logo

Tinish belgilarining badiiy matndagi uslubiy xususiyatlari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2490 KB

Mavzu: Mavzu:  Tinish  belgilarining  badiiy  matndagi 
uslubiy xususiyatlari                                                                                    Reja
BMIning umumiy tavsifi
  I  Bob. Tinish belgilari va ularning o‘rganilishi
1.1. O’zbek tilshunosligida tinish belgilarining tadqiqi
1.2. Tinish belgilarining turlari
 
II Bob. Tinish belgilarining badiiy matn   uslubiy ati da gi o`rni
2.1. Juft holda qo‘llanadigan tinish belgilari
2.2.  Badiiy matn va  tinish belgilari
 
III Bob. Tadqiqotning amaliyotga tatbiqi
3.1. Ta ’lim bosqichlari dastur va darsliklarida “Tinish belgilari” 
mavzusining yoritilganlik darajasi
3.2.  Namunaviy  dars ishlanmasi
  Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ta yanch so‘zlarning o‘zbekcha-inglizcha lug‘ati       Binobarin,  o‘z  ona  tilini    bilmagan 
odam  o‘zining  shajarasini,  o‘zining   
ildizini  bilmaydigan,  kelajagi  yo‘q  odam, 
kishi    tilini  bilmaydigan  uning  dilini  ham 
bilmaydi,  deb  juda  to‘g‘ri  aytishadi...  Har 
qaysi  millat,  katta  yo  kichikligidan  qat’i 
nazar, o‘z ona tilini  hurmat qiladi  .  
Islom Karimov
         Bugungi kunda davr milliy til milliy ma’naviyat mushtarakligi 
masalasiga daxldor yangidan yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
  Ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan tilimizni tadqiq qilish
  ham istiqlol bergan ne’matlardan sanaladi.                                                                     
MAVZUNING DOLZARBLIGIMAVZUNING DOLZARBLIGI
    Hozirgi zamon o’zbek tilshunosligi istiqloldan 
keyin yangi   bosqichga ko’tarildi. O’zbek 
tilshunosligida hali yechimini kutayotgan masalalar
ko’p. O’zbek tilida tinish belgilari va ularning badiiy
matndagi uslubiy xususiyatlarini o‘rganish muhim 
ahamiyatga ega. Demak, mazkur sohada yechimini
  kutayotgan holatlar  talaygina . Ularni izlab topish, 
tahlil qilish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. I BOB. TINISH    BELGILARI    VA    ULARNING 
O‘RGANILISHI
1.1. O’zbek tilshunosligida tinish belgilarining tadqiqi
•
          
Tinish  belgilari  haqidagi  dastlabki Tinish  belgilari  haqidagi  dastlabki 
ma`lumotlar ma`lumotlar 
Ahurali  Zohiriy Ahurali  Zohiriy 
va va 
Abdurauf Abdurauf 
FitratFitrat
  asarlarida  uchraydi.  Bunda  tinish   asarlarida  uchraydi.  Bunda  tinish 
belgilari belgilari 
turish  belgilari turish  belgilari 
deb  yuritiladi.  Fitrat deb  yuritiladi.  Fitrat 
“Nahv”  asarida  12  ta  tinish  belgisini “Nahv”  asarida  12  ta  tinish  belgisini 
keltiradi.  Bular: keltiradi.  Bular:  Nuqta  (.),  Bir  tinish  (;), 
yarim  tinish  (,),    so‘rash  belgisi  (?),undash 
belgisi  (!),qo‘sh  nuqta  (:),tirnoqlar  («  »), 
yoylar  (),to‘rtkul  yoylari  [  ],  ulkan  yoylar  {  }, 
chiziq (–), nuqtalar (...) Tinish  belgilari  yozma  nutqni  to‘g‘ri, 
ifodali,  mantiqli  bayon  qilishda,  uni 
ixchamlashda,  yozma  nutq  qismlarining 
o‘zaro  mazmuniy  munosabatlarini 
ko‘rsatishda  muhim  yozuv  vositasi  sifatida 
ishlatiladi.  Yozma  matnning  mazmuni, 
sintaktik  tuzilishi,  qismlar  orasidagi  ma’no 
va  grammatik  munosabatlarni  aniqlashda 
tinish belgilarining xizmati muhimdir. O’zbek  yozuvida  tinish  belgilarining 
qo‘llanishi  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan 
boshlangan.  Bu  davrda  O’zbekistonda 
matbaachilik paydo bo‘lgan, kitob nashr etish 
ishlari  yo‘lga  qo‘yilgan.  Bularning  hammasi 
o‘zbek  punktuatsiyasining  shakllanishiga 
turtki  bergan.  Hozirgi  o‘zbek 
punktuatsiyasining  shakllanishi  XIX  asrning 
70-yillariga borib taqaladi.
   Ma’lumki,  yozma  nutqda  muayyan  bir 
tinish  belgisining  qo‘llanish  qoidalari  ma’lum 
bir  tamoyilga  asoslanadi.  O’zbek  tilidagi 
tinish  belgilarining  qo‘llanish  tamoyillari 
tilshunos  olimlar  Sh.Shoabdurahmonov, 
G’.Abdurahmonov,  K.Nazarov, 
B.Egamberdi y evlar  tomonidan  asoslab 
berilgan. Punktuatsiya tamoyillari
Logik-
grammatik tamoyi l
Farqlovchi tamoyil Uslubiy tamoyil Tinish belgilarining 
tasnifi Tinish belgilarining
qo‘llanish usuliga
  ko‘ra tasnifi Tinish belgilarining
  qo‘llanish o‘rniga
  ko‘ra tasnifi
Tinish belgilarining 
vazifasiga ko‘ra 
ta s ni fi Tinish belgilarining
  tuzilish jihatidan
  tasnifi II BOB. BADIIY MATNDA TINISH 
BELGILARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI
2.1. Juft holda qo‘llanadigan tinish belgilari

           Tinish  belgilari  yozma  matndagi  gap 
bo‘laklari,  gapning  ayrim  qismlari  va 
gaplarning  o‘zaro  turli  sintaktik 
munosabatlari (birikishi, bo‘linishi, ajralishi, 
ayrilishi  kabilar)ni  ko‘rsatish  uchun 
qo‘llanadi. O’zbek yozuvida uslubiy aniqlik, 
ravonlik  hamda  turli  xil  leksik-grammatik 
ma’nolarni  ifodalash  uchun  tinish 
belgilarini  qo‘shaloq  qo‘llash  hollari  ham 
uchrab turadi.  Qo‘sh qo‘llanuvchi
tinish belgilari  :
Undov belgisi
So`roq belgisi va 
ko`p nuqtaUndov va so`roq 
belgisi Undov belgisi va 
ko`p nuqta •
        Tinish  belgilari  yozuvchining 
g‘oyaviy  maqsadini  tinglovchiga 
yetkazuvchi  pragmatik  axborot 
tashuvchilardir.   Bu  holat  tinish 
belgilarining  badiiy  matnda 
punktuatsion  paranteza  (kiritma) 
shaklida  qo`llanganida  yanada 
oydinlashadi.   Masalan: •
     Ertaga  katta  amallar  shohsupasiga  ko‘tarilishi 
mumkin  bo‘lgan  odamga  (kimning  zo‘ri  bilan 
ko‘tarilar  ekan?)  bu  xilda  bezbetlarcha  (!)  
muomala  qilishlaridan  bir  g‘azablansa,  o‘zining 
bu  olchoqlar  (!)   oldida  nochor  o‘tirishidan  o‘n 
g‘azablandi.  majlisda  otashin  nutqlar  irod 
etuvchi,  hatto  zo‘r  notiqlarni  ham  sarosimaga 
solib  qo‘yuvchi  xalq  fidoyisi  qayda-yu,  uchta 
muttaham  (!) ga  gapini  aytolmay  mum  tishlab 
o‘tiruvchi  nochor  odam  qayda!  Nimadir  deyishi 
kerak  edi,  qurbaqani  bossang  vaq  deydi, 
harholda  u  qurbaqadan  ming  chandon  ulug‘roq 
bir  odam,  vaqillaganda  ham  tuzukroq  vaqillashi 
kerak. (  T.Malik) •
Undov belgisining qavs ichida berilishi ma’lum gap orqali 
ifodalanadigan obyektiv mazmunni – propozitsiyani 
ifodalaydi:
•
    «Boburnoma»da tarix, etnografiya, til, adabiyot 
geografiya, biologiya, botanika, hatto tabobatga  (!)  oid 
g‘oyat qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin. Biz 
oltmish student dorulfununning adabiyot bo‘limida besh yil 
(!)  tahsil ko‘rdik, lekin Alisher Navoiyni bilmasdan 
ketaverdik. (E. Vohidov)
•
Gaplarning  birinchisida  “ hattoki  tabobatga  oid  fikrlar  ham 
asarda bor – Bobur tabobatga ham qiziqqan ”, ikkinchisida 
“ shuncha  –  besh  yil  o‘qib  ham  Navoiyni  o‘qimadik ”  kabi 
propozitsiyalar tinish belgilari orqali ifodalangan.   •
Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki 
jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, 
undan so‘ng  qavs ichiga   so`roq belgisi  
qo‘yiladi. «Toping!» ma’nosida: Abdulla 
Qodiriyning «O’tgan kunlar» qissasida  (?)  
o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi haqida 
hikoya qilinadi.
•
(?)  – bu asar qissa emas, roman. 2.2. Badiiy matn va tinish belgilari
•
            Tinish  belgilari  muayyan  fikrni 
ta’kidlash,  emotsionallikni 
kuchaytirish,  muhim  jihatni  ajratib 
ko‘rsatish  usuli dir .   Maxsus 
punktuatsion  belgi  –  ko`p  nuqta 
yordamida  badiiy  matnda  sukut  (jim 
q olish) usuli hosil qilinadi. Masalan: •
Tohir Malikning “Erkin” hikoyasiga diqqat 
qaratsak, unda eski tuzum davrida taqiqlangan 
kitoblarni izlab kelgan mas’ul idora xodimlaridan 
ularni yashirib qo‘ygan xonadon sohiblari 
ikkilanib, tutilib gapirishi ham  ko`p nuqta 
yordamida ifodalanadi :
•
—  Kitoblar qani deyapman?!
•
—  Ularni... ularni yoqib yuborganmiz.
•
—  Yoqib yuborganmiz? Nimaga?
•
—  Shu... nimaydi?.. •
   Qahramonning o‘ta kuchli hissiy holati, hayajoni 
tufayli  uning  nutqida  yuzaga  keladigan 
uzilishlarni    kesish  atamasi  ostida    o‘rganish 
mumkin. 
•
U tasalli berishga shoshildi:
•
—  E, hali ko‘rmagandek bo‘lib ketasiz! 
•
Yigit bosh chayqadi:
•
—  Qaydam...
•
—  Hadeb  o‘ylab  siqilavermang-da!  Bu  yerda 
qancha odam davolangan!  Tog‘ havosi...
•
  Bemor  yigit  kuchli  hissiyotlarni  boshdan  kechirayotgan 
bo‘lsa-da, o‘z ahvolini aytgisi kelmaganini  ko`ramiz . •
Dialogik nutqning tarkiblanishini kuzatish 
jarayonida yana  ulab ketish   deb atash 
mumkin bo‘lgan hodisaning yuzaga 
kelishida ham ko‘p nuqtaning ishlatilishini 
kuzatish mumkin :
•
E,  yo‘q,  o‘qiydag‘on  bolamas  u.  Xafa 
bo‘lma,  omma,  senga  ham 
t opshirmayman.
•
—  Siz meni ham...
•
—  Yo‘q, sen o‘g‘ri emassan.  (T.Malik) Tinish belgilari  bilan 
hosil qilinadigan
vositalar 
Punktuatsion 
kiritma
Sukut (jim qolish)
Ulab ketish Kesish III BOB. TADQIQOTNING AMALIYOTGA 
TATBIQI
   Tinish belgilari mavzusi O`rta 
umumta`lim maktablarining 5-,8-,9-
sinflarida sintaksis bo`limi mavzulari  bilan 
bog`lab o`rgatiladi. 
Akademik  litsey  va  kasb-hunar 
kollejlarining  1-bosqichida  tinish  belgilari, 
ularning tarixi, ishlatilishi haqida batafsil 
(5 soat) ma’lumotlar beriladi.   
  XulosalarXulosalar
Tinish  belgilari  yozma  nutqni  to‘g‘ri,  ifodali, 
mantiqli  bayon  qilishda,  uni  ixchamlashda, 
yozma  nutq  qismlarining  o‘zaro  mazmuniy 
munosabatlarini  ko‘rsatishda  muhim  yozuv 
vositasi sifatida ishlatiladi. 
Tinish  belgilari  ba’zan  kiritma  shaklida  –
punktuatsion  kiritma  shaklida  kelib,  noodatiy 
vazifa  bajarishga  ham  xizmat  qiladi.  Bunda 
so‘roq,  undov  va  ko‘p  nuqtalar  qavs  ichida 
beriladi. XulosalarXulosalar
•
Ko‘p nuqta  muayyan fikrni ta’kidlash,  
emotsionallikni kuchaytirish, muhim jihatni 
ajratib ko‘rsatish  maqsadida badiiy  matndagi 
sukut va kesish, ulab ketish kabi  hodisalarning 
yuzaga kelishida asosiy vazifa bajaradi. 
Badiiy  matnda  undov   va  so‘roq,  undov   va  ko‘p 
nuqta,  so‘roq   va  ko‘p  nuqta ,   ketma-ket  undov 
belgisi  ham  his-hayajon  va  unga  qo‘shimcha 
ma’nolarning  ifodalanishida  qo‘llanilishi 
mumkin.

 Mavzu: Mavzu: Tinish belgilarining badiiy matndagi uslubiy xususiyatlari

Reja BMIning umumiy tavsifi I Bob. Tinish belgilari va ularning o‘rganilishi 1.1. O’zbek tilshunosligida tinish belgilarining tadqiqi 1.2. Tinish belgilarining turlari II Bob. Tinish belgilarining badiiy matn uslubiy ati da gi o`rni 2.1. Juft holda qo‘llanadigan tinish belgilari 2.2. Badiiy matn va tinish belgilari III Bob. Tadqiqotning amaliyotga tatbiqi 3.1. Ta ’lim bosqichlari dastur va darsliklarida “Tinish belgilari” mavzusining yoritilganlik darajasi 3.2. Namunaviy dars ishlanmasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Ta yanch so‘zlarning o‘zbekcha-inglizcha lug‘ati

Binobarin, o‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to‘g‘ri aytishadi... Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’i nazar, o‘z ona tilini hurmat qiladi . Islom Karimov Bugungi kunda davr milliy til milliy ma’naviyat mushtarakligi masalasiga daxldor yangidan yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan tilimizni tadqiq qilish ham istiqlol bergan ne’matlardan sanaladi.

MAVZUNING DOLZARBLIGIMAVZUNING DOLZARBLIGI Hozirgi zamon o’zbek tilshunosligi istiqloldan keyin yangi bosqichga ko’tarildi. O’zbek tilshunosligida hali yechimini kutayotgan masalalar ko’p. O’zbek tilida tinish belgilari va ularning badiiy matndagi uslubiy xususiyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Demak, mazkur sohada yechimini kutayotgan holatlar talaygina . Ularni izlab topish, tahlil qilish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

I BOB. TINISH BELGILARI VA ULARNING O‘RGANILISHI 1.1. O’zbek tilshunosligida tinish belgilarining tadqiqi • Tinish belgilari haqidagi dastlabki Tinish belgilari haqidagi dastlabki ma`lumotlar ma`lumotlar Ahurali Zohiriy Ahurali Zohiriy va va Abdurauf Abdurauf FitratFitrat asarlarida uchraydi. Bunda tinish asarlarida uchraydi. Bunda tinish belgilari belgilari turish belgilari turish belgilari deb yuritiladi. Fitrat deb yuritiladi. Fitrat “Nahv” asarida 12 ta tinish belgisini “Nahv” asarida 12 ta tinish belgisini keltiradi. Bular: keltiradi. Bular: Nuqta (.), Bir tinish (;), yarim tinish (,), so‘rash belgisi (?),undash belgisi (!),qo‘sh nuqta (:),tirnoqlar (« »), yoylar (),to‘rtkul yoylari [ ], ulkan yoylar { }, chiziq (–), nuqtalar (...)