logo

SHAXS VA FAOLIYAT

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

89.724609375 KB

             SHAXS VA FAOLIYAT .

                           REJA.

Shaxs ijtimoiy tasirlar mahsuli sifatida.

Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs.

Ijtimoiy tasirlarning shaxs tomonidan anglanishi. 
«Men» — obrazi va o’zini-o’zi baholash.

Shaxs faolligi va faoliyat turlari. 

Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi.                   
      Shaxs — ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida. 

«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko’p 
qo’llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya 
o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha 
atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari 
bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham 
shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan 
aloqasi masalasini chetlab o’tolmagan.                   
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» — 
«aqlli zot» tushunchasini o’zida ifoda etuvchi jonzotning 
paydo bo’lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu 
davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod 
almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy 
tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab 
millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti 
ko’proq biologik omillardan ko’ra, ijtimoiy-sosial omillar 
ta’sirida ro’y bermoqda. Shuning uchun ham xar bir 
individni yoki shaxsni o’rganish masalasi uning bevosita 
ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida 
o’rganishni taqozo etadi.                   
         Sosial yoki ijtimoiy muhit — bu insonning aniq 
maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan 
dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy 
olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati 
va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari 
doirasidagi harakatlarida namoyon bo’ladi. Psixologiya 
ilmining namoyondalari bo’lmish olimlarning butun bir 
avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida 
insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va 
kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar.                    

   Abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi 
yuzlab Sharq allomalari ham bu o’zaro bog’liqlikning 
falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o’zlarining eng 
durdona asarlarini bag’ishlaganlar.

       Barcha qarashlarga umumiy bo’lgan narsa shu 
bo’lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun 
avvalo uning shu jamiyatda tutgan o’rni va mavqyeini 
bilish zarur. Shaxsni o’rganishning birlamchi mezoni ham 
shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqyei, 
ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o’rni bilan belgilanishi 
kerak.                   
          Lekin, shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalar 
masalasi birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o’zaro 
munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib 
chiqadi.

        Nat ivizm  yo’nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha 
xususiyatlarni tug’ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar.
(Lens, Gruber va boshqalar).

        Empirizm  tarafdorlarining fikricha, yangi tug’ilgan bola 
go’yoki «top-toza paxta»(tabula rasa), unga hayot va undagi 
talablar o’zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so’zsiz 
bo’ysunishga majbur. Bu yo’nalishning asoschilaridan biri Dj. 
Lokk bo’lib (1632 — 1704) uning fikricha, tug’ma fikrlar yoki 
g’oyalar bo’lishi                            G. Leybnis  (1646—1716) Lokka e’tiroz bildirib, 
hayotda umuman toza, sof doskaning o’zi bo’lmaydi, 
xattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham 
sezilarli teshiklar, do’ngliklar yoki tug’ma asoratlar 
bo’ladiki, ular layoqatlardek, inson taqdirida ma’lum rol 
o’ynaydi. Bu ikkala yirik yo’nalish o’rtasidagi 
tortishuvlarga chek qo’yish maqsadida  F. Galton  qator 
eksperimental tadqiqotlar o’tkazib, har bir individga xos 
differensial xususiyatlar mavjudligini « egizaklar metodi» 
yordamida asoslashga harakat qildi. 2-jadvalda Galton 
tomonidan irsiy va orttirilgan sifatlar munosabati 
yuzasidan aniqlangan natijalardan keltirilgan.                   Ota-onalar Bolalar
Musiqaga moyil Musiqaga moyil emas
Musiqaga moyil
85% 7%
Musiqaga moyil emas
25% 58%Musiqiy qobiliyatlardagi irsiy xususiyatlar.                   
     Sh a x s  — ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning 
mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individdir. 
Shaxsga taaluqli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning 
jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita 
aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, 
ham subyekt bo’lishlikdir.                   
     Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs. Ijtimoiy norma — 
shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o’z a’zolari 
xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan 
e’tirof etilgan xarakatlar talablaridir

