logo

TABIAT VA JAMIYAT MUNOSABATLARINING EVOLYUTSIYASI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

235.4541015625 KB
Free Powerpoint Templates
Page  1Free Powerpoint TemplatesMAVZU: TABIAT VA JAMIYAT 
MUNOSABATLARINING EVOLYUTSIYASI Free Powerpoint Templates
Page  2Kirish.
Asosiy qism.
Reja:
1. Tabiat va jamiyat munosabatlari .
2.  Tabiat va jamiyat munosabatlari  
rivojlanish bosqichlari .
3 .  V.I.vernadskiyning biosfera va noosfera 
to’grisidagi ta’limoti
4.  Tabiat va jamiyat munosabatlari  
o’rtasidagi o’xshashlik va farqlari, o’zaro 
ta’siri (jadval ko’rinishida).
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar. Free Powerpoint Templates
Page  3          Tabiat o’ziga xos murakkab tizim bo’lib, inson va 
jamiyat  uning  hosilasidir.  U  tabiat  evaziga  mavjud  va 
rivojlanadi.  Inson  o’z    ehtiyojlarini  tabiat  hisobiga 
qondiradi.  U  tabiatdan  havo,  suv,  oziq  -  ovqat,  mineral 
va  yonilg’i  xomashyolarini  oladi  va  o’zining  hayot 
faoliyati  davomida  tabiatga  o’z  ta’sirini  ko’rsatadi. 
Natijada  tabiat  uchun  yod  bo’lgan  yangi  obyektlar 
vujudga keladi. 
Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo’llar, 
konlar,  suv  omborlari,  qishloq  xo’jalik  yerlari  va 
boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga 
kelgan  bunday  antropogen  landshaftlar  atrof    tabiiy 
muhitiga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi.  K irish Free Powerpoint Templates
Page  4Yer  yuzida  aholi  sonining  keskin    o’sib 
borishi,  fan  va  texnikaning  shiddatli 
taraqqiyoti,  mamlakatlar  hududida  tabiiy 
resurslarning bir tekis tarqalmaganligi mavjud 
tabiiy  resurslardan  imkon  qadar  ko’proq 
foydalanish  va  shu  yo’l  bilan  jamiyat 
taraqqiyotini  tezlatishni  taqozo  qiladi. 
Natijada  tabiat  va  inson  o'rtasidagi  o‘zaro 
munosabat  qonunlari  buziladi.  Bu 
qonunlarning  buzilishi  esa  ertami-kechmi 
ekologik inqirozga olib keladi.  Free Powerpoint Templates
Page  5         Tabiat - keng ma’noda  borliq, olam va  uning xilma 
xil  shakllari:  tor  -  ma’noda  kishilarning  moddiy  va 
ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirish  manbai  bo’lgan  atrof 
tabiiy muhit.
Jamiyat keng ma’noda insonlarning  tarixan qaror topgan 
birgalikdagi    faoliyatlari  majmui  yoki  tor  ma’noda 
ijtimoiy munosabatlarning konkret tipi.
Jamiyat  va  tabiat  tizimini  ko’rib  chiqayotganda  ikkinchi 
tor  ma’nodagi  tushuncha  qo’llaniladi.  Chunki  inson 
o’zining hayoti davomida butun borliqdan emas balki uni 
o’rab  turuvchi  va  uning  ta’siri  doirasida  turgan  atrof 
tabiiy  muhitdan foydalanishi mumkin.
     Tabiat va jamiyat munosabatlari. Free Powerpoint Templates
Page  6Inson  –  tirik  organizmlar  turkumiga  kiruvchi  murakkab 
ijtimoiy  va  mehnat  faoliyatini  yurg`izuvchi  individ. 
Inson  tarixiy  jamoa  jarayoni  sub ` ekti  bo’lib,  u  yer 
kurrasidagi  moddiy  va  ma’naviy  madaniy 
rivojlanishning  asoschisidir.  Inson  boshqa  turdagi  tirik 
mavjudotlar  bilan  g e netik  bog`langan  holda,  lekin 
ulardan  ongini  yuqoriligi,  mehnat  qurollarini  ishlab 
chiqara  olishi,  nutqning  rivojlanganligi,  ijodiy  faolligi 
hamda  axloqiy,  ma’naviy  va  ruhiy  o’z  –  o’zini  anglay 
olishi bilan ajralib turadi. Free Powerpoint Templates
Page  7Tabiatning asosiy roli quyidagicha:
1. Tabiat, eng avvalo, hayot muhitidir.
2. Tabiat ham iqtisodiy ahamiyatga ega. Inson o'zining xo'jalik 
faoliyatini rivojlantirish uchun barcha zarur resurslarni 
tabiatdan tortib oladi; moddiy boyliklarni yaratish.
3. Tabiatning ilmiy ahamiyati uning barcha bilimlarning 
manbai ekanligidan kelib chiqadi.
4. Tabiatning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u bilan muloqot 
qilish har qanday yoshdagi insonga foydali ta’sir ko‘rsatadi, 
dunyoqarashini ko‘p qirrali etib shakllantiradi.
5. Tabiatning estetik qiymati juda katta. Tabiat har doim 
san'atning ilhom manbai bo'lib kelgan, masalan, manzara va 
hayvonlar rasmini chizuvchi rassomlar ijodida tabiat markaziy 
o'rinni egallagan. Tabiatning go'zalligi doimo odamlarni o'ziga 
jalb qiladi va ularning kayfiyatiga foydali ta'sir ko'rsatadi. Free Powerpoint Templates
Page  8Jamiyat  va  tabiat,  inson  va  yashab  turgan  muhit  o‘rtasidagi 
o‘zaro  ta’sir  muammosi—insoniyatning  abadiy  muammolaridan 
biridir.  Falsafiy  tafakkurning  butun  tarixi  davomida  u  turlicha 
hal  qilib  kelingan.  XVIII-asrda  Fransiya  sotsiologi  Monteske 
o‘sha  davr  uchun  xos  bo‘lgan  fikrni  olg‘a  suradi.  U  «Qonunlar 
ruhi  to‘g‘risida»  nomli  asarida  jamiyat  tabiatga  to‘la  ravishda 
qaramligi  to‘g‘risidagi  g‘oyani  rivojlantirib,  «Iqlimning 
hukmronligi  barcha  kuchlardan  ustunroqdir»,  degan  shiorni 
olg‘a suradi. 
        Kishilar  jamiyatini  tabiatga  qarshi  qo‘yadigan,  kishilar  bilan 
tabiat  o‘rtasidagi  aloqani  istisno  qiladigan  idealistik  qarashlarga 
qarshi  o‘larok  tabiat  bilan  inson  o‘rtasidagi  chambarchas 
bog‘liklikni  asoslash  va  ko‘rsatish  muhim  ahamiyatga  molikdir. 
Shuningdek,  tarixga  ikki  tomondan  qarash  mumkin,  ular  tabiat 
tarixi  va  insonlar  tarixi.  Biroq,  har  ikkisi  ham  bir-biri  bilan 
o’zaro chambarchas bog‘likdir.  Free Powerpoint Templates
Page  9Jamiyat  va  tabiat  birligini  ta’kidlar  ekanmiz,  biz  uning  timsolida 
ularning  moddiy  jihatdan  birligini  tushunamiz,  ya’ni  ular 
moddiydirlar,  bir  xil  kimyoviy  moddalardan  iboratdirlar,  nazariyada 
dialektik  deb  ataluvchi  ba’zi  bir  ob’ektiv  (xolis)  qonunlarga  garchi 
o‘ziga  xos  shaklda  bo‘lsa  ham  bo‘ysunadilar.  Jamiyatda  ijtimoiy 
qonunlar  bilan  birga  fizika,  kimyo  va  biologiya  qonunlari  ham  amal 
qiladi. Bunda inson, jamiyat tabiatning bir qismi sifatida tavsiflanadi. 
Insonning  jismoniy  va  ma’naviy  hayoti  tabiat  bilan  chambarchas 
bog‘langandir.  Bu  tabiat  o‘z-o‘zi  bilan  chambarchas  bog‘lik 
demakdir,  zero  inson  tabiatning  bir  qismidir,  uning  farzandi, 
rivojining  gultojidir.  Mazkur  holat  avvalambor  tabiat  inson  va 
jamiyat  paydo  bo‘lishining  yetakchi  omili  ekanligida  ko‘rinadi. 
Tabiat rivojining mahsuli bo‘lmish insoniyat tabiatga tobora ko‘p o‘z 
ta’sirini  ko‘rsatadi,  inson  faqat  har  xil  o‘simlik  va  hayvonot  turlari 
o‘rnini  o‘zgartiribgina  qolmay,  binobarin  ularni  shu  darajada 
o‘zgartirdiki,  uning  faoliyati  natijalari  yer  shari  umumiy  o‘limga 
mahkum bo‘lgandagina u bilan birga yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Free Powerpoint Templates
Page  10Inson  nafakat  tabiatni  o‘rganib  biladi,  balki  o‘zini  o‘rab  turgan  dunyoni 
o’zgartiradi,  «ijod»  qiladi  ham.  Biroq  landshaft  (tabiat  manzarasi)ni  g‘oyat 
o‘zgartirib  yuborgan  va  koinotgacha  chiqa  olgan  insoniyat  hech  qachon 
tabiatdan  uzilib  ketolmaydi,  u  hamma  vaqt  uning  bag‘rida  yashaydi. 
