logo

Suzishni o’rgatishda zamonaviy texnologiyalar

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1106.0830078125 KB
Suzish ni o’rgatishda 
zamonaviy texnologiyalar.                   Suvda suzish

Suvda suzish, sportcha suzish — sport turi, rasmiy 
belgilangan masofaga muayyan usulda sportcha suzish 
(erkin tarzda, brass, batterflyay usulida, orqa bilan), 
shuningdek, suv ostida, amaliy, sinxron (badiiy) 
suzishni o‘z ichiga oladi. Xalqaro olimpiada qo‘mitasi 
tasnifiga ko‘ra, Suvda suzishga suvga sakrash va suv 
polosi ham kiradi. Suvda suzish zamonaviy 5 
kurashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Suvda suzish 
tarixi 15-16-asrlarga to‘g‘ri keladi. Suzuvchilarning 
dastlabki sport musobaqalari 1515 yil Venetsiyada 
o‘tkazilgan. Ilk suzish maktablari 18-asrning 2-yarmi – 
19-asrning boshlarida Germaniya, Avstriya, Frantsiyada 
ochilgan. 19-asr oxirida sun’iy suv havzalari qurila 
boshlagach, sportcha suzish ommalashib ketdi. 1890 
yil Suvda suzish bo‘yicha Yevropa chempionati 
o‘tkazildi. Suvda suzish 1896 yildan Olimpiada o‘yinlari 
dasturiga kiritildi (ayollar 1912 yildan qatnashadi). 
Xalqaro havaskorlar suzish federatsiyasi (FINA, 1908 yil 
asos solingan)ga 130 dan ortiq mamlakat milliy 
federatsiyalari a’zo.                   O‘zbekistonda qadimdan suvda turli o‘yin va musobaqalar 
o‘tkazilgan. Suvda suzish sporti respublikada 1924-25 yillardan 
rivojlana boshladi. Ana shu davrda ilk gidrostantsiyalar qurilgan. 
Chunonchi, Toshkentda Bo‘zsuv to‘g‘on bilan to‘silib, sun’iy suv 
ombori hosil qilindi. Bu yerda 2 ta suv stantsiyasi qurilib, suzish 
havzasi va balandlikdan suvga sakrash minoralari bunyod etildi. 
1927 yil 1 marta shu yerda Toshkent va Samara (Rossiya) 
shaharlari jamoalari o‘rtasida suzish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 
1930 yil Toshkent to‘qimachilik kombinati qoshida stadion va 
uzunligi 50 m li suvi isitiladigan ochiq havza qurilib ishga 
tushirildi. 1935 yil Andijonning sun’iy suv havzasida 1 marta 
respublika suv sporti bayrami, Suvda suzish bo‘yicha O‘zbekiston 
birinchiligi o‘tkaziddi, 1937 yil Toshkentdagi temiryo‘lchilar 
istirohat bog‘ida ochiq suv havzasi qurilib, suzish bo‘yicha 1-
bolalar-o‘smirlar sport maktabi tashkil etildi. 1939 yil 
O‘zbekistonda Suvda suzish bo‘yicha respublika federatsiyasi 
tuzildi. O‘tgan asrning 60-yillarida Toshkentda (jismoniy tarbiya 
instituti qoshida, “Mehnat rezervlari” sport jamiyati huzurida, 
Armiya sport klubiga qarashli), Navoiy shahrida, boshqa 
viloyatlarda suvi istiladigan yopiq va ochiq suv havzalari qurilib 
foydalanishga topshirildi.                 Respublikada qobiliyatli yosh 
sportchi suzuvchilar yetishib 
chiqa boshladi. Olimpiada 
o‘yinlari, xalqaro 
musobaqalarda 
muvaffaqiyatli ishtirok etgan 
S.Babanina, N.Ustinova, 
S.Iskandarova, S.Konov, 
S.Zabolotnovlar sportning 
ana shu turida shuhrat 
qozondilar. Hozir 
respublikamizning viloyat va 
tuman markazlarida 200 dan 
ortiq suv havzalari mavjud.                 Suzish-odamning suvda o’z qo’li va oyoqlari harakati ko’magida siljishidir. Suzish 
sporti o’zining 
yo’nalish va maqsadlariga ko’ra sportcha, amaliy, sinxron (badiiy), ko’ngil ochish 
o’yinlari, suv to’pi, 
suvga sakrash kabi turlarga bo’linadi. Bu turlar o’z navbatida o’z usul va uslublariga 
ega. 
Jumladan sportcha suzishni olib ko’raylik. Sportcha suzish musobaqalashadigan 
masofani 
maxsus moslamalarsiz, musobaqa qoidasi bilan cheklangan harakat texnikasidan 
foydalanib suzib 
o’tish demakdir. Har bir usulda qo’llanadigan harakatlar texnikasi esa musobaqa 
qoidalari, qo’yilgan 
ma’lum talablar asosida bajariladi. 
Hozirgi paytda sportcha suzishning quyidagi turlari va masofalari bo’yicha 
musobaqalar 
o’tkazilib, rekordlar ro’yxatga olinadi: erkin usul-100, 200, 400, 800 1500 m; 
estafetalar-4X100 m, 
4X200 m; brass-100, 200 m; delfin-100, 200 m; krol usulida chalqancha suzish-100, 
200 m; aralash 
suzish-200 m (50 m del-fin Q 50 krol usulida chalqanchaQ50 m brass, Q50 m krol 
usulida ko’krakda);-
400 m (100 m delfin Q 100 m krol usulida chalqanchaQ100 m brassQ100 m krol 
usulida ko’krakda); 

aralash estafeta-4x100 m (100 chalqanchaQ100 m brassQ100 m delfinQ100 m 
krol).                  Odatda, masofani erkin usul bilan suzib o’tishda-eng tezkor 
bo’lgan krol usulida ko’krakda suzish 
qo’llaniladi. Krol usulida ko’krakda suzish qo’l va oyoqlarning 
navbatma-navbat bajariladigan 
to’xtovsiz harakatlari bilan xarakterlanadi. Unda gavda suv 
yuzida deyarli gorizontal holatda 
joylashadi. Qo’llarning suvni eshishga tayyorgarlik harakati 
suv yuzida, havoda bajariladi. Bu usul 
faqat 50 m dan 1500 m gacha bo’lgan masofalarda qo’llanib 
qolmasdan, balki uzoq masofalarga 
suzishda ham qo’llaniladi. Bu usul, baxtsiz hodisalar oldini 
olishda-cho’kayotganlar oldiga tezroq suzib 
borishda juda qulaydir. 
Krol usulida ko’krakda suzish suv to’pi o’yinlarida asosiy 
harakat vositasi (suzish usuli) bo’lib 
xizmat qiladi. Sportcha suzish usullarini o’rgatish ko’pincha 
krol usulida ko’krakda suzishni 
o’rgatishdan boshlanadi. Bu usul o’zlashtirilgach, boshqa 
usullardagi suzish texnikasiniosonlashadi

osonlashadi.                 Brass usulida ko’krakda suzish suzishning boshqa usullariga qaraganda harakat tezligi 
jihatidan ancha orqada turadi. Bu usulning texnikasi oyoq va qo’llar harakatlarini bir vaqtda, 
bir-biriga 
mos holda bajarish, harakatlarni ma’lum tartibda uyg’unlashtirib borish bilan xarakterlanadi. 
Tayyorgarlik harakati paytida qo’llar suvdan chiqmaydi. 
Brassning sportdagi ahamiyati krol usulida ko’krakda suzishdagiga nisbatan ancha kam, lekin 
brass amaliy ahamiyati jihatidan suzishning boshqa usullariga qaraganda ustunlikka ega. Ochiq 
tabiiy 
suv havzalarida brass usulida suzishda atrof muhitni mo’ljalga olish, kerakli harakat yo’nalishini 
saqlash oson bo’ladi. 
Bu usuldan kiyim bilan suzishda va suzuvchan narsalarni bir joydan ikkinchi joyga olib o’tishda 
foydalanish qulay. Brass usuli texnikasini yaxshi egallaganlar katta masofalarni bemalol suzib 
o’ta 
oladigan bo’ladilar. 
Brass usulidan suzishga o’rgatishning boshlang’ich bosqichida foydalanish mumkin. 
Delfin usuli mustaqil usul sifatida 1953 yildan boshlab musobaqalar dasturiga kiritilgan. Delfin 
usuli suzish tezligi jihatidan krol usulida ko’krakda suzishdan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. 
Delfin usuli bilan suzishda tayyorgarlik harakati vaqtida qo’llar suv ustidan (havodan) oldinga 
olib o’tiladi, oyoqlar krol usulidagi kabi, faqat ikkala oyok bir vaqtda harakat bajaradi. 
Delfin usuli krol usulida ko’krakda suzish texnikasi mukammal o’zlashtirilgandan so’ng 

