Xiva me'morchilgi
Xiva me'morchilgi
Xiva : • Xorazmning o‘ziga xos iqlimi (sahroga yaqinligi), aholining joylashishi shaharlarning rivojlanishiga va uy-joylarning shakliga yaxshigina ta’sir qilgan. Qadimda aholi sug‘orish tarmoqlariga yaqin joyda yashagan. Daryo o‘zanining o‘zgarishi natijasida shaharlarning ko‘chish voqeasi Xorazm tarixida ko‘p uchraydi. • Uy-joylarning eng qadimgi va eng keng tarqalgan turi alohida-alohida joylashgan qo‘rg‘on hovlilardir. Qo‘rg‘on qishloq va ovuldan tamoman farq qiladi. Xorazm hududidagi to‘xtovsiz bo‘lib turgan o‘zaro urushlar qo‘rg‘on-hovlining devorlari mustahkam va xonalarining keng bo‘lishini talab qilardi. Qo‘rg‘onda oilaning butun ro‘zg‘ori, mollari, oziq- ovqat va suv saqlanadigan joylari bo‘lgan. Qo‘rg‘on teshik-tuynuksiz paxsa devor bilan o‘ralgan bo‘lib, devorning burchaklari g‘o‘la shaklidagi burjlar bilan mahkamlangan. Qo‘rg‘on sharhi (plani) to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida bo‘lib, asosan ko‘pincha tashqi (dishan) va ichki (ichan) hovlilarga bo‘linadi. Barcha xonalar yassi tom bilan yopilgan. Uzun yo‘lak tepasidagi tuynuklar orqali yondosh xonalar ham yoritilgan, bunday qo‘rg‘on qamal vaqtida 100-150 kishilik jamoani muhofaza qilardi. • Mustahkam qo‘rg‘onlar ko‘plab qurilishi bilan bir qatorda ular atrofida VI-IX asrlarda qishloqlar vujudga kela boshladi, bu qishloqlarga katta mulk egalarini ko‘shk qo‘rg‘onlari o‘zgacha fayz bag‘ishlagan. Qo‘rg‘onlar atrofidagi uylar asosan cho‘bkori uslubida qurilgan oddiy binolar edi. Shu davrlarda bunday imoratlarni tiklash va buzish oson bo‘lgan. Shaharlarda joy tansiqligi uchun ixcham cho‘pkori imoratlar qurish qulay bo‘lgan. Cho‘pkori imoratlar keyinroq shaharga xos asosiy bino bo‘lib qoldi. Afsuski, cho‘pkori imoratlar paxsa devorli imoratlar kabi uzoq saqlanmagan. • Xiva uylarining o‘ziga xos tuzilishi diqqatga sazovordir, binoning konstruktiv asosini bir qavatli cho‘pkori devor tashkil etib, sinchlar orasiga xom g‘isht bilan loy urilgan. Bu erdagi yozgi va qishki xonalarning joylashuvi katta-kichikligi, bezaklari Buxoro, Samarqand va Farg‘ona uy-joylaridan tamoman farq qiladi. Markaziy Osiyo me’morchiligida asrlar davomida imorat tarhini tuzish zaruriy unsur bo‘lib kelgan. Uning yuzaga kelishiga mintaqadagi iqlim sharoitining ta’siri katta bo‘lgan. Bu erda yoz juda issiq, qish esa sovuq bo‘ladi. Xiva uy-joylarini tashqi ko‘rinishi juda ajoyibdir: har bir uyda shimol tomonga qaratib ayvon quriladi, ayvonda asosan yozda “saraton oyida” kishilar issiqdan jon saqlashgan.
Me'morchilk ME'MORCHILIK XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o’rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta'sir ko’rsatdi. Chunonchi, 1782- yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi. Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me'moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765- yilda Sherg’ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi. XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor va ular oralig’ida 1834- yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi. 1842- yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva atrofida 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal'a devori va uning darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi.O’sha paytdan boshlab shahar hududining bu qismi Dishan qal'a — Tashqi shahar (qal'a) deb nomlana bosbiangan. Xivaning kichik halqali qal'a-devori bilan o’ralgan qismi Ichan qal’a — Ichki shahar (qal'a) deb atalgan. Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 17 masjid, 22 madrasa mavjud bo’lgan. Ichan qal'a bobolarimizdan qolgan o’rta Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlikdir. U ming gumbaz shahri nomi bilan mashhur. Ichan qal'a Xiva shahrining ichki qal'a (Shahriston) qismidir.