logo

AFROSIYOB DEVORIY SURATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

10032.129882812 KB
AFROSIYOB DEVORIY SURATLARIMUNDARIJA	
Kirish	3-8	
I bob.
O‘ZBEKISTON   HUDUDIDAGI   DEVORIY
SU R ATLARINING O‘RGANILISH TARIXI ………………..	9-	27	
1.1.
Devoriy suratlarining o‘rganilish tarixi.	9-	17	
1.2.
Panjikent devoriy suratlari va ularning o’rganilishi.	17-27
II .  Bob. ILK   O’RTA   ASR   AFROSIYOB   DEVORIY
SURATLARINIG TARIXIY BADIIY XUSUSIYATLARI…
28-60	
2.1. 
Devoriy suratlari talqini…………………………………………	28-35	
2.2	.
Kompozitsiya tuzulishi……………………………………..	35-47	
2.3.
Devoriy   suratining     restavratsiya   va   konsirvatsiya   qilish
o’sullari…………………………………………………………...	48-53	
3.4
Buyoqlarning texnologiyasi va uning tarkibi………………….	53-60	
III	 bob
AFROSIYOB   DEVORIY   SURATLARINING   O’RTA
OSIYO TASVIRIY SAN’AT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI. .	61-79	
3.1	.
Ilk   o’rta   asr   Afrosiyob   devoriy   suratlarini   qushni   hudud
yodgorliklari bilan madaniy aloqalari……………………………..	61-69	
3.2	.
Rivojlangan o’rta asrlar Afrosiyob devoriy suratlari……………...	69-79	
Xulosa	……………………………………………………………	80-84	
Adabiyotlar ro’yxati	…………………………………………..	85-90	
Illyustrativ albom	………………………………………………	91-96
1 KIRISH	
Mavzuning   dolzarbligi	.   Respublikamiz   mustaqilligining   dastlabki	
kunlaridanoq   xalqimizning   o’tmish   tarixi   boy   madaniy   merosini   o’rganish,   uni
saqlash   va   kelajak   avlodga   yetkazishga   hukumatimiz   tomonidan   aloxida   e`tibor
berildi. Xususan, yurtboshimiz I. A. Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak
yo’q”   nomli   asarida   “O’zlikni   anglash   tarixni   bilishdan   boshlanadi.   Haqqoniy
tarixni   bilmasdan   turib   esa   o’zlikni   anglash   mumkin   emas.   Davlatimiz,
millatimizning   haqqoniy   ilmiy   tarixini   yaratish   keng   jamoatchiligimiz   uchun
g’oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim” deb ta’kidlagani bejiz emas	1.	
Darhaqiqat,   eng   qadimgi   o’tmishdan   to   hozirgacha   bo’lgan   davlatchiligimiz   va
uning rivojlaninsh bosqichlari tarixi shu hududda yashagan xalqlarning, ijtimoiy-
siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotini chuqur hamda keng o’rganish uchun katta
imkoniyatlar   yaratib   berildi.   Shu   bois     yurtimizning   qadimgi   sivilizasiya
markazlaridan   biri   bo’lgan   Sug’d   siyosiy,   madaniy   hamda   iqtisodiy   hayotini
o’rganish ham respublikamiz mustaqillik yillarida yangi bosqichga ko’tarildi. 	
Malumki, Sug’d Markaziy Osiyoning yirik markaziy madaniy o’lkalaridan	
biri   hisoblanib,   hozirgi   vaqtga   qadar   olib   borilgan   arxeologik   tadqiqotlar
jarayonida   hududda   uch   mingdan   ziyod   arxeologik   yodgorliklar   saqlanganligi
aniqlangan.  Ushbu  arxeologik   yodgorliklar   o’zining  tipologiyasi   va  turiga  ko’ra
qadimiy   shaharlar,   qo’rg’onlar,   qarorgohlar,   qishloqlar,   ko’shklar   qasrlar,
qabriston   kabilarga     bo’linib,   ularning   asosiy   qismini   ilk   o’rta   asrlarga   mansub
arxeologik   yodgorliklar   tashkil   etadi	2.   Ammo,   ilk   o’rta   asrlarga   mansub	
arxeologik   yodgorliklar   ko’pchilikni   tashkil   qilsada,   ularning   faqat
ayrimlaridagina keng  qamrovli  arxeologik  qazishma ishlari  olib  borilgan,  xolos.
Shunday   arxeologik   yodgorliklaridan   biri   qadimiy   Afrosiyob   Shaxristoni   siyob1
Каримов   И.А.   Тарихий   хотирасиз   келажак   йўқ   //   Биз   келажагимизни   ўз   қўлимиз   билан   қурамиз.   –
Тошкент,1999. – Б. 138.
2
Буряков Ю.Ф. ,  Аскаров К.К.   К типологиии сельских поселений раннесредневекового  С огда   (по материалам
южных район о в Самаркандского о а зис а ) ИМКУ.Вып 28. –С. ,  1997. - С.88
2 arig’I   bo’yida   joylashgan   Afrosiyob   yodgorligidir.   Afrosiyob   yodgorligida   I
asrdan  oshiqroq  vaqt   davomida  arxeologik  tadqiqotlar   amalga  oshirilgan   bo’lib,
keyingi   arxeologik   tadqiqotlar   ayrim   uzilishlar   bilan   hozirga   qadar   davom   etib
kelmoqda. Deyarli  yuz yillik tadqiqotlar davomida yodgorlikning shakllanish va
rivojlanish   tarixi,   bilan   birga   tariximizning   ajralmas   qismi   bo’lgan   Sug’dning
ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   tarixiga   oid   qimmatli   ma`lumotlar   qo’lga   kiritildi   va
kiritilmoqda.   Ushbu   ma`lumotlar   Sug’dning   stratigrafiyasi,   xronologiyasi,
qurilish   madaniyati,   hunarmandchiligi   hamda   siyosiy   holati   borasidagi   tarixiy
ma`lumotlarga   yanada   aniqliklar   kiritildiki,   bu   holat   Afrosiyob   yodgorligi
devoriy suratlarida yani tarixni qotb qolgan lavhalarni kurishimiz mumkin.	
Hozirgi   kunda   yodgorlikda   olib   borilgan   tadqiqotlar   va   undan   qo’lga	
kiritilgan natijalarga asoslanib yurtimiz va xorijiy ilmiy nashrlarda ko’plab ilmiy
maqolalar   chop   etilgan.   Ushbu   maqolalar   yodgorligining   o’rganilish   tarixini
yoritishda   muhum   ahamiyat   kasb   etadi.   Zero,   Afrosiyob   devoriy   suratlarini
o’rganish   tarixini   yoritish   orqali   nafaqat   yodgorlik     ahamiyatini,   tarixda   tutgan
o’rnini balki uni tadqiq etishda ishtirok etgan olimlarning sermashaqqat ishlarini,
ularning qo’lga kiritgan yutuqlarini, etirof etishimiz Vatanimizning ilk o’rta asrlar
tarixi xalqimiz moddiy madaniyatini yangi qirralarini yoritilishi guvohi bo’lamiz.	
Tadqiqot   obyekti   va   predmeti	.   Ilk   o’rta   asrga   oid   Afrosiyob   devoriy	
suratlari     tadqiqotning   asosiy   obyekti   bo’lsa,   shu   yodgorlikda   arxeologik
qazishmalar   natijasida   qo’lga   kiritilgan   moddiy   madaniyat   namunalari-devoriy
suratlar,   ochilishi,   ta’mirlash   ishlari,   ranglari,   yaratilish   tarixi,   tadqiqot   natijasi
sifatida elon qilingan ilmiy maqolalar Bitiruv ish predmetini tashkil etadi. 	
Tadqiqotning   maqsadi   va   vazifalari	.   Tadqiqotning   asosiy   maqsadi	
Afrosiyob   devoriy   suratlari   to’g’risida   olib   borilgan   ilmiy   izlanishlar   natijalari-
maqolalar,   risolalar   hamda   qo’lga   kiritilgan   moddiy   madaniyat   namunalarini
ilmiy   tahlil   qilish   va   o’rganishdir.   Tadqiqot   vazifasi   esa   ushbu   tahlil   asosida
Afrosiyob   yodgorligidir   yodgorligining   o’rganilish   tarixini   yoritish   bilan   birga
uning   umumiy   tadrijiy   rivojlanish   tarixi,   ilk   o’rta   asr   Sug’d   diyorida   madaniyat
tarixida tutgan o’rnini yaxlit holatga keltirishdan iboratdir.3 Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   kutilayotgan   natijalar.  	Tadqiqot	
quyidagi asosiy masalalarni hal etishga qaratilgan:	
Yodgorliknining   respublikamiz   mustaqillikgacha   va   undan   keyingi   davr	
ta’mirlash  texnologiyalarini   yoritish  va  shu   orqali   turli   yillarda   qo’lga  kiritilgan
natijalarni yaxlit tizimga solish;	
Arxeologik   tadqiqotlar   jarayonida   qo’lga   kiritilgan   moddiy   madaniyat	
namunalari-devoriy   suratlari   ta’mirlash,   rang,   kompozisiya   va   h.k.   larni   qiyosiy
o’rganish   va   shu   orqali   Afrosiyob   devoriy   suratlari   zamonaviy   texnologiyalar
asosida ta’mirlash ishlari muammolarini yoritish;	
Tadqiqotda   ushbu   masalalarni   hal   etish   orqali   qo’yidagi   natijalarni   yani,	
yodgorlikning   Sug’d   tarixida   tutgan   o’rni,   keyingi   yillarda   qo’lga   kiritilgan
muhim   natijalarni   o’zida   jamlagan   zamonaviy   ta’mirlash   texnologiyalarini
qullash yaxlit holatga keltirish nazarda tutilgan.	
Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili	. Afrosiyob devoriy suratlari	
arxeologik   va   tarixiy   jihatdan   o’rganilishiga   bag’ishlab   yozilgan   adabiyotlarni
ikki guruhga bo’lish mumkin: 	
1) Sobiq ittifoq davrida chop etilgan asarlar va ilmiy ishlar
2)Respublikamiz   mustaqilligi   yillarida   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar.	
Birinchi   guruhga  sovet   hukmronligi  davrida  chop  etilgan   asarlar   va   ilmiy   ishlar
kiradi.Bu davrda yaratilgan I.I.Alboum, V.L.Vyatkin,	V.A.Shishkin,  Abdurazakov
A.A,   Kambarov.M,	
  M.A.Reutovalar   tomonidan   yodgorlik   tarixi,   rivojlanishiga	
doir ilmiy asarlar yaratilgan bo’lib, ularda qimmatli ma’lumotlar berilgan. 	
Xususan,
  V.L.Vyatkin,	  I.I.Alboum	 va   Abdurazakov   A.A	  tomonidan   olib	
borilgan   dastlabki   arxeologik   qazishmalar   natijasida   aniqlangan   xumdonlar   va
sopol   idishlar   tahlil   qilingan   holda   yodgorlikning   dastlabki   davriy   sanasi
belgilanadi.
Dastlab   1913   yil   bahor   vaqtida   arxeolog   sharqshunos   olim   Vasiliy
Lavrentevich  Vyatkin Afrosiyobda  qazishma  ishlarini   olib  borayotganida  birinchi
marotaba devorga solingan suratning yaxshi saqlanmagan parchalarini aniqladi.	
 
4 Keyinchalik1965-1979yillarda l.I.Alboum	 va Abdurazakov A.A	 yodgorlikda	
qazishma ishlarini davom ettiradi	3. Qazishmalar jarayonida yodgorlikda bir necha	
xonalar   ochilib   VII-VIII   sarlarga   oid   devoriy   suratlarini   ochilishiga   miyassar
bo’ldi.	
Ikkinchi   guruhga,   mustaqillik   yillarida   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar	
natijalari   kiradi.   O’zbekiston   mustaqilligini   qo’lga   kiritgandan   keyingi   davrda
yaratilgan   ilmiy   asarlar   va   olib   borilgan   ilmiy   tadqiqotlar   natijalari   majmuasi
o’zbek   xalqi   moddiy   va   ma’naviy   madaniyati   tarixini   o’rganishda   beqiyos
ahamiyat kasb etadi.	
Mustaqillik  yillarida tadqiqot  ishlari  dastlab  O’zR  FA Arxeologiya instituti	
xodimi   M.A.Reutova   tomonidan   olib   boriladi.   Ta’mirlash   ishlari   Afrosiyob
devoriy suratlarni ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. 	
Afrosiyob   devoriy   suratlarni   ta’mirlash   ishlari   2014yilda   tashkel   qilingan	
Shoh   Varxuman   ilchilar   zalida   ta’mirlash   ishlari   tashkel   qilingan   O’zbekiston-
Fransiya qo’shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan davom ettirilib kelmoqda.
M.A.Reutova   rahbarligida   har   yili   amalga  oshiriladigan   qazishma   ishlarida  turli
yillarda   o’zbek   ta’mirchilaridan   A.Ahadova,   G.Pulatova,   B.Boliyevlar   ishtirok
etib kelishmoqda.	
O’zbekiston-Fransiya   qo’shma   arxeologik   ekspeditsiya   tomonidan   olib	
borilgan   ta’mirlash   ishlari   jarayonida   devoriy   suratlar   zamonaviy   ta’mirlash
ishlari   hamda   devoriy   suratlarni   asosini   taxtadan   va   pinoplasdan   yasalgan   asosi
almashtirildi.  Ari   uyasi   kurinishdagi   120-125 mm   o’lchamli  asos   metal   profilga
qotrildi. 	
Xususan,   mustaqillik   yillarida   olib   borilgan   arxeologik   qazishmalar	
natijasida Afrosiyob shahristonidan XII-XIII asrga taluqli yana bir zal ochildi. Bu
devoriy   suratlarni   ochilishi   bilan   shuni   kursatadiki   arablar   kelganidan   sung
devorlarga rasim chizish ishlari yuqolib ketmagan aksincha XII asrga kelib keng
tarqalib, boy zadagonlar uylariga devoriy suratlar chizdirishgan va keyinchalik bu
3
Шишкин   В.А.Узбекистанская   археологическая   экспедиция   АН   Уз   ССР   (Полевые   работы   1956-
1959гг.)// ИМКУ.   Вып.   2.   -Т.,   1961;   Шишкина   Г.В.   Раннесредневековая   сельская   усадьба   под
Самаркандом.//ИМКУ. Вып .  2 .-Т.,1961. - С . 36.
5 sanat namunalari, kitoblar muqovalariga minatyura janiriga kuchgan, Ta’mirlash
ishlari Afrosiyob devoriy suratlarini Shimoliy va G’arbiy devorlari ta’mirlandi va
hozirgi kunda davom etmoqda.  	
Tadqiqotda   qo’llanilgan   uslublar.  	Bitiruv   ishda  	tadqiq   etilayotgan	
masalalarga   tarixiy   xaqiqat,   xolislik   nuqtayi–nazardan   yondoshilgan	.   Prezident	
I.A.   Karimov   asarlarida   tarixiy   tad	qiqrtlar   oldiga  	qo’ygan   va’zifalardan   kelib	
chiqib, mavzuni yoritish bo’yicha ilmiy izlanish olib borish ko’zda tutilgan. Ilmiy
muammoni o’rganish va tahlil  qilish tarixiy-falsafiy uslublardan, ya’ni analiz va
sintez,  	tizimlashish	,   qiyosiy   solishtirma,   obektiv   holatni   taxlil   qilish   kabi	
metodlardan foydalanilgan.	
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati	.Tadqiqot   ishi	
materiallari   va   ilmiy   xulosalardan   O’zbekiston   tarixining   o’rta   asrlar   davri,
xususan,   ilk   o’rta   asrlar   xunarmandchiligi   hamda   amaliy   san’ati   tarixini
yoritishda,   tarix,   san’atshunoslik,   etnologiya   va   boshqa   fan   sohalari   ma’ruza
matnlari   tayyorlashda   hamdakasb-xunar   kollejlari   va   o’rta   maktablar   uchun
qo’llanmalar   chiqarishda   ahamiyatga   ega   bo’lishi   e’tiborga   olingan.   Shu   bilan
birga   ishning   natijalaridan  	O’	zbekiston  	muzeylari   va   ko’rgazmalarda   qo’yilgan	
devoriy   suratlar   topilmalarining   xronologik   davri   va   ularnining   rivojlanish
bosqichlariga   aniqliklar   kiritish   hamda  	ilk   o’rta   asrlar   a	rxeologiyasi  	va  	tarixini	
o’rganishda metodologik qo`llanma bo’lib xizmat qilishi mumkin.	
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi	.   Bitiruv   ishning   ilmiy   yangiligi   unda	
Afrosiyob   devoriy   suratlarini   ta’mirlash   bo’yicha   zamonaviy   ta’mirlash   ishlari
amalga   oshirildi,   ularning   ilmiy   natijalari   yaxlit   tizimga   solinganligidadir.   Shu
bilan   birga   Bitiruv   ishda   zamonaviy   ta’mirlash   ishlari,   yaratilish   usullari   chop
etilgan ilmiy maqolalar asosida klassifikasiya qilishga harakat qilingan.	
Bitiruv   ish   tarkibining   qisqacha   tavsifi	.   Bitiruv   ish   kirish,   uch   bob,	
xulosa,   foydalanilgan   manba   va   adabiyotlar   ro’yxati,   chizma   va   suratlar   albomi
ilovasi hamda qisqartirilgan so’zlarning izohli ro’yxatidan iborat.Mavzuni o’rganishning darajasi.   Antik va rivojlangan o’rta asrlarda Sug’d
san’ati   to’g’risida   ilmiy   adabiyotlar   XXasrda   va   mustaqillik   yillarida   yaratildi.
6 Afrosiyob   harobalari   1905-yilda   V.L.Vyatkin   tomonidan   o’rganila   boshlandi.
1913-yilda   u   ish   olib   borayotganda   birinchi   marta   devorga   solingan   suratlarning
yaxshi   saqlanmagan   parchalarini   aniqlagan.   Afrosiyob   devoriy   suratlarini
L.N.Albaum o’rganib “Jivopis’ Afrasiaba” asarini yaratgan. Afrosiyobdan topilgan
VII-VIII   asrlarga   oid   noyob   suratlar   O’zFA   Arxeologiya   instituti   ilmiy   xodimi
A.A.Abdurazzoqov   raxbarligida   Afrosiyob   muzeyining   markaziy   zaliga
o’rnatilgan. Devoriy suratlar restavratsiyasi  bilan A.A.Abdurazzoqov, M.Reutova,
G.Ahadova kabi olimlar shug’ullanishgan. 
Tadqiqotning  maqsad  va  vazifalari.  Mavzuning  dolzarbligidan kelib  chiqqan
holda quyidagi vazifalarni yoritish belgilandi:
-Devoriy suratlarni o’rganilishining tarixini yoritish.
-O’zbekiston   hududidan   topilgan   devoriy   suratlari   to’g’risida   hamda   ularni
talqini va badiy xususiyati. 
-Ilk o’rta asr devoriy suratlari talqini
-Rivojlangan o’rta asr devoriy suratlari hamda ularni  ta’mirlash ishlari
-   Shox   Varxuman     elchilar   zalidagi   Afrosiyob   devoriy   suratlarini   ta’mirlash
ishlar borasida 
7 I. BOB.  O‘ZBEKISTON  HUDUDIDAGI  DEVORIY
SU R ATLARINING O‘RGANILISH TARIXI.
I.1. Devoriy suratlarining o‘rganilish tarixi.
Dastlab   1913   yil   bahor   vaqtida   arxeolog   sharqshunos   olim   Vasiliy
Lavrentevich  Vyatkin Afrosiyobda  qazishma  ishlarini   olib  borayotganida  birinchi
marotaba   devorga   solingan   suratning   yaxshi   saqlanmagan   parchalarini   aniqladi 4
.
Devorda odam figuralari tasvirlangan bo’lib ular tagidan esa yo’l-yo’l qilib naqsh
berilgan.   Lekin   bu   rasmlarni   buzilishdan   saqlash   (konservatsiya)   usulini
bo’lmaganligi   oqibatida   ular   yetib   kelmagan   Suratli   suvoq   qurib   qolib   to’kilgan
lekin undan nusxa olib qolingan.
Bu   rasmlarning   akvarel   ranglarini   ishlatib   uning   nusxasini   rassom
B.F.Rombert   olib,   O’rta   Osiyo   san’at   tarixiga   bag’ishlangan   matbuotlarda   e’lon
qilgan.   V.L.   Vyatkinning   fikricha   topilgan   rasmlar   qoraxoniy   Tomg’achxon
Ibroximga   (XII   asrning   oxirlari)   tegishli   degan,   V.V.   Bartold   esa   bu   rasmlarni
bunda   freskalar   deydi 5
  Afrosiyob   shaharchasida   1961   yili   o’rta   asrlardagi
xumdonlarni   qazish   paytida   devorlarga   ishlangan   naqsh   bo’laklari   topilgan.   1963
yilda   esa   Afrosiyob   xududining   Jome   masjidi   yaqinida   suratlar   chizilgan   devor
(naqshkor jonish) hamda 1965 yilning baxorida devorlariga rasmlar solingan yana
oltita imorat ochilgan 
Birinchi   bo’lib   qazilgan   zalning   faqat   shimol   tomonidan   devorchagina   surat
solingan,   uning   taxti   ravon   tagida   o’tirgan   erkak   va   ayol   tasvirlangan   bo’lib
qo’llarida   olov   yonib   turgan   kosalar   mavjud.   Ularning   har   ikki   tomonida
xizmatkorlar turibdi.
Qolgan   uch   devor   oq   rang   (ganch)   ga   bo’yalgan,   Yagona   karniz   ikki   tovus
surat   bilan   bezatilgan.   Tovuslar   meva   solingan   kosaga   qarab   turibdi   ular   tagida
naqshli xoshiya bor.
Ikkinchi zalning yarmi ochildi suratlarning borligi aniqlandi lekin ular ochib
ko’rilmadi 6
. 
4
   Л .  Н .  Албаум .” Живопись Афрасиаба”  Тошкент,1975 . -C . 34.
5
   В . В . Бартолд. Отчет о командировке в Туркистан, Соч Т VI, M., 1966. -C.251.
6
   Самарқанд тарихи ..T. ,  1971 .  -Б. 136 -137 
8 Bu   davr   1965-80   yillarni   qamrab   olib   bu   davrda   Afrosiyob   va   umuman
Samarqand   vohasining   o’rganishga   katta   ahamiyat   berildi.   Afrosiyob
ekspeditsiyasi   Arxeologiya   institutining   eng   yirik   ekspeditsiyasiga   aylantirilib
amalda   institutning   dala   ishlarini   takomillashtirish   yirik   ko’p   qatlamli   shahar
qoldig’ini   o’rganish   labaratoriyasiga   aylantirildi.   Asosiy   etibor   shaharning
rivojlanish   dinamikasiga   qaratilishi   bilan  birga   shaharning  tarixiy  topografiyasiga
qaratildi. Jumladan G.V. Shishkina Afrosiyobning g’arbiy qismida IX-XI asrlarga
oid turar-joy mahallasini ochib o’rgandi 7
.
Shu  yillarda  olib   borilgan   ishlar   natijasida   olingan   yirik   muvafaqqiyotlardan
biri   Samarqand   ihshidlarining   ilk   o’rta   asrlarga   oid   saroyining   ochilishi   bo’ldi.
Saroy   va   VIII   asr   devorida   chizilgan   rasmlar   to’g’risida   arxeolog   L.I.   Alboum
o’zining “ Jivopis   Afrasiaba ” asarida to’liq tasvirlab bergan 8
.
Sug’diyonaning   markaziy   shahri   Samarqandning   qadimiy   o’zagi   bo’lmish
Afrosiyob   shaharchasining   hududida   ajoyib   devoriy   suratlar   chizilgan   obektlar
arxeologlar tomonidan ochilgan. XX asrning 30-yillar oxrida Yurtimizning ko’plab
hududlarida   devorlarga   solingan   ko’plab   rang   tasvir   namunalari,   devoriy   suratlar
topildi.   Ular   antek,   ilk   o’rta   asr   devoriy   suratlari   Tuproqqal’a,   Yerqo’rg’on,
Bolalik-tepa, Bundjikat, Varaxsha,  Kofirqal’a, Tavka, Afrosiyob yodgorliklaridan
turli o’ziga xos badiy obrazlar aks ettirilgan diniy va dunyoviy kompozisiyalar aks
ettrilgan   obrazlarga   ega.   Bu   devoriy   suratlar   usha   davr   tarixining   qotib   qolgan
aynan   o’zidir.   Deplomatik   mnosabatlarini   ko’rishimiz   mumkin,   ularga   qarab
xalqlarning etnik kelib chiqishi,  ko’rinishi, urf-odatlarini, ko’rishimiz mumkin. 
7
   Г . В .  Шишкина .  “ Городской   квартал   на   северного   западе   Афрасиаба ”/  Сб  “  Афрасиаба ”   II , 1973. -С. 34.
8
  Л . И . Албоум  “ Живопись   Афрасиаба ”  T .,1975. - C . 45.
9 Tavka devoriy suratlari
10 XX-asrning   60-yillaridan   Baxtari   zamin   -  Tohariston   xududida   boshlangan
keng   miqyosdagi   arxeologik   tadqiqotlar   mazkur   qadim   ulka   moddiy   madaniyati,
san’ati tarixining yorkin saxifalarini ochib berdi. Ayniksa, bu borada tasviriy san’at
-   devoriy   suratlar   tarixi   sohasida   muhim   yutuqlar   qo‘lga   kiritildi.   CHunonchi
Bolaliktepa   9
,     Ajinatepa,   Qalai   Kofirnigon   va   Kofirkal’a   devoriy   suratlarining
ochilib   urganilishi,   ularning   to‘la   ilmiy   talqini   O‘rta   Osiyo   tasviriy   san’atida
alohida  Toxariston   tasviriy   san’at   maktabi   sifatida   ajratilishiga   asos   bo‘lmokda 10
.
Devoriy suratlar tasviriy san’atda aloxida o‘rin tutib, ular mazmunan ikki xil; diniy
va dunyoviy suratlarga ajraladilar. Diniy mazmundagi suratlarga asosan ibodatxona
va   xilxonalarni   bezab   turgan   asarlar   kirib,   ularda   avvalo,   mazkur   din   g‘oyalariga
monand,   shu   erda   so‘nggi   yillari   topilgan   shaxs   hayotiga   oid   tafsilotlar   aks
ettiriladi.   Saroy,   qasrlarni   bezab   turgan,   mazkur   inshoot   egalari   xayotiga   taalluqli
hayotiy   mazmundagi   suratlar   yoxud   ular   didiga   mos   afsonaviy   mazmundagi
lavhalar   bilan   bezaladi.   CHunonchi,   Ajinatepa   va   Qalai   Kofirnigon   devoriy
suratlari   budda   dini   g‘oyalarini   targ‘ib   qilsa,   Bolaliktepa   suratlarida   L.I.Albaum
ta’kidlashicha,   xar   ikki   mazmunni   xam   kuzatish   mumkin.   Ammo,   Bola liktepa
suratlaridagi diniy mazmun talqini o‘z vaqtida inkor qilinadi va ularning rostmana
dunyoviy   talqini   taklif   qilinadi 11
  .   Ma’lumki,   budda   va   otashparastlik
ibodatxonalarida   diniy   marosim   -   xudoyi   ziyofatlari   lavhalari   odatdagi   hol
hisoblangan.   Mazkur   marosimlar   arxeologik   ma’lumotlar   bilan   xam   tasdiqlanadi.
CHunonchi,   Xorazmda   Janbosqal’a   ibodatxonasidagi   otashgoxda   ko‘plab   kishilar
ishtirokidagi   xudoyi   ziyofatlari   marosimi   tasvirlangan.   Xuddi   shuningdek
Panjakent   birinchi   ibodatxonasida   xam   diniy   xudoyi   ziyofatlar   tasvirini   kuzatish
mumkin 12
.   Bu   o‘rinda   diniy   va   dunyoviy   marosimlarni   bir-biriga   uyg‘unlashib
ketganligini   inobatga   oladigan   bo‘lsak,   Bolaliktepa   tasvirlarini   dunyoviy
mazmunga   yo‘yishimiz   xam   mumkin.   YAna   muallif   Bolaliktepada   suratli   xona
vayron bo‘lgach, uning o‘rtasida 3 m balandlikdagi  supa quriladi  va uning ustiga
9
  Альбаум, I960, c. 196-199
10
  Альбаум, I960, с.218-219; Литвинский, 1981, с. 136. 
11
  Пугаченкова, Ремпель, 1965, 138 c.
12
  Якубовский, 1951, с.248
11 chiqib   Quyosh   va   Oyga   sig‘inishgan   degan   fikrga   ham   boradi.   Ma’lumki,
manixeylik   dinida   ham   asosan   Quyosh   va   Oyga   sig‘inishgan.   Ilk   o‘rta   asrlarda
Markaziy Osiyo tasviriy san’atida devoriy suratlar alohida o‘ringa ega. Ma’lumki,
Tavka   devoriy   suratlarining   birinchi   qatorida   ov   manzarasi   aks   ettirilgan.   O‘rta
otlik   suvoriylarniig,   mazkur   mintakada   o‘z   vaqtida   keng   tarqalgan   ohular
(jayronlar)   ovi   tasvirlangan.   Janubiy   Xisor   tog‘   tizmalariga   kiruvchi   Kuxitang
tog‘larida   yaqin-   yaqinlargacha   ohu-kiyik   ovi   ovchilar   o‘rtasida   yuqori   martaba
hisoblanib,   xar   qanday   ovchi   bu   yumushga   qo‘l   urolmagan.   U   xayvon   o‘zi   esa
nihoyatda hushyor, sergak bo‘lib, uni ovlashning uziga xos kiyinchiliklari bulgan.
Ov manzarasi lavxdsi bu ulka tasviriy san’atida juda qadimiy lavxa hisoblanib, u
uzok, mezolit davriga borib taqaladi. CHunonchi, Zaravutsoy gori suratlarida xam
xuddi shu lavhani kuzatish mumkin . YOxud Amudaryo xazinasida qayd qilingan
milodgacha   V-IV   asrlarga   oid   jangovor   qalqonda   aks   ettirilgan   ov   manzarasida
aylana   bo‘ylab   tasvirlangan   katta   tezlikda   harakatlanayotgan   otliqlar   kiyik,   echki
va quyonni   ta’qib  qilmoqdalar. Mazkur  tasvirni   tadqiqotchilar   yozma  manbalarda
keltirilgan   mahalliy   xukmdorlar   o‘zlarining   asosiy   boyliklarini   ovdan   tushadigan
o‘ljalar   hisobidan   bilganlar   yoki   "bu   maqsadlar   uchun   katta   o‘rmonlar,   sersuv
daryo  soxillarini   tanlab   olib,  ular   atrofini   devorlar   bilan   o‘rab  oladilarda   ovchilar
uchun   maskanlar,   burjlar   quradilar".       Janubiy   Tojikistonda   Taxti   Sangin   shahar
xarobasidan   topilgan   fil   suyagi   parchasida   xam   chavandozlar   i щ tirokida   tog‘
kiyiklari,   yo‘lbars,   tulki   va   quyon   ovi   manzarasi   aks   ettirilgan.   VII   asrga   oid
chavandozning   TOF   kiyik   ovi   manzarasi   janubiy   Tojikistondagi   Qofirqala   shahar
xarobasidan   topilgan   sopol   taxtachada   ham   tasvirlanib,   uchqur   otdagi   suvoriy
yoydan   kiyikka   o‘q   otmokda.   Varaxsha   saroyidan   topilgan   X   asrga   oid   surat
parcha sida   chavandozning   orqaga   o‘girilgan   xolda   kamondan   otayotgan   xolati
tasvirlangan   bo‘lib,   bu   manzara   Sug‘dning   ilk   o‘rta   asrlar   tasviriy   sa’natiga   xos
lavxa   hisoblanadi   .   Otlardan   Tavka   tasvirlaridagi   singari   orqaga   kayrilib   otishni
K.Aleksandriyskiy, aynan saklar usuli desa, Elian bu usulni parfiyaliklarga tegishli
deb   ko‘rsatadi.   Xuddi   shu   turishda,   orqaga   qayrilib   otayotgan   holda   SHopurning
ovdagi   tasvirida   ham   kuzatish   mumkin.   Umuman   ovda   suvoriyning   orqaga
12 o‘girilib o‘ljaga o‘k, otishi har tomonlama qulaylikka ega bo‘lgan. Bunda avvalo,
uzoklashayotgan   nishonga   emas   yaqinlashayotgan   nishonga   otish   o‘ljaning
naqdligini ko‘rsatgan. Panjakent ilk ov manzarasida otliq ov itlari xamroxligida etti
boshli   bo‘rini   ta’kib   qilishi   tasvirlangan   bo‘lsa,   so‘nggi   yillardagi   kashfiyotlarda
bevosita Tavka manzaralariga monand ov tasviri kuzatilib, unda chavondozlarning
tog‘   kiyiklarini   ta’qib   qilishi   aks   ettirilgan.   YAna   so‘nggi   yillarda   Urgut
tumanidagi   Jartepa   II   zardushtiylik   ibodotxonasi   xarobalaridan   xam   aynan  Tavka
ovi manzaralariga mos ov tasviri lavhalari ochildi. Unda uch otliqni tog‘ echkilari
va qoplon ovi manzarasi aks ettirilgan . Xudsi shuiingdek Qo‘shrobod rayonidagi
Ko‘rkamtepa   shaxar   xarobasidan   topilgan   suyak   parchalarida   ham   shu
suvoriylarning kiyik ovi manzarasini kuzatish mumkin. CHelak tumanida topilgan
sosoniylar   va   eftalilar   kumush   kosalaridagi   hamda   Ermitaj   va   Britaniya
muzeylarida   saqlanayotgan   shu   xildagi   idishlarda   ham   ov   manzarasi   tasvirini
uchratish   mumkin.   Ermitajda   saqlanayotgan   kumush   laganda   ham   huddi   shu
mazmundan ov manzarasini kuzatish mumkin. So‘nggi sosoniylar davrida Eronda
shaxanshoh   Varaxran   V     qaxramonliklari   to‘g‘risida   qissa   yaratilib,   undan   lavha
tasviri   laganga   tushirilgan:   Baxromning   ohu   ovi   manzarasini   aks   ettirgan   bu
tasvirda,   hissa   bo‘yicha,   Baxrom   o‘z   sevgilisi   Ozoda   iltimosiga   ko‘ra   urg‘ochi
oxuni   takaga,   taka   oxuni   urg‘ochiga   aylantirib   ko‘yadi.   Bu   lavxa   boshqa   qator
qahramonliklari   bilan   birga   X   asrda   buyuk   Eron   shoiri   va   mutafakkiri
Firdavsiyning   mashhur   "SHoxnoma"   asaridan   o‘rin   oladi,   hamda   eng   keng
tarqalgan lavhalardan biri bo‘lib, tasviriy san’atda ham munosib o‘rinda turadi. Ov
manzarasi   Markaziy   Osiyo,   umuman   sharq   tasviriy   san’atida   ulug‘   ajdodlari   ruhi
timsoli   bilan   bog‘langan,   Ovdagi   yutuq   urushdagi   g‘alabaga   qiyoslangan.
Ma’lumki,   sosoniy   o‘ymakorlik   san’ati   shimoliy   Toxariston   tasviriy   san’atiga
qattik,   ta’sir   ko‘rsatgan.   CHunonchi,   Toxariston   rassomlari   ov   manzarasini
shohlarni   ulug‘lash   emas,   xalq     o‘rtasida   ommaviy   bo‘lgan   shoh-   ovchining
buddaviy   bo‘lishi   aqidasiga   lavxa   deb   qaralgan.   Tasviriy   san’atda   suvoriylarning
kiyik   ovi   lavhasi   eng   keng   tarqalgan   mavzulardan   biri   hisoblanib,   yaqin   sharq
miniatyuralarida   unga   keng   o‘rin   berilgan.   Unda   afsonaviy   shaxslar
13 qahramonliklarni   tasvirlash   nixoyatda   keng   tarkalgan.   VIII   asrga   oid   Suriyadagi
qasr   al-Xayrda   topilgan   devoriy   suratda   otliq   ovchining   yovvoyi   hayvonlar   ovi
manzarasini   kuzatish   mumkin.   XIII   asrga   oid   sosoniylar   an’anasida   tayyorlangan
kumush laganda ham yuqoridagi lavxaning yana bir ko‘rinishini kuzatish mumkin.