o’rgatiladi                 Krol usulida chalqancha suzish-bu usul qo’l va oyoqlarning 
navbatma-navbat, ketma-ket 
bajaradigan harakatlari bilan xarakterlanadi. Tayyorgarlik 
harakati vaqtida qo’llar suv yuzida-havoda 
bo’ladi. Bu usul tezligi jihatidan delfindan so’ng uchinchi 
o’rinda turadi. Krol usulida chalqancha suzish texnikasi 
ko’p hollarda ko’krakda suzish bilan birga o’rgatiladi. 
Odatda bu usulni yosh bolalar tez 
o’zlashtirishadi. 
Aralash suzish-asosiy sportcha suzish usullarini o’zida 
mujassamlashtirgan bo’lib, Har 
tomonlama suzish mahoratini sinovdan o’tkazishda ajoyib 
vosita hisoblynadi. Bu usul boshqa usul 
bilan shug’ullanuvchi suzuvchilarga mashq jarayonida juda 
qo’l keladi. Aralash usulda suzish turli 
miqyosdagi hamma musobaqalarda qo’llaniladi. Aralash 
suzish texnikasini suzishning asosiy (krol 
usulida ko’krakda, chalqancha, brass, delfin) usullari 
texnikasi o’zlashtirilgandan keyingina o’rgatish 

maqsadga muvofiqdir.                  Estafeta-komandali musobaqalarning turi bo’lib, bunda Har bir komandada 4 tadan suzuvchi 
qatnashadi. Komanda suzuvchilari birinchi bosqichda start beruvchining «Marsh» komandasi yoki 
o’q 
otib berilgan signalga muvofiq start oladilar. Komandaning keyingi qatnashchilari oldingi 
bosqichdagi 
suzuvchilar masofani suzib o’tib, qo’llari bilan hovuz devoriga tekkanlaridan keyingina start 
oladilar. 
Suzuvchilarning vaqtdan ilgari o’rin almashishlari musobaqa qoidasini buzish deb qaraladi, bunday 
komanda natijasi hisobga olinmaydi. 
Erkin suzish bilan o’tkaziladigan musobaqalarda suzuvchilar Har qanday suzish usulidan 
foydalanishlari mumkin. Aralash estafetada esa musobaqa qoidasida ko’rsatilgan suzish 
usullarining
ketmaketligi saqlanmog’i shart.
Ochiq suv havzalarida suzishdaryo, ko’l, dengizlarda suzish sportda unchalik ahamiyatga ega
emas. Bunga katta ommaviy-sport tadbirlari, suvda o’tkaziladigan bayramlar kiradi.
Uzoqqa suzish. Tabiiy suv havzalarida o’tkazilgan birinchilik uchun Uzoqqa suzish
musobaqalari (erkaklar-25 km va ayollar-15 km masofalarga) 1939 yilgacha o’tkazilgan. Bu
musobaqalar g’oliblarining aksariyati g’alabani krol usulida ko’krakda suzishda qo’lga kiritishgan.
Hozirgi paytda uzoqqa suzish bo’yicha birinchilik o’tkazilmaydi. Suzishning bu turi keng 
tarqalmagan, lekin tashviqot ishlarini olib borishda uning ahamiyati katta. 
Amaliy suzish. Bunga sho’ng’ish, cho’kayotganlarni qutqarish, suv yuzida tutib turuvchi 
vositalar yordamida va ularsiz suv to’siqlaridan suzib o’tish, suvda kiyim bilan suzish-kiyim-
boshlarni 
yechish, har xil katta likdagi turli buyumlarni suvdan olib o’tish, suvdan chiqarish va hokazolar 
kiradi.                  Sho’ng’ish-suv tagida suzishdan iborat bo’lib, juda katta amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun 
ham sho’ng’ish texnikasi sportcha suzish va suv ostida suzish bilan birgalikda o’rgatiladi. Sho’ng’ish 
quyidagi turlarga bo’linadi: tezlikni oshirib suzish, suv tubidan narsalar olib chiqish, maksimal 
uzunlikka va chuqurlikka, suv tubida ma’lum muddatgacha qolish kabilar. 
Sho’ng’ishning maksimal uzunlikka, chuqurlikka va suv tubida uzoq qolish kabi turlari bo’yicha 
musobaqalar o’tkazish 1934 yildan boshlab bekor qilingan. 
Sho’ng’ishda krol, brass va yonboshlab suzish usullari texnikasi biroz o’zgartirilgan holda aralash 
qo’llaniladi. 
Shug’ullanuvchilar sportcha suzish usullaridan biri (krol yoki brass) ning texnikasini o’rganar 
ekanlar sho’ng’ishni ham o’rganishlari mumkin. O’quv jarayonida 5 m chuqurlikka va 50 m uzunlikka 
sho’ng’ishni o’rgatish nazarda tutiladi. 
Cho’kayotganlarni qutqarish muhim amaliy ko’nikma bo’lib, har bir kishi, ayniqsa suzuvchilar 
uchun o’rganish juda zarurdir. Cho’kayotgan kishiga yordam ko’rsatish uchun suzib borish texnikasini, 
cho’kayotgan odamning quchog’idan ozod bo’lish, uni suvdan olib chiqish, sun’iy nafas oldirish 
usullarini bilish, shuningdek muz ostiga tushganlarga ham yordam ko’rsatishni bilish kerak. Amaliy 
ahamiyatga ega bo’lgan sportcha suzish usullari texnikasi mukammal o’rgatilganidan so’ng 
cho’kayotganlarni qutqarish usullari texnikasini o’rgatish tavsiya etiladi. 
Suv to’siqlaridan suzib o’tish suzadigan, suv yuzasida tutib turuvchi vositalar yordamida va 
ularsiz, shukingdek arqon va xodalar vositasida amalga oshiriladi. Kiyim-bosh bilan vositalarsiz 
suzishga ham to’g’ri keladi. Bunda brass yoki yonboshlab suzish usullari ma’qul ko’riladi. Ba’zan krol 
usulini yaxshi egallagan suzuvchilar uncha katta bo’lmagan masofalarni shu usulda suzib o’tishlari 
mumkin. 
Kiyim-bosh bilan suzish sportcha suzishga qaraganda past tezlikda o’tadi va tez charchatadi. 
Shug’ullanuvchilar suzish usullarini to’liq, mukammal o’zlashtirib olganlaridan so’ng, ularga yoz 

kunlary, tabiiy suv havzalarida to’siqlardan suzib o’tish usuln o’rgatiladi                 E tiboringiz uchun raxmatʼ

Suzish ni o’rgatishda zamonaviy texnologiyalar.

Suvda suzish  Suvda suzish, sportcha suzish — sport turi, rasmiy belgilangan masofaga muayyan usulda sportcha suzish (erkin tarzda, brass, batterflyay usulida, orqa bilan), shuningdek, suv ostida, amaliy, sinxron (badiiy) suzishni o‘z ichiga oladi. Xalqaro olimpiada qo‘mitasi tasnifiga ko‘ra, Suvda suzishga suvga sakrash va suv polosi ham kiradi. Suvda suzish zamonaviy 5 kurashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Suvda suzish tarixi 15-16-asrlarga to‘g‘ri keladi. Suzuvchilarning dastlabki sport musobaqalari 1515 yil Venetsiyada o‘tkazilgan. Ilk suzish maktablari 18-asrning 2-yarmi – 19-asrning boshlarida Germaniya, Avstriya, Frantsiyada ochilgan. 19-asr oxirida sun’iy suv havzalari qurila boshlagach, sportcha suzish ommalashib ketdi. 1890 yil Suvda suzish bo‘yicha Yevropa chempionati o‘tkazildi. Suvda suzish 1896 yildan Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritildi (ayollar 1912 yildan qatnashadi). Xalqaro havaskorlar suzish federatsiyasi (FINA, 1908 yil asos solingan)ga 130 dan ortiq mamlakat milliy federatsiyalari a’zo.