     Masalan, o’zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning 
kim bo’lishidan qat’iy nazar, «Assalomu alaykum» deb kelishi — 
norma; o’quvchining o’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi 
lozimligi — norma; xotinning er hurmatini o’rniga qo’yishi, 
qaynonaga gap qaytarmaslik — norma; avtobusda yoki boshqa 
jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o’rin 
bo’shatishi — norma va hokazo. Bu normalarni ayrim-alohida 
odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham 
ishlab chiqilmaydi.                    
      Har bir alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab 
chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy normalar va 
sanksiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarishi 
mobaynida xulqida namoyon etadi. Rol — shaxsga 
nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy 
vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat 
xarakatlari majmuini bildiradi.                    Ichki dialog-ning shakllan-ganlik 
darajasi Bosqichlari Ichki  dialogning  darajaviy  belgilari 
(autokommunikasiya)
Oliy 6-bosqich Shaxsiy  mazmundagi  dialog  (o’zidagi  shaxsiy 
sifatlarni muhokama qilish, shaxsiy mulohaza)
daraja 5-bosqich Xodisa  va  narsalarga  bog’liq  bo’lgan  sifatlar 
xususidagi ichki dialog
O’rta 4-bosqich Shaxsiy  sifatlar  muhokamasiga  qaratilgan  savollar  — 
o’ziga talablar
daraja 3-bosqich Boshqalarning  baholari  ta’siridagi  ichki  mulohazalar, 
shaxsiy  ahamiyat  kasb  etgan  o’zgalar  fikrlari  asosida 
ichki dialog
Quyi 2-bosqich Shaxsiy  sifatlarga  aloqador  bo’lmagan  o’zgalar 
fikrlari asosidagi dialog (xodisa va narsalarga aloqador 
fikrlar)
daraja 1-bosqich Kimdir  nima  haqidadir  gapirishi  mumkin  bo’lgan 
xolatlar  yuzasidan  tasavvurlar,  lekin  aniq  fikr  yoki 
munosabat yo’q. Autokommunikasiyaga xojat yo’q.Shaxs autodialogining muhim 
belgilari.                   
    Shaxs faolligi  va faoliyat turlari  Jamiyat bilan 
doimiy munosabatni ushlab turuvchi ,  o ’ z - o ’ zinia nglab , 
har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos 
bo ’ lgan eng muhim va umumiy xususiyat  —  buuning 
faolligidir . 

   Faollik  ( lotincha  « actus »  —  harakat ,  « activus » — 
faol so ’ zlaridan kelib chiqqan tushuncha )  shaxsning 
hayotdagi barcha xatti - harakatlarini namoyon etishini 
tushuntiruvchi kategoriyadir .                    
Xulosa

Insn hamisha iqtisodi yoki ijtimoiy jihatdan yetuk va 
barkamol bolsagina u o’zmaqsadlariga erishadi va bu 
masala avalo biz uchun juda kerali 

Sababi shundaki peagok sifatida shuni aytolamanki 
harbir oquvchni sharoyitida klib chiqgan holatda unga 
o’z orzulari va oldig qo’yilgan maqsadiga yetish uchun 
unga bor bilim va ko’nikma berb boorish zarurligini 
tushindim                   
Pedagok o’quvchilarga dars berib borish va shu bilan 
birgalikda o’zini ham baxolash o’rinli bo’ladi yani

O’quvchilarga bilim berish bilan birglikda o’zining bilim 
ko’nikmolarini oshirib borishi erak ekanligini bugungi 
darskilda bilib oldim                   
Foydanilgan adabiyotlar

Karimova V.M. Psixologiya T-2002 y

Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y

Psixologiya qisqacha izohli lug ’ at T -1998  y

Turg ’ unov Q .  Psixologiya terminlarining ruscha - o ’ zbekcha izohli lug ’ ati 
T ; " O ’ qituvchi "  nashriyoti  1975  y

Umumiy psixologiya  ( A . V . Petrovskiy tahriri ostida )  T ; " O ’ qituvchi " 1992  y

G ’ oziev E . G ’   Umumiy psixologiya  1-2  kitob T -2002  y

www.ziyo.net

 SHAXS VA FAOLIYAT .  REJA.  Shaxs ijtimoiy tasirlar mahsuli sifatida.  Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs.  Ijtimoiy tasirlarning shaxs tomonidan anglanishi. «Men» — obrazi va o’zini-o’zi baholash.  Shaxs faolligi va faoliyat turlari.  Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi.

 Shaxs — ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida.  «Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi masalasini chetlab o’tolmagan.

 Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» — «aqlli zot» tushunchasini o’zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo’lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko’proq biologik omillardan ko’ra, ijtimoiy-sosial omillar ta’sirida ro’y bermoqda. Shuning uchun ham xar bir individni yoki shaxsni o’rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o’rganishni taqozo etadi.

 Sosial yoki ijtimoiy muhit — bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo’ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo’lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar.

 Abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o’zaro bog’liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o’zlarining eng durdona asarlarini bag’ishlaganlar.  Barcha qarashlarga umumiy bo’lgan narsa shu bo’lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o’rni va mavqyeini bilish zarur. Shaxsni o’rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqyei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o’rni bilan belgilanishi kerak.