Zamonaviy kalendar loyihalari
Mavzu:Zamonaviy kalendar loyihalari .
Reja 1 .Grigoriy kalendarining umumevropa kalendari sifatida qabul qilinishi 2 . O’n uch oylik kalendar loyihalari . 3 .O’n ikki oylik kalendar loyihalari 4 .Mahalliy va mintaqa vaqti . 5 . Dekret vaqti . 6 .Vaqt xizmati .
Grigoriy kalendari hozirgi kunda asosiy xalqaro kalendar hisoblanadi . Uni dunyodagi barcha davlatlar qabul qilgan . U hozir deyarli 433 yoshga kirgan (1582 y) . Kalendarning aniqligi etarli darajada yuqori, lekin uning qator kamchiliklari ham e ’tirof etilgan . Uning bir yillik xatosi 0 ,0003 kunni tashkil etadi, xolos . Uning quyidagi nuqsonlarini ko ’rsatish mumkin : 1 Oylarning uzunliklari har xil : 28 , 29 , 30 va 31 kun . 2 Turli xil uzunlikdagi oylarning k e lishi tartibsiz . Masalan, d e kabr 31 kun, yanvar 31 kun, fe vral 28 kun .
3 Yil boshi tabiat bilan bog ’lanmagan . 4 Yil fasllarda kunlar soni 90 dan 92 gacha . Birinchi yarim yillik ikkinchisidan oddiy yilda 3 kunga , kabisa yilida 4 kunga qisqa . 5 Hafta kunlari doimiy bir oy kunlari bilan mos tushmagan . Turli oy va yillarda ish kunlari soni turlicha . 6 Oy nomlari eskirib qolgan , h ech qanday ahamiyatga ega emas . Bundan tashqari har yili juda katta xajmdagi kal endarlar chiqariladi . Ana shu sabablardan kelib chiqib 1923 yilda J en eva shaxrida Millatlar Ittifoqida kalendarni isloh etish bo ’yicha xalqaro qo ’mita tuzilgan edi . Qo ’mita shu vaqtgacha bir n echa yuz yangi kal endar loy ih alarini muhokama etdi .
Kalendar islohoti bo`yicha 1 va 2 jahon urushlari davrida Millatlar ligasi shug`ullandi , keyinroq esa BMT ham bu masala bilan shug`ullandi . Islohotlar loyihasining bosh maqsadi , turli oylardagi haftaning 7 kunlik « yagonaligini ishlab chiqish edi . Loyihalar ichida mashhuri bu yilni 4 chorakka (13 haftadan ) bo`lish edi . Qo`shimcha kunlar (oddiy yilga 1 , kabisa yilida 2 kun )ni « oq kunlar » sifatida haftadan tashqari hisoblab , ularni « tinchlik kunlari » deb ataydi . Har bir chorakning 1 -oyi 31 kundan , 2 -oy esa 30 kundan bo`lib , yil oxirida qolgan 365 -kun bor edi . Ushbu loyihada har bir chorak yakshanbadan boshlanib , shanbada tugaydi . Boshqa loyihada yil 13 oylik 4 haftadan (28 kun ) va 1 kun esa haftaga bog`liq bo`lmay qolardi .