logo

Sudgacha bo'lgan davrda yarashtirish tartib-taomillarini (da'vo ishlarini) tashkil etish va yuritish

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1470.5 KB
Sudgacha bo'lgan davrda 
yarashtirish tartib-taomillarini 
(da'vo ishlarini) tashkil etish va 
yuritish Reja:

1. Nizolarni sudgacha hal qilishning turlari 

2. Nizolarni sudgacha hal etish choralarini ko‘rishda yuridik 
xizmatning roli	
   

3.  Da’voni  taqdim  qilish  yoki  ko‘rib  chiqish  uchun  tegishli 
hujjatlarni olish va o‘rganish

4.  Da’vo  ishlari  natijalarini  umumlashtirish  va  tahlil  qilish, 
uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash	
  Tavsiya etiladigan adabiyotlar
 
1.  Shoraxmetov Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga sharhlar. – Toshkent: TDYUI, 2010.
 
2.  Sh.Ro‘zinazarov,  M.Mamasiddiqov,  Sh.Masadikov.  Hakamlik  muhokamasi  haqida  nimalarni  bilish  kerak?  Amaliy 
qo‘llanma. infoCOM.uz MCHJ nashriyoti. Toshkent, 2010.
 
3. Treteyskie sudы v Uzbekistane: analiz i tendensii razvitiya.  Nauchno-prakticheskoe posobie. / Otv. red. Asyanov Sh.M. – 
T.: Shark, 2004. – 608 s.
 
4.  O‘zbekiston Respublikasining "Hakamlik sudlari to‘g‘risida"gi Qonuniga sharh.
 
5.  Inoyatova  S.F.  Protsessualnыe  mexanizmы  otmenы  i  vыdachi  ispolnitelnыx  listov  na  prinuditelnoe  ispolnenie  resheniy 
treteyskix sudov.  Monografiya. –Toshkent: De-Haus-Print, 2011.
 
6.  Sh.M.Masadikov. Problem ы  pravovogo regulirovaniya mediatsii. Monografiya. – Tashkent: TGYu U, 2014. – 150 s.
 
7.  Sh.M.Masadikov.  Mediatsiya-alternativn ы y  sposob  razresheniya  grajdansko-pravov ы x  sporov.  Uchebnoe  posobie.  – 
Tashkent: TDYu I, 2010. – 100 s.
 
8.  M.M.Mamasiddiqov,  Sh.M.Masadikov,  D.Y. Xabibullayev  N.A.Azizov,  I.M.Salimova  Hakamlik  muhokamasi  (o‘quv 
qo‘llanma) TOSHKENT – 2018
 
9.  Nizolarni  xal  qilishning  mukobil  usullari  /  O‘quv  qo‘llanma.  Yu ridik  fanlari  buyicha  falsafa  doktori  (PhD),  dotsent  v.b. 
I.M.Salimova. - Toshkent. TDYu U, 2022. - 208 bet. Hozirgi  kunda  rivojlangan  xorijiy  davlatlar  huquqiy 
tizimida  nizoni  sudgacha  olib  bormasdan,  muqobil  yo'l 
bilan  hal  qilishga  qaratilgan  mediatsiya  –  yarashtiruv 
jarayoni  alohida  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Yu rtimizda 
ham  chinakam  bozor  mexanizmlarining  amalga 
oshirilishi  sohasini  tartibga  soluvchi  zarur  huquqiy 
zamin yaratilishini talab qiladi. 
2017–2021  yillarda  O'zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo'nalishi  bo'yicha 
Harakatlar  strategiyasida  belgilangan  vazifalarni  amalga  oshirish  maqsadida  nizolarini  muqobil  hal  etish 
usullaridan  biri  sifatida  mediatsiya  tushunchasi,  maqsadi,  vazifalari,  mexanizmini  belgilovchi  “Mediatsiya 
to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi PF-4850-son “Sud-huquq tizimini yanada	 isloh qilish, fuqarolarning 
huquq	
 va  erkinliklarini  ishonchli  himoya	 qilish  kafolatlarini  kuchaytirish	 chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 
Farmoni  mazmuniga  ko‘ra	
 va	 2017  yil  19  yanvardagi  PQ-2773-son	   “Yu ridik  xizmat  faoliyatini	 tubdan 
takomillashtirish	
 chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Qarori	 bilan	 davlat  organlari  va  tashkilotlarining  yuridik 
xizmatlari  mazkur  organlar  va  tashkilotlar  ishtirokida  vujudga  keladigan  nizolarni  sudgacha  hal  etish 
yuzasidan majburiy tartibda choralarni ko‘rishi belgilandi.	
  Nizolarni  sudgacha  hal  qilish  deganda  taraflarning  yuzaga  kelgan  nizolar  (kelishmovchiliklar)ni 
sud organlarining aralashuvisiz hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari tushuniladi. 
Nizolarni  sudgacha  hal  qilishga  qonun  chiqaruvchi  tomonidan  ham  fuqarolik,  ham 
ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
  Ma’muriy  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiquvchi  nizolar,  arizachining  xohishiga 
ko‘ra sudgacha yoki sud tartibida ham	
  hal qilinishi mumkin.
Masalan,	
 “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 27 1
-moddasiga 
muvofiq
  ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan 
bevosita  sudga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida  yuqori  turuvchi  organga  yoxud  mansabdor  shaxsga 
shikoyat qilishga haqli.
Davlat  boshqaruvi  organining  ko‘rsatmasi  ustidan  bo‘ysunuv  tartibida  yuqori  turuvchi 
organga  yoxud  mansabdor  shaxsga  shikoyat  qilinishi  sudga  shikoyat  qilish  huquqini  istisno 
etmaydi.
  Nizolarni  sudgacha,  ya’ni  sud  muhokamasisiz  hal  qilish  tartibidan  har  bir 
taraf manfaatdor.  
Birinchidan,  talabnoma  yuboruvchi  qisqa  muddatda  buzilgan  huquq  va 
qonuniy manfaatlarini tiklashga erishadi.  
Ikkinchidan,  
taraflar  da’voni  rasmiylashtirish  va  uni  sudga  taqdim  qilish, 
da’voni  sudda  ko‘rish  jarayonida  ishtirok  etish  bilan  bog‘liq  vaqtlari  va 
mablag‘larini tejaydilar.  
Uchinchidan,
  davlat bojini to‘lash va sud chiqimlari bilan bog‘liq xarajatlar 
oldi olinadi.  
To‘rtinchidan ,  shartnomaviy  munosabat  ishtirokchilari  o‘rtasidagi  ishonch 
va  hamkorlik  mustahkamlanadi  hamda  kelajakda	
   hamkorlikni  yanada 
rivojlantirishga sharoit yaratiladi.	
  Nizolarni sudgacha hal qilishning turlari  
Mazkur tamoyil faqat da’voni sudga topshirishgacha amalga oshirilishi 
mumkin,  ammo  keyinchalik  sud  instansiyalariga  murojaat  qilishni 
istisno qilmaydi.
Shuni  ta’kidlash  lozimki, Iqtisodiy  protsessual 
kodeksida	
 belgilanishicha, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yakka 
tartibdagi  tadbirkor  maqomini  qonunda  belgilangan  tarzda  olgan 
fuqarolar  o‘rtasidagi  iqtisodiyot  sohasida  fuqaroviy,  ma’muriy  va 
boshqa  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  nizolar  iqtisodiy 
sudlov  jarayonida  nizoni  sudgacha  hal  qilish  tartibiga  rioya  qilish 
haqida talab qo‘yilmasdan ko‘rib chiqiladi. Nizolarni  sudgacha  hal  qilish  quyidagilar  orqali 
amalga oshiriladi:  
a) muzokaralar; 
b) mediatsiya;	
 
v) talabnoma yuborish.	
  Nizolarni  sudgacha  hal  qilish  (talabnoma  ishlari)  bo‘yicha  to‘g‘ri  va  o‘z  vaqtida  ishlarni  yuritish 
davlat  organlari  va  tashkilotlari  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilishga  qaratilgan  huquqiy 
ishlarning  asosiy  bosqichlaridan  biri  hamda  shartnoma  shartlarini  bajarish  bo‘yicha  huquqiy 
ta’minlashning samarali vositasi hisoblanadi. 
Talabnoma  ishlarini  yuritishni	
 to‘g‘ri  tashkil  qilish  davlat  organlari  va  tashkilotlarining  xo‘jalik  va 
moliyaviy holatini ko‘tarishda muhim ahamiyatga ega. 	
  
Davlat  organlari  va  tashkilotlarining  yuridik  xizmati  to‘g‘risidagi  Nizomning  16-bandi  4-kichik 
bandida (Prezidentning 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qaroriga 1-ilova) nizolarni sudgacha hal 
qilish  bo‘yicha  ishlarda  yuridik  xizmat  xodimlari  faoliyatining  quyidagi	
   3  ta  shakli  	nazarda 
tutilgan:	
 
1)  davlat  organlari  va  tashkilotlari,  shuningdek  fuqarolar  bilan  nizolar  vujudga  kelganda  mustaqil 
yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radi;	
 
2)  davlat  organi  va  tashkilotining  manfaatlarini  himoya  qilish  bo‘yicha  talabnomalar  tayyorlashda 
hamda  davlat  organi  va  tashkilotiga  nisbatan  bildirilgan  talabnomalarni  ko‘rib  chiqishda  ishtirok 
etadi;	
 
3)  davlat  organi  va  tashkilotida  talabnomalar  bildirish  va  ularni  ko‘rib  chiqish  tartibiga  rioya 
etilishini nazorat qiladi.	
  Tashkilot  rahbari  odatda  yuridik  xizmatga  boshqa  taraf  (kontragent)  bilan  u  yoki  bu 
nizo  bo‘yicha  da’vo  arizasi  yoki  da’vo  arizaga  fikrnoma  tayyorlashni  topshiradi. 
Shundan  so‘ng  yuridik  xizmat  boshqa  tarkibiy  tuzilmadan  (agar  o‘zida  mavjud 
bo‘lmasa)  da’voni  taqdim  qilish  yoki  da’vo  arizasi  yuzasidan  fikrnoma  tayyorlash  va 
o‘rganish  uchun  zarur  bo‘lgan  hujjatlarni  (shu  jumladan,  shartnomalar,  yukxatlari, 
hisob-fakturalar, ishonchnoma, talabnoma va boshqalarni) so‘rab oladi. 
Yu ridik  xizmat  tegishli  tarkibiy  tuzilmalar  tomonidan  taqdim  qilingan  hujjatlarga 
huquqiy  baho  beradi.  Agar  taqdim  qilingan  hujjatlar  yetarli  bo‘lmasa  yoki  ular 
noto‘g‘ri  rasmiylashtirilgan  bo‘lsa,  yuridik  xizmat  mazkur  kamchiliklarni  bartaraf 
qilish uchun yozma ravishda muddat belgilashi lozim.	
 
Tarkibiy  tuzilma  zarur  hujjatlarni  bermagan  holatlarda  tashkilot  rahbari  ijrochiga 
nisbatan intizomiy chora ko‘rishi mumkin.	
   Da’vo  arizasi  (sud  buyrug‘ini  berish  to‘g‘risida  arizani),  shu  jumladan 
qarshi da’voni tayyorlash 
Yu ridik  xizmat  da’vo  arizasini  va  zarur  hujjatlarni  tayyorlashni,  agar 
qonun  yoki  shartnomada  talabnoma  bildirish  belgilangan  bo‘lsa, 
talabnoma va bildirilgan talabnomaga javobni o‘rganishdan boshlaydi.	
 
Da’vo  tashkilot  tomonidan  bildirilgan  talabnoma  to‘liq  yoki  qisman 
asossiz rad qilingan yoxud javobsiz qoldirilgan taqdirda kiritiladi.	
 
Yu ridik  xizmat  da’vo  arizasi  matnini  mustaqil  tayyorlaydi,  unga  viza 
(imzo)  qo‘yadi  va  tegishli  tarkibiy  tuzilmalardan  viza  (imzo)  yig‘adi, 
shuningdek uni tashkilot rahbariga imzolash uchun taqdim qiladi. Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy	 sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, ularning pochta manzillari;
3) agar da’vo baholanishi lozim bo‘lsa, da’voning bahosi;
4) da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlar;
5) da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) undiriladigan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi;
7)  da’vogarning  qonun  hujjatlarini  dalil  qilib  keltirgan  talablari,  da’vo  bir  necha 
javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa - ularning har biriga qo‘yilgan talablar;
8)  nizoni  javobgar  bilan  sudgacha  hal  qilish  (talabnoma  yuborish)  tartibiga  rioya 
etilganligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  agar  bu  shu  toifadagi  nizolar  uchun  qonunda  yoki 
shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
9) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
  Da’vo  arizasida  da’vogarning  yoki  uning  vakilining  telefonlari,  fakslari  raqamlari, 
elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.   Da’vo  arizasiga  quyidagilarni  tasdiqlovchi  hujjatlar  ilova 
qilinadi:
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini;
2)  da’vo  arizasining  va  unga  ilova  qilingan  hujjatlarning 
nusxalari yuborilganligini;
3)  nizoni  javobgar  bilan  sudgacha  hal  qilish  (talabnoma 
yuborish)  tartibiga  rioya  etilganligini,  agar  bu  shu  toifadagi 
nizolar  uchun  qonunda  yoki  shartnomada  nazarda  tutilgan 
bo‘lsa;
4) da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlarni. Agar  da’vo  arizasi  da’vogarning  vakili  tomonidan  imzolangan  bo‘lsa,  uning  da’vo 
taqdim etishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi. 
Amaldagi  iqtisodiy  protsessual  qonunchiligi  pul  summasini  undirish  yoki  undiruvni 
qarzdorning  mol-mulkiga  qaratish  yoxud  qarzdordan  nizosiz  talablar  bo‘yicha  mol-
mulkni  talab  qilib  olishni  sud  buyrug‘i  olish  orqali  yanada  soddaroq  tartibini  nazarda 
tutadi.	
 
Sud  buyrug‘i  	
kreditorning  arizasi  bo‘yicha  chiqarilgan  va  ijro  hujjati  kuchiga  ega 
bo‘lgan,  sudya  tomonidan  qabul  qilingan  hujjatdir.  Sud  buyrug‘i  bo‘yicha  undiruv 
buyruq  berilgandan  so‘ng  o‘n  kunlik  muddat  o‘tgach  sud  hujjatlarini  ijro  etish  uchun 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.	
 
Shuning uchun ham yuridik xizmat da’vo arizasi o‘rniga sud buyrug‘ini berish to‘g‘risida 
ariza tayyorlashi mumkin.	
 
Ariza iqtisodiy sudga yozma shaklda sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari bo‘yicha 
beriladi.	
 U  kreditor  yoki  uning  vakili  tomonidan  imzolanadi.  Va kil  tomonidan 
imzolanadigan arizaga ishonchnoma ilova qilinadi. Da’vo  ishlari  natijalarini  umumlashtirish  va  tahlil  qilish,  uni  takomillashtirish 
bo‘yicha takliflar tayyorlash  
Tashkilotning  yuridik  xizmati  muayyan  davr  (oy,  chorak,  yarim  yil,  yil)  yakuni 
bo‘yicha amalga oshirilgan da’vo ishlari natijalarini umumlashtiradi. 
Yu ridik  xizmat  tarkibiy  tuzilmalardan  olgan  ma’lumotlar  asosida  ham  tashkilotga 
bildirilgan, ham  tashkilot tomonidan bildirilgan da’volarning vujudga kelishi sabablari 
va  sharoitlarini  aniqlaydi.  Bu  jarayonda  har  bir  turdagi  da’volarni  kelib  chiqishiga 
sabab  bo‘lgan,  tarkibiy  tuzilmalar  tomonidan  yo‘l  qo‘yilgan  xato  va  kamchiliklar 
aniqlanadi.	
 