Unda   Baxrom   Gurning   Ozoda   iltimosini   bajarish   lavxasi,   ya’ni   ov   tuyasida
kiyiklar   ovi   aks   ettirilgan.   Mazkur   afsonada   aytilishicha,   Baxrom   Gur   yoy   o‘qi
bilan   kiyikni   qulog‘ini   qashishga   majbur   qiladi   so‘ngra   esa   qulog‘i,   oyogi   va
elkasini bir o‘q bilan tikib ko‘yadi. Suratchi shu tarzda Baxrom Gurning nixoyatda
epchil   ovchiligini   kursatmoqchi   bo‘lgan.   Biz   uchun   ushbu   tasvirning   e’tiborli
tomoni   shundaki,   mazkur   lavhada   ham   to‘rtta   kiyik   tasviri   bo‘lib,   ulardan   biri
yaralanib yiqilgan holatda tasvirlangan kiyiklar barcha belgilari bilan Tavka kiyik
tasvirlariga   nixoyatda   yaqindir.   Ov   manzaralari   yuqorida   kayd   qilganimizdek,
sharq   miniatyuralarida  ham   o‘ziga  hos   o‘ringa   ega,   ya’ni   XV  asrda   yaratilgan  va
xozirda   kuplab   tortishuvlar   asosida   Movorounnaxr   voxalari   manzarasiga
qiyoslanayotgan   "Tog‘dagi   ov"   miniatyurasida   ham   suvoriylarning   kiyik   va
yo‘lbars   ovi   manzarasini   kuzatish   mumkin.   Panjikentdagi   sug‘d   devoriy
suratlarining   ochilishi   munosabati   bilan   tadqiqotchilar   tomonidan
musulmonlikkacha   bo‘lgan   badiiy   an’analarining   o‘rta   asr   miniatyuralarida   yana
takrorlanishini   ko‘rsatgan   edilar.   Panjakent   devoriy   suratlarida   afsonaviy
qahramonliklar   lavhalarini   aks   ettirilishi,   ya’ni   Firdavsiyning   "SHohnoma"sidagi
Siyovush,   Rustam   obrazlari   bevosita   o‘rta   asr   miniatyuralarida   ham   uchraydi.
Tavka   suratlarida   ham   aynan,   o‘rta   asr   miniatyuralarida   keng   tarqalgan
suvoriylarning ov manzarasini kuzatish mumkin.
14 Ot   va   kiyik   totemlarining   o‘rta   asrlarda   Markaziy   Osiyoda   tarqalishi   juda
keng   o‘rganilgan   muammolardan   biri   hisoblanib   bizning   mazkur   mavzuga
to‘xtalishimizga   asos   yo‘q-   SHunday   bo‘lsada,   Zardushtiylarning   shoh   kitobi
"Avesto"da   keltirilishicha,   Vaxram     yovvoyi   qo‘y   holatida   ko‘rinsa,   ba’zida
yovvoyi   TOF   echkisi     ko‘rinishida   namoyon   bo‘ladi.   Panjakent   arki   saroyidagi
tasvirlarda beshta qo‘y kuzatilsada, B.I.Marshak ta’kidlashicha, amalda ular uchta
bo‘lgan. Yoxud       dastlab   ularning yugurib kelayotgan xolati tasvirlanib, so‘ngra
esa   kuylarning   ikkitasini   yiqilgan   holatida   ham   tasvirlashgan   .Bu   xolat   bilan
hisoblaganda   Tavka   ohulari   va   otlari   soni   ham   kamayadi.   Biz   uchun   muhimi,
amaldagi   ohular   soni   ko‘plab   san’at   yodgorliklarida   bir   hil   ya’ni   turtta
tasvirlangan.   Bu   turt   sonining   ilohiy   mazmuniga   ishora   bo‘lishi   ham   mumkin.
YAna   ohular   to‘g‘risida   fikr   yuritadigan   bo‘lsak,   Tan   imperiyasi   saroyiga
«Rim»dan  Toxariston   vositachiligida   ohular   yuborilgan.   Bizning   nazarimizda,   bu
ohular aynan O‘rta Osiyo ohulari bo‘lishi mumkin.
Endi   suratlardagi   shaxslar   liboslari,   taqinchoqlari   va   ot   buyum   jabduqlari,
taqinchoqlarining har biriga alohida to‘xtalishga harakat kilamiz. YAna imkoniyat
darajasidan kelib chiqib, ularning taxlilini ham keltiramiz.
15 Suratlar   tahlili .   Dastlab   suratlarning   bevosita   devorda   saqlanib   qolgan
birinchi   qator   manzaralarini   kuzatar   ekanmiz,   avvalo   ko‘zga   tashlanadigani
shundan   iboratki,   suratlar   bor-yo‘g‘i   uch   devorda   qisman   saqlanib   qolgan.   Xona
tuzilishiga e’tibor beradigan bo‘lsak, suratlar barcha devorlarda bo‘lgan degan fikr
paydo bo‘ladi. SHimoli-g‘arbiy devordagi yomon saqlangan suratlarda faqat otliq
va   quyon   tasviri   kuzatiladi.  Asosiy   suratlar   majmuasiii   shimoli-sharqiy   devorda
kuzatish   mumkin.   Mazkur   manzarada   asosiy   o‘rinda   tabiiyki   otlar   turadi.   Otlar
yaqin     sharq   tasviriy   san’atida   eng   sevimli   va   keng   tarqalgan   obrazlardan   biri
hisoblanadi.   Saqlanib   qolgan   tasvirlardagi   otlarning   umumiy   soni   oltita,   ammo
yuqoridagi   tasvirlar   xona   devorlarining   barchasida   bo‘lgan   degan   fikrdan   kelib
chiqadigan   bo‘lsak   ular   soni   yanada   ko‘payishi   shubhasizdir.   Diqqatga   sazavor
tomoni   shuidaki,   barcha   oltita   ot   ham   obrazli   qilib   ta’riflaganda   eldek   uchib
ketayotgan   holatda   tasvirlangan.   Miloddan   avvalgi   II   asr   20-   yillarida   O‘rta
Osiyoda   bo‘lgan   CHin   sayyoxi   va   elchisi   CHjan-Szyan   Farg‘ona   uchqur
arg‘umoklari   to‘g‘risida   to‘xtalib,   ular   naslini   samoviy   deb   ko‘rsatadi.
A.N.Bernshtam mazkur arg‘umoklarni Aravon qoya toshlaridagi arg‘umoqlar bilan
bog‘laydi. Be’jiz Afrosiyob suratlarida Samarkand shoxiga tilla rang ot tuhfa qilib
borayotgan   CHag‘oniyon   elchilari   tasvirlanmagan   bo‘lsa   kerak.   Bu   otlar
xushbichim   qomati,   chiroyli   boshi,   ingichka   silliq   oyoqlari   bilan   tasvirlardagi
sosoniylar   otlaridan   farq   qiladi.   So‘nggi   yillarda  Afrosiyob   suratlarining   janubiy
lavxasi   mazmuni   to‘g‘risida,   uning   mashhur   xatida   malumot   bo‘lishiga
karamasdan,   B.I.Marshak   tomonidan   bu   devor   suratlari   ajdodlar   ruhiga   sig‘inish
lavxasi deb talqin qilingan.
16 Varaxsha     Buxoro   shahridan   40   km   shimoliy-g’rbiy   tomonda     Dashti
Urganji ko’lining qadimgi Rajfandun vohasida joylashgan.  Bu hududda arxeologik
tadqiqot   ishlarini     1937-39   yillari     V.A.SHishkin   olib   borgan.   Keyingi   tadqiqot
ishlari     1947-54   yillarida   V.A.SHishkin   rahbarligidaga   arxeologik   ekspeditsiya
tomonidan davom ettirilgan.  Xususan, V.A.SHishkin  Varaxsha  shahar harobasini
o’rgangan . Shuningdek, mazkur yodgorlikda  1975-77 yillari  A.Muhammadjonov,
1977-79   yillri   O.V.Obel’chenko,   1987-1990   yillari   G.V.SHishkina   kabi
arxeologlar   tadqiqot ishlarini   olib borishgan. Shu tadqiqotlar asosida   maydoni 9
gektar   va   balandligi   10-20   metrli     ulkan   tepalik   ko’rinishida   bo’lgan   Varaxsha
yodgorligi   tadqiq   etilgan.   V.A.SHishkin,   A.Muhammadjonovlar   tadqiqoticha
mil.avv. II asrlarda   bir-biriga tutushgan bir nechta istehkomli   qishloq tarzida   bu
yodgorlik   qad   ko’targan.   Arxeologik   qazishmalr   natijasida     yodgorlikning
shimoliy-g’arbida     tashqi   devor   hamda     yarim   doira     shakldagi     burji   topilgan.
Devorning   qalinligi   1,8-1,9   metr   bo’lib,   devor   hajmi   37x41x10   sm   li     xom
g’ishtdan  ko’tarilgan.  Devor  va  burjlarda poykansimon   nishon  tuynuklari  (  ichki
tomoni   38-40   sm,   tashqarisi   75-80sm,   kengligi     20-22   sm)   ochilgan.   Tadqiqotlar
ko’rsatishicha,   mil.avv.   2-1   va   milodiy   1-2   asrlarda     Varaxsha   va   uning   atrofida
hyot,   madaniyat   gullagan.   Milodiy   3-4   asrlarga   kelib   tadqiqotlar   ko’rsatishiicha,
Varaxshada   taraqqiyot   tanazzulga   uchragan.   Lekin,   5   asrda   Varaxsha   yana   qayta
tiklangan.   Hatto,   Buxoro   hukmdorlari-   Buxorxudotlrning   qarargohiga     aylangan.
Shu     davrda     Varaxsha   atrofi   mustahkam   devor   bilan   o’ralgan.   Varaxshaning
janubiy   qismida     V.A.SHishkin,   A.Muhammadjonov,   O.V.Obel’chenkolar
tadqiqotida  ark topilib o’rganilgan. 
Varaxsha   shahrida     arxeologik   tadqiqotlar   natijasida     me`morchilik   tarixi
yaxshi   o’rganilgan.Xususan,   V.A.SHishkin   kvadrat   shakldagi   yirik   xom
g’ishtlardan   qurilgan     imoratlar   to’g’risida   ma`lumotlar   beradi.   Shu   g’ishtlardan
qo’sh   minora   tarzida     o’rab   chiqilgan   tag   kursi(balandligi   15   m)   larning   birida
podshoh   saroyi,   ikkinchisida   soqchixonali   darvozaxona   binosi   qurilgan.   Arkning
sharqiy   qismida   tomi     ravoqsimon   gumbaz   tarzida   yopilgan   uzun   yo’laksimon
xonalar     mavjud   bo’lgan.   Arkning   markazida   janubiy   tomoni     mudofaa   devoriga
17 ulashgan.   Hukmdorning   saroyi   sharqiy   (11,5x17   m)   va   g’arbiy   (6,6x7,25   m)
mehmonxona  hamda qizilxona (zal) (8,5x12 m) lardan iborat bo’lgan. Saroy g’arb
tomondan   3   ravoqli     ganchkori   ustunlar   o’rnatilgan   hashamatli   peshayvon   bilan
o’ralgan.   Mehmonxonalar arxeologik jihatdan to’liq qazilgan va ma`lum bo’ldiki
xona   devorlari   mayda   somonli   loy   suvoq   qilingan   ustida     yupqa   ganch   suvoq
qilingan. Uning ustiga devoriy rasmlar qizil, sariq, kulrang, pushti kabi  bo’yoqlar
bilan   bezatilgan.     Varaxsha   devoriy   sur`atlari   xuddi   Afrosiyob,   Panjikent,
Bolaliktepa   kabi   yodgorliklar   devoriy   rasmlariga   o’xshash.   Varaxsha   devoriy
rasmlarda     fil   mingan   shahzoda   va   chokarlarning   oldi   va   ortdan   chovut   solgan
qoplonlar   bilan  olushuvi,   qayrilib    nishonga   kamondan   o’q   uzayotgan   ot   ustidagi
chavondoz,   qanotli   tuya   shakldagi     oltin   taxtda     o’tirgan   hukmdor     tasvirlangan.
SHarqiy mehmonxona   devorida tiz cho’kib, qo’lida qadah tutgan malika,   belida
shamshir,   bir   qo’lida   qisqich   ushlagan     podshoh,   o’rtada   vazasimon   otashgohda
yonib   turgan   muqaddas   olov,   otashgohdan   o’ngda   beliga   xanjar   taqilgan
shahzodaning tiz cho’kib ibodat qilayotgan tasviri yoki sovut va dobulg’a kiygan,
qo’llarida     nayza,   qalqon   ushlagan   suvoriylarning     jang   qilayotgan   hamda
to’qayzorlarda ov manzarasi  yuksak mahorat bilan tasvirlangan. 
Yodgorlikning   janubiy   qismidagi     imoratlar     2   qavatli   bo’lib,     2-   qavati
xonalari ganchkori naqshlar bilan  bezatilgan. Bu ganch suvoqlari  ustiga hovuzda
suzib yurgan baliqlar, elkasidan o’q egan arxar, elib borayotgan jayran, bedanalar,
ayol boshli   baxt qushi- xumo, hamlaga tayyorlanayotgan ajdarho, taqimiga sadoq
bog’lagan suvoriylar tasvirlari  solingan. Umuman olganda, arxeologik tadqiqotlar
natijasida   Varaxsha     yodgorligi   mil.avv.   2   asrdan   e`tiboran     paydo   bo’lgan
yodgorlik hisoblanadi va unda hayot  to milodiy 12 asrgacha bo’lgan. 
I.2. Panjikent devoriy suratlari va ularning o’rganilishi.
Panjikent   k o’ p   q atlamli   yodgorlik   b o’ lib   q atlamning   yu q ori   kismini   O.   G.
Bolshakov,B.   YA.   Staviskiy,   E.   V.   Zeymallar   tamonidan   3ta   kismga   ajratdi.1chi
etabVIII-asrning   20yillar  bundan  keyin  shahar   qarovsiz  kolgan.VIIIasrning  40-50
yillarda   xonalar   devorlarini   kaytadan   remont   kilingan   va   VIIIasrning   70-yillarida
Panjikentda   1956   yildagi   arxeologik   tadqiqotlarda   arxitektor   V.   L.   Voronina,
18 rassom-restavrator   P.   I.   Kostrov,   rassom   G.   N.   Nikitin,     restavrator   E.   G.
SHeynina,   restavrator   M.   Vinokurova,   laborant   G.   Kravsov,   YU.   Kojin,   A.
Zzezdii,   YU.   Polsv,   V.   Minaeva,   N.   Mayburov,   I.   Sokolova.   L.   Sergeeva,   I.
Vasileva.   O.   Koor.   E.   Dementeva,   I.   Belsnitskiylar   ishtirok   etdi.   Qazishmalar
davomida  bu   yerdan  topilgan   don  o’simliklari,uy  hayvonlarini   suyaklari     bu  erda
qishloq   xo’jaligi   ,   uy   xayvonlari   va   vino   ishlab   chiqarish   rivojlanganligidan
guvohlik   beradi.   Qazishma   ishlari   III,VI,   XIII   obektda   olib   borildi   .III   obekda
xonalar   ochilgan   bo’lib   ular   buzilib   ketgan.Xonalar   devorlari   ayniqsa   uning   poli
daraxt yong’in ta’sirida kuyub qolgan qatlamlar uchraydi.VI obektda olib borilgan
arxeologik tadqiqotlarda xona devorlariga rasmlar solinganligi aniqlandi.Temirdan
yasalgan  pichoqlar,nayza  uchi  ,mixlar  ularning yonidan bronzadan yasalgan  uzuk
bilakuzuklar,zraklar,ip yigirov charhlari xovachalar  topilgan.   13
Pendjikent   otryad   A.   M.   Belenitskiy   boshchiligidagi   arxealogik
ekispeditsiya1959-1961yillarda   ham   davom   etdi.Ayniqsa   1961yilgi   arxeologik
tadqiqotlar   4oy   davom   etdi(iyul-sentabr).Arxeologik   tadqiqotlar     VI,   VII,   XII,
XIII,   XV,   XVI,   XVII   vaXVIII   obektlarda   amalga   oshirildi.Tadqiqotlar   davomida
160ta   tangalar   ,     birinchi   marta   tekis   toshga   tushda   yozilgan     ikki   tamonlama
yozuvlar,sopol idishlar,ayniqsaVII  obektdan jami 47ta bullalar olingan bulib ,ular
silindir   shaklida   qo’lda   qilingan     ulchami   diametr   05-02gacha,balanligi   05-1.2sm
gacha bo’lgan 
Qadimgi  Panjikent shahri arablar bosqini davrida vayron etilgach, uzoq asrlar
davomida unitilib ketgan. Biroq, 1946 yildan boshlab A.YU.Yakubovskiy   shahar
xarobalarini  V.R.CHeylitko bergan ma’lumotlar asosida tadqiq  etishni boshlagan.
1953   yilda   A.YU.Yakubovskiyning   vafotidan   so‘ng   sug‘d-tojik   arxeologik
ekspeditsiyasiga   M.M.Dyakonov   (1954   yilda   vafot   etgan)   1954   yildan   esa
A.M.Belenitskiy   rahbarlik     qiladi.   Uzoq   yillar   davom   etgan   tadqiqotlar   natijasida
me’morchilik, san’at va turli xil   hunarmandchilik sohalariga taaluqli bo‘lgan boy
ashyoviy   dalillar   qo‘lga   kiritildi.   Ularning   tahlili     va   talqini   A.YU.Yakubovskiy
M.M.D’yakonov,   A.M.Belenitskiy,   B.I.Marshak   va   boshqa   bir   qator   olimlarning
13
  Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Болшаков О.Г. Средневковый город Средней Азии. -Л.: Наука,  1973. -С.
129.
19 ilmiy ishlarida nashr etildi. S h u jumladan Panjikent  san’at namunalari ham ushbu
tadqiqotchilarning nazaridan chetda qolib ketgan emas.
Panjikent devoriy suratlari O‘rta Osiyoda islomgacha   bo‘lgan davrdagi din
masalasida muhim manba sanaladi. Panjikent devoriy suratlari turli xil mavzularni
qamrab   olgan   bo‘lib,   ularda   dehqonlar   hayotining   feodal   munosabatlar
taraqqiyotining ishlab chiqaruvchi kuchlarga, xo‘jalik va madaniyatga ta’sir etgan
davri aks ettirilgan 14
.
Panjikent   devoriy   suratlarida     nafaqat   devorga     chizilgan   oddiy   bir   rasmni
balki   o‘sha   davr   jamiyatidagi     ijtimoiy   tabaqalar   va   toifaviy   bo‘linishlarni   ham
kuzatish mumkin. Huddi shunday tarzda Panjikent san’ati O‘rta Osiyo san’atining
qadimgi   va   ilk   o‘rta   asrlar   davrini   o‘rganish   uchun   muhim   manba   bo‘ladi.   Bu
h ususida  keyingi davrlarda ko‘plab ma h sus tadqiqotlar amalga  o shirildi.
    Bizga   ma’lumki,   Panjikent   shahri   yong‘in   ostida   qolib,  o‘z     mavjudligini
yo‘qotadi.   Albatta     bu   yong‘in   natijasida   devoriy   suratlar   o‘z   holicha   bizning
kunlarga qadar etib kelmagan. Etib kelganlari ham shikastlangan   holda, shunday
ekan ularni tahlil qilishda ko‘proq tahminiy  fikrlarga  yondoshiladi.
Panjikent   devoriy   suratlari   qoldiqlari   jamoat   joylari   bo‘lgan   ibodatxonalar,
turar jay binolaridan, ma’muriy inshoat qoldiqlaridan topilgan.
Ayniqsa,   ibodatxonalar   qoldiqlaridan   topilgan   devoriy   surat   parchalari
Panjikent   aholisi   orasida   dinning   o‘rni   qay   darajada     bo‘lganligi   ko‘rsatadi.
Panjikent   shahrining     shimoliy-sharqida   ikkita   yonma-yon   qurilgan   ibodatxona
qoldiqlari topilgan  bo‘lib, ular shaharning shahriston qismida jaylashgan[6, 21]. 
Bu   ibodatxonalar   bir   necha   turli   vazifalarni   bajaruvchi   binolar,   ularni   bir-
biriga   tutashtiruvchi   uzun   yo‘laklar   va   devoriy   suratlar   bilan   bezatilgan
ayvonlardan   tashkil   topgan.   Ibodatxonalar   markazida   otashxona   saqlanadigan
mehrob     joylashgan.   Yirik   kvadrat   shaklidagi   zal   bo‘lib,   devoriy   suratlar   zal
devorlariga ko‘rk bag‘ishlagan. A.YU.Yakubovskiyning  fikriga ko‘ra, ibodatxona
devoriy  suratlari diniy va dunyoviy mazmunda bo‘lgan. 
14
  Беленицкий А.М. Вопросы идеологии и култов Согда по материалам Пянджикента. -М.: 1954. -С. 25.,
20 Keyingi   davrdagi   tadqiqotlar   natijasida   devoriy   suratlarning     mavzu   va
mazmun   jihatdan   (hayvonlar   aks   etirilgan   mavzudagi     devoriy   suratlarni   hisobga
olmaganda)  diniy, badiiy, folklor janridagi turlarga bo‘linadi.
Devoriy   suratlar   orasida   mavzu   jihatdan   diniy   mavzudagi   suratlar   1-chi
o‘rinda   turadi.   Devorlarni     bezashda   ko‘proq   zardushtiylik   dini   bilan   bog‘liq
voqeliklar aks ettirilgan. 
A.YU.Yakubovskiyning   ma’lumot   ko‘ra,   XX   asr   boshlarida   akademik
V.V.Bartoldning fikricha, O‘rta Osiyodagi zardushtiylik sosoniylar davridagi  Eron
zardushtiyligidan     farq   qilgan.   Tabariy   va   Narshaxiy     ma’lumotlari   asosida
V.V.Bartold     Movarounnahr   aholisining   ko‘mish   marosimini   Eron
zardushtiylarinikidan farq qilganligini keltiradi   va bu erda asl zardushtiylik emas
balki, uning bir  sektasi    bo‘lgan bo‘lishi  mumkinligini ta’kidlaydi. O‘rta Osiyoda
zardushtiylikning taqdiri   boshqacha bo‘lgan. Bu erda zardushtiylik dini   barqaror
va mustahkam g‘oya asosida davlat diniga aylantirilmagan edi. Hattoki bu dinning
etakchi     tashkiloti   ham   yo‘q   edi.   V.V.Bartoldning   fikricha,   “zardushtiylik”
atamasini   qo‘llash   haqida   ham   o‘ylab   ko‘rish   kerak,   chunki   olov   bilan   bog‘liq
marosimlarning hammasi ham zardushtiylik bilan bog‘liq emas.
VI   /   26   tartib   raqamli   bino   xarobalarida   devorga   chizilgan   suratlar   orqali
Panjikent   aholisining     osmon   jismlariga   (quyosh,   oy,   yulduzlar,   sayyoralar)
sig‘inishlari     ma’lum   bo‘ldi   .   VI   /11-   binoning   devoriga   ayolning   sher   ustiga
mingan holati tasvirlangan. Hattoki ularning toponimikasida ham osmon jismlariga
sig‘inish   alomati   seziladi.   Masalan,   Mog‘iyon   –   “Oy   ilohi   himoyatidagi   yurt”.
Hozirgi  Mog‘iyon. Fors-tojik tilida “moh” - oy ma’nosini anglatadi. S h er Venera
sayyorasining     ramzi   bo‘lib,   bu   tasvir   orqali   ham   ularning   osmon   jismlariga
sig‘inishlarini   bilsa   bo‘ladi.   Panjikent   devoriy   suratlarida,   ayniqsa
ibodatxonalardagi   devoriy   suratlarda   o‘sha   davrda   ma’lum   bo‘lgan   quyosh
sayyorasi   tizimidagi   sayyoralarning   ramziy   ifodasi   tur   xil   ko‘rinishlarda   aks
ettirilgan. Hattoki, har bir kun uchun alohida iloh bo‘lgan.
21 Ushbu ma’lumotlar  asosida Panjikent aholisining  turli dinlar (zardushtiylik,
budaviylik,   moniylik......)   bilan   birga     osmon   jismlariga   sig‘inganliklarini   inkor
etib bo‘lmaydi.
10 va 10a   raqamli turar joylardagi devoriy suratlarda aks ettirilgan   ziyofat
marosimini     A.YU.Yakubovskiy   yangi   yil   marosimining   nishonlanishi     deb
izohlaydi.
A.M.Belenitskiy   esa   bu   devoriy   suratdagi     manzarani   undagi   etnografik
ashyoviy     dalillarning   tahlili   asosida   ko‘mish   marosimi     deb   izohlaydi.   Panjikent
ibodatxonalarining birida aks ettirilgan devoriy surat fanga “yig‘i marosimi” yoki
“aza   marosimi”     nomi   bilan   kirgan.   Devoriy   suratda     yozma   manbalarda
ma’lumotlar   keltirilgan   haqiqiy     ko‘mish   marosimi   jarayoni   aks   ettirilgan.   Unga
erkak va ayollarning ko‘mish marosimi oldidan urf-odatga ko‘ra yig‘i marosimlari
tasvirlangan.   Erkaklar   turkiy   yuz   tuzilishida   aks   ettirilgan.   Ayollarning   sochlari
to‘zg‘igan   holda   tasvirlangan   bo‘lib,   ular   ko‘kraklari   va   yuzlarini   timdalangan
holda   tasvirlangan.   S h uningdek,   yana   bir     ayolning   qulog‘ining   past k i   qismini
kesib olayotgan holda  tasvirlanganligi ko‘rish mumkin 15
.
To‘rt qo‘lli iloh qiyofasining  aks ettirilishi O‘rta Osiyo rassomchilik san’ati
uchun   yangilik   emas.   Ibodatxona   ichidagi   5/16   raqamli   binodagi   uning   tasviri
to‘laligicha   bizga   y etib  kelmagan.   Uning   xususiyatlarini   ochib  beruvchi   ko‘pgina
elementlar   ko‘chib   tushgan.   Tasvirda   to‘rt   qo‘llik   iloh   ajdarho   shaklidagi   taxtga
o‘tirgan   holda   oyog‘ining   ostida   daryo     oqib   o‘tayotgan   va   taxt   orqasidagi   fonda
har xil maxluqlarning tasviri aks ettirilgan. To‘rt qo‘lli ilohning  qo‘lida quyosh va
oy   ramzlari   aks   ettirilgan.   Shuningdek,   bu   tasvirda     kumush   qadahlar   va   bu
qadahlarning   Xorazmda   yasalganligini   anglatuvchi   xorazmcha   yozuv   namunalari
ham aks etirilgan.
N.V.Dyakonov   va   O.I.Smirnovalar   bu   devoriy   surat   ustida   tadqiqot   olib
borib   uni   Sug‘dda   avvaldan   m’lum   bo‘lgan   Nana   ilohi   ekanligini   talqin   etdilar.
Tadqiqotchilar   Nana   ilohi   (ma’buda)   Panjikent   shahri   homiysi   deb
15
  Беленицкий А.М. Монументалъное  искусство Пенджикента. Живопис скулптура. -М.: Искусство, 1973.  -
С.  65.
22 hisoblaydilar.     Iloh   oyoqlari   ostida   oqayotgan   daryosi   ekanligiga   ishorat   bo‘lsa
kerak.
Devoriy   suratlarda   aks   ettirilgan   to‘rt   qo‘lli   ma’buda   hind   mifologiyasida
ham   uchrab,   u   Makara   deb   nomlanadi.   Butun   boshli   devor   suratlariga
to‘xtaladigan bo‘lsak, u ham hind ikonagrafiyasiga yaqin turadi. Unda daryo tasviri
Gang   va   Jamku   daryolariga   ishoratdir.   Panjikentdagi   bu   jarayonning   qaytarilishi
xalq   hayotida   Zarafshon   daryosining     muhim   ahamiyat     kasb   etishini   ko‘rsatish
bilan   bog‘liq.   Bu   tasviriy   san’at   namunasini   aks   ettirish   orqali   rassom   Panjikent
aholisining   tabiat   jismlari   bo‘lgan   daryo   va   osmonni   ilohiylashtirganliklarini
bildirishga harakat qilgan bo‘lishi mumkin 16
.
Samoviy   jismlarga   tabiat   jismlariga   sig‘inish,   ajdodlar   ruhiga   sig‘inish
qadimgi   zamonlarga   borib   taqalib,   uning     vujudga   kelishi   g‘oyaviy   tasavvur   va
mahalliy hayot talablariga bog‘liq bo‘lgan.
Panjikent rassomchiligida  ularni bashqa mamlakatlarning ma’budalari bilan
bezash     bu   san’at   turining   ham   g‘oyaviy,   ham     rang   tasvir   jihatdan   boshqa
mamlakatlar   bilan   bog‘liqligini   anglatadi.   VI/8   va   VII/124   raqamli   bino
devorlaridagi     tasvir   orqali     boshqa   mamlakatlar   ilohlarining   tasvirlanganligini
anglash   qiyin   emas.   Unda   raqsga   tushayotgan   xudo   S h iva   ko‘k   rangda   aks
ettirilgan. Shiva ma’buda bilan   XXII/1 raqamli bino devoridagi   uch boshli xudo
tasviri   so‘zsiz   bog‘liq   bo‘lib,   bu     uch   boshli   ma’budalar   “Trimurti”   deb
nomlangan. Unda  tasvirlangan   ma’budlarning   biri  ma’bud  Braxma, ikkinchisi
Shiva  va keyingisi  Vishnu  bo‘lib, bunda   o‘rtadagi  Shivani  ajratib    ko‘rsatish
uni        butun   dunyoning     yaratuvchisi        va     tugatuvchisi        deb   ishorat    qilish
bo‘lsa    kerak. 
Panjikent   devoriy     suratlari     va   haykaltaroshligi           nafaqat   bezak   yoki
rassomlarning     san’at     asrlarini   balki     xonadon   sohibining       dunyoqarashi  va
bu   olamdagi  o‘z o‘rnini    ko‘rsatish  ham  bo‘lgan.  Har  qanday  uyga   kirgan
kishi       uy     sohibining         qaysi       ma’budaga     sig‘inishini         ko‘rishi     mumkin
bo‘lgan. Turar  joy  binolariga  kiraverishdagi    devoriy  suratlar    bundan  dalolat
16
  Дяконов М.М. Образ Сиёвуша  в средниазиатской  мифологии. КСИИМК. ХИИ, -М.: 1951.  С. 19
23 beradi.   Mehmon     kiraverishda       nafaqat     uy     sohibining       topinuvchi     ma’budini
balki,   uning o‘zini   ham       ko‘rishi   mumkin   bo‘lgan. O‘rta     tabaqa       vakillari
kichikroq,  zodagonlar  esa   yirokroq   ko‘rinishda  chizilgan. Afsuski,  sug‘dliklar
nazdidagi   dunyoqarashni  ko‘rsatib  beruvchi   tasviriy  san’at   asarlari    bizning
kunlarga  qadar  faqat  to‘liq  etib kelmagan 17
.
  Panjikent     aholisi     turli         dinlarga    sig‘ingan      bo‘lib,      umumiy    yagona
davlat  dini   bo‘lmaganligini  yuqoridagi  misollar  yana   bir bor tasdiqlaydi.
Panjikent  devoriy    suratlarida    turli  xil diniy   va  dunyoviy  mazmundagi
manzaralarni         aks     ettirish       bilan     bir     qatorda         badiiy         mazmundagi
manzaralar     ham     aks     ettirilgan.   Bunga   misol     tariqasida     Panjikent     devoriy
suratlarida     (III   /17,   VI/41   raqamli   binolarda)   Firdavsiyning     “Shoxnoma”
dostonidan  keltirilgan    lavhalarni  misol  qilish  mumkin. Panjikent  shahri  bizga
ma’lumki       VIII     asrda         o‘z       mavjudligini       yo‘qotgan.     S h aharga     o‘t     ketib
hamma   uylar     tuproq   ostida     qolib     ketadi.     Firdavsiy         940-1030     yillarda
yashagan. U  hatto  Panjikent  shahri    h arobalari  to‘g‘risida       bilmagan  bo‘lishi
mumkin.     Lekin         ajablanarlisi     shundaki,       “Shohnoma”     dostoni         turkumiga
kiruvchi       yirik         dostonlarning         badiiy     tasvirlari       Panjikent     devoriy
suratlarida   aks     ettirilgan.     Devoriy     suratlardagi         “Suyovush     haqida     doston”,
“Rustamning    y etti  jasorati“   kabi   dostonlardan   parchalari qiziqarlidir.
Rustam   haqida dostonda   qahramon   qo‘liga     leopard   terisidan       tikilgan
qo‘lqop     kiygan   holda   o‘z     raqiblari     ustidan     g‘alaba     qozongan     bir     paytda
tasvirlanadi.   Raxsh Rustamning       oti,   Raxsh - “qizil” degan ma’noni anglatadi.
Ot   o‘z     nomidan     kelib     chiqib       qizil     rangda     tasvirlangan.   Rustamning     devlar
ustidan       g‘alaba       qozongani,   Avlodni     asir       olganini       rassom     ajoyib     tarzda
tasvirlagan. Panjikent   devoriy  suratlaridagi   bahodirning  harakatlari   va  badiiy
qiyofasi  “S h ohnoma”  dagi    Rustam  singaridir.
S h arqiy     Turkistondan     topilgan   sug‘diy     matnlarda       ham     Rustamning
qahramonliklari   haqida  so‘z  boradi. Benvenist  tomonidan    chop  etilgan    bu
sug‘d   matnlaridagi      quyidagi    jumla     Panjikent    devoriy       suratlaridagi    tasvir
17
  Костров П.И. Техника  живописи и кенсерватсии  росписей древного Пянджекента.  -М.: Искусство, 1954. 
-С. 159.
24 “Shohnoma”     dostonidagi         jarayonlar     ekanligiga   shak-shubha   qoldirmaydi.
Matnlarda     Rustamning     devlar   bilan   jang   jarayonida “ular   aravalarda     xuddi
lochin   kabi   uchib   borardilar”   deb   keltiriladi. Panjikent  devoriy     suratlaridagi
Rustam       bilan         jang     qilayotgan         arava       ustidagi     qanotli     iblis     xuddi
yuqoridagi    matnda  ta’riflanganday  bir-biriga  o‘xshash 18
.
Panjikent       devoriy       suratlari     orasida     alohida     harakatdagi       ayol
harbiylarni       ham     kuzatish     mumkin.   VI/42     raqamli   turar   joy   devorida       ayol
jangchining       erkak     jang chi       bilan       jang     qilayotgan       holati     tasvirlangan[10,
348].   Haqiqatdan     ham     O‘rta    Osiyo     tarixida      To‘maris,   Zarina       kabi     jasorat
ko‘rsatgan  ayollar  o‘tganligi  ma’lum.
1968    yilda      olib     borilgan    tadqiqotlar       natijasida         Panjikent         arkidagi
devoriy   suratlarda       VI-VII     asrlarda       eftaliylar     uslubi       bilan     yasalgan       toj
kiygan   taxtda     o‘tirgan kishining   tasviri topiladi. Mug‘ tog‘i   sug‘d   hujjatlarida
Devashtich   “Panch   hukmdori”     unvonidan     so‘ng     yoki     bir       vaqtning     o‘zida
“Sug‘d  podshosi, Samarqand hukmdori” unvoni ish yuritgan[16, 90-91]. Varaxsha
devoriy         suratlaridagi         hukmdor     tojsiz     holda     tasvirlangan     bo‘lib,     u     faqat
“Buxoro hukmdori”  bo‘lgan 19
.
Panjikent     devoriy       suratlaridagi     hukmdor     Varaxshadagi   hukmdordan     toj
kiyganligi     bilan       farqlanadi.   S h unday     ekan,     bu     suratdagi       sha h s   “Sug‘d
podshosi,   Samarqand     hukmdori”     bo‘lgan     Devashtichning         o‘zi     bo‘lishi
mumkin.
XVI/10     raqamli       turar   joy   devorida       quyuq   ziyofat   manzarasi
tasvirlangan.   Ziyofatdagilarning       kiyimlari     ayniqsa       chiroyli.     Kiyimlardagi
naqshlar        rassom    tomonidan juda   aniq   tasvirlangan. Ularning     kamarlaridagi
jozibali       naqshlar,     bezaklar       va     xanjarlaridan         harbiy     emasliklari     ko‘rinib
turibdi.   Ularning     kiyimlarini     turli     xil,   o‘ziga     xos     tarzda       tasvirlash     orqali
rassom   sug‘d  jamiyatidagi  toifalarni   ajratib  berishga  harakat  qilgan.
  Mug‘    tog‘i     sug‘d    hujjatlaridan  ma’lumki       Sug‘d  jamiyatida    fuqarolik  3
toifaga     amaldorlar,     savdogarlar,     ishchilarga     bo‘lingan.   Devoriy     suratlardagi
18
  Шоёқубов  Ш. Илк  ўрта    асрларда   Суғд.  -Т.: Иқтисод-молия, 2008.   -Б.5.
19
 Наршахий.   Бухоро  тарихи.    Форс-тожик  тилидан  таржима  А.Расулевники.   - Т. : Фан,   1966.   -Б .   17
25 ziyofatda     aks    ettirilganlar     savdogarlarning      aniq    o‘sha     toifaga     mansubligini
rassom  mo‘yqalam  yordamida    ajoyib  tarzda  tasvirlagan.
Alohida   shaxs  va   asar  qahramonlarining    rasmlarini   chizish  bilan  bir
qatorda         Panjikent     rassomlari         noma’lum       jismlarni,   hayvonlarni,     folklor
janriga  oid   bo‘lgan  tasvirlarni  ham  chizganlar.
Lekin     Panjikentdan       topilgan     tasviriy         san’at     namunalari         orasida
shundaylari       ham     borki,         ular     yaxshi     saqlanmagan     holda       yoki     ataylab
shunday  chizilganligi  uchun   ulardagi ma’noni ilg‘ash qiyin.
   VI/1  raqamdagi  devoriy   surat  ana  shunday   h ususiyatda. Undagi  alohida
bo‘laklar   qandaydir  ma’no  kasb  etadi. M.M.Dyakonovning   ta’kidlashicha,  bu
podsho   saroyidagi    ziyofat  bo‘lishi  mumkin.  Xuddi  shunga  o‘xshash  jarayon
hozirda   Ermitaj  muzeyida   saqlanadigan      qadahda   ham  aks ettirilgan 20
.  
Devoriy     suratlardagi      folklor       janridagi      tasviriy       san’at       namunalari
ko‘proq     bizga     buddaning       qayta       tug‘ilishi   haqidagi     rivoyatlar   bo‘lgan   -
jatakalarni    eslatadi.  Ba’zi  birlarida   esa  rassom  jarayonning   bir  qismini   uy
sohibining  buyurtmasi asosida  emas  balki, o‘zi  xohlaganicha   tasvirlagan.
VI/1  va  XX/1  bino  devorlarida   alohida  hollarda  turgan  hayvonlarning
tasviri     aks   ettirilgan. Bu hayvonlar   buqa, sher   va shoqol   sifat   maxluqlar. Bu
so‘zsiz     bizga     arab-fors     adabiyotida       “Kalila     va     Dimna”     deb     nomlangan
mashhur     hind       ertaklari     to‘plami   “Panjatatra”   dagi     voqealarni       eslatadi.   O‘zi
chizgan     devoriy       suratni   “Panchatatra”   dagi     voqealar     bilan         bog‘lamoqchi
bo‘lgan   rassom “Panjatatra” ni   bilgan. Sug‘dda  bu  doston  ma’lum bo‘lgan. 
Zarafshon     vohasi   bo‘ylab     joylashgan   Panjikent,   Afrosiyob,     Varaxsha
qadimgi  shahar  xarobalari  vohada    tasviriy san’at    taraqqiy  etgan   markazlar
hisoblanadi.     Ayniqsa     Samarqand     va     Panjikent     rassomchilik     maktablari   bir-
biriga  har  tomonlama  yaqindir.  O‘ziga  xos  aniqlik   bilan  aytish  mumkinki, bu
uchchala markaz     rassomlari        bir-biridan     ta’sir   olgan   holda   ijod   qilishgan.
Masalan,     Varaxshadagi   “Sharqiy     zal”   bezaklari,       uning     chizilishi       bir-biriga
20
  Табарий. История. Перевод с арабского В.Беляева. –Т.: Фан, 1987.  -С. 278
26 juda   o‘xshash,   ularni     yoki     bir     rassom     chizgan     yoki     boshqasi     ko‘chirib
chizgan.
Shuningdek, Panjikentdagi   VI/41  raqamli  turar joy binolaridagi   tasvir  va
Varaxshadagi       “Qizil     zal”     bezaklari     va       tasviriy       surati     bir     xil.   Faqatgina
S h ishkin  uni Gilgameshning   maxluqlar  bilan   jangi  va  Marduq   ma’budining
Tiamat       bilan   jangi   deb   talqin etadi[21, 205]. A.M.Belenitskiy esa unga qarshi
fikr   yuritib   tasvirlardagi   jang   sahnasi   din   bilan   bog‘liq     deb,   unda   ezgulik     va
yovuzlik o‘rtasidagi kurash tasvirlangan deb izohlaydi 21
. 
Panjikent   rassomchiligining   nafaqat   Zarafshon   vohasi   balki   butun   O‘rta
Osiyoga   ta’sir   o‘tkazganligini     yoki   ta’sir   olganligini   tadqiqotlar   davomida
payqash mumkin 22
.
Panjikent devoriy suratlari ba’zilarining ranglari chizilganda qanday bo‘lsa,
hozirgacha   shunday   ko‘rinishda   bizning   kunlarimizgacha   etib   kelgan.   Xo‘sh   ular
qanday   bo‘yoqlardan   faydalanishgan.   Rassomlar   rangni   tabiiy   min e rallardan
olganlar.   Masalan,   qizil   rang-qizil     rangli   tuproqdan   olinib   uning   yopishqoqligini
ta’minlash  maqsadida  maxsus  qorishma  - daraxt  elimi, hayvon va baliq suyaklari
elimi   aralashtirilgan.   Oq   bo‘yoq   uchun   gips   va   koalindan   foydalanganlar.   Qora
rang   uchun   esa   kukundan   (suyak   kukuni)   faydalanishgan.   Bo‘yoqlar   alohida   va
aralashtirilgan   holda   ishlatilgan.   Hamma   uylarda   avval   ikki   marotaba   yupqagina
shuvalgan, so‘ngra rasm chizilgan. 
Ajab   emas   bu   erda   ulkan   bo‘yoq   ustoxonasi   ham   bo‘lgan.   L.I.Albaumning
keltirishicha,   mashhur   amerikalik  xitoyshunos   olim   E.Sheferning  “Zolotie  persiki
Samarkanda”   kitobida   717   yilda   Samarqand     hukmdorining     Tan   imperiyasiga
jo‘natgan   sovg‘a   –   salomlari   orasida     ko‘k   rang   tayyorlanadigan   ma’dan   ham
bo‘lgan.
Y u qorida     keltirilganlardan   Panjikent   shahri   turar   joylarining   devorlari
to‘laligicha  tasviriy  san’at namunalari bilan qoplangan degan to‘xtamga kelinadi.
Arxeologik tadqiqotlar va devorlardagi tasviriy san’at namunalarini kuzatish orqali
shu   to‘xtamga   kelindiki,   Panjikent   umumsug‘d   uchun   ziyoratgoh   vazifasini
21
  Беленицкий А.М. Раскопки согдийских храмов. // -М.: 1953, МИА. -№37. -С. 24
22
  Исҳоқов М.М. Унитилган  подшоликдан   хатлар. -Т.: Фан, 1992.  -Б. 13
27 o‘tagan.   Unga   nafaqat   Sug‘ddan   balki   qo‘shni   hududlardan     ham   ziyorat   uchun
kishilar   kelgan   bo‘lishlari   mumkin.   Arablarning   bu   erni   ziyoratgoh   deb   tan
olmasliklari keyinchalik Panjikentning yondirilishiga sabab bo‘lishi mumkin 23
. 
Agarda   Panjikent   umumsug‘d   uchun   ziyoratgoh   vazifasini   bajargan   degan
fikrdan  voz kechadigan bo‘lsak, u holda aytish joizki, Panjikentda qadimgi zamon
va   ilk     o‘rta   asrlar   oralig‘idagi   tasviriy     san’at   taraqqiyotining   yuqori   cho‘qqisi
kechgan.   Bunga   Panjikent   devoriy     suratlari   orqali,   ularni   boshqa   o‘sha   davr
rassomchilik namunalari bilan solishtirish  orqali javob topish mumkin.
II . BOB.   ILK O’RTA ASR AFROSIYOB DEVORIY SURATLARINIG
TARIXIY BADIIY XUSUSIYATLARI.
2.1. Devoriy suratlari talqini.
23
  Исҳоқов М.М. Унитилган  подшоликдан   хатлар. -Т.: Фан, 1992.  -Б. 23
28 XX asrning ikkinchi yarmida qadimiy Afrosiyob harobalaridan, "Afrosiyob"
muzeyidan   150-200   metr   g‘arb   tomonda   topilgan   saroy   VII   asrga   oid   devoriy
sur’atlar   ochilgan.   Saroyning   ba’zi   xonalaridagi   devorlar   boshdan   oyo q   rang
tasvir asarlari bilan bezatilgan. O‘n uch asr o‘tganligiga karamay, sur’at ranglari
va   bo‘yoqlarining   ravshanligi   kishini   hayratga   soladi   (devoriy   suratlar   xozirgi
kunda "Afrosiyob" muzeyi zallarida namoyish etilmoqda). Bu saroyning 11x11m
hajmdagi   markaziy   zali   juda   yaxshi   saqlangan.   Boshqa   xonalarning   devorlari
singari zalning devorlari ham pahsadan qurilgan bo‘lib, somonli loy" bilan yupqa
suvoq   kilingan,   so‘ng   ganch   bilan   suvalib,   sur’at   chizilgan.   Sa q lanib   q olgan
devorning   balandligi   2-2,5   metrga   teng.   Devorlarning   yu q ori   q ismi   buzilib
ketgan.   1985   yildan   boshlab   ta’mirlangan   devoriy   suratlar   keng   jamoachilikka
namoyish etilmo q da.
Xonaning   g‘ arbiy,   shimoliy   va   janubiy   devorlaridagi   sur ’ atlar   musta q il
mazmun   va   manzarani   aks   ettiradi.   G‘ arbiy,   kiraverishga   q arama- q arshi
tomondagi devor sa h n a ning chap tomonida o q   kiyim   kiygan kishining tasviri va
kiymining   etagida   16   satr   s ug‘ d   yozuvi   sa q lanib   q olgan.   Yozuvlar   "Unash
naslidan   b o‘ lmish   shoh   Var x uman"ning   elchilar   q abul   kilish   marosimiga
taallu q li.   Devorning   o‘rta   q ismida   tasvirlangan,   sov g‘ a   olib   borayotgan
elchilarning tantanali yurish marosimi yozuvlarga mos keladi. Devorning  o‘ ng va
chap   tomonida   dastlabki   na q llarga   ko‘ra,   tirgakka   o‘rnatilgan   nayzalar   (ung
tomonda   o‘ n   bitta,   chap   tomonda   esa   to‘qqizta),   afsonaviy   ni q oblar   bilan
bezatilgan   jangovor   q al q onlar   tasvirlangan.   O‘ rta   rejadagi   chap   va   o‘ ngdagi
tasvirlarda   tomoshabinga   or q asi   bilan   o‘tirgan   uzun   sochli   kahramonlar   shoh
ko‘shinini tashkil etgan turklar ekanligi ehtimoldan xoli emas.
    Boshqa   xonalardagi   devorlar   kabi   uning   devorlari   xam   pahsadan   qurilib,
loydan   suvoq   qilingan   keyin   ganch   bilan   yupqa   suvalib   ustiga   rasmlar   solingan.
Buning balandligi ikki metrga boradi, Devorlarning yuqori qismi buzilib ketgan 24
.
Ko’rsatilgan   saroy   mehmonxonasining   to’rt   devori   bezatilgan   bo’lib,   ularda
Navruz   sayili,   qurbonlik   marosimlari,   daryoda   cho’milish,   elchilarni   qabul   qilish
24
 В.А. Шишкин. “ Афросиёб – қадимий маданият хазинаси ”. T., 1966 . - Б. 13
29 marosimi,   ov,   daryoda   suzish   kabilar   tasvirlangan.   Saroyning   janubiy   devorida
rassom   to’y   safarini   aks   etirgan 25
.   Rasmning   asosiy   qahramonlarini   rassom
boshqalarga nisbatan kattaroq ishlab ularning e’tiborli ekanligini qayd etgan.
Eng   oldinda   naqshli   yopiq   yopilgan,   bo’yniga   katta   qo’ng’iroq   ilingan   oq
filda malika odamlar o’rtasida saman ot mingan, ehtimol kuyov shoh aks etirilgan.
Otliqning   oq   parandalar   rasmi   bilan   bezatilgan   qizil   chakmoniga   qurol   aslahalar
osilgan.   Malikaning   otga   mingan   kanizaklar   kuzatib   borayotganlari   ko’rsatilgan.
Buni ayollardan birining qo’lidagi yozuv ham tasdiqlaydi, unda sug’d tilida malika
kanizagi   deb   yozilgan.   Uch   ayoldan   birining   rasmi   yaxshi   saqlangan,   u   qizil
ko’ylakda yelkasiga och kulrang ro’mol  tashlangan, sariq lozim kiygan, oyog’ida
bejirim qora etik, qo’llarida nafis bilakuzuklar.
Saroy hodimlari orqasidan tuyalarga mingan ikki kishi ketyapti. Ulardan biri
qirg’ir   burunli,   oq   yuz,   ingichka   mo’ylov   qora   soqolli,   ikkinchisi   esa   oq   soqolli
qizg’ish   qorachadan   kelgan   chol.   Uning   chaqchaygan   ko’zlari   oldinga   tikilgan
(yuzlari unchalik yaxshi saqlangan kishi rasmi xozircha yagonadir) Ikkovlari ham
ser bezak kiyimda bellariga kichik xanjar va to’gri qilich osilgan, qo’llarida xassa.
Bu   ularning   saroy   amaldorlari   yoki   obro’-   e’tiborli   kishilar   ekanini   bildiradi.
Tuyalarga guldor junlar yopilgan.
Ular   orqasidan   oq   parandalar   ergashib   kelyapti.   Ular   oqqush   yoki   g’ozlarga
o’xshaydi. Bulardan tashqari yana ikki kishi tasvirlangan, ulardan biri soqolli otni
yuganidan   tortib   kelmoqda   ikkinchisi   yosh   soqoli   chiqmagan   yigit   uning   ketidan
kelmoqda ikkovlari oq kiyimgan, oq ro’mollar yuzlarinining pastki qismini bekitib
turibdi.   Bu   davrda   xo’jayini   yoki   muqaddas   narsani   xizmatkorlar   nafaslari   bilan
bulg’atmaslik uchun ularning o’g’zini bog’lash odati keng tarqalgan bo’lsa kerak.
Arxeolog   olim   V.A.   Shishkinning   aytishicha,   ikki   erkak   kuzatib   kelayotgan
oq   qushlar   to’dasi   so’zsiz   aloxida   ma’noga   egadir.   Bular   oddiy   qushlar   bo’lmasa
kerak .  Shuning  uchun  xam  ular  suratda  xatto  markaziy  o’rinni   egallagan.  Ularni
kuzatib   borayotgan   kishilarning   o’g’zi   bog’langanligi   bejiz   emas.   Ma’lumki
25
   Л.И. Албаум. “ Живопись   Афрасиаба ” « ФАН »,  T . 1975. -С. 40-58
30 Afrosiyob   rasmlariga   zamon   jihatdan   yaqin   bo’lgan   ba’zi   san’at   buyumlarida
taxtga podsho atrofidagi xizmatkorlarning ham o’g’zi bog’langan, Masalan bunday
rasmni ermitajda saqlanayotgan sug’d va eron kumush laganlaridan birida ko’rish
mumkin.   Muqaddas   olov   kohinlarning   ham   o’g’izlari   bog’lanar   edi.   Qushlar
xudolarga sig’inish bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Masalan, Hindiston dinida fan,
san’at, va notiqlik homiysi “Sarasvati” mabudasining alomati oqqush bo’lgan 26
. 
Qushlar orqasidan extimol kuyov shoh kelmoqda uning orqasidan otliqlarning
kichik   jussalari   ko’zga   tashlanib   turadi.   Afrosiyobda   ochilgan   saroyning   g’arbiy
devoridagi   rasmlari   elchi   qabul   qilishga   bag’ishlangan.   Rassom   dunyoning   to’rt
qit’asidan   kelgan   elchilarni   qabul   qilish   marosimini   aks   etirish   uchun   saroy
mexmonxonasida   bo’layotgan   tantanali   marosimni   go’yo   tepadan   turib
kuzatgandek devor sathida chizgan 27
 
Shu davrda  rassom   tomonidan  qunt   bilan  chizilgan  ko’k  rangli   syujetli   chap
tomondan   qimmatbaho   kiyimlar   kiygan   elchilarning   kelishi   tasvirlangan.   Ular
kiygan   matolarda   doiraga   olingan   to’ng’izning   boshi,   tumshuqlarida   marvarid
shodasini   olib   kelayotgan   qushlar,   qanotli   afsonaviy   itlar   xam   chizilgan.
Elchilarning oltin belbog’larida xanjarlar uzun qilichlar, xamyonlar, ko’kraklarida
marjonlar,   quloqlarida   ziraklar,   qo’llarida   bilakuzuklar   taqilgan.   Boshlari
chilvirbilan bog’langan ulardan birining boshida toj mavjud.
Kelayotganlardan birining qo’lida bir parcha qimmatbaho mato, ikkinchisida
marvarid shodasi bor. Orqaroqda kelayotgan oq kiyimli kishining etagida yozilgan
xatni (Yuqoridan pastga qarab yozilgan sug’d tilidagi ishonch yorlig’i) taniqli olim
sug’diolog   V.A.   Livshits   o’qib   bergan.   Bu   sug’diy   yozuvda   Chog’aniyon
(Surxandaryo vodiysidagi viloyat) podshosining Samarqand podshosi  oldiga elchi
yuborganligi   bayon   qilingan   hamda   Samarqand   shohiga   sovg’a   salom   olib
kelayotgan Chog’aniyon hokimining sarkotibligini bildiradi.
Bu   16-ta   qatorli   sug’d   yozuvida   quyidagilar   aytilgan:   “Chog’aniyon
mahkamasining   boshlig’i   men   Bur   –Zatak   (Bo’r   o’gli)   Samarqand   shohiga   izzat
hurmatimizni   iz’hor   qilmoq   uchun   Chog’aniyon   podshosi   Turantosh   huzuridan
26
  В.А. Шишкин. “ Афросиёб – қадимий маданият хазинаси ”.  T .1966. –С.34
27
 Л.И. Албаум.”  Живопись   Афрасиаба” .  « ФАН »  Т .1975. –С.44
31 Samarqandga   keldim,   Mana   ehtirom   bilan   (Samarqand)   shohi   oldida   turibman.
Sizlar menga hech shubha bilan qaramanglar – Samarqand hudolari va Samarqand
yozuvidan yaxshi xabardorman. Men qudratli shohingizga hurmatimni bildiraman,
Sizlar   eson   omon   bo’linglar”   Chog’aniyon   mahkamasining   boshlig’i   shunday
deydi 28
.   Bu   yozuv   ikki   yoqlama   qiziqish   tug’diradi.   Birinchidan   bizgacha   sug’d
yozuvlari juda kam yetib kelgan, shuning uchun o’n olti qatordan iborat bu yozuv
xozirgacha   saqlanmagan     sug’d   tilini   o’rganish   uchun   xamda   kichik   bo’lsa   xam
o’sha uzoq zamondan yetib kelgan adabiy asarlar sifatida muhimdir, Buning ustiga
qadimgi   sug’dning  markazida   topilgan  birinchi  shunday   yozuvdir   (lekin  qisqacha
sug’d yozuvlari oz miqdorda sopol idishlarning parchalari topilib turgan) 
Ikkinchidan   bu   yozuv   g’arbiy   devorda   tasvirlangan   manzarani   tushunishga
yordam beradi 29
  
Bu   g’arbiy   devorning   markaziy   qismida   sariq   kiyimli   erkak   va   uning   ikki
qo’lida oltin rangli bir tup qimatbaho gazlamani ko’tarib boryapti. Shu devorning
rasmi   ichida   bir   qancha   uzun   kokilli   kishilar   sochsiz   donishmand   bilan
suhbatlashib   turganlari   ko’rsatilgan.   Bularning   kiyimi   ancha   sodda   boshqa
yurtlardan kelgan elchilar ham bor. Mezbonlar elchilarga orqa o’girib o’tiribdilar,
ularning   kokillari   gilamlar   guliga   tushgan.   Elchilarning   xona   to’rida   o’tirgan
Samarqand hokimiga monimiqlari ko’rinib turibdi.
Voqeaning   saroy   mexmonxonasi   devoriga   aks   ettirilishi   uning   Samarqand
uchun   katta   ahamiyatga   ega   ekanligidan   darak   beradi.   Afrosiyob   saroyining
sharqiy   devoridagi   rasmda   baliq,   toshbaqa   va   o’rdaklar   dengizda   suzib   yuribdi.
Ular   orasida   yalang’och   bolalar   va   ayol   xam   bor.   Daryo   soxilida   otdan   tushib
turgan   erkakning   tasvirigina   saqlangan.Rasm   o’z   mazmuni   bilan   boshqalardan
ajralib   turadi 30
.   Samarqand   hukmdori   mexmonxonasining   shimoliy   devorida   ikki
voqea tasvir etilgan. Birinchi voqea to’qayzorda yo’lbarsga o’xshagan xayvon ovi.
Bunda   xam   bosh   qahramon   ovining   markazida   o’zlariga   nisbatan   g’olib   sifatida
28
29
V .  A  Шишкин. “ Афросиёб – қадимий маданият хазинаси ”.  T .1966 .-Б.23
30
   Л.И. Албаум. “ Живопись   афрасиаба”  « ФАН »  Т , 1975.-С.79-86.
32 ko’rsatilgan   U   hayvonni   nayza   bilan   sanchmoqda.   Boshqa   ovchilardan   birining
otiga   yo’lbars   xamla   qilmoqda.   Ikkinchisining   nayzasi   singan,   uchinchisi   esa
nishonga ololmagan.
Ikkinchi   voqea   daryoda   qayiqda   suzish,   qayiqdagilar   hammasi   yasangan,
sochlari tepaga taralgan. Hammaning e’tibori o’rtada hayol surib o’tirgan kishida.
Devordagi   boshqa   lavhalarda   bosh   qahramon   obrazida   uning   ulug’ligi   ijtimoiy
mavqei,   botirligi   aks   etilgan   bo’lsa,   bu   lavhada   uning   afsonaviyligi,   abadiyligi
kuylangan.   Bunday   hol   san’at   tarixida   ko’p   uchraydi.   Afrosiyob   saroyining
devoriy   rasmlarining   bir   necha   qatlamligi   aniqlandi.   Bu   ajoyib   rasmlarni   zamon
talabiga   qarab   bir   “Badi’iy   maktab”ga   oid   3-4   rassom   chizganligini   ko’rsatadi
Afrosiyob   shaharchasida   topilgan   devoriy   rasmlar   bizga   noma’lum   bo’lgan
qadimgi rassomlarning asarlaridir. Rasmlarning ta’sirchanligi, zo’r ifodalanganligi
hamda undagi toblanib turuvchi tiniq ranglarning uyg’unligi san’atkorlarning zo’r
mahoratidan dalolat beradi. Afrosiyob shaharchasida topilgan VII asrga oid noyob
devoriy   suratlarning   ochilishi   bilan   uning   saqlash   va   tiklash   bo’yicha   masalasi
ustidan   O’zRFA   arxeologiya   instituti   qoshidagi   tarix   fanlari   doktori   A.A.
Abdurazoqov   rahbarligida   ximlabaratoriya   ilmiy   xodimlari   shug’ulanishdi   va
yaqin yillarda bu tarixiy freskani K-4 nomli polimer va polibutilmekrilat bilan ish
rasmlarni buzilishidan saqlab, Afrosiyob muzeyining markziy zaliga o’rnatishdi 31
.
Hozirgi   kunlarda   shahrimiz   mehmonlarini   bu   rasmlar   maftun   etmoqda.
Afrosiyobdagi  devoriy rasmlarga o’xshash Freskalar  Varaxshadagi  Buxorhudotlar
saroyidan 32
,   Surhondaryo   vohasining   Tvka,   Bolaliktepa   qo’rg’onidan 33
,
Tojikistondagi Panjakent shahridan topilgan 34
. 
Lekin   Samarqandning   qadimiy   o’zagi   bo’lmish   Afrosiyob   shaharchasida
topilgan   devoriy   rasmlar   ishlanish   mahorati   bilan   ulardan   ustun   turadi.   Bu   esa
Samarqandni Markaziy Osiyo xalqlarining tasviriy san’ati markazi deb hisoblashga
asos bo’ladi.
31
  А.А. Абдураззақов М.К. Қамбаров .” Реста в рация   настенных   росписей   Афрасиаба” ,« ФАН »  Т .,1975. –С.67
32
  В .  A  Шишкин.  Варахша ,  M ., 1963.  С.53
33
  Л.И.  Албаум.  Болаликтепа   T ., 1960.  С.47 
34
  А.М.   Веленешкий   В.И. Распова   Древний   Панжикент .  Изд –во « Ирфон »   Душанбе , 1971
33 So‘ngi   yillarda   olib   borilgan   tadqiqotlar   ushbu   qahramonlar   turk   qo‘shini
emas,   aksincha,   siyosiy   jihatdan   bir   davlat   ostida   birlashish     uchun   yig‘ilgan
kichik beklik vakillari bo‘lishi mumkin, degan tahminga  olib kelyapti. Agar ular
sho h  qo‘shini askarlari bo‘lsa, asosiy e’tibor  sho h  o‘tirgan tomonga va elchilarga
qaratilgan   bo‘lardi.   Lekin   ular   erkin,   o‘zaro   suhbatlashib   o‘tirgan   holda
tasvirlangan.   Yuqori   rejada,   tasvirlangan   nayzalar   (ular   xavfizlik   talabiga   ko‘ra
soqchilar   ko‘lida   turishi   kerak)   ushbu   bekliklarning   tig‘lari   bo‘lishi   mumkin.
Chunki   e’tibor   berib   karalsa,   o‘ng   tarafdagi   o‘n   bitta   tig‘   dastasi   tasma   bilan
bog‘langan,   chap   tomonda   (to‘qqizta)   esa   bunday   birlashtiruvchi   tasmani
ko‘rmaymiz. Sababi, ular bitta bayroq ostida birikish uchun xali muzokaralar olib
bormoqda.   To‘g‘rirog‘i,   ushbu   kompozitsiya   parchasida   Sug‘d   tarixidagi   katta
voqea-Sug‘d   i h shidi,   Samarkand   afshini   Varxumanning   tantanali   toj   kiyish
marosimi aks ettirilgan.
Bu   vo q ealar   to‘g‘risida   Xitoyning   Tan   sulolasi   yilnomalarida   ma’lumotlar
mavjud. VII asrning boshlarida Sharkiy, 657 yilda esa G‘arbiy Turk xoqonliklari
inqirozga   uchraydi.   S h undan   keyin   Sug‘ddagi   kichik   be k liklar   Varxuman
h ukmronligi ostiga o‘tadi. Suratda 658 yili Varxumanning rasman taxtga o‘tirishi
marosimida   Xitoy,   Koreya,   Chag‘oniyon   va   Choch   mamlakatlari   elchilarining
tabriklashi va ular tomonidan sovg‘a-salom tortiq qilinishi o‘z aksini topgan.
Devorning   chap   tomonida   uchta   soqolli   q a h ramonlar   qilich   va   xanjar   bilan
qurollangan   bo‘lib,   sho h ona   liboslar   kiyishgan.   Liboslar   xar   xil   jonivorlar   rasmi
bilan   bezatilgan,   bu   o‘sha   davrdagi   Eron   sosoniylaridan   Xitoygacha   tarqalgan
Sug‘d   madaniyati   an’anasi   bo‘yicha   kiyinishgan.   Ularning   biri   taqinchoqlar   va
bezaklar,   boshqalari   shoyi   to‘plami   olib   ketayap t i.   Yozuvda   ko‘rsatilganidek,
qizg‘ish   tusdagi   markaziy   qahramon-mansabi   bo‘yicha   Choch   shohi   devoni
boshlig‘i ekanligi aniqlangan. Uning qatorida oddiy kiyingan qa h ramonlar turibdi.
Devorning   o‘rta   qismida   bir-biriga   simmetrik   ikkita   guru h   marosimga   tantanali
chiqmoqda.   O‘ng   tomonda   esa   qora   qalpo q lar   kiygan,   mevalar   va   shoyi
gazlamalar ko‘targan Xitoy elchilari borayapti. Bu qa h ramonlardan o‘ng tomonda
34 sochlari   uzun   turklar   borayapti,   bu   vaziyatda   ular   chet   el   elchilari   sifatida
tasvirlangan.
Yana   o‘ngroqda   uchta   qahramon   tasvirlangan   bo‘lib,   ular   yoqaga   biriktirib
tikiladigan qaytarma kamzul, oyoklarida uzun paypoq-etik kiyishgan. Aftidan, bu
odamlar tog‘li hudud elchilari bo‘lgan. Ularning orqasidagi ikki kishi esa boshida
ikki patli  qolpoq kiyib olgan. Bular-Koreyadan kelgan elchilar. Yuqori kismdagi
devor   buzilgan   bo‘lib,   u   erda   nima   tasvirlangani   noma’lum.   U   erda   ehtimol
Varxumanning o’zi tasvirlangan bo’lishi mumkin.
Zalning o‘ng tomonidan boshlanadigan shimoliy devorning kompozitsiyalari
esa   butunlay   boshqa   olamga   chorlaydi.   C h apdan   ikkita   qayiqda   sayr   qilayotga n
ayollar   tasvirlangan   va   uning   bittasi   yaxshi   saqlan gan .   Qayiqning   orqa   tomonida
turli   musiqa   asboblari   chalayotgan   musiqachilar   tasvirlangan.   Boshqalariga
qaraganda   yirikroq   tasvirlangan   ayol   esa   Xitoy   malikasi.   Suvda   turli   afsonaviy
jonivorlar   hamda   echki   boshli   va   ilon   dumli   ajdarho   tasvirlangan.   O‘ngroqdagi
uzun sochli qa h ramon suvda suzayotgan otning dumidan ushlab   turibdi. To‘lqinli
chiziq tasviri esa, suvdagi va quriqlikdagi xayotni ikkiga ajratib turibdi. Bu yerda
Tan   davriga   mos   kiyingan   xitoyliklar   qoplon   ovlamoqda.   Bu   devorda   Sug‘d
davlatining Xitoy bilan bo‘lgan diplomatik va elchilik aloqalari tasvirlangan.
Zaln i ng   janubiy   devoridagi   bo‘yo q lar   yaxshi   saqlangan.   Marosim   markaziy
sa h na   tomon   emas,   undan   q arama- q arshi   sharq   tamon   uzo q lashmoqda.   Tantanali
yur i shning so‘ngi joyi  sha h ar emas, alo h ida turgan bino bo‘lib, u erda bir  nechta
kishi   turibdi.   Xitoy   yilnomalaridan   ma’lumki,   h ar   yangi   yilda   zardushtiy   su g‘ d
h ukumdorlari   ajdodlari   q abrini   ziyorat   q ilib,   q urbonliklar   q ilishgan.
Kompozitsiyaning   markaziy   q ismida   shu   marosimlar   aks   ettirilgan.   Devordagi
na q shlarda   o g‘ zi   bo g‘ langan   ikki   kishi   tasvirlangan.   Zardushtlar   dini   vakili   esa
q urbonlik   jonivorlari n i   olib   bormo q da.   Jonivorlardan   biri   kulrang   ot   b o‘ lib,   u
egarlangan,   lekin   chavondoz s iz.   Yana   bir   vakil   t o‘ rtta   o q   q ushni   olib   borayapti,
q urbo n liklarning oldida tilla aso tutgan ikkita chavandoz bormo q da. Bu marosimiy
yurishning   oxirida   sariq   ot   ustida,   b o‘ ynida   qa n daydir   ta q incho q   va   elkasiga
q oplon   terisi   tashlangan,   q izil   k o‘ ylak   kiygan   Varxuman   shoh   tasvirlangan.
35 Shohlarning avlodlari yotgan joyga ya q in, o q   filning ustidagi taxtirovonda yu q ori
mansabdagi ayol   o‘ tiribdi. Bu Su g‘ d malikasi b o‘ lsa kerak. Uning or qasi dan otlar
ustida   uchta   yosh   juvon   tasvirlangan.   Ayollarning   b i rini   bilagida   "mansabdor
bekaxonim"   yozuvi   sa q lanib   q olgan.   Bundan   yu q ori   q atorda   otlarning   oyoqlari
k o‘ rinib turibdi. Ular shohning tanso q chilari b o‘ lishi mumkin.
S h ar q iy   devorning   o‘rta   qismidagi   suvda   suzib   yurgan   baliqlar,
cho‘milayotgan bolalar, xo‘kizlar tasviri yaxshi saqlanmagan. Ehtimol, bu jannat -
o‘liklar va tiriklarni ajratuvchi dars tasviri ekanligi ehtimoldan xoli emas.
Ko‘rib   chiqqanimiz   devordagi   rasmlarda   ihshid   Varxuman   siyosatining   uch
jihati aks ettirilgan: g‘arbiy devorda tasvirlangan elchilarni qabul qilish marosimi
Sug‘d davlatini mustaqilligining boshqa davlatlar tomonidan tan olinishi; shimoliy
devorda   tasvirlangan   sur’atlar   Xitoy   elchilarining   Sug‘dga   tashrifini   bildiradi;
janubiy   devorda   tasvirlangan   diniy   marosim   shoh   Varxumanning   mahalliy   urf-
odatlarga rioya qilish orqali Sug‘dda o‘z sulolasini mustahkamlashini bildiradi.
Devoriy   suratlar   syujetining   kompozitsion   va   uslubiy   uyg‘unligi   Afrosiyob
xukmdori saroyining badiiy bezash ishlarini  o‘rta  asrlar Sug‘dning mahobatli rang
tasvir maktabi ijodkor -rassomlar"  bajargan, deb tahmin qilishga imkon beradi.
2.2. Kompozitsiya tuzulishi.                     
XX-asrning   60-yillaridan   Baxtari   zamin   -   Tohariston   xududida   boshlangan
keng miqyosdagi  arxeologik tadqiqotlar  mazkur  qadim   o’ lka moddiy madaniyati,
san’ati   tarixining   yor q in   sa h ifalarini   ochib   berdi.   Ayni q sa,   bu   borada   tasviriy
san’at - devoriy suratlar tarixi sohasida muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Chunonchi
Bolaliktepa   Ajinatepa,   Qalai   Kofirnigon     va   Kofirkal’a     devoriy   suratlarining
ochilib   o’rganilishi,   ularning   to‘la   ilmiy   talqini   O‘rta   Osiyo   tasviriy   san’atida
alohida   Toxariston   tasviriy   san’at   maktabi   sifatida   ajratilishiga   asos   bo‘lmoqda
Devoriy suratlar tasviriy san’atda alohida o‘rin tutib, ular mazmunan ikki xil, diniy
va   dunyoviy   suratlarga   ajraladilar.   Diniy   mazmundagi   suratlarga   asosan
ibodatxona   va   xilxonalarni   bezab   turgan   asarlar   kirib,   ularda   avvalo,   mazkur   din
g‘oyalariga monand, shu erda so‘nggi yillari topilgan shaxs hayotiga oid tafsilotlar
aks   ettiriladi.   Saroy,   qasrlarni   bezab   turgan,   mazkur   inshoat   egalari   xayotiga
36 taalluqli   hayotiy   mazmundagi   suratlar   yohud   ular   didiga   mos   afsonaviy
mazmundagi   lavhalar   bilan   bezaladi.   Chunonchi,   Ajinatepa   va   Qalai   Kofirnigon
devoriy   suratlari   budda   dini   g‘oyalarini   targ‘ib   qilsa,   Bolaliktepa   suratlarida
L.I.Albaum   ta’kidlashicha,   xar   ikki   mazmunni   xam   kuzatish   mumkin.   Ammo,
Bola liktepa   suratlaridagi   diniy   mazmun   talqini   o‘z   vaqtida   inkor   qilinadi   va
ularning   rostmana   dunyoviy   talqini   taklif   qilinadi 35
  Ma’lumki,   budda   va
otashparastlik   ibodatxonalarida   diniy   marosim   -   xudoyi   ziyofatlari   lavhalari
odatdagi   hol   hisoblangan.   Mazkur   marosimlar   arxeologik   ma’lumotlar   bilan   xam
tasdiqlanadi.   Chunonchi,   Xorazmda   Janbosqal’a   ibodatxonasidagi   otashgohda
ko‘plab   kishilar   ishtirokidagi   xudoyi   ziyofatlari   marosimi   tasvirlangan.   Xuddi
shuningdek   Panjakent   birinchi   ibodatxonasida   ham   diniy   xudoyi   ziyofatlar
tasvirini  kuzatish  mumkin.  Bu  o‘rinda diniy  va dunyoviy  marosimlarni   bir-biriga
uyg‘unlashib   ketganligini   inobatga   oladigan   bo‘lsak,   Bolaliktepa   tasvirlarini
dunyoviy   mazmunga   yo‘yishimiz   ham   mumkin.   Yana   muallif     Bolaliktepada
suratli   xona   vayron  bo‘lgach,   uning   o‘rtasida   3   m   balandlikdagi   supa   quriladi   va
uning   ustiga   chiqib   Quyosh   va   Oyga   sig‘inishgan   degan   fikrga   ham   boradi.
Ma’lumki, manixeylik dinida ham asosan Quyosh va Oyga sig‘inishgan. Ilk o‘rta
asrlarda   Markaziy   Osiyo   tasviriy   san’atida   devoriy   suratlar   alohida   o‘ringa   ega.
Ma’lumki,   Tavka   devoriy   suratlarining   birinchi   qatorida   ov   manzarasi   aks
ettirilgan. O‘rta otlik suvoriylarning, mazkur mintaqada o‘z vaqtida keng tarqalgan
ohular   (jayronlar)   ovi   tasvirlangan.   Janubiy   Xisor   tog‘   tizmalariga   kiruvchi
Ko’hitog’   tog‘larida   yaqin-yaqinlargacha   ohu-kiyik   ovi   ovchilar   o‘rtasida   yuqori
martaba hisoblanib, har qanday ovchi bu yumushga qo‘l urolmagan. U hayvon o‘zi
esa   nihoyatda   hushyor,   sergak   bo‘lib,   uni   ovlashning   uziga   xos   kiyinchiliklari
bo’lgan.   Ov   manzarasi   lavhasi   bu   o’lka   tasviriy   san’atida   juda   qadimiy   lavha
hisoblanib,   u   uzoq,   mezolit   davriga   borib   taqaladi.   C h unonchi,   Zarautsoy   g ’ ori
suratlarida  h am xuddi shu lavhani kuzatish mumkin . Yohud Amudaryo xazinasida
qayd   qilingan   milodgacha   V-IV   asrlarga   oid   jangavor   qalqonda   aks   ettirilgan   ov
manzarasida  aylana bo‘ylab  tasvirlangan katta tezlikda harakatlanayotgan  otliqlar
35
  Пугаченкова Г Ремпел Р “очерки исскуство Средние Азии” М.,1976 . С. 138
37 kiyik, echki va quyonni ta’qib qilmoqdalar. Mazkur tasvirni tadqiqotchilar yozma
manbalarda keltirilgan mahalliy hukmdorlar o‘zlarining asosiy boyliklarini  ovdan
tushadigan o‘ljalar hisobidan bilganlar yoki "bu maqsadlar uchun katta o‘rmonlar,
sersuv   daryo   sohillarini   tanlab   olib,   ular   atrofini   devorlar   bilan   o‘rab   oladilarda
ovchilar uchun maskanlar, burjlar quradilar".     Janubiy Tojikistonda Taxti Sangin
shahar   xarobasidan   topilgan   fil   suyagi   parchasida   ham   chavandozlar   ishtirokida
tog‘ kiyiklari, yo‘lbars, tulki va quyon ovi manzarasi aks ettirilgan. VII asrga oid
chavandozning   TOG ’   kiyik ovi manzarasi janubiy Tojikistondagi Qofirqal’a shahar
harobasidan   topilgan   sopol   taxtachada   ham   tasvirlanib,   uchqur   otdagi   suvoriy
yoydan   kiyikka   o‘q   otmoqda.   Varaxsha   saroyidan   topilgan   X   asrga   oid   surat
parcha sida   chavandozning   orqaga   o‘girilgan   holda   kamondan   otayotgan   holati
tasvirlangan   bo‘lib,   bu   manzara   Sug‘dning   ilk   o‘rta   asrlar   tasviriy   sa’natiga   hos
lavha   hisoblanadi   .   Otlardan   Tavka   tasvirlaridagi   singari   orqaga   kayrilib   otishni
K.Aleksandriyskiy, aynan saklar usuli desa, Elian bu usulni parfiyaliklarga tegishli
deb   ko‘rsatadi.   H uddi   shu   turishda,   orqaga   qayrilib   otayotgan   holda   S h opurning
ovdagi   tasvirida   ham   kuzatish   mumkin.   Umuman   ovda   suvoriyning   orqaga
o‘girilib o‘ljaga o‘k, otishi har tomonlama qulaylikka ega bo‘lgan. Bunda avvalo,
uzoqlashayotgan   nishonga   emas   yaqinlashayotgan   nishonga   otish   o‘ljaning
naqdligini   ko‘rsatgan.   Panjakent   ilk   ov   manzarasida   otliq   ov   itlari   hamrohligida
yetti   boshli   bo‘rini   ta’kib   qilishi   tasvirlangan   bo‘lsa,   so‘nggi   yillardagi
kashfiyotlarda   bevosita   Tavka   manzaralariga   monand   ov   tasviri   kuzatilib,   unda
chavondozlarning   tog‘   kiyiklarini   ta’qib   qilishi   aks   ettirilgan 36
.   Yana   so‘nggi
yillarda Urgut tumanidagi Jartepa II zardushtiylik ibodotxonasi harobalaridan ham
aynan Tavka ovi manzaralariga mos ov tasviri lavhalari ochildi. Unda uch otliqni
tog‘   echkilari   va   qoplon   ovi   manzarasi   aks   ettirilgan   .   Xuddi   shuningdek
Qo‘shrobod   rayonidagi   Ko‘rkamtepa   shahar   xarobasidan   topilgan   suyak
parchalarida   ham   shu   suvoriylarning   kiyik   ovi   manzarasini   kuzatish   mumkin.
Chelak   tumanida   topilgan   sosoniylar   va   eftalilar   kumush   kosalaridagi   hamda
36
  Костров   П.И.   исследовеание,   опыт   реконструкции   и   консервации   живописи   и   скультуры   древнего
Пянджикента // скультура и живопись древнего Пянджикента. М. 1959.-С.27
38 Ermitaj   va   Britaniya   muzeylarida   saqlanayotgan   shu   hildagi   idishlarda   ham   ov
manzarasi   tasvirini   uchratish   mumkin.   Ermitajda   saqlanayotgan   kumush   laganda
ham huddi shu mazmundagi ov manzarasini kuzatish mumkin. So‘nggi sosoniylar
davrida   Eronda   shahonshoh   Varaxran   V     qahramonliklari   to‘g‘risida   qissa
yaratilib, undan lavha tasviri laganga tushirilgan: Baxromning ohu ovi manzarasini
aks   ettirgan   bu   tasvirda,   hissa   bo‘yicha,   Baxrom   o‘z   sevgilisi   Ozoda   iltimosiga
ko‘ra   urg‘ochi   oxuni   takaga,   taka   oxuni   urg‘ochiga   aylantirib   ko‘yadi.   Bu   lavxa
boshqa   qator     qahramonliklari   bilan   birga   X   asrda   buyuk   Eron   shoiri   va
mutafakkiri   Firdavsiyning   mashhur   "Shohnoma"   asaridan   o‘rin   oladi,   hamda   eng
keng   tarqalgan   lavhalardan   biri   bo‘lib,   tasviriy   san’atda   ham   munosib   o‘rinda
turadi.   Ov   manzarasi   Markaziy   Osiyo,   umuman   sharq   tasviriy   san’atida   ulug‘
ajdodlari   ruhi   timsoli   bilan   bog‘langan,   Ovdagi   yutuq   urushdagi   g‘alabaga
qiyoslangan.  Ma’lumki,  sosoniy  o‘ymakorlik  san’ati   shimoliy  Toxariston  tasviriy
san’atiga   qattik,   ta’sir   ko‘rsatgan.   Chunonchi,   Toxariston   rassomlari   ov
manzarasini   shohlarni   ulug‘lash   emas,   xalq     o‘rtasida   ommaviy   bo‘lgan   shoh-
ovchining   buddaviy   bo‘lishi   aqidasiga   lavha   deb   qaralgan.   Tasviriy   san’atda
suvoriylarning   kiyik  ovi   lavhasi   eng  keng   tarqalgan   mavzulardan   biri   hisoblanib,
yaqin   sharq   miniaturalarida   unga   keng   o‘rin   berilgan.   Unda   afsonaviy   shahslar
qahramonliklarni   tasvirlash   nihoyatda   keng   tarqalgan.   VIII   asrga   oid   Suriyadagi
qasr   al-Xayrda   topilgan   devoriy   suratda   otliq   ovchining   yovvoyi   hayvonlar   ovi
manzarasini  kuzatish   mumkin.  XIII   asrga  oid  sosoniylar  an’anasida  tayyorlangan
kumush laganda ham yuqoridagi lavhaning yana bir ko‘rinishini kuzatish mumkin.
Unda   Baxrom   Gurning   Ozoda   iltimosini   bajarish   lav h asi,   ya’ni   ov   tuyasida
kiyiklar   ovi   aks   ettirilgan.   Mazkur   afsonada   aytilishicha,   Baxrom   Gur   yoy   o‘qi
bilan   kiyikni   qulog‘ini   qashishga   majbur   qiladi   so‘ngra   esa   qulog‘i,   oyogi   va
elkasini bir o‘q bilan tikib ko‘yadi. Suratchi shu tarzda Baxrom Gurning ni h oyatda
epchil   ovchiligini   kursatmoqchi   bo‘lgan.   Biz   uchun   ushbu   tasvirning   e’tiborli
tomoni   shundaki,   mazkur   lavhada   ham   to‘rtta   kiyik   tasviri   bo‘lib,   ulardan   biri
yaralanib yiqilgan holatda tasvirlangan kiyiklar barcha belgilari bilan Tavka kiyik
tasvirlariga   nihoyatda   yaqindir.   Ov   manzaralari   yuqorida   qayd   qilganimizdek,
39 sharq   miniaturalarida   ham   o‘ziga   hos   o‘ringa   ega,   ya’ni   XV   asrda   yaratilgan   va
hozirda   ko’plab   tortishuvlar   asosida   Movorounnahr   vohalari   manzarasiga
qiyoslanayotgan "Tog‘dagi ov" miniaturasida ham suvoriylarning kiyik va yo‘lbars
ovi   manzarasini   kuzatish   mumkin.   Panjikentdagi   sug‘d   devoriy   suratlarining
ochilishi   munosabati   bilan   tadqiqotchilar   tomonidan   musulmonlikkacha   bo‘lgan
badiiy   an’analarining   o‘rta   asr   miniatyuralarida   yana   takrorlanishini   ko‘rsatgan
edilar.   Panjakent   devoriy   suratlarida   afsonaviy   qahramonliklar   lavhalarini   aks
ettirilishi,   ya’ni   Firdavsiyning   "Shohnoma"sidagi   Siyovush,   Rustam   obrazlari
bevosita   o‘rta   asr   miniatyuralarida   ham   uchraydi.   Tavka   suratlarida   ham   aynan,
o‘rta   asr   miniatyuralarida   keng   tarqalgan   suvoriylarning   ov   manzarasini   kuzatish
mumkin.
Ot   va   kiyik   totemlarining   o‘rta   asrlarda   Markaziy   Osiyoda   tarqalishi   juda
keng   o‘rganilgan   muammolardan   biri   hisoblanib   bizning   mazkur   mavzuga
to‘xtalishimizga   asos   yo‘q.   Shunday   bo‘lsada,   Zardushtiylarning   shoh   kitobi
"Avesto"da   keltirilishicha,   Vaxram     yovvoyi   qo‘y   holatida   ko‘rinsa,   ba’zida
yovvoyi   TOF   echkisi     ko‘rinishida   namoyon   bo‘ladi.   Panjikent   arki   saroyidagi
tasvirlarda beshta qo‘y kuzatilsada, B.I.Marshak ta’kidlashicha, amalda ular uchta
bo‘lgan. Yohud       dastlab   ularning yugurib kelayotgan holati tasvirlanib, so‘ngra
esa   kuylarning   ikkitasini   yiqilgan   holatida   ham   tasvirlashgan   .Bu   holat   bilan
hisoblaganda   Tavka   ohulari   va   otlari   soni   ham   kamayadi.   Biz   uchun   muhimi,
amaldagi   ohular   soni   ko‘plab   san’at   yodgorliklarida   bir   hil   ya’ni   to’rtta
tasvirlangan.   Bu   t o’ rt   sonining   ilohiy   mazmuniga   ishora   bo‘lishi   ham   mumkin.
Y a na   ohular   to‘g‘risida   fikr   yuritadigan   bo‘lsak,   Tan   imperiyasi   saroyiga
«Rim»dan  Toxariston   vositachiligida  ohular   yuborilgan.   Bizning  nazarimizda,  bu
ohular aynan O‘rta Osiyo ohulari bo‘lishi mumkin.
Endi   suratlardagi   shahslar   liboslari,   taqinchoqlari   va   ot   buyum   jabduqlari,
taqinchoqlarining har biriga alohida to‘xtalishga harakat kilamiz. Yana imkoniyat
darajasidan kelib chiqib, ularning tahlilini ham keltiramiz.
Dastlab   suratlarning   bevosita   devorda   saqlanib   qolgan   birinchi   qator
manzaralarini   kuzatar   ekanmiz,   avvalo   ko‘zga   tashlanadigani   shundan   iboratki,
40 suratlar   bor-yo‘g‘i   uch   devorda   qisman   saqlanib   qolgan.   Xona   tuzilishiga   e’tibor
beradigan   bo‘lsak,   suratlar   barcha   devorlarda   bo‘lgan   degan   fikr   paydo   bo‘ladi.
Shimoli-g‘arbiy devordagi yomon saqlangan suratlarda faqat otliq va quyon tasviri
kuzatiladi. Asosiy suratlar majmuasini shimoli-sharqiy devorda kuzatish mumkin.
Mazkur manzarada asosiy o‘rinda tabiiyki otlar turadi. Otlar yaqin   sharq tasviriy
san’atida   eng   sevimli   va   keng   tarqalgan   obrazlardan   biri   hisoblanadi.   Saqlanib
qolgan tasvirlardagi otlarning umumiy soni oltita, ammo yuqoridagi tasvirlar xona
devorlarining barchasida bo‘lgan degan fikrdan kelib chiqadigan bo‘lsak ular soni
yanada   ko‘payishi   shubhasizdir.   Diqqatga   sazavor   tomoni   shundaki,   barcha   oltita
ot   ham   obrazli   qilib  ta’riflaganda   yeldek   uchib  ketayotgan   holatda   tasvirlangan 37
.
Miloddan   avvalgi   II   asr   20-   yillarida   O‘rta   Osiyoda   bo‘lgan   CHin   sayyohi   va
elchisi Chjan-Szyan Farg‘ona uchqur arg‘umoklari to‘g‘risida to‘xtalib, ular naslini
samoviy   deb   ko‘rsatadi.   A.N.Bernshtam   mazkur   arg‘umoklarni   Aravon   qoya
toshlaridagi  arg‘umoqlar  bilan bog‘laydi. Be’jiz  Afrosiyob suratlarida Samarkand
shohiga  tilla rang ot   tuhfa  qilib borayotgan  Chag‘oniyon elchilari  tasvirlanmagan
bo‘lsa kerak. Bu otlar  hushbichim  qomati, chiroyli boshi, ingichka silliq oyoqlari
bilan   tasvirlardagi   sosoniylar   otlaridan   farq   qiladi.   So‘nggi   yillarda   Afrosiyob
suratlarining janubiy lavhasi  mazmuni to‘g‘risida, uning mashhur xatida malumot
bo‘lishiga karamasdan, B.I.Marshak tomonidan bu devor suratlari ajdodlar ruhiga
sig‘inish lavhasi deb talqin qilingan.
Muhimi,   Tavka   otlari   singari   bejirim,   hushqomat   va   tilla   rang   ot   tasvirini
Afrosiyob suratlarida uchratilishidir. Ot dumlarining suratlarda aks ettirilish tarzida
ham ularning katta tezlikdagi harakati holatini kuzatish mumkin. Tasvirlardagi olti
otdan   uchtasida   ularning   dumlari   kisman   saqlanib   kolgan.   Unda   dum   o‘rtasidan
uchta   tuguncha   ko‘rinishida   bog‘lab   qo‘yilgan.   Shu   tarzdagi   ot   dumlari   tasvirini
aynan   Afrosiyob     suratlaridagi   Chagoniyon   elchilari   otlarida   kuzatish   mumkin.
Diqqatga  sazavor   tomoni   shundaki,  Afrosiyob  suratlaridagi  boshqa   ot  tasvirlarida
ot   dumlari   xalqa,   tuguncha   va   bantik   tarzida   bog‘lab   qo‘yilgan.   Panjakent
37
  Костров   П.И.   исследовеание,   опыт   реконструкции   и   консервации   живописи   и   скультуры   древнего
Пянджикента // скультура и живопись древнего Пянджикента. М. 1959.-С. 31
41 tulporlari dumlari  ko‘rinishidan Tavka va Afrosiyob otlari  dumlari holatiga yaqin
bo‘lsada,   ular   asosan   ayol   sochlar   singari   chiroyli   qilib   o‘rib   qo‘yilgan,   ularda
tugun   bantik   va   bog‘lab   qo‘yishlar   mutlaqo   uchratilmaydi.   Amudaryo   xazinasida
qayd   qilingan   idishdagi   ot   tasvirida   ham   ot   dumi   xalqa   qilib   bog‘lab   qo‘yilgan.
Aynan   shu   tarzda   xalqa-bantik   qilib   ot   dumlarining   bog‘lab   qo‘yilishi   sosoniy
kumush idishlaridagi ot tasvirlarida ham uchratiladi 
Avvalo   chavondoz   a’zolaridan   tasvirlarda   sa ql angani,   ularning   oyoqlari
bo‘lib,   ular   silliq   charm   ma h silarda   tasvirlangan.   Mahsilar   shaklan   hozirgi
mahsilarga   nixoyatda   yaqin   bo‘lib,   ko‘nji   tizzaga   etmaydi.   Aynan   shu   shakldagi
mahsilar   Afrosiyob   va   Panjakent   suratlaridagi   suvoriylar   oyog‘ida   h am   ko‘plab
uchratilad. Afrosiyob tasvirlaridagi etik-mahsilar ayollar uchun ko‘nji kalta bo‘lsa,
erkaklar   uchun   ko‘nji   biroz   uzunroq   bo‘lganligini   kuzatish   mumkin.   Tog‘li   aholi
poyafzali   Afrosiyob   suratlarida   past   tovonigacha   bo‘lsa,   uchi   yuqoriga   qayrilgan
tagi  qattiq,  hozirgi   Pomir   oyoq kiyimlari   singari  bo‘lgan.   Shuningdek,  Panjikent
suratlarida   poyafzallar   erkaklar   va   ayollar   uchun   deyarli   bir   xil   bo‘lib,   ular
yumshoq   charm   etik-   mahsilardir.   Y a na   Panj i kentda   sport   poyafzallari   h am
uchraydi.     Odatda   ma h si   yoki   engil   charm   etiklar   chavondozlar   uchun   qulay
hisoblangan. Toxariston poyafzallari to‘la liboslar  majmuasi  birgalikda   y etarlicha
tadqiq   qilinga n   buyumlar   qatoriga   kiradi.   Mazkur   hududda   keng   tarqalgan   oyoq
kiyimlardan   biri   yumshoq   poshnasiz   etik-mahsilar   hisoblanadi.   Dilberjin
suratlarida   kunji   uzun   rangli   etiklar   kuzatilsa,   ba’zan   tizzadan   yuqoriga   ham
chiqadigan   malla   va   qora   rangdagi   etiklar   uchraydi.     Oyoqni   qisib   turuvchi
yumshoq   qora   charm   etiklar   Bolaliktepa   suratlarida   yaxshi   kuzatiladi.   Ularning
tovon   va   kunjida   olgin   to‘g‘achalar,   qirg‘oqdari   esa   festonlar   bilan   bezatilgan.
Ayollar   va   erkaklar   poyafzallari   bilan   bir   xilda   bo‘lganligi   tadqiqotchilar
tomonidan   e’tirof   etilmokda.   C h arm   mahsilar   keyingi   yillarda   arxeologik
izla n ishlar   chog‘ida   h am   qator   yodgorliklarda   qayd   qilindi.   Chunonchi,   Urgut
tumanidagi   Jartepa   ibodotxonasi   harobalaridagi   izlanishlarda   aynan   shu   hozirgi
mahsilarga   o‘xshash   poyafzal   qoldiqdari   topildi.   Y a na   Pop   tumanidagi
Munchoktepa dafinasidan ham butunligicha saqlangan ma h si topildi.
42 Sadoq,   (o‘q         don)lar.   H amma   ot   tasvirlarida   ular   juni   ustidan   chavandoz
yonida   qiya   qilib   o‘qdonlar   tasvirlangan.   Ular   odatda   to‘q   kul   rangda   berilga n .
Sadoqlar usti 7-7,5 va pastki kismida 5-5,5 sm bo‘lsa, balandligi 30-35 sm. Ko‘k
ot   chavondozining   o‘kdonidan   hatto   sariq   rangdagi   o‘q   boshlari   xam   chiqib
turibdi.   Xuddi   shunday   sariq     o‘qni   chavondoz   kamonga   xam   joylamoqda.
Suratdagi   tasvirlarda   ham   qo‘shimcha   o‘q,   tasvirini   kuzatish   mumkin.   O‘qdonlar
harbiy   anjomlar   qatorida   ko‘plab   tasviriy   san’at   asarlarida   uchraydi.   Afrosiyob
shimoliy devoridagi chavondozlar barchasining o‘ng tomonida sadoq tasvirlangan
bo‘lib 38
,   ular   pastga   tomon   kengaygan   silindrsimon   shaklga   ega     Samarqand   va
Britaniya   muzeylarida   saqlanayotgan   sosoniylarning   kumush   kosalaridagi
suvoriylar   o‘ng  yonida   ham   pastga   tomon   torayib   borgan   nisbatan   uzun   sadoqlar
kuzatiladi.   Ermitajdagi   idishlarda   odatda   turk   sadoqlari   pastga   tomon   kengaygan
shaklda tasvirlangan bo‘lib, o‘q uchlari yuqoriga qaratib qo‘yilgan.
O‘rta Osiyo va u bilan tutash mintaqalarda yoylar paydo bo‘lishi, rivojlanishi
va   tarqalishi   har   tomonlama   etarlicha   tadqiq   qilingan.   Insoniyat   yoyni   ixtiro
kilgandan so‘ng shikor va xarbiy san’atda ko‘plab qulayliklarga erishdi. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek,   ilk   ov   tasvirlari   xam   aynan   mezolit   davriga   kelib   taqaladi.
O‘q-yoylar   Afrosiyob   suratlaridagi   Chag‘oniyon   elchilari   manzarasida   faqat
g‘iloflarda   tasvirlangan.   ular   "turk"   yoylari   hiliga   to‘g‘ri   keladi.   Afrosiyob
shimoliy   devoridagi   suratlarda   xam   aynan   Tavka   yoylariga   o’hshash   yoylar
tasvirlanib,   ulardan   otayotgan   holati   kuzatiladi.   Panjakent   suratlarida   xam   yoylar
otayotgan xolatda kuzatilib, ko‘rinishi Tavka yoylariga nihoyatda yaqindir. 
Tavka   suratlarida   egarlar   sa ql anmagan   bo‘lsada,   ular   tagidan   to‘shalgan
jullari   to‘g‘ri   to‘rtburchak   shaklida   bo‘lib,   ipak   va   jun   matolardan   tayyorlangan.
Amudaryo xazinasidagi ov tasviri lavhasidagi otlar ustida ham shu shakldagi jullar
kuzatiladi.   Afrosiyob   suratlaridagi   C h agoniyon   otlari   ustida   h am   aynan   shu
shakldagi jullar uchraydi. Ular juda hashamdor matolardan tayyorlangan, tabiiyki,
elchi va uning ayonlari otlari juli, shu bilan birga Samarkand hukmdoriga tortik oti
jullari   oddiy   bo‘lmaydi.   Bosh q a   otlarda   to‘g‘ri   turt   burchak   shaklidagi   jullar
38
 Мустафо қулов С, Аҳмедов Ж   Афросиёб музейининг деворий суратлари ҳақида,,. Моддий маънавий 
мерос ва умумбашарий қадриятлар илмий туплами Т., 2015. -Б.104 
43 kuzatilsada,   ammo   ular   Toxariston   elchilari   otlaridagilar   kabi   dabdabali
bezatilmagan.   Panj i kent   suratlaridagi   ot   tasvirlarida,   ularning   jullari   tuxumsimon
shaklda,   ba’zi   h ollarda   shu   bilan   birga   uning   tagidan   to‘g‘ri   to‘rt   burchak
shaklidagi   xilligi   ham   uchraydi.     Tavka   otlaridan   ikkitasida   uzangi   yaqqol
kuzatiladi.   Ularning   yuqori   qismi   arksimon   yarim   aylana   shaklida,   uning   ustidan
bog‘lashga   mo‘ljallangan   xalqa   o‘rni   kuzatiladi.   Pastki   qismi   esa   tekis   va   oyoq
qo‘yishga qulay ishlangan. Devoriy rang   tasvirlarda ot va otliq tasviri borki, unda
uzangi   ajralmas   qism   hisoblanadi.   Afrosiyob   devoriy   suratlarida   Tavka
uzangilariga monand uzangilar kuzatiladi. Aynan shu tarzdagi uzangilar Panjakent
suratlaridagi otlarda ham bor. Uzangilar ot anjomlari ichida keng tarqalgan bo‘lib,
barcha ko’chmanchi chorvador xalqlar madaniyatida uchraydi. 
  Suratlardagi   ikki   ot   tasvirida   boshbog‘lari   qoldiqlari   yaqqol   kuzatiladi.
S h ular asosida mu h okama qiladigan bo‘lsak, ular ot kallasidan kuloklar usti bilan
o‘tkazilib,   engagigacha   borgan.   So‘ngra   ko‘zi   usti   peshonasidan   unga   boshbog‘
mustahkamlanib   qo‘yilgan.   Afsuski,   Tavka   devoriy   suratlardagi   boshbog‘lar   va
yugan   tasvirlarida   yuganning   suvluqlari   belgilarini   kuzatish   imkoni   bo‘lmadi.
Afrosiyob   otlari   suvliqlari   dumaloq,   shar   shaklida   bo‘lib,   metaldan   tayyorlangan
hamda   xalqasimon   to‘g‘alar   bilan   boshbog‘ga   so‘ngra   esa   yugan   ipiga
tutashtirilgan.   Panjikent   otlari   suvliklari   uzun   qayrilgan   metalldan   tayyorlanib,
uchidagi   xalqa   bilan   boshbog‘   va   yugan   ipiga   biriktirilgan     Suvliklar   arxeologik
yodgorliklarda   uchrashiga   karab,   mazkur   madaniyatni   farqlash   imkoniyatiga   ega
bulish   mumkin.   Chunonchi   Sibir   va   Oltoy   turkiy   xalklari   madaniyatida   ot
anjomlaridan suvlikning uziga hos o’rni bor 
Ot   anjomlari   tasvirlari   ichida   keng   tarqalgan   va   ko‘zga   yaqin   buyumlardan
biri   undagi   bezak,   munchoqlaridir.   Ular   odatda   ot   boshida,   to‘shi-ko‘ksida   va
sag‘rida   bo‘lib,   old   tutqichi   va   boshbog‘lariga   osilgan   bo‘ladi.   Ular   sariq   rangda
tasvirlanib, ko‘p hollarda oltindan tayyorlangan bo‘ladi. Tavka suratlarida mazkur
munchoqlar dumaloq xalqachalar, tangachalar shodasi tarzida tasvirlanib buynida,
tushining   ustida   yuraksimon   ko‘rinishdagi   oltin   baldoq   tarzida   osib   qo‘yilgan.
Afrosiyob   suratlari   otlari   boshbog‘   va   q uyushkonlarida   ham   etarlicha   bezaklar
44 uchraydi 39
. Ular murakkab tuzilishdagi munchoqlar, aylana va boshka shakllardagi
yaproqchalar   tarzida   berilgan     Tavka   otlari   takinchoqlariga   yaqinlik   ko‘proq
Panjakent   otlarida   kuzatiladi.   Panjakent   otlarida   ham   Afrosiyob   otlaridagi   kabi
mo’yqalam   nusxa   osma   bezaklar   uchraydi.   S h u   bilan   birga   Panjakent   ot
ta q inchok l ari  ichida   qo’ ng ’ iro q chalar   h am   kuzatiladi.  Afsuski,   biron  bir   ot   ustida
chavondoz gavdasi yuzlari sa ql anmaga n . Ma’lum belgilar bor.   H uddi shu belgilar
Bolaliktepa bilan birga Kalai-Kofirnigon va Ajinatepa suratlarida   h am kuzatiladi.
Tasvirlardagi   shaxslarning   turishi,   soch   turmaklari   va   yana   qator   belgilari   bu
tasvirlarni   yagona   etnik   guruhga   ajratib,   ular   mahalliy   aholi   tasvirlari   ekanligi
ta’kidlanadi Bu fikrlar Tavka suratlariga ham xar tomonlama keltirilishi mumkin.
Ulardan   Tavka   suratlaridag i   sha h slar   sallasimon   bosh   kiyimlari   bilangina   far q
kiladi.   Umuman   olganda   Toxariston   liboslari   majmuasi   arxeologik   topilmalar   va
tasviriy san’at asarlari asosida keng va atroflicha o’rganilgan
Suratlarda bosh kiyimlari asosan sallasimon ko‘rinishda tasvirlanadi. Ular bir
necha   ko‘rinishda   bo‘lib,   asosiy   salla-qalpoq   eng   e’tiborga   molik   4-parchadagi
shahs   boshida   kuzatiladi.   Bosh   kiyimlarining   barchasi   taxlari   to’q   malla   rangda
berilgan. Bu bosh kiyimi Tavka suratlarida hozircha yagona nusxada bo‘lib, unga
Afrosiyob   suratlaridagi   Chag’oniyon   elchisi   boshidagi   hashamdor   qalpoqqa
yaqinlik   kuzatilishi   mumkin.   Tasvirlardagi   shahslar   sochlari   deyarli   bir   hilda
turmaklangan.   Barcha   tasvirlarda   sochlar   qulog‘i   va   yuzi   o‘rtasidan   tushib   tursa,
ikki xolda peshonasiga  ilgaksimon   gajagi  osilib turibdi. Y a na bir necha hollarda
qulog‘i tagidan oq sharsimo n  boshli soch to‘g‘nag‘ichlar taqib qo‘yilgan. 
  Toxariston   taqinchoqlari   har   tomonlama   yaxshi   o‘rganilgan   moddiy
madaniyat buyumlari hisoblanib, bosh taqinchoqlari turkumiga peshona, yonoq va
bosh kiyim taqinchoqlari kiritiladi Oltin yaprokchalar tarzdagi takinchoqlar odatda
peshonabandlarga   taqib   qo‘yilgan   Sirg‘alar   xalqa   shaklida   bo‘lib   pastida   kichik
xalqacha   yoki   sharchalar   osib   qo‘yilgan.   Suratlarda   asosan   oltin   (sariq   rangda)
sirg‘alar tasvirlangan. Toxaristonda sirg‘alarni erkaklar ham taqishgan bo‘lsalarda
Bolaliktepa suratlaridagi faqat ayollar tasvirlarida sirg‘alar Yana shunday  sirg‘alar
39
 Мустафо қулов С, Аҳмедов Ж   Афросиёб музейининг деворий суратлари ҳақида,,. Моддий маънавий 
мерос ва умумбашарий қадриятлар илмий туплами Т., 2015.-Б.107
45 Afrosiyob   suratlarida   ham   uchratiladi,   e’tiborga   molik   tomoni   shundaki,   bu
tasvirlarda   Toxariston   elchilari   aks   ettirilganlar.   Aynan   shu   sirg‘alar   sharkiy
Turkistonda   Kucha   voxasidagi   Duldur-Agur   va   Subashi   devoriy  rang  tasvirlarida
ham uchratiladi Tavka suratlaridagi ko‘plab sirg‘ali shahslar tasvirlari, ularni ham
aslzoda   ayollar   deyishga   asos   bo‘la   oladi.     Bo‘yin   taqinchoqlari   Afrosiyob
suratlaridagi   Chag‘oniyon   elchilari 40
  bo’yinlarida   va   Bolaliktepa   suratlarida   (5-
parcha),   shuningdek   sharqiy   Turkistondagi   Duldur-Agur   rang   tasvirlarida   ham
uchratiladi.   Odatda   bo’yin   munchoqlari   ko’krak   taqinchoqlari   bilan   birgalikda
o‘rganiladi.   Ko‘krak   taqinchoqlari   yana   matoga   tikib   ham   qo‘yilgan   bo‘lib,   3   va
23-   parchalarda   aynan   matoga   tikib   qo’yilgan   munchoqlar   shodasi   kuzatiladi.
Sur’atlarda tasvirlangan taqinchoqlardan yana   biri bilakuzuk bo‘lib, u Tavkaning
34-parchasida ikki qatorli tilla sim tarzida o‘ng qo‘lga taqilgan. Shu ko’rinishdagi
bilakuzuklar   Bolaliktepa,   Afrosiyob,   Panjakent   va   yana   sharqiy   Turkistondagi
qator devoriy rang tasvirlarda uchratiladi. 
Umuman olganda Toxariston liboslari va matolari nisbatan yaxshi urganilgan
san’at   asarlari   qatoriga   kirib,   ular   rang   tasvirlar   va   bevosita   topilmalar   asosida
atroflicha   yoritilgan.   Ustki   xalat-kamzul   uchburchak   o’ng   qayrilma   yoqali   (4-
parcha)   bo‘lib,   ranglar   tiniqligiga   ko‘ra,   u   ipak   matodan   tikilgan   bo‘lsa   kerak.
Mato   to‘rt   yaproqli   bezaklar   bilan   bezatilgan.   To‘rt   va   uch   yaproqli   (30-parcha)
ko‘plab ko‘rinishlarda Bolaliktepa va Ajinatepa suratlaridagi liboslarda uchratiladi.
Shu   bilan   birga   Tavka   matolaridagi   bezaklarni   Buyuk   ipak   yuli   bo‘ylab   ko‘plab
san’at asarlarida uchratishimiz mumkin. Chunonchi, sharqiy Turkistondagi Ko‘cha
suratlarida   ham,   ular   asosan   budda   tasviriy   san’at   asarlari   bo’lsa-da,   mato
bezaklarida (Duldur-Agur va Subashi) ko‘plab umumiylik 
Devoriy   suratlarda   anchayin   keng   tarqalgan   tasvirlardan   biri   bo‘lib,   Tavka
suratlarida   g‘unchasimo n   ko‘rinishdagi   tig‘-   y elpig‘ich   tasvirlangan   (4-parcha).
Bandi   saqlanmagan   bo‘lsada,   uning   o‘rni   yaqqol   kuzatiladi.   9   va   18-parchalarda
ham   shu   tasvir   qoldiqlarga   o’xshash   shakllar   uchratiladi.   Afrosiyob   suratlarida
tug‘lar   (bunchuk)   aloxida   vakolatga   ega   elchi   belgis   hisoblangan.   U   ishonch
40
  Тошкенбоев Н.Х Ғаффоров Ш.С .«Ўрта Осиёда илк шаҳар давлатлар» Самарқанд, 2004 . –Б.67.
46 yorligi,   bayroq,   sifatida   manbalarda   uchratiladi.   Bir   oz   cho‘zinchoqroq,   popuklar
Afrosiyob   tasvirlaridagi   ot   anjomlarida,   ot   boshi   va   to‘shi   atroflarida   kuzatiladi.
Aynan   shunday   ot   elpig‘ich-to‘g‘alari   sharqiy   Turkistonda   Duldur-Agur   va   Qizil
suratlarida   h am qayd kilingan. Bu elpig‘ichlar otliqni aslzodaligini bildirib, uning
jamiyatdagi yuqori o‘rniga ishora bo‘ladi.
Qo‘l   barmoqlari   Bolaliktepa,   S h arqiy   Turkiston   (Duldur-Agur,   Qizil,   va
Subashi), suratlarida uchratiladi. Barmoq holatlarini diniy va dunyoviy deb baravar
talqin kilish mumkin. 
Shunday   qilib,   Tavka   devoriy   suratlari   Markaziy   Osiyo   tasviriy   san’atidagi
yangi bir yorqin sahifa bo‘lishi shubhasizdir. Bu   o’ rinda mazkur suratlarda kimlar
tasvirlangan degan savol tugilishi tabiiy. Tasvirlardagi shahslarning etnik tuzilishi,
ularni   mahalliy   aholi   toharlar   deb   qarashimizga   asos   bo‘la   oladi.   Bu   fikr   o‘z
vaqtida   Bolaliktepa,   Ajinatepa   va   Bamian   suratlari   shaxslari   talqinida   ham
mahalliy aholi  tasvirlari  tarzida o‘rtaga  tashlangan  edi. Afrosiyob va  Bolapiktepa
suratlaridagi   shahslardan     farqli   o‘laroq   faqat   Tavka   suratlaridagi   shahslarda
yagona etnik guruhga tegishli mahalliy toxaristonliklar tasvirlangan.
Suratlarning dunyoviy talqini, ularning yana   q ator belgilari bilan Manixeylik
di n iga tegishli ham bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmo q da. Ma’lumki, O‘rta Osiyoga
yoyilgan ilk manixeylar bilan suratkash-rassomlar ham kelganlar. Moniyning o‘zi
h am   ajoyib   rassom   bo‘lgan.   Bu   to‘g‘rida   Firdavsiyning   «S hoh noma»sida   va
Beruniy   asarlarida   h am   ma’lumotlar   bor.   Bu   masalada   A.M. Belenitskiy   fikriga
qo’shilgan holda, ta’kidlashimiz joizki, manixeylik O’rta Osiyoda an’anaviy badiiy
tasviriy   buddaviylik   san’ati   bilan   to‘qnashib,   unda   dunyoviy   oqimni   yuzaga
kelishiga olib keldi. S h unday b o’ lsada, ov va ziyofat  lavhalarini  birdek dunyoviy
va   diniy   mazmunlarga   y o yish   mumkin.   Manixeylik   tarqalishi   bilan   tasviriy
san’atda dunyoviy lavhalar ortadi (Bolaliktepa va Tavka). 
Xorazmning qadimiy Tuproqqal’a saroyidan topilgan tobut o‘zga qo‘lida qizil
ip   tutib   turgan   motam   sahnasidagi   ayol   tasviri   va   Samarqand   vohasining
Panjikentidan   topilgan   qo‘lida   urchuq   ushlagan   ayolning   sopol   haykalchasi
yuqorida   keltirilgan   obraz   O‘rta   Osiyo   uchun   tasodifiy   bo‘lmaganligidan   dalolat
47 beradi.   O‘rta   Osiyoning   islom   davrigacha   bo‘lgan   dahmalari   ichidan   sopol   va
toshdan yasalgan urchuq toshlari — kichkina aylana disklar tez-tez topilib turadi.
Bu taqdirlar sohibasi, ip yigirish homiysiga qilingan tortiqlar bo‘lsa kerak. 
Taxminan VII  asr o‘rtalaridan boshlab Sug‘d san’ati  gullab-yashnaydi  va bu
jarayon VIII asr o‘rtalariga qadar davom etadi. VII   asr   oxiri   va   VIII   asrning
birinchi   yarmidagi   Sug‘d   rang-tasvir   san’ati   o‘ta   rivoyatlarga   asoslangani   hamda
ifoda   etilayotgan   adabiy   syujetlarning   rang-barangligi   bilan   ajralib   turgan.
Holbuki,   ilgari   ularda   murakkab   marosimiy   manzaralar   ustun   bo‘lgan.
Afrosiyobdagi   Varxuman   saroyidagi   monumental   tasvirlar   yuqoridagi   fikrning
yaqqol   namunasidir.   Qadimgi   rassomlar   qo‘llagan   ranglar   jilosi   odamni
to‘lqinlantiradi.   Kishilarning   ko‘m-ko‘k   musaffo   Afrosiyob   rang-tasvir
kengliklaridagi  harakatlari tantanavor. Saroy zalining to‘rt devorida to‘rt xil syujet
tasvirlangan.   Zal   eshigining   qarshisida   –   Samarqand   shohi   qabuliga   kelgan
elchilarni   aks   ettiradigan   sahna.   Shohona   kiyinib,   sovg‘a-salomlar   ko‘tarib
borayotgan erkaklar safi libosi, sochi, bosh kiyimiga qarab guruhlarga bo‘linadi.
Hadya   olib   borayotganlar   va   mehmonlar   orasida   xitoy   va   koreys   elchilari,
tog‘liklar   va   boshqalar   bor.   Sovg‘a-salom   olib   borayotgan   odamlar   tasvirlangan
devor   zalida   asosiy   o‘rin   tutadi.     Samarqand   shohining   obro‘-e’tiborini
tasdiqlaydigan syujet qolgan uch syujet qatorida markaziy o‘ringa ega.
2.3. Devoriy suratining  restavratsiya va konsirvatsiya qilish usullari.
O‘zbekiston xalqlarining qadimgi rangtasvir san’atining shoh asari bo‘lmish
Afrosiyob devoriy rasmlari hanuzgacha jamoat-chilikni va mutaxassislarini o‘ziga
rom   etib   kelmoqda.   Oddiygina   va   eng   arzon   mahalliy   mineral   buyoklardan   VII-
VIII   asrlarda   bunday   noyob   asar   yaratish   ilk   o‘rta   asr   rassomlaridan   yuksak
mahorat,   badiiy   bilim   va   tajribalarni   talab   etgan.   Me’moriy   binolarni   qurish   va
bezashdagi   usullar   Evropa   an’analaridan   tubdan   farqli   o‘laroq   bizda   shu
kunlargacha   qo‘llanib   kelinmoqda.   Bu   qadim   zamonlardan   beri   foydalanib
kelingan   asosiy   mahalliy   qurilish   ashyosi–loydan   ishlangan   paxsa   devorlar,   xom
g‘isht   va   guvalaklardir.   Bu   devorlardagi   notekisliklar   va   yoriqlar   loy,   somon   va
48 suv aralashmasidan tayyorlangan suvoq yordamida tekislangan. Bunday inshootlar
qishda issiqligi va yozda salqinligi bilan ajralibturadi. Devoriy rasmlarni ishlashda
boshlang‘ich asosiy jaryonlardan biri devorni loysuvoq bilan ishlashni to‘g‘ri olib
borishdir. Fikrimizcha bu jarayon uch bosqichda olib borilgan. Ulardan birinchisi
qo‘l bilan tortish yoki tekislash, forscha -«panja-kashi» deyiladi, buning natijasida
devor  tekislangan.Bu   bosqichda  devorning hamma  joyini  suvash   shart  bo‘lmagan
va   uning   qalinligi   ham   deyarli   chegaralanmagan.   Bu   ishga   asosan   tuproq   va
o‘rtacha   maydalangan   somon   (1:1,5   nisbatda)olingan.   Bu   aralashmaga   ma’lum
miqdorda   suv   quyilib   uzoq   muddatda   yaxshilab   aralashtirilgan.   Hosil   bo‘lgan
loyning   usti   bekitilib   damlangan.   Bu   ish   ikki-uch   kun   davom   etgan.   Aralashma
yaxshilab   pishitilgandan   so‘ng   loy   yordamida   qo‘l   bilan   devor   yuzi   tekislanib
chiqilgan va quritilgan.Bu ishlar bilan bir vaqtda ikkinchi bosqich-«andova» suvoq
(forscha   «davometish»   demakdir)qa   tayyorgarlik   olib   borilgan.   Bu   amal   uchun
ikkinchi   maxsus   loy   aralashmasi   tayyorlanilgan.   Buning   uchun   hech   qanday
qo‘shimchalarga ega bo‘lmagan chuqur katlamlardan olingan eng toza sog‘ tuproq
va   maydalangan   yumshoq   somon   (1:1   nisbatda)   olinadi.   Suv   bilan   yuqorida
ko‘rsatilgandek   5-6   kun   davomida   yaxshilab   aralashtirilib   damlanadi.   Natijada
cho‘ziluvchan   va   mayin   loy   hosil   bo‘ladi.Ikkinchi   bosqichdagi   ishlarni
boshlashdan   oldin   tayyorlangan   devor   yuzasi   yaxshilab   ho‘llangan   2-3   sm
qalinlikda   andova   suvoq   qilingan.   Bu   suvoq   yaxshi   quritilgandan   so‘ng   unga
uchinchi   qatlam-«pardoz»   suvog‘i   berilgan.   «Pardoz»-forscha   «piyoz   pardasi»
ya’ni juda yupqa degan ma’noni anglatadi. Pardoz suvog‘i uchun toza sariq tuproq
elakdan   o‘tkazilib   unga   elangan   maxsus   somon   (tabiiy   ravishda   o‘stirilgan)   va
qamish   guli   aralashtiriladi   (1:1   nisbatda),   keyin   suv   quyilib   (1,5:1   nisbatda)
yuqorida   aytilgan   usulda   8-9   kun   davomida   ishlov   berilib   cho‘ziluvchan   va
yumshoq   holatga   keltiriladi.Uchinchi   qatlam   berishdan   oldin   ikkinchi   suvoq   yuzi
suv bilan namlanadi va devor yuziga 0,5 mm qalinlikda aralashma surtib chiqiladi.
Zarur   hollarda   bu   qatlam   bir   necha   bor   qaytarilib   surkash   yo‘li   bilan   tekislanib
chiqiladi.
49 Samarqand   hukumdori   shoh   Varhumanning   elchilar   zali   Afrosiyob   devoriy
suratlarini   ta’mirlash   texnologiyasi   va   usullarini   yaratish   uchun   A.Abdurazzoqov
boshchiligida   guruh   ilmiy - tadqiqot   ishlarini   olib   bordi.   Afrosiyob   devoriy
suratlarining   to‘rtta   devorida   rangli   rasmlar   bilan   bezatilgan   turli   tarixiy   voqealar
tasvirlangan.   O‘sha   vaqtda   bu   devoriy   rasmlarni   saqlab   qolish   uchun   Respublika
Fanlar   Akademiyasi   rahbariyati   shoshilinch   ravishda   zarur   va   kechiktirib
bo‘lmaydigan   ilmiy   va   tashkiliy   choralarni   ko‘rdilar.   Ular   orasida   eng   asosiysi
tarix va arxeologiya instituti tarkibida O‘zbekistonda yagona bo‘lgan «Arxeologik
topilmalarini   ta’mirlash   va   kimyoviy-texnologik   o‘rganish»   laboratoriyasi   tashkil
etildi. Bu  ilmiy-tadqiqot   markazning  ochilishidan  maqsad  xalqimizning  bir   necha
ming   yillik   tarixiga   mansub   bo‘lgan   rang-barang   moddiy   va   madaniy
yodgorliklarni,   er   ostidan   topilayotgan   turli   xil   hunarmandchilik   mahsulotlarini
saqlab  qolish,  ta’mirlash  hamda  ularni   ishlab  chiqarish  va bezak  berish  usullarini
o‘rganishdan   iborat   edi.   Ta’mirlash   sohasidagi   dolzarb   ilmiy-amaliy   ishlarni
boshlab   yuborish   uchun   ancha   tajribali,   bu   sohaga   tez   kirishadigan   va   moslasha
oladigan   mutaxassislar   zarur   edi.   Qisqa   vaqtda   ta’mirlashdagi   eng   kerakli
masalalarni   hal   qila   oladigan   tadqiqotchilar   guruhi   tashkil   etildi,   zarur   hollarda
xodimlarni Rossiya ilmiy markazlaridagi laboratoriya va usta xonalarga yuborib, u
erdagi   tajriba   va   usullar   bilan   tanishtirib,   malakalari   oshirib   kelindi.
Ta’mirlashdagi   muammolar   orasida   ko‘proq   kimyoviy   texnologik   masalalar   hal
qilinishi   zarur   edi.   SHundan   kelib   chi q ib,   laboratoriyada   asosan   kim yo viy
texnologiya,   polim e rlar   k i myosi,   kim yo viy   va   spektral   tahlil   mutaxassislari
t o‘ plangan   edi.   SHu   sababli   dun yo   fani     amali yo tida   bor   b o‘ lgan   va   qo‘ llanilgan
ta’mirlash   usullari   va   vositalarini   o‘ zlashtirish   va   qo‘llash   ishlari   ancha   oson
kechdi.   Ammo   ular   orasida   talablarga   t o‘ li q   javob   bera   olmaydigan   noani q
echimlar  h am talaygina edi. SHuning uchun doimo izlanish, qid i ri b  echimini topish
xodimlarning   asosiy   shioriga   aylandi.   1965-yilda   Janubiy-G‘arbiy,   1966-yilda
Janubiy-SHarqiy,1967-1968-yillarda qolgan qsimlari va 1979 -yilda barcha qolgan
qsimlari   qazib   olindi.   Har   bir   devor   ochilganda   usti   yopilgan,   bu   suratlarni   ultira
binafsha   nurlardan   saqlash   uchun   qilingan.   Suratning   har   bir   qismi   ochilgandan
50 keyin   ularning   yuzidagi   tuproq   tozalangan   so‘ngra   suratlar   yuqorida   aytilgan
maxkamlagichlar bilan to‘yintirilgan. 10%   PBMA eritmasini suratga 10-15 marta
surkalgandan keyin uning yuzida  biroz o‘zgarishi  sodir  bo‘ladi. Suratlar  etarlicha
to‘yintirilgandan   keyin  ularni  devordan  tushurishga   tayorgarlik  ko‘riladi.  SHunda
suratlar   ko‘pincha   bo‘laklarga   bo‘linib   ketadi.   SHuningdek,   yana   olimlar
tomonidan 1967-1968 yillarda qazilgan tuproqlar  orasidan  qizil  bo‘yoq qoldiqlari
yig‘ib   olinib   tarkibi   aniqlangan.   U   oxralarga   talluqli   bo‘lib,uning   bo‘yaydigan
asosi   temir   oksididan   tarkib   topgan.   O‘zbekiston   hududida   qizil   bo‘yoqni   uzoq
o‘tmishdan-paleolit davridan ishlata boshlaganlar. Oxraning bo‘yovchi asosi temir
birikmasi hisoblanadi. SHuning uchun rang bilan tarkibida farq bor,oxra qanchalik
temirga boy bo‘lsa, bo‘yoqning rangi shuncha to‘q bo‘ladi. Qora bo‘yoq kuyadan
iborat,   turlixil   kimyoviy   maxkamlagichlarning   bo‘yoq   rangiga   tasirini   o‘rganish
uchun   mutaxsislar   ma’lum   eritgichlarda   yoki   ularning   aralashmasida
polimerlarning   aralashmasini   tayorlangan.   PBMA   eritmalarining   boyoqqa   tasirini
aniqlash   bo‘yicha   qilingan   sinovlar   natijalarining   korsatishicha   qizil   va   barcha
jigar   rangdagi   bo‘yoqlar   uchun   ksiloldagi   PBMA   eritmasini   qo‘llash   maqsadga
muofiqdir, oq va sarg‘ishi  bo‘yoqlar  uchun-dixloretan,  ksilol, toluol  va qora  rang
uchun aloxida olingan barcha eritmalar mos keladi. Havo rang bo‘yoq uchun oraliq
holatni   dixloretan   vatolulning   1;1   nisbatida   tayorlangan   eritmasi   hosil   qiladi.
Suratlar   etarlicha   to‘yintirilgandan   keyin   ularni   devordan   ko‘chirish   ishlariga
tayorgarlik   ko‘riladi.   SHunda   suratlar   ko‘pincha   bo‘laklarga   bo‘linib   ketadi.
SHuning   uchun   avval   Rassom   yordamida   devoriy   suratlarning   nusxasi   maxsus
qog‘ozga   chizib   olinadi,   chunki   ta’mirlash   jarayonida   to‘g‘ri   joylashtirish   uchun
foydanalinadi.     Bo‘laklarga   bo‘lib   olishda   bir–biriga   ulash   jarayonida   ish   engil
bo‘lishi   uchun   oq   ip   bilan   belbog‘ - belgilar     beriladi.   So‘ng   yuziga   doka
yopishtiriladi   va   qotganidan   so‘ng   tepa   qismidan   asta-sekinlik   bilan   devordan
rangli loy suvoq qatlamini ajratish jarayoni boshlanadi, ajratishda maxsus uzunligi
1-1.5   metr,   eni   3-5sm   maxsus   pichoq   yoki   shunga   o‘xshash   moslama   yordamida
devordagi   suvoqni   asta - sekinlik   bilan   ko‘chirib,   bo‘lak   o‘lchamidagi   faner   yoki
taxta   yuzasiga   yotqiziladi,   agar   faner   eguluvchan   bo‘lsa   pastki   qismiga   3-5   sm
51 taxtacha   mustahkamlanadi   va   taxtacha   devorga   tegib   turadi.   Asta - sekinlik   bilan
olinadi   va   orqa   tomoni   tekislanib   15%   li   polimerning   atsetondagi   eritmasi   bilan
qotirilib  engil   ishlov  beriladi.  SHu  tariqa   davom   ettiriladi.  Ta’mirlash  ishlari  ikki
bosqichda,   dala   sharoitida,   lobaratoriya   sharoitida   amalga   oshiriladi,   olingan
bo‘laklar   yaxshilab   o‘ralib   qutilarga   joylashtiriladi,   tashishda   va   yuklashda   qulay
bo‘lishi   uchun   og‘irligi   15kg   dan   oshmaslik   kerak .     Lobaratoriyaga   olib   kelinib
orqa tomoni tozalanib, tuproq, bo‘r  va polimerdan aralashma  tayyorlanib mastika
qilinadi.   Mastika   tayyorlashda   ishlatilinadigan   tuproqni   tozalab   distrlangan   suvda
3-4marta   yuvilib   quritilib,   maydalanib   elakdan   o‘tkazilib,   polimer   va   atseton
aralashmasi   bilan   aralashtirilib   loy   tayyorlanadi   va   suvab   chiqiladi,   qurigandan
sung   doka   yopishtiriladi.   Rangli   tomoni   atseton   yordamida   tozalanib   doka   olib
tashlanib,   suratlarni   chuqur   joylarining   atrofidan   3mm   past   qilib   mastika   bilan
to‘ldirilib   ustidan   atseton   bilan   silliqlanadi,   15%   li   polimerning   atsetondagi
aralashmasi   surtilib   devoriy   suratga   shimdiriladi.   Qurigandan   so‘ng   ksilolli
hammomga   qo‘yiladi,   maxsus   tayyorlangan   taxta   ustiga   qog‘oz   to‘shalib,   ustiga
5sm   qalinlikda   qora   qum   yotqiziladi,   ustiga   dag‘al   mato   (mishkavina)   to‘shalib
ustiga devoriy surat qo‘yiladi va ksilol uchib ketmasligi uchun atrofi klyonka bilan
o‘raladi,   5   sm   qalinlikda   paxta   to‘shalib   ustidan   doka   qoplanadi   devoriy   surat
kattaligiga  qarab  ksilol  sepiladi   va  qapqoqni   yopib  o‘rab  quyiladi,  bu  jarayon  bir
kecha - kunduz   yoki   bir   necha   kun   davom   etishi   mumkin 41
.( )   Hammom   qilishdan
maqsad   yuza   qismiga   berilgan   qorishmalardan   qolgan   ortiqcha   dog‘larni,
changlarni   tortib   olish   va   yuza   qismiga   berilgan   polimerni   singdirib   yuborish
uchun   foydalaniladi.   Tayyor   bo‘lgan   devoriy   suratlarni   muzeyning   ko‘rgazmalar
zaliga   qo‘yish   uchun   maxsus   asosga   ko‘chiriladi.   Prof:   A.A.Abdurazzoqov
boshchiligida   tamirlash   ishlari   olib   borilgan.   Afrosiyob   devoriy   suratlarini
devordan ajratib olish va konservatsiya qilish ishlari bir necha  yil davom etdi. Bu
devoriy   suratlarni   asrab     qolish   juda   katta   yutuq   edi.   1913-yilda   V.L.Viyatkin
tomonidan   Afrosiyob shaxristonidan ochilgan devoriy suratlarni asrab qololmadi.
CHunki   usha   davrda     malakali   ta’mirshunoslarning   va   ta’mirlash   usullari
41
  Абдуразаков А. А, Камбаров М. К. Реставрация настенных росписей Афрасиаба. Т. ,  1975. С.  27-28.
52 bo‘lmagan   sababli   saqlab   qololmagan.   1947-yilda   Kostrov   tomonidan   ta’mirlash
te’xnologiyasi   yaratildi   va   shu   texnologiya   asosida   ta’mirlash   ishlari   olib
borilmoqda.   Afrosiyob   devoriy   suratlarni   1985   yilda   taxtadan   yasalgan   karkasga
penaplas o‘rnatilib yasalga  asosga mustahkamlanib Afrosiyob muzeyining alohida
ko‘rgazmalar zaliga qo‘yilgan edi.
2014–yil   2-mayda   Afrosiyob   muzeyida   bo‘lib   o‘tgan   “Afrosiyob   devoriy
suratlarini   ta’mirlash   va   rekonstruksiya   qilish”   loyihasi   muhokamasida   Fransiya,
AQSH,   SHveysariya,   Janubiy   Koreya,   O‘zbekiston   vakillari   qatnashdilar   va
Afrosiyob   devoriy   suratlarini   zamonaviy   texnologiyalari   asosida   qayta   ta’mirlash
va   rekostruksiya   qilishga   kelishib   olindi.   Afrosiyob   devoriy   suratlarini   asrab-
avaylash   uyushmasi   tomonidan   tashkil   qilingan   va   devoriy   rasmlarni   ta’mirlash
bo‘yicha   mutaxassislar   O‘z.   FA   Arxeologiya   instituti,   Muziey     ilmiy
xodim - ta’mirchilari   hamda   Jeraldin   Frey   (Madaniy   meros   milliy   instituti)
rahbarligidagi   amalga   oshirilmoqda,   dastlabki   ishlarni   shimoliy   devordan
boshladik.   Vaqt   o‘tishi   bilan   deformatsiya   kuchlari   ta’siridan   taxta   egilishi
natijasida yoriqlar hosil bo‘lgan, buni oldini olish uchun zamonaviy texnalogiyalar
asosida   ta’mirlash   ishlari   olib   borilmoqda.   Alyuminiy   profil,   ari   uyasi
ko‘rinishdagi   asosga   umumiy   uzunligi   10.93x2.50m   o‘lchamda   tayyorlandi,
shimoliy   devor   surati   bo‘ylab   yuziga   salafan   (klyonka)   tortib   plomaster   bilan
o‘lchamlarni   chizib   (bostirib   chiqdik)   va   bo‘laklar   ketma-ket   raqamlandi,   oq   ip
bilan   belbog‘   belgilar   yopishtirildi,   qayta   elimlanganda   o‘lchamlar   bir-biriga
to‘g‘ri   tushishi   uchun,   bo‘laklarga   ajratilib   raqamlandi,   orqasidagi   (mishkavina)
dag‘al   matolar  olinib,  tozalandi.  Cyclohexane-suv  holatda,   Cyclododlcane  solide-
tuz   holatda   75x25   xolatda   aralashtirilib   isitich   pechida   tuzi   qolmaguncha
qizdiriladi.   Bo‘laklar   ustiga   doka   yopib   uni   ustidan   yuqoridagi   aralashma   surilib
chiqiladi.  Bir   kundan  so‘ng  Cyclohexane   surilib  dokalar   devoriy  suratlar  yuzidan
ajratib olindi va Cyclohexane-Cyclododlcane solide asiton yordamida tozalandi. bu
jarayondan   so‘ng   rasmdagi   changlar   tozlanadi   va   tiniqlashadi,   yoriq   va   chuqur
joylar   tomonlardan   2-3mm   past   qilib   to‘ldirildi   (mastika   qilindi).   Tuproq     avval
maydalanib   elanib   3-4   bor   distrlangan   suv   bilan   yuviladi,   quritilib   maxsus
53 idishlarda   maydalanib   elakdan   o‘tkaziladi,   maqsad   tuproq   tarkibidagi   tuzlarni
yuvish, 7% li polimer qo‘shilib eritma tayyorlanadi, atroflari tekislanadi va devoriy
suratlarni saqlanmay qolgan joylari  tuproq va akril  elimi aralashmasi  bilan suvoq
qilindi.   Tayyor   bo‘lgan   suratlarni   elangan   qora   qum   va   PBMAning   35-40%   li
asitondagi eritmasi bilan eni 3.63m, 4.37m, 2.93m va balandligi 2.5m o‘lchamdagi
alyumin   profilli   asoslarga   o‘rnatildi.   Temir   profildan   karkas   tayyorlanib   unga
shitlar qotirildi. Alyuminprofilli asoslar har qanday tashqi deformatsiya kuchlariga
va tabiatda yuz beradigan tabiiy ta’sirlarga chidamlilgi bilan ajralib turadi. Bu esa
devoriy   suratlarni   asrab - avaylashda   va   kelajak   avlodlarga   etkazib   berishni
ta’minlaydi. 
                    2.4. Buyoqlarning texnologiyasi va uning tarkibi 
Bu   devoriy   suratlarning   barchasi   yagona   texnikada   ishlangan.   Paxsadan
qilingan   devorlar   somonli   loy   bilan   suvalgan.   Suvoqning   qalinligi   2-3   sm
oralig’ida.   Sinchiklab   silliqlangan   suvoqning   ustidan   1-2   m.m   lik   o’ta   yupqa
pardoz   qilingan.   Mutaxasislarning   fikricha   bu   qatlam   ganchdan   qilingan   qilingan
va   unga   oq   loy-kaolin   aralashtirilgan. 42
  Bo’yalgan   qatlamlarning   texnikasi
qo’ydagicha. Yuqorida aytilgan oq rangli yupqa qatlamning ustidan rassom dastlab
qora yoki jigarrang bo’yoq bilan bo’lajak suratning konturini chizib oladi, so’ngra
ayrim   joylari   yupqa   tekis   bo’yoq   qatlami   bilan   qoplanadi.   Oq   rangli   maydonlari
esa bo’yalmaydi. 
Monumental   suratlarni   o’rganishning   ko’rsatishicha,   rassom   foydalangan
bo’yoqlar   son   jixatdan   ko’p   emas.   Ular   qora,   ko’k,   oq,   sariq,   qizil,   malla   va   bir
nechta   oraliq   ranglardan   iborat.   Ammo   shunga   qaramasdan   suratlar   shunchalik
ustalik   bilan   ishlanganki,ular   o’zining   yorqinligi   va   bo’yoqlarning   tiniqligi,
aniqligi,   ifodalaligi,   ranglarning   mutonosibligi   bilan   kishini   hayratga   soladi.
Bularning barchasi rassomning katta tajribasi tasviriy san’at hunarmandchiligining
ko’p asrlik  bilimlarini yaxshi o’zlashtirganidan dalolat beradi.
Mutaxasislar   Afrosiyob   devoriy   suratlarida   ishlatilgan   bo’yoqlarning   kimyoviy
tarkibini   ko’rib   chiqdilar.   Saroy   devorlari   tiklangan   qurilish   materiyallarining
42
 Л.И Альбаум. Живопись Афрасиоба Тошкент 1975 .-С.  12.
54 asosiy   boshlang’ich   xom-ashyosi   hamda   somonli-loyli   suvoq   xomashyosi
aniqlandi.   Shuningdek,   ular   mineral   bo’yoqlar   yuritiladigan   yupqa   oq   rangli
qatlamning ham kimyoviy tarkibini aniqladilar. Olingan natijalar shuni ko’rsatdiki,
somonli suvoq ustidan yuritilgan yupqa qatlam g’ovak tuproq aralashgan ganchdan
iborat. Ayrim  mutaxasislarning fikricha suvoq yuzasining yopishqoqligini oshirish
uchun maxalliy elim «sheresh» qo’shilgan bo’lishi mumkin. 43
    
Sheresh   tog’og’li   dashlarda   o’sadigan   binafshagullar   oilasiga   mansub   ko’p
yiilik   «sarguk»   o’simligining   tomiridan   tayorlanadi.   Aprelning   boshlarida   bu
o’simlik   gullab   bo’ladi   va   uning   eski   tomirlari   o’rniga   yangisi   o’sib   chiqadi.
Shunda   uning   shirasi   ko’payadi   va   shereshga   yopishqoqlik   xususiyatini   beradi.
Kovlab   olingandan   keyin   tomir   tozalanib,   qo’ritiladi   va   mahalliy   tegrmonlarda
maydalanadi.   Sho’nday   qilib,   sariqkulrang   hosil   qilingan   kukun   qaynoq   suvda
qaynatiladi   va   eritiladi,   natijada   to’q-ko’lrangli   elim   mum   olinib   elim   sifatida
ishlatiladi.   Ajratilgan   elim   shereshda   27-30%   ni   tashkel   qiladigan   arabin
kislataning   ohakli   tuzidan   iborat   bo’ladi.   Elimning   tarkibi.   Suv,   shira,   lektin
moddasi va kuldan iborat.
Sheresh yaqin kunlargacha markaziy Osiyoning sanoatidagi  turli sohalarida
elim   sifatida   foydalanib   kelingan.   Afrosiyob   shaxarchasining   suratlar   topilgan
qatlamlarida   bo’yoqlar   tayorlash   bilan   bog’liq   idishlar,   turli   ranglardagi
bo’yoqlarning qotgan bo’laklari topilgan. Bularning barchasi Afrosiyob aholisining
rasim   texnikasini,   meniral   bo’yoqlarining   xarakterli   xususiyatlarini   yaxshi
bilganligidan dalolat beradi. 
A.V.Vinnierning   malumotlariga   ko’ra,   bog’lovchi   modda   sifatida   o’simlik
elimi shereshdan tashqari ayrim bo’yoqlar uchun bu elimning suvdan eritmasi ham
ishlatilgan bo’lishi mumkin. 44
 
Mutaxasislar   tomonidan   ko’k   bo’yoqning   ham   kemyoviy   tarkibi   aniqlandi.
Ko’k   bo’yoqni   taxlil   qilish   bilan   birga   taqqoslash   uchun   qadimda   yuqori   sifatli
ko’k   bo’yoq   olingan   Lazurit   va   lazurit   toshi   tarkiblari   ham   keltirilgan.   Qadimgi
yozma manbalarda lazuritdan ko’k bo’yoq olinganligi haqida ma’lumotlar mavjud.
43
 Л.И Альбаум. Живопись Афрасиоба Тошкент 1975  .-С.  21.
44
 Л.И Альбаум. Живопись Афрасиоба Тошкент ,  1975 .-С. 10 
55 Tadqiqotchilarning   aniqlanishicha,   saroyning   g’arbiy   va   shimoliy   suratlaridagi
ko’k bo’yoqlar tarkibiga ko’ra lazuritga yaqin turadi. 
Shuningdek, yana olimlar tomonidan 1967-1968 yillarda qazilgan tuproqlar
orasidan   qizil   bo’yoq   qoldiqlari   yig’ib   olinib   tarkibi   aniqlangan.   U   oxralarga
talluqli bo’lib,uning bo’yaydigan asosi temir oksididan tarkib topgan. 
O’zbekiston   hududida   qizil   bo’yoqni   uzoq   o’tmishdan-   paleolit   davridan
ishlata   boshlaganlar.   Oxraning   bo’yovchi   asosi   temir   birikmasi   hisoblanadi.
Shuning   uchun   rang   bilan   tarkibida   farq   bor,oxra   qanchalik   temirga   boy   bo’lsa,
bo’yoqning   rangi   shuncha   to’q   bo’ladi.   Qora   bo’yoq   kuyadan   iborat.   Turlixil
kimyoviy   maxkamlagichlarning   bo’yoq   rangiga   tasirini   o’rganish   uchun
mutaxsislar   ma’lum   eritgichlarda   yoki   ularning   aralashmasida   polimerlarning
aralashmasini tayorladilar.
PBMA   eritmalarining   boyoqqa   tasirini   aniqlash   bo’yicha   qilingan   sinovlar
natijalarining   korsatishicha   qizil   va   barcha   jigar   rangdagi   bo’yoqlar   uchun
ksiloldagi   PBMA   eritmasini   qo’llash   maqsadga   muofiqdir,   oq   va   sarg’ishi
bo’yoqlar   uchun-dixloretan,   ksilol,   toluol   va   qora   rang   uchun   aloxida   olingan
barcha eritmalar mos keladi.  Havo   rang   bo’yoq   uchun   oraliq   holatni   dixloretan
vatolulning   1;1   nisbatida   tayorlangan   eritmasi   hosil   qiladi.   Har   bir   devor
ochilganda   usti   yopilgan,   bu   suratlarni   ultira   binafsha   nurlardan   saqlash   uchun
qilingan. 
Suratning   har   bir   qismi   ochilgandan   keyin   ularning   yuzidagi   tuproq
tozalangan so’ngra suratlar yuqorida aytilgan maxkamlagichlar bilan to’yintirilgan.
10%   lik   PBMA   eritmasini   suratga   10-15   marta   surkalgandan   keyin   uning   yuzida
biroz   o’zgarishi   sodir   bo’ladi.   Suratlar   etarlicha   to’yintirilgandan   keyin   ularni
devordan tushurishga tayorgarlik ko’riladi. Shunda  suratlar  ko’pincha bo’laklarga
bo’linib   ketadi.Afrosiyob   devoriy   suratlarini   tushurish   va   konservatsiya   qilish
ishlari bir necha  yil davom etdi. 
Janubiy   va   g’arbiy   devorning   bir   qismini   konservatsiya   ishlari   1965-yilda,
sharqiy devorning janubiy qismi 1966-yilda, qolganlari 1967-1968 yillarda amalga
oshirilgan. So’ngra yana tuproq qatlamlari bilan ko’milgan. 
56 Sharqiy   devorning   suratlari   1972   yilda,   janubiy   devorning   1976   yilda,
shimoliy   devorning   g’arbiy   qismi   1978   yilda,   shimoliy   devordagi   rasimlar   1979
yilda   tushirib   olingan.     Afrosiyob   devoriy   rasmlarini   kuzatganda   pardoz   suvoq
ustidan   oq   rangli   qatlam   berilganini   ko‘rish   mumkin.   Ko‘ptadqiqotchilar   bu
qatlamni ganchdan deb e’tirof etishgan. Uning qalinligi odatda 0,5-1 mm atrofida
bo‘ladi. Bu qatlamning berilishi ham o‘ziga xos usulda bajarilgan.
Ma’lumki, suvoq  sof   holdagi  ganchdan  tayyorlansa  u  tez  qotib  qolib ko‘rsatilgan
qalinlikka   erishish   qiyin   bo‘ladi.   Natijada   buyoq   beriladigan   maydon   notekis
chiqishi   mumkin.   Devoriy   rasmlarni   kuzatganimizda   ayrim   buyoq   qatlamlari
ganchsiz   pardoz   suvoq   ustida   saqlanib   qolganligini   ko‘ramiz.   Bu   holat   ganch
qatlamlari   pardoz   suvoqdan   ancha   yumshoqroq   ekanligidan   darak   beradi.   SHu
sababli   er   ostidagi   ko‘p   asrlik   jarayonlar   va   namgarchilik   ta’sirida   ganch   sekin   –
asta emirilib buyoklar pardoz suvoq ustiga ko‘chishiga olib kelgan.Turli kuzatuvlar
va tajribalar orqali ganch maxsus usulda tayyorlanib devor yuzasiga berilgan degan
fikrga   kelish   mumkin.   Buning   uchun   2,5   qism   suvga   asta-sekinlik   bilan   1   qism
ganch qo‘shiladi va to‘xtovsiz ravishda aralashtiriladi, aralashma qotish darajasiga
yaqinlashib   quyuqlasha   boshlagach   unga   0,5   qism   suv   quyiladi   va   yana
aralashtiriladi.   Bunday   ishlov   ganch   qotmaydigan   xolatga   etguncha   qadar   olib
boriladi va so‘ngra aralashtirishni  to‘xtatib unga 0,5 qism suv qo‘shib, 15-20 kun
davomida   yuzasiga   chiqqan   suvni   to‘kib   yuqorida   ko‘rsatilgan   miqdorda   suvda
saqlanadi.   Bu   davr   ichida   eritmada   ganch   yanada   yaxshi   eriydi.   Bunday
«etiltirish»dan   so‘ng   aralashma   quyoshda   bir   necha   kun   davomida   quritiladi   va
qurigan   bo‘lakchalar   maydalanib   elakdan   o‘tkaziladi.   SHu   tariqa   tayyor   bo‘lgan
ganch tuprog‘i elanib, oldindan tayyorlanib qo‘yilgan shirach (maxsus o‘simlikdan
olinadi)   yoki   kamed   (mevali   daraxtdan   chiqadigan   elim)   bilan
aralashtirib,qorishma   tayyorlanadi.   Bu   qorishmani   tayyorlash   uchun   ganch
tuprog‘ini elimga bo‘lgan nisbati taxminan 1:0,5 bo‘lishi zarur, elimning quyuqligi
esa   5-8   foizni   tashkil   etishi   kerak.   Bu   elimli   qorishma   devor   sathiga   shimdirilib
ishlov berilgach quritiladi, so‘ngra tayyorlangan ganch va elim arashmasi bilan bir
necha   marta   mahsus   asboblar   yordamida   surtib   chiqiladi.   Bunday   ishlov   berish
57 bo‘yoklarni bir tekis berishda va cho‘tkaning   yumshoq yurishiga yordam bergan.
Qadimgi   devoriy   rasmlarni   yaratishdagi   keyingi   jarayonlar   asosan   buyoq
tayyorlash   va   ularni   ishlatish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan.   O‘rta   asr   rassomlarining   bu
sohadagi   ishlari   ularning   yuksak   bilim   va   mahoratlaridan   darak   beradi.   Ular
mahalliy ma’danlardan foydalanib turli buyoqlar tayyorlash usullarini yaratganlar,
bu   sohadagi   tarixiy   an’analarni   mukammal   o‘zlashtirish   bilan   birga   ularni   yangi
yuqori   bosqichga   ko‘targanlar   va   bu   kashfiyotlari   orqali   o‘rta   asrlardagi   badiiy
xunarmandchilikni ham yuksak san’at darajasigacha etkazganlar. Ular atigi 5-6 xil
rangli   va   tarkibli   mineral   buyoklar   yordamida   oliy   darajadagi   tasviriy   san’at
asarlarini yaratganlar, turli ranglar uyg‘unligi (kolorit)ga erishganlar va bir qancha
turli issiq va sovuq rangli shu’lalar (ottenok)ni kashf etganlar. Afrosiyob rasmlarini
kimyoviy   tarkibini   o‘rgangan   olimlar   har   to‘rttala   saroy   devorlarida   tashqi
ko‘rinishida   bir   xil   bo‘lgan   rangli   lazurit   tarkib   jihatdan   turlicha   bo‘lib   quyosh
yo‘nalishiga   qarab   bo‘yoq   tarkibi   o‘zgartirilgan   degan   xulosaga   ham   kelishgan.
Buyoq tayyorlashdagi o‘ziga xos boy tajribani ochiq   qizil rangni beruvchi kinovar,
to‘q   qizil   rangli   oxra,   och   sariq   oxra,   oqishroq   lazurit,oq   va   qora   ranglarni   olish
mahoratida   ko‘rishimiz   mumkin.Ayrim   kompozitsiyalarda   bitta   chiziq   yordamida
butun   bir   tasvirga   shakl   va   harakat   bag‘ishlanganligiga   guvoh   bo‘lamiz.   Eng
asosiysi Afrosiyob devoriy rasmlarida, O‘zbekiston tarixida yuz bergan real   tarixiy
voqealar,   marosimlar,   Samarqand   hokimi   Varxuman   hayotining   ayrim   lavhalari,
o‘sha   davrning   kiym-kechak,   qurolaslahalar   va   ko‘pgina   manzaralari   yuksak
mahorat bilan aniq, hayotiy ravishda aks ettirilgan.   Devoriy rasmlarni yaratishdagi
keyingi   asosiy bosqich tayyorlangan devor sathiga   bo‘lajak rasm kompozitsiyasini
chizishdan   iboratdir.   Bunday   chizmalarning   chegara   va   loyixa   chiziqlari   asosan
mo‘yqalam   yordamida   qizil   oxra   (och   oxrani   olovda   qizdirib   olinadi)   bo‘yog‘ida
bajarilgan.   Lavhaning   umumiy   rejasi   chizib   chiqilgandan   so‘ng   zarur   joylarga
tegishli   bo‘yoqlar   surtish   jarayoni   bajarilgan.   Ta’kidlash   kerakki,   rassom   ayrim
bo‘yoqlarni   ishlatishda   katta   mahorat   ko‘rsatgan,   zarur   hollarda   har   bir   bo‘yoqni
asosiy   rangidan   tashqari   ularning   turlanish   va   shu’lalanish   hossalaridan   keng
58 foydalanib har xil quyuqlikdagi va joziba (kalorit)li bo‘yoklarni olishga muyassar
bo‘lgan.
Masalan,   saroyning   janubiy   devoridagi   sariq   ot   va   devor   ostidagi
chegaranaqsh bordyurdagi sariq rang orasida tarkibiy   umumiylik bo‘lsada ularning
joziba va   turlanishi turlichadir. Ularning ikkalasida ham asosiy ashyo sifatida och
oxra (tarkibida 25-40% Fe2O3li) ishlatilgan. Ayrim hollarda bu ranglarning quyuq
suyuqligiga,   och   yoki   va   to‘qligiga   buyoqlarni   suyultirish   yoki   bir   necha   marta
surtish   orqali   erishilgan.   Buyoklarni   ishlatishdagi   bu   usullarni   boshqa   ranglarda
ham ko‘rish mumkin. Turli ranglarni yaratishda esa yana bir yo‘l–bir   rangli bo‘yoq
ustidan ikkinchi rangli bo‘yoq   berish usulidan foydalanilgan.Afrosiyob rasmlarida
yuksak did bilan   ishlatilgan buyoqlardan yana biri bu kinovardir. U odatda   yorug‘,
tiniq, nurli qizil rangli bo‘lib oltingugurt bilan simob birikishidan hosil   qilinadi. Bu
rang odatda turli naqshlarda tasvirlangan shaxslarning to‘nlaridagi bezaklarda, yuz,
qo‘llarida   (oq   bilan   aralashtirilib)   foydalanilgan.   SHu   yo‘l   bilan   ularning   ulkan,
boy va mansabdor  kishilar  ekanligi  qayd etilgan. Hozirgi  kunda bu ranglar   ancha
o‘zgarib,   qora   qo‘ng‘ir   tusga   kirib   qolgan.   Qora   rangli   bo‘yoqlar   turlicha   yo‘llar
bilan olinib ulardan asosiysi-bu uzum urug‘i   va bir yillik navdalarini havosiz quruq
haydash   usulidir.   Bu   rang   qora   ot   chizilgan   joylarni   yopishda,   sovuq   kul   rangni
olishda,   ayrim   tasvirlarni   soyasini   yaratishda   quyuq   va   suyultirilgan   holatda
ishlatiladi.Ayrim ranglarni  olishda ko‘pgina bir xil   rangdan tag qatlam yotqizilib,
keyin   ustidan   asosiy   rang   berilgan   holatlar   ham   uchraydi.Afrosiyob   rasmlarida
manzara   va   fon   asosiy   tiniq   havo   rangda   bajarilgan.   Bu   rangni   olishda   asosan
lyapis-lazur   toshi-lazurit   ishlatilgan.   Tarixiy   manbalardan   ma’lumki   qadimda   va
o‘rta   asrlarda   bunday   mineral   faqatgina   shimoliy   Afg‘onistonning   Badaxshon
tog‘laridan olib   kelingan va undan lojuvard bo‘yog‘i ham tayyorlangan. Bu rangli
bo‘yoqni tayyorlash haqida   yozma manbalarda turli fikrlar bor, ammo   uni har bir
rassom   o‘z   yo‘lida   va   imkoniyatiga   qarab   tayyorlagan   deyish   ham   mumkin.
Afrosiyob   rassomlarining   rang   olish   usullarini   o‘rganish   maqsadida   ayrim
tajribalar   o‘tkazildi.   Oddiy   lazurit   toshi   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   maydalaganda   o‘z
rangini   anchagina   yo‘qotadi.   SHu   sababli   unga   maxsus   usullar   bilan   ishlov   berib
59 quyuqlashtiriladi. Buning uchun lazurit yaxshilab maydalanib kir sovun eritmasida
yuviladi. Buni natijasida oq rangli ayrim moddalar ajraladi, tozalangan pigment esa
quyuq   cho‘kmaga   tushadi.   SHunday   usul   bilan   lazurit   toshidan   tahminan   10
foizgacha kerakli zangori   bo‘yoq olish mumkin. Afrosiyob devorlarida   bu bo‘yoq
ikki xil usulda ishlatilgan. Ayrim   naqsh fonlari, ko‘z va boshqa detallar ustma-ust
surkab   qalin   qatlam   hosil   qilish   yoki   qora   rangli   bo‘yoqlar   ustidan   suyultirilgan
zangori   bo‘yoq   berish   usulida   amalga   oshirilgan.   So‘ngi   usulda   bo‘yoq   kam   sarf
qilinsada,ammo zangori rang yorqinligi ancha pasayadi.YAna bir kuzatuv diqqatga
sazovordir. Afrosiyob devoriy rasmlarining tadqiqotchilari oq rang olinishda ganch
yoki kaolin ishlatilgan degan fikrdalar4. Bu moddalar yordamida tayyorlangan oq
rangli   qatlamlarni   Afrosiyob   rasmlari   bilan   taqqoslanganda   ularni   oq  rangi   ancha
pastligini   ko‘rish   mumkin.   Bu   esa   oq   rang   olishda   qadimgi   rassomlar   boshqa
ashyodan foydalangan degan xulosaga olib keladi. Ayrim tajribalar   orqali bunday
ashyo sifatida ohak ishlatilganligi aniqlandi. Buning uchun ohakka   mahsus usulda
ishlov   beriladi,   ohaktoshni   kuydirib   olingan   ohakka   suv   quyilganda   u   avval
qaynaydi   va   so‘ngra   sekin-asta   sovib   tina   boshlaydi.   Natijada   uch   qatlamli
aralashma hosil  bo‘ladi. Idishni  eng pastgi   qismida suvda  erimagan  qum, tosh va
boshqa   jismlar, o‘rtada-oq rangli ohak qatlami va   yuzida-uning zardobi joylashadi.
Ular   ehtiyotlik   bilan   bir-biridan   ajratilib   o‘rtadagi   ohak   qatlamidan   ma’lum
miqdorda   olib quritiladi. Uni maydalash  va elash   orqali  olingan oq rangli  bo‘yoq
Afrosiyob   suratlaridagi   oq   filni,   odamlarning   yuzlari   va   qo‘llarini   bo‘yashda
ishlatilgan.   Bu   oq   ranglar   mahsus   tayyorlangan   ohakli   namunalarga   juda   yaqin.
Ayrim tasvirda oq pigment ustiga ikkinchi rangli bo‘yoq surtilib ishlangan lavhalar
ham   uchraydi.   Rassomlar   mahorati   ustida   gap   ketganda   bo‘yoq   berishning
uchinchi   yo‘li   issiq   -   sovuq   ranglardan   foydalanish   usul-larini   ham   qayd   etish
zarur.   Bunda   buyoq   va   suvdn   turli   quyuqlikdagi   eritmalar   tayyorlanib,   soya
tomondan   yorug‘   qismlarga   rangni   pasaytirib   borish   orqali   erishiladi.   Bu   holatni
Afrosiyobdagi   oq   filda,   sovuq   oq   tusda   va   uni   soya   va   mushaklarini   ko‘rsatish
uchun issik rang ishlatilganida ko‘rish mumkin. Bu usulning yana bir ko‘rinishi -
bu bo‘yoqqa suv o‘rniga oq rangli pigment qo‘mish usuli-154 IMKU № 34 dir. Bu
60 yo‘l   Afrosiyob   rasmlaridagi   ko‘k   otning   tumshug‘ini   yorug‘ligini   ifodalashda
qo‘llanilgan.   Bunday   usullar   bilan   rassomlar   tasvirlarga   shakl   berishga   ham
erishganlar.   Qadimgi   rassomlarning   rangli   bo‘yoqlarni   ishlatishdagi   mahoratlari
yo‘l-yo‘riqlari   ko‘rsatilgan   usullar   bilan   chegaralanmaydi,   albatta.   Ular   zarur
hollarda   uch-to‘rt   bo‘yoq   qatlami   yotqizish   orqali   ham   o‘z   maqsadlarini   amalga
oshirganlar. Masalan,  oq,  qora  ranglar   va qizil   ohralar   surkalgan  qatlamlar   ustiga
chizikli shtrix, shakl beradigan shtrix va qalin chiziqni ingichkalashtirib chizilgan
shtrixlar   or q ali   ham   ajoyib   ko‘rinishlar   yaratganlar.   Bunday   yo‘llar   bilan
Afrosiyobda qora rangli chiziqlar yordamida naqshlar chegarasini belgilashda, to‘q
soyalarni,   soch,   qosh,soqollarni   chizishda   foydalanilgan.   To‘q   soyalarni   yanada
chuqurroq   ko‘rsatish   uchun   soya   tomoni   qalin   qilib   yorug‘   tomoni   pasaytirilib
chizilgan.   Soyalarni   tasvirlashda   qora   bo‘yoqdan   tashqari   qizil   oxra   ham
ishlatilgan. Odatda qizil oxra yordamida yumshoq soyalar olingan, masalan odam
yuzi detallari,   qo‘llarining panja atroflari va hokazolarda foydalanilgan. SHu bilan
birga bu erdagi oq rangli chiziqlar yorug‘likni bo‘rttirib ko‘rsatishga hizmat qilgan.
Afrosiyob   devoriy   rasmlarni   yaratish   usullarini   tahlil   etar   ekanmiz,   So‘g‘d
rassomlarining   oz   sonli   rangli   mineral   bo‘yoqlardan   foydalanib   juda   boy   ranglar
majmuasini   yaratganligini,   ularni   ishlatilishining   turli   usul,   uslub   va   yo‘l-
yo‘riqlarini  ishlab  chiqqanligini  va oddiy mo‘yqalamda  yuksak mahorat  ko‘rsatib
beqiyos shoh asarlar yaratganligiga guvoh bo‘lamiz. 45
 
III. BOB. AFROSIYOB DEVORIY SURATLARINING O’RTA OSIYO
TASVIRIY SAN’AT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI.
3 .1. Ilk o’rta asr Afrosiyob devoriy suratlarini qushni hudud yodgorliklari
bilan madaniy aloqalari.
Markaziy   Osiyoda   olib   borilgan   arxeologik   ishlar   natijasida   fan   devoriy
suratlarning   qator   yodgorliklari   bilan   boyidi.   Ilk   o’rta   asr   davri   devoriy
suratlarining   eng   qadimgi   yodgorligi   V-VII   asirlarga   oid   Bolaliktepadir.
A.M.Beliniskey   Bolaliktepaning   devoriy   suratlarida   Markaziy   Osiyo   san’atini
45
 А.А. Абдуразоқов, Д.Н. Азизов.  А фросиёб деворий расмларини яратишдагиусул ва услублар .Т., 1999. –
Б.45
61 qo’shni hududlar bilan xususan Afg’oniston va Tojikiston bilan bog’lovchi muqim
vositasini   ko’rdi.   Bashian   va   Panjekintning   eng   qadimgi   suratlari   V-VIasrlarga
oiddir. 
Bolaliktepa   suratlari   uchun   figuralari   turg’un   holatda   aks   ettirishi
xarakterlidir.   Bolaliktepadagi   xonaning   to’rtala   devorida   ham   gilamda   o’tirgn
erkaklar   va   ayollar   tasvirlangan,   ularning   ortida   qo’llariga   yilpig’ich   ushlagan
xizmatkorlar turibdi. Barcha ayollarning yuzlari oydin va bir-biriga o’xshash, faqat
bittasining ko’zlari mongoloidlarga mansub. Erkaklar yuzlari ham o’zoroo’xshash
bo’lib,   ularning   yuzi   ayollar   yuzidan   soch   tuzilishiga   ko’ra   farq   qiladi.
Xizmatkorlarning   yuzlari   ham   bir-biriga   o’xshash.   Bu   suratlar   haqida   hozirgacha
yagona   fikr   yuq   L.I.Rempelning   fikricha   Bolaliktepa   rasimlarida   rassom   yuz
ifodalari   bilan   qaxramonlarning   ichki   harakatini   berishga   intilmagan.   Bu   suratlar
Frdavisning   Shohnoma   asaridan   olingan   manzara   bo’lib,   undagi   Firdavsning
o’g’illariga Ispan shohi Sarvning qizlarining fotiha qilish payti ifodalangan. 46
V.A.Nil’sonning fikricha, Bolalliktepada mehmonlarni qasrida qabul qilishi
marosimi manzarasi aks ettirilgan. 47
 
B.G’.G’ofurovning fikricha, Bolaliktepa suratlarini «Shohnoma»dan olingan
deyishga etarli asos yo’q va suratda mahalliy hukumdorlardan birining saroyidagi
ziyofati aks ettirilgan. 48
L.I.Al’baumning   fikricha,   Bolaliktepa   suratlari   umuman   to’y   ziyofatini   aks
ettiradi.   Buni   u   etnografik   ma’lumotlarni   talqni   qilib,   jumladan,   Afrasiyobning
shimoliy devoir va Bolaliktepadagi ayollarning qo’l ushlashishi  ishoralarini nikoh
tuzilishi ramzi, ittifoqqa birlashishi ramzi deb tushuntiradi. 
Afrosiyob   saroyi   zalining   shimoliy   devorlaridagi   suratlarida   burun   qismida
kalxatning   boshi   kiydirilgan   qizil   kemaning   rasmi   yaxshi   saqlangan.   Kemada
ayollar joylashgan. Bu kemaning oldida rassom suv toshqinini aks ettirgan. Nelufar
gullari   orasida   baliqlar   o’ynab   suzmoqda.   Butun   kompozisiyada   ramziy   mano
ko’p.   Shu   ma’noda   kemaning   burun   qismida   joylashgan   uchta   personaj   diqqatga
46
 Л.И.Ремпель. Искуство среднего Востока. «Согдийская Живопись». М.1978 .-С .36
47
 В.А.Нильсон Стамовление феодалной архитектуры Средная Азия /  V - VIII  вв /.Ташкент,1966  .-С . 284.
48
 Б. Г.Гафуров Средная Азия в древности и средневековья. Сб. М.1977 .-С .  15 
62 sazovordir.   Yoniga   eng   yaqin   o’tirgan   ayol   o’ng   qo’li   bilan   yonida   o’tirgan
ayolning o’ng qo’l barmoqlarini ushlagan, o’z navbatida u ham yonidagi ayolning
elkasiga qo’lini qo’ygan.
Bolaliktepadagi   xonaning   janubiy   devoridagi   suratda   erkak   kishi   ayolga
kosada   ichimlik   tutmoqda,   ayol   esa   o’ng   qo’lini   uning   ko’ksiga   qo’yib   turibdi.
L.I.Al’baum   bu   figuralarda   er-xotinning   aks   ettirilgan   deb   hisoblaydi.   Buni   u
Markaziy   Osiyoda   yaqin   kunlargacha   yangi   kelin-kuyovlarga   ularning   hayoti
shirin   kechsin   uchun   bitta   kosada   shirin   suv   ichkizilganligi   bilan   bog’laydi.
Bundan tashqari ularga oyna ham ko’rsatishgan. 
Bolaliktepa suratlarida rassom ayolning bir qo’lida oyna ushlagan holda to’y
ichimligini   ichayotgani   aks   ettirgan.   Bolaliktepa   suratlari   Kushan   suratlari   va
Varaxsha,   Panjakent,   Afrosiyob   va   Ajnatepa   yodgorliklari   rasimlari   o’rtasidagi
oraliq   zveno   hisoblanadi.   So’g’d   monumental   san’atning   yirik   yodgorliklari
Varaxsha,   Panjakent   va   Afrosiyob   suratlari   hisoblanadi.   A.M.Beliniskey   hali
Afrosiyobning   katta   suratlari   ochilmasdan   turib   so’g’dning   badiiy   markazi
Samarqandda   degan   edi.   Bu   erda   mavzu   va   stilistik   normalar   ishlab   chiqilgan,
Panjakent   maktabi   Samarqand   badiiy   maktabining   shaxobchasi   hisoblanadi.
Afrosiyob  suratlarida  ular  sonining  kam  bo’lishiga  qaramasdan  ko’plab  mavzular
takedlangan.   1-zaldagi   4ta   turli   mavzu   bitta   ma’noga   bo’ysindirilgan.
Tadqiqotchilar Afrosiyob, Panjakent va Varaxsha suratlari yagona badiiyma ktabga
talluqli deb hisoblaydilar. 49
  M.M.D’yakonov   1913   yilda   Afrosiyobda   ochilgan   kichik   surat   bo’lagini
o’rganish asosida stlistik xususiyatlarini aniqladi. 50
 
Xitoyliklarni   aks   ettirgan   rasimni   har   ikkalasini   ham   bir   rassom   chizgan.
Ammo   L.I.   Al’baumning   fikricha,   badiiy   maktabning   markazi   so’g’d   poytaxti
Samarqandda joylashga. 
Varaxsha suratlari   ham yagona so’g’d badiiy maktabiga talluqli. Bu haqida
«Qizilzaldagi» fil mingan jangchilarning fantastik hayvonlar bilan ko’rashayotgan
suratlari   guvohlik   beradi.   Bu   rasimlardagi   hayvonlarning   holatlari   Afrosiyob
49
 Л.И.Альбаум. Живопись Афрасиаба Т. , 1975 .-С . 97.
50
 М.М.Дьяконов. Живопись древнего Пенджикента. М. , 1954  .-С . 91. 
63 markaziy   zalidagi   shimoliy   devori   suratlariga   juda   o’xshash,   ammo   Afrosiyob
suratlari ancha malakali usta tomonidan bajarilgan. 
Varaxshaning «sharqiy zalida»gi suratlar ancha murakkab. 51
Bu   suratlar   Afrosiyob   suratlaridan     manzaralarni   butun   borligicha   tasvirlashning
yo’qligi   bilan   ajralib   turadi.   Texnik   jixatdan   So’g’dning   badiiy   mastabiga
Ajnatepaning budda suratlari yaqin turadi.
Ajnatepa   suratlarida   naqsh   berish   ikkinchi   darajali.   Ajnatepa   rassomlari
rasimining   madaniy   tomanini   1-pilanga   chiqarishga   xarakat   qilganlar.   Bu
rasimlarning   taxlili   Ajnatepa   ustalari   yuqori   tasviriy   darajasidan   guvohlik   beradi.
So’g’d   rasimlarida   kompozisiya   o’ta   muhim   rol   o’ynagan.   Unda   mazmun   butun
obrazlar   majmuasi   bilan   mos   keladi.   Rasimlar   turli   tuman   bo’lishiga   qaramasdan
kompozisiya   uslublari   chegaralangan.   Agar   feguralar   harakatda   tasvirlansa,   tana
qiya xolatda berilgan. 
Bunday   kompozisiya   usullarini   Varaxshaning   qizil   zalida   hamda
Panjakentning   ayrim   xonalarida   ham   kuzatishi   mumkin.   Bir   qarashda   Afrosiyob
suratlari   chiziq   bo’ylab   tasvirlangadek   tuyuladi.   Ammo   aslida   bunday   emas.
Kompozisiya   yagona,   ko’p   tarixli   va   keng   maydonli,   garchi   chiziqlar   tartib
bo’lmasada. Bu erda 1-2 va 3, tarhlar aniq ajratilib turadi. 
Shunday qilib, Samarqandda yaruslar plani tasvirlarga o’z o’rnini bo’shatib
beradi. Yarusli  suratlarda har  bir  yarus oralig’ida erni ifodalovchi, ya’ni  figuralar
oyoq   qo’yadigan   er   belgisi   bo’ladi.   Masalan,   Varaxshada   «er»   rolini   yaruslarni
ajratib   turuvchi   chiziqlar   egallagan.   Planli   suratlarda   er   devorning   quyuqroq
ranglanishi orqali ifodalangan.
Afrosiyob   suratlardagi   feguralar   turli   xil   xolatlarda   berilgan.   Ko’pincha
ularning   ichidan   biri   yoki   shakli   aks   ettirilgan.   Kompozisiyaning   umumiy
vazifasidan kelibchiqib odamlar orqa tomondan. Biroz o’nga yoki chapga burilgan
holda,   suzlayotgan,   chopayotgan   yoki   bor   butunligicha   aks   ettirilgan.   Shu
ma’noda   shimoliy   devordagi   hayvonlarning   tasviri   diqqatga   sazovordir.
B.I.Marshak turk rassomlarihaqida gapirar ekan, ularga hayvonni bilish uchun uni
51
 Б.И.Маршак. Согдийеское Серебро. М. ,  1971  .-С . 80. 
64 ko’rsatishning o’zi etarli bo’lmagan, balki uning sifatlarini ham aks ettirishi zarur
bo’lgan. 52
Buni   Afrosiyob   suratlarida   ham   kuzatish   mumkin.   Hayvonlarning
harakatiixcham,   mushaklari   tarang   tortilgan,   ularning   ichki   kuchi   sezilib   turadi.
Hayvonlar   turli   holatlarda   aks   ettirilgan,   bunday   turlilik   Varaxshada   yo’q.
Varaxsha va Samarqand suratlarida yarim rang berish usuli katta o’rin egallaydi. U
modellashtirilayotgan rasimning shaklini kuchaytiradi. Konturni bir xil rang bilan
bo’yash hajmning yo’qolishiga olib keladi. Ammo so’g’dliklar bunday   qilmagan.
Agar hayvonning buyi chizilayotgan bo’lsa, hajmi talab qilingan va aytaylik sariq
rang asta–sekin qizil rang bilan almashgan. Bu almashunuv yarim rang orqali aks
ettirilgan.   Ranglar   shartli   ravishda   tanlangan.Bunday   yarim   ranglarni   Afrosiyob
suratlaridan   osongina   kuzatish   mumkin.   Ular   janubiy   devorning   tasvirlarida,
otliqlarning   kiyimlarida,   jangchilarning   yuzlarida,   tuya   mingan   janjchining   sariq
pilashida yoki masalan, ko’k otning yuzida yaqqol ko’zga tashlanadi. Lekin ajoiyib
chizilgan   otning   kallasi   uning   shaklining   modellashtirilganligi   va   lablari   hamda
burun kovaklarining engil  yoritilganligi    tufayli nafisdek  ko’rinadi. Tekis qo’yma
siluet   hosil   qiladi.   Ammo   qo’ymaning   tagida   shaklini   modellashtiruchi   chiziqlar
ko’rinib   turadi.   Ular   rasimning   ichki   tuzilishini   aks   ettiradi.   Shunday   qilib,
rassomlar   tekis   tasvirni   modellashtiruvchi   tasvir   va   nafis   shakil   bilan
mujassamlashtirganlar. 
So’g’d   rassomlari   uchun   tasvirda   ikkinchi   darajali   rasim   yo’q.   U   naqishli
yoki   qahramonning   yuzimi   barchasi   diqqat   e’tibor   bilan   ishlangan.   Rasimning
oxirgi  variantida keraksiz chiziqlar yo’q, har  bir  chiziq biron funksiyani  bajaradi.
Rassom odamlarning xarakterini ham ochib berishga intilgan. U etnik tiplarni ham
aks ettirishga ham harakat qilgan. Chag’oniyon elchilarining kostiyumlari, sochlari
deyarli   aniq   aniqlikda   berilgan.   Chag’oniyonliklarning   yuzi   qadimgi
yodgorliklardan ma’lum bo’lgan baqtiriyaliklarning fizik tipiga mos keladi.
52
 Л.И.Альбаум. Живопись Афрасиаба Т.1975  .-С . 92.
65 Afrasiyob   g’arbiy   devoriy   suratlarida   tantana-vorlik   sezilib   turadi.   Bu   erda
hamma ishoralar o’lchamga ega, chunki bu erda elchilarni qabul qilishi  marosimi
aks ettirilgan.
Shimoliy devorda esa bunday tantanavorlik yo’q, rasimlarga janrli uyg’unlik
berilgan.   Kechuv   aks   ettirilgan.   Jangchilarning   hayvonlar   bilan   kurashi   ham   o’ta
tasirli.   Barcha   xarakatlar   to’liq   jonli   va   aniq   berilgan.   Otlar   tasviri   turg’unlik
xolatida emas, ba’zilari ularga hujum qilayotgan hayvonlar oldida oyoqlarini biroz
oldinga   cho’zib   to’xtab   turibdi.   Boshqa   otlar   oyoqlarni   qaryib   gorizontal   holatda
cho’zib,   hayqirib   sakrayotgan   holatda   aks   ettirilgan.   Ularning   ustidagi   jangchilar
tanalarini biroz bukib nayza sanchishga tayyor turibdi. Nayzani sanchishga tayyor
holatda   ushlab   turgan   qo’llar   mishaklarning   taranglashganligi   sezilib   turibdi.
Varaxsha suratlari hali bu darajaga etmagan. Sharqiy devorda ifoda etilgan dengiz
manzarasi   tasviri   ham   yalong’och   o’ynoqi   bolalardan,   suzayotgan   baliqlargacha
jonli  aks  ettirilgan. VI-VII  asrlarda  hali  antic  davir  san’ati   yodgorliklarini  yaqqol
ko’rish   mumkin   bo’lgan.   Ammo   so’g’d   rassomlari   zamonaviy   yoki   saroy
hayotining aks ettrishini afzal ko’rganlar. Asilzodalar hayotidagi afsonaviy–tarixiy
ijodiyot   zamondoshlar   obrazlari   bilan   boyitilgan.   Qadimgi   hudolarni   aks   ettirgan
afsonalar endi qiziq bo’lmay, hayotda chitlashgan edi. Shunday qilib, antic mavzu
va obrazlar yo’qolib ketadi. Buni biz Samarqand suratlarida kuzatishimiz mumkin.
So’g’d   bu   davrda   erondagi   kabi   ruxoniylar   rasmiy   degmatikasi
hukumronligidan   yiroq   bo’lgan.   So’g’dda   mazdeizi   xalq   ibodatiga   tayangan.   Bu
hol so’g’d san’atining xalq og’izaki ijodining kesatiqlari va ramzlari hukumronligi
ostida   bo’lishida   o’z   ta’sirini   ko’rsatgan.   Din   erkinligi   so’g’d   saroy   san’atining
asilzodalarniki qilib qo’ygan.   
Aralash   mavjudotlarning   aks   ettirishi  ( yarim   qo ’ sh ,  yarim   hayvonlar )  so ’ g ’ d
ustalariga   qadimgi   sharq   va   sharqiy   ellinizim   san ’ atidan   meros   bo ’ lib   qolgan   edi .
Suratlarda   bu   mavjudotlar   turlicha   aks   ettirilgan.   Masalan   Varaxsha   Suratlarida
burgut   va   ajdar,   shuningdek   Panjakent   va   Afrosiyob   Suratlarida   ham   bunday
manzaralarni   kuzatish   mumkin.   So’g’d   san’ati   ilk   vizantiya   va   sosoniylar   eroni
san’ati   bilan   aloqada   taraqqiy   qilib,   o’zining   mohiyati   bilan   har   ikkalasidan   farq
66 qilgan.   Unda   butun   Yaqin   sharq     mavzulariga   bo’lgan.   Ammo   bu   mavzular
tashqaridan   keltirilgan.   Ular   mahalliy   buyumlarda.   Shoyida,   metal   idishlarda
hokum   surib   devoriy   suratlariga   ham   o’tganlar.   Boshqa   xalqlar   bilan   doimiy
aloqalar   So’g’d   san’ati   va   madaniyatini   boyitgan.   Eron   bilan   madaniy   va   savdo
aloqalari   sosoniylarning   naqsh   mavzusining   kirib   kelishiga   zamin
hozirlagan.Vizantiya   bilan   aloqalar   esa   so’g’dni   Suriya,   Misr   kabi   davlatlar
madaniyati bilan yaqinlashtirgan. Uzoq sharqdan ipak, kiyim bosh, ba’zi bir badiiy
maxsulotlar   kelib   turgan.   Ulardagi   naqishlar   va   rasimlar   so’g’d   rassomlari
tomonidan jamiyatning didiga va e’tiqodlariga moslab qayta ishlangan.
So’g’d   rassomlarining   boshqa   xalqlar   san’ati   mazmunini   o’zlashtirganligi
Shaxriston   rayonida   Usturishonalar   podshosi   saroyi   Bunjikat   devoriy   suratlari
qazishmalari   natijalaridan   ham   ko’zatiladi.   Bu   erda   ochilgan   xonalarning
ko’pchiligi   yog’och   o’ymakorlikligi,   suratlari   va   xokozalar   bilan   bezalgan.
Assosan   markaziy   yulakdan   topilgan   suratlar   qiziqarlidir.   Unda   bolasini
emizayotgan bo’ri aks ettirilgan. Bu rasimlarning mifalogik asoschisining aksi, rim
shaxrining embelimasidir. Afrosiyob suratlarida turli etnik tiplar aks ettirilgan. Bu
VII-asr   Markaziy   osiyo   xalqlari   etnik   tiplari   haqidagi   maxsulotlarni   boyitadi.
Masalan   Chag’aniyon elchisi   ko’k  ko’zli,  yuzlari   cho’ziq. Shuningdek,  suratlarda
mongoloid etnik belgilar ham tasvirlangan. 
So’g’d   san’ati   tematikasi   asilzodalar   va   diniyga   ajralmaydi.   Diniy
manzaralar asilzodalar hayot tarzining ajralmas qismi bo’lgan. Shuning uchun ham
maxsus   ajratilgan   diniy   usul   yo’q.   So’g’d   san’atida   obrazlar   va   shakillarning
tuzulishi ikki bosqichdan o’tadi. Bu ko’proq haykalltaroshlikka oid bo’lib, bizning
tadqiq qilayotgan mavzuga kirmaydi. 
Panjakentning   devoriy   suratlari   ikki   davirga   oid.   Ulardan   eng   qadimgisi-
murakkab tasvirli va kuchli xarakatda, chiziqlari burchaksimon, manzaralar tasirli,
kompozisiyalar erkin, feguralarning aniq ritmi va simmiteriyasi geraldik sxemalar
yo’q   hamda   loy   suvoqqa   chizilgan.   Keying   suratlar   esa   ganchga   chizilgan.
M.M.D’yakonovning   takidlashicha     bu   rasimlarda   odamlar   tasviri   ma’lum   qoida
67 mavjud; to’g’ri ifodalangan, figuralar ko’pincha oyoqlarning chalishtirgan holatda
o’tirgan shakilda aks ettirilgan. 53
Bu holatdagi  figuralarning proporsiyasi  masshtabdan  qat’iy nazar  bir  xilda.
Shuningdek,   tizzalab   panjasiga   tayanib   o’tiradigan   figuralar,   bor   bo’yicha   va
tagkursida o’tirgan figuralarning ham proporsiyasi bir xil. Yuzlari tiplashtirilgan va
feodal   amaldorlar   orasida   shakillangan   absalyut   go’zallik   idealiga   mos   ravishda
aks   ettirilgan.   Bu   suratlar   guruhida   chuqur   kenglik,   hajmi   va   soya   tushirib
qoldirilgan. Suratlar kichiraytirilib va harakat denamikasi tor yuzada aks ettirilgan.
Harakatlarning   ichkarisiga   qarab   rivojlanishi   maxfiy-ketmaket   aks   ettirilib,   oxir
oqibatda.Vizantiyadagi singari manzaralar yarus tarzida aks ettiriladi. 
So’g’d   tasviriy   san’atidagi   shakillar   tuzilishining   bu   usullari   Movarunnahrda   ilk
o’rta   asrlar   tasviriy   san’atning   usullari   keying   taraqiyotning   asosi   sifatida   qarash
mumkin. Bu erda 1-marta oldindan va yuqoridan ko’rinishi mujassamlashadi.
So’g’d   tasviriy   qoidasi   Kushonlar   davrida   shakillangan   qoidalarning   buzilishi
sharoitida   shakillandi,   So’g’d   san’ati   qoidalari   merosida   farq   qilib,   asosiy
g’oyalarni   shakillantirdi,   obrazlar   tuzilishi   va   ilk   o’rta   asr   san’ati   usulini   keng
hamda rang-barang  qilib ifodalab berdi.
Varaxsha,   Panjakent   va   Samarqandning   suratlaridagi   bezak   rasimlari   bir
bo’tunlikni,   obrazlarning   yagona   dunyosini,   yagona   badiiy   madaniyatni,   yagona
san’atni,   yagona   jamiyatni   didini   tashkel   qiladi.   Turli   temperament   va
qobiliyatlardagi   aloxida   ustalarning   farqidan   qat’iy   nazar   so’g’d   naqsh   san’atinig
tarixan   aniqlangan   usulning   mutloq   komolotini   qamrab   oladi.   So’g’d   san’atining
ta’sir   doirasi.   Sharqiy   Turkuston,   Xindistonning   shimoliy   hududlari   va   hozirgi
Afg’oniston Mingahalarni o’z ichiga oladi. 
VI-VII asrlardagi So’g’d tasviriy san’ati suratlari rivojdan to’xtab qolmagan.
O‘rta   Osiyo   hududlarida   devoriy   sur’atlar   asosan   Panjakent,   Bunjikat,   Varaxsha
hamda Afrosiyobda saqlanib qolgan. Ularda diniy, epik va tarixiy voqealar tasvir
orqali berilgan yagona an’analar asosida ishlangan. Islomning kirib kelishi bilan (8
asr)   sharoitlar   tubdan   o‘zgaradi.   Biroq,   tasviriy   san’at   saqlanib   qoladi.   Islomda
53
 М.М. Дьяконов. Росписи Пунджакента и живопись Средней Азии. В ни Живопись др. Панжикента.М,1954
.-С . 91.  
68 jonli   narsalarning   sur’atini   chizish   man   etiladi.   Ta’kidlash   joizki,   islomgacha
bo‘lgan   Afrosiyobda   barcha   ibodatxonalar,   qabulhonalar   va   zallar   xudolarning
sur’atlari bilan bezatilgan bo‘lgan. 
12   asrga   kelib,   yodgorliklardan   topilgan   devoriy   sur’atlarning   guvohlik
berishicha,   devoriy   sur’atlar   chizish   ishlari   yanada   jonlanadi.   Biroq,   endilikda
xudolarning   emas,   balki   tabiat   manzaralari,   amaldorlar   va   boshqa   tasvirlarni
chizish urf bo‘ladi. Devoriy sur’atlar o‘ziga to‘q oilalarnning xonadonlariga chizila
boshlaydi. 
2000   yilda   O‘zbek   Fransuz   arxeologik   ekspeditsiyasi   tomonidan
Afrosiyobda   12   asrning   oxirlari   va   13   asrning   boshlariga   oid   devoriy   sur’atlar
qoldiqlarini topdi va bu katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. 
  Uning   oxiri   ancha   keyingi   davrlarda   ham   davom   etib,   kitobiy   minaturalar
bezagi   san’atiga   kuchadi.   So’g’d   tasviriy   sanati   afsonalar   va   voqiyalarning
hukumronligi ostida edi. Ko’pincha afsonaviy lekin yaxshilik va qora kuchlarning
kurashi  diniy emas, balki  xalq ijodiyoti, uning ruhiy-estetik va axloqiy mavzulari
sifatida   nomoyon   bo’ladi.   So’g’d   tasviriy   san’atida   afsonaviy-tarixiy   va   ramziy
manzaralar,   hikoyalar   va   masallar   umumiy   voqiflashtirilgan   holda   keltiriladi.
Ularning barchasi mahalliy tarixiy sharoit va muhitga uzviy bog’langandir. Bu hol
So’g’d san’atini ichidan butun va organic qilib qo’yadi. So’g’d ustalarining san’ati
xalq, klerikal va aristokratiya ideallari bilan birgalikda olingan davrini ifoda etadi.
Unda falsafiy, diniy va estetik ideallar ajralmasdir. So’g’d tasviriy san’ati organic
jixatdan arxetektura bilan bo’liq. U poeziya va fol’klorda to’plangan obrazlarning
keng doirasini va turli xildagi san’at elementlarini qamrab olgan mujjasam san’at
yodgorligidir. 
So’g’d   tasviriy   san’ati   san’atining   tipi   va   usuli   sifatida   qadimgi   sharqiy
ellinizim   madaniyati   singari   juda   qadimgi   davirda   paydo   bo’ldi.   Ammo   u   yangi
tarixiy sharoitda rivoj topdi. O’zining taraqqiyotida u xususiy vazifalaridan chiqdi.
O’z   maqsadlari   yo’lida   u   goh   sosoniylar   eroni   bilan,   goh   budda   Hindiston   bilan,
goh Tan davri Xitoy bilan yaqinlashdi. IX-XIII asrlarda u butun yaqin va Markaziy
sharq, asosan musulmon davlatlari madaniyatiga yuz tutdi. So’g’d tasviriy san’ati
69 o’sha   davr   Osiyosidagi   katta   bir   badiiy   maktabning   sanatidir.   Markaziy   osiyo   ilk
o’rta   asr   tasviriy   san’atining   ko’plab   usullari,   tasvirlash   sxemalari   va
kompozisiyalari   asrlar   o’tgandan   so’ng   kitobiy   miniatyuraga   kirib   keldi.
Qo’lyozmalarni   bezash,   rasimlarning   nafisligi   xalq   koloritining   yorqinligini   va
ijodiyligini   oshirdi.   Agar   ana   shu   minatyuralar   va   suratlar   orasida   katta   uzilishi
bo’lgan bo’lsa uni amaliy san’at predmetlaridagi tasvirlar to’ldiradi.
3.2. Rivojlangan o’rta asrlar Afrosiyob devoriy suratlari.
O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullargacha bo‘lgan figurativ san’ati Xolbo‘ka hamda
Samarqanddagi   ayrim   devoriy   sur’atlar   bo‘laklaridan   iborat.   Sopol   va   boshqa
metal   buyumlardagi   sur’atlar   bundan   mustasnodir.   Agar   ushbu   muammoni
kengroq talqin qilsak,  Afg‘onistondagi   Lashkari   Bozor   yodgorligida  ham  devoriy
sur’atlar   saqlanib   qolgan.   SHuningdek,   Nishopur   shahar   xarobasida   ham   devoriy
sur’atlar   bilan   bezatilgan   bir   neta   zallar   topilgan.   Ammo,   tilga   olingan
yodgorliklardagi   sur’atlardan   hech   biri   butun   bir   tugallangan   badiiy   manzarani
bermaydi, ya’ni ularning hammasi sur’at parchalaridir. 
O‘rta   Osiyo   hududlarida   devoriy   sur’atlar   asosan   Panjakent,   Bunjikat,
Varaxsha   hamda   Afrosiyobda   saqlanib   qolgan.   Ularda   diniy,   epik   va   tarixiy
voqealar tasvir orqali berilgan yagona an’analar asosida ishlangan. Islomning kirib
kelishi   bilan   (8   asr)   sharoitlar   tubdan   o‘zgaradi.   Biroq,   tasviriy   san’at   saqlanib
qoladi.  Islomda  jonli   narsalarning   sur’atini  chizish   man  etiladi.  Ta’kidlash   joizki,
islomgacha   bo‘lgan   Afrosiyobda   barcha   ibodatxonalar,   qabulhonalar   va   zallar
xudolarning sur’atlari bilan bezatilgan bo‘lgan. 
12   asrga   kelib,   yodgorliklardan   topilgan   devoriy   sur’atlarning   guvohlik
berishicha,   devoriy   sur’atlar   chizish   ishlari   yanada   jonlanadi.   Biroq,   endilikda
xudolarning   emas,   balki   tabiat   manzaralari,   amaldorlar   va   boshqa   tasvirlarni
chizish urf bo‘ladi. Devoriy sur’atlar o‘ziga to‘q oilalarnning xonadonlariga chizila
boshlaydi. 
2000   yilda   O‘zbek   Fransuz   arxeologik   ekspeditsiyasi   tomonidan
Afrosiyobda   12   asrning   oxirlari   va   13   asrning   boshlariga   oid   devoriy   sur’atlar
qoldiqlarini topdi va bu katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. 
70 Xalqaro   ekspeditsiyaning   asosiy   e’tibori   Afrosiyobning   shimoliy   qismiga,
diniy  xarakterdagi  binolar   uchun  maydonga  ega   bo‘lgan  saroy   hamda  ikki   qismli
arkni   o‘rganishga   qaratildi.     Arkning   pastki   maydoni   O.N.   Inevatkina   va   Pol
Bernarlar tomonidan o‘rganildi. CHunki bu erda saroy qurilmalari bo‘lishi taxmin
qilingan edi.
Yu.   Karev   va   A.   Otaxo‘jaevlarga   topshirilgan   qazishmalar   yuqoridagi
taxminni   to‘liq   isbotladi.   Dastavval,   Abbosiylar   harakatining   rahnomosi   Abu
Muslim   tomonidan   qurdirilgan   VIII   asrlarga   oid   saroy   kompleksi   topildi.   VIII
asrning   75x65   m   keladigan   yirik   saroyi   qoldiqlaridan   tashqari,   bu   erda,   ya’ni
arkning quyi maydonidan 12-13 asrlarga, ya’ni qoraxoniylar davriga oid qurilmalar
qoldiqlari   ham   topildi.   Ushbu   topilmalarni   yagona   tizimga   solish   yoki   to‘liq
tushinish uchun 10 yil vaqt kerak bo‘ldi. Turklar sulolasidan bo‘lgan qoraxoniylar
Movaraunnaxrda 10-11 asrlarda hokimiyat tepasiga keladilar va ular bu hududlarda
butunlay   boshqacha   hayot   kechiradilar.   Bu   davrning   asosiy   arxitektura   birligi
shundan iborat ediki, ichki saroylar pishirilgan plitkalar bilan to‘shalgan va har bir
plitkaning   yonida   turar   joy   yoki   xo‘jalik   xonasi   qurilgan.   Ularning   uylari   engil,
devorlari yupqa bo‘lib, ularni buzish yoki qayta qurish juda oson bo‘lgan. shuning
uchun   ham   dastlab   bunday   qurilmalar   shartli   ravishda   pavilonlar   deb   nomlangan
edi.   Bunday   xonalarning   biridan   figurativ   xarakterdagi   devoriy   sur’atlarning
topilishi eng asosiy voqea bo‘ldi.
Sur’atlar   paviloni.   Bu   xonaning   hajmi   12x12   m   bo‘lib,   unda   to‘rtta   ayvon
mavjud. ushbu ayvonlar 6x6 m hajmda bo‘lib, ichki hovligi qaratilgan. Bu erdagi
ayvonlar   va   ichki   hovlining   poli   kvadrat   shaklidagi   pishirilgan   g‘ishtlar   bilan
yotqizilgan.   Hovlining   o‘rtasida   oqava   suvlari   oqib   ketadigan   tashnov   bor.
Tashnovning   og‘zi   dekorativ   g‘ishtlar   bilan   bezatilgan.   Hovlining   to‘rt   tomonida
ayvonning   tomini   ushlab   turgan   ustunlarning   o‘ralari   yoki   o‘rni   saqlanib   qolgan.
Hovli   sharqiy   devorining   o‘rtasida   qo‘shimcha   ayvoncha   mavjud   bo‘lgan.   Ushbu
ayvonchaning eni 2,8 3 m ni tashkil qiladi va u pavilonning ichkarisiga qaratilgan.
Bu   joy   taxt   turadigan   joy   bo‘lgan   va   bu   erda   hukmdor   o‘tirgan.   Bu   joyning
balandligi 40 x 50 sm.
71 Pavilon   ataylab   buzib   tashlangan   va   devorlari   tagigacha   kesib   tashlangan.
Bu erdagi qulagan tuproqdan sopollar hamda qoraxoniylarning tangalari topildi va
ular binoni   XII   asrning ikkinchi yarmi bilan sanalash imkonini berdi. Pavilonning
butun   hududi   bo‘ylab   va   undan   tashqaridagi   ba’zi   joylardan   qulagan   devoriy
sur’atlar bo‘laklari topildi. Ushbu sur’atlarni tozalash va qayta tiklash ishlari O‘zR
FA Arxeologiya institutining M.A. Retova boshliq bir guruh restavratorlari hamda
Rossiya Davlat Ermitaji rassomi V. Fominalar tomonidan amalga oshirildi. 
Rekonstruksiya   ishlari.   2004   yilda   ushbu   devoriy   sur’atlar     o‘z   joyida
qotirildi   va   keyingi   restavratsiya   ishlarini   o‘tkazish   uchun   O‘zR   FA   Arxeologiya
institutining   laboratoriyasiga   olib   kelindi.   Umuman,   bu   sur’alar   orasida   600   dan
ziyod bo‘lak bo‘lib, ular asosan kichik hajmlidir (5 x 10 sm). 
Sur’atlar   bilan   qoplangan   devorning   umumiy   maydoni   qancha   bo‘lganligi
ma’lum   emas.   devoriy   sur’atlar   g‘arbiy   devor   tagida   kamroq   va   shimoliy   devor
atrofida   ko‘proq   to‘kilib   yotardi.   Ammo,   ularning   bunday   joylashuviga   qarab   u
yoki   bu   devorda   sur’atlar   kam   yoki   ko‘p   bo‘lgan   deyish   qiyin.   Negaki,   xona
bo‘ylab   ko‘plab   sur’atlar   bo‘laklari   sochilib   yotadi.   Faqat   bir   dona   sur’atgina
devordan   ajralmasdan,   ya’ni   devor   bilan   birga   shu   joyga   qulab   tushgan.   Bu
sur’atda   o‘q   yoy   bilan   qurollangan   kamonchining   tasviri   tushirilgan.   Qolgan
sur’atlar   esa   parchalanib   ketgan.   Aynan,   ushbu   butun   saqlanib   qolgan
kamonchining   sur’atiga   qarab   xonaning   sharqiy   devorini   birinchilardan   bo‘lib
rekonstruksiya   qilish   imkonini   berdi.   Ushbu   devorda   kamonchidan   tashqari,   u
chizilgan   ramkasi   ham   saqlanib   qolganligi   aniqlandi.   Saqlanib   qolgan   ushbu
ramkaning balandligi 3 m, eni esa 1,5 m ni tashkil qiladi (23a, 23b, 23v). 
Pavilon   devorlarining   balandligi   4   m   dan   kam   bo‘lmagan.   Xonaning
umumiy   maydoni   192   m   kv.   bo‘lganligini   taxmin   qilish   mumkin.   Biroq,   uni
devorlarining   barchasi   ham   sur’atlar   bilan   qoplanganligini   aniq   aytsh   mushkul.
Hozirda   ushbu   devoriy   sur’atlarning   30%   to‘liq   tiklangan   va   ularga   qarab
pavilonning badiiy dasturi haqida so‘z yuritish mumkin. 
Badiiy   dastur.   Ushbu   rasmlarni   chizgan   rassos   va   uning   guruhi   oldida
qanday   vazifa   turgan   hamda   bu   rasmlarni   kim   chizdirgan?   Bu   savollarga   ancha
72 aniq   javob   berish   mumkin.   Pavilonning   poytaxt   shahar   arkida   joylashganligi   va
sur’atlarning   o‘zi   Qoraxoniylar   sulolasi   xonlaridan   biri   bo‘lgan   Samarqand
hukmdoriga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Sur’atlarda aynan ushbu hukmdor asosiy
o‘rin   tutadi.   Qolgan   sur’atlar   esa   uning   rasmini   to‘ldirish   uchun   chizilgan.
Rassomning vazifasi xonning o‘zinigina chizib qo‘ymasdan, balki xon hukmronlik
qilayotgan   ideal   olamni   ham   tasvirlash   bo‘lgan.   bunda   rassom   buyurtmachining
shaxsiy didini ham hisobga olishi lozim bo‘lgan. sur’atlarning chizilish sabablarini
aniqlashda   yana   bir   savol   tug‘iladi:   rassom   qanday   tasviriy   manbalardan
foydalangan   va   bu   manbalardan   qanday   foydalangan?   Bu   savolga   javob   berish
uchun har bir sur’at bo‘lagining va syujetining ma’nosini aniqlashga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki,   badiiy   jihatdan   na’munalar   turli   mazmun   kasb   etgan   va   turli
vazifalarni bajargan. Ular tomshabinga tasvirning asosiy g‘oyasini beruvchi asosiy
hamda dekorativ xarakterga ega bo‘lgan ikkilamchi sur’atlarga ajralgan. Ammo, bu
har   ikkala   turdagi   sur’atlar   ham   o‘z   davri   ikonografisining   mahsuli   bo‘lgan.
Ularning   yagona   badiiy   dasturdagi   farqi   bir   tomondan   proklomativ,   ikkinchi
tomondan   estetik   jihatlardandir.   Bundan   tashqari,   ular   takrorlanishi   va   hajmiga
ko‘ra ham farq qiladi. Sur’atlardagi geometrik yoki o‘simlik naqshlari dastavval bir
xil shakllarga ega; bir birining ortidan chopib ketayotgan hayvonlar yoki odamlar
tasvirlari kichik shakllarda bo‘lib, ma’lum balandlikdagi bir xil chiziq hosil qiladi.
Bu asosiy harakatlarni tomoshabinga ko‘rsatishdagi dekorativ ko‘rinishdir. Rassom
umumiy harakatlarni tomoshabinga etkazib berishda ierarxik uslubdan foydalangan
deyish mumkin.
Sur’atlar.   Ularning   har   biri   alohida   tavsifni   va   qiyosiy   tahlilni   talab   qiladi.
Ammo,   buni   bitta   maqolaga   sig‘dirishning   iloji   yo‘q.   Maqsadimiz,   sur’atlar
dasturidagi asosiy elementlarni ajratish va yangiligini aniqlashdan iboratdir.
Taxt   supasi.   Shimoliy  devor.   Hozirgi   kunda   sur’atlardagi   asosiy   manzarani
rekonstruksiya   qilish   mumkin.   Ularni   ikonografik   jihatdan   yuqori   hokimiyatni
ulug‘lash va uning qudratini namoyon etuvchi turga kiritish mumkin. Buni taxtga
o‘tirgan hukmdor namoyon qilib turibdi. Kompozitsiyalar qat’iy ierarxiyaga amal
qilingan tarzda berilgan. Unda har bir personaj o‘zining jamiyatdagi o‘rniga ko‘ra
73 joylashtirilgan.   Sotsial   tabaqalashuvni   etkazib   berish   uchun   rossom   tasviriy
manbalarning klassik  usullaridan foydalanadi.  Buning uchun rassom  avvalombor,
personajlarning   katta   kichikligiga,   oldingi   yoki   orqa   plandaligiga   hamda
kiyimlarining   detallariga   e’tibor   beradi.   Tasvirning   markazida   oyoqlarini   yig‘ib
taxtda o‘tirgan hukmdor tasvirlangan. Hukmdorning old tarafida ikki uchli nayzani
tik   holatda   ushlab   turgan   tasviri   tushirilgan.   Uning   chap   qo‘li   egilgan   va
ko‘kragigacha   ko‘tarilgan   holatda.   Hukmdorning   ikkinchi   o‘ng   qo‘li   esa,   yonida
turgan amaldorga qarab cho‘zilgan. Y u zi to‘liq oldinga qarab turibdi. Ikonografik
qoidalarga   ko‘ra,   faqat   hukmdorlargina   shunday   chizilgan.   Uning   yuzi   yumaloq
shaklda   (17x16,5   sm)   va   iyagi   biroz   bo‘rtib   chiqqan.   Labi,   burni,   yanog‘i   va
qulog‘i qisman qizil rangli chiziqlar bilan berilgan. Bir biriga yaqin chizilgan qisiq
ko‘zlari   hamda   yoysimon   qoshlari   qora   rangda   chizilgan.   Bundan   tashqari,
hukmdor   tasvirining   qora   mo‘ylovlari   va   ehtimol   pastki   labining   tagidagi   kichik
soqolchasi ham saqlanib qolgan. Biroq, uning iyagida soqoli bo‘lmagan. Yuzining
rangi, tanasining boshqa qismlari singari och sariq ya’ni teri rangida bo‘lgan. Ikki
tarafdan   elkasiga   tushib   turgan   qora   rangli   sochlari   qalin   va   ikkita   qilib   o‘rilgan.
Yuzining   tasviri   hotirjam   va   kichkina   lablari   ichki   bir   kulguni   yashirayotgandek
tasvirlangan. Bosh kiyimi esa, oq rangli va naqshinkor bezakli hamda uchi qirrali
shaklda.   Bu   erdagi   hukmdor   hamda   boshqa   personajlar   kiyimlarida   zarhal
chizilgan. 
Hukmdor   oldi   ochiq   kaftan   kiygan   va   u   boy   naqshlar   bilan   tieilgan.
Kaftanning rangi qora. Biroq u to‘liq naqshlar bilan bezatilganligi uchun qora rang
uncha   sezilmaydi.   Xalatidagi   naqshlar   jannat   og‘i   usulida   chizilgan.   Hukmdor
sur’atining   pastki   qismini   hozircha   rekonstruksiya   qilish   qiyin.   Biroq   uning
oyog‘ida etiklari bo‘lganligini taxmin qilish mumkin. Bu erdagi taxt esa, usti to‘q
sariq rangli mato bilan yopilgan taxtani esalatadi. 
Taxning orqa tarafida baland suyanchig‘i bor va u hukmdorning elkasigacha
etadi.   Taxning   elka   qismida   mushuk   tasvirlangan   va   u   taxtni   bezash   uchun
chizilgan. 
74 Saroy   amaldorlari   o‘rta   qator.   Kompozitsiyaning   ahamiyati   jihatidan
ikkinchi personajlari taxtning o‘ng va chap taraflarida chizilgan ikkita   amaldorlar
turadi.   Ular   simmetrik   bir   qator   qilib   tasvirlangan   va   bu   odamlarning   boshlari
hukmdorning   elkasigacha   etadi.   Har   ikkala   sur’atning   ham   o‘rtdan   uch   qismlari
saqlanib qolgan. O‘ng tarafdagi amaldor yuzining bir qismi va zarhali saqlanigan.
Biz   ushbu   ikki   amaldorning   qanday   vazifani   bajarganligini   bilmasakda,   ulardan
biri qalin va qora soqolli bo‘lib, yoshi ancha katta bo‘lgan. Ehtimol, u saroy kotibi
bo‘lgan. ikkinchi amaldorning yuqori qismi beligacha saqlanib qolgan. Uning chap
qo‘li   ko‘kragigacha   ko‘tarilgan   va   barmoqlari   musht   qilib   tugilgan.   Ammo,
ko‘rsatgich   barmog‘i   hukmdorni   ko‘rsatib   turibdi.   Uning   o‘ng   qo‘li   pastga
tushirilgan, biroq, barmoqlari saqlanib qolmagan. Amaldorning yuzidan faqat o‘ng
ko‘zi,   burnining   konturi   va   pastki   qismi   saqlanib   qolgan.   Uning   soqoli   yo‘q,
ammo,   chiroyli   mo‘ylovi   bor.   Uning   bosh   kiyimi   va   kaftani   hukmdornikiga
o‘xshash. Biroq, uning kiyimlaridagi bezaklar hukmdornikiga nisbatan kamroq. 
Qomati tik emas. Uning oldinga tushib turgan to‘lqinsimon kokillariga qarab
rassom   ushbu   personajni   harakatda   tasvirlagan   deyish   mumkin.   Aftidan,   bu
amaldor   tik   va   o‘ng   oyog‘i   biroz   ko‘tarilgan   holatda   tasvirlangan.   Uning   tanasi
biroz   o‘ng   tomonga   qiyalashgan   va   yuzi   markaziy   figuraga   qaratilgan.   Rasmdagi
ushbu elementlar amaldorning hukmdorga sodiqligini ko‘rsatishi lozim bo‘lgan.
Y u qori   qatorning   amaldorlari.   Hukmdorning   boshi   va   tariflangan
amaldorlarning   ustida   ham   personajlar   saqlanib   qolgan.   Umumiy   kompozitsiyada
ular   ikkinchi   planda   chizilgan.   Shuning   uchun   ham   ularning   faqat   boshlarigina
ko‘rinib   turadi.   Tanalarining   pastki   qismi   taxt   yoki   o‘rta   qatordagi   amaldorlar
tasvirlari bilan   bekitilgan. Ularning sotsial mavqei kichik qilib chizilganligi bilan
belgilanadi.   Taxtdan   yuqoriroqda   chap   tomonda   personajlardan   biri   qizil   rangli
anorni boshqa birovga uzatayotgan ko‘rinishda tasvirlangan. Bu personajning o‘ng
qo‘ligina   saqlanib   qolgan   va   aytish   mumkinki,   u   ham   bezatilgan   kaftan   kiygan
bo‘lgan.   uning   yuzidan   faqat   konturi   saqlanib   qolgan   va   oyoqlari   harakat
qilayotgandek   tasvirlangan.   Xayratlanarlisi   shundaki,   anor   uzatayotgan   personaj
barmoqlarini   xuddi   hukmdor   singari   bukib   olgan.   Ko‘rinib   turibdiki,   bu   erda
75 qandaydir qabul qilingan ishora bor. Bundan tashqari uning chap qo‘lida qandaydir
uzun   buyumni   qattiq   ushlab   turibdi.   Bu   narsa   qandaydir   qurol   yoki   marosimda
ishlatiladigan bironta buyum bo‘lishi mumkin. Personajning soql mo‘ylovlari yo‘q
va   shuning   uchun   uni   ayol   kishi   deyish   mumkin.   11-   13   asrlarda   odam   obrazi
umumlashtirilgan go‘zallikda tasvirlangan.
Hukmdor   boshining   o‘ng   tarafidagi,   ayolga   simmetrik   tarzda   joylashgan
personajdan chap qo‘lida ushlab turgan qilich hamda bosh kiyimidagi zarhaligina
saqlanib   qolgan.   Yuqori   qatordagi   personajlarning   oxirgisi   aftidan   taxtning   o‘ng
tomonida   joylashgan   bo‘lgan.   uning   faqat   boshi   va   elkasining   bir   qismi   saqlanib
qolgan.   Bu   erda   ham   rassom   yumaloq   yuz,   yirik   iyak,   yoysimon   qosh   va   qisiq
ko‘zni chizgan. Uning yupqa mo‘ylovi va pastki labining tagida bir tutam soqoliga
qarab bu  erkak  kishi   bo‘lgan  deyish  mumkin. Muhimi  u  ham  uzunchoq  buyumni
elkasiga tekkizgan holda ushlab turibdi. Ushbu buyumning qo‘ndog‘i havo rangga
bo‘yalgan.   Shunday   qilib,   yuqori   qatordagi   saroy   ahlining   tasviri   marosimiy
xarakterga ega.
Taxt   tasvirining   chegaralari.   Ta’kidlanganidek,   har   bir   manzara   dekorativ
ramka   bilan   o‘ralgan   bo‘lgan.     Taxt   tasviri   ham   bundan   mustasno   emas.   Negaki,
hukmdor   hamda   yuqori   qatordagi   personajlar   boshlarining   ustidan   bezalgan
naqshli   ramkaning   izlari   saqlanib   qolgan.   Yig‘ilgan   bo‘laklarga   ko‘ra   aytish
mumkinki,   ushbu   ramkaning   hajmi   1,3x1,4   m   bo‘lgan.   Ammo,   bu   ramka   yanada
kattaroq   bo‘lgan   bo‘lishi   kerak.   Kompozitsion   nuqtai   nazardan   hukmdor
manzaraning   markazida   joylashgan   bo‘lishi   lozim.   Devor   balandligining   4   m
ligini, “kamonchi” tasvirining hajmini, yuqoridagi va pastdagi registrlar, hayvonlar
tasvirlarini  hamda   yozuvlarni  hisobga   olsak,   taxtning  rasmi   uch  metr  balandlikda
bo‘lgan.
Sharqiy devor.  “Kamonchi”. Yuqorida ta’kidlanganidek, sharqiy devordagi
rasmlarni   rekonstruksiya   qilish   imkonini   bergan   yirik   fragmentda   3x1,5   m   lik
ramkada balandligi 1,2 m keladigan odam tasvirlangan. Bu rasmning bosh atributi
uning qo‘lida ikki uchli nayza ushlab turganligidadir. Biroq, u hukmdordan farqli
ravishda   tik   turgan   va   o‘ng   oyog‘i   ko‘tarilgan   holatda   tasvirlangan.   U   o‘ng
76 tomonga harakatlanayotgan va o‘ng elkasida kamon yoyi osilgan tarzda chizilgan.
SHuningdek,   ushbu   personaj   kaftan   va   bosh   kiyim   kiygan.   Uning   zarhali
bo‘lmagan   va   yuzi   saqlanib   qolmagan.   Bu   bitta   odam   ishtirokidagi   alohida
sur’atligi   ko‘rinib   turibdi.   Uning   havo   rangda   chizilgan   ramkasi   saqlanib   qolgan.
Ramkaning to‘rtala burchagidan gullar chizilgan. 
Ushbu rasmning atributlariga qarab, u erda ham hukmdor tasvirlangan deyig
mumkin   edi.   Biroq,   bunday   rasmlar   chizilshan   ramkalar   soni   4   ta   bo‘lib,   ularni
saroy   ahli   deyish   mumkin.   Ular   doimo   hukmdorning   ramzini   qo‘llarida   ko‘tarib
yurganlar.   Sur’atlar   orasida   faqat   ot   yuganini   ushlab   turgan   qo‘ligina   saqlanib
qolgan   tasvir   ham   katta   ahamiyatga   ega.   Bu   erda   shuningdek,   ot   oyog‘ining   bir
qismi ham saqlanib qolganligiga ko‘ra, uni chavandoz deyish mumkin. 
Sur’atlar  dasturida  nafaqat  amldorlar  marosimi, balki   mifologik  personajlar
ham aks ettirilgan. Ular orasida yirik burgut tasviri bo‘lib, u eroniylardagi semurg‘
yoki   turklardagi   qora   qush   timsoli   bo‘lgan.   semurg‘   rasmining   Samarqand
sur’atlarida aks ettirilishi hukmdorning shon sharafi timsolidir. Ehtimol, u taxt   va
xonning yonida ham aks ettirilgan bo‘lgan. 
Dekorativ na’munalar. Saroydan topilgan sur’atlar bo‘laklarining ko‘pchiligi
yordamchi  xarakterdagi dekorativ tasvirlar bo‘laklaridir. Ularga kichik hajmli (30
sm) odamchalarning bir qator qilib chizilishini kiritish mumkin. SHuningdek, ular
qatoriga   raqs   tushayotgan   odamlarni   va   otliq   chavandozlarni   ham   qo‘shish
mumkin.   Manzaralar   oralig‘ida   chiziqsimon   shaklli   bir   birining   ortidan
yugurayotgan   tarzda   tasvirlangan   hayvonlar   ham   ushbu   sur’atlarni   to‘ldiruvchi
hisoblanadi. Saqlanib qolgan bo‘laklar orasida katta qismni o‘simliklar va gemetrik
figuralar tashkil qiladi. Pailondagi sur’atlarni yozuvlar ham tshldirib turadi. Biroq,
arabcha   va   forscha   grafikada   yozilgan   ushbu   yozuvlarning   ko‘p   harflari
saqlanmagan.   Ular   orasida   forscha   “Xami   dil”,   ya’ni   hoxish   istak   degan   so‘zni
o‘qish   imkoni   bo‘ldi.   Bu   erda   qandaydir   she’riy   misra   bitilgan   bo‘lsa   kerak.
Demak,   buyurtmachini   nafaqat   yuqori   hokimiyat   qiziqtirmasdan,   she’riyat   ham
qiziqtirgan. 
77 Ikonografik   parallellar.   Hukmdor   yoki   xudo   tasvirlangan   taxt   manzarasi
anayin   universal   bo‘lib,   u   diniy   (xristianlik,   buddizm,   zaroastrizmning   so‘g‘dcha
variantida)   hamda   mansabdor   tabaqalar   (sosoniylar,   turklar   va   h.k.)   san’atlarida
mavjud.   Biz   bu   erda   bunday   taxt   tasvirining   kelib   chiqishini   emas,   balki
xronologik jihatdan unga yaqin bo‘lgan parallellarnigina keltiramiz. 8 9 asrlardan
boshlab taxt manzarasi musulmonlarning eng sevgan sur’atlaridan biriga aylanadi.
X   XII   asrlarda ushbu san’atga turklar  ta’siri  ham kuzatila boshlaydi.   XII   asrlarda
taxt   manzarasi   yanada   rivoj   topadi   va   ular   sopol   buyumlarda   aks   ettiriladi.
Ularning   mazmuni   turlicha   bo‘lib   boradi   va   ushbu   manzaralar   saroy   hayotining
turlicha   hayoti   variantlarini   o‘zida   aks   ettirib   boradi.   Bu   davrdagi   sur’atlarda
hukmronlikning   asosiy   atributi   turk   madaniyatida   alohida   ramziy   ahamiyatga   o‘q
va yoy hisoblanadi. Aftidan, O‘rta Osiyodan Misrgacha bo‘lgan hududlarda uning
ta’sirida   ikonografiyaning   taxt   tipi   paydo   bo‘lib,   ushbu   atributlarni   hukmdorning
o‘zi ushlab turadi. Masalan, mashhur Kitab al Aganiyning (1218-1219 yy.) jildida
ham  davri   Samarqand  sur’atlariga  yaqin rasmlar   bor.  Yana  bir   XIII-XIV asrlarda
Suriya   yoki   Misrda   ishlangan   bronza   idishga   tushirilgan   tasvirlar   ham   shunday
xarakterga   ega.   XIV   asrning   boshlariga   oid   bunday   sur’atlar   Rashid   ad   Dinning
“Tarix yig‘ini” asarida ham uchraydi.  
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   qoraxoniylar   davri   rassomi   saroy
hayotidagi   ko‘plab   realliklarni   tasvirlagan.   S u uning   uchun,   personajlarning
ko‘rinishi,   kiyimlari   hamda   atributlari   turk   madaniyati   bilan   bog‘liq.   G‘aznaviy
yoki   Saljuqiylardan   farqli   ravishda   Qoraxoniylar   o‘zlarini   boshlarida   eroniy   toj
kiyigan   holda   tasvirlashga   yo‘l   qo‘ymaganlar.   Shunday   bo‘lsada,   rasmlardagi
ikonografik uslublar ko‘p jihatdan Eron madaniyati an’analaridan kelib chiqqan.
Pavilonning   vazifasi.   Pavilon   hajmining   kichikligi   va   uning   atrofidagi
qurilmalarning xarakteri uni dabdabali qabullar uchun qurilmaganligini ko‘rsatadi.
Pavilionga   kirish   kompleksning   g‘arbiy   qismiagi   20   m   keladigan   yo‘lakdan
bo‘lgan.   Uning   tashqi   tomonida   darvoza   joylashgan.   Bu   joy   x   ukmdorning   am
oladigan, yaxshi qo‘riqlanadigan, shuningdek qabullar zali bo‘lgan. Bu zal bundan
tashqari   Qoraxoniylar   xukmdorlarining   shaxsiy   yig‘ilishlariga   mo‘ljallangan.
78 Devordagi   suratlar   qabulning  rasmiy   marosimiy   qismini   aks   ettirgan.   Aftidan,  bu
erga   xonning   yaqinlari   va   muhim   mehmonlar   taklif   etilgan.   Bu   erda   xonning
ishtirokida shoirlar, musiqachilar, raqqoslar  o‘zaro musobaqalar  o‘tkazishi  hamda
o‘z davrining bilimli odamlari bilan suhbatlar qurilishi mumkin bo‘lgan. 
Tarixiy kontekst. Hozircha XII asrning ikkinchi yarmi va XIII asr boshlarida
ushbu   devoriy   suratlarning   buyurtmachisi   bo‘lgan   Qoraxoniylar   xukmdori   kim
ekanligini   aytish   qiyin.   Bu   erdagi   yozuvlardan   birida   Ma’sud   ismi   yozilgan   va
ehtimol   bu   XII   asrning   60-yillaridagi   Samarqand   xukmdori   Ma’sud   bin   Xasan
bo‘lgan. Ammo ushbu suratlarning buyurtmachisi Qoraxoniylar sulolasining oxirgi
vakili   Usmon   bin   Ibrohim   ham   bo‘lishi   mumkin   (1202-1212   yy).   Manbalarda
saroy   madaniyati   haqida   batafsil   ma’lumotlar   bor.   Tilga   olingan   xonlar   ushbu
sharoitlarda ulg‘ayganlar. Bu davrda devoriy san’atda va adabiyotda katta siljishlar
ro‘y   bergan.Ana   shunday   madaniyatning   mahsuli   sifatida   Samarqand   devoriy
suratlari   ham   paydo   bo‘lgan.   Masalan,   Usmon   kalligrafiya   san’ati   bo‘yicha   usta
bo‘lgan   va   she’rlar   yozgan.   Bu   davr   she’riyatida   go‘zallik   sanamlar   bilan   yoki
oyga   qiyoslangan.   Devorda   surati   chizilgan   xukmdorning   yuzi   tasviri   bunga   mos
keladi.   Qizig‘i   shundaki,   yosh   Usmonning   favqulodda   chiroyligidan   guvohlik
beruvchi ikki xil manba mavjud (Juvayni, Ibn al–asr va Aufi). Suratdagi  xonning
soqolsiz tasviri uning yoshligini bildiradi. Ma’lumki, Usmon 25-26 yoshlarida qatl
qilingan. Biroq, Qoraxoniy xonlari ungacha uzoqroq yashaganlar. 
Biz   yosh   Usmonning   qatl   etilishi   haqidagi   ma’lumotlarga   aytayin
yondashamiz:   Paviliondagi   xukmdorning   boshi   atayin   majaqlangan.   Uning
buynidan chuqur chiziq o‘tkazib ramziy ma’noda boshsiz qoldirgan. Uning ko‘zini
o‘yib chizganlar. So‘ngra suratni Usti shuvalib boshqa bir rasm chizishga xarakat
qilingan.   Bunday   holat   1212   yilda   qo‘zg‘olon   ko‘targan   Samarqand
Xorazmshohlardan bo‘lgan Muhammad bin Takesh tomonidan bosib olinishi bilan
bog‘liqdir.   Usmon   nafaqat   qo‘zg‘olonda   qatnashganligi   balki   uning   xotinlaridan
biri bo‘lgan Xorazmshohning qiziga haqoratomuz munosabatda bo‘lganligi uchun
ham qatl etilgan.
79 Arxeologik   nuqtai   nazardan   Pavilionning   rekonstruksiya   qilingan   davri
mo‘g‘ullar   istilosi   arafasida,   ya’ni   Arkning   quyi   maydonida   hayot   xukm   surgan
davrlarga   oiddir.   Gap   Samarqand   tarixidagi   Xorazmshohlar   (1212-1221   yy)   10
yilligi   haqida   boradi.   Bu   davrda   Qoraxoniylarni   eslatadigan   barcha   narsalar
majaqlab   tashlangan   so‘ngra   qaytadan   suvalib   boshqa   ornamental   xarakterdagi
suratlar   chizilgan.   Ushbu   devoriy   suratlarning   Usmon   taqdiri   bilan   bog‘lanishi
nazariy jihatdan yanada to‘laroq asoslaniishni talab qiladi. 
  Devoriy   suratlarning   ahamiyati.   Samarqandagi   “podsholar”   suratlari
saroyda   aks   ettirilgan.   Bu   erdagi   o‘ylangan   dastur,   bajarilish   sifati,   suratlarning
mohirona   tasviri   rassomlarning   yuqori   darajada   ustaligidan   dalolat   beradi.
Ma’lumki,   o‘rta   asr   musulmonlari   sharqida   xukmdorlarni   ulug‘lash   uchun   eng
yaxshi shoirlar, olimlar, rassomlar va hunarmandlar mehnat qilishgan. Aynan ular
shunday   namunalarni   yaratganlarki,   ularga   nafaqat   saroy   va   shahar   tashqarisida,
balki   boshqa   davlatlarda   ham   o‘xshatishga   xarakat   qilganlar.   Bu   jihatdan
Samarqand   ham   mustasno   emas,   chunki   u   nafaqat   So‘g‘diyonaning   balki
mo‘g‘ullarga bo‘lgan davrning madaniy markazlaridan biri bo‘lgan. 
Samarqand   devoriy   suratlarining   topilishi   bilan   yozma   manbalar   juda   kam
bo‘lgan Qoraxoniylarning saroy madaniyati haqidagi  ma’lumotlar qo‘lga kiritildi.
Endilikda   olimlarning   qo‘lida   bu   davrga   oid   dastlabki   suratlar   mavjud   bo‘lib,
shuning   uchun   ham   XII   arsga   oid   Samarqand   devoriy   suratlarining   ahamiyati
kattadir.  
Xulosa
Ilk  va rivojlangan o‘ ra asrlar  davrida Markaziy Sug‘dning  devoriy suratlarida
tasvirlangan   tasviriy san’atda alohida o’rin tutib, ular mazmunan ikki xil: diniy va
dunyoviy suratlarga ajratiladi. Diniy mazmundagi suratlarga  asosan ibodatxona va
hilxonalarni   bezab   turgan   suratlar   kirib,   ularga   albatta,   mazkur   din   g’oyalariga
monand,   shu   yerda   so’nggi   yillari   topilgan   shaxs   hayotiga   oid   tafsilotlar   aks
ettirildi.  Bunday suratlarni Panjikent, Jartepa ibodatxonalarida, Afrosiyob  janubiy
80 devorida   ko‘rishimiz   mukin.     Dunyoviy   mazmunni   o‘zida   aks   ettirilgan   suratlar
Afrosiyob   g‘arbiy   devorlarida   va   Tavka   yodgorliklarida   uchraydi.   Mazkur
suratlarda elchilik munosabatlari va ov manzaralari tasvirlangan.    
Afrosiyob   devorlaridagi   suratlarda   ixshid   Varxuman   siyosatining   uch   jihati
aks ettirilgan:
1) G’arbiy   devorda   tasvirlangan   elchilarni   qabul   qilish   marosimi   Sug’d
davlati mustaqilliginig boshqa davlatlar tomonidan tan olinishi,
2) Shimoliy   devorda   tasvirlangan   suratlar   Xitoy   elchilarining   Sug’dga
tashrifini bildiradi,
3) Janubiy   devorda   tasvirlangan   diniy   marosim   shoh   Varxumanning
mahalliy urf-odatlarga rioya qilishi orqali Sug’dda o’z sulolasini mustahkamlashini
bildiradi.
4) Sharqiy   devorda   o’ynayotgan   bola   ot   ustidagi   kishi,   daryo   turli
hayvonlar, hamda kamondan o’q uzayotgan kishilar tasvirlangan.
Devoriy   suratlar   syujetining   kompozitsion   va   uslubiy   uyg’unligi   Afrosiyob
hukmdori   saroyining   badiiy   bezash   ishlarini   ilk   o’rta   asrlardagi   Sug’dning
mahobatli   rang-tasvir   maktabi   ijodkor-rassomlari   bajargan,   deb   taxmin   qilishga
imkon   beradi.   Keyinigi   yillarda   Afrosiyob   devoriy   suratlarini   zamonaviy   usul   va
uslublar   yordamida   tamirlash   ishlari   olib   borilishi   jarayonida   ma’lum   bo‘ldiki
mazkur   devoriy   suratlarni   yaratishda   turli   rassomlar   tomonidan   yaratilgan   bo‘lsa
ham bitta g‘oyani ifodalagan xolda yaratilgan.  
Afrosiyob   devor   rasmlari   arablar   istilosidan   oldin   O‘rta   Osiyoda   mahobatli
rang-tasvirning   rivojlanganligini,   Samarqand   uning   markazi   bo‘lganligini
ko‘rsatadi.  Devoriy suratlarda nafaqat rasmiy tasvirlardan, balki erkin mavzulardan
ham   foydalanilganligi   kuzatiladi.   Masalan,   Saqqaradagi   5-   sulolaga   mansub
“Turnalar”   relyef   tasvirini,   Medume   dostonidagi   “G‘ozlar”   devoriy   tasvirini   shu
yerda   qayd   etish   mumkin.   Qushlar   guruhi   tasvirlarda   o'ziga   xos   dekorativ   tarzda
ifodalangan.
Afrosiyob   devoriy   suratlari   so’g’dlar   turmushi   va   hayot   sharoitlarini   yorqin
namoyish   etadi.   Ular   so‘g‘d   milliy   madaniyatini   butun   dunyoga   tanishtirishning
81 o‘ziga   xos   vositasi.   So‘g‘d   o‘lkasi   O‘rta   Osiyoda   rivojlangan   davlatlardan   biri
sifatida Osiyo va Yevropa qit’asidagi turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va
madaniy   aloqalar   yuritgan.   Ayniqsa,   Buyuk   Ipak   yo‘li   So‘g‘d   taraqqiyoti   hamda
uning   Eron,   Hindiston,   Xitoy   kabi   davlatlar   bilan   xalqaro   aloqalari   rivojlanishi
uchun   sharofatli   zamin   yaratdi.   Shu   boisdan   ham,   hukmdorlar,   elchilarning
liboslariga alohida  ahamiyat   qaratilgan.  Shu bilan  birga,  so’g’dlarning  o’ziga  xos
matolari va kiyim-kechaklari, ularning to‘qimachilik sanoati boshqa davlatlar bilan
turli   aloqalarni,   ayniqsa   savdo   munosabatlari   rivojlanishiga   sabab   bo‘lgan.
Binobarin,   so‘g‘d   matolari,   liboslardagi   milliy   timsollar   tasviri,   bezaklar
so‘g‘dlarning   o‘ziga   xos   dunyoqarashi,   san’ati   va   madaniyati   haqida   yorqin
tasavvur paydo bo’lishiga imkon berdi.
Afrosiyob   devoriy   suratlarida   Samarqand   ixshidi   Varxumanning   taxtga
kelishi   munosabati   bilan   mamlakatlararo   diplomatik   munosabatlar,   diniy   va
dunyoviy mavzulardagi syujetlar va o‘sha davr madaniy hayoti aniq tasvirlangan.
O‘zbekiston   hududida   ibtidoiy   odamlar   yashaganliklarini   1870   -   yilda
Toshkentdan   va   Afrosiyob   yonidan   topilgan   nukleus   (tosh   o‘zagi),   tosh   qirgich,
tosh bolg‘aga o‘xshash buyumlar orqali isbotlangan. Bu ham Afrosiyob tarixining
uzoq o‘tmishga borib taqalishidan darak beradi. 
Tasviriy   san’atning   insoniyat   g‘oyaviy-madaniy   va   xo‘jalik   hayotini
o‘rganishdagi   ahamiyati,   Markaziy   Osiyo   tasviriy   san’ati   obyektlari,   tasviriy
san’atning shakllanishi, neolit, eneolit, bronza, davri ornamentlari. Markaziy Osiyo
tosh asri tasviriy san’ati, ilk temir davrida tasviriy san’at o‘ziga xos xususiyatlari,
Markaziy   Osiyoning   ahamoniylar   davriga   oid   tasviriy   san’ati   namunalari,
Markaziy   Osiyoning   ilk   o‘rta   asrlar   davri   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlaridagi
o‘zgarishlar   va   uning   tasviriy   san’at   rivojiga   ta’siri.   Jangu   jadallar,   bazmlar,
tantanalar va marosimlar aks ettirilgan ornament va tasvirlar. Afrosiyob, Varaxsha,
Bolaliktepa,   Panjekent,   va   boshqa   me’moriy   obidalarda   aks   etgan   ornament   va
tasvirlar. Ibtidoiy diniy e’tiqodlar bilan bog‘lik bo‘lgan ornament va tasviriy san’at
Antik   va   o‘rta   asrlar   davri   me’morchiligi   va   san’ati,   xo‘jalik   va   uy-ro‘zg‘or
buyumlarida aks etgan ornament va tasviriy san’at. Markaziy Osiyo ning ilk o‘rta
82 asrlar   davri   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotidagi   o‘zgarishlar   va   uning   tasviriy   san’at
rivojiga ta’siri, rivojlangan o‘rta asrlar davri tasviriy san’ati, me’moriy obidalari va
ulardagi tasvirlar kabi masalalarni o‘rganadi.
Ilk o‘rta  asrlar  me’morchiligining o‘ziga xos  hususiyatlari. Saroylar, qasrlar.
Afrosiyob   devoriy   naqsh   san’ati.   Dunyoviy   mazmundagi   rang-tasvirlar.   Elchilik
munosabatlarining tasvirlanishi. Panjikent tasvirlari va ularning mazmun-mohiyati.
Panjikent   tasvirlarining   dunyoviy   xarakteri.   Varaxsha   devoriy   rang-tasvirlari.
Varaxsha   tasvirlaridagi   diniylik   va   afsonaviylik.   Bolaliktepa   devoriy   rang-
tasvirlari.   Bazm   jarayonining   tasvirlanishi.   Tavka   devoriy   suratlari.   Ov
manzaralari.   Qal’ai-Qahqaha   (Bunjikat)   tasvirlari.   Bunjikat   tasvirlari   realizm   va
afsonaviylikning mujassamlanishi. Markaziy Osiyoning Arab xalifaligi tomonidan
bosib   olinishi   va   uning   devoriy   naqsh   san’atiga   salbiy   ta’siri.   Ilk   o‘rta   asrda
devoriy   naqsh   san’atining   taraqqiyoti.   Islom   davri   me’morchiligida   islimiy   va
geometrik   naqsh   san’atining   rivojlanishi.   Bezak   kompozitsiyalarida   xo‘shxat
yozuvlarining   qo‘llanishi   (kufiy,   susl,   nasx),   me’morchilikda   yozuv   (hattolik)
san’atining paydo bo‘lishi.
Afrosiyobda  topilgan  arxeologik materiallar  Samarqand  miloddan avvalgi  8-
5-asrlarda   Sug‘diyonaning   Markaziy   shahri   sifatida   vujudga   kelganligini
ko‘rsatadi.   Miloddan   avvalgi   329   -   yilda   shahar   Aleksandr   Maqduniy   qo‘shinlari
tomonidan   vayron   etilgan,   uning   izlari   hozirgacha   shahar   mudofaa   inshootlarida
yaxshi   saqlangan.   Miloddan   avvalgi   3—   1   asrlarda,   Kushonlar   saltanati   davrida
shahar   hayotida   yuksalishlar   yuz   bergan.   Miloddan   avvalgi   3-asrda   shahar
qo‘shaloq   mudofaa   devori   bilan   o‘rab   olingan.   U   davrlarning   qalin   madaniy
qatlami   Afrosiyobning   shimolida,   uning   arki   a’losi   joylashgan   qismida   yaxshi
saqlangan.   Arxeologik   materiallar   va   yozma   manbalarda   ta’kidlanishicha,   bu
zamonda   Samarqand   orqali   Buyuk   ipak   yo‘li   o‘tgan,   ichki   va   tashqi   savdo,
hunarmandchilik  rivoj   topgan.  Ilk  o‘rta asrlarda  Samarqand Sug‘diyonaning bosh
shahri   sifatida   nufuzli   mavqega   ega   bo‘lib,   shahar   ijtimoiy   va   iqtisodiy   hayotida
tub   o‘zgarishlar   yuz   berdi.   Badavlat   dehqon   xo’jaliklari   kuchaydi,   xuddi   shu
kezlarda   ularning   qasrlari   joylashgan   Afrosiyobning   shimoliy   qismi   mudofaa
83 devori   bilan   o‘rab   olindi.   Bu   holat   Movarounnahr   va   unga   qo‘shni   viloyatlarda
ham yuz berdi.
Bu   rasmlarda   VII   asrning   ikkinchi   yarmidagi   Samarqand   hayotidan
manzaralar tasvirlangan. Devor rasmlari qahramonlari orasida, hech bo‘lmaganda,
so‘g‘d yozuvlari tufayli, “yorliqlar” va qo‘llanmalar rolini o‘ynaydi va, shubhasiz,
tomoshabinga   go‘zal   manzaralar   mazmunini   to‘g‘ri   tushunishga   yordam   berish
uchun   mo‘ljallangan,   aniq   etnografik   atributga   ega.   Samarqandlik   ijodkorlar
Chag‘oniyon   elchilarini   qanday   tasavvur   qilganliklarini,   samarqandlik   oliy
zodagonlar va uning yaqin doiralarini qanday tasvirlashganini  ko‘ramiz. Ularning
kiyim-kechaklari,   tashqi   ko‘rinishi,   soch   turmagi,   bezaklari,   rasmlardagi
qahramonlarga mos keladigan nishonlari 7-asrda faol bo‘lgan tarixiy shaxslarning
haqiqiy qiyofasini juda aniq aks ettiradi, deb hisoblash mumkin.
Afrosiyob   devoriy   rasmlari   So‘g‘d   tarixiy   adabiyoti   janri   bilan   bevosita
bog‘liq bo‘lgan.
Afrosiyobdagi   elchilarning   kelish   va   qabul   qilish   sahnalaridagi   personajlar
tasviridagi   realizm   darajasi,   bu   sahnalardagi   an’anaviy,   an’anaviy-kanonik   va
realistik   unsurlarning   o‘zaro   bog‘liqligi,   tarixiy   va   mifologik   o‘zaro   bog‘liqlik
masalasi   ham   bundan   kam   ahamiyat   kasb   etmaydi,   va   nihoyat,   rassomlarning
tarixiy yilnomalardan ilhomlangan materialni tanlashga yondashuvi, uni ertak yoki
yarim   afsonaviy   elementlar   bilan   birlashtirish   kabi   elementlar   ham   muhim
hisoblanadi.
Afrosiyob rasmini tahlil qilish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan va sahna
va   personajlar   mazmunini   tavsif   va   tahlil   qilishni,   ularning   san’atshunosligini
tadqiq   etishni   taqozo   etuvchi   muammolar   doirasi   juda   to‘liq   bo‘lmagan
ro‘yxatdadir.
Afrosiyob   tarixi   haqidagi   manbalar   va   devoriy   suratlar   shuni   ko‘rsatadiki,
o‘sha   davr   hayotidagi   muhim   jihatlar,   mamlakatimizda   diplomatiya   aloqalarining
ancha yillar ilgari rivojlanganligini ko‘rishimiz mumkin.
84                         Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Каримов   И.А.   Тарихий   хотирасиз   келажак   йўқ.   -   Тошкент,   «Шарқ»,
1998.
2. Албаум Л.И. Живопис  Афрасиаба.  -Т.: Фан, 1975.  
3. Андреев  М.С. и Пе щ ерова  э.М. Ягнобские  текст ы . - М-Л. :,  1957.  
4. Беленитский А.М., Бентович И.Б., Болшаков О.Г. Средневковый город
Средней Азии. -Л.: Наука,  1973.
85 5. Беленитский   А.М.   Вопросы   идеологии   и   култов   Согда   по   материалам
Пянджикента. -М.: 1954. 
6. Беленитский А.М. Монументалъное  искусство Пенджикента. Живопис
скулптура. -М.: Искусство, 1973. 
7. Беленитский   А.М.   Раскопки   согдийских   храмов.   //   -М.:   1953,   МИА.   -
№37.
8. Беленитский  А.М, Маршак Б.И. Черт ы   мировоззрения  согдийсев VII-
VIII   вв.   в     искусстве   Пенжикента.//   История     и     култура     народов     С редней
Азии.  – М .:   Наука , 1976.    
9. Воронина       В.Л.   Проблемы     раннесредневекового       города       Средней
Азии.  - М. : Наука,   1961.    
10.  Ғоибов Б Сўғд конфедератсиясида Панч мулки Т. 2013 й
11. Дяконов   М.М.   Образ   Сиёвуша     в   средниазиатской     мифологии.
КСИИМК. XII, -М.: 1951
12. Дяконов   М.М.   Росписи   Пянджикента   и   живопис   Средней   Азии   //
Живопис древного Пянджикента. -М.: Искусство,  1954. 
13.  Ишоқов М.М. Унитилган  подшоликдан   хатлар. -Т.: Фан, 1992.  
14.    Костров П.И. Техника   живописи и кенсерватсии   росписей древного
Пянджекента.  -М.: Искусство, 1954 
15.   Наршахий.   Бухоро     тарихи.     Форс-тожик     тилидан     таржима
А.Расулевники.   - Т. : Фан,   1966   
16.   Согдийские   документ ы   с   горы   Муг.   Юридические     документ ы   и
писма /   Чтение, перевод и комментарии В.А.Лившитса. В ы п.   II . -М.: Наука,
1962
17.   Смирнова  О.И. Каталог  монет  с городища  Пенджикент.  - М .: Наука,
1963 . 
18.  Табарий. История. Перевод с арабского В.Беляева. –Т.: Фан, 1987.  
19.   Фридрих И. История писма.     Перевод с неметского И.М.Дяконова.   -
М.: Наука,   1979.  
20.  Шоёқубов  Ш. Илк  ўрта    асрларда   Суғд.  -Т.: Иқтисод-молия, 2008.  
86 21.  Шишкин  В.А. Варахша. -М.:  1963.   
22.  Шефер э.Х. Золот ые персики Самарканда. –М.: Наука, 1981. 
23.  Якубовский А.Ю. Древний  Пенжикент // По следам  древних култур. -
М.: 1951
24.   Якубовский   А.Ю.     Вопросы   изучения     Пянджикентской   живописи   //
Живопис древного Пянджикента. –М.: Искусство,  1954. 
25.   Костров   П.И.   исследовеание,   оeт   реконструксии   и   консерватсии
живописи и скултуры древнего Пянджикента // скултура и живопис древнего
Пянджикента. М. ,  1959 
  31.   Гражданкина   Н.С.   Древние   строителн ы е   материал ы   Узбекистана   //
Строителн ы е материал ы  Узбекистана.Ташкент, 1951
32.   Абдуразаков   А.А.,   Камбаров   М.   Реставратсия   настенн ы х   росписей
Афрасиаба. Ташкент, 1975
33. Албаум Л.И. Живопис Афрасиаба. Ташкент, 1975, б. 11-13.
34. Вагнер Г. Красочн ы е пигмент ы . Л., 1935
35.   Абу-Райхон   Мухаммед   ибн   Ахмед   Ал-Бируни.   Собрание   сведений   для
познания   драготсенностей   (Минера-логия).   (Пер.   Беленитского   А.М.).   Л.,
1963 
36.   Абдураззак   Самаркандий   “Матлаи   саъдайн   ва   мажмаи   бахрайн”.   Форс
тожик тилидан А. Ўринбоев таржимаси. Тошкент.: ФАН, 1966
37. Абдураззаков   А.А.   История   стеклоделия   Средней   Азии   в   древности   и
средневекове. Автореф. Дисс. Д.и.н. Ташкент, 1993
38. Аванесова   Н.А.   Култура   пастушских   племен   эпохи   бронзқ   Азиатской
части СССР (по металлическим изделиям). Ташкент. ФАН. 1991, с. 201.
39. Албаум Л.И. Живопис Афрасиаба. Ташкент, 1975
40. Анарбаев   А.А.   Благоустройства   средневекового   города   Средней   Азии.
Под редаксией А.М. Белинитского. Ташкент. ФАН. 1981
41. Аскаров А.А.   Памятники андроновской културы в низовях Зерафшана.
ИМКУ вып. 3. Ташкент, 1962
87 42. Аскаров   А.А.   Раскопки   могилника   эпохи   бронзы   в   Муминабаде.
ИМКУ. Вып. 8. Ташкент.: 1969
43. Аскаров   А.А.,   Ташкенбаев   Н.Х.   Древнейшее   прошлое   Самарканда.
ОНУ. 1970. №9
44. Арриан. Поход Александра\\ пер. М.Е. Сергеенко. М.-Л.: Наука.  1962
45.     Ахунбабаев Х.Г., Соколовская Л. Ф. Керамические  комплексы конса
VII - VIII вв. // ИМКУ. Вып. 27. Самарканд, 1996.
46. Ахунбабаев   Х.Г.   Дворетс   ихшидов   Согда   на   Афрасиабе.   Самарканд,
1999.
47.   Ахунбабаев   Х.Г.   Астрагал   с   греческой   надписю   из   раскопок   на
Афрасиябе \\ ИМКУ. Вып. 25. Ташкент. 1991
48.  Бартолд В.В. Географический очерк Маверауннахра. Т. 1, М.: 1963
49. Бартолд   В.В.  История  културной  жизни  Туркестана.  Соч.   том.  2.  Ч.  1.
М.: 1963
50. Бартолд В.В. Туркестан в эпоху монголского нашествия. Соч. т. 1. М.:
1963
51. Бернар   П.   Греческий   город   на   Оксе.   –В   мире   науки.   С c иентифи c
Амери c ан. Изд-во на руссом языке. М.: 1983. №1
52.   Бернар   П.   Проблемы   греческой   колониалной   истории   и   урбанизма
эллинистического   города   Сентралной   Азии   \\   Проблемы   античной   културы.
М.: 1986
53.   Бернар П., Исамиддинов М.Х., Соколовская Л. Первый полевой сезон
узбекско-франсузской экспедитсии на Афрасиабе  \\ОНУ . Ташкент. 1990. №6
54. Бернар   П.,   Грене   Ф.,   Исамиддинов   М.Х.   Основные   резултаты   работы
узбекско-франсузской экспедитсии на Афрасиабе в 1990-1991 гг. \\ ОНУ. №3-
4
55. Беруний   Абу   Райхон.   Танланган   асарлар.   1   том.   Қадимги   халқлардан
қолган ёдгорликлар. Тарж. А. Расулов. Тошкент. 1968. 486 б.
56.   Брусенко   Л.Г.   Остатки   монументалного   здания   1   в.   н.е.   на
Афрасиабе \\ Афрасиаб 2. Ташкент.: 1973
88 57.   Буряков Ю.Ф., Садиев М, Фёдоров М.Н. Соборная мечет Самарканда  в
XI - начале XIII вв. // Афрасиаб. Вып. ИВ. Ташкент, 1975.
58.   Буряков   Ю.Ф.   Некоторқе   материалқ   к   исторической   топографии
шахристана Самарканда \\ Афрасиаб - 3. Ташкент, ФАН. 1974
59.   Буряков   Ю.Ф.,   Тошходжаев   Ш.С.   Историческая   топография
Самарканда  XI -начала   XIII  в. \\ Афрасиаб-4. Ташкент. ФАН. 1973. 
60.   Бурякова   э.Ю.   Поселение   Лолазор   –   предшественник   города   на
Афрасиабе   \\   в   кн.   К   исторической   топографии   древнего   и   средневекового
Самарканда. Ташкент. ФАН. 1981..
61.   Вяткин В.Л. «Самария», описание древностей и мусулманских святын
Самарканда  \\СКСО . Вып. 6 за 1899 г. Самарканд. 1899. С. 153-259.
62. Вяткин   В.Л.   Афрасиаб   –   городища   былого   Самарканда.
Археологический очерк \\ Ташкент. Госиздат. 1927. 
63.   Горшенина   С.М.   Туркестанская   коллексия   Леона   Борщевского   и   эе
следы   в   Узбекистане,   Франсии,   Полше   и   России   \\   Общественное   мнение.
Узбекистанский гуманитарный журнал. Ташкент. 1998а. №2. С. 144-149.
64.  Горшенина С.М. Первые оeты российских и франсузский археологов
в   Русском   Туркестане,   методика   исследований   и   судбы   коллексий   \\
културные   сенности-1996.   Библиотека   Туркмении.   Международный
эжегодник.Спб.: эвропейский дом, 1998б. 
65.  Грантовский э.А. Авеста.-Философская энсиклопедия. М.: 1960. 
66. Грене   Ф.,   Иванникий   И.Д.   Дворетс   омейядского   наместника   под
мечетю   аббасидского   периода   на   Афрасиабе   //   Археология,   нумизматика   и
эпиграфика средневековой Средней Азии. Материалы научной конференсии,
посвященной 60-летию со дня рождения БД. Кочнева. Самаркан д , 2000.
67.   Гулямов Я.Г. Стратиграфия Самарканда в свете новейших раскопок \\
Объединенная   научная   сессия,   посвященная   2500-летию   Самарканда.   ТД.
Ташкент. 1969.
68. Гулямов   Я.Г.,   Буряков   Ю.Ф.   Об   археологических   исследованиях   на
городище Афрасиаб в 1967-1968 гг.  \\Афрасиаб-1 . Ташкент. 1969. 
89 69.  Гулямов Я.Г., Буряков Ю.Ф. Археологические раскопки на Афрасиабе
в 1969 г.  \\СГСАК . Ташкент. 1970. 
70. Гулямов   Я.Г.,   Буряков   Ю.Ф.   Новые   данные   по   истории   древнего
Самарканда. ОНУ. Ташкент. 1970а. №9. 
71.   Иневаткина О.Н. Отчет о работах на ситадели Афрасиаба за 1990 г.   \\
Отчет   о работе Афрасиабского отряда за 1990 г. Архив ИА АН РУз. Ф4. 01.
Д203.
72.   Иневаткина   О.Н.   Северное   укрепление   древнего   Самарканда   \\ТД
Международной   конференсии:   Култура   древнего   и   средневековего
Самарканда и исторические связи Согда. Ташкент. 1990. 
73. Иневаткина   О.Н.   Акропол   древнего   Самарканда   в   структуре   города
( ВИ  в до н.е. – В  в. Н.е.). дисс. На соиск. К.и.н. М.: 1995
74. Исаков   А.И.   Саразм   –   новый   раннеземледелческий   памятник   Средней
Азии  \\СА . М.: 1986. №1
75. Исамиддинов М.Х. Истоки городской културы Самаркандского  Согда.
Ташкент. 2002
76. Кабанов   с.К.   Стратиграфический   раскоп   на   северной   части   городища
Афрасиаб  \\Афрасиаб  вып. 2. Ташкент. 1973.
77. Квинт Курсий Руф. Историч Александра Македонского.  Под ред. В.С.
Соколова. М.: Наука. 1963
78.   Ливщитс   В.А.   Согдийский   язык   \\Основы   иранского   языкознания.
Среднеиранские языки. М.: 1981
79. Массон В.М. Среднее Азия и Древный Восток. М.-Л.: 1964
80. Массон   М.Е.   По   поводу   далекого   прошлого   Самарканда   \\Из   истории
искусства великого города (к 2500-летию  Самарканда).  Ташкент. 1972
81.   Мухаммеджанов   А.Р.   К   вопросу   о   водоснабжении   Афросиаба   \\
Афрасиаб  вып. 1. Ташкент. 1969. С. 294-300.
 Пачос М.К. К изучении стен городи щ а афрасиаб.  СА. М.: 1967. №1. 
90 91 Varhuman saroyi elchilar zalida devoriy suratlarini ruyxatga olish,
tozalash va  qotirish jarayoni
92 G‘arbiy devor . G‘arbiy devor eshikdan kirganda to‘g‘rida joylashgan. Chapda,
devorning yuqori qismida naqsh saqlanib qolgan joyda, oq kiyim kiygan kishining
tasviri va kiyimining etagida 16 satr sug‘diy yozuv saqlanib qolgan.
93 Shimoliy   devor.   O‘ng   tomondan   boshlanadigan   shimoliy   devorning
kompozisiyalari   esa   boshqa   olamga   chorlaydi.   Chapdan   ikkita   sayr   qayiqlarida
ayollar   tasvirlangan,   bittasi   yaxshi   saqlangan.   Qayiqning   orqa   tomonida
musiqachilar   turli   musiqa   asboblari   bilan   tasvirlangan,   boshqalariga   qaraganda
yirikroq tasvirlangan ayol esa Xitoy malikasi bo‘lgan.
94  Devoriy suratlarni joylashishini belgilash jarayoni
95  96  kimyoviy birikmalarni   sinash jarayoni
97

AFROSIYOB DEVORIY SURATLARIMUNDARIJA Kirish 3-8 I bob. O‘ZBEKISTON HUDUDIDAGI DEVORIY SU R ATLARINING O‘RGANILISH TARIXI ……………….. 9- 27 1.1. Devoriy suratlarining o‘rganilish tarixi. 9- 17 1.2. Panjikent devoriy suratlari va ularning o’rganilishi. 17-27 II . Bob. ILK O’RTA ASR AFROSIYOB DEVORIY SURATLARINIG TARIXIY BADIIY XUSUSIYATLARI… 28-60 2.1. Devoriy suratlari talqini………………………………………… 28-35 2.2 . Kompozitsiya tuzulishi…………………………………….. 35-47 2.3. Devoriy suratining restavratsiya va konsirvatsiya qilish o’sullari…………………………………………………………... 48-53 3.4 Buyoqlarning texnologiyasi va uning tarkibi…………………. 53-60 III bob AFROSIYOB DEVORIY SURATLARINING O’RTA OSIYO TASVIRIY SAN’AT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI. . 61-79 3.1 . Ilk o’rta asr Afrosiyob devoriy suratlarini qushni hudud yodgorliklari bilan madaniy aloqalari…………………………….. 61-69 3.2 . Rivojlangan o’rta asrlar Afrosiyob devoriy suratlari……………... 69-79 Xulosa …………………………………………………………… 80-84 Adabiyotlar ro’yxati ………………………………………….. 85-90 Illyustrativ albom ……………………………………………… 91-96 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq xalqimizning o’tmish tarixi boy madaniy merosini o’rganish, uni saqlash va kelajak avlodga yetkazishga hukumatimiz tomonidan aloxida e`tibor berildi. Xususan, yurtboshimiz I. A. Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” nomli asarida “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin emas. Davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g’oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim” deb ta’kidlagani bejiz emas 1. Darhaqiqat, eng qadimgi o’tmishdan to hozirgacha bo’lgan davlatchiligimiz va uning rivojlaninsh bosqichlari tarixi shu hududda yashagan xalqlarning, ijtimoiy- siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotini chuqur hamda keng o’rganish uchun katta imkoniyatlar yaratib berildi. Shu bois yurtimizning qadimgi sivilizasiya markazlaridan biri bo’lgan Sug’d siyosiy, madaniy hamda iqtisodiy hayotini o’rganish ham respublikamiz mustaqillik yillarida yangi bosqichga ko’tarildi. Malumki, Sug’d Markaziy Osiyoning yirik markaziy madaniy o’lkalaridan biri hisoblanib, hozirgi vaqtga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar jarayonida hududda uch mingdan ziyod arxeologik yodgorliklar saqlanganligi aniqlangan. Ushbu arxeologik yodgorliklar o’zining tipologiyasi va turiga ko’ra qadimiy shaharlar, qo’rg’onlar, qarorgohlar, qishloqlar, ko’shklar qasrlar, qabriston kabilarga bo’linib, ularning asosiy qismini ilk o’rta asrlarga mansub arxeologik yodgorliklar tashkil etadi 2. Ammo, ilk o’rta asrlarga mansub arxeologik yodgorliklar ko’pchilikni tashkil qilsada, ularning faqat ayrimlaridagina keng qamrovli arxeologik qazishma ishlari olib borilgan, xolos. Shunday arxeologik yodgorliklaridan biri qadimiy Afrosiyob Shaxristoni siyob1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. – Тошкент,1999. – Б. 138. 2 Буряков Ю.Ф. , Аскаров К.К. К типологиии сельских поселений раннесредневекового С огда (по материалам южных район о в Самаркандского о а зис а ) ИМКУ.Вып 28. –С. , 1997. - С.88 2

arig’I bo’yida joylashgan Afrosiyob yodgorligidir. Afrosiyob yodgorligida I asrdan oshiqroq vaqt davomida arxeologik tadqiqotlar amalga oshirilgan bo’lib, keyingi arxeologik tadqiqotlar ayrim uzilishlar bilan hozirga qadar davom etib kelmoqda. Deyarli yuz yillik tadqiqotlar davomida yodgorlikning shakllanish va rivojlanish tarixi, bilan birga tariximizning ajralmas qismi bo’lgan Sug’dning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tarixiga oid qimmatli ma`lumotlar qo’lga kiritildi va kiritilmoqda. Ushbu ma`lumotlar Sug’dning stratigrafiyasi, xronologiyasi, qurilish madaniyati, hunarmandchiligi hamda siyosiy holati borasidagi tarixiy ma`lumotlarga yanada aniqliklar kiritildiki, bu holat Afrosiyob yodgorligi devoriy suratlarida yani tarixni qotb qolgan lavhalarni kurishimiz mumkin. Hozirgi kunda yodgorlikda olib borilgan tadqiqotlar va undan qo’lga kiritilgan natijalarga asoslanib yurtimiz va xorijiy ilmiy nashrlarda ko’plab ilmiy maqolalar chop etilgan. Ushbu maqolalar yodgorligining o’rganilish tarixini yoritishda muhum ahamiyat kasb etadi. Zero, Afrosiyob devoriy suratlarini o’rganish tarixini yoritish orqali nafaqat yodgorlik ahamiyatini, tarixda tutgan o’rnini balki uni tadqiq etishda ishtirok etgan olimlarning sermashaqqat ishlarini, ularning qo’lga kiritgan yutuqlarini, etirof etishimiz Vatanimizning ilk o’rta asrlar tarixi xalqimiz moddiy madaniyatini yangi qirralarini yoritilishi guvohi bo’lamiz. Tadqiqot obyekti va predmeti . Ilk o’rta asrga oid Afrosiyob devoriy suratlari tadqiqotning asosiy obyekti bo’lsa, shu yodgorlikda arxeologik qazishmalar natijasida qo’lga kiritilgan moddiy madaniyat namunalari-devoriy suratlar, ochilishi, ta’mirlash ishlari, ranglari, yaratilish tarixi, tadqiqot natijasi sifatida elon qilingan ilmiy maqolalar Bitiruv ish predmetini tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari . Tadqiqotning asosiy maqsadi Afrosiyob devoriy suratlari to’g’risida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari- maqolalar, risolalar hamda qo’lga kiritilgan moddiy madaniyat namunalarini ilmiy tahlil qilish va o’rganishdir. Tadqiqot vazifasi esa ushbu tahlil asosida Afrosiyob yodgorligidir yodgorligining o’rganilish tarixini yoritish bilan birga uning umumiy tadrijiy rivojlanish tarixi, ilk o’rta asr Sug’d diyorida madaniyat tarixida tutgan o’rnini yaxlit holatga keltirishdan iboratdir.3

Tadqiqotning asosiy masalalari va kutilayotgan natijalar. Tadqiqot quyidagi asosiy masalalarni hal etishga qaratilgan: Yodgorliknining respublikamiz mustaqillikgacha va undan keyingi davr ta’mirlash texnologiyalarini yoritish va shu orqali turli yillarda qo’lga kiritilgan natijalarni yaxlit tizimga solish; Arxeologik tadqiqotlar jarayonida qo’lga kiritilgan moddiy madaniyat namunalari-devoriy suratlari ta’mirlash, rang, kompozisiya va h.k. larni qiyosiy o’rganish va shu orqali Afrosiyob devoriy suratlari zamonaviy texnologiyalar asosida ta’mirlash ishlari muammolarini yoritish; Tadqiqotda ushbu masalalarni hal etish orqali qo’yidagi natijalarni yani, yodgorlikning Sug’d tarixida tutgan o’rni, keyingi yillarda qo’lga kiritilgan muhim natijalarni o’zida jamlagan zamonaviy ta’mirlash texnologiyalarini qullash yaxlit holatga keltirish nazarda tutilgan. Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili . Afrosiyob devoriy suratlari arxeologik va tarixiy jihatdan o’rganilishiga bag’ishlab yozilgan adabiyotlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: 1) Sobiq ittifoq davrida chop etilgan asarlar va ilmiy ishlar 2)Respublikamiz mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar. Birinchi guruhga sovet hukmronligi davrida chop etilgan asarlar va ilmiy ishlar kiradi.Bu davrda yaratilgan I.I.Alboum, V.L.Vyatkin, V.A.Shishkin, Abdurazakov A.A, Kambarov.M, M.A.Reutovalar tomonidan yodgorlik tarixi, rivojlanishiga doir ilmiy asarlar yaratilgan bo’lib, ularda qimmatli ma’lumotlar berilgan. Xususan, V.L.Vyatkin, I.I.Alboum va Abdurazakov A.A tomonidan olib borilgan dastlabki arxeologik qazishmalar natijasida aniqlangan xumdonlar va sopol idishlar tahlil qilingan holda yodgorlikning dastlabki davriy sanasi belgilanadi. Dastlab 1913 yil bahor vaqtida arxeolog sharqshunos olim Vasiliy Lavrentevich Vyatkin Afrosiyobda qazishma ishlarini olib borayotganida birinchi marotaba devorga solingan suratning yaxshi saqlanmagan parchalarini aniqladi. 4

Keyinchalik1965-1979yillarda l.I.Alboum va Abdurazakov A.A yodgorlikda qazishma ishlarini davom ettiradi 3. Qazishmalar jarayonida yodgorlikda bir necha xonalar ochilib VII-VIII sarlarga oid devoriy suratlarini ochilishiga miyassar bo’ldi. Ikkinchi guruhga, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari kiradi. O’zbekiston mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyingi davrda yaratilgan ilmiy asarlar va olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari majmuasi o’zbek xalqi moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini o’rganishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida tadqiqot ishlari dastlab O’zR FA Arxeologiya instituti xodimi M.A.Reutova tomonidan olib boriladi. Ta’mirlash ishlari Afrosiyob devoriy suratlarni ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Afrosiyob devoriy suratlarni ta’mirlash ishlari 2014yilda tashkel qilingan Shoh Varxuman ilchilar zalida ta’mirlash ishlari tashkel qilingan O’zbekiston- Fransiya qo’shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan davom ettirilib kelmoqda. M.A.Reutova rahbarligida har yili amalga oshiriladigan qazishma ishlarida turli yillarda o’zbek ta’mirchilaridan A.Ahadova, G.Pulatova, B.Boliyevlar ishtirok etib kelishmoqda. O’zbekiston-Fransiya qo’shma arxeologik ekspeditsiya tomonidan olib borilgan ta’mirlash ishlari jarayonida devoriy suratlar zamonaviy ta’mirlash ishlari hamda devoriy suratlarni asosini taxtadan va pinoplasdan yasalgan asosi almashtirildi. Ari uyasi kurinishdagi 120-125 mm o’lchamli asos metal profilga qotrildi. Xususan, mustaqillik yillarida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Afrosiyob shahristonidan XII-XIII asrga taluqli yana bir zal ochildi. Bu devoriy suratlarni ochilishi bilan shuni kursatadiki arablar kelganidan sung devorlarga rasim chizish ishlari yuqolib ketmagan aksincha XII asrga kelib keng tarqalib, boy zadagonlar uylariga devoriy suratlar chizdirishgan va keyinchalik bu 3 Шишкин В.А.Узбекистанская археологическая экспедиция АН Уз ССР (Полевые работы 1956- 1959гг.)// ИМКУ. Вып. 2. -Т., 1961; Шишкина Г.В. Раннесредневековая сельская усадьба под Самаркандом.//ИМКУ. Вып . 2 .-Т.,1961. - С . 36. 5