logo

TARBIYA psixologiyasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

760.0205078125 KB
TARBIYA 
PSIXOLOGIYASI Reja:
 
 
1. Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi.
2. Bolalalikning turli yosh davrlarida tarbiyaning o’ziga xosliklari.
3. Balog’at yoshdagilar tarbiyasining psixologik jihatlari. Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi. Tarbiya – shaxs ongini muayyan 
jamiyatning  maqsad  va  vazifalariga  muvofiq  ravishda  tarkib  toptirish  va  rivojlantirish  jarayoni, 
kishilarning  ijtimoiy-iqtisodiy  va madaniy  aktiv ishtirok etishga  qaratilgan  barcha ta’sirlar  majmui. 
Tarbiya  ta’lim  bilan  uzviy  bog’liq.  Ta’lim  tarbiyaning  muhim  vositasi  bo’lib,  ko’p  maqsad  va 
vazifalarga  u  texnika,  adabiyot,  san’at,  ommaviy  informasiya  va  propagada  vositalari  (matbuot 
radio, televideniye) ham tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatadi.
Tarbiyaning  asosiy  turlari  oiladagi  tarbiya  va  ijtimoiy  tarbiyadir.  Jamiyat  tarixiy 
rivojlanishi  jarayonida  shaxsning  shakllanishidagi  ijtimoiy  tarbiyaning  ahamiyati  tobbora  oshib 
boradi.  Tarbiya  ijtimoiy  hayotning  muhim  funksiyasidir.  Jamiyat  yashash  va  taraqqiy  etishi  uchun 
tarbiya  juda  zarur.  Tarbiya  orqali  o’tmishning  moddiy  va  ma’naviy  boyliklariga  vorislik 
ta’minlanadi:  o’sib  kelayotgan  yosh  avlod  o’tmish  tajribalarini  uni  yanada  boyitadi.  Tarbiya 
shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida yetakchi rol o’ynaydi.  Ibtidoiy  jamiyatda  tarbiya  alohida  faoliyat  deb  qaraolmagan,  yosh  avlod  tomonidan  keksa 
avlodning  hayot  tajribalarini  shunchaki  o’zlashtirishdan  iborat  bo’lgan.  Tarbiya  asosan  mehnat 
faoliyati jarayonida, shuningdek turli urf-odat va o’yinlarni o’tkazish vaqtida amalga oshirilgan.
U  avvalo  o’sib  kelayotgan  avlodning  jismoniy  rivojlanishiga  qaratilgan.  Ibtidoiy 
jamiyatda  sinflar  bo’lgani  tufayli  hamma  bolalar  deyarli  bir  xilda  tarbiya  olgan.  Erkaklar  bilan 
ayollar o’rtasida mehant taqsimot o’g’il bilan qizlar tarbiyasidagi tafovutni keltirib chiqadi.
Sinflar  vujudga  kelishi  bilan  tarbiya  sinfiy  bo’la  bordi.  Ekspluatatorlar  sinfi  unda  o’z 
hukumronliklarini  mustahkamlash  uchun  foydalandilar.  Quldorlik  davrida  badavlat  kishilar 
o’sha  davrdagi  turli  o’quv  tarbiya  muassasalarida  tarbiyalangan  va  ta’lim  olgan.  Qullar  va 
ularning  bolalari  og’ir  jismoniy  mehnat  uchun  tayyorlangan.  Feodalizm  davrida  tarbiya 
tabaqalashtirilgan holda olib borildi.  Ma’lumki,  shaxsning  rivojlanganlik  darajasida  ta’minlovchi  asoslar  dastlab  oilada 
yaratiladi.  I.A.Karimov  ta’kidlanganidek  «bola  tug’ilgan  kunidan  boshlab  oila  muhitida  yashaydi.  Oilaga  xos 
an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi».
Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi. 
Oila  tarbiyasi  –  oilada  ota-onalar,  vasiy  yoki  katta  kishilar  tomonidan  bolalarni  tarbiyalash.  Yosh 
avlodning  har  tomonlama  rivojlanishida  muhim  o’rin  tutadi.  Oila  tarbiyasida  doimiy  tarbiyaviy  kuch  oilaviy 
tartib, ya’ni oila a’zolarining bir-biriga munosabati, ota-ona va boshqa katta kishilarning xulq atvori, madaniy 
va  siyosiy  saviyasi,  oila  byudjeti,  yashash  sharoiti  va  harakati.  Oila  qanchalik  tartibli,  uni  a’zolari  o’rtasidagi 