Yu ridik  xizmat  da’vo  ishlari  tahlili  yakunlari  bo‘yicha  tashkilot  rahbariga  da’vo 
ishlarini  yaxshilash,  samarasiz  xarajatlar  va  zararlarni  oldini  olish,  tashkilotga 
yetkazilgan zararni aybdor shaxslardan undirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.

Sudgacha bo'lgan davrda yarashtirish tartib-taomillarini (da'vo ishlarini) tashkil etish va yuritish

Reja:  1. Nizolarni sudgacha hal qilishning turlari  2. Nizolarni sudgacha hal etish choralarini ko‘rishda yuridik xizmatning roli  3. Da’voni taqdim qilish yoki ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlarni olish va o‘rganish  4. Da’vo ishlari natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Shoraxmetov Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga sharhlar. – Toshkent: TDYUI, 2010. 2. Sh.Ro‘zinazarov, M.Mamasiddiqov, Sh.Masadikov. Hakamlik muhokamasi haqida nimalarni bilish kerak? Amaliy qo‘llanma. infoCOM.uz MCHJ nashriyoti. Toshkent, 2010. 3. Treteyskie sudы v Uzbekistane: analiz i tendensii razvitiya. Nauchno-prakticheskoe posobie. / Otv. red. Asyanov Sh.M. – T.: Shark, 2004. – 608 s. 4. O‘zbekiston Respublikasining "Hakamlik sudlari to‘g‘risida"gi Qonuniga sharh. 5. Inoyatova S.F. Protsessualnыe mexanizmы otmenы i vыdachi ispolnitelnыx listov na prinuditelnoe ispolnenie resheniy treteyskix sudov. Monografiya. –Toshkent: De-Haus-Print, 2011. 6. Sh.M.Masadikov. Problem ы pravovogo regulirovaniya mediatsii. Monografiya. – Tashkent: TGYu U, 2014. – 150 s. 7. Sh.M.Masadikov. Mediatsiya-alternativn ы y sposob razresheniya grajdansko-pravov ы x sporov. Uchebnoe posobie. – Tashkent: TDYu I, 2010. – 100 s. 8. M.M.Mamasiddiqov, Sh.M.Masadikov, D.Y. Xabibullayev N.A.Azizov, I.M.Salimova Hakamlik muhokamasi (o‘quv qo‘llanma) TOSHKENT – 2018 9. Nizolarni xal qilishning mukobil usullari / O‘quv qo‘llanma. Yu ridik fanlari buyicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. I.M.Salimova. - Toshkent. TDYu U, 2022. - 208 bet.

Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yo'l bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya – yarashtiruv jarayoni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Yu rtimizda ham chinakam bozor mexanizmlarining amalga oshirilishi sohasini tartibga soluvchi zarur huquqiy zamin yaratilishini talab qiladi. 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida nizolarini muqobil hal etish usullaridan biri sifatida mediatsiya tushunchasi, maqsadi, vazifalari, mexanizmini belgilovchi “Mediatsiya to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi PF-4850-son “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmuniga ko‘ra va 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2773-son “Yu ridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari mazkur organlar va tashkilotlar ishtirokida vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan majburiy tartibda choralarni ko‘rishi belgilandi.

Nizolarni sudgacha hal qilish deganda taraflarning yuzaga kelgan nizolar (kelishmovchiliklar)ni sud organlarining aralashuvisiz hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari tushuniladi. Nizolarni sudgacha hal qilishga qonun chiqaruvchi tomonidan ham fuqarolik, ham ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi. Ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar, arizachining xohishiga ko‘ra sudgacha yoki sud tartibida ham hal qilinishi mumkin. Masalan, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 27 1 -moddasiga muvofiq ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli. Davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.