logo

Turkiston o'lkasida jadidchilik harakati

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

896.3359375 KB
Turkiston o’lkasida 
jadidchilik harakati   Reja:
1. Turkistonda jadidchilik harakati. 
2. Jadidchilik g’oyalari. 15. Turkiston o’lkasida jadidchilik harakati.  
Turkistondagi jadidchilik harakati bu bir tasodif xodisa 
bo’lmay,  balki  hayotimizdagi  ijtimoiy-siyosiy  ziddiyotlar 
maxsuldir.
Jadidchilik  oqimini  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’rifiy 
tomonlarini  professor  B.Qosimov  o’z  tadqiqotida  batafsil 
bayon etgan.
Madrasalarda  o’qitiladigan  hoshiya  va  shrq  kabi  quruq 
mazmunga  ega  bo’lgan  va  madrasa  o’quvchilari  uchun 
foydasiz  bo’lgan  hamda  ularning  8-10  daqiqa  vaqtini  bekorga 
oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin. 
Madrasalarda  Qur’oni  Karim,  Hadisi  Sharif,  ularning 
tarjimalari va islom tarixi kabi darslar o’tilsin.   Arifmetika,  tarix,  jo’g’rofiya,  tabobat,  xandasa, 
mantiq, falsafa va boshqa dunyoviy fanlarni o’qishga qarshilik 
ko’rsatilmasin.
Har  bir  ishda  musulmonchilikni  Muhammad 
alayhissalom  davridagi  qadimiy  islom  madaniyatiga  qaytarish 
ko’zda tutilsin.
Marjoniy  va  uning  tarafdorlari  bo’lgan  o’sha  davrning 
jadidlari  musulmon  taraqqiyparvarlaridan  edilar,  ular 
madrasalarda  diniy  darslar  bilan  bir  qatorda  qadimiy  islom 
madaniyati  davridagidek  dunyoviy  darslarni  o’qitishni  shart 
qilib  qo’ydilar.  Biroq,  qadimistlar  va  amirning  reaktsion 
siyosati  natijasida  ta’qibga  uchragan  Marjoniy  Buxorodan 
chiqib  ketishga  majbur  bo’ldi.  Uning  maslakdoshlaridan 
ko’pchiligi  zindonga  tashlanib,  orqalariga  75  darra  urilgach, 
ular  tavba  qilib,  qaytib  bunday  ishlarni  qilmaslikka  va’da 
berdilar   Jadidlar 1906 yildayoq «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta 
nashr  ettirib,  o’z  g’oyalarini  tarqata  boshladilar,  oradan  ko’p 
o’tmay,  «Xurshid»,  «SHuhrat»  singari  yangi  gazetalar  dunyo 
yuzini  ko’rdi.  Markaziy  Osiyoning  turli  shaharlarida  jadid 
maktablari bodroqdek ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda 
dunyoviy  bilimlar  ham  keng  targ’ib  qilindi.  «Jadidlar  nima 
haqida  gapirishmasin,  hammasi  yangi  nafas,  yangi  g’oya  edi, 
proletar  mafkurasi  ham,  ishchilar  sinfi  ham  yo’q  edi,  tabiat 
birlamchi  deguvchilarning  mafkurasini  deyarli  hech  kim 
tushunmas,  biladiganlar  esa  juda  ozchilikni  tashkil  qilar  edi. 
SHuning  uchun  jadidchilikning  yangi  g’oyalar  bilan  paydo 
bo’lib,  ruhoniylarga,  hukmron  sinflarga  qarshi  turishi, 
madaniyatni  yaratishi,  bir  so’z  bilan  aytganda,  yangilik  edi, 
«jadid» jumlasining ma’nosi ham «yangi» demakdir».
Agar  lo’nda  qilib  aytsak,  jadidlarning  harakat  dasturi 
quyidagi masalalarni hal qilishga qaratilgan:
Diniy taassuf va fanatizmga qarshi kurash.   Diniy  aqidalarga  asoslangan  o’rta  asr 
maktablari  o’rniga  Ovro’po  qabiladagi  dunyoviy 
ilmlarni  ona  tilida  o’qitishga  moslangan  yangi 
usuldagi  maktablarni  tashkil  etish,  feodal  davri 
maorif tizimini isloh qilish.
Jadidchilik  g’oyalarini  keng  xalq  ommasiga 
yetkazish  niyatida  yangi  o’zbek  adabiy  tilini  ishlab 
chiqish,  matbuot  hurligi  uchun  kurash,  xalq 
ommasiga tushunarli adabiyot va teatrni yaratish.
Xotin-qizlarni  paranjidan  chiqarish  va  jadid 
maktablariga  qatnashlarini  ta’minlash  yo’li  bilan  ular 
taqdirini o’zgartirish va oilada islohot o’tkazish.   Mahalliy  boylar  va  savdogar  ahlining 
siyosiy  va  iqtisodiy  jihatdan  rus  burjuaziyasi 
bilan  bir  huquqda  bo’lishi,  mahalliy 
amaldorlarning  chor  hukmdorlari  tomonidan 
siquvga  olishiga  qarshi  kurash.  SHu  yo’l  bilan 
mustamlakachilik siyosatini isloh qilish.
Asosiy  talabalari  ana  shundan  iborat 
bo’lgan  jadidlar  uchun  ilm  va  ma’rifat  yagona 
qurol  bo’lib,  ular  shu  qurol  yordami  bilan 
o’lkada  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy 
taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo’ldilar.

Turkiston o’lkasida jadidchilik harakati

Reja: 1. Turkistonda jadidchilik harakati. 2. Jadidchilik g’oyalari.

15. Turkiston o’lkasida jadidchilik harakati. Turkistondagi jadidchilik harakati bu bir tasodif xodisa bo’lmay, balki hayotimizdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyotlar maxsuldir. Jadidchilik oqimini ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy tomonlarini professor B.Qosimov o’z tadqiqotida batafsil bayon etgan. Madrasalarda o’qitiladigan hoshiya va shrq kabi quruq mazmunga ega bo’lgan va madrasa o’quvchilari uchun foydasiz bo’lgan hamda ularning 8-10 daqiqa vaqtini bekorga oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari va islom tarixi kabi darslar o’tilsin.

Arifmetika, tarix, jo’g’rofiya, tabobat, xandasa, mantiq, falsafa va boshqa dunyoviy fanlarni o’qishga qarshilik ko’rsatilmasin. Har bir ishda musulmonchilikni Muhammad alayhissalom davridagi qadimiy islom madaniyatiga qaytarish ko’zda tutilsin. Marjoniy va uning tarafdorlari bo’lgan o’sha davrning jadidlari musulmon taraqqiyparvarlaridan edilar, ular madrasalarda diniy darslar bilan bir qatorda qadimiy islom madaniyati davridagidek dunyoviy darslarni o’qitishni shart qilib qo’ydilar. Biroq, qadimistlar va amirning reaktsion siyosati natijasida ta’qibga uchragan Marjoniy Buxorodan chiqib ketishga majbur bo’ldi. Uning maslakdoshlaridan ko’pchiligi zindonga tashlanib, orqalariga 75 darra urilgach, ular tavba qilib, qaytib bunday ishlarni qilmaslikka va’da berdilar

Jadidlar 1906 yildayoq «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o’z g’oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko’p o’tmay, «Xurshid», «SHuhrat» singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko’rdi. Markaziy Osiyoning turli shaharlarida jadid maktablari bodroqdek ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar ham keng targ’ib qilindi. «Jadidlar nima haqida gapirishmasin, hammasi yangi nafas, yangi g’oya edi, proletar mafkurasi ham, ishchilar sinfi ham yo’q edi, tabiat birlamchi deguvchilarning mafkurasini deyarli hech kim tushunmas, biladiganlar esa juda ozchilikni tashkil qilar edi. SHuning uchun jadidchilikning yangi g’oyalar bilan paydo bo’lib, ruhoniylarga, hukmron sinflarga qarshi turishi, madaniyatni yaratishi, bir so’z bilan aytganda, yangilik edi, «jadid» jumlasining ma’nosi ham «yangi» demakdir». Agar lo’nda qilib aytsak, jadidlarning harakat dasturi quyidagi masalalarni hal qilishga qaratilgan: Diniy taassuf va fanatizmga qarshi kurash.