Ta'lim va gender notenglik
Ta'lim va gen der notenglik
Reja: 1 O'zbekistonda gender tenglikka erishish maqsadida yulga quyilgan yangiliklar 2 Ta'limda gender notenglik 3 Ta'lim va boracha soxalarda gender tenglikka erishish
"TARAQQIYOT STRATEGIYASI" MARKAZI OʻZBEKISTON GENDER TENGLIKNI TAʼMINLASH BOʻYICHA MUHIM QADAMLARN I TASHLAMOQDA Xelena FREYZER, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Barchaga maʼlum, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish boʻyicha oʻtkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030-yilgacha boʻlgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaror qabul qildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida “Gender tenglikni taʼminlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid toʻqqizta vazifani ishlab chiqdi.
Oʻz navbatida, biznes inkubatorlari bilan bir qatorda, ayollarni taʼlim va fan sohasida ragʻbatlantirish, shuningdek, STEM (Fan, texnologiya, muhandislik, matematika) laboratoriyalar yaratish orqali ularni tabiiy va texnik fanlar sohasiga jalb qilish choralarini koʻrish zarur. Bu, oʻz navbatida, ayollarning bandligini, zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi. Qabul qilinayotgan chora- tadbirlar mamlakatning barcha hududlari va xotin-qizlarning barcha toifalarini qamrab olishi kerak.