Insoning  ijodiy  imkoniyatlari,  uning  tabiatni  bilish  va  o‘zgartirish 
qobiliyatlariga  kelganda,  ular  chek-chegarasizdir.  Moddiy  ishlab  chiqarish 
jarayonida  odamlar  o‘rtasida  vujudga  keladigan  munosabatlarsiz  ishlab 
chiqarshining  o‘zi  ham,  inson  hayoti  moddiy  sharoitlari  ham  bo‘lmaydi, 
demakki  jamiyat  ham  bo‘lmaydi.  Jamiyat  bu  odamlarning  birgalikdagi 
harakati,  o‘zaro  ta’sirining  mahsulidnr,  bu  odamlarning  ijtimoiy 
munosabatlaridagi  insonning  o‘zidir.  Insonning  mehnat  faoliyati  uning 
tabiatga  bo‘lgan  munosabati  asosida  yotadi.  Inson  tabiatga  ta’sir  ko‘rsatar 
ekan,  u  mehnat  vositalari  yordamida  tabiiy  muhitni  o‘z  muhtojliklari  va 
ehtiyojlariga  moslashtiradi,  o‘zining  ashyolar  (predmetlar)  dunyosini 
yaratadi, o‘z hayot faoliyati sharoitlarini qayta ishlab chiqaradi Free Powerpoint Templates
Page  11Insoniyatning    rivojlanish  tarixi  tabiiy  sharoitlarga  moslashish,  yangi  y erlarni 
ochish,  tabiiy  boyliklarni  topish  va    o‘zlashtirishdan  iborat  bo‘lgan. 
Taraqqiyotning  dastlabki  bosqichida  aholi  sonining  o‘sishi  oziq-ovqat 
y etishmasligi,  yirtqich  hayvonlar,  iqlim  sharoitlari  kabi  omillar  ta’sirida 
cheklangan.  
Ijtimoiy  ekologiyaga  doir  adabiyotlarida  “Tabiat-jamiyat»  tizimining 
evolyutsion    rivojlanishini  davrlarga  bo‘lish  xususida  turli  fikrlar  mavjud. 
Mualliflarning  bir  toifasi  beshta  davr  (bosqich)ni,  boshqalari  to‘rtta, 
uchinchilari uchta davrni tilga oladilar. Ko‘pgina mualliflar davrlarga bo‘lishda 
jamiyat  tarixi  beshta  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyalarga  bo‘linishini  asos  qilib 
oladilar. Bular,  Birinchi  davr  ibtidoiy-jamoa  tuzumini  o‘z 
ichiga  oladi.  Bu  davr  ibtidoiy  odamlari 
oddiy  mehnat  qurollariga  ega  edi.  U 
qurollar  asosan  ovchilik  va  tirikchilik 
uchun  narsalar  to‘plashda  qo‘llanilgan. 
Jamiyat  qaror  topishining  ilk  bosqichla- 
rida  tabiat  hayot  kechirish  vositalarini 
bevosita  beravergan  va  shu  bois  oldiniga 
ularni  ishlab  chiqarishga  ehtiyoj 
bo‘lmagan.   Tabiat va jamiyat munosabatlari  rivojlanish bosqichlari  Free Powerpoint Templates
Page  12Jamiyat  bilan  tabiatning  o‘zaro  ta’siri  evolyutsiyasining  ikkinchi 
davri  Qulchilik  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzumi  bilan  bog‘likdir.  Bu  davr 
odamga,  ishlab  chiqarish  vositalari  va  umuman  tabiat  boyliklariga 
nisbatan  xususiy  mulkchilikning  paydo  bo‘lishini  shuningdek, 
metallardan  yasalgan  mehnat  qurollari  yanada  rivoj  topishi  hamda 
ularni  qo‘llash  doirasi  kengayishini  o‘z  ichiga  oladi.  Mazkur 
qurollar  yordamida  inson  tabiat  bosqichlarini  o‘z  ehtiyojlariga 
ijodiy  ravishda  moslashtirishga  tobora  faolroq  kirishadi. 
Jamiyatning  tabiiy  vositalarga  ta’sir  o‘tkazishining  uchinchi  davri 
feodalizm  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzumiga  to‘g‘ri  keladi.  Jamiyatning 
tabiatga  ta’sir  o‘tkazishi  shakllari  jihatidan  bu  davr  ikkinchisidan 
kam farq qiladi. Ikkinchi davr bilan uchinchi davr o‘rtasidagi jiddiy 
farq  shundaki,  qulchilik  shakllarining  krepostnoy  qaramlik  bilan 
almashishi  ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlantirish,  tabiatni  bilish 
va o‘zgartirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berdi. Free Powerpoint Templates
Page  13To‘rtinchi  davr  kapitalistik  tuzumni  o‘z  ichiga  oladi.  U  ikki 
bosqichga  bo‘linadi.  Birinchi  bosqich  mashinalashgan  ishlab 
chiqarish  paydo  bo‘lishi,  fan  va  texnikaning  zamonaviy  sivilizatsiya 
turli  shakllarining  gurkirab  rivojlanishi  bilan  bog‘liqdir.  Fan  va 
texnika  taraqqiyoti  jamiyatning  tabiatga  ta’sir  o‘tkazish 
imkoniyatlarini  shu  qadar  oshirib  yuboradiki,  V.I.Vernadskiy 
ta’biricha,  «Insoniyat,  umuman  olganda,  tabiat  muhitini 
o‘zgartiruvchi va  qayta tuzuvchi qudratli  geologik kuchga aylanadi». 
Jamiyatning  tabiatga  ta’sir  o‘tkazishi  kapitalistik  tuzumning  ikkinchi 
bosqichi  kapitalizmning  monopolistik  pog‘onasi  bilan  bog‘liqdir. 
Kapitalizm  rivojining  bu  bosqichida  mashinalashgan  texnikani 
yoppasiga  qo‘llash,  raqobat  va  ishlab  chiqarish  anarxiyasi 
sharoitlarida  jamiyatning  tabiatga  vahshiyona  munosabati  saqlanib 
qoladi.  Jamiyat  bilan  tabiat  o‘rtasidagi  ziddiyat  ancha  keskinlashadi, 
ekologiya  bo‘hroni  (krizisi)  xavfi  ro‘y  rost  voqelikka  aylanadi. 
Biosfera  boyliklari  chek-chegarasiz  va  bitmas-tuganmasligi 
to‘g‘risidagi gaplar chippakka chiqadi. Free Powerpoint Templates
Page  14Jamiyatning  tabiatga  ta’siri  evolyutsiyasining  beshinchi  davrini 
sotsialistik  tizim  paydo  bo‘lishiga  bog‘lashadi.  Bu  davrning  birinchi 
bosqichi  tabiatdan  foydalanishning  kapitalistik  va  sotsialistik 
tizimlari  amal  qilishi  bilan  tavsiflanadi.  Bu  tizimlar  nafaqat  «inson 
—  jamiyat»  munosabatlari  shamoyili  bo‘yicha,  balki  «jamiyat  — 
tabiat»  munosabatlari  shamoyili  bo‘yicha  ham  bir-biriga  qarama-
qarshidir.  Bu  tizimlarning  mavjudligi  o‘zaro  birgalikda  ularning 
tabiatga  bo‘lgan  munosabatlarida  ham  muayyan  iz  qoldiradi.  Bu 
davrning  ikkinchi  bosqichi  yangi  ekologik  tafakkurning  paydo 
bo‘lishi,  umuminsoniyat  manfaatlari  yo‘lida  tabiiy  muhitni  g‘oyat 
katta  miqyoslarda  qayta  qurish  zarurati  bilan  bog‘liqdir.  Bu 
bosqichda tabiatni juda katta miqyoslarda oqilona o‘zgartirish sohasi 
oyoqqa  turadi  va  rivojlanadi.  Adabiyotlarda  shuningdek  jamiyat  va 
tabiatning o‘zaro ta’siri tarixini to‘rt davrga bo‘lish keng o‘rin olgan. 
Bular quyidagi davrlar: 1) o‘ziniki qilib olish; 2) agrar; 3) industrial; 
4) noosfera davrlari.  Free Powerpoint Templates
Page  15F.  Engels  «Oila,  xususiy  mulk  va  davlatning  kelib 
chiqishi»  kitobida  inson  tabiatni  o‘zlashtirishi 
shamoyiliga  qarab  jamiyat  tarixida  uch  davrni  ajratib 
ko‘rsatadi. Bular:1)Yovvoyilik,—deb yozadi Engels,—
bu  asosan  tabiatning  tayyor  mahsulotlarini 
o‘zlashtirish  davridir;  Inson  tomonidan  yaratilgan 
mahsulotlar  asosan  ana  shunday  o‘zlashtirishda 
yordamchi qurol bo‘lib xizmat qilgan. 2)Vahshiylik bu 
chorvachilik  va  dehqonchilik  bilan  shug‘ullanila 
boshlangan  davr,  inson  faoliyati  yordamida  tabiat 
mahsulotlari  ishlab  chiqarishni  ko‘paytirish  usullarini 
egallash  davridir.  3)Sivilizatsiya—bu  tabiat 
mahsulotlariga  ishlov  berishni  yanada  egallash  davri, 
asl ma’noda sanoat va mohirlik davridir. Free Powerpoint Templates
Page  16Bulardan tashqari hozirgi paytda adabiyotlarda  “ Tabiat - jamiyat»  tizimining evolyu t sion  
rivojlanishi  tarixida  beshta    ijtimoiy-ekologik    bosqichni  quyidagicha  zamonaviy  ta’rifi 
keltirilmoqda . 
1.  Uzoq  vaqt  davomida  insonlar  tayyor  mahsulotlarni  termachilab  va  ov  bilan  kun 
kechirganlar. Insonlar tabiiy sharoit va oziq-ovqatning mavjudligiga to‘la qaram bo‘lgan. 
40  ming  yil  oldin  y er  yuzida  aholi  soni  10  mln.  kishidan  ortgan.  Keyingi  30  ming  yil 
davomida  mehnat  va  ov  qurollarini  takomillashtirish,  hayvonlarni  xonakilashtirish, 
ayrim  o‘simliklarni  y etishtirish    bilan  insoniyat  ovqat  ta’minoti  masalasini  asosan    hal 
qilgan.    Bu  davrda  insonlarning  atrof-muhitga  ta’siri  mahalliy  darajada  bo‘lgan.  Bu 
ibtidoiy  bosqich  deb  yuritiladi.  Keyinchalik  dehqonchilik  va  chorvachilikning 
rivojlanishi  bilan  insonlar  o‘troq  yashashga  o‘ta  boshladilar  va  jamiyat  shakllandi. 
Insonlarning atrof-muhitga  ta’siri xarakteri va miqyosi o‘zgargan.   
2.  10  ming  yil  oldin  oziq    y etishmasligi  va  tabiiy  sharoitlarning  cheklovchi  roli  yana 
ham  kamaygan.  Ye r yuzida aholi soni 50 mln. kishidan ortgan. Dastlabki antik shaharlar 
vujudga  kelgan ,   madaniyat  rivojlangan.  O‘simlik  va  hayvonlarning  hayot  tarzi,  yashash 
sharoitlari va moslashishlari, sonining o‘zgarishlari  haqidagi dastlabki ekologik bilimlar 
eramizdan  avvalgi  asarlarda  qadimgi  Rim  va  Y u nonistonda  vujudga  kelgan.  Bu  davrga 
kelib  tabiatga  inson  ta’sirining  kuchayishi  -  o‘rmonlarning  kesilishi,  y erlarning  sho‘r 
bosishi, dastlabki cho‘llashish vaziyatlari kuzatilgan. Antropogen  ta’sir natijasida, ayrim 
hayvon  turlari  qirilib  ketgan,  alohida  noyob  o‘simlik  va  hayvon  turlari  muhofaza 
qilingan. Bu agrar bosqich deb  yuritiladi. Keyinchalik insonlarning atrof tabiiy muhitga 
ta’siri kuchayib borgan.   Free Powerpoint Templates
Page  173.  O‘rta  asrlarga  kelib  aholi  soni  500  mln.  kishidan  ortgan.  O‘rta  Osiyoda 
dastlabki  ekologik  bilimlar  vujudga  kelgan.  Ye vropada  u yg‘onish  davrida 
ekologik bilimlar rivojlangan.
X V III - asrning  oxirlarida,  1784-yilda  bug‘  mashinasining  ixtiro  qilinishi  bilan 
insoniyat  tarixidagi  industrial  bosqich  boshlangan.  Bu  davrga  kelib  inson 
xilma-xil    tabiiy  resurslardan  foydalana    boshlagan,  antropogen  modda 
almashinuvining ko‘lami oshgan.  
4.  XIX - asrda  aholi  soni  1  mlrd.  kishidan    oshgan,  tabiiy  resurslarni  qazib  olish 
va  ishlatish  hajmi  o‘sgan,  ayrim  o‘simlik  va  hayvon  turlari  qirilib  ketgan.   
Atrof-muhitning  ifloslanishi  kuchaya  boshlagan.  XIX - asrning  ikkinchi 
yarmidan jamiyat tarixidagi texnogen bosqich ni boshlab bergan .
  1864-yili  A Q SHda  geograf-olim  G.Marsh(1801-1882)ning    «Inson  va  tabiat 
yoki    Insonning  tabiatni  fizik-geografik  sharoitlarining  o‘zgarishiga  ta’siri» 
degan  asari  e’lon  qilingan.  G.Marsh  birinchi  bo‘lib    insonning  tabiatga  salbiy 
ta’siri  xaqida  alohida  kitob  yozdi.  U  insonning  tabiatga  ongli  va  stixiyali 
ta’sirining  og‘ir  ekologik  oqibatlarini  tahlil  qilib,  bu  muammolarni 
o‘rganadigan  alohida  fan-«yangi  geografiya»  zarurligini  ta’kidlagan.   Oradan  2 
yil o’tib  1866-yili E.Gekkel(1834-1919) ekologiya faniga asos soldi.  Free Powerpoint Templates
Page  18Ekologiya  alohida  fan  sifatida    XX - asrning  boshlariga  kelib  shakllandi. 
Dastlab o‘simlik va hayvonlar ekologiyasi,  keyinchalik inson ekologiyasi va 
ijtimoiy  ekologiya  vujudga  kelgan.  XX - asrda  tabiat  va  jamiyat 
munosabatlari  keskinlasha  boshlagan.  Asosiy  mineral  xomashyo 
resurslarining  y etishmovchiligi,  isrofgarchilik  bilan  o‘zlashtirilishi  noxush 
ijtimoiy-siyosiy va ekologik  oqibatlarga sabab bo‘lgan. XX - asrning ikkinchi 
yarmiga  kelib  hayot  sharoitlarining   yaxshilanishi, fan-texnika inqilobi  aholi 
sonining keskin ortishi   «Demografik portlash»ga olib keldi
    Ye r  yuzi  aholisi  sonining  keskin  o‘sishi    odamlar  o‘rtacha  umr 
davomiyligining  ortishi,  oziq  maxsulotlari  bilan  ta’minlanishining 
yaxshilanishi,  ayrim  kasalliklarning  tugatilishi,    bolalar  o‘liminig  kamayishi 
va boshqalar bilan bog‘liqdir. 