O‘zbekistonda qadimdan suvda turli o‘yin va musobaqalar o‘tkazilgan. Suvda suzish sporti respublikada 1924-25 yillardan rivojlana boshladi. Ana shu davrda ilk gidrostantsiyalar qurilgan. Chunonchi, Toshkentda Bo‘zsuv to‘g‘on bilan to‘silib, sun’iy suv ombori hosil qilindi. Bu yerda 2 ta suv stantsiyasi qurilib, suzish havzasi va balandlikdan suvga sakrash minoralari bunyod etildi. 1927 yil 1 marta shu yerda Toshkent va Samara (Rossiya) shaharlari jamoalari o‘rtasida suzish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 1930 yil Toshkent to‘qimachilik kombinati qoshida stadion va uzunligi 50 m li suvi isitiladigan ochiq havza qurilib ishga tushirildi. 1935 yil Andijonning sun’iy suv havzasida 1 marta respublika suv sporti bayrami, Suvda suzish bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi o‘tkaziddi, 1937 yil Toshkentdagi temiryo‘lchilar istirohat bog‘ida ochiq suv havzasi qurilib, suzish bo‘yicha 1- bolalar-o‘smirlar sport maktabi tashkil etildi. 1939 yil O‘zbekistonda Suvda suzish bo‘yicha respublika federatsiyasi tuzildi. O‘tgan asrning 60-yillarida Toshkentda (jismoniy tarbiya instituti qoshida, “Mehnat rezervlari” sport jamiyati huzurida, Armiya sport klubiga qarashli), Navoiy shahrida, boshqa viloyatlarda suvi istiladigan yopiq va ochiq suv havzalari qurilib foydalanishga topshirildi.

Respublikada qobiliyatli yosh sportchi suzuvchilar yetishib chiqa boshladi. Olimpiada o‘yinlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan S.Babanina, N.Ustinova, S.Iskandarova, S.Konov, S.Zabolotnovlar sportning ana shu turida shuhrat qozondilar. Hozir respublikamizning viloyat va tuman markazlarida 200 dan ortiq suv havzalari mavjud.

Suzish-odamning suvda o’z qo’li va oyoqlari harakati ko’magida siljishidir. Suzish sporti o’zining yo’nalish va maqsadlariga ko’ra sportcha, amaliy, sinxron (badiiy), ko’ngil ochish o’yinlari, suv to’pi, suvga sakrash kabi turlarga bo’linadi. Bu turlar o’z navbatida o’z usul va uslublariga ega. Jumladan sportcha suzishni olib ko’raylik. Sportcha suzish musobaqalashadigan masofani maxsus moslamalarsiz, musobaqa qoidasi bilan cheklangan harakat texnikasidan foydalanib suzib o’tish demakdir. Har bir usulda qo’llanadigan harakatlar texnikasi esa musobaqa qoidalari, qo’yilgan ma’lum talablar asosida bajariladi. Hozirgi paytda sportcha suzishning quyidagi turlari va masofalari bo’yicha musobaqalar o’tkazilib, rekordlar ro’yxatga olinadi: erkin usul-100, 200, 400, 800 1500 m; estafetalar-4X100 m, 4X200 m; brass-100, 200 m; delfin-100, 200 m; krol usulida chalqancha suzish-100, 200 m; aralash suzish-200 m (50 m del-fin Q 50 krol usulida chalqanchaQ50 m brass, Q50 m krol usulida ko’krakda);- 400 m (100 m delfin Q 100 m krol usulida chalqanchaQ100 m brassQ100 m krol usulida ko’krakda);  aralash estafeta-4x100 m (100 chalqanchaQ100 m brassQ100 m delfinQ100 m krol).