munosabat  samimiy  bo’lsa,  oila  tarbiyasi  bolaning  shunchalik  muvaffaqiyatli  bo’ladi.  Oila  tarbiyasi  ham 
shunchalik  muvaffaqiyatli  bo’ladi.  Oila  tarbiyasi  bolaning  ilk  go’daklik  davridan  boshlanadi.  Oilada  uning 
sog’lig’i, jismoniy kamoloti, to’g’ri ovqatlanishi, uxlash rejimi, ozodalik va shu kabilarga ahamiyat beriladi.  Bolada  yoshlikda  boshqalarga  taqlid  etishi  kuchli  bo’lganligi  sababli  oiladagi  kattalar  uning  nojo’ya  hatti-harak 
qilishliriga  yo’l  qo’ymaslik  lozim.  Bolaning  aqliy  taraqqiyoti,  undagi  ijobiy  hislatlarning  shakllanishiga  ham 
haroakat  qilishlariga  yo’l  qo’ymaslik  lozim.  Bolaning  aqliy  taraqqiyoti,  undagi  ijobiy  hislatlarning  shakllanishiga 
ham  ilk  yoshligidan  ahamiyat  beriladi.  Bola  katta  bo’lgan  sari  oila  tarbiyasi  ham  murakkablashadi.  Maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalarga har narsaga qiziquvchanlik, intilish juda kuchli bo’ladi. Bu davrda oilada bolaning hatti-
harakatini qat’iy nazorat qilib, ijodiy faoliyatga undagi yo’lga solish, qobiliyatining o’sishiga ahamiyat berish zarur. 
Oilada  bolaning  hayotiga  mos  rejim  o’rnatish  uni  tartibli  bo’lishga  odatlantiradi,  o’z  xulq  atvorini  boshqarish 
ko’nikmasini  hosil  qiladi,  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  hayotida  o’yin  asosiy  o’rin  tutadi.  Ota-ona 
bolalarining va ularning o’yinlarini vaqt-vaqti bilan nazorat etishlari kerak. 
Bolaning  katta  ilk  yoshligidanoq  bola  gigenasi  tartibi  va  jismoniy  mashqlarni  muntazam  o’rganib  borish 
lozim(bolalar va o’smirlar gigiyenasi). Bu ishda kattalarning o’rnak bo’lishi muhim o’rin tutadi. Bolalikning turli	 yosh	 davrlarida	 tarbiyaning	 o’ziga	 xosliklari
Uyida  tinchi  yo’qning  har  qayerda  tinchi  yo’q  deydilar.  Darhaqiqat,  oilasida  baxtli  bo’lgan  kishi  har 
qayerda  ham  –ishxonada,  ko’cha-kuyda,  do’stlar  davrasida,  sayru-sayohatda  ham  kayfiyati  yaxshi  bo’lib,  ko’ngli 
ochilib,  xursand  yuradi.  Bordi-yu,  kishi  oilada  tinchi  bo’lmasa,  uyidan  ko’ngli  to’liq  bo’lmay,  o’zini  baxtsiz  sanar 
ekan, har doim bu baxtsizlik soya tashlab turadi va kishining ko’ngli chekkasi doim xafagazak bo’lib turadi. 
Oilada  totuvlik  muhitining,  oilaviy  baxtning  barqg’arorligi  bir  necha  omillarga  bog’liq,  chunonchi,  er-
xotin  o’rtasidagi  chuqur  mehr-oqibat,  o’zaro  hurmat  va  do’stlik,  oila  a’zolari  o’rtasidagi  qadr-qimmat,  o’zaro 
sadoqat  va  h.k.  Bu  omillar  qotarida  ota-ona  va  kattalar  bilan  bolalar  o’rasidagi  munosabat  alohida  o’rinda  turadi. 
Biz bu o’rinda ana shu muhim omil ustida to’xtalib o’tmoqchimiz.
Qariyalar,  ota-onalar  o’z  turmush  tajribalari  orqali  biroz  bo’lsada,  farzandlarning  psixologik  xususiyatlaridan 
xabardorlar.  Lekin  bu  xabardorlik  aksari  umumiylik  xususiyatiga  ega  bo’lib,  bolalarning  yosh  va  individual 
xususiyatlariga  asoslanmagan  bo’ladi.  Shu  tufayli  ko’p  oilalarda  aksari  ota-ona  bilan  bolalar  o’rtasida 
«anglashilmovchilik g’ovi» vujudga keladi. Bunday munosabatni tubdan o’zgartirish lozim.  Ota-onalar  farzandlarining  o’zlariga  xos  psixologik  xususiyatlarini  yaxshi  bilib  olishlari  zarur.  Ayni  vaqtda 
ular  bolalarda  ham  katta  yoshdagilarda  va  qariyalarga  nisbatan  iliq  muhabbat,  hurmat  munosabat  ideal 
