logo

Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. Iroda psixologiyasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

8966.6630859375 KB
Shaxsning hissiy va irodaviy 
jihatlari. Iroda psixologiyasi 
H is s iy ot  ha qida  t us huncha ;

H is  - t uy g`ula r ning v a z if a s i;

H is s iy  hola t la r ning if oda la nis hi;

Yuk s a k  his la r  v a  uning t ur la r i;

I r oda  ha qida  t us huncha ;R e ja : S ha x s nin g his s iy  v a  
ir oda v iy  jiha t la r i.
  I r oda  ps ix ologiy a s i H is s iy ot
Hissiyot - odam miyasida uning real 
munosabatlarining, ya`ni ehtiyojlar sub`ektining 
uning uchun ahamiyatli bo`lgan ob`ektlar bilan 
bo`lgan munosabatlarning aks ettirilishidir. 
“Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar 
miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va 
qondirishga qarshilik qiladigan ob`ektlarga bo`lgan 
munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda 
qo`llash mumin. Belgilari xuso`san yaqqol 
namoyon bo`ladigan hissiyotlarning ichdan 
kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir 
bo`lishining konkret shaklinigina emotsi ya  deb 
ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, 
javobgarlik hissini emotsiya deb bo`lmaydi.   Odam tashqi muhildagi turli-tuman 
narsa va hodisalami idrok qilar ekan, 
hech vaqt bu narsalarga batamom 
befarq bo’lmaydi. Odamning aks ettirish 
jarayoni doimo faol xarakterga egadir. 
Aks ettirish jarayoni quyidagilarni 
qamrab oladi:
  a) shaxsning ehtiyojni qondirish 
imkoniyatiga egaligini;
  b) qondirishga yordam beradigan yoki 
qarshilik ko’rsatadigan ob'ektlarga 
sub’ekt sifatida qatnashishi;
  v) uni harakat qildiruvchi bilimga 
intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.  H is  - t u y g`ula r ning v a z if a s i
  Hissiyot odamda sodir bo`layotgan hodisa va narsalardan 
shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida 
darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda 
sezgi a`zolariga ta`sir qiluvchi cheksiz miqdordagi 
qo`zg`ovchilardan ayrimlari aniq bo`lib ajraladi, ba`zilari bir -
birlari bilan qo`shilib ketadi va paydo bo`lgan hissiyot bilan 
birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg`otib biror hissiy nom 
bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. 
Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin, 
ma`lum qo`zgalishlar, tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik 
haqidagi yoki notinchlik haqidagi darak beruvchiga aylanadi. 
Hissiy kechinmalar esa, insonning shaxsiy tajribasi tarkib 
topadigan shartli reflekslar tizimini mustahkamlanishi sifatida 
namoyon bo`ladi. Hissiyotni mana shu darak beruvchilik 
vazifasi psixologiyada hissiyotning  impressiv tomoni   deb 
ataladi. (impressiv-lotincha - taassurot). Hissiyot va uni kechirishning turli shakllari 
faqat darak beruvchilik vazifasini emas, balki 
boshqaruvchili k  funktsiyasini ham bajaradi. 
emotsiya harakatlarda juda ko`p tana 
o`zgarishlarida ifodalanadi. Odam 
organizmidagi bu o`zgarishlar, kechirilayotgan 
hissiyotning ob`ektiv ko`rsatkichi hisoblanadi. 
Moslashish xarakteriga oid bo`lgan, ya`ni 
ovozning o`zgarishi, mimika, imo-ishora, 
organizmda sodir bo`ladigan jarayonning 
qayta o`zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli 
harakatlar psixologiyada emotsonal 
harakatlarning  ekspressiv tomoni  deb ataladi 
(ekspressiv - ifodalanish).    Hissiyotlar ham boshqa bilish jarayonlari kabi 
odamning faoliyatlari davomida namoyon 
bo’ladi. Masalan, mehnatsevarlik hissini yuzaga 
keltirish uchun ma'lum muddat davomida 
ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanish 
kerak. U yoki bu faoliyat davrida yuzaga kelgan 
hissiyot ana shu faoliyatning o’ziga ta’sir qilib, 
uni o’zgartiradi. Masalan, hohlamasdan o’zini 
majbur qilib ishlayotgan odam bilan o’zi hohlab 
sitqidildan ishlayotgan odam ishining 
unumdorligi o’rtasida juda katta farq mavjud. 
Odamning kayfiyati yaxshi xursand, ruhi tetik 
bo’lganda ishi ham barakali bo’ladi, aksincha 
odamning dili ham, qandaydir tashvishli yoki 
g’amgin bo’lganda qo’li ishga bormaydi. Ana 
shu jihatdan olganda hissiyotning inson 
hayotidagi roli juda kattadir.  I.P.Pavlov tirik mavjudotlaming atrofimizdagi 
muhitga moslashuvida hosil qiladigan buziladigan 
dinamik streotiplar orqali biror hissiyot va 
emosional kechinmalaming ijobiy va salbiy 
sifatlarini tushuntirib beradi. Dinamik stereotip 
deganda tashqi qaytarilish natijasida hosil qilingan 
shartli reflekslar, nerv bog’lanishlarining barqaror 
tizimi tushuniladi. Har turli qiyinchiliklar va 
qarshiliklaiga duch kelishi natijasida dinamik 
stereotiplaming "o’zgarishi" salbiy emosional 
holatni yuzaga keltiradi. Hissiyot bu uning 
kechiriiishining turli shakllari faqat darak vazifasini 
emas, balki boshqaruvchilik funksiyasini ham 
bajaradi. Emotsiya harakatlari juda ko’p tana 
o’zgarishlar ifodalanadi .   Ko’pincha emotsiyalar o’zining ta'sirchanligi 
bilan bir-biridan ajraiib turishiga qaramay, 
bunday sifatni hissiv holatlar stenik (yunoncha 
