logo

Turlarning paydo bo‘lishi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2676.8486328125 KB
T urlarning pay do 
bo‘lishi •
Tabiatda yangi turlarning hosil bo‘lish 
jarayoni mitatsiyalarga boy bo‘lgan 
populatsiyalarda boshlanadi. Olimlar 
tur paydo bo‘lishini uchta asosiy 
usulini farq qiladilar. Birinchi usulda 
turlar soni oshmagan holda bir tur 
o‘rnini ikkinchi yangi tur egallaydi. 
Ikkinchi usulda ikki xil turga oid 
organizmlar chatishishi natijasida 
uchinchi turning kelib chiqishi 
kuzatiladi. Uchinchi usul belgilarining 
ajralishi – divergensiya bilan bog‘liq •
Individlar bir tur doirasida har xil 
populatsiyalarga mansub bo‘lsa va 
erkin chatishib, nasl bersa, tur yaxlit 
va butun hisoblanadi. Yangi tur 
hosil bo‘lishi uchun esa 
populatsiyalar orasida alohidalanish 
yuzaga chiqishi kerak. 
Alohidalashgan populatsiyalarning 
belgi va xossalari orasidagi farqlar 
kuchayib boradi, yangi turlarning 
paydo bo‘lishiga olib keladi.  •
Turlarning paydo bo‘lishini 
tushuntirishda ikkita qiyinchilik 
uchraydi: ulardan biri tur paydo 
bo‘lishining uzoq muddatli 
ekanligi va tajribada 
o‘rganishning qiyinligi bo‘lsa, 
ikkinchisi – tur paydo 
bo‘lishining har xil 
organizmlarda turlicha bo‘lishi 
bilan izohlanadi.  •
Darvindan so‘ng klassik darvinizm bilan genetika, ekologiya, 
sistematika va boshqa tabiiy fanlarning birlashishi natijasida 
biologik tur, uning tarkibi, yangi turlarning paydo bo‘lishi 
to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar to‘plandi Tur paydo bo‘lishining tiplari ikki xil yo‘nalishda 
kechadi
•
Allopatrik yoki geografi k tur paydo 
bo‘lishi.
•
Simpatrik yoki ekologik tur paydo 
bo‘lishi. •
Tur paydo bo‘lishining 
birinchi turida geografi k 
to‘siqlarning paydo 
bo‘lishi, ikkin chi turida 
reproduktiv to‘siqlarning 
paydo bo‘lishi 
populatsiyalar o‘rtasida 
genlar almashinuvining 
to‘xtashiga sabab bo‘ladi.  •
Tur areali kengayganda yoki yirik geologik 
jarayonlar: qit’alarning surilishi, tog‘ hosil 
bo‘lishi, suv to‘siqlari natijasida bir nechta 
alohidalashgan populatsiyalar paydo bo‘ladi. 
Populatsiyalardagi irsiy o‘zgarishlar, yashash 
uchun kurash va tabiiy tanlanish natijasida asta-
sekin populatsiyalardagi gen tarkibida farq 
paydo bo‘la boshlaydi. •
Bu jarayon yangi tur hosil bo‘lishiga olib 
keladi. Qirg‘ovullarning xiva, yettisoy, 
murg‘ob, kavkaz, manjur, yapon kenja 
turlari xuddi shu yo‘l bilan kelib chiqqan. 
Galapagos orollaridagi tog‘ vyuroklari ham 
har bir orolda o‘ziga xos ko‘rinishga ega 
ekanligi geografi k alohidalanish natijasidir •
Simpat rik  y o‘nalishda t ur pay do bo‘lishi  ajdod tur areali doirasida 
alohidalanish sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Alohidalashgan populatsiyalar ajdod 
tur bilan bir arealda tarqalgan bo‘ladi. Odatda alohidalashgan individlar guruhi 
ajdod tur vakillaridan urchish muddati yoki yashash joyi, yoxud jinsiy jihatdan 
farq qilishi bilan ajralib turadi. •
Xromosoma va genom mutatsiyalari, duragaylash 
natijasida yangi tur larning hosil bo‘lishi ham simpatrik 
tur hosil bo‘lish yo‘nalishiga misol bo‘ladi. Ba’zi hollarda 
hujayraning bo‘linish jarayonida tashqi muhitning 
omillari ta’sirida xromosomalarning tarqalishi buziladi.

T urlarning pay do bo‘lishi

• Tabiatda yangi turlarning hosil bo‘lish jarayoni mitatsiyalarga boy bo‘lgan populatsiyalarda boshlanadi. Olimlar tur paydo bo‘lishini uchta asosiy usulini farq qiladilar. Birinchi usulda turlar soni oshmagan holda bir tur o‘rnini ikkinchi yangi tur egallaydi. Ikkinchi usulda ikki xil turga oid organizmlar chatishishi natijasida uchinchi turning kelib chiqishi kuzatiladi. Uchinchi usul belgilarining ajralishi – divergensiya bilan bog‘liq

• Individlar bir tur doirasida har xil populatsiyalarga mansub bo‘lsa va erkin chatishib, nasl bersa, tur yaxlit va butun hisoblanadi. Yangi tur hosil bo‘lishi uchun esa populatsiyalar orasida alohidalanish yuzaga chiqishi kerak. Alohidalashgan populatsiyalarning belgi va xossalari orasidagi farqlar kuchayib boradi, yangi turlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

• Turlarning paydo bo‘lishini tushuntirishda ikkita qiyinchilik uchraydi: ulardan biri tur paydo bo‘lishining uzoq muddatli ekanligi va tajribada o‘rganishning qiyinligi bo‘lsa, ikkinchisi – tur paydo bo‘lishining har xil organizmlarda turlicha bo‘lishi bilan izohlanadi.

• Darvindan so‘ng klassik darvinizm bilan genetika, ekologiya, sistematika va boshqa tabiiy fanlarning birlashishi natijasida biologik tur, uning tarkibi, yangi turlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar to‘plandi