sohaviy tashkiliy va farmoyish hujjatlar
Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo’llaniladi. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo’linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlarga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tartibiga oid buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi. Ular odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga etkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Ichki Mavzu: Sohaviy tashkiliy va farmoyish hujjatlar
Buyruqning zaruriy qismlari: Gerb, muassasa alomati, mukofoti (bosma ish qog’ozi qismlari). Vazirlik, boshqarma nomi. Muassasaga xos raqami (KTUT bo’yicha). Hujjat shaklining xos raqami (BXUT bo’yicha). Muassasa nomi. Hujjatning nomi (Buyruq). Sanasi. Raqami (№). Buyruq chiqqan joy nomi. Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi). Buyruq matni (ilovalari bo’lsa qayd qilinadi). Rahbar yoki o’rinbosar imzosi.
Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbarining buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari asosida yuzaga keladi. Farmoyish hujjatlarida vazirlik, idora, tashkilot faoliyatiga oid ma’muriy va tashkiliy masalalarning yechilishi belgilab beriladi. Bunday hujjatlar tashkilot faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi, boshqaruv organiga uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradi. Farmoyish hujjatlari boshqaruv tizimi bo‘yicha yuqoridan quyiga: boshqaruvchi organdan boshqariladigan organga, tashkilot rahbaridan tarkibiy tuzilmalar va xodimlarga yo‘llanadigan qarorlarni o‘z ichiga oladi. Buyruq – muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadigan hujjat bo‘lib, muassasa rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi muovin tomonidan imzolanadi. Buyruqlarning ikki turi mavjud: asosiy faoliyatga oid va shaxsiy tarkibga oid buyruqlar. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, ularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.