logo

TAFAKKUR 3

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

441.755859375 KB
  Mavzu: TAFAKKUR
Reja:
 
1. Tafakkur va uning xususiyatlari.
2. Tafakkur turlari va shakllari
3.
  Tafakkur operatsiyalari va	  qonuniyatlari.
4.	
 Tafakkur sifatlari.
5.
 Tafakkurning individual	 xususiyatlari va rivojlanishi.                 
Tafakkur  -  narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar 
va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishi.

Analiz  – narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan 
xususiyatlarini tahlil qilish.

Sintez  – narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim 
qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy 
ravishda birlashtirib, butun holiga keltirish.

Abstraksiya  – moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim 
xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va 
hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini 
fikran ajratish.                 
Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni 
bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va 
shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, 
idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan 
hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan 
xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari 
inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir .  Lekin 
alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal 
etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob 
topish uchun etarli emas. Bu savollar: «yuaga kelgan vaziyatda nimani, 
qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil 
bo‘ladi?»dan iborat. Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur 
yordam beradi .	
  Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik 
jarayoni hisoblanadi .	
  Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan 
voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat .                                  
Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, 
modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli 
aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan 
ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.

Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir 
ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha  
belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish 
imkonini yaratuvchi	
  vositali	 tarzda	 aks	 ettirish dir. Hodisalarning 
qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi 
belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror 
o‘zaro aloqalarning belgilarini	
  aniqlab oladi.

Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida 
yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. 
Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga 
javobdan boshlanadi.                 
Tafakkur muammosini ko‘rib chiqqan a.a.smirnov tafakkur va  aqliy	 
jarayonlarning	
 assotsiativ	 tarzda	 kechishi ni tafovutlash zaruriyati 
haqida ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz 
assotsiatsiyalardan keng foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini 
echishda ahamiyatli yordam ko‘rsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ 
kechishida holat o‘zgacha bo‘ladi. Muhim tafovut shundan iboratki, bu 
vaziyatda o‘z oldimizga hech qanday maqsad qo‘ymaymiz, chunki hech 
qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon ikkinchisi bilan 
almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda bog‘langan bo‘ladi. 
Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi ko‘p hollarda inson 
toliqqan bo‘lib, hordiq olishni	
  xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga 
ketishdan oldin xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o‘ylar o‘tishini 
kuzatgansiz. Mana shu o‘ylar ma’lum assotsiatsiyalarga kiradi.                                  
TAFAKKUR –  Bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. 
Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur	 –	 bu kiritilgan 
yo‘nalishli-tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan 
harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan 
nazariy va amaliy faoliyat.

Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi 
sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish 
imkonini beradi.	
 Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot 
tafakkur faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi.	
 Oddiy psixik 
jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos	
  vazifasini o‘taydigan yuqoriroq 
darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil 
etadi.	
 Lekin hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik 
tuzilmalarning o‘zaro ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr 
mavjud emas.                 
Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega 
ekanligi shubhasizdir .  Bundan tashqari ,	  bosh miya po‘stlog‘ining 
tafakkurni  	
gnosti k  	( bilish )	  vazifasi bilan ta’minlovchi doirasi, shuningdek, 
tafakkur jarayonini ta’minlovchi miya nutq markazlari ham katta 
ahamiyatga ega .  T afakkurning ikki darajasi mavjud :   FAHM-
FAROSAT  	
–	  abstraksiyalardan foydalanish o‘zgarmas chizmalar, 
namunalar chegarasida sodir bo‘ladigan oddiy tafakkur ,	
  sog‘lom 
fikr ,	
  tafakkurning boshlang‘ich darajasi, uning mantiqiy mazmunini emas, 
balki, ibora va dalillar tuzilishini o‘rganadi, bu aniq, izchilliklik bilan 
mulohaza yuritish, fikrlarni to‘g‘ri tuzish, dalillarni qat’iy tizimlashtirish, 
tasniflash layoqati ;	
  AQL  (dialekti k tafakkur ) –	  abstraksiyalarni ijodiy 
qo‘llash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo‘lgan 
nazariy bilishning oliy darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, 
ularning qonunlari va qarama-qarshiliklarini anglab etadi .                                  
TAFAKKUR – BU O‘Z TUZILISHI VA TURLARIGA EGA BO‘LGAN O‘ZIGA XOS FAOLIYAT. TAFAKKURNING 
TURLARGA BO‘LINISHI SHAKLI, XUSUSIYATI, OCHIB BERILGANLIK, YANGILILIK VA VOQELIKKA MOSLIK 
DARAJASIGA KO‘RA AMALGA OSHIRILADI (10.2	 RASM).

