logo

Sezgi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3917.451171875 KB
Mavzu: Sezgi
Reja:
1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha.     
    
     2. Sezgilarning nerv-fiziologik 
asoslari.
  3. Sezgilarning tasnifi, sezgilarning 
turlari Sezgi organlarining ahamiyati. 
Ko‘rish organlari Analizatorlar  retseptorlar •
Ma’lumki, tevarak-atrof 
muhiti xilma-xil hamda 
undagi tovushlar va hidlar, 
haroratga ko‘ra juda rang-
barang bo‘ladi. Atrofmuhit 
bilan odam organizmi 
muttasil bir-biriga bog‘liq. Bu 
bog‘lanish sezgi organlari 
orqali ta’minlanadi, ya’ni 
tashqi muhitning barcha 
omillari sezgi organlariga 
ta’sir etadi va ularning bosh 
miyadagi markazlariga qabul 
qilinadi.  •
Bosh miya po‘stlog‘ining turli 
qismlarida maxsus nerv 
hujayralari to‘plami 
joylashgan bo‘lib, ularni  I. P. 
Pavlov  analizatorlar  (sezgi 
organlarining markazlari), deb 
atagan. Har bir analizator uch 
qismdan tashkil topgan: 
ta’sirotlarni qabul qiluvchi — 
retseptor, o‘tkazuvchi qismi — 
sezuvchi nerv tolasi va analiz-
sintez qiluvchi qismi — 
sezuvchi nerv markazlari.
I. P. Pavlov  •
Analizatorning  periferik qismi , ya’ni  retseptor . Bu maxsus nerv tuzilmasi 
bo‘lib, tananing turli qismlarida (teri, muskul, pay, ko‘z, quloq, burun, til, 
ichki organlar va qon tomirlar devorida) joylashgan. Retseptorlarning soni 
juda ko‘p, masalan, terining 1 sm 2
 sathida 200—400 tagacha, terining 
butun sathida esa 8 mln ga yaqin retseptor bor. Barcha ichki organlarda 
taxminan 1 mlrd ga yaqin retseptor bor. Tashqi va ichki muhitning barcha 
o‘zgarishlari retseptorlar orqali qabul qilinadi.   Analizatorning o‘tkazuvchi 
qismi — bu sezuvchi nervtolasidan iborat bo‘lib, u retseptordan ta’sirni 
qabul qiladi va uni analizatorning markaziy qismiga o‘tkazadi.
•
Analizatorning markaziy qismi miya po‘stlog‘ining turlisohalarida 
joylashgan nerv markazlaridan iborat. Bu markazlardan muayyan sezgi 
organlaridagi retseptorlardan kelgan ta’sir analiz va sintez qilinib, ularning 
mazmuniga ko‘ra javob reaksiyasi hosil bo‘ladi. Analizatorning yuqorida 
aytilgan uchala qismining qaysi biri shikastlansa (kasallansa), muayyan 
sezgi organining ish faoliyati buziladi.   •
Ko‘rish analizatori (ko‘rish organi)ning ahamiyati.  Ko‘rish 
organi —ko‘z yordamida odam tevarak-atrofdagi 
buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini 
ajratadi; o‘simlik va hayvonot olamini o‘rganadi; rassomlik, 
me’morlik, haykaltaroshlik san’atlarining mahsulotlaridan 
bahramand bo‘ladi, tabiat go‘zalliklaridan zavqlanadi.
•
Ko‘rish odamning mehnat faoliyatida muhim o‘rin tutadi. 
Ko‘rish orqali inson o‘qishni, yozishni va mehnatning 
boshqa turlarini o‘rganadi, bilim oladi, hunar egallaydi. 
Binobarin, ko‘rish orqali odamning ichki dunyosi, uning 
tevarak-atrof, tabiat, san’at haqidagi tushunchasi, fikrlash 
qobiliyati, aql-idroki, ongi rivojlanadi.  •
Ko‘zning tuzilishi.  Ko‘z bosh suyagining chuqurchasida—ko‘z 
kosasida joylashgan. Ko‘z ko‘z soqqasi, ko‘rish nervi va 
yordamchi qismlar:  ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar 
va ularning nervlari, qovoq va  kipriklar, yosh bezlari, qon 
tomirlari kabilardan tuzilgan. Ko‘z soqqasi tashqi va ichki 
qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi—fibroz, o‘rta—
qon tomir va ichki—to‘rsimon pardalardan tashkil topgan. Ichki 
qismiga ko‘z ichi suyuqligi, ko‘z gavhari va shishasimon tana 
kiradi. Fibroz pardaning oldingi qismida shox parda bo‘ladi. Ko‘z 
soqqasining ichki — to‘rsimon pardasi, ayniqsa, muhim 
ahamiyatga ega, chunki uning orqa qismida yorug‘likni, ranglarni 
qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv 
hujayralari bo‘lib,  tayoqcha  va  kolbacha  shaklidadir.
•
Ko‘zning funksiyasi.  Ko‘z bajaradigan funksiyasiga ko‘ra, ikki 
qismdan: ko‘zning optik tizimi va retseptor qismidan iborat.  •
Ko‘zning  optik sistemasiga  uning  shox pardasi, ko‘z ichi suyuqligi, 
gavhar  va   shishasimon tana  kiradi. Bular ko‘zga tushadigan yorug‘lik 
nurini sindirib o‘tkazadi va uni ko‘zning ichki to‘rpardasida 
joylashgan retseptorlarga to‘plab beradi. Yorug‘lik nurini sindirib 
o‘tkazishda, ayniqsa, ko‘z gavhari muhim o‘rin tutadi. Yaqindagi 
buyumlarga qaraganimizda gavhar qalinlashadi. Uzoqdagi 
buyumlarga qaraganimizda esa yassilashadi. Gavhar shaklining 
bunday o‘zgarishi  akkomodatsiya  deb atalib, u gavhar atrofini o‘rab 
turgan kipriksimon muskul tolalarining qisqarishi va bo‘shashishi 
orqali amalga oshadi. Demak, akkomodatsiya ko‘zning uzoqni va 
yaqinni ko‘rish qobiliyatini ta’minlaydi.
•
Ko‘z qorachig‘i  — ko‘zning rangli pardasi o‘rtasida joylashgan 
teshikcha bo‘lib, uning atrofi aylana va to‘g‘ri yo‘nalgan muskullar 
bilan o‘ralgan. Qorachiqning ana shu funksiyasi tufayli buyumlarning 
shakli, rangi, ko‘rinishi va boshqa xususiyatlari ko‘zning to‘rpardasiga 
aniq o‘tkaziladi.  •
Ko‘zning ichki to‘rpardasi joylashgan kolbasimon retseptorlar rang bilish 
xususiyatiga ega, ular ko‘k, yashil va qizil ranglarni qabul qiladi.
•
Ko‘rish o‘tkirligi.  Ko‘rish o‘tkirligi ikkita buyum bir-biriga qo‘shilib 
ketmasdan, alohida-alohida ko‘rinishi uchun zarur bo‘lgan  ular 
orasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Ko‘rish o‘tkirligi normal 
bo‘lgan odam 60 sekundda burchak hosil qilib joylashgan ikkita nuqtani 
yaqqol aniqlay oladi. Ko‘rish o‘tkirligi maxsus Golovin jadvali yordamida 
aniqlanadi. Aniqlash usuli laboratoriya mashg‘ulotida berilgan.
•
Ko‘zning ko‘rish maydoni.   Ko‘zni harakatlantirmay turganda atrofdagi 
buyumlarni, ularning rangini ko‘ra olish xususiyati.
•
Ko‘rish organi funksiyasining buzilishi.  Yaqindan ko‘rish (miopiya) holati 
tug‘ma va hayotda orttirilgan bo‘ladi. Uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya) 
holati, asosan, tug‘ma   bo‘ladi, ammo keksalarda ko‘z gavhari 
do‘ngligining kamayishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.
•
Ba’zi odamlarda kolbasimon retseptorlarning funksiyasi tug‘ma buzilishi 
tufayli yashil, qizil va boshqa  ranglarni sezish qobiliyati buziladi 
