logo

sezgi va idrok

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

142.1806640625 KB
Bilish jarayonlari.
Mavzu:sezgi va idrok
Reja
1. Sezgi haqida tushincha
2. Sezgi turlari
3. Idrok haqida tushincha 
4. Idrokning xususiyatlari
5. Idrokning tasnifi  •
Sezgi haqida tushincha
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari 
har doim ham bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turadi. Natijada bizda turli 
sezgilar hosil bo’ladi. Chunonchi, nurlarning ko’zimizga ta'sir qilishi natijasida 
ko’rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to’lqinlarining quloqimizga 
ta'sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun 
bo’shlig’iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta'siri natijasida hid sezgisi, 
biror narsani qo’limiz yoki badanimizga tegib ta'sir etish natijasida teri (taktil - 
biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim 
hosil bo’ladi. 
Demak,  sezgi deb - atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga 
bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda 
aks ettirilishini aytamiz.   •
Sezgilarning nerv - fiziologik asoslari
Ma'lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta'sirlar natijasida hosil bo’lmay, 
balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv 
tizimining u yoki bu qo’zg’atuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari 
tarzida hosil bo’ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik 
xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv - fiziologik asosini 
qo’zg’atuvchining o’ziga aynan o’xshaydigan analizatorga ta'siri 
natijasida hosil bo’ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. Shuningdek, 
sezgilarning nerv fiziologik asosini o’rganishda  I.P.Pavlov  ta'biri bilan 
aytganda analizator apparati tashkil etadi.  •
Sezgilar tasnifi va turlari.
Sezgilar qaysi a'zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi 
turlarga, ya'ni ko’rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, teri, muskul-
harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a'zolari qaerda 
joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga 
binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu 
tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi  Ch.Sherringtonga  
taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni 
uch turga bo’ladi.   Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks 
ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida 
joylashgan sezgilar, ya'ni  ekstroreseptiv sezgilar ;
Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki 
tana a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni 
interoreseptiv sezgilar.
Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot 
(axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, 
mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni  proprioreseptiv sezgilar  •
Sezgi turlari
•
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar 
(ekstroreseptiv, 
•
proprioreseptiv, introreseptiv) o’z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi: 
•
Ko’rish sezgilari;
•
Eshitish sezgilari;
•
Hid bilish sezgilari;
•
Ta'm bilish sezgilari;
•
Teri sezgilari;
•
Muskul - harakat (kinestetik);
•
Statistik sezgilar;
•
Organik sezgilar;  •
Ko’rish sezgilari
Insonlar tomonidan rang va yoruqlikni sezish ko’rish sezgilari 
orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar  xromatik va axromatik  
turlarga bo’linadi. Psixofiziologik qonunga ko’ra yoruqlik nurlari 
uchburchak shisha prizma orqali o’tib singanda hosil bo’ladigan rang 
xromatik ranglar  deb atalib, ularga kamalak ranglar, ya'ni qizil, 
zarg’aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko’k, binafsha tuslarini qamrab 
oladi  •
Eshitish sezgilari
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo’lib,  musiqaviy va 
shovqinli  tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va 
murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa 
bir necha tondan tashkil topadi. Tonlardan biri asosiy ton hisoblanib, 
u tovushning balandigini, kuchini belgilaydi, boshqalari keluvchi 
tovushlar sanalib, ular obertonlar deyiladi. Musiqa asboblaridan 
taralayotgan tovushlarning o’ziga xosligi fan tilida tembr deb 
ataladi. hatto nutq tovushlari ham ohangli tovushlar (unli tovushlar) 
yoki shovqinlardan (undosh tovushlar) tashkil topgan bo’ladi.  Psixologik adbiyotlarda idrok tushunchasiga turlicha ta'riflar 
uchraydi. Jumladan M.Vohidovning "Psixologiya" darsligida  idrok  deb 
sezgi a'zolarimizga ta'sir etayotgan narsa va hodisalarni yaxlit 
holicha aks ettirishga aytiladi, deb keltiriladi.
eltirilgan ta'riflardan kelib chiqqan holda idrokka quyidigicha ta'rif 
berish mumkin:  Idrok -deb sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan 
narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks 
ettirilishiga aytiladi.  Idrokning nerv fiziologik asosi
Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon hisoblanadi. 
I.P.Pavlov  bo’yicha idrokning negizini tevarak-
atrofimizdagi narsa va hodisalar reseptorlarga ta'sir etishi 
natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobiqida 
hosil bo’ladigan shartli reflekslarning muvaqqat nerv 
bog’lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar va 
hodisalar kompleks qo’zg’atuvchi sifatida xizmat qiladi  •
Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan qo’yiladigan 
tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, 
diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bog’liq. 
Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish 
qobiliyatini  kuzatuvchanlik  deyiladi. Kuzatuvchanlik 
shaxsning shunday xislatidirki, bunda u narsa va 
hodisalarning unga bilinmaydigan muhim xarakterli 
xususiyatlarini payqay oladi .   •
Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan qo’yiladigan 
tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, 
diqqatining kuchiga va fikrlash faolligiga bog’liq. 
Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok 
qilish qobiliyatini  kuzatuvchanlik  deyiladi. 
Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatidirki, 
bunda u narsa va hodisalarning unga bilinmaydigan 
muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi.    drok faollik darajasiga qarab : ixtiyorsiz va ixtiyoriy shakllarga bo’linadi. 
Bunga sabab idrokning diqqat bilan uzviy bog’liqligidir. Diqqat idrokning 
faolligini oshiradi hamda idrokning mukammal, ravshan, aniq bo’lishiga 
xizmat qiladi. 
Fazoni idrok qilish
Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan 
o’rnini, shaklini, miqdorini, bir-biriga nisbatan munosabatlar bilish 
jarayonining shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq to’g’risida, 
uning xususiyatlari, xajmi, masofasi (ich tomonni, chuqurligi) yuzasida 
muayyan ma'lumotlar, xossalar, axborotlar to’plash, ularni farqlash 
imkoniyatiga ega bo’ladi.   Vaqtni idrok qilish
Odamda inson tomonidan vaqtni idrok qilish asosan ruhiy hodisalar, holatlar, 
vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon bo’ladi va 
o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib 
turadi. 
Harakatni idrok qilish
Biosfera va nosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba'zan nisbiy 
jihatdan boshqa ijtimoiy-siyosiy, tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy 
hayotdagi) o’rin almashinuvini bevosita (bavosita) aks ettirishdan iboratdir. 
Shu sababdan, harakat taqqoslanmasdan idrok qilinishi ilmiy psixologik 
manbalarda qayd qilib o’tiladi.   Ma’ruza matnlari
Adabiyotning nazariy metodlari. Adabiyot, san’at madaniyatning 
senkretik shakli. Adabiyotda maqsad va mavzu uyg’unligi. 
Adabiyotshunoslik fanining mazmuni, predmeti va metodi. 
Adabiyotning nazariy metodlari

Bilish jarayonlari. Mavzu:sezgi va idrok Reja 1. Sezgi haqida tushincha 2. Sezgi turlari 3. Idrok haqida tushincha 4. Idrokning xususiyatlari 5. Idrokning tasnifi

• Sezgi haqida tushincha Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo’ladi. Chunonchi, nurlarning ko’zimizga ta'sir qilishi natijasida ko’rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to’lqinlarining quloqimizga ta'sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo’shlig’iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta'siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo’limiz yoki badanimizga tegib ta'sir etish natijasida teri (taktil - biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo’ladi. Demak, sezgi deb - atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.

• Sezgilarning nerv - fiziologik asoslari Ma'lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta'sirlar natijasida hosil bo’lmay, balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu qo’zg’atuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo’ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv - fiziologik asosini qo’zg’atuvchining o’ziga aynan o’xshaydigan analizatorga ta'siri natijasida hosil bo’ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. Shuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o’rganishda I.P.Pavlov ta'biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.

• Sezgilar tasnifi va turlari. Sezgilar qaysi a'zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya'ni ko’rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, teri, muskul- harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a'zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi. Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi.

Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya'ni ekstroreseptiv sezgilar ; Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki tana a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar. Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar