logo

Turdi farog`iy

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

297.484375 KB
TURDI 
FAROG`IY
(XVII ASR O‘RTALARI -
1699/1700) O‘zbek  adabiyotida  hajviyot 
rivojiga  sezilarli  hissa 
qo‘shgan shoir Turdi Farog‘iy 
Buxoroda  tug‘ildi  va  shu 
yerda  shoir  sifatida 
shakllandi. 
Tug` ilgan y ili 
ma’lum emas. ILK MA’LUMOT
Ulkan  hajviy  va  lirik  iste'dod  egasi,  shoir 
Turdi Farog'iy haqidagi dastlabki ma'lumotlar 
XX asrning 20- yillarida  paydo bo'ldi. 
Kattaqo'rg'onlik  adib  Abdulhamid  Majidiy  
(1902—1938)  uning  bir  dasta  qo'lyozma 
she'rlarini  topib,  matbuotda  e'lon  qildi  va  u 
haqda dastlabki ma’umotni berdi.  Turdining  ismi-sharifi,  hayot 
yo'lidagi  sanalar  to'la  ma'lum 
emas.  “Turdi”   taxal-lusidir. Ayrim 
she'rlarida  bu  taxallus  “Farog'iy” 
bilan  yonma-yon  keladi.  Shunga 
qaraganda,  uning  ikki  taxallusi 
bo'lgan.  Shu  sababli,  uni  Turdi 
Farog'iy  deb atagan ma'qul.IKKI TAX ALLUS Ma'lum bo'lishicha,  Turdi 
o'zbeklarning yuz degan 
urug'idan.  Buxoroda, 
ashtarxoniy hukmdorlardan 
Nodir Muhammad va uning 
o'g'illari hukmronligi yillarida 
yashagan.  ADABIY MEROSShoirning bizgacha hammasi bo'lib, 18 ta 
she'ri yetib kelgan. 
Hajmi — 434 misra. 
She'rlarning 12 tasi - g'azal;
5 tasi — muxammas;
1 tasi — fard. 
***  She'rlardan  ikkitasi  fors  tilida,  qolganlari  o'zbekcha 
yozilgan.
Turdining  she'rlarini  mavzu  yo'nalishiga  ko'ra,  ishqiy-
falsafiy va ijtimoiy-siyosiy kabi ikkiga bo'lish mumkin. Shoirning  aksariyat  she'rlarida  zamonning  shiddatli 
sadolari o'z ifodasini topgan. 
Jumladan,  ularda  shoirning  baxtli-baxtsiz  kunlari, 
atrofida  yuz  berib  turgan  voqealarga  jonli  va  qaynoq 
munosabati,  bir  tomondan,  olqish,  ikkinchi  tomondan 
g'azab-u  nafrat,  bir  tomondan,  pushaymonlik, 
ikkinchi  tomondan,  yaxshi  kunlar  xotirasi  bilan 
yashash  singari  g'oyat  murakkab,  ziddiyatli 
kechinmalar namoyon bo'ladi.  She’r bu –dard! “ TOR KO`NGULLIK 
BEKLAR…” 
G`AZALI
«Tor ko‘ngullik beklar...»  she’ri g‘azal 
janrida yozilgan. U adabiyotimiz 
tarixidagi xalqni milliy birlikka 
chaqirgan, o‘zaro tenglikka da’vat 
etgan, hududiy yaxlitlikni targ‘ib 
qilgan siyosiy ruhdagi birinchi she’r 
sifatida alohida e’tiborga molikdir. G`AZAL SHARHI
Tor ko'ngullik beklar, man-man demang, kenglik qiling, 
To'qson ikki bovli o'zbak yurtidur tenglik qiling.
She'rning  dastlabki  satrlaridayoq 
mamlakatda  kuchayib  borayotgan 
notinchlik,  beklarning  bir-birlari  bilan 
yurt  talashishga  kirishgani  his  etiladi. 
Shoir ularni „kenglik"ka chaqiradi. Yurtni 
tasarruf  etishda  to'qson  ikki  o'zbek 
urug'ini „tenglik"ka undaydi. Birni Qipchoq-u Xito-yu birni Yuz, Nayman demang, 
Qirq-u Yuz, Ming son bo’lub, bir jon oyinlik qiling.
Qipchoq,  Xitoy,  Yuz,  Nayman, 
Qirq,  Ming  —  bular  o'zbek 
urug'larining  nomlari.  Baytning 
ikkinchi  satrida  qirq,  yuz,  ming 
so'zlari  urug'  nomidan  tashqari 
sonni  ham  anglatib,  shoir 
kishilarni  bo’linmaslikka, 
birlashishga chaqirayapti.  Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to'ng'a kirib, 
Bir o'ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling.
She'rda  birlashish  fikri  xalqimizda  keng 
tarqalgan  „Bir  yoqadan  bosh 
chiqarmoq"  iborasi  asosida  berilmoqda. 
Shoir  bu  ramziy  iborani  yanada 
kuchaytirgan,  barchani  „bir  to'n"ga 
„kiritgan".  To'nning  „yaqo",  „o'ngur" 
(etak),  „yeng",  „tiriz"  (yelka  qism)i 
vositasida  birlik  g'oyasini  jonli  va 
xalqona  ko'rsatib  berishga  muvaffaq 
bo'lgan. Kim qo‘yubdur, uhdayi o‘z mulkungizdin chiqmayin, 
Ikki, uch, to‘rt da’vosin etmakni ko‘tahlik qiling.
Mardlar maydon chekib, rangin ko‘tarib zaxmlar, 
Sizga yo‘q, ul javhar-u yuzga upo-enlik qiling. Oxirgi  ikki  baytda  o‘z  mulki,  ya’ni  mamlakatini 
boshqarishni  uddasidan  chiqmagani  holida  boshqa 
yerlarga  ko‘z  olaytirayotgan  beklarni  tanqid  qiladi, 
yuragida  mardlar  kabi  maydonda  zahmat  chekish 
javhari — jur’ati yo‘q yurt kattalariga o‘zining achchiq 
kinoyasini, istehzosini bildirishga jur’at etadi. G‘azalda 
o‘zidan  kechib  maydontalab  bo‘lolmaydigan,  ammo 
turli  o‘shag-u  ig‘volar  bilan  el  orasini  buzadigan 
kimsalar  pardoz  qiluvchi  satang  ayollarga  o‘xshatib 
«yuzga upo-enlik qiling» deya kulgi qilinadi: O`YLAB KO`RING!
1.  Turdining  «Tor  ko‘ngilli  beklar»  tarzida 
boshlanadigan  g‘azalining  barcha  davrlardagi 
ahamiyati nimadan iborat deb o‘ylaysiz?
2.  O‘zi  mansub  bo‘lgan  urug‘ni  bilishning 
yaxshi  tomoni  nimada?  Qanday  holda  u 
yomonlikka aylanishi mumkin?
3. Siz o‘zingiz mansub urug‘ni bilasizmi? Necha 
otangizni bilasiz?

TURDI FAROG`IY (XVII ASR O‘RTALARI - 1699/1700)

O‘zbek adabiyotida hajviyot rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan shoir Turdi Farog‘iy Buxoroda tug‘ildi va shu yerda shoir sifatida shakllandi. Tug` ilgan y ili ma’lum emas.

ILK MA’LUMOT Ulkan hajviy va lirik iste'dod egasi, shoir Turdi Farog'iy haqidagi dastlabki ma'lumotlar XX asrning 20- yillarida paydo bo'ldi. Kattaqo'rg'onlik adib Abdulhamid Majidiy (1902—1938) uning bir dasta qo'lyozma she'rlarini topib, matbuotda e'lon qildi va u haqda dastlabki ma’umotni berdi.

Turdining ismi-sharifi, hayot yo'lidagi sanalar to'la ma'lum emas. “Turdi” taxal-lusidir. Ayrim she'rlarida bu taxallus “Farog'iy” bilan yonma-yon keladi. Shunga qaraganda, uning ikki taxallusi bo'lgan. Shu sababli, uni Turdi Farog'iy deb atagan ma'qul.IKKI TAX ALLUS

Ma'lum bo'lishicha, Turdi o'zbeklarning yuz degan urug'idan. Buxoroda, ashtarxoniy hukmdorlardan Nodir Muhammad va uning o'g'illari hukmronligi yillarida yashagan.