(daltonizm kasalligi). Bu ko‘pincha erkaklarda uchrab, irsiy o‘tadi.  •
Ko‘rish gigiyenasi.  Ko‘rish qobiliyati me’yorida saqlanishi uchun 
quyidagi gigiyenik qoidalarga rioya qilish lozim:
•
—  yorug‘likning yetarli (100—150 luks) bo‘lishi;
•
—  yorug‘likning chap tomondan tushishi;
•
— kitob, daftar, tikish va rasm chizish buyumlarini ko‘zdan o‘rtacha 
40 sm masofada tutish (har bir odamning ikki qarichiga teng 
masofada);
•
— o‘qish, yozish, chizish, mashg‘ulotlarida har 15 minutda ko‘zga 15 
daqiqa dam berib, derazadan uzoqqa qarash;
•
—  kundalik ovqat tarkibida A vitaminga boy taomlar (jigar, sariyog‘, 
sabzi, qovoq)ni muntazam iste’mol qilish;
•
—  avtobus, tramvay, metro, poyezd va boshqa transport vositalarida 
ketayotganda o‘qish yaramaydi. Bu vaqtda qo‘ldagi kitob yoki jurnal, 
gazeta  qimirlab turadi. Bu esa ko‘z gavhari shaklining uzluksiz 
o‘zgarib turishiga sabab bo‘ladi va ko‘zni toliqtirib, uning xiralashib 
qolishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, yotib o‘qish ham zararli; uzoq 
vaqt davomida televizor ko‘rish ham ko‘zni toliqtiradi;  •
—  ko‘zni quyosh nuridan, yonib turgan olov shu’lasidan, 
changdan va shunga o‘xshash noqulay ta’sirlardan himoya qilish 
lozim. Shuningdek, ko‘zni qo‘l barmoqlari bilan ishqalash 
yaramaydi. Ko‘z qichishsa, toza bint yoki ro‘molcha bilan avaylab 
ustidan silash mumkin;
•
—  zararli odat bo‘lgan chekish, spirtli ichimliklar ichish, 
giyohvandlik ko‘zning turli kasalliklari yuzaga kelishiga sabab 
bo‘ladi;
•
— bolalar ko ‘ zining har xil ranglarga sezuvchanligini oshirish 
uchun ularga yoshligidan har xil rangdagi o ‘ yinchoqlarni , 
rasmlarni ko ‘ rsatib ,  ularning rangini aniqlashga o ‘ rgatib    borish 
kerak ;
•
— ko‘zni chiniqtirish uchun bolalar yoshlikdan boshlab tennis, 
basketbol, voleybol, futbol, suzish kabi sport turlari bilan 
shug‘ullanib borishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.  Savol va topshiriqlar
•
Sezgi sistemalari odam hayotida qanday ahamiyatga 
ega?
•
Analizatorlar qanday qismlardan tashkil topgan? Ko‘z 
qanday tuzilgan?Ko‘zning optik sistemasi qanday 
funksiyani bajaradi?
•
Ko‘rish o‘tkirligi qanday aniqlanadi?
•
Ko‘zning yaqindan va uzoqdan ko‘radigan bo‘lishiga 
sabab nima?
•
Ko‘zni sog‘lom saqlash uchun qanday gigiyena 
qoidalariga rioya qilish kerak?

Mavzu: Sezgi Reja: 1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha. 2. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari. 3. Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari

Sezgi organlarining ahamiyati. Ko‘rish organlari

Analizatorlar retseptorlar

• Ma’lumki, tevarak-atrof muhiti xilma-xil hamda undagi tovushlar va hidlar, haroratga ko‘ra juda rang- barang bo‘ladi. Atrofmuhit bilan odam organizmi muttasil bir-biriga bog‘liq. Bu bog‘lanish sezgi organlari orqali ta’minlanadi, ya’ni tashqi muhitning barcha omillari sezgi organlariga ta’sir etadi va ularning bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi.