logo

Alisher Navoiy dostonlaridagi Farhod va Majnun timsollarining qiyosiy tahlili

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

948.8798828125 KB
 
Alisher Navoiy dostonlaridagi Farhod va Majnun timsollarining qiyosiy
tahlili
MUNDARIJA:
I bob. Xamsachilik an’anasida ishqiy dostonlarning o‘rni
1.1. Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ishqiy dostonlarning    g‘oyaviy yo‘nalishi
1.2. Farhod va Majnun timsollarining ma’rifiy ahamiyati
Bob bo‘yicha xulosalar
II bob.’’Farhod va Shirin’’ va ‘’Layli va Majnun’’ dostonlarida oshiq timsoli
2.1.   Farhod obrazi ginezisi va Navoiy ijodida badiiy talqini……………………
2.2.   Majnun obrazi ginezisi va Navoiy ijodida o‘rni……………………………
Bob bo‘yicha xulosalar
III   bob. Alisher   Navoiyning   ishqiy   dostonlarida   Farhod   va   Majnun
timsollarining qiyosiy tahlili
3.1. Farhod va Majnun – komillik timsoli
3.2. Farhod   va   Majnun   timsollarining   takomillashishida     dostondagi   ramziy
obrazlarning ahamiyati ……
Bob bo‘yicha xulosalar
Umumiy xulosalar …………………….……………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………….…
3 ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning   dolzarbligi.   Ma’lumki,   Alisher   Navoiy   ijod i   hamma   davrlar
uchun   muhim   mavzular   va   g‘oyalar   mushtarakligida   benihoya   katta   ahamiyatga
molik.   Shu   bois   bo‘lsa   kerak,   uning   asarlarida   yoritilmagan   masala   yo‘q   hisobi
ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Uning qalamiga mansub durdonlar tasavvufiy, tarixiy,
islomiy,   tarbiyaviy     kabi   qator   sohalar,   adabiyotshunoslik,   tilshunoslik,
she’rshunoslik va boshqa fanlarga oidligi bilan diqqatimizni tortadi.
Alisher   Navoiy   yodgorlik   majmuining   dunyoning   barcha   chekkasida
ochilishi, mamlakatimizda shoir nomida shahar, ko‘cha, bog‘ va ta’lim maskanlari
barpo   etilishi   millatimiz   ma’naviy   yuksalishi   salohiyatini   tiklaydi.
Mamlakatimizda   Yurtboshimiz   Sh.Mirziyoyev   boshchiligida   mamlakat   strategik
rivojining bosh omillari belgilanar ekan, “Mana shu strategiyaga muvofiq, barcha
soha va tarmoqlar qatori madaniyat va san'at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari
ravnaqini   yangi   bosqichga   ko‘tarishni   biz   o‘z   oldimizga   maqsad   qilib
qo‘yganmiz...   Avvalo   xalqimizning   yaratuvchilik   dahosi   bilan   bunyod   etilgan
noyob   merosini   har   tomonlama   chuqur   o‘rganish,   yurtimizdan   yetishib   chiqqan
buyuk   alloma   va   nuktadon   shoirlarning   hayoti   va   ilmiy-ijodiy   faoliyati   haqida
yaxlit   tasavvur   uyg‘otish,   yosh   avlodni   gumanistik   g‘oyalar,   milliy   g‘urur   va
iftixor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarni ko‘zda tutadi” 1
. 
Alisher  Navoiyning  “Farhod va  Shirin”,  “Layli  va  Majnun”  dostonlari  fanda
ancha keng o‘rganilgan asarlar sirasiga kiradi. Biroq bu bilan asar har tomonlama
tadqiq   etildi,   degan   fikrni   bildirish   tugal   xulosa   bo‘la   olmasligini   olimlarimiz
tomonidan keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar ham isbotlamoqda.
Tarixdan   ma’lumki,   temuriylar   davrida,   shu   jumladan,   Husayn   Boyqaro
hukmronligida madaniy yuksalishlar bo‘ldi. Buni shu davrda yetishib chiqqan ko‘p
1
  Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Ўзбекистон ижодкор зиёлилари вакиллари
билан учрашувдаги “Адабиёт ва санъат, маданиятни ривожлантириш – халқимиз маънавий оламини
юксалтиришнинг мустаҳкам пойдеворидир” нутқи //  http://uza.uz/oz/politics/adabyet-va-sanat-
madaniyatnirivozhlantirish-khal-imiz-mana-03-08-2017
4 sonli   shoir,   rassom,   xattot,   sozanda,   tarixchi   va   shu   kabi   sohalarda   ma’lum
mavqiyega erishgan siymolar misolida aniq tasavvur qilishimiz mumkin.
Yaratuvchanlikka   asoslangan   bunday   muhit   tabi i y   ravishda   har   bir   ijodkor
oldiga muayyan maqsadlarni qo‘yar edi.
Aytish   mumkinki,   Alisher   Navoiy   dahosining   eng   muhim   jihatlaridan   biri
ulug‘   maqsad   bilan   bog‘liq.   Tadqiqotlarda   asosli   tarzda   eslatib   kelinayotganidek,
Navoiy   o‘zining   har   bir   asarini,   birinchi   navbatda,   o‘z   xalqining   milliy
manfaatlarini ko‘zlab, turkiy, ya’ni hozirgi til bilan aytganda, o‘zbek kitobxonlari
uchun yozgan. U, masalan,  ona tilida   “Xamsa”  yaratishga  kirishar  ekan,  o‘zidan
oldingi xamsanavislar  forsiyzabon o‘quvchilarni  qanday xursand qilgan bo‘lsalar,
o‘zi   ham   turkiy   tilda   so‘zlashuvchi   kitobxonlarga   shunday   xursandchilik   baxsh
etmoqchi   bo‘lganini   “Hayrat   ul-abror”   dostonining   boshlanish   qismida
quyidagicha bayon etadi [Qarang: Hayitmetov, 3]:
               Kim bu yo‘l ichraki, alar soldi gom,
               Bir necha gom o‘lsa, manga ham xirom.
              Forsiy o‘ldi chu alarg‘a ado,
              Turk i y ila qilsam ani ibtido.
              Forsiy el topti chu xursandlik,
             Turk dog‘i topsa barumandlik 2
.
Ushbu   e’tirof   ulug‘   Navoiy   maqsadlarining     naqadar   buyukligidan   dalolat
berish   barobarida,   mamlakat   fuqarolari,   ayniqsa,   yosh   avlodni   vatanparvarlik,
elsevarlik ruhida tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etishi o‘z-o‘zidan ma’lum.
Akademik   B.N.Valixo‘jayev   xamsachilik   genezisi   va   bu   yo‘lda   Navoiyning
o‘rni   masalasiga   to‘xtalar   ekan,   shunday   xulosaga   keladi:   “Abdurahmon   Jomiy
Alisher   Navoiy     “Xamsa”sini   mutolaa   qilgach,   o‘zining   shu   vaqtgacha   bo‘lgan
xamsa-beshlik   yozish   niyatini   o‘zgartirib,   bu   an’anaga   “tarki   toza”   kiritish
maqsadida   o‘zi   mo‘ljallagan   xamsa-beshlikni   yettilik   -   “Haft   avrang”ga
aylantirishni   lozim   topgan   ko‘rinadi.   Jomiyning   Alisher   Navoiy   “Xamsa”siga
2
  Navoiy ,  VII , 55
5 bergan   bahosida   ham   shunga   ishora   borday   tuyuladi”   [Valixo‘jayev,   18].   Bunda
olim   Abdurahmon   Jomiyning   “Xiradnoma y i   Iskandariy”   asaridagi   fikrlarni
nazarda tutadi.
“Xamsa” yozish an’anasiga Alisher Navoiyning munosabati  haqidagi  fikrlarga
ko‘ra,   natijada,   “Haft   avrang”   1486-yilda,   ya’ni   “Silsilat   uz-zahab”   dostoning
uchinchi   daftari   yozilgandan   keyin   maydonga   keldi.   Chunki   Abdurahmon   Jomiy
1468-1472   -   yillar   orasida   yozgan   “Silsilat   uz-zahab”   dostoning   birinchi   daftari-
qismini yanada rivojlantirib, uning ikkinchi (1485) va  uch i nchi (1486) daftarlarini
ham yozib tugatdi hamda 1480 - yilda bitilgan “Salomon va Absol” dostonini ham
avval   mo‘ljallangan   xamsasi   dostonlari   sirasiga   qo‘shib,   “Haft   avrang”   nomidagi
yettilik turkumini maydonga keltirdi.
Tadqiqotning   obekti   va   predmeti.   Ushbu   MDda   obekt   qilib,   “Farhod   va
Shirin”,   “Layli   va   Majnun”   dostonlarining   yetakchi   qahramonlari   Farhod   va
Majnun timsollarini qiyoslab o‘rganish masalasi olindi. Uning predmeti materiallar
bilan bog‘liqlikda xarakterlanadi.   Alisher  Navoiy “Xamsa”si  o‘ziga xosligi bilan
alohida   ajralib   turar   ekan,   undagi   timsollarni   o‘rganish   ham   muhim   ahamiyatga
egadir.
Alisher   Navoiy   “Xamsa”sining   har   bir   dostoni,   shu   jumladan,   “Farhod   va
Shirin”, “Layli va Majnun”lar ham so‘z san’atining hayratlanarli durdonasi sifatida
boqiy asarlar hisoblanadi. 
Albatta,   bu   dostonlarda   shoir   yashab   ijod   etgan   davrning   ilg‘or   falsafasi,
ahloqiy   qadriyatlari   va   shoirning   ularga   bo‘lgan   munosabati,   so‘z   san’atkori
sifatidagi yondashuvi o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham “Farhod va Shirin”
XV   asrdan   boshlab   faqat   o‘zbek   adabiyotida   emas,   balki   Sharqdagi   ko‘pgina
qo‘shni-qardosh adabiyotlarda ham shuhrat qozondi.
Tadqiqotning   metodologik   asosi   va   metodlari.     Navoiyshunoslik   sohasi
mutaxassislarining,   chunonchi,     S.Ayniy,   A.   Fitrat,   O.Sharafiddinov,   Oybek,
V.Zohidov,   V.Abdullayev,   I.Sulton,   A.Hayitmetov,   N.Mallayev,   T.Jalilov,
S.Erkinov,   B.Valixo‘jayev,     A.Qayumov,     T.Ahmedov,   H.Qudratullayev,
6 N.Komilov,   S.   G‘aniyeva,   T.G‘afurjonova,   N.Komilov,   M.Muhiddinov,
I.Haqqulov,     M.Oripov   kabi   olimlarning,   nashr   ishlarini   amalgam   oshirishgan
P.Shamsiyev,     H.Zaripov   tadqiqotlarida   bayon   etilganlar   ishning   metodologik
asosini tashkil qiladi.
Tadqiqotning   maqsad   va   vazifalari.     MDda   ko‘zlangan   maqsad   Alisher
Navoiy   dostonlaridagi   Farhod   va   Majnun   timsollarining   qiyosiy   tahlilini
o‘rganishga   qaratilgan   bo‘lib,   ularning   komil   inson   sifatidagi   xususiyatlarini
ko‘rsatishdan iboratdir. 
Mavzuning ilmiy yangiligi.   Alisher Navoiy ishqiy dostonlarining g‘oyaviy
yo‘nalishini   belgilashda   yetakchi   timsollarning   ahamiyati   quyidagi   yangiliklarda
gavdalandi: 
xamsanavislikda ishqnoma tsiklidagi dostonlar o‘ziga xosligi, hamda Navoiy
dostonlaridagi ishqiy dostonlarda an’ana va o‘ziga xoslik masalasi aniqlashtirildi;
Alisher   Navoiy   ijodida   oshiq   obrazlarining   poetik   takomili   va   ishqiy
dostonlar irfoniy-tasavvufiy talqini ochib berildi;
Farhod   va   Majnun   timsollari   misolivf   muayyan   mulohazalarning
umumlashtirilib   irfoniy   jihatdan   tahlil   etilib,   hamda   bugungi   kundagi   ahamiyati
ochib berildi.
Tadqiqotning   nazariy   va   amaliy     ahamiyati   xususida   aytish   mumkinki,
kuzatishlar   natijalari   sohaga   oid   ishlanmalar   yaratish   va   uslubiy   adabiyotlar
tayyorlashda   ma’lumot   vazifasini   bajaradi.   Shuningdek,   undan   adabiyot
o‘qituvchilari ham o‘z faoliyat jarayonida foydalanishlari mumkin.  
Tadqiqotning   tuzilishi   va   hajmi .   Ish   umumiy   tavsif,   uch   bobdan   iborat
asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tashkil qiladi. 
7 1 – BOB: XAMSACHILIK AN’ANASIDA ISHQIY
DOSTONLARNING O‘RNI
1.1. Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ishqiy dostonlarning
g‘oyaviy yo‘nalishi
Ma’lumki,   Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish shoir hayotligidayoq
boshlangan.   Bunga   o‘sha,   davrning   yirik   ijodkorlari   va   olimlaridan   Abdurahmon
Jomiy,   Davlatshoh   Samarqandiy,   Zahriddin   Muhammad   Bobur,   Xondamir   va
boshqalar   o‘zlarining   katta   hissalarini   qo‘shganlar.   Ammo   davriylik   nuqtayi
nazaridan   olganda,   mazkur   tadqiqotlar   bir-biridan   farqli   tomonlarga,   o‘ziga   xos
xususiyatlarga ega hisoblanadi. Chunonchi, XV asr va XVI asr boshlarida Navoiy
tarjimayi   holini   yoritishga,   asarlarini   qo‘lyozma   holida   ko‘chirish   va
ko‘paytirishga   ko‘proq   ahamiyat   berilgan   bo‘lsa,   keyinroq   uning   asarlari   uchun
maxsus lug‘atlar tuzish birinchi o‘ringa chiqa boshlagan. Bunga Tole Imoniyning
“Badoye   ul-lug‘at”,   noma’lum   muallifning     “Abushqa”,   Mirzo   Mehdixonning
“Sangloh” kabi lug‘atlari yaqqol misol bo‘la oladi, deyish mumkin.
Istiqloldan   keyingi   davrda   olib   borilgan   tadqiqotlarda   yoritilishicha,
Navoiyshunoslik   XX   asrda   an’anaviy   navoiyshunoslikka   nisbatan   boshqacha
yo‘nalish   va   mazmun   kasb   yetdi.   Navoiy   ijodi   ko‘proq   G‘arb   adabiyoshunosligi
andozalari   bo‘yicha   o‘rganila   boshladi.   Xususan,   Navoiyning   yubileylari
munosabati   bilan   ko‘pgina   yangi   tadqiqotlar   yuzaga   keldi,   kitoblar   va     maqollar
to‘plamlari chop etildi, vaqtli matbuotda yuzlab maqollar e’lon qilindi, bir qancha
doktorlik   va   nomzodlik   dissertasiyalari   yoqlandi.   Biroq   shunga   qaramay,   bu
davrda ulug‘ shoir tarjimai holini yoritishda ham, ijodiga, asarlariga baho berish va
tahlil   etishda  ham  metodologik  tomondan  sinfiylik  prinsiplariga   amal   qilish  talab
etilishi natijasida ko‘p masalalar o‘zining haqqoniy va halol, tarixiy jihatdan to‘g‘ri
talqini hamda yechimini topmadi.
Milliy   adabiyotlar   rivoji,   ravnaqi   va   yuksalish   bosqichlari   haqida   so zʻ
ochilganida,   odatda   birinchi   navbatda,   hajman   yirik,   mazmunan   ko p   yo nalishli,	
ʻ ʻ
8 hayot   voqea-hodisalarini   keng   qamrovda   ifodalovchi   asarlargina   tilga   olinadi.
Ularning yaratilishi u yoki bu  tarixiy davr adabiyotida yangi qadam bo lganligini,ʻ
yangi g oyalar, timsollar va talqinlar olib kirganligi qayd etiladi. Natijada bunday	
ʻ
yirik, ko p yo nalishli asarlar boshqa qator asarlarning yozilishiga turtki bo lgan.
ʻ ʻ ʻ
Haqiqatan,   Hazrat   Navoiyning   "Xamsa"si   yoki   Bobur   Mirzoning
"Boburnoma"si   yoki   Abdulla   Qodiriyning   "O tgankunlar"   i   o z   asri   adabiy	
ʻ ʻ
jarayonidagina   emas,   balki   umumanm  adabiy   hayotda,  ijtimoiy  ong  taraqqiyotida
ulkan tarixiy voqea bo la olgan asarlardir.	
ʻ
XVasr   o zbek   mumtoz   adabiyoti   oldiga   bir   qator   kata   va   mas'uliyatl
ʻ
ivazifalarni   qo ydi.   Shulardan   biri   o zbek   tilida   "Xamsa   "   yaratish   edi.   O zbek	
ʻ ʻ ʻ
kitobxonlarining   ortib   borayotgan   ehtiyoji,   o zbek   adabiy   tili   va   o zbek	
ʻ ʻ
adabiyotning   taraqqiysi   hamda   istiqboli   shuni   talab   qilar   edi.   Bunday   katta   va
ma’suliyatli   ishga   faqat   Navoiygina   kirishdi.   Shoir,   yozuvchi   xalqqa   uning   o z	
ʻ
tilida,   unga   manzur   bo ladigan   asar   yaratish   lozim,   deb   hisobladi.   "Xamsa"	
ʻ
yaratish Navoiy uchun ham, umuman, o zbek mumtoz adabiyoti va uning istiqboli	
ʻ
uchun ham katta va ma’suliyatli imtihon bo ldi.	
ʻ
Hazrat   Navoiyning   o zi   e’tirof   etishicha,   u   "Xamsa"ni   olti   oy   ichida	
ʻ
yozgan.   Lekin,   bu   mashaqqatli   mehnatga   uzoq   tayyorgarlik   ko rgan.U   25-27	
ʻ
yoshlaridan   42   yoshigacha   ham   ilmiy   salohiyat,   ham   badiiy   mahorati   jihatidan
muayyan   baland   darajaga   yetadi,   ham   yozilajak   asar   uchun   material   yig adi,	
ʻ
fikrlarini   "pishitadi".Shoirgacha   turkiy   tilda   bitilgan   Yusuf   Xos   Hojibning
"Qutadg u   bilig",   Ahmad   Yugnakiyning   "Hibbat   ul-haqoyiq",   Haydar	
ʻ
Xorazmiyning   "Mahzan   ul-asror"   kabi   epik   asarlari   bor   edi.Lekin,   turkiy
adabiyotda   "Xamsa"   tipidagi   turkum   asarlar   tajribasi   yo q   edi.  	
ʻ Alisher   Navoiy
"bunday   asarni   yaratisdan   maqsadim   "Xamsa"ni   takomillashtirish   edi,   bu   asar
xalqning   mayliga   loyiq   bo lishi   kerak",   deydi.   U   o zaro   o xshash   narsalardan	
ʻ ʻ ʻ
o xshamaydigan - 	
ʻ nazirai benazir  - narsalarni dunyoga keltirdi.
Shayx   Nizomiy   Ganjaviy   o z   asarini   Sharq   ma’rifiy   yuksalishining	
ʻ
boshlanishida   yozgan   bo lsa,   Hazrat   Alisher   Navoiy   ijodi   Sharq   Renessansining	
ʻ
9 yakuniga   to g ri   keldi.   Navoiy   "Xamsa"si   keng   jug rofiy   hududni   qamrab   olib,ʻ ʻ ʻ
o zida Renessans davri ilmiy-badiiy tafakkuri mahsulini ifoda ettirdi.	
ʻ
"Xamsa"da arab, yunon, hind, fors, turk adabiyotshunosligi o z aksini topdi.	
ʻ
U   davr   adabiyotshunosligining   asosiy   talabi   yangi   asar   yozish   edi.Navoiyning
ulug vorligi  shundaki, eskirgan  deb hisoblangan dostonlarga  murojaat  etib, ularni	
ʻ
yangitdan   eng   baland   saviyada   qayta   yaratdi.   Bu   hodisa   faqat   jasorat   va
qahramonlik   emas,   balki   so z   topish   qiyin   bo lgan   juda   yuksak   bir   xislat   edi.	
ʻ ʻ
Navoiy   "Xamsa"si   o z   davridayoq   to g ri   tushunilgan   edi.   Bu   yuksak   mahorat	
ʻ ʻ ʻ
mahsulini   shoirning ustozi  Mavlono  Abdurahmon Jomiy  samimiy  satrlarda  madh
etib, uning mohiyatiga baho bergan edi:
Turkiy tilda dag i naqsh keldi a jab,	
ʻ
Hatto sehrgarlar bog ladi lab,	
ʻ
Bunday yoqimlinaqsh tushirgan qalam, 
Boshiga ofarin  yog dirsin olam.
ʻ
Kechirsin forsiyda gavhar terganlar,
Dariy tilda dur, g azna terganlar,	
ʻ
Buning tili ham gar bo lganda dariy	
ʻ
Majolsiz qolardi ularning bari.
("Oinai Iskandariy").
"Xamsa"da   Alisher   Navoiyning   ideallari   o zining   badiiy   ifodasini	
ʻ
topadi.Uning haqiqiy do st haqidagi, odil podshoh haqidagi orzu-xayollari "Hayrat	
ʻ
ul-abror" dostnida aks etadi."Farhod via Shirin" dostonida shoirning qahramonlari
faol, g ayratli, "Layli va Majnun"da esa qahramonlar passiv.Dostonlarni bir-biriga	
ʻ
yaqinlashtiruvchi   mushtarak   mavzu   --   komil   inson   mavzusidir.    Bu   mavzu   ularni
bir-biriga bog labgina qomay, balki mavvzuning har bir dostonda o ziga xos tarzda	
ʻ ʻ
yoritilishi ularning uslubiy  o ziiga xosliklarini namoyon etadi. Xususan, "Farod va	
ʻ
Shirin"da bu mavzu ijtimoiy  faoollik ko lamida yoritilsa, "Layli va Majnun"da esa	
ʻ
asosan   ishq   maydonidagi   ichki   kechinmalar,     ruhiy   holatlarning   chuqur   tasviri
orqali   nihoyatda   mahorat   bilan   tasvirlanadi.     Shoir   o zining   "nazirai   benazir"	
ʻ
10 "Xamsa"sini   yaratar   ekan,   ining   birinchi   dostonida   aytgan   fikrlarini   keyingi
dostonlarida   bevosita   davom   ettiradi   va   "Saddi   Iskandariy"     dostonida   o ziningʻ
yakuniy xuulosasiini bayon  etadi.
Hazrat   Alisher   Navoiy   "Xamsa"sini   tashkil   etuvchi   personajlarning   har
biriga     ta’rif-tavsiflar   yozadilar.   Bu   tavsiflar   personajlarga   ism   qo yishdan
ʻ
boshlanadi   va   o sha   boblarda   bayon   etilgan   voqea   va   fikrlar   qisqacha,   ammo	
ʻ
go zal   badiiy   tasvirlarda   bog lanib   bayon   etiladi.   Agar   shoirning   personajlarga	
ʻ ʻ
bergan   ta’rif-tavsiflari   bir   joyga   yig ilsa,   "Xamsa"dagi   asarlar   mazmunining	
ʻ
Alisher Navoiy tomonidan yozilgan qisqacha nasriy bayoni yuzaga keladi.
Personajlarning badiiy libosi boy va rang-barang. Shuning uchun ham
Navoiy "Xamsa"sidagi personajlarning ta’rif va tavsiflariga Alisher Navoiy nasriy
ijodining bir ko rinishi sifatida qaralsa bo ladi. 	
ʻ ʻ
Alisher   Navoiy   "Hayrat   ul-abror"   dostonidagi   ideallarini   "Farhod   va
Shirin"   dostonida   yoritib   beradi.Navoiyga   qadar   turli   xalqlarning   yozma
adabiyotida,   xalq   og zaki   ijodida   hamda   badiiy   adabiyotda   bu   syujetdagi   kabi	
ʻ
asarlar   bor   edi.   Ammo,   Navoiy   tamoman   yangi   mazmun   va   uslubdagi   asar
yaratishni niyat qiladi:
Ani nazm etki, tarxing toza bo lg ay,	
ʻ ʻ
Ulusqa mayli beandoza bo lg ay.	
ʻ ʻ
Farhod   timsoli   barcha   asar   va   rivoyatlarda   xalq   nazdida   mehnatkash   inson
sifatida namoyon bo ladi. Xorazm vodiysida tarqalgan rivoyatlarga ko ra Farhod -	
ʻ ʻ
toshyo nar,   Sirdaryo   vodiysida   esa   Farhodning   kanal   qazishi   haqidagi   rivoyatlar	
ʻ
bor.   Bu   fikrlar   yozma   adabiyotda   ham   qayd   ettirilgan:   sosoniylardan   bo gan	
ʻ
Xusravi   Parvez   haqidagi   asarlarda   hamda   birinchi   bo lib   bu   mavzuda   doston	
ʻ
yozgan Firdavsiyning "Shohnoma"sida bu syujet o z ifodasini topadi. 	
ʻ
Nizomiy   Ganjaviy   badiiy   jihatdan     yangi   "Xusrav   va   Shirin"   dostonini
yuzaga   keltiradi.   Nizomiyning   dostonida   Xusrav   podshoh   va   oshiq   bir   kishi.
Navoiyning   fikricha,   Xusrav   podshoh   ekan,   haqiqiy   oshiq   bo la	
ʻ
11 olmaydi.Dostonning bosh qahramoni - Shirin.Farhod dostonda faqat bitta epizodda
- Shirinni sut bilan ta’minlash uchun sut kanalini qazish lavhasida ko rinadi.ʻ
Xusrav   Dehlaviy   bu   syujetdagi   dostonini   "Shirin   va   Xusrav"   deb
ataydi.Dostonda bosh qahramon - Xusrav.U Nizomiyning qahramonidek ma’naviy
tarbiyalanuvchi,   "tuzaluvchi"   Xusrav   emas,   balki   u   boshdan   oyoq   adolatli
shohdir.Hazrat   Navoiy   dostonidagi   Xusrav   obrazi   ham   avvalgi   shoirlarning
asarlaridagi   Xusravdan   farq   qiladi.Bu   obraz   talqini   Navoiyning   ijtimoiy-siyosiy
dunyoqarashi asosida yuzaga kelgan.Shu boisdan ham bu dostondagi Xusrav salbiy
qahramondir.
Nizomiy   dostonida   Farhod   faqat   hunarmand   edi.Dehlaviy   dostonida   esa
Farhod   -   shahzoda,   Chin   xoqonining   o g li.   Dehlaviy   asaridagi   Shirin   Nizomiy	
ʻ ʻ
tasvirlagan Shirindek mag rur emas, u boshqa Shirin.	
ʻ
"Xamsa"larning Alisher Navoiy davrigacha bo lgan dostonlarida personajlar	
ʻ
talqini   o zgarib   boradi.   Alisher   Navoiy   Nizomiy   Ganjaviy   va   Xusrav   Dehlaviy	
ʻ
ijodiy   an’analarini   davom   ettirib,   o zining   takrorlanmas,   yangi   "Farhod   va	
ʻ
Shirin"ini   maydonga   keltiradi.   U   Farhodda   o sha   zamondagi   shahzodalarda	
ʻ
bo lmagan   sifatlarni   muassamlaydi.Ya’ni,   shoir   davr   ijtimoiy   tafakkuridagi	
ʻ
masalalaridan   bittasi   -   "Shahzoda   qanday   bo lishi   kerak?"   degan   savolga   javob	
ʻ
izlaydi.Alisher   Navoiy   o z   dostonida   ideal   shahodani   emas,   komil   insonni	
ʻ
gavdalantiradi.Dostonda namunali shahzoda yaratish g oyasi borligi tufayli Farhod	
ʻ
timsoli nihoyatda kengayib ketadi.Shoir bu timsolni yaratishda xalq og zaki ijodiga	
ʻ
ham   murojaat   qiladi.Navoiyning   Farhodi   dev   emas,   ammo   devning   ishini   qiladi,
suv kanalini qazadi.Chunki, sutdan ko ra xalqqa suv kerak.	
ʻ
Navoiyning   Shirini   ham   mustaqil,   nihoyatda   ajoyib   tarbiya   topgan,   atrofi
hunarmand, bilimdon qizlar bilan o ralgan timsol.Shirin har jihatdan go zal inson.	
ʻ ʻ
Uning   ma’naviy   dunyosi   va   uni   o rab   turgan   muhit   ham   har   jihatdan   Farhodga
ʻ
mos,   go zal   va   yuksak   darajada.   Shirin  va   Farhod  bir-birlariga   muvofiq   shaxslar.	
ʻ
Ularning ajoyib insonlar bo lib yetishuviga sharoit yaratuvchilar bor edi.Bulardan	
ʻ
biri   Farhodning   otasi   -   xoqon,   ikkinchisi   -   Shirinning   ammasi
12 Mehinbonu.Navoiyning romantik qahramonlari maydonga kelishi uchun romantik
sharoit mavjud edi. Shoir bu ikki badiiy timsol misolida ham o z davri uchun, hamʻ
o zidan   keyingi   barcha   davrlar   uchun   ibrat   bo la   oladigan   ma’naviy   go zal   va	
ʻ ʻ ʻ
samimiy, komil insonlar konsepsiyasini yaratadi.
Shoir   ushbu   dostonda   dunyo   hayotida   har   jihatdan   poklikka   erisgan   komil
yigit va komila qiz haqidagi mulohazalarini. Farhod va Shirin timsollari vositasida
yoritib  beradi.Farhod  va  Shirin  sarguzashti   fojia  bilan  tugaydi.  Lekin,  doston    bu
bilan     tugamaydi.   Farhodning   ko kaldoshi   Bahrom   Arman   o lkasiga   kelib   do sti	
ʻ ʻ ʻ
shahzodaning o zini emas, qabrini topadi. U ko z yoshlarini to kib:	
ʻ ʻ ʻ
Ko zim chiqsun seni ko rguncha mundoq,	
ʻ ʻ
Kesilsun til seni so rguncha mundoq,	
ʻ
Nelar kelmush boshingga g urbat ichra,	
ʻ
Ne g urbatlar chekibsan kulfat ichra,	
ʻ
deya faryod qiladi. Bahrom Xusravning o g li Sheruyani jangda yengadi va	
ʻ ʻ
Armanistonga   odil   hokim   qo y'ib   ketadi.   Shu   bilan   birga   zulmga   chek   qo yilib,	
ʻ ʻ
adolat   tantana   qiladi.Bunday   xotima   bilan   Alisher   Navoiy   o z   ideallariga   qattiq	
ʻ
ishonishini namoyish etadi. U Farhodu Shirinlar maqsadiga yetolmay vafot etsalar-
da, baribir Bahromlar keladi va haqiqat g alaba qozonadi, degan fikrni bayon etadi.	
ʻ
Alisher   Navoiyning   ushbu   dostoni   ikki   jins   vakillari   bo lmish   yetuk,   ma’rifatli	
ʻ
insonlarga qo yilgan oltin haykal sifatida faqat o zbek kitobxoni tomonidan emas,	
ʻ ʻ
Yevropa,   runs   va   boshqa   xorijiy   sharq   xalqlari   tomonidan   ham   sevib   o qiladi.	
ʻ
Shundan   kelib   chiqib,   ushbu   ilmiy   ishda   qo limizdan   kelganicha,   ana   shu	
ʻ
personajlardan   ayrimlarining   ta’rif-tavsiflari,   badiiyati,   matnini   sharh   va   talqin
qilishga urinib ko rdik. Ushbu tadqiqot ishi Alisher Navoiy "Xamsa"sini o rganish	
ʻ ʻ
va tahlil etishda oz bo lsa-da ahamiyatli degan umiddamiz.	
ʻ
Umuman,   bu   davrda   yaratilgan   maqolalarda   Navoiy   ijodini   o‘rganishning
asosini tashkil yetuvchi quyidagi qator masalalar tahlil yetiladi:
  Navoiyni     o‘zbek   adabiyoti   va   adabiy   tilining   asoschisi,   deb   hisoblar
ekanmiz,   demak,   oldimizda   turgan   birinchi   masala   uning   ijodini   milliy   mafkura
13 asosida   o‘rganish,   shoir   asarlarining   milliy   xususiyatlarini   aniqlash   va   o‘rgatish,
xalqimizning   milliy   g‘ururi,   kuch-qudratini   qayta   tiklashda   Navoiy   merosiga
ma’naviy negizlardan biri sifatida qarash va tatqiq etishdir. O‘z xalqini, uning tili
va   madaniyatini   sevishni   biz   Navoiydan   o‘rganmog‘imiz   kerak.   Buyuk   shoirning
“Xamsa”,   “Xazoyin   ul-maoniy”,   “Mahbub   ul-qulub”,   “Muhokamat   ul-lug‘atayn”
kabi asarlari xalqimizning yeng katta ma’naviy boyligi, faxri va g‘ururidir.
Biz   Mustaqillik   sharoitida   o‘z   milliy   qadriyatlarimizni   mumtoz
adabiyotimiz,   Navoiy   kabi   ijodkorlarning   adabiy   merosidan   ayru   tasavvur
etishimiz  mumkin  emas.   Uning  har  bir   asarini  xalqimizning  milliy  dunyoqarashi,
milliy   xarakteri,   urf-odatlari,   tili,   dinidan   kelib   chiqib   tadqiq   etish   asosiy
vazifalarimizdan biridir.
Navoiy adabiy va ilmiy merosining nafaqat o‘z davri, balki hamma zamonlar
uchun ahamiyatini hayotiy mazmuni belgilaydi. Uning har bir asarini o‘z davridagi
ijtimoiy-siyosiy turmush, ma’naviy-madaniy tamoyillar bilan bog‘lab, tarixiy fakt
sifatida o‘rganish va baho berish zarur.
Bunday   munosabat   esa,   tabiiyki,   tarixni   va   unga   mansub   merosni   xolisona
o‘rganish borasidagi bugungi talab-ehtiyojlar bilan vobastadir.
Navoiy   asarlarini   chuqur   o‘rganishning   yana   muhim   yo‘li   ularni   muallif
shaxsiiyati   va   uning   o‘zigagina   xos   she’riy   iste’dodi   ideallari   va   intilishlari   bilan
birgalikda tatqiq etishdan iborat.
Tarixiy  siymo  sifatida  Navoiy   shaxsi   va  ijodining  hamma   davrlarga  o‘rnak
bo‘ladigan   fazilatlari   ko‘p.   Lekin   u   birinchi   o‘rinda   shoir.   Uning   shoirligi   esa
adabiy   iste’dod,   she’riy   mahorat   masalalari   bilan   belgilanadi.   Binobarin,   har
qanday sharoitda ham biz Navoiy ijodini tadqiq etishda uning asarlaridagi badiiylik
muammolarini o‘rganishga asosiy e’tibor qaratmog‘imiz darkor.