sifatida  qarash  kabi  his  tuyg’ularni  shakllantira  borishi  kerak.  Farzandlarga  qilingan  yumshoq  va  qo’pol 
muomila  ularning  ruhiy  dunyosida  albatta  ijobiy  yoki  salbiy  taassurot  qoldiradi.  Bunday  taassurot  oqibati 
bolalarning  o’yinlariga  va  o’qish  faoliyatiga  ham  ta’sir  qiladi.  Shunga  ko’ra,  qariyalar  va  ota-onalar 
farzandlarining  fe’l-atvorini,  qiziqishini,  umuman  olganda  ularning  ruhiy  dunyosini  chuqur 
bilganlaritaqdirdagina oilada chinakam totuvlik muhiti mavjud bo’lishi mumkin.
Kichik yoshdagi bolalar maktab ostonalariga oyoq bosishlari bilan o’yin faoliyati o’sib o’tadi. 
O’qituvchi bilan notanish bolalar bilan muomila qilish ular uchun noqulay vaziyatni vujudga keltiradi. Ba’zi 
bolalar bunday holatning oldini olish uchun uni ortiqcha erkalatmaslik, qo’ygan talablarini hamisha amalga 
oshiravermaslik kerak.  O’smirlik  davrida  (11-15  yoshlar)  bolalarning  ruhiy  dunyosida  katta  o’zgarishlar  yuz  beradi.  Bu  o’zgarishlarga 
qator  omillar  sababchi  bo’ladi.  O’smirning  biologik  rivojlanishi,  maktab  pedagogik  jamoa  tarkibining 
kengayishi, tevarak-atrof muhiti va boshqa omillar shular jumlasidan. Endi o’smirning maktabda, oilada, ko’cha-
kuyda  o’zini  tutishi  o’zgaradi,  ijtimoiy-siyosiy  masalalarga  qarashi  boshqacharoq  tus  oladi.  Xuddi  shu  davrda 
o’smirlarning to’z shaxsiy fikrini qattiq ushlash, boshqalar fikriga tanqidiy munosabatda bo’lish, kamchiliklarga 
o’z  vaqtida  iqror  bo’lmaslik,  o’jarlik,  o’zbilarmonlik,  o’zini  kattalardek  his  etish  xususiyatlari  ko’zga  tashlana 
boshlaydi.
Ota-onalar  o’smirlar  bilan  muloqotga  kirishida  ularning  izzat-nafsiga  tegmaslik  hamda  ularni  kalaka 
qilmaslik zarur. Aks holda ularning ota-onaga bo’lgan muhabbati, samimiy hurmati o’rnini ko’ngil sovish, nafrat 
hissi  egallashi  mumkin.  O’smirga  haqiqatni  silliq  muomila  orqali  tushuntirish,  uni  ko’proq  mas’uliyatli 
vazifalarni  bajarishga  tortish,  diqqatini  salbiy  narsa  va  obyektlardan  chetga  burish  lozim.  Bu  narsa  o’smirda 
ishonch hamda oddiy g’urur hislarini vujudga keltiradi. Bundan tashqari, uni ota-ona oldidagi farzandlik  Balog’at yoshida	 tarbiyaning	 psixologik	 xususiyatlari
11  yoshdan  to  14-15  yoshgacha  bo’lgan  davr  balog’at  yoshi  hisoblanadi.  Bu  yoshda  o’g’il  va  qiz 
bolalar  tez  o’sish,  ulg’ayish  pallasini  boshdan  kechiradi.Jismoniy  o’sish,  jinsiy  yetilishruhiy  dunyosida  keskin 
o’zgarish ayni shu davrdan boshlanadi. Katta yoshdagi odamlar so’ziga bajonidil quloq solib kelgan o’g’il va qiz 
bu davrga kelib mustaqillikka intiladigan, kattalar talabiga binoan emas, o’z hohishi bilan ish qiladigan, ularning 
o’git-maslahatlariga tanqidiy munosabat bildiradigan bo’lib qoladi. 
Lekin  balog’at  yoshiga  yetayotgan  bolalarning  hammasini  ham  shunday  deb  bo’lmaydi.  Ba’zi  bir 
bolaning  asab  tizimi  kuchli,  muvozanatli,  epchil  bo’ladi.  Hissiyot,  kayfiyat,  qiziqishlari  va  intilishlari  jud 
o’zgaruvchan.  Bunday  bolalar  begona  odamlarga  tez  ko’nikib  va  kirishib  ketadi,  oldiga  qo’yilgan  talab  va 
sharoitlarga  osonlikcha  ko’nikadi. Turmush  va  o’qish  malakalarini  kam  vaqt  sarf  qilib  o’zlashtirish  qobiliyatiga 
ega bo’ladi. Ikkinchi  bir  turdagi  bolaningsh  asb  tizimi  kuchsiz,  muvozanatsiz,  sust  bo’ladi.  Bu  turga  mansub  bola  sezgir,  lekin 
o’zini  ushlay  olmaydigan,  tinimsiz,  harakatchandir.  So’z  berdimi  albatta  uni  bajaradi,  ammo  diqqatini  bir  faoliyat 
turidan  ikkinchisiga  ko’chirishdan  ko’pgina  qiyinchiliklarga  uchraydi.  Noxush  holatlarni  tez  unitadi.  Ruhiy 
dunyosida  paydo  bo’ladigan  holat  va  jarayonlar  sur’ati  tez,  ya’ni  ularning  almashinuvi  qisqa  fursatda  amalga 
oshadi.
Uchinchi  bir  xususiyatga  ega  bo’lgan  bolaning  kayfiyati  yorqin  namoyon  bo’lmaydi,  shu  sababdan  uni 
kuldirish,  jahlini  chiqarish  yoki  umuman  kayfiyatini  buzish  uni  kuldirish,  jahlini  chiqarish  yoki  umuman 
kayfiyatini  buzishi  qiyin.  Oila  quchog’ida  yoki  maktabda  hamma  biror  narsa  yuzasidan  qg’attiq  kulgan  mahalda 
ham  vazminligicha  qola  beradi.  Ko’ngilsiz  hodisalar  yuz  berganda  ham  o’z  tinchligini  buzmaydi.  Qilgan 
harakatlari kuchsiz, ifodasiz bo’ladi. Biroq g’ayrati, ishchanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bunday bolaning 
asabi  kuchli,  muvozanatli,  lekin  sust  xususiyatga  ega.  Chidamliligi,  turli  sharoida  o’zini  tuta  bilishi  bilan  hyech 
mahal  boshqa  bolalarga  o’xshamaydi.  Harakatlarining  sur’ati,  nutqning  darajasi  past,  ruhiy  holatlari  ichki 
kechinmalariga aylanib ketgan. «Ichimdan top» degan xalq iborasi shunday o’g’il va qizlarga mos keladi. To’rtinchidan  guruhga  xos  bolada  sezgirlik  xislati  mavjud  bo’ladi-yu,  biroq  asabi  kuchsiz,  faollikdan  yiroqdir. 
Shuning uchun arzimagan narsadan ko’ziga yosh keladi. Bunday o’smir o’g’il va qiz juda arazchan bo’lib, biror 
ishni  bajarishga  botinib  kirisha  olmaydi.  O’z  kuchiga  ishonchsiz,  maktab,  jamoat  joylaridagina  emas,  balki 
oilada ham tortinchoqlik qiladi. Ozgina qiyinchilikka duch kelsa barcha narsadan voz kechib qo’ya qoladi. Sodir 
bo’layotgan voqyea va hodisalarga ishonchsiz hamda shubhali qaraydi. 
O’smirlik  yoshi  davrida  qarama-qarshi  jinsga  moyillik  hislari  paydo  bo’ladi.  Jismoniy  kitobdar 
o’qthish, ichki dunyoga berilash, yolg’izlikka tortish, ishqiy kitoblar o’qish, kino tomosha qilish, katta yoshdagi 
odamlar  so’ziga  quloq  solish  tabiiy  hol  hisoblanadi.  Shuningdek,  bu  yoshda  o’g’il-qizlar  o’zlarining  tashqi 
qiyofalariga  ko’proq  e’tibor  bera  boshlaydilar.  O’g’il  bolalarda  durustroq  kiyinish,  oynaga  qarash  ishtiyoqi 
tug’iladi.  Qizlar  ham  oynaga  ko’proq  qaraydi,  o’zlariga  pardoz  berishni,  go’zal  bo’lishni  istaydi.  Bu  ham  tabiiy 
holdir.
Chunki  o’z  tashqi  qiyofasini  tarbiya  qilish  insonga  xos  muhim  hislatdir,  shu  boisdan  uni  inkor  etish 
mumkin emas.  Balog’at  davrida  kattalik  hissi  vujudga  keladi.  Kattalarga,  ularning  nima  qilayotganliklariga,  o’zlarini  qanday 
tutayotganligiga  ko’proq  razm  sola  boshlaydilar.  Katta  yoshdagilarning  ularga  nisbatan  avvalgi  yosh  bolaga 
qilingan  munosabatda  bo’lishlari  noxush  his-tuyg’u  uyg’otadi.  Ota-onalar,  o’qituvchilar  bilan  o’smirlar 
munosabatidagi  nizoning  bosh  sababi  ularning  istak  va  hohishlari  bilan  kattalarning  hisoblashmasligida  sodir 
bo’ladi.Afsuski,  ayrim-ayrim  katta  yoshdagilar  o’smirning  voyaga  yetib  qolganligiga  e’tibor  qilmaydilar,  goho 
uning  ulg’aydiganligini  sezmaydilar.  Kattalar  tomonidan  o’rinsiz  tanbeh,  kesatish,  har  bir  nirasani  buyruq  berish 
orqali bajarish hollari o’smirda yomon kechinmalarni keltirib chiqaradi. Foydalanilgan adabiyotlar:
 
1. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, 1999, 127-147-betlar
2. V.A.Kruteskiy  Pedagogik  psixologiya  asoslari.  Toshkent, 
1976, 223-240-betlar.
3. R.S.Nemov Psixologiya M: 1990, 169-275-betlar. 
4. Ensiklopedik lug’at, 2-tom, Toshkent, 1990, 247-bet
5. E. G’oziyev Pedagogik psixologiya asoslari, Toshkent, 1997, 
51-57-betlar.
6. www.pedagog.uz
7. www.ziyonet.uz

TARBIYA PSIXOLOGIYASI

Reja:     1. Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi. 2. Bolalalikning turli yosh davrlarida tarbiyaning o’ziga xosliklari. 3. Balog’at yoshdagilar tarbiyasining psixologik jihatlari.

Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi. Tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmui. Tarbiya ta’lim bilan uzviy bog’liq. Ta’lim tarbiyaning muhim vositasi bo’lib, ko’p maqsad va vazifalarga u texnika, adabiyot, san’at, ommaviy informasiya va propagada vositalari (matbuot radio, televideniye) ham tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida shaxsning shakllanishidagi ijtimoiy tarbiyaning ahamiyati tobbora oshib boradi. Tarbiya ijtimoiy hayotning muhim funksiyasidir. Jamiyat yashash va taraqqiy etishi uchun tarbiya juda zarur. Tarbiya orqali o’tmishning moddiy va ma’naviy boyliklariga vorislik ta’minlanadi: o’sib kelayotgan yosh avlod o’tmish tajribalarini uni yanada boyitadi. Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida yetakchi rol o’ynaydi.

Ibtidoiy jamiyatda tarbiya alohida faoliyat deb qaraolmagan, yosh avlod tomonidan keksa avlodning hayot tajribalarini shunchaki o’zlashtirishdan iborat bo’lgan. Tarbiya asosan mehnat faoliyati jarayonida, shuningdek turli urf-odat va o’yinlarni o’tkazish vaqtida amalga oshirilgan. U avvalo o’sib kelayotgan avlodning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan. Ibtidoiy jamiyatda sinflar bo’lgani tufayli hamma bolalar deyarli bir xilda tarbiya olgan. Erkaklar bilan ayollar o’rtasida mehant taqsimot o’g’il bilan qizlar tarbiyasidagi tafovutni keltirib chiqadi. Sinflar vujudga kelishi bilan tarbiya sinfiy bo’la bordi. Ekspluatatorlar sinfi unda o’z hukumronliklarini mustahkamlash uchun foydalandilar. Quldorlik davrida badavlat kishilar o’sha davrdagi turli o’quv tarbiya muassasalarida tarbiyalangan va ta’lim olgan. Qullar va ularning bolalari og’ir jismoniy mehnat uchun tayyorlangan. Feodalizm davrida tarbiya tabaqalashtirilgan holda olib borildi.

Ma’lumki, shaxsning rivojlanganlik darajasida ta’minlovchi asoslar dastlab oilada yaratiladi. I.A.Karimov ta’kidlanganidek «bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi». Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi. Oila tarbiyasi – oilada ota-onalar, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy kuch oilaviy tartib, ya’ni oila a’zolarining bir-biriga munosabati, ota-ona va boshqa katta kishilarning xulq atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, oila byudjeti, yashash sharoiti va harakati. Oila qanchalik tartibli, uni a’zolari o’rtasidagi munosabat samimiy bo’lsa, oila tarbiyasi bolaning shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Oila tarbiyasi bolaning ilk go’daklik davridan boshlanadi. Oilada uning sog’lig’i, jismoniy kamoloti, to’g’ri ovqatlanishi, uxlash rejimi, ozodalik va shu kabilarga ahamiyat beriladi.