Shaxar oqova suvlari tarkibidagi ammoniy ionlarini ionometrik aniqlash
Mav zu: Shaxar oqov a suv lari t ark ibidagi ammoniy ionlarini ionomet rik aniqlash.
Reja I Kirish. 1.Ionometriya (Potensiometrik taxlil) 2.Ion selektiv elektrodlari. 3.Oqava suv tarkibidagi ammoniy ionini aniqlash. II Xulosa. III Foydalanilgan adabiyotlar.
Ionometriya potensiometrik tahlilning istiqbolli usullaridan biri bo‘lib, uning asosiy vazifasi turli kation va anionlar uchun selektiv – qaytar elektrod yaratish, ularni qo‘llash va o‘rganishdan iboratdir. Qadimdan ma’lum bo‘lgan pH-metriya ionometriyaning bir turidir. Kation va anionlarni aniqlashga qarab, ionometriya usuli kationometriya va anionometriyaga bo‘linadi. Agar ion selektiv elektrodlarning birinchi vakili bo‘lgan vodorod selektiv elektrod XX asrning boshida yaratilgan bo‘lsa, 1934 yilda natriy selektiv elektrod yaratildi. Hozir 100 dan ortiq ion va moddaga selektiv bo‘lgan elektrodlar mavjud. Sanoat korxonalari ko‘plab ionomerlar ishlab chiqarmoqda, ularning qo‘llanilish sohalari ham kengayib ketdi.
Ion-selektiv elektrodlar qo’llanilishi bilan bajariladigan analiz kelajakda ham taraqqiy etib boruvchi zamonaviy analitik usullar jumlasiga kirib, ko’pchilik anorganik ionlar va bir qator ion tavsifiga ega bo’lgan birikmalarning konsentratsiya yoki aktivligini yuqori aniqlik va tezlik bilan aniqlash imkoniyatiga ega. Ion-selektiv elektrodlar bilan ishlashning qulayligi va soddaligi ularning analitik kimyoning turli sohalarida keng qo’llanilishi va tarqalishiga imkon beradi.
Ion-selektiv elektrodlarning qo’llanilishiga asoslangan analitik usullarni ikki turga ajratish mumkin: bevosita potensiometriya va potensiometrik titrlash. Bevosita potensiometriya – elektrod potensiyalini bevosita o’lchash natijasida modda konsentratsiyasini aniqlash usulidir. Ion-selektiv elektrodlar yaratilganiga qadar bu usul bilan faqatgina pH ni aniqlaganlar.