  5. Aholi  sonining  o‘sishi,  tabiatga  ta’sirning  kuchayishi  natijasida  mahalliy, 
regional,  dunyo  miqyosidagi  global  ekologik  muammolar  kelib  chiqdi. 
Y a dro  energiyasidan  keng  foydalanila  boshladi.  Inson  kosmosga  chiqib, 
Oyni  zabt  etdi.  Jamiyat  taraqqiyotining  noosfera( “ noos ” -aql,  “ sfera ” -qobiq) 
bosqichiga o‘ta boshladi. Free Powerpoint Templates
Page  19Biosfera  va  noosfera  to‘g‘risidagi  umumlashtiruvchi 
tabiatshunoslikka  doir  ta’limotni  Rus  olimi  V.I.Vernadskiy 
yanada  rivojlantirdi.  Qomusiy  olim  Yerda  hayotning 
rivojlanishiga  planeta  va  fazo  jarayonlari  bilan  uzviy 
aloqada  amalga  oshadigan  fazo  planeta  jarayoni,  deb 
qaraydi.  Bunda  hayotning  o‘zi  jonli  moddaning  alohida, 
yagona  bir  butunligi,  Yer  yuzasidagi  barcha  jonli 
organizmlarning  majmui  sifatida  ta’riflanadi.  Ana  shu 
a’zolar  Yer  yuzi  bo‘ylab  tarqaladi,  uni  o‘zgartiradi,  alohida 
uyushqoqlikni  yaratadi.  Jonli  organizmlarning  sayyorada 
tarqalishining  butun  sohasi  Vernadskiy  tomonidan  biosfera, 
hayotning  yagona  bir  butunligi  joylashgan  alohida  makon 
sifatida ta’riflanadi.  Free Powerpoint Templates
Page  20Biosfera o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi eng ulkan ekologik 
tizim  sifatida  koinotda  nodir  hodisadir. V.I.Vernadskiy 
tizimning  tabiiy  faoliyati  va  doim  harakatdagi 
muvozanatini  ta’minlaydigan  biosferaning 
uyushqoqligi  geologiya  davrida  yer  qobig‘ida 
biologiya-geologiya  kimyo  jarayonlarining  asta-sekin 
murakkablashuvi  natijasida  qaror  topgan.  Bu 
jarayonlar  esa  jonli  moddaning  tabiiy  faoliyati  sababli 
ro‘y  beradi.  Olimning  talqinicha,  «Jonli  modda» 
(materiya)—bu uning o‘ziga xos bir qancha xususiyati 
bo‘lgan  tiriklikka  (jonga)  ega  moddadir  va  ayni 
zamonda  geologik  jarayonlarda  qatnashadigan 
organizmlar majmuidir».  Free Powerpoint Templates
Page  21V.I.Vernadskiy  yer  qobig‘ida  ro‘y  beradigan  jarayonlarga 
biogeokimyoviy ta’sir ko‘rsatadigan jonli modda tarkibiga insoniyatni 
ham  kiritadi.  Odamning  biologik  mohiyati  ekologiya  jihatidan 
biosfera  bilan  bog‘langandir,  zero  u  o‘z  fiziologiyasi  bilan  energetika 
oqimlari  va  biogeokimyoviy  hodisalar  davrasiga  tortilgan.  Demak, 
«Jamiyat-tabiat»  tizimiga  (biosfera  tushunchasiga  kiruvchi)  ikki 
tarkibiy  qismli  tabiiy-ijtimoiy  tizim,  planetar  ijtimoiy  ekologiya 
tizimi,  deb  qarashga  asoslar  bor.  Uning  shakllanishi  va  faoliyat 
ko‘rsatishida  inson  ongi  alohida  rol  o‘ynaydi.  Ammo  bu  tizimda 
insoniyatning roli  jonli  moddalarning  boshqa shakllaridan farq  qiladi. 
Bu  xususda  olim  shunday  deb  yozadi:  «Insoniyatnnng  bir  xil  jonli 
modda sifatida geokimyoviy ahamiyatini o‘rganishda biz uni butunlay 
vaznga, tarkibga va energiyaga mansub qilib qo‘ya olmaymiz. Biz bu 
yerda  yangi  omil  —  inson  ongiga  duch  kelamiz»  shunday  qilib, 
biosfera,  bir  tomondan,  jonli  moddaning  faoliyatidir,  ikkinchi 
tomondan,  planetar  ekologiya  tizimi  sifatida  organik  hayot 
evolyutsiyasining tabiiy platformasidir. Inson esa uning cho‘qqisidir.  Free Powerpoint Templates
Page  22Bilimlar va texnikaviy yutuklar bilan qurollangan inson biosferaning faoliyati 
ko‘rsatilishiga va uyushqoqliligiga hamda uning sifat jihatidan yangi holat — 
noosferaga  o‘tishiga  ta’sir  ko‘rsata  boshladi.  «Noosfera»  iborasi  ilmiy 
adabiyotga  1927-yilda  fransuz  matematigi  va  faylasufi  E.  Lerua  tomonidan 
kiritilgan.
Ammo  V.  I.  Vernadskiy  unga  butunlay  yangi  ijtimoiy  ekologik  mazmun 
baxsh  etgan.  Uning  tushuntirishicha,  noosfera  biosferaning  shunday  bir 
holatidirki,  unda  ong  va  shu  ong  yo‘naltirib  turgan  inson  ishlari  planetada 
misli  ko‘rilmagan  geologiyaviy  kuch  sifatida  namoyon  bo‘lishi  kerak. 
Ko‘rinib  turibdiki,  noosfera  «biotik»  va  «ijtimoiylik»ni  birlashtiradiki,  bu 
yangi  uyg‘unlashgan  fan  —  ijtimoiy  ekolognyaning  shakllanishida  muhim 
ahamiyatga egadir.  Free Powerpoint Templates
Page  23TABIAT        JAMIYAT
• O'xshashlik :
• tizimlardir
• dinamik tizimlardir
Farqlar
U insondan mustaqil ravishda rivojlanishi 
mumkin. Tabiat inson hali Yerda bo'lmaganida 
mavjud edi.   Tabiat bilan chambarchas bog'liq, usiz 
mavjud bo'lolmaydi.
U odamlarning irodasi va xohishiga bog'liq 
bo'lmagan qonunlar asosida rivojlanadi. U jamiyatning o'zi tomonidan yaratilgan 
qonunlarga muvofiq, odamlarning 
faoliyati ta'sirida rivojlanadi.
Madaniyatni yaratishga qodir emas. Madaniyatni yaratadi.Tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'xshashlik va farqlar
•
Tabiat va jamiyat bir-biri bilan o'zaro ta'sir qiladi va ikki jihatdan: ijobiy 
va salbiy. Free Powerpoint Templates
Page  24TABIAT JAMIYAT
                             Ijobiy ta'sir
1.Bu inson yashaydigan 
muhit.
2. Tabiat hayot vositalari 
(issiqlik, oziq-ovqat, 
kiyim-kechak va 
boshqalar) manbaidir.
3.Kapital ishlab chiqarish 
manbalari
(metall, ko'mir, neft va 
boshqalar)
4.Tabiat jamiyat 
taraqqiyotini 
rag‘batlantiradi: tabiatni 
o‘zlashtirsa, jamiyat 
yaxshilanadi, rivojlanadi 1.Tabiiy muhitni muhofaza qilish - tabiatning ifloslanishidan, 
kamayishidan, buzilishidan saqlash.
2. Ekologik xavfsizlikni ta'minlash - jismoniy shaxslar, korxonalar, 
hudud, hudud va boshqalarni muhofaza qilish. insonning antropogen 
faoliyati va ekologik tabiatdagi tabiiy ofatlardan kelib chiqadigan 
tahdidlardan.
3.Yaratilish
energiya tejovchi texnologiyalar, tozalash inshootlari va boshqalar.
4. O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish (“Qizil kitob”)Jamiyat va tabiatning o'zaro ta'siri Free Powerpoint Templates
Page  25Tabiat                                      Jamiyat
Salbiy ta'sir
1.Tabiiy-geografik 
sharoitlarning ijtimoiy 
rivojlanish sur'atlarini 
tezlashtirish yoki sekinlashtirish 
qobiliyati.
2. Inson salomatligiga salbiy 
ta'sir ko'rsatish qobiliyati 
(meteorologik qaramlik va 
boshqalar).
3. Tabiiy ofatlarning halokatli 
ta'siri (zilzilalar, toshqinlar, 
qurg'oqchiliklar) 1.Yerning, ayniqsa, suv 
havzalarining, atmosferaning 
sanoat chiqindilari bilan 
ifloslanishi
2. O'simlik va hayvonot 
dunyosini yo'q qilish, 
o'rmonlarni kesish
3. Atom energiyasidan ham 
harbiy, ham tinch maqsadlarda 
foydalanish, yer osti va yerosti 
yadroviy portlashlar    Jamiyat va tabiatning o'zaro ta'siri Free Powerpoint Templates
Page  26Xulosa .
Xulosa  o’rnida  shuni  aytish  kerakki,     tabiat  va  jamiyat  munosabatlar i 
evolyutsiyasi ning  shakllanishi  antik  davrga  borib  taqaladi.   Bizga  ma’lumki 
tabiat  va  jamiyat  evolyutsiyasi   rivojlanishi  turli  bosqichlarni  bosib   o’tgan 
bo’lib  ushbu  davrlarda  insonlarning  tabiatga  munosabati   ham   turlicha   
shuningdek  ularning  ta’sir  doirasi  ham  turlicha  bo’lgan.   Ilm- fan  texnika 
taraqqiyoti  rivojla nishi  natijasi da   esa   insonlarning  tabiatga,  atrof-muhitga 
uning  resurslaridan  foydalanishga  qaratilgan    munosabati    jadal  rivo jlandi. 
Buning oqibati da  tabiatdagi tabiiy barqarorlik muvozanat izdan chiqa boshladi 
natijada  turli  xil  ekologik  muamolar  yuzaga  kel a  boshladi .   Hozirgi  paytda 
odamlar  tabiatni  o'zgartirishni  to'xtata  olmaydi,  lekin  uni  o'ylamasdan  va 
mas'uliyatsiz,  ekologik  qonunlar  talablarini  hisobga  olmasdan  o'zgartirishni 
to'xtata  oladi  va  to'xtatishi  kerak.  Odamlarning  faoliyati  ana  shu 
qonuniyatlarning  ob'ektiv  talablariga  muvofiq  davom  etsa,  ularga  qaramay 
emas,  tabiatni  inson  tomonidan  o'zgartirishi  uni  buzmaslik,  saqlash  yo'liga 
aylanadi  va  biz  yuqorida  keltirilgan  holatlarga  har  birimiz  befarq 
bo’lmasligimiz  kerak.  Negaki  tabiat  bizga  ajdodlardan  qolgan  meros  emas 
avlodlardan olgan qarzimizdir. Free Powerpoint Templates
Page  27Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Xolmo`minov J.T. Ekologiya va qonun. Toshkent, 2000 yil.
2. Hayitboev E.R. Ekologiya huquqi o`quv qo`llanmasi. 
Toshkent,2001 yil.
3. Egamberdiev R. Ekologiya. –T.: O'zbekiston, 1993y.
4. Tursunov X.T. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. –
T.: Saodat RIA, 1997y.
5. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni 
muhofaza qilish. –T.: Yangi asr avlodi, 2005y
6.To'xtaev A., Xamidov A. Ekologiya, biosfera va tabiatni 
muhofaza qilish. –T.: O'qituvchi, 1995.
7. Otaboev Sh., Nabiyev M. Inson va biosfera.-T.: O'qituvchi, 
1995.
8. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. –Qarshi: Nasaf, 
9. To'xtaev A. Ekologiya.-T.: O'qituvchi, 1998.
www.google.uz

Free Powerpoint Templates Page 1Free Powerpoint TemplatesMAVZU: TABIAT VA JAMIYAT MUNOSABATLARINING EVOLYUTSIYASI

Free Powerpoint Templates Page 2Kirish. Asosiy qism. Reja: 1. Tabiat va jamiyat munosabatlari . 2. Tabiat va jamiyat munosabatlari rivojlanish bosqichlari . 3 . V.I.vernadskiyning biosfera va noosfera to’grisidagi ta’limoti 4. Tabiat va jamiyat munosabatlari o’rtasidagi o’xshashlik va farqlari, o’zaro ta’siri (jadval ko’rinishida). Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.

Free Powerpoint Templates Page 3 Tabiat o’ziga xos murakkab tizim bo’lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o’z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziq - ovqat, mineral va yonilg’i xomashyolarini oladi va o’zining hayot faoliyati davomida tabiatga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Natijada tabiat uchun yod bo’lgan yangi obyektlar vujudga keladi. Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo’llar, konlar, suv omborlari, qishloq xo’jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar atrof tabiiy muhitiga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. K irish

Free Powerpoint Templates Page 4Yer yuzida aholi sonining keskin o’sib borishi, fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis tarqalmaganligi mavjud tabiiy resurslardan imkon qadar ko’proq foydalanish va shu yo’l bilan jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo qiladi. Natijada tabiat va inson o'rtasidagi o‘zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning buzilishi esa ertami-kechmi ekologik inqirozga olib keladi.

Free Powerpoint Templates Page 5 Tabiat - keng ma’noda borliq, olam va uning xilma xil shakllari: tor - ma’noda kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo’lgan atrof tabiiy muhit. Jamiyat keng ma’noda insonlarning tarixan qaror topgan birgalikdagi faoliyatlari majmui yoki tor ma’noda ijtimoiy munosabatlarning konkret tipi. Jamiyat va tabiat tizimini ko’rib chiqayotganda ikkinchi tor ma’nodagi tushuncha qo’llaniladi. Chunki inson o’zining hayoti davomida butun borliqdan emas balki uni o’rab turuvchi va uning ta’siri doirasida turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanishi mumkin. Tabiat va jamiyat munosabatlari.