YANGI DAVR GARB FALSAFASI
YANGI DAVR GARB FALSAFASI
Markaziy Osiyoda esa bu davr nihoyatda ziddiyatli tarzda ko‘rinadi. Bu davr boshlariga kelib Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari shakllandi. Ayni vaqtda bu xonliklar iqtisodiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. CHunki, Markaziy Osiyo iqtisodiyoti va uning ijtimoiy hayoti shakllangan kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari bilan ma’lum darajada bog‘langan edi. Bu davrdagi falsafiy qarashlar haqida gap ketganda biz uni ikki yo‘nalishga ko‘ra qarab chiqamiz.
Qadimgi yunon faylasuflaridan juda katta mavqega ega bo‘lgan faylasuf Aflotundir. Aflotun (mil. avv.427-347 y.y.) Afina oqsuyak zadoganlaridan bo‘lib, avval Kratildan, so‘ng Suqrotdan ta’lim oladi va mashhur faylasuf bo‘lib etishadi. Aflotun o‘zining ob’ektiv idealistik falsafiy tizimini ishlab chiqadi .
SHarq falsafasining mazkur davri Xitoy, Hindiston va YAqin SHarq mamlakatlarida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy o‘zgarishlar bilan uyg‘unlikka ko‘ra o‘z ifodasini topgan. Bu davrga kelib, Xitoy falsafasida bir qator yangi oqimlar va yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Bu oqimlar mohiyatan Konfutsiy qarashlari bilan bog‘langan bo‘lishiga qaramasdan ularning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud edi. Xuddi shunday xususiyatlarni biz Hindiston va YAqin SHarq xalqlari falsafasida ham kuzatamiz .