Urbanizatsiya jarayonining rivojlangan davlatlarga xos xususiyattlari
Urbanizatsiya jarayonining rivojlangan davlatlarga xos xususiyattlari
Reja : 1. Urbanizatsiya jarayoni 2. Urbanizatsiyaga ta’sir etuvchi omillar 3. Rivojlangan davlatlarda urbanizatsiya
Urbanizatsiya (frans. urbanisation, ing. urbanization, lot. urbanus — shaharga mansub, urbs — shahar) — jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi o zgarishlar bilan bog liq. ʻ ʻ U. — tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir bo lgan ko p qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va ʻ ʻ demografik jarayondir. U.ning torroq doiradagi demografikstatistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar aholisi salmog ining ko payib ʻ ʻ borishini anglatadi.
Dastlabki shaharlar mil. av. 3—1ming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya, Suriya, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy, Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning O rta dengiz sohillarida vujudga kelgan. ʻ Yunonrim dunyosida esa Rim va Karfagen sh.larining mavqei yuqori bo lgan. O rta asrlar va ʻ ʻ Uyg onish davrida kapitalistik i.ch. unsurlari ʻ shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining o sib borishiga, konsentratsiyalashuviga ʻ olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo bo la boshladi ʻ .