FOLIYATI (1864-1927)
RE J A: • Kirish . • Saidahmad Siddiqiy-Ajziy ijodi . • Nashr qilingan asarlari . • Xulosa . • Adabiyot.
• Ajziy (taxallusi; asl ismi Saidahmad Hasanxo ja o g li Siddiqiy) (1864 — ʻ ʻ ʻ Samarqand — 1927) — ma rifatparvar ʼ shoir , tarjimon . Milliy uyg onish davrining ʻ yirik vakillaridan biri. O zbekistonda ʻ xizmat ko rsatgan ʻ o qituvchi ʻ (1926). Ajziy 1864-yil Samarqand viloyatining Jomboy tumani Halvoyi qishlog ida ʻ hunarmand oilasida tavallud topdi. Yoshligida otasi vafot etib, bobosi qo lida voyaga yetdi. ʻ Yangasi qo lida savod chiqardi. Samarqand, ʻ Buxoro madrasalarida o qigan. ʻ arab , fors , ozarbayjon tillarini mukammal bilgan. Keyinroq rus tilini ham o rgangan. ʻ 1901-1903-yillarda Kavkaz , bir qator Arab mamlakatlari va Rossiyaga sayohat qilgan. Jiddada ma lum muddat rus ʼ elchixonasida tarjimon bo lgan. ʻ Samarqandga qaytgach, shahar yaqinidagi Halvoyi qishlog ida yangi usuldagi ʻ maktab ochib, o qituvchilik qilgan. ʻ Lev Tolstoy hikoyalarini , Krilov masallarini , Gogolning „ Shinel “ povestini o zbek ʻ va tojik ] tillariga tarjima qilgan (1908- 1910). Darslik yozib, tarjimalaridan namunalar kiritgan.xozirgi kunga kelib jadidning avlodlari Toshkent viloyati Piskent tumanida istiqomat qiladi. KI RISH
Siddiqiy-Ajziy XX asr boshlarida yetuk shoir, tarjimon va mohir pedagog, usuli jadid maktablarining tashkilotchilaridan biri sifatida faoliyat ko`rsatdi. Saidahmad Siddiqiy -A jziy (1864-1927)
Uning ko`p qirrali faoliyati 1920 yillardayoq adabiyotshunoslar, pedagoglar e`tiborini qozondi. Siddiiy-Ajziy haqida dastlabki maqola Ajziyni yaqindan bilgan adabiyotshunos Vadud Mahmud (1897-1976) tomonidan yozildi va «Turk shoiri Ajziy» sarlahasi bilan «Inqilob» jurnalinnig 1924 yil 11-12-sonlarida e`lon qildi. Jumladan, u Ajziy haqida quyidagilarni yozadi: «Boshlab Siddiqiy yaxshi texnikdur: soat va turli moshinalarni tuzatmoq ishiga mohirdur... Musiqa bilan ham ancha shug`ullangandur. O`z tilidan boshqa arab, fors, rus tillarini bilur... Samarqand jadidlarining boshida Behbudiy, Siddiqiy va jadid maktabinnig muallimlaridan Shakuriy o`laroq rasman takfir etishlarig`a sabab bo`lg`ondur». Siddiqiy-Ajziy faoliyati haqida qimmatli ma`lumot beruvchi ikkinchi muhim manba Tursunqul (Rahim Hoshim)ning «Maorif va o`qutg`uchi» jurnalining 1928 yil 3-sonida bosilgan «Siddiqiy to`g`risida mulohazalar» maqolasidir.