TADBIRKORLIKDA MARKETING VA UNING MOHIYATI
• • MAVZU: TADBIRKORLIKDA MARKETING VA UNING MOHIYATI
RE JA • 1. MARKETING HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT • 2. MARKETINGNING MAQSADLARI • 3.MARKETING FUNKSIYALARI
Marketing nima? Asosiy tushunchalar.
Marketingni asosi nimada? Marketingni jumbog'i shundaki, u insoniyatning eng qadimiy faoliyatlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-fan hisoblanadi. Marketingni bir qancha tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob mualliflari martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi. Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi. Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foydasini ko'radi.
Marketingning maqsad va vazifalari Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorning ehtiyojlari va zaruratlarini aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir.