Shimoliy Muz okeani
![Shimoliy Muz ok eani](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_1.png)
![](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_2.png)
![Asosiy xususiy at lari.
Shimoliy Muz
okeani eng
kichik (14 mln
km2), eng
sayoz (o‘rtacha
chuqurligi 1225
m), eng sovuq,](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_3.png)
![materik sayozligi (shelf) maydoni bo‘yicha eng birinchi (45%), iqlim
va tabiat mintaqalari eng kam, eng katta oroli bor (Grenlandiya),
Shimoliy qutb atrofida joylashgan,
45 %
Grenlandiya muzligi](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_4.png)
![ko‘p yillik muzlar bilan qoplangan, uzoq vaqt qutb tunlari (189 kun)
va kunlari (178 kun) bo‘lib turadigan, qo‘yho‘kiz, oq ayiqlar
yashaydigan, dengizlari okean maydonining deyarli yarmini
egallaydigan okeandir.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_5.png)
![Geografi k o‘rni
Okean Arktikaning markaziy
qismida joylashgan. Uni
ikkita materik o‘rab turadi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_6.png)
![Bering bo‘g‘izi orqali Tinch okean bilan, Skandinaviya yarimoroli —
Faryer, Islandiya va Grenlandiya orollari — Smit bo‘g‘izi — Kanada
arxipelagi orqali Atlantika okeani bilan chegaralanadi.
Bering bo‘g‘izi
Skandinaviya yarim oroli – Farer
Islandiya
Grenlandiya
Smit bo‘g‘izi
Kanada-Arktika arxipleagi](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_7.png)
![Qirg‘oqlari ancha parchalangan. Orollari ko‘p, Grenlandiya,
Qirolicha Yelizaveta, Viktoriya, Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya
va boshqalar shular jumlasidandir.
Asosiy Orollari:
1. Grenlandiya
2. Kanada-Arktika arxipelagi
3. Islandiya
4. Shpitsbergen
5. Frants-Iosif yeri
6. Novaya Zemlya
7. Severnaya Zemlya
8. Novosibirsk orollari
9. Vrangel](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_8.png)
![Maydoni 14 mln km2.
180
91 76
14](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_9.png)
![O‘rganilishi
Okean to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotni
yunon olimi Pifey (mil. av. 325- yil) yozgan
va “Qayrilgan dengiz” deb nom bergan.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_10.png)
![B. Varenius 1650- yilda mustaqil okean tariqasida ajratdi. XIX
asrning boshlarida ichki dengiz sifatida Atlantika okeani tarkibiga
kiritildi.
Shimoliy
Muz
Atlantika
Okeani
Bernxard Vareniusning “Umumiy Geografiya” aasri](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_11.png)
![London geografiya jamiyati 1845- yilda, Xalqaro gidrografik byuro
1928- yilda, Rus geografiya jamiyati 1936- yilda Shimoliy Muz
okeanini mustaqil okean tariqasida ajratishga qaror qildilar.
1936
1928
1845](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_12.png)
![Okeanni o‘rganishda Pyotr I (“Buyuk Shimol ekspeditsiyasi”),](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_13.png)
![Lomonosov,](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_14.png)
![shved olimi N. Nordensheldlar tashkil etgan ekspeditsiyalar
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_15.png)
![Shuningdek, XIX asr oxirida F. Nansen,](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_16.png)
![S. Makarov (1899- y.),](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_17.png)
![R. Piri (1909- y.) Shimoliy qutbni birinchi bo‘lib zabt etdi,](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_18.png)
![R. Amundsen (1903–1906- y., 1918–1920- y.) va boshqalar qimmatli
ma’lumotlar to‘pladi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_19.png)
![Hozirgi paytda Rossiya, AQSH va Kanada mutaxassislari Shimoliy
Muz okeanining tabiatini o‘rganishmoqda.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_20.png)
![Geologik t uzilishi.
Okean bundan 60 mln yil avval paydo bo‘la boshlagan. Uning tubi
geologik jihatdan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo litosfera plitalari
tarkibiga kiradi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_21.png)
![Okean tubida dengiz, daryo va morena yotqiziqlari katta
maydonda tarqalgan. Ularning qalinligi 1000–3500 m atrofida.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_22.png)
![Shelf zonasida daryolar, dengiz oqimlari keltirgan cho‘kindi jinslar,
okean markazida esa changsimon zarrachalar, biogen yotqiziqlar
uchraydi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_23.png)
![Foy dali qazilmalari
Okean shelfi (materik sayozligi)da ulkan neft va gaz konlari
aniqlangan. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo neft
va gaz
zaxiralarining 22% i Shimoliy Muz okeani shelfida to‘plangan.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_24.png)
![Barens, Norvegiya dengizlari shelfida, Alyaska qirg‘oqlari yaqinida,
shimoli-sharqiy Grenlandiya qirg‘oqlari yaqinidagi shelfda neft va
gaz konlari bor.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_25.png)
![Arktikadagi orollarda rux, qo‘rg‘oshin, toshko‘mir, temir rudasi,
Alyaskada esa oltin konlari mavjud.
1
3 2
4](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_26.png)
![Ok ean t ubi rely efi
Shimoliy Muz okenaning eng chuqur
joyi 5527 m, o‘rtacha chuqurligi 1225
m. Grenlandiya
dengizi, 5527 m](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_27.png)
![Okeanning xarakterli xususiyati — shelfning katta ekanligi.
Okeanning 70% maydoni shelfdan iborat, uning kengligi 1300–
1500 km ga yetadi.
1300 - 1500](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_28.png)
![Okean tagi murakkab tuzilishga ega. Uning o‘rta qismidan tog‘
tizmalari va yer po‘stining yoriqlari o‘tgan. Okean tagi 2000 km
masofaga cho‘zilgan Lomonosov suvosti tog‘ tizmasi (balandligi
2500–3300 m) bilan ikki qismga bo‘lingan.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_29.png)
![Ok ean t ubi rely efi
Bu tizmadan g‘arbda Gakkel
vulqonli tog‘i va sharqda
Mendeleyev tog‘
tizmasi parallel cho‘zilgan.
Tizmalar oralig‘ida
Amundsen (chuqurligi 4321
m), Nansen (5449 m),
Makarov (3940 m), Kanada
(3810 m), Norvegiya (3970 m)
va boshqa botiqlar
joylashgan (114-rasm).3
2
5 1 6
4
8 7](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_30.png)
![Suv ining harorat i v a sho‘rligi.
Shimoliy Muz okeani suv yuzasida harorat yil bo‘yi past. Yillik
o‘rtacha harorat –1°C…–2°C dan oshmaydi. Atlantika okeani bilan
tutash joylarda esa 0 °C atrofida.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_31.png)
![Okean yuzasidagi suvning sho‘rligi 32‰, materik sayozligidagi
dengizlarda 25–29‰.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_32.png)
![Shimoliy Muz okeaniga quyiladigan Shimoliy Dvina, Pechora, Ob,
Yenisey, Xatanga, Lena, Indigirka, Kolima, Makkenzi va boshqa
yirik daryolar yiliga 5000 km3 chuchuk suv olib boradi. Shuning
uchun materik yaqinida
okean suvlarining sho‘rlik darajasi pastroq.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_33.png)
![Oqimlari
Shimoliy Muz okeaniga g‘arbiy va janubi-g‘arbiy shamollar ta’sirida
qudratli Shimoliy Atlantika iliq oqimi kirib keladi. Bu iliq oqim kirib
keladigan
joylarda suvi muzlamaydigan portlar joylashgan.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_34.png)
![Sharqiy Grenlandiya sovuq oqimi orolning sharqiy sohillari bo‘ylab
Atlantika
okeani tomon oqadi. Okeanda yana Sharqiy antisiklon aylanma
harakati, Transarktika sovuq oqimlari bor (115-rasm).Трансант арт ическое
Grenlandiya yaqinidagi aysberg](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_35.png)
![Organik duny osi.
Okeandagi organizmlarning asosiy massasini sovuq suvda va
hatto muzda ham ko‘kara oladigan suvo‘ tlar tashkil etadi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_36.png)
![Organizmlar Atlantika bilan tutash hududlarda, daryolarning
quyilish joylarida ko‘p. Bu yerlarda plankton hosil bo‘ladi, suv
tagida o‘tlar o‘sadi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_37.png)
![Hay v onlari
TreskaTishdor (zubatka) Dengiz okuni Baliqlardan
treska, tishdor
(zubatka),
dengiz okuni,
seld, paltus,
kambala,
shuningdek,
kamayib ketgan
kitsimonlar,
morj,
tyulen, oq ayiq
ko‘p uchraydi. SeldPaltus
KambalaGrenlandiya kitiNarval (Dengiz yakkashoxi) Beluxa (Qutb oq delfini)
MorjTyulen
Oq ayiq](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_38.png)
![Arktikada dengiz qushlari “qushlar bozori”ni hosil qiladi.
Tupik
Kayra](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_39.png)
![Tabiat mint aqalari.
Iqlim mintaqalariga mos holda ikkita: qutbiy va qutbyoni tabiat
mintaqasiga ajratilgan. Qutbiy mintaqa chegarasi janubda materik
shelfi chekkasiga to‘g‘ri keladi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_40.png)
![Okeanning eng chuqur va tabiati qattiq qismi suzib yuruvchi
muzlar bilan qoplangan.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_41.png)
![Bu yerda qutb tuni olti oygacha davom etadi. Yozda Quyosh
ufqdan uncha baland ko‘tarilmaydi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_42.png)
![Qalashib ketgan muzlar — toroslar bu joy uchun xos. Mintaqa
organizmlar uchun qulay emas.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_43.png)
![Qutbyoni mintaqasi okeanning quruqliklarga yaqin qismini o‘z
ichiga oladi. Bu mintaqaga Shimoliy Muz okeanining asosan
dengizlari kiradi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_44.png)
![Qutbiy mintaqaga nisbatan organizmlarga — hayvonot olami va
suvo‘tlarga boy.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_45.png)
![Yozda muzlarning ko‘p qismi eriydi. Daryo suvlari okean suvlarini
ancha chuchuklashtiradi. Natijada organizmlarning rivojlanishi
uchun sharoit paydo bo‘ladi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_46.png)
![Ok ean boy lik laridan foy dalanish.
Shimoliy Muz okeani Kanada, Rossiya
va qisman AQSH uchun muhim
ahamiyatga ega. U birinchi navbatda
arzon dengiz yo‘li hisoblanadi. Kanada
RossiyaAQSh](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_47.png)
![Navigatsiya (kema qatnovi mavsumi) davri 1–4 oy, lekin atom
muzyorar kemalari navigatsiya davrini ancha uzaytiradi.Norvegiya
sohillari, Barents dengizida yil bo‘yi kemalar qatnaydi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_48.png)
![Okeanning biologik boyliklari katta emas. Atlantika okeaniga
tutash hududlarida baliq tutiladi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_49.png)
![Shuningdek, suvo‘tlar yig‘iladi, tyulenlar ovlanadi.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_50.png)
![Kit ovlash chegaralab qo‘yilgan.](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_51.png)
![© Foydalanilgan adabiyotlar:
•
M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. AVEZOV, M. T.
HOJIYEVA , umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik,
Respublika ta’lim markazi.
•
@ edutrm_uz
•
A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. – Geografiya (Materiklar va
okeanlar tabiiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi
uchun darslik – Toshkent: „O‘qituvchi“, 2017/ www.eduportal.uz
•
A. Soatov, A. AbulQosimov – « Geografiya » ,
6-sinf uchun darslik, Toshkent – 2005 (ko‘k rang)](/data/documents/b0480e70-1a47-4247-a3af-8a18652122d0/page_52.png)
Shimoliy Muz ok eani
Asosiy xususiy at lari. Shimoliy Muz okeani eng kichik (14 mln km2), eng sayoz (o‘rtacha chuqurligi 1225 m), eng sovuq,
materik sayozligi (shelf) maydoni bo‘yicha eng birinchi (45%), iqlim va tabiat mintaqalari eng kam, eng katta oroli bor (Grenlandiya), Shimoliy qutb atrofida joylashgan, 45 % Grenlandiya muzligi
ko‘p yillik muzlar bilan qoplangan, uzoq vaqt qutb tunlari (189 kun) va kunlari (178 kun) bo‘lib turadigan, qo‘yho‘kiz, oq ayiqlar yashaydigan, dengizlari okean maydonining deyarli yarmini egallaydigan okeandir.