Sharqiy Osiyo xalqlari
Sharqiy Osiyo xalqlari 108 - guruh talabasi Nosirov Sulton Muhammad
Mavzu : Sharqiy Osiyo xalqlari . Reja : Sharqiy Osiyo xalqlari haqida umumiy ma’lumot . Xo’jalik madaniy tiplari . Diniy e’tiqodlari .
Osiyo qit`asining eng ko`p sonli xalqlari sharqiy qismida joylashgan. Juda keng hududni egallagan bu mintaqaga Xitoy Mongoliya , Korey a Yaponiya davlatlari kiradi.. 1,5 milliardga yaqin aholiga ega bo`lgan Sharqiy Osiyoda 1 985 -yilgi statistik ma`lumotlarga qaraganda bir milliarddan ortiq xitoylar , 120 millionga yaqin yaponlar , 65 million koreyslar , 17,5 milliondan ortiq tayvanliklar , 3,6 millionga yaqin mo`g`ullar va boshqa elatlar yashaydi. Antropologik jihatdan butun Sharqiy Osiyo xalqlari katta mongoloid irqning ayrim shoxobchalariga oid. Mintaqaning tabiati va iqlimi rang -barang bo`lib, turli xo`jalik -madaniy tiplarning shakllanishiga sabab bo`lgan.
Janubiy Koreya bayrog’i.
Koreyslarning ajdodlari miloddan avvalgi II ming yillikka kelib joylashgan. Ular Janubiy Manchjuriya, Shimoliy Xitoydan materik orqali va dengiz bo`ylab kelganlar. Eramizning boshlarida bir necha asrlar davomida har xil qabilalar o`zaro urush olib borganlar, dastlab, X asrda Choson davlati paydo bo`lib, Koryo sulolasi hukmronligida birikkanlar. Ularga xitoylarning beqiyos ta`siri bo`lgan, yozuvni qabul qilib, shu asosda alifbo yaratganlar. XII asrlarda Xitoy bilan Koreya mo`g`ullar tomonidan talon - toroj qilingan. Urushlar mamlakatni ancha orqaga tashlagan. Faqat Yaponiya bu urushlarga aralashmay, o`zi Koreyaga yurishlar qilib turgan . 1948 -yili Koreya Xalq Demokratik Respublikasi deb e’lon qilinadi.