Alisher Navoiy adolatli tuzum, erkin shaxs, ma’naviy komil inson haqidagi
qarashlarini   nazmiy   tarzda   ifoda   etgan   mutafakkir.   Shu   bilan   bir   qatorda,   u
betimsol  so‘z san’atkori ekanligi yuqoridagi fikrni quvvatlaydi.
14 Navoiy  ijodini   biz  har   taraflama   chuqur   tushina   olamiz,  shu   vaqtdaki,   agar
biz   uning   asarlariga   ilmiy-nazariy   jihatdan   yondashib,   bu   sohada   fundamental
tadqiqotlarga   birinchi   darajali   o‘rin   bersak.   Shu   bilan   birga,   nazariy
qarashlarimizda,   adabiy   merosni   yoritish   bilan   bog‘liq   konsepsiyalarimizda
yangiliklar va yangicha yondashuvlar ham bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Ko‘rinadiki, bir xil yo‘nalishdagi fikr-mulohazalar muayyan ijodkor merosi
haqida   to‘liq   tasavvur   bera   olmaydi.   Binobarin,   yangicha   tadqiqotlar   yangi
qirralarning ochilishiga zamin hozirlaydi.
Hayotimizda   Mustaqillik   sharofati   bilan   o‘zbek   tilini,   uning   tarixini
o‘rganishga   katta   e`tibor   berish   zarurati   bor.   Bunda   adabiy   tilimizning   asoschisi
bo‘lgan   Navoiy   asarlari   tili,   uslubini   o‘rganish   masalalari   birinchi   o‘rinda   turishi
kerak.
Ma’lumki,   Navoiy   merosini,   xususan,   uning   lirikasini   davriylik   asosida
o‘rganishda ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Biroq bu bilan cheklanib qolmaslik
masalasi quyidagilarda aks etgan:
Adabiy   aloqalar   hamisha   ham   bardavom   ekanligiga   ko‘plab   misollar
keltirish mumkin. Buning birgina isboti “Xamsa” voqyealaridir.
Navoiyning boy yuksak ijodi faqat o‘zbek adabiyoti tajribalari asosida emas,
balki   butun   Sharq   adabiyoti   va   madaniyati   yutuqlari   asosida   yuzaga   kelgan.
Binobarin,   Navoiy “Xamsa”sining  o‘ziga xos  xususiyatlarini, yangiliklarini  fors-
tojik,   ozarbayjon,   arab,   hind   va   boshqa   adabiyotlar   bilan   aloqadorlikda
o‘rganmog‘imiz   kerak.   Bu   sohada   navoiyshunoslarimiz   boy   tajribaga   ega.   Bu
yaxshi an’analar bundan keyin ham davom ettirilmog‘i zarur.
    Navoiy   dostonlarini,   xususan,   “Far h od   va   Shirin”   dostonini   Amiriy
“Dahnoma”si   bilan   qiyoslaganda,   garchi   Navoiy   Amiriyning,   “turkcha   she’ri
yaxshi   voqye’   bo‘lubtur,   ammo   shuhrat   tutmabtur”   (“Majolis   un-nafois”ning
birinchi   majlisi)   deb   yozgan   bo‘lsa   ham,   o‘zi   uning   ijodini   yaxshi   bilgan,   undan
ijod sirlarini o‘rgangan.
15 Albatta ,   bunday  bo‘lishi   tabiiy  hol.  Chunki   bir  davr  ijodkorlari  bir-birining
asarlari bilan tanishuv orqali muayyan xulosalarga keladi.
Amiriy “Dahnoma”ning kirish qismida Boysung‘ur Mirzo saroyidagi ilm va
san’at ahllari haqida quyidagi satrlarni bilgan:
              Biri  h ay ’ at riyozidin terib gul,
              Biri  h ikmat shifosidan berib mul.
              Biri Iqlidus ashkolin hal etib,
              Biri ko‘k jadvalinda madhal etib.
              Biri biri fiqh ichida asrab maqomin,   
              Biri mantiq sori yeltib kalomin.
              Biri jufri xuruf iqlimida Qof,
              Biri tarix maydoninda avsof.
              Biri ash’or bahrinda suv ochib, 
              Biri advor rudinda so‘z ochib...
Bu o‘rinda gap, hech shubhasiz, Boysung‘ur akademiyasi haqida bormoqda.
Navoiy ham  “Farhod va Shirin” dostonida Mohinbonu saroyidagi olima, shoira va
san’atkorlarni xuddi shu yo‘sinda tasvirlagan edi:
               Kelib har qaysi bir fazl ichra mohir,
               Ma h orat shevasi  h ar birda zo h ir.
               Biri ash’or bahri ichra g‘avvos.
               Biri advor davri ichra raqqos.
               Biri mantiq rusumida raqamkash,
               Biri hay’at ruhumiga qalamkash.
               Birinchi shevasi ilmi haqoyiq,
               Balog‘atda biri aytib daqoyiq.
               Biri tarixda so‘z aytib fasona,
               Biri hikmat fani ichra yagona.
               Hisob ichra birining zehni borib,
16                Muammoda birisi ot chiqarib...
Navoiy   ijodining   yuzaga   kelishi   va   rivojlanishida   Sharq   xalqlari
adabiyotlari,   ayniqsa,   forsiy   tildagi   adabiyot   muhim   rol   o‘ynagani   hammaga
ma’lum.   Bu   masalani   o‘rganishga   Ye.E.Bertels,   O.Sharafuddinov,   S.Ayniy,
V.Zohidov,   V.Abdullayev,   H.Arasli,   A.Mirzayev,   E.Shodiyev,   S.Narzullayeva,
S.Erkinov,   B.Valixo‘jayev,   N.Komilov,   R.Vohidov,   M.Muhiddinov   va   boshqalar
katta hissa qo‘shdilar. 
Navoiy   o‘zbek   tilida   “Xamsa”   yozishga   kirishib,   “Hayrat   ul-abror”
dostonining kirish qismidagi ikkinchi munojotda Alloh taoloning rahmdilligi bilan
bir   qatorda   cheksiz   va   tengsiz   kuch-qudratini,   xohlasa,   bir   necha   daqiqada   butun
dunyoni ostin-ustun qilib yubora olishini tasvirlar ekan, bunda u ma’lum darajada
Nizomiyning   Ganja   zilzilasi   tasviridan   ham   ilhomlangan,   yuz   berishi   mumkin
bo‘lgan   umumjaxon   halokati   tasvirini   Nizomiy   uslubida   aniq   mubolag‘aning
tablig‘ va ig‘roq usullari orqali gavdalantira olgan.
Navoiyning an’anaviy mavzularda yozgan dostonlari va she’rlarida salaflari
asarlari   bilan   obrazlar   va   syujetlar   talqinida   o‘xshashliklar   va   yaqinliklar   bo‘lishi
bilan birga ayrim fikrlar va baytlarda aynan o‘xshashlik va yaqinliklar mavjud.
Navoiyning   shu   dostonida   kamtarlik   qilib   salaflari   asarlarini   suv,   gul   va
lolaga qiyoslagan holda o‘z asarini o‘tinga o‘xshatishi xarakterli:
                     Sarvu gulu lola xaridori bor:
                     Lek o‘tunning dog‘i bozori bor.
Xuddi   shunga   o‘xshagan   bayt   Xusrav   Dehlaviyning   “Majnun   va   Layli”
dostonida ham bor:
                       Gar lolavu sarv dar shumor ast
                       Oxir xasu xor  h am ba kor ast.
(Lola va suv  yaxshi  hisobga  o‘tadi, lekin xas  va tikon ham  bir  ishga yarab
qoladi).
17 Bunga o‘xshash  misollarni  Navoiy dostonlari  va she’rlaridan yana keltirish
mumkin.   Bizningcha,   bunday   o‘xshash   baytlarni   Sharq   she’riyatida   ma’lum
darajada o‘rin tutgan tazmin san’ati sifatida baholash to‘g‘ri bo‘ladi.
Navoiy   ijodini   o‘rganishning   eng   muhim   manbalaridan   yana   biri,   albatta,
shoir   ijod   qilgan   davr,   u   yashagan   real   tarixiy   sharoit,   u   nafas   olgan   m adaniy
muhitdir. Navoiy ijodini  bu s i z   tasavvur  etish  qiyin. Uning asarlari  shu  muhitning
mevasi. Bu  sohada  katta ishlar  qilingan. Lekin bu masalani  yoritishda ham  yaqin
o‘tmishda   ma’lum   bir   yoqlamaliklarga   yo‘l   qo‘yilganini   tan  olish,   endilikda   buni
tuzatish   kerak.   Masalan,   Navoiy   yashagan   adabiy   muhit   talqinida   Husayn
Boyqaroning   roli   ko‘p   vaqt   salbiy   baholangan,   kamsitilgan.   Ma’lumki,   Husayn
Boyqaro   Navoiy   darajasida   bo‘lmasa   ham,   umuman   iste’dodli   shoir   bo‘lgan,
Navoiy   “Majolis   un-nafois”da   Husayn   Boyqaroning   original   g‘azallar   yozganini
ta’kidlaydi va buni misollar bilan isbot qiladi. Shu bilan birga Navoiy “Xazoiyn ul-
maoniy”   devonini   tuzar   ekan,   Husayn   Boyqaro   bu   katta   ishda   mas’ul   muharrir
vazifasini bajargan [qarang: Hayitmetov]. 
Ma’lum   davrda   yashagan   hamkor,   ham   fikrlar   ijodi   ham   adabiy   ta’sirda
o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Navoiy   ijodining   yana   bir   muhim   manba y i   diniy   va   so‘fiy   adabiyotlardir.
Navoiyning   so‘fiy   adabiyotga   munosabati   uning   Farididdun   Attor,   Bahouddin
Naqshbandiy,   Abdulla   Ansoriy,   Said   Hasan   Ardashir   va   boshqalar   bilan
yaqinligini   o‘rganish   misolida   ma’lum   darajada   tadqiq   etilmoqda.   Ammo
Navoiyning diniy adabiyotga munosabati, diniy adabiyotlar, xususan, “Qur’on” va
hadislar ijodining doimiy va muhim manbalari bo‘lgani, o‘z davri ijtimoiy-siyosiy
va madaniy-ma’naviy masalalarini ulug‘ shoir ko‘p vaqt shu asarlarga suyanib hal
etganligi shu paytgacha deyarli o‘rganilmadi, hatto, bundan ko‘z yumib kelindi.
A.Hayitmetov   bu   boradagi   kuzatishlarni   “Xamsa”   materiallari   asosida
dalillar   ekan,   uning   eng   muhim   belgilarga,   adolat   haqidagi   qarashlar
sarchashmalariga e’tibor qaratadi.
18 Navoiyning   “Xamsa”   dostonlaridagi   insonni   ulug‘lash   bilan   bog‘liq   ko‘p
fikrlari,   avvalo,   ”Qur’on”dan   olingan.   Chunki   “Qur’on”da   yozilishicha,   xudo
insonning   martabasini   shunday   ulug‘   qilib   yaratganki,   hamma   farishtalar   unga
sajda   qilgan.   Faqat   shaytongina  bundan  bo‘yin  tovlagan.  “Xamsa”  dostonlarining
kirish qismlarida Navoiy o‘zi ham o‘z gaplarining “Qur’on” so‘zlari bilan bog‘liq
ekaniga ko‘p ishorlar qilgan. Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida axloq masalalari
yuzasidan   atroflicha   fikr   yuritar   ekan,   bu   masalalar   talqinida   “Qur’on”ga   faol
murojaat   qiladi.   U   masalan,   inson   hayotida   qanoat   qilish   katta   fazilat   ekanini
tushuntirmoqchi bo‘lar ekan, “Qur’on”dan “Azza man qana”-“Kim qanoatli bo‘lsa
izzatli bo‘ladi” iborasi keltirilgan. Bunday misollar juda ko‘p.
Navoiy   o‘sha   davrning   alloma   bilimdonlari   arab   tili,   diniy   va   ilmiy
adabiyotini   chuqur   egallagan   Shayx   Sadriddin   Ravosiy,   Shayx   Kamol   Turbatiy,
Sayid   Hasan   Ardasher,   Xoja   Muhammad   Astrabodiy,   Xoja   Yusuf   Burxon,
Abdurahmon   Jomiy,   Mavlono   Fasihiddin   Sohib   kabi   olimlardan   juda   ko‘p   dars
olgan.   Ammo   shoirning   ko‘proq   vaqti   o‘sha   davrning   mashhur   olimi   Abu   Lays
Fazlulloh   oilasida   va   uning   madrasasida   o‘tgan.   Abu   Lays   Fazlulloh
Samarqandning   “a’lomul   ulamosi”   (olimlar   olimi)   edi.   Navoiy   uning   boy
kutubxonasidan   samarali   foydalandi.   Ikki   yil   uning   madrasasida   tinimsiz   tahsil
qilishi Navoiyga arab tilini, fiqh shariat ilmlarini, Qur’on va hadislarni, arab nasriy
va nazmiy adabiyotini nihoyatda chuqur o‘rganish imkonini beradi.
Ko‘rinadiki, Alisher Navoiyning til, shariat qonunlari va unga oid bilimlarini
yanada  takomillashtirishida  Samarqandda  olgan  bilimlari  ham  asosiy   o‘rin tutadi.
Shu   bilan   birga,   u   o‘z   davri   dunyoviy   bilimlardan   ham   kengroq   bahramand
bo‘lgan.
Navoiyning “Hayrat ul-abror” asarida, ayniqsa, ba’zi diniy fikrlar yoritilgan.
Shoir   har   asarining   birinchi   bobini   bismilloh-ir   rahmon-ir-rahim   tavsifiga,   bir
bobini hamd (tangrini maqtash , to‘rt bobini munojot (tangridan najot so‘rash) va
besh bobni  na’at  (payg‘ambarni  maqtashga)  bag‘ishladi. Bu boblardan Qur’on va
19 Hadisga   anchagina   ishora   qilingan,   axloq,   odobga   oid   ko‘plab   misollar   ham
keltirilgan. 
“Farhod   va   Shirin”da   tasvirlanishicha,   Xoqon   oilasida   dunyoga   kelgan
Farhodga   nom   qo‘yish   masalasiga   shoir   alohida   e’tibor   berib,   shu   nomni   talqin
qilishda,   Farhodning   tugulishi-kelajakdagi   komil   insonning   tug‘ulishi   sifatida
sharhlaydi:
         Ki chun xoqonga tengri berdi farzand 
       Bo‘lib ul h o dya birla shodu xursand 
      
         Jamolidin ko‘ringoch, farri shohi
          Bu fardin yorudi mah to bo mohi
         
Qo‘yib yuz himmati iqboli davlat
          Hamul far soyasidin topti ziynat 
         
Bu javharlarga chun ijod topti
          Murakkab aylagach Farhod topti.
                                                               (Mat.8-tom 66-67- bet)
Keltirilgan   misolning   uchunchi   va   to‘rtinchi   baytlarda   Farhod   so‘zining
ma’nosi quyidagicha sharhlangan:
Uchinchi baytda chaqoloqning yuzidan shohlik shukuhi, yorig‘ligi ko‘rinadi.
Bunda   Farhod   so‘zining   birinchi   qismi-“far”   izohlagan.   To‘rtinchi   baytda   esa
Farhod   so‘zining   ikkinchi   qismi   -“hod”   shunday   izohlanadi:   uning   “h”   harfi
“himmat”   sozining   birinchi   harfidan,   “alif”dan,   uchinchi   harfi   “d”   “davlat”
so‘zining   birinchi   harfidan   olingan   bo‘lib,   ular   to‘plansa   (“h”Q   “0”Q   “d”)   “hod”
so‘zi   kelib   chiqadiki,   uning   ma’nosi   “yo‘l   boshlovchi”   dir.   Bas   shunday   ekan,
Farhod   so‘zining   ma’nosi   shohlik   shon-shuhratiga   ega   bo‘lgan,   himmati   iqbol
baxtu-saodat va davlat sohibi degan ma’noni anglatadi.
Bu “far” ni “hodi” yi baxt yetgach irshod,
20 Ravon shahzoda otin qo‘ydi Farhod.
                                                                (Mat. 8-tom 67-bet)
Bunda   shoir   “Farhod”   so‘zini   ikki   qismga-“F a r”Q”hod”   bo‘lib   shunday
sharhlaydi:   shohlik   shon-shukuhi   va   oliyjanob   fazilatlar   yegasi   bo‘lgan   shahzoda
Farhod   baxt   tomon   “ h odiy”   lik-yo‘lboshchilik   qiluvchi   shaxsdir,   ya’ni   Farhod
baxtli bo‘lishga intiluvchilar rahnamosidir.
               Bu nav’ ermas ato qo‘ymadi otin.
               Ki ko‘rgach ishq oning pokiza zotin.
               Ancha Farzona Farhod ism qo‘ydi,
               Xurufi ma’xozin besh qism qo‘ydi.
               Firoqi rashqi hajri o h  ila dard,
               Biror  h arf i b tidodin aylabon f a rd.
               Borin  u stodi ishq etgach murakkab,
               Tarak k ubdin bu ism o‘ldi murakkab.
                                                                      (MAT, 8-tom, 67-bet).
Bunda shoir Farhod so‘zining har bir xarafi “firoq”, “rashk”,”hajr”, “oh” va
“dard” so‘zlarining birinchi harflaridan, (“firoq”dan “f”, “rashk”dan “r”, “hajr”dan
“h”, “oh”dan “o” va “dard”dan “d”) iboratligiga ishora qilib, bu bilan Farhodning
“ishq” ahlidan ekaniga urg‘u beradi.
Farhod.
                Demonkim, ko‘ngli poku ham ko‘zi pok,
                Tili poku so‘zu poku o‘zi pok.
                                                                     (MAT, 8 - tom, 18 - bet.)
Bir   olijanob   inson   sifatida   ham   shakllanib   boradi.   Bu   bayt   “Hayrat   ul-
abror”dan oshiq haqida:
               Oshiq oni bilki erur dordnok,   
               Ham tili, ham ko‘ziyu, ham ko‘ngli pok
deb   yozganlarning   Farhod   misolida   amalga   oshganini,   ya’ni   umumlashma
fikrlarining badiiy obrazda mujassamlashganini ko‘rsatadi.
21 Navoiy   ijodining   asosini   tashkil   etgan   ishq   falsafiy   “Farhod   va   Shirin”
dostoniga kelib yanada avj pardalarda tarannum etganini ko‘ramiz. Bir umr qaqnus
yang‘lig‘   ishq   deya   nola   chekkan   shoir   go‘yo   Farhod   timsolida   o‘z   qalbining
anduhli   o‘rtanishlarini,   shaxsiy   ishq   asarlarini   aniq   bir   ehtiros   bilan   kuylaganga
o‘xshaydi.
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlari hazaj
bahrda yozilgan.
Hazaj – (arabcha – yoqimli ovoz) aruz she’riy tizimida “mafoiylun”   (v - - -)
asli va uning tarmoqlari takroridan yuzaga keladigan bahr. 
Far h oddagi   yaratuvchanlik,   xalqsevarlik   kabi   ulug‘   fazilatlar,   Shirinning
betimsol   darajadagi   vafodorligi   kabilar,   darhaqiqat,   xalqimiz   milliy   ongiga   juda
yaqin va hamohangdir.
“Farhod va Shirin”- Alisher Navoiy  “Xamsa”sining ilk masnaviysi “Hayrat
ul-abror”dagi   umumbashariy   fikr-mulohazalardan   nur   olib   sharq   she’riyati
ixlosmantlarining   qalbida   yolqin   o‘t   paydo   qilgan   buyuk   beshlik   tarkibidagi
syujetli dastlabki dostondir.       
Doston   muallifi   she’rxon   hukmiga   havola   etgan   tamsil   negizida   o‘zi
qalamga olgan voqyealar tizmini nazarda tutadi.
Asar   muallifi   Farhod,   Xusrav   va   Shirin   muhabbati   mojarolari   mavzuida
badiiyat namunalarini ijod etgan shoirlarning qalami hali bu o‘tli ishqning barcha
siru asrorini oxirgi nuqtasiga qadar yoritishga muyassar bo‘lganliklarini va hali bu
borada aytilmagan so‘zlar topilishidan umidvorligini bayon etdi.
Farhod   obrazini   dostonning   bosh   qahramoni   darajasiga   ko‘taradi.   Orif
Ardabeylida   kuzatilgani   kabi   Chin   hoqonining   o‘g‘li   shahzodadir.   Akademik
B.Valixo‘jayev “Farhodnoma”ning qisqacha mazmunini quyidagicha bayon yetadi.
“Dostonning   birinchi   qismi   Nizomiy   va   Xusrav   Dehlaviylarda   bo‘lmagan   voqiya
bilan   Farhodning   abxaziyalik   mashhur   toshyunar   ustaning   qizi   Gulistonga   oshiq
bo‘lishi bilan boshlandi. Voqiyea davom etib Farhod Abxaziyaga kelib Gulistonga
22 uylanadi. 3 farzand ko‘radi. Gulistonda vafot  etadi. Shundan so‘ng dostonning 2-
qismi boshlanib, Farhodning vafoti bilan nihoyasiga yetadi. 
“Farhod   va   Shirin”da   Hoqonga   (asarda   uning   nomi   berilmagan)   qanday
samimiyat   ko‘rsatilgani   ma’lum.   Otaning   ibrati   o‘g‘il   qismatida   sayqal   topadi,
degan   hikmat   bor,   bu   urinishda.   Ammo   mazkur   aqida   Alisher   Navoiy   asarlarida
hamisha   ustuvor   emas,   albatta.   Chunki   hayot   hamma   uchun   birday   kechmaydi.
“Qushning   palaponi   inida   ko‘rganini   qiladi”,   -   hikmati   ulug‘   shoir   uchun   ham
begona   emas.   “Farhod   va   Shirin”   dostonidagi   Xusrav   Parviz   va   uning   o‘g‘li
Sheruyalarning  ayanchli  fojealari   misolida  doston   muallifining  o‘sha  xalq  maqoli
mohiyatiga   mayl   ko‘rsatganligi   yaqqol   seziladi.   Biroq   “Xamsa”   tarkibidagi   talay
ibratli voqyealar tasviri jarayonida Alisher Navoiyning insonni o‘rab olgan muhit,
bolaga   beriladigan   tarbiyaning   ta’sir   kuchiga   ishonch   tuyg‘ulari   ham   balandlik
qiladi.
“Farhod   va   Shirin”,   “Sab’ai   sayyor”,   “Saddi   Iskandariy”   dostoni   yetakchi
qahramonlarining  dardi   yakrang.  Umuman,  aksariyat  asarlarimiz  uchun  ham  ayni
masala tayanch muammo vazifasida keladi. Ahvolning bunday tus olishi tasodifiy
emas, albatta.   Ayni g‘oya inson va hayot masalasining o‘zak maqsadidir. Chunki
dunyo   va   hayotning   borligi   vorisiylikka   tayanadi.   U   yo‘q   ekan,   hayot,   yashash,
kurash yo‘qdir. Shundan bo‘lsa kerak, borliqning eng kichik joni maxluqidan oliy
xilqat   –   insongacha   –   barcha-barchasi   o‘zidan   o‘rinbosar   qoldirish   uchun   intilib,
yashab o‘tadi.
“Farhod   va   Shirin”   dostonining   muqaddimaviy   boblaridan   birida   shunday
satrlar ko‘zga tashlanadi:
                          ...Ki inson ko‘nglin etti gulshani ishq,
                             Bu gulshanning haramin mahzani ishq.
                             Ne maxzan, har duri sham’i farog‘i,
                             Ne dur, ne sham’ durri shab charog‘i.
                             Va lekin husn o‘tin aylab jahon so‘z,
                             Bularni andin yetti olamafro‘z.
23                              Demay o‘t onikim barqi duraxshon,
                             Demay barqi duraxshon, mehri raxshon.
                             Tulu’ etti chu raxshanda xurshed,
                             Adam shomig‘a bo‘ldi sham’i jovid.
                             Aning nuri chu partav qildi zohir,
                             Bori zarrot bo‘ldilar mazohir,
                             Quyosh ma’shuqu har zot o‘ldi oshiq,
                             Dema har zot, zarrot o‘ldi oshiq (“Xamsa”, 150-bet).
Ulug‘   shoir   yaratgan   doston   va   nasriy   asarlarida   Farhod     kabi   ishq   yo‘liga
giriftor   bo‘lgan   bo‘lgan   ko‘plab   qahramonlarni   uchratamiz:   bularga   Layli   va
Majnun,   Shohbahrom   va   Dilorom,   shuningdek,   “Sab’ai   sayyor”   dostonida
uchraydigan   musofirlarning   hikoyatlarida   keltirilgan   sarguzashtlar   bilan   bog‘liq
bo‘lgan siymolarni misol qilishimiz mumkin.
Alisher   Navoiy   Farhodni   butun   vujudi   bilan   sevgan.   Shu   sababli
asarda   insondagi   barcha   go‘zalliklar   bilan   uni   bezab,   kitobxonga   taqdim   etadi   va
undan   ibrat   olishga   undaydi.   Binobarin,   Alisher   Navoiyning   “Xamsa”   asaridagi
Farhod siymosi kishilikning barcha go‘zalliklarini o‘zida singdirgan, ayniqsa, yosh
avlod   ibrat   olsa   arzigulik   sevimli   qahramon   darajasiga   ko‘tarilgan.   Uning   qilgan
ishlari,   jasorati,   Shiringa   bo‘lgan   muhabbati,   Arman   cho‘liga   suv   chiqarish
yo‘lidagi mashaqqatli mehnati, ilmga chanqoqligi, oddiy fuqarolarga mehribonligi,
saxiyligi,   vatanparvarligi,   mamlakatning   osoyishtaligi   yo‘lidagi   kurash   bugungi
kundagi   ijtimoiy   hayotimizning   ham   mezoni   desak,   adashmagan   bo‘lamiz.
Binobarin,   Farhod   siymosidagi   jasorat,   insoniy   belgilar   ma’naviy   hayotimizning
ruhiyatiga,   yoshlarimizning   tarbiyasiga   ijobiy   ta’sir   etishidan   tashqari,   ibrat
vazifasini o‘tamoqda.
Hazrati   Navoiy   butun   ijodini,   borlig‘ini,   ilohiy   iste’dodini   xalqning
erkinligi,   mamlakatning   farovonligi,   odamlarning   o‘zaro   do‘stligi,   eng   muhimi,
jamiyatda   komil   insonni   bunyod   bo‘lishi   yo‘lida   sarfladi.   Navoiy   orzu   etgan
24 Farhod va Shirinlar jamiyatimizda, hayotning barcha jabhalarida o‘zlarining kuch
va qudratlarini jahonga namoyish etmoqda.
Farhod   Navoiyning   xayoli,   yurak   tubidan   joy   olib,   buyuk   shoirning
yuksak orzusidagi qahramoniga aylandi.
Natijada, Farhod timsoli  o‘zbek xalqinigina emas, qardosh xalqlar va
jahon xalqlarining sevimli qahramoni darajasiga ko‘tarildi.
Bugungi   kelajagi   porloq   yoshlarimizning   qiyofasida,   XV   asrda
yashab,   orzu   qilgan   Navoiyning   ruhiy   olami   va   qalb   sadosini   o‘zida
mujassamlashtirgan   Farhodning   barcha   xislatlari   mavjud   desak   mubolag‘a
bo‘lmaydi.   Chunonchi,   yoshlarimizning   bunyodkorlik   ishlari,   asriy   tog‘larni   zabt
etishi,   yer   qa’ridan   oltin   qazib   olishi,   paxta   maydonidagi   jonbozligi,   osmono‘par
imoratlarning   qurilishi,   minglab   kilometrlik   yo‘llarning   bunyod   etilishi,
mamlakatni bog‘u bo‘stonga aylantirishi, ilm-fan bobida dunyo olimlarini hayratda
qoldirishi,   sport   sohasida   jismonan   Farhod   va   Alpomishlardek   baquvvat   bo‘lishi,
Navoiy orzularining hayotiy va real ekanligidan dalolat [Xudoyberdiyev, 64].
Alisher   Navoiy   “Xamsa”dagi   uchinchi   doston   “Layli   va   Majnun”dir.
Bu   doston   1484-yilda   hazaji   musaddas   (maf’ulu   mafoilun   faulun)   bahrida
yozilgan.
Alisher   Navoiygacha   bo‘lgan   davrda   hamda   uning   zamonasida   “Layli   va
Majnun” mavzusiga murojaat qilib, dostonlar yozgan shoirlar ko‘p edi.
Aslida   bu   mavzu   arab   xalqi   orasida   maydonga   kelib,   keyinchalik   islom
sivilizatsiyasi tarqalgan o‘lkalarda eng mashhur qissalardan biri bo‘lib qoldi.
Olimlarning   tekshirishlari   shundan   dalolat   beradiki,   avvalida   arablarning
bani   Omir   qabilasiga   mansub   Qays   va   uning   sevgiisi   haqidagi   qissa   maydonga
kelib, bu qissa ibn Qutayba, al-Johis, Abdulfaraj kabi olimlarning “Kitobush-she’r
va   sh-shuaro”,   “Kitob   ul-og‘oni”   nomli   asarlarida   hamda   umaviylar   davridagi
shoirlar   she’rlarida   tilga   olingan.   Keyinchalik   esa   u   islom   madaniyati   tarqalgan
g‘ayri   arab   o‘lkalarida   to‘laqonli   badiiy   asarlarning   yaratilishiga   sabab   bo‘lgan.
Ana   shunday   shoirlardan   mashhuri   Nizomiy   Ganjaviydir.   Undan   keyin   Xusrav
25 Dehlaviy,   Ashraf,   Abdurahmon   Jomiy,   Shayxim   Suhayliylar   ham   bu   mavzuda
go‘zal   asarlar   yozganlar.   Alisher   Navoiy   o‘zining   “Layli   va   Majnun”   ini
yozayotganda   eslatilgan   va   boshqa   asarlardan   xabardor   edi.   Bas,   shunday   ekan,
Sharqda   mashhur   bo‘lgan   bu   mavzuga   Alisher   Navoiyning   yana     murojaat
qilishiga bois nima edi, degan savolning tug‘ilishi tabiiy, albatta.
Bizningcha,   avvalo,   Alisher   Navoiyning   o‘z   e’tiroflaridan   kelib   chiqib,   bu
savollarga javob topish mumkin.
Birinchi   e’tirof:   Alisher   Navoiy   o‘zigacha   yozilgan   “Xamsa”larning   fors
tilida  ekanligini   uqtirib, “Xamsa”sini  o‘zbek  tiliga yozishga  kirishgani.  Demakki,
“Xamsa” tarkibiga kiruvchi “Layli va Majnun” haqidagi qissani ham o‘zbek tilida
yozgani.
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Kim shuhrati chun jaxonga to‘lg‘ay,
Turk elig‘a dog‘i bahra bo‘lg‘ay. 
                                             (MAT, 9-tom, 311-bet.)
Ikkinchi e’tirof: Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonida shu mavzuda
o‘zgacha yozilgan asarlarga, bir tomdan, o‘xshaydigan (mavzu, voqyea, timsollar),
ikkinchi   tomdan   va   eng   muhimi,   o‘xshaydigan   (voqyea,   timsollar   talqinida)   asar
yaratish   borasida   ko‘p   o‘ylagani   va,   nihoyat,   bu   masalaning   yechimini   topgani
haqida shunday yozadi:
Avvalda ko‘p ayladim taammul,
To ko‘ngluma kirdi bu taxayyul –
Kim, Ganjada ganjlar yoshurg‘on,
Har ganjigakim yasadi qo‘rg‘on.
Yo hindnajodi hunduvizod –
Kim, qasrlarini qildi obod.
Har qal’a uchun kerakdurur shahr,
Ham qasrg‘a bog‘u sabzadin bahr.
26 Bo‘lsa manga fursat ul qadar chog‘
Kim, shahr ila tarh solibon bog‘.
Bog‘ini riyozi xurram etsam,
Shar h ini savodi a’zam etsam.
(MAT, 9-tom, 34-bet)
Mazmuni:   Bu   masalada   men   ko‘p   o‘yladim   va   shunday   xayol   –   fikrga
keldim. Nizomiy o‘z dostoni bilan bir qo‘rg‘on yasadi, Xusrav Dehlaviy esa qasr
bunyod qildi. Men bo‘lsam, ularning ishini davom ettirib, “qo‘rg‘on” ni “shahr”ga
aylantirib,   “qasr”   –   atrofida   jannat   monand   bog‘lar   quraman.   Badiiy   obrazlar
(shahr,   bog‘)   tarzida   bayon   qilingan   bu   fikrni   qanday   tushunmoq   darkor?
Bizningcha,   Alisher   Navoiy   “shahar”   so‘zi   vositasida   Nizomiy   yaratgan
“qo‘rg‘on”   –   dostonni   kengaytirishni   “bog‘”   so‘zi   orqali   esa   Xusrav   Dehlaviy
yaratgan   “qasr”   dostonni   badiiy   jihatdan   yanada   go‘zallshtirishni   nazarda   tutgan.
Shuning   bilan   bir   qatorda   o‘zi   yaratadigan   dostonni   “nomai   dard”,   “hangomai
dilafro‘z”   –   dardnomasi,   yurakni   kuydiruvchi,   ya’ni   ishq   haqida,   bu   yo‘ldagi
“fig‘on bila oh”lar “ko‘z yoshlar”, ko‘ngillarning o‘t bo‘lib yonib, ohlarning uning
(kungul o‘tining) dud-tutunlari bo‘lishini nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda,
Alisher   Navoiy   bu   mavzuni   yoritishda   ruhiy   holat,   ichki   kechinmalarning
nihoyatda   go‘zal,   nihoyatda   samimiy   va   chuqur   bo‘lishiga   e’tiborni   qaratadi.
Xuddi   shuning   uchun   doston   voqyealari,   ya’ni   Layli   va   Majnun   hikoyati
boshlanmasdan avval “Ul tun mahobati ta’rifida”... deb nomlangan bobni keltirib,
ishq   vodiysining   murakkabliklaridan,   ofat   va   qiyinchiliklaridan   juda   baland
shoirona ruhda so‘z yuritadi (MAT, 9-tom, 48-57-betlar). 
Dostonda   Layli   va   Majnun   vafotidan,   ya’ni   bu   qissa   nihoyasiga   yetgandan
so‘ng yana “Ishq ta’rifidakim”   sarlavhasi bilan bir bob keltiriladi. Bu bob diqqat
bilan   o‘qilganda   shu   narsa   ayon   bo‘ladiki,   unda   Alisher   Navoiy   biz   javobini
topishga intilgan savollarga ham, doston va uning timsollarini tahlil qilish bo‘yicha
asosiy yo‘nalishlarni ham bayon etgan. Shunday tuyuladiki, go‘yo Alisher Navoiy
27 bu   bob   bilan   dostonni,   timsollarini   tushunish   uchun   ochg‘ich-kalitni   o‘quvchiga
taqdim etadi.
Demak,   dostonni   undagi   obrazlarni   tahlil   qilishda   Alisher   Navoiyning
e’tiroflari bizga ochqich-kalitlik vazifasini o‘taydi.
Bunday  mulohazaning   bayon  etilishiga  sabab  shuki,  bu  doston   haqida  juda
ko‘p olimlar fikr yuritdilar, uni har bir davr talabi asosida tahlil qilishga urindilar.
Ammo ular  Alisher  Navoiy e’tiroflaridan kelib chiqib bu asarga  yondoshmasdan,
balki o‘z tushuncha va maqsadlari asosida ish tutdilar.
Respublikamiz   mustaqillikka   erishgach,   umuman   merosga,   jumladan,
Alisher   Navoiyning   “Layli   va   Majnun”iga   ham   istiqlol   g‘oyasi   talablari   asosida
yondashish,   uni   tahlil   qilishga   urinishlar   ko‘zga   tashlanmoqda.   Masalan,
adabiyotshunos   Najmiddin   Komilovning   “Tasavvuf”   deb   nomlangan   birinchi
kitobining (Toshkent, “Yozuvchi”, 1996) “Ishq otashining samandari” bobi Alisher
Navoiy   “Layli   va   Majnun”iga   bag‘ishlangan.   Unda   dostondagi   ishqni     “ishqi
haqiqiy”   tarzida   tushinishga   moyillik   ko‘proqdir.   T.G‘ofurjonova   esa   “Layli   va
Majnun”   nashri   so‘ngidagi   izohlarda   (MAT,   9   –   tom,   318-bet)   dostonda
“tasavvufga   doir   talqinlar   bo‘lsa-da...   majoziy   ishq   qismati,   ijtimoiy   adolatsizlik
tasviri...   hayotiy   tasvirlangan”   tarzida   mulohaza   yuritadi.   Aslini   olganda   ikki
muallif   ham   haq.   Chunki   Alisher   Navoiy   dostonning   eslatganimiz   “Ishq   ta’rifi”
bobida ishq haqida ham so‘z yuritib, Majnun ishqi haqiqiydan bahramand bo‘lgan
timsol ekanligi to‘g‘risida shunday yozadi:
Bu ishqki baxti komrondin,
Xoli bo‘lmay zamone ondin.
Garchi ikki nav’ o‘tti rozi,
Avvalg‘ini anglag‘il majozi.
Kim dardu gudozu so‘z birla,
Yuz sho‘lai jonfiro‘z birla.
Chun ayladi poklikka mavsuf 
Ul nav’ qilur birovga mash’uf  
28 Kim ishq aro firoq, ila dard
O‘zlukdin etar tamom ani fard.
Bil so‘ngrag‘i ishqni haqiqiy,
Kim davlat erur aning rafiqi.
Avvalg‘i vujudni etsa zoyil,
Chun bo‘lsa ikkinchisig‘a moyil.
Yo‘q–yo‘qki ikkinchi oni cheksa, 
Ko‘nglida visol tuxmin eksa.
Ul nav’ ketursa turktozi 
Kim qolmasa surati majozi.
Mazhardin ko‘runmayin nishone,
Mazharda o‘zini topsa foni.
Maqsud budur hayotdin bu,
Bal xilqati koinotdin bu.
Majnung‘a biri bo‘lub musallam 
Bahra topti ikkinchidin ham.
(MAT, 9-tom, 295-296-betlar).
Demak, Majnun obrazi talqinida Alisher Navoiy e’tirofidan kelib chiqadigan
bo‘lsak, masala ancha oydinlashadi.
Alloh insonni  yaratadi. Uning  jismida  ko‘ngilni   joylashtirdi.  Biroq ana  shu
mushtdekkina,   o‘z   shaklu   shamoyiliga   ega   jismoniy   a’zoning   tibbiy   vazifasidan
tashqari,   unga   ruhiy-ma’naviy   yuklama   ham   belgiladi.   Odamning   zuvalasini
qorayotganda  suvga  “ishq   mayini”  qo‘shib  qo‘ygani   tufayli   uning qonida  qaynoq
muhabbat jo‘sh urdi va tomirlar orqali insonning butun badanini aylanib, yurakda
yig‘iladigan   bo‘ldi.   Oqubatul   –   amr   odamning   ko‘ngli   ishq   gulshani   tusini   oldi.
Yurakning   qorinchalardan   tarkib   topishi   ma’lum.   Ulug‘   shoir   shunga   tayanib
chiroyli tashbehni ham ishlatadi. Alloh o‘sha qorinchalardan birini haram-xos xona
qilib   yaratadi   va   ishq   atalmish   mo‘jiziy   qudratga   doir   barcha   sirru   asrorni   unda
jamladiki, natijada tubsiz xazina bunyodga keldi.
29 Parchadagi   chinakam   badiiy-tasviriy   vositalar   ham   mazmun   ham   zikri
o‘tgan manbadan – ishq xazinasidan nur emadi. Ulug‘ shoir donoligi va mahoratini
ishga soladi. Xazina – javohirlardan tarkib topadi.
“Layli   va   Majnun”   dostonida   ishq   talqini   batamom   boshqa   yo‘sinda   hal
etiladi. Qays Hay qabilasida joylashgan maktabga beriladi. U o‘qishga kelgan kuni
Layli  xasta  bo‘lgani  sababli  mashg‘ulotda yo‘q edi. Layli  sog‘ayadi  va maktabga
keladi. Qays uni va u Qaysni ko‘radi, nigoh ingohga tushadi, qalblarga ishq otashi
tutashadi.   Firoq   va   hijron   azoblari   o‘sha   kundan   boshlanadi.   Ushbu   dostonda
qahramonlar   holatida   “   sukr”   (mastlik,   sarxushlik,   o‘zidan   ketish)   alomatlari
bag‘oyat baland. Layli va Majnunlar visol onlaridagi qarashlar to‘qnashuviga dosh
berolmaydilar   va   ular   tabiatida   mastlik,   behushlik   yuz   beradi.   Tasvirdagi   bunday
maylning   ustunligi   adabiyotshunoslikda   turlicha   (hatto   bir-biriga   muqobil)
talqinlarning tug‘ilishiga turtki berayotir. Bir toifa tadqiqotchilar ushbu dostonning
butun voqyealari davomida tasavvufiy-irfoniy muhabbat ko‘radi.
1.2. Farhod va Majnun timsollarining ma’rifiy ahamiyati
Ma`lumki,   Navoiy   ”Farhod   va   Shirin”   dostonida   o‘zbek   xalq   ertaklari   va
dostonlarida   tasvirlangan   jasur   va   olijanob   qahramonlarga   o‘xshagan   bir   yigit
timsolini   yaratmoqchi   bo‘lgan.   Shuning   uchun   shoir   uning   ko‘pgina   fazilatlarini
o‘zbek   xalqining   milliy   tabiati   va   qarashlaridan   kelib   chiqib   tasvirlagan,   deyish
mumkin.   Dostonda   Navoiy   Farhodning   hunarmandligini   ko‘rsatishga,   o‘zining
hunarmandlik   kasbi,   xususan,   toshyo‘narlikdagi   mohirligi   bilan   hammaning
hurmati   va   muhabbatiga   sazovor   bo‘lganini,   o‘zining   hayotdagi   yeng   oliy
niyatlaridan   biri-Shiringa   ham   shu   kasb   bilan   bog‘liq   mehnasevarligi   orqali
erishish   imkoniga   ega   bo‘lganini   g‘oyat   yorqin   ko‘rsata   olgan.   Navoiy   Shirin
haqida   yozganda   ham   uning   ijtimoiy   orzu-umidlari   o‘zbek   xalqining   ariq
qazishdan   yangi   yerlar   ochish,   dasht   biyobonlarni   bog‘u   bo‘stonlarga   aylantirish
haqidagi   orzulari   va   intilishlari   bilan   bog‘liq.   “Farhod   va   Shirin”   dostonining
30 xalqimiz orasida keng tarqalgani va sevib o‘qilishi, ular ismi-shariflarining bizning
davrimizda ham tez-tez uchrab turishi tasodifiy hodisalar emas.
Musulmon   xalqlari   adabiyotida   mashhur   bo‘lgan   bu   ishq   mavzui
qahramonlaridan   biri   Xusrav   haqida   fikr   yuritgan   ko‘pgina   sharqshunos   olimlar
uning tarixiy shaxs   ekanligini  e’tirof   etishadi.  Ularning  fikricha,  Xusrav  mashhur
sosoniy   podsholaridan   bo‘lgan   Anushervonning   nabirasi   Xusrav   Parvez   binni
Xurmuzdur.  Ma’lumotlarga  ko‘ra,  u 590-628 yillarda  hukmronlik qiladi   va o‘g‘li
Sheruya buyrug‘i bilan qatl yetiladi. X asr arab tarixchilari Muhammad ibn Ja’rir
at-Tabariyning   “Tarixi   rasul   val-mulk”,   ibn   al-Faqih   Hamadoniyning   “Kitob   ul-
buldon”   Mis   ar-Muhilhil   Abu   Dalofning   “Risolai   sopil”,   XII   asrda   yashagan
mashhur   muarrix   Abu   Abdulloh   Toqutning   “Mujam   ul-buldon”   kabi   asarlarida
ham   shunday   qaydlar   uchraydi.   Ayrim   ma’lumotlarga   ko‘ra,   jumladan,
Muhammad  at-Tabariy asarida  arman  qizi  yoki   oromiylardan bo‘lgan  Shirin ham
tarixiy shaxs bo‘lib, u Xusravning suyukli xotini bo‘lganligi e’tirof etiladi.
Ma’joziy   ma’nodagi   quyosh   partavi   –   yorug‘ligi,   porloq   nur   sochishidan
butun   zarralar   (oshiqlar)   bahramand   bo‘ldigina   emas,   o‘sha   nur   yog‘dular   zarrot
bag‘ridan   o‘zi   uchun   makon   topadi.   Qarang,   misradan-misraga   ko‘chgani   sayin
tasvirdagi   rang,   jdziba   bo‘liqlashib,   mazmun   oydinlikka   yuz   tutadi.   Ulug‘   shoir
mushohadalari   muayyanlashib   qoladi.   Quyosh   –   ma’shuqa,   barcha   zotu   zarrot   –
oshiq.   Bobning   keyingi   qismida   ishqu   oshiq   ma’shuqu   mahbub,   majozu   haqiqat
bahsi   shu   yo‘sinda   davom   etadi.   “Farhod   va   Shirin”   dostoni   muqaddimasidagi
boshqa bir necha bayt ham mulohazaga chorlaydi. Mana o‘sha jumboqli misralar:
O‘qush Farhodu Shirin aylasang jam’
Shabistonida bir parvona sham’.
Vagar ming Besutundek qilsang idrok,
Yo‘lida bir kesak, bal bir hovuch xok     
(“Xamsa”, 151-bet).
O‘qush (talay, bir qancha) shunday jonso‘z qissalarni, Farhodlar quchog‘ida
hijron   iztiroblarini   kechirgan   minglab   Besutunlar   Uning   qudrati   oldida   Sham’
31 shu’lasida   qovjiragan   Parvona,   salobatu   yuksakligi   nazdida   o‘sha   tog‘     bir   kesak
yoxud   bir   hovuch   tuproqcha   qurbga   ega   emas.   Mohiyat   ravshan   va   u   ortiqcha
sharhu   izohga   zarurat   sezmaydi.   Ammo     bu   fikr   ulug‘   shoir   dostonlarida   ishq
tasviridagi hayotiy bo‘yoq, dunyoviy ruh ustunligini inkor qilishga olib kelmasligi
lozim.     Alisher   Navoiy   asarlaridagi   islomiy-tasavvufiy   pardaning   yupqa   yoki
quyuqligidan   qat’iy   nazar,   ular   yuksak   insoniy   fazilatlarni   qaror   toptirish,   halol
turmush   tarziga   chaqirishday   ezgu   niyatlar   yo‘lida   xizmat   qildirilgan.   Quyidagi
ohorli   misralar   ham   shunday   xulosaga   kelish   asosini   beradi.   "Farhod   va   Shirin"
dostonining sakkizinchi bobida o‘qiymiz:
...Yana bois bukim, ishqi balo sho‘r,
Bir o‘tdin aylab erdi jonima zo‘r.
Tilim xud bor aning ta’rifida lol,
Qilay xomam tilidan sharhi ahvol.
Hazin jonimda bor erdi baloyi,
Balolig‘ ishq ila haryon havoyi.
Birov ishqi solib jonimg‘a anduh,
Mashaqqat toshi yuklab ko‘h to ko‘h.
Bo‘lub zulmi o‘tidin xasta jonim,
Qarorib dudi birla xonumonim (“Xamsa”, 161-bet).
Ushbu satrlarda ifodasini topgan dardni qanchalik to‘rt tomonga tortib talqin
qilmaylik,   unda   ulug‘   shoirning   o‘z   “sharhi   ahvoli”   singdirilganligini   pinhon
tutishning imkoni yo‘q. Alisher Navoiy taqdirida tuzalmas dard sifatida o‘chmas iz
qoldirgan   va   uning   zarofatli   qalbi   qavat-qavatlarida   o‘rnashgan   shaxsiy   ishqiy
mojarolaridan chizgilaruning sohir   xomasi orqali ko‘plab sahifalarga sochilganki,
bqoridagi   misralar   shular   jumlasidandir.   Masalaning   mana   bu   qirrasi   “Xamsa”
dostonlarida g‘oyat nazokat bilan ulug‘langan muhabbat mavzui tasvirida zaminiy-
dunyoviy maylning naqadar balandligidan so‘zlaydi...
Dostonda   personajlarning   umumiy   tavsifi   asarning   2-bobidan   boshlanadi.
Chunonchi, quyidagilar fikrimizning dalilidir:
32 …Yeturgonga balo tog`ida bedod,
Laqab aylab zamona ichra Farhod…
Badan mulkin qilib ul qilsa ma`mur,
Vaziri aql Mulkorosi ma`mur.
Kecha Shabdezin aylab tang basta,
Yangi oydin qilib satlig`a dasta
Qadar Shopurin anjumdin sadafkor,
Anga charxu shafaq shingarf-u zangor.
Ajal Sheruyasi tig`in qilib tez,
Qatili yuz tuman andoqki Parvez.
…Solib chun qahr istig`nosi partav,
kelib kam zarralardin dog`i Xusrav…
Voqyealar   rivojidan   ma`lum   bo`lishicha,   dostondagi   tavsifga   ko`ra,   ilohiy
ishqdan   mahrumlik,   dunyoviy   zulmning   timsoli   bo‘lgan     Xusrav   Parvez
Farhodning javoblaridan nihoyatda ta’sirlanadi. Uni dorga osmoqchi bo‘ladi, biroq
vaziri Buzrug Ummidning taklifi bilan Chin shahzodasi  Salosil (zan j irlar) g‘orida
bandlikda saqlanadi.  Asardagi voqyealar shu hodisa bilan bog`liq tarzda kechadi. 
Asar   salbiy   qahramonlari   haqidagi   yo`l-yo`lakay   bildirigan   fikrlar
quyidagilarni asoslaydi:
Xusrav – Sharq xalqlari og`zaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan
obraz. Uning tarixiy ildizi  sosoniy podshohlardan Xusrav II Parvez (VI asr  oxiri)
faoliyatiga   qadaladi.   Xusrav   Parvez   Sharq   xalqlari   og`zaki   ijodi   va   yozma
adabiyotda   keng   tarqalgan   obraz.   Uning   tarixiy   ildizi   sosoniy   podshihlardan
Xusrav   Parvez   (VI   asr   oxiri)   faoliyatiga   borib   taqaladi.   Badiiy   adabiyotda,
33 chunonchi firdavsiyning “Shohnoma”si, Nizomiyning “Xusrav va Shirin’ida ideal
shoh, Navoiyda esa  Xusrav mutloqo salbiy qahramon sifatida talqin etiladi. 
Navoiy   “Tarixi   mulki   Ajam”   asarida   u   haqda   yozadi:   “Parvez
madaniy taxtig`a o`lturub, ko`p mamlakatni Xiytan tasarrufig`a kiyurdi.  Va   mehnat
va   shavkati   bir   yerga   yettiki ,   andin   buruhg ` i   saloting ` a   muyassar   bo ` lmaydur   erdi .
Va ba’zi muarrixlar anga muyassar bo`lg`an nimalarni (toji, taxti, quloqi ham shu
jumladan) hayrat tariqi bila te’dod qilibturlar [Navoiy,   XIV, 229] .
Navoiy   Xusrav   Parvez   haqida   so‘z   yurutilgan   o‘rinda   “ Layli   va   Majnun ”
dostonida     talmeh   san’atidan   foydalanib   ajoyib   kartena   yaratadi . Ma’lumki talmeh
san’atiga   ko‘ra,   tasvirda   tarixiy   shaxslar,   voqyealar,   geografik   nomlar,   afsona   va
ayrim   asarlarga   ishora   qilinadi.   Baytda   “ sahrodagi   lola   yaproqlarning   uchishi
Parvez kulohini eslatadi”,  degani uning kulohi rangiga hamda uning shahid qoniga
o`g`il tomonidan o`ldirilganiga ishora qiladi [Bu haqda qarang: Navoiy, XI, 332]. 
Shabdez – qora tusli ot. Xusrav otining nomi bu baytda shu so`z orqalu ham
kecha qorong`uligiga, ham otga ishora qilinmoqda. 
Sheruya – Xusrav Parvezning o`g`li. 
Asarda   Xusravning   salbiy   obraz   ekanligi   ta`rifida   shunday   mazmundagi
fikrlar bildirilgan:  shu mavzuda doston yozganining barchasi Xusravning maddohi
bo`lib   qoldilar.   Ular   uning   mulkiga,   rasm-rusmlari,   qo`shiniyu   imkoniyatlarini
Sh a bdez   otining   uchqurligi - yu   Barbod   ismli   xonandasining   sayrashi,   Buzrug
Ummid i s mli vazirning xushomadgo`yligi uning (ya’ni Xusravning   goh Maryam
(Rum   qaysarining   qizi),   goho   Shakar   ( Isfa h on   go`zali)   ismli   xotinlari   huzurida
orom   olish i,   kelinga   shohona   oshiqlik   i zh or   qilishini   ma d h   et ad ilar .   Uni   dardu-
balo, azobu i z tiroblardan begon a   bo`lgan bir  shoh s ifat ida talqin qildilar. To`g`ri ,
ular ora-sira Far h od haqida ham so`z yuritdilar. Xusrav tomonidan o`ldirilganligini
bayon   qiladilar,   –   deydi.   Ko`rinadiki,   ular da   Far h od   obrazi,   e pizodik   xarakterga
e ga. 
Qorun – Nihoyatda katta boylikka yega afsonaviy shaxs .   Lekin u o`ta xasis
bo`lga n   emish.   Diniy   rivoyatlarga   ko`ra ,   u   Muso   payg`ambar   aytganlariga   aml
34 qilgan, buning uchun hatto butun boyligi, xazina, saroylari bilan yer qariga kiritib
yubo r i l gan   e mish.   Badiiy   adabiyotda   Qorun   davlatmandlik   va   xasislik   ramzi
sifatida   ishlatiladi.  Bu  yerda Chin  hoqoni   xazinasi  Qorun n ik i dan yuz  ming marta
ortiq  e di deb ta’riflaydi. 
Shoir   Xusrav   Parvezning   vaziri   Buzurg   Umidni   shundayin   deb   atamoqda.
Unga Armanga borib, Xusrav maqsadidan Mohinbonu ni  ogoh etish hukm qilinadi. 
Xusrav   vaziri   Buzrug   Umid   bilan   maslahatlashgan   va   Mohinbonuga   noma
yuborgan ,   uning   qat’iy   javoblaridan   ojiz   qolgan   Xusrav   Armaniya   qo`rg`oni ni
qamal qilinganini bayon  e tadi. 
Shopur   Far h odga   behush   qiladigan   dori   sepilgan   gulni   islatib   o`zidan
ketkazgan hiylagar boshiga tosh bilan urib o`ldirgani haqida yozadi va irsoli masal
sn’atiga ko`ra “Boshini tosh ushatadi” maqolini ishlatadi. 
Tasvirlarga   ko‘ra,   Salosil   qo`rg`onida   Far h odni   qo`riqlab   turganlar   unga
banddan   ozod   etish n i,   Xusravdan   qanday   jazo   yetishsa ,   shunga   rozi   ekanliklarini
bildirishganda   Far h od   bu   va   keying i   2   baytda   ularga   javob   qaytarib:   vafo     ahli ,
haqiqiy oshiq bunday qilmaydi, deydi. “Far h od… shunday og`ir vaziyatda ham aql
bilan   ish   ko`rib,   olijanoblik   qiladi,   o`zi   tufayli   boshqalarni   baloga   solishni
istamadi.   Bunday   ozodlikdan   voz   kechdi” . *
  “o`z   baxti   deb   ularni   o`tga
tashlamaydi. Odamiylikka odamiylik bilan javob beradi ” . *
“U   yana   Xusrav
bechora   Far h od   turgan   yerdan   tortib,   sarvqomat   Shirin   joylashgan   yergacha
bo`lgan   masofaning   hammasiga   pistirmalar   yasatadi   va   bu   pistirmaga   ashaddiy
yovlarni joylashtiradi. Ular har bir o`tgan ketgan odamni tergab, ularning ishlarini
tekshirib turishlari kerak yedi” . *
  Shirinning   safar     vaqtida   unga   Sheruyaning
ko`zi   tushib   qolishligi   va   Xusravni   o`ldirib,   Shirinni   o`ziga   s o‘ ratishi,   Shirin   e sa
uni   muloyim   so`zlari   bilan   yupatib,   toqqa   ravona   bo`lishi   va   Far h odning
so`ngaklarini shu yerga keltirib va ularni quchoqlab jon berishini bayon etadi. 
* *
 Ҳайитметов А. Навоийнинг ижодий методи. 100-бет .
* *
  Э ркинов С. Навоий “Фар ҳ од ва Ширин”и ва уни нг  қиёсий таҳлили 120-бет.
* *
  Алишер навоий. Фар ҳ од ва Ширин насрий баёни. 119-бет.
35 Sheruya otasi joniga qasd qilib, uni qatl yetdigina yemas, balki davron undan
Far h odni ng   qonini   istadi,   kimki   birovga   zulm   o`tkazsa ,   albatta ,   unga   jazo
yetishadi. Modomiki, shunday ekan, shoir yaxshilik urug`ini  yekish darkor degan
yuksak fikrni ilgari suradi.  
Qaysdagi ishq jununi kun sayin emas, hatto ,   soat sayin ortib boradi. Qabila
oqsoqollarining   maslahati   bilan   Qays   islom   olamining   muqaddas   sajdagohi   –
Ka’baga   olib   boriladi.   Muborak   va   muallaq   mo‘jizaviy   tosh   –   “Hajarul-asvad”
qarshisida   Qays   Yaratganga   munojot   qilib,   o‘z   “dardiga”   shifo   tilashi   lozim   edi.
Qarang, Qays yaratuvchidan nimalarni o‘tinadi:
Ko‘nglimga fazo harimi ