Sitsiliya qirolligining tarixi
Mavzu:Chalqancha krol usulida suzish texnikasi tasnifi.
Reja 1.Krol usulining tashkil topishi. 2.Krolcha suzish usullari. 3.Chalqancha krol suzishning umumiy qoidalari. Foydalanilgan adabiyotlar
Krol-eng tez suzish usuli. Haqiqiy sportcha suzish taxminan 19 asr oxirlaridan boshlab yuzaga kelgan. Ungacha suzish uzoq tarixni bosib o'tgan bo'lsa ham, halqaro musobaqa shartlari asosda muayyan usullarda sportda shunga to'g'ri keladi. U paytlarda tredjen usuli va brass usuli ommalashgan edi. Tredjen usulida suzuvchi qo'llari bilan navbatma- navbat harakat qilgan xuddi krol usulidek, ammo oyoqlar bilan qaychidek harakat qilgan va nafas olish ixtiyori bo'lgan.
Qo'llar harakatini batafsilroq tasvirlaydigan bo'lsak, bu quyidagicha bo'ladi: o'ng qo'l o'ng elka ro'parasidan suvga botiriladi va shu paytda qo'l tirsakdan xiyol bukiladi, oldin barmoqlarni yozib panjani keyin bilak va nihoyat elka suvga botiriladi. Suv tagida qo'l oldinga uzatilgan bo'lishi va pastga qarab eshilishi, yarmisiga kelganda qo'l tirsakdan bukiladi va biqin yonidan to songacha suvni zo'r berib tortishda davom etiladi. Eshish harakatlarini bajarayotganda barmoqlar birlashtirilib suvni iloji boricha ko'proq olish uchun yuza xovuch qilindi.