so’zdan olingan bo’lib, kuch degan ma'noni 
anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda 
emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy 
mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quwat, 
qanoat bag’ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan 
shaxs "parvoz qiladi", "yulduzni narvonsiz 
oladi", kimlargadir xolis yordam qilishga 
shoshadi. Faollik qilib, tinchimaslik uning 
sifatiga aylanadi. Q.Turg’unov iug’atida stenik 
hisga quyidagi ta'riflar uchraydi: stenik hislar - 
shaxsning hayot faoliyatini kuch-g’ayratimng 
orttiradigan barcha bilish jarayonlarini 
faollashtiradigan ijobiy hissiyot turi.   H is s iy  hola t la r nin g if oda la nis hi
Hissiy holatlarning ifodalanishi, birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, 
qo`l – oyoq harakatlari,) ikkinchidan, organizmdagi turli hodisalarni, ya`ni 
ichki a`zolar faoliyatining va holatining o`zgarishida, uchinchidan, tabiatda, 
ya`ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy 
o`zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo`ladigan 
o`zgarishlarni o`z tarkibiga oladi. His - tuyg`ularning tashqi ifodasiga yuz 
ifodasi, imo - ishora, vajohat va qaddi - qomatning o`zgarishi, ayrim tashqi 
chiqaruv bezlarining faoliyati (yosh, so`lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar 
xususiyatlaridagi o`zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning fonetik 
o`zgarishlari, “ovoz mimikasi” va gaplar tartibining sintaksis o`zgarishi, 
“tutilmasdan gapirish” yoki alohida “silliqlik”hamda “ifodalilik”ning yuzaga 
kelishi, nihoyat hissiyot o`zining to`la yoki qisman ifodasini topadigan xatti - 
harakatlarga taalluqlidir. Kishining emotsional kechinmalar vaqtida nutqning 
tezligi o`zgaradi. Ko`pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va 
ohangi o`zgaradi. O`tkazilgan tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, g`amginlik va 
mayuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqning so`zlovchi kishining 
ovozi beixtiyor pasayib ketadi. Nutqning o`zi susayib qoladi, so`zlayotgan 
kishining tovushi ham bo`linib - bo`linib chiqadi. A f f e k t  hola t i
  Affekt tez paydo bo`ladigan, nihoyat darajada kuchli, g`oyat 
jo`shqinlik bilan o`tadigan qisqa muddatli emotsional 
holatlardir. Affekt lotincha bo`lib, ruxiy hayajon, ehtiros degan 
so`zdan olingan. Affektlar ko`pincha to`satdan paydo bo`ladi va 
ba`zan atigi bir necha minut davom etadi. Affekt holatida 
kishining ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, 
susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari 
kutilmagan tarzda “portlash”singari birdaniga boshlanib ketadi. 
Ba`zan affektlar tormozlanish holati tariqasida namoyon bo`ladi 
va bunday holatda organizm bo`shashib, harakatsiz bo`lib va 
shalvirab qoladi. Bunday holat ko`pincha odam birdaniga 
qo`rqqanida, to`satdan quvonganida va shu kabi hollarda 
“o`zini yo`qotib qo`yish” ko`rinishida namoyon bo`ladi. Har bir 
kishi o`zida boshlanayotgan affekt holatiga tushmaslik uchun 
ko`rashmog`i kerak . S t r e s s
Stress - jiddiylik holati. Keskin vaziyat sababli yuzaga 
keladigan emotsional holatlar stress yoki jiddiylik 
holati deb ataladi. Jiddiylik - turli jismoniy va aqliy 
ishlar haddan oshib ketib, havfli vaziyat 
tug`ilgan paytlarda, zaruriy choralarni tezlik bilan 
topishga to`g`ri kelganda vujudga keladigan harakatdir. 
Stress holatining paydo bo`lishi va o`tishining 
psixologik xususiyatlarini bilish uchuvchilar, 
kosmonavtlar, elektrostantsiya operatorlari, 
dispetcherlar, mashinistlar, haydovchilar, sud’yalar, 
korxona rahbarlari, o`quvchilardan imtixon oladigan 
pedagoglar va boshqalar uchun ham muhimdir. E ht ir os
Ehtiros - muayyan harakatga va muayyan 
ob`ektga muttasil intilishda kuchli suratda 
ifodalangan emotsional holatdir. ehtiros ham 
uzoq davom qiladigan va barqaror bo`lgan 
hissiy holatdir. ehtiros doimo aniq bir narsaga 
qaratilgan bo`ladi, masalan, bilimga, 
ixtirochilikka, musiqaga, mehnatga bo`lgan 
ehtiros ijobiy ehtiroslarni, mol - dunyoga xirs 
qo`yish, qimor, qarta, ichqilikka va hokazoga 
bo`lgan salbiy ehtirosni ajratib ko`rsatish 
mumkin. K a y f iy a t
  Kayfiyat - odamning nisbatan zaif 
va o`rtacha kuchga ega bo`lgan, 
odatda uzoq vaqt davom etadigan 
ayrim ruxiy jarayonlarga umumiy 
hissiy tus berib turadigan holat 
kayfiyat deb ataladi. Pedagogik 
faoliyatda butun sinf jamoasida 
sog`lom ishchanlik, vaqti kelganda 
jiddiyroq, vaqti kelganda 
quvnoqroq kayfiyat yaratish ta`lim 
ishi samaradorligining muhim 
shartidir Yu k s a k Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal 
odamda alohida yakka holda mavjud 
bo`lmaydi. YUzlab va minglab 
kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, 
kayfiyatlarda aniq yashaydigan 
umumlashtirilgan hislar yuksak hislar 
deyiladi. YUksak hislar o`z tarkibiga 
birmuncha soddaroq turli hislarni oladi. 
Insoniy faoliyatning qaysi bir turi, yoki qaysi 
bir sohasi hislarning qaysi birining asosi 
ekanligiga qarab yuksak hislarning muhim 
turlari;

  praksik (amaliy)

  axloqiy 

Intellektual

estetik hislarga ajratiladi. P r a k s ik  his la r Inson amaliy hayotining istalgan sohasi 
maqsadga muvofiq aqliy faoliyatga shaxsning 
ularga nisbatan muayyan munosabatda bo`lish 
sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda 
odam biror maqsadni anglabgina qolmay, uni 
e`tirof etadigan yoki inkor qiladigan, bu 
maqsadlarga erishish yo`llarini baholaydigan, 
ta`sir qilish usullari va qurollarini ma`qullaydigan 
va ma`qullamaydigan, ularning to`g`ri 
tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat 
muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini 
kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. 
Mehnat inson hayotining asosi bo`lib, insonning 
mehnatga bo`lgan hissiy munosabati yuksak 
hislar orasida muhim o`rinni egallaydi. A x loqiy  his la r
Axloqiy hislarda odamning boshqa kishilarga, 
jamoa va o`zining ijtimoiy burchlariga bo`lgan 
munosabatlari ifodalanadi. Inson bu hislarni 
kechirar ekan, ma`lum axloqqa, ya`ni ijtimoiy 
axloq qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, 
boshqa kishilarning xatti -harakatlariga yoki ruxiy 
xususiyatlariga hamda o`zining xatti - 
harakatlariga baho beradi. Shaxsning etakchi 
axloqiy hislaridan biri bu burch hissidir. Bu his 
odam yashab va ishlab turgan tor doiradagi 
jamoa (oila, maktab, ishlab chiqarish korxonasi) 
manfaatlari nuqtai nazaridan turib harakat qilish 
lozimligini anglaganda ham kechiriladi.

Shaxsning hissiy va irodaviy jihatlari. Iroda psixologiyasi

 H is s iy ot ha qida t us huncha ;  H is - t uy g`ula r ning v a z if a s i;  H is s iy hola t la r ning if oda la nis hi;  Yuk s a k his la r v a uning t ur la r i;  I r oda ha qida t us huncha ;R e ja :

S ha x s nin g his s iy v a ir oda v iy jiha t la r i. I r oda ps ix ologiy a s i

H is s iy ot Hissiyot - odam miyasida uning real munosabatlarining, ya`ni ehtiyojlar sub`ektining uning uchun ahamiyatli bo`lgan ob`ektlar bilan bo`lgan munosabatlarning aks ettirilishidir. “Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan ob`ektlarga bo`lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda qo`llash mumin. Belgilari xuso`san yaqqol namoyon bo`ladigan hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina emotsi ya  deb ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo`lmaydi.

Odam tashqi muhildagi turli-tuman narsa va hodisalami idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo’lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko’rsatadigan ob'ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi; v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.