XVI-XVIII-asrlarda birinchi yarmida Hindiston
Mav zu: X VI-X VIII -asrlarda birinchi y armida Hindist on Reja: 1. Hindistonda Boburiylar davlarining paydo bo’lishi 2. Boburiy hukmdorlar davrida Hindiston 3. Hokimiyatga qarshi qo’zg’olonlar 4. Chet elliklarning kirib kelishi 5. Hindiston haqida turkiyzabon olimlarning asarlari
XVI asrda Hindiston siyosiy tarqoqlik holatida bo‘lib, o‘zaro ichki nizo va urushlar mamlakatni holdan toydirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur vaziyatdan foydalanishga qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy yurish boshladi. Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sul- tonligida afg‘onlarning lo‘diylar sulolasidan bo‘lgan Ibrohim Lo‘di hukmronlik qilardi.U 1526-yil 21-aprelda Bobur qo‘shiniga qarshi bo‘lgan Panipat jangida mag‘lubiyatga uchrab, halok bo‘ldi. D е hli sultonligida Bobur taxtga keldi va boburiylar sulolasiga asos soldi. Bobur 1530-yili vafot etgunga qadar Hindistonda hukmronlik qildi. Boburning vasiyatiga ko‘ra, taxtga uning katta o‘g‘li Humoyun o‘tirdi. Ammo Humoyunga qarshi birlashgan mahalliy zodagonlar 1540-yili uni taxtdan ag‘darishdi. Jangda mag‘lub bo‘lgan Humoyun Eron shohi Taxmasp I saroyidan panoh topdi. Hindistonda taxtni afg‘onlarning sur qabilasi sardori Sherxon egallab oldi. Humoyun uzoq kurashlardan so‘ng 1555-yili Dehlini qaytarib oldi , ammo ko‘p o‘tmay vafot etdi. Taxtga Humoyunning o‘g‘li Akbar keldi. U Bobur vorislari orasida eng mashhuri , buyuk islohotchi sifatida nom qol- dirgan. Bu shoh Hindiston tarixida «Buyuk Akbar» nomi bilan ataladi. Akbar 1556–1605-yillarda Hindistonni boshqardi. U ham harbiy , ham diplomatik usullar yordamida barcha musulmon beklari va hind roja- larini o‘ziga bo‘ysundirdi.
Akbarshoh islohotlari. Akbarshohning hukmronlik yillari imperiya- ning oltin davri bo‘ldi. Akbarshoh markazlashgan davlat va kuchli hokimiyatni barpo etish maqsadida imperiyani viloyatlarga ajratib , ularga o‘z noiblarini tayinladi. Soliq tizimi ham isloh qilinib, imperiya hududida yagona savdo solig‘i joriy etildi , xolisa va jogirdorlar yerla- ridan teng miqdorda soliq undiriladigan bo‘ldi. Butun imperiya uchun bir xil uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari hamda Mirzo Ulug‘bek tizimiga asoslangan yagona taqvim joriy qilindi. Mamlakat bo‘ylab saroylar, me’moriy inshootlar va bog‘lar barpo etildi. Ilm-fan, san’at va dehqonchilik rivojlandi. Yo‘llarni ta’mirlash, karvonsaroylar qurish hamda dengiz yo‘llari orqali Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlari olib borishga katta e’tibor qaratildi.Islohotlar ichida Akbarga eng katta shuhrat keltirgani diniy islohot bo‘ldi. Odamlar islom , hinduizm va boshqa bir qator dinlarga sig‘inadigan ko‘p dinli Hindistonda Akbarshoh diniy murosasozlik siyosatini olib bordi.U mamlakatni boshqarishga musulmon- lar bilan birga hindlarni ham jalb etdi, mu- sulmon bo‘lmaganlardan olinadigan jon so- lig‘i – jizya ni bekor qildi , hindlarning ziyo- ratgohlaridan olinadigan soliqni ham man etdi. Akbarshoh o‘z mamlakatida diniy bag‘rikenglik siyosatini yuritib, hindlar ora- sida islom dinining tarqalishini rag‘batlan- tirdi va ayni paytda hindlarning har qanday kamsitilishini bekor qildi.
Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarix ilmini yaxshi egallagan ma’rifatli hukmdor edi. U hindlar bilan musulmonlarning tinch-totuv yashashlariga erishdi. Akbarshoh yuritgan adolatli siyosat Boburiylar davlatining ulkan imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi va amaldorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida katta rol o‘y- nadi. Bu esa, o‘z navbatida , imperiya qudrati va shon-shuhratining yanada ortishiga xizmat qildi. Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatli siyosati tufayli «Milliy podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham sazovor bo‘ldi. U 1605-yilda vafot etdi. Akbarshohning islohotlari musulmon zodagonlar va diniy mutaa- ssiblarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Norozilar orasida Akbarshoh- ning o‘g‘li, taxt vorisi Jahongir Mirzo ham bor edi. U taxtga kelishi bilan, otasining ko‘plab islohotlarini bekor qildi.
Harbiy len tizimi- 1570 yillarning oxirida podshoh bir necha asrlardan beri mavjud bo’lgan harbiy- lentizimini bekor qilishga , harbiy xizmatlari uchun ajratiladigan yer o’rniga pul bilan to’lashni joriy qilishga harakat qildi. Bunga qarshi turli joylarda isyonlar bo’lganligi sababli islohotni to’xtatishga to’g’ri keldi. Akbar davlat xizmatidagi feodallar uchun mansablar tizimini joriy qilish bilan cheklandi