                                   
KO‘RGAZMALI-HARAKATLI TAFAKKUR  	–	  mohiyati real jismlar bilan amalga 
oshiriladigan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‘lgan tafakkurning alohida turi. 
tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi mehnat 
bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarda kengroq ifodalanadi.

yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi	
   so‘z-mantiqiy	 tafakkur  	 mavjud bo‘lib, u 
tafakkur tarixiy rivojlanishining so‘nggi bosqichidir.	
  unga tushunchalar va mantiqiy 
hosilalarni qo‘llash xosdir.

amaliy	
 tafakkur  	tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq vazifalarni 
bajarishga qaratilgan,	
   nazariy  – tajriba bilan ish ko‘rmasdan tushunchalardan 
foydalanadi.	
  diskursiv	 tafakkur  	– kengaytirilgan tafakkur,	  ichki	 sezgi  	 kechishining 
tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud emasligi, oz darajada anglanganligi 
bilan xaraterlanadi.  reproduktiv,	
 ishlab	 chiqaruvchi	 tafakkur  	– bu namuna bo‘yicha 
tafakkur, ijodkorlik esa	
  –	  yangi kashfiyotlar, yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur                 
tafakkurning aqliy	 jarayonning	 natijasi	 hisoblangan	 uch	 xil	 shakli:	 tushuncha,	 
mulohaza	
 va	 xulosa	 farq  	qilinadi.

tushuncha 	
 –   	bu jism va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bo‘lgan va 
farqlanuvchi belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. tushunchalar asosida hodisalar 
va jismlar haqidagi mavjud bilimlarimiz yotadi. u	
  aniq  	va	  mavhum  	bo‘lishi mumkin. 
jismning barcha belgilaridan aynan ushbu jism yoki o‘xshash jismlar guruhini 
xarakterlab beruvchi ma’lum belgilar yig‘indisi ajratilgan bo‘lsa, u holda aniq bir 
tushuncha haqida gap ketadi. bunday tushunchalarga shahar, g‘oya, jamiyat va 
boshqalar kiradi. agar jismdagi biror-bir alohida belgi ajratilib, va bu belgi o‘rganish 
predmeti bo‘lib xizmat qilsa, alohida jism sifatida o‘rganilsa, mavhum tushuncha hosil 
bo‘ladi. bunday tushunchalarga fidokorlik, tenglik, vijdoniylik va boshqalar kiradi.                 
Tushunchalar  ayrim  	va	  umumiy  	bo‘lishi mumkin. Ayrim belgilar deb, jismning qaysi 
sinfga tegishliligidan qat’iy nazar, yagona jismga taalluqli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. 
Ayrim tushunchalarga moskva, toshkent, baykal ko‘li va boshqalar kiradi. Umumiy 
tushuncha deb, bir jismga emas, balki, jismlar sinfiga, bu sinfdagilarning istalgan 
jismiga tegishli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. Masalan, samolyot, davlat, korxona, 
institut va h.K.

        	
  Tushunchalarning	 tasavvurdan	 farq	 qiluvchi	 o‘ziga	 xos	 xususiyatlari ga, 
tasavvurlarning doimiy obrazga ega ekanligi, tushuncha esa	
  – bu so‘zda o‘z ifodasini 
topgan fikr ekanligidan iboratligi kiradi; tasavvur ahamiyatli va ahamiyatga ega 
bo‘lmagan belgilarni o‘z ichiga oladi, tushunchalarda esa faqatgina ahamiyatli belgilar 
saqlanib qoladi. Tushuncha tasavvurdan ko‘ra ko‘proq umumlashtirilgan aks ettirish 
hisoblanadi .                 
HUKM  –	   jismlar va hodisalar o‘rtasidagi aloqani aks ettiruvchi tafakkur shakli; biror 
narsani tasdiqlash yoki inkor etish. tasdiqlovchi hukmga misol sifatida: «psixika 
miyaning vazifasi», «barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi», inkor etishga –	
  «suvda 
hech qanday yog‘ erimaydi» kabi hukmlarni keltirish mumkin.

biz tasdiqlayotgan yoki inkor etayotgan hukmning ma’lum sinfning jislaridan birortasi, 
ba’zilari yoki har qaysi jismga taalluqli bo‘lishiga bog‘liq ravishda hukmlar ayrim, 
xususiy yoki umumiy bo‘lishi mumkin.	
  ayrim	 hukm : «bu odam hech qachon aldov 
yo‘liga kirmaydi».	
  xususiy	 hukm : «ba’zi metallar suvdan og‘irroq».	  umumiy	 hukm : 
«suyuqlikdagi har bir jismga u siqib chiqargan suyuqlikka teng bo‘lgan bosim ta’sir 
ko‘rsatadi».                 
hukmlarning ob’ektiv voqelikni aks ettirishiga ko‘ra ular chin va soxta bo‘lishi 
mumkin.  chin	 hukm  	jismlar va ularning xossalari o‘rtasidagi voqelikda mavjud bo‘lgan 
aloqalarni ifodalaydi. «massa – inertlik o‘lchovi» chin hukmdir.	
  xato	 hukm  	ob’ektiv 
hodisalar o‘rtasidagi voqelikda mavjud bo‘lmagan aloqani ifodalaydi, masalan: 
«barcha odamlar uchun o‘lim muqarrar emas».

bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur 
shakli	
  xulosa  	deb ataladi. boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‘ich 
hukmlar	
  xulosa	 dalillari  	deb ataladi. masalan, barcha slanetslarning yonuvchanligi 
ma’lum, va ushbu modda slanets bo‘lsa, u holda «ushbu moddaning yonuvchanligi» 
haqida xulosa yasash mumkin.

xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli	
  sillogizm  	hisoblanadi. masalan: 
«barcha	
 metallar	 – elektr	 o‘tkazuvchi.	 qalay	 – metall	 bo‘lgani uchun,	 qalay	 – 
elektr	
 tokini o‘tkazadi».                 
ANALIZ  –	  bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, harakatlar, 
munosabatlarga ajratish.	
  stolni,	 masalan,	 qopqog‘i, tirgaklari, g‘aladonlari va 
boshqalarga bo‘lish mumkin.	
 fikrlash jarayoni bevosita	  nutqiy faoliyatga kiritilganida 
analiz	
  amaliy ,	 va nazariy holatda	  aqliy  	bo‘ladi.

sintez  	
–	 bu qismlar, xossalar, harakatlarni fikran yaxlitlikka birlashtirish.	 xuddi 
shunday, o‘quvchi biror mavzuni o‘rganishda matnning hammasini o‘qib chiqadi, 
so‘ngra esa alohida ma’noga ega bo‘lgan qismlarni ajratadi, ya’ni matnni tahlil 
qiladi.	
 keyin eslab qolish uchun reja tuzadi	 –	 bu sintez operatsiyasi bo‘ladi.

taqqoslash  	
–	 bu jism va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari	  o‘rtasidagi 
o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash.	
 taqqoslash bir tomonlama (chala) va ko‘p 
tomonlama	
 (to‘liq);	 yuzaki va chuqur;	 bevosita va vositali bo‘lishi mumkin.                 
UMUMLASHTIRISH   –	   	jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli belgilari 
bo‘yicha fikran birlashtirish.	
 masalan,	 olma, nok, olxo‘ri, o‘rik va h.k.lardagi o‘xshash 
belgilar	
  «mevalar»	 so‘zi bilan ifodalanadigan yagona tushunchada namoyon 
bo‘ladi.	
 sodda umumlashtirishlar ob’ektlarni alohida, tasodifiy belgilar asosida 
birlashtirishdan iborat,	
 majmuiy umumlashtirish murakkab bo‘lib hisoblanadi, bunda 
ob’ektlar turli asoslarga ko‘ra birlashtiriladi.

abstraksiya  	
–	 bu jism va hodisalarning muhim bo‘lgan xossa va belgilarini	  fikran 
ajratib, bir vaqtning o‘zida ahamiyatsiz belgilar va xossalardan ayro holatda 
ko‘rsatish.	
 xuddi shunday,	 mas’uliyatlilik hissi haqida so‘z yuritganimizda, biror-bir 
ishchi, muhandis, talabaning emas, balki har bir insonning muhim xususiyati sifatida 
gapiramiz. abstraklashtirish odatda tahlil natijasida amalga oshiriladi.	
 aynan, 
abstraktlashtirish vositasida uzunlik, kenglik, miqdor, narx va boshqa tushunchalar 
yuzaga kelgan.                 
1. TAFAKKUR	  Muammo ni hal etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi;	  muammoli	 
vaziyat  	
yuzaga kelish sharoiti vazifasini o‘taydi,	 u boshlang‘ich ma’lumotning 
taqchilligi, sub’ektning aqliy faolligi yordamida engib o‘tish zarur bo‘lgan ma’lum bilish 
to‘siqlari, qiyinchiliklarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.

2.	
 Tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy qonuniyati	  sintez	 orqali	 tahlil	 
qilish : ob’ektni boshqa ob’ektlar bilan taqqoslash vositasida unda yangi	
  xossalarni 
ajratish hisoblanadi;	
 shunday qilib,	 «ob’ektdan, yangi mazmun	 yig‘ib olinadi,	 u har 
safar o‘zining boshqa tomonlari bilan o‘girilgandek bo‘ladi, unda yanada yangi xossalar 
namoyon bo‘ladi» (s.L. Rubinshteyn).                 
3.  tafakkurning	  asoslanganligi :	 har bir dalil, har bir hodisa o‘tmishdagi dalillar va 
hodisalar	
  asosida tayyorlanadi.	 hech bir narsa etarlicha asossiz sodir 
bo‘lmaydi.	
 etarlicha asoslash qonuni inson fikrining har bir mulohazada o‘zaro 
bog‘langan bo‘lishini, birining ikkinchisidan kelib chiqishini talab etadi.	
 har bir xususiy 
fikr umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‘lishi kerak.

4.	
  selektivlik  	(lot. –	 tanlash, tanlanish) –	 ma’lum vaziyat uchun zarur bo‘lgan bilimlarni 
tanlash, barcha imkoniyatga ega bo‘lgan holatlarni chetlab o‘tgan holda ularni 
muammoni hal etishga safarbar qilish.

5.	
  antitsipatsiya  	(lat. –	 oldindan sezish)	 voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, 
oldindan sezishni bildiradi.	
 inson voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, ularning 
natijalarini bashorat qilish, muammo echimining ehtimolligi chizmasini tasavvur qilish 
qobiliyatiga ega.                 
Tafakkur mazmundorligi  	deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy voqelik 
to’g’risida ongda qay miqdorda, ko’lamda mulohazalar, muhokamalar, fikrlar, 
muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab o’tilgan 
xarakterdagi g’oyalar to’lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor bo’ladi. Kishilar bir-
birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan tafovutlanadi.

          	
  Tafakkurning	 chuqurligi  	deganimizda moddiy dunyodagi narsa-hodisalarning 
asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning o’zaro bog’lanishlari, 
munosabatlari, tafakkurimizda to’liq aks etganligini tushunishimiz kerak. Tafakkur 
arsenalida joylashgan narsalarning qay yo’sinda sistemalashganligiga qarab to’g’ri va 
ratsional yo’l nazarda tutiladi, u yoki bu shaxsning tafakkur chuqurligi to’g’risida qat’iy 
bir qarorga kelish mumkin.                 
Tafakkurning kengligi  	o’zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan 
muntazam aloqada bo’ladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning eng muhim belgi, 
xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan o’tmish yuzasidan, hozirgi davr haqida, 
shuningdek, kelajak to’g’risida mulohazalar, muammolar va tushunchalarni qamrab 
olgan tafakkur	
  keng	 tafakkur  	deyiladi. Fikr doirasi keng bilim saviyasi yuqori serg’oya 
ijodiy izlanishdagi kishilarni aql zakovatli, bilimdon yoki tafakkuri keng kishilar deb 
atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, bilimdonligi mulohazadorligi uning 
tafakkurining kengligidan dalolat beradi.  	
 Inson tafakkuri o’zining mustaqilligi jihatidan 
mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi.	
  Tafakkurni	 mustaqilligi  	deganda 
kishining shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, 
ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga 
keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining aqliy 
izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat 
aqliy qobiliyatni tushunish kerak.                 
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va 
tanqidiyligida namoyon bo’ladi.  Aqlning	 sertashabbusligi  	deganda 
insonning o’z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar 
qo’yishni, ana shularning barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga 
etkazishda echimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o’zi izlashi, 
aqliy zo’r berib intilishi, ularga taaalluqli qo’shimcha belgi va alomatlarni 
kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo’lishini nazarda 
tutamiz.	
  Aqlning	 pishiqligi  	vazifalarni tez echishda, echish paytida yangi 
usul va vositalarni o’z o’rnida aniq qo’llashda, trafaretga aylangan eski 
yo’l hamda usullardan forig’ bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.                 
   O’zining o’zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin emasligini 
tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga, muammoli 
vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol	
  o’ynaydi. Tafakkurning 
tanqidiyligi ob’ektiv va sub’ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni 
baholash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog’liq 
ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo 
mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba’zan etalonga asoslanib amalga oshsa, unday 
tanqidiylik ob’ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub’ektiv 
xatolarga, umuman sub’ektivizmga og’ib ketsa, bunday holda sub’ektiv tanqidiylik 
deyiladi. Sub’ektiv tanqidiylik salbiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar 
o’rtasida anglashilmovchilik g’ovini vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda 
ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona ratsional tarzda 
vujudga kelsa, unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin.                 
Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, tayyor usul va 
vositalarga tayangan holda o’zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga oshirilishi 
jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. Nomustaqil tafakkurli 
kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o’sishdan orqada qolish xavfi tug’iladi. 
Natijada aql-zakovatli inson bo’lish o’rniga, kaltabin, aqldan erinchoq, behafsala odam 
bo’lib voyaga etadi. Demak, tafakkurning nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq bo’lib, 
yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.  Fikrning 
mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. Agar inson tomonidan 
muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g’oyalar, 
tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo’lsa, bunday 
kishining tafakkuri	
  sermahsul	 tafakkur  	deb ataladi. Demak, vaqt oralig’ida bajarilgan 
ish ko’lami va sifatiga oqilona baho berish tafakkur mahsuldorligini o’lchash mezoni 
sifatida xizmat qiladi.                 
Tafakkur ixchamligi  deganda muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan 
rejasi mazkur jarayonda masala echish shartini qanoatlantirmay qolsa, 
nomutanosiblik hosil bo’lsa hech ikkilanmay elastik ravishda o’zgartirishlar 
kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmog’imiz shart. Fikrning 
operativ jihatdan tezkorlik bilan o’zgartirishdan va to’g’ri yo’nalishga	
  
yo’llab yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. 
Masalan, talaba imtihonda avval g’oyani noto’g’ri yoritayotib, o’z-o’zicha 
birdaniga xatosini anglab to’g’ri javob bera boshlashi kabilar. Demak, 
tafakkurning mazkur sifati fikrlarni, axborotlarni tinglovchilarga xato va 
kamchiliklarsiz etkazib berish garovidir.                 
Tafakkurning tezligi  	qo’yilgan savolga va muammoga to’liq javob olingan vaqt bilan 
belgilanadi. Uning tezligi qator omillarga, jumladan fikrlar uchun zarur materialni tez 
yodga tushira olishga, muvaqqat bog’lanishlarning tezligi, turli hislarning mavjudligiga, 
insonning diqqatiga, qiziqishiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari tafakkurning tezligi 
boshqa shartlarga – insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko’nikma 
va malakalariga ham bog’liq ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur 
jarayonlarining tezligi va jarayonlarning ma’lum fursat ichida qanchalik samara 
berganligi bilan baholanadi.

 	
           Fikrlarning tezligi talabalar va o’quvchilarga zarur psixologik qurol bo’lib xizmat 
qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok qilgan talaba 
hayajonlanib, egallagan bilimlarini vaqtincha unutib o’zini yo’qotib qo’yadi. O’rinsiz 
salbiy emotsiyalar uning tafakkurini tormozlab, muvaffaqqiyatsizlikka olib keladi                 
Jahon psixologlarining ko’rsatishiga qaraganda, yuqorida tahlil qilib chiqilgan tafakkur 
sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog’liqdir. Tafakkurning asosiy va eng 
muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jihatlarni ajratib mustaqil 
ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. Inson oddiy 
narsalar to’g’risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib 
qolmaydi, balki hodisa mohiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqidagi umumiy 
qonuniyatni yaratishga harakat qiladi. Shubhasiz, inson tafakkuri hali izlanmagan, to’la 
foydalanilmagan zahira va imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy 
vazifasi ana shu zahirani to’la ochish fan-texnika rivojini intensivlashdan iborat. C h unki 
har qanday kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql-zakovatining mahsulidir. SHu 
boisdan ham fan va texnikaning rivojlanishi  insonshunoslik fanining rivojiga ko’p 
jihatdan bog’liqdir.                 
Bola maktab yoshiga etganida unda fikrlash imkoniyatlarining taraqqiyoti kuzatiladi. Bu 
hodisa yosh o‘zgarishlari bilan birga, birinchi navbatda, maktabda ta’lim olishda bola 
echishi zarur bo‘lgan intellektual masalalar bilan ham bog‘liqdir. Tushunchalar hosil 
bo‘lish jarayonida fikrlash operatsiyalarining taraqqiyoti sodir bo‘ladi. Maktab bolani 
tahlil qilishga, sintezlashga, umumlashtirishga o‘rgatadi, induksiya va deduksiyani 
rivojlantiradi. Maktabni tugatganida odamda tafakkurni rivojlantirish imkoniyati saqlanib 
qoladi. Lekin bunday rivojlanish dinamikasi, yo‘nalganligi uning faqat o‘zigagina bog‘liq 
bo‘ladi.

Hozirgi kunda fan tafakkurni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. 
Amaliyotda tafakkurni rivojlantirishning filogenetik, ontogenetik va tajribaviy 
yo‘nalishlari mavjud.  Filogenetik	 yo‘nalish  	insoniyat tarixiy rivojlanish jarayonida 
inson tafakkuri rivojlanishi va takomillashishini o‘rganishni taqazo etadi.	
  Ontogenetik	 
yo‘nalish   bir odamning hayotiy jarayoni asosiy bosqichlarining rivojlanishi bilan 
bog‘liq. O‘z navbatida,	
  tajriba	 yo‘nalishi   	tafakkurni tajribada tadqiq etish 
muammolari	
  va aqlning alohida, sun’iy tashkil etilgan sharoitlarda rivojlanish 
imkoniyati bilan bog‘liq .


  Mavzu: TAFAKKUR Reja:   1. Tafakkur va uning xususiyatlari. 2. Tafakkur turlari va shakllari 3. Tafakkur operatsiyalari va qonuniyatlari. 4. Tafakkur sifatlari. 5. Tafakkurning individual xususiyatlari va rivojlanishi.

 Tafakkur  - narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishi.  Analiz  – narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilish.  Sintez  – narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltirish.  Abstraksiya  – moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratish.

 Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir . Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «yuaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat. Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi . Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi . Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat .

 Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.  Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali  tarzda  aks  ettirish dir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi.  Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga javobdan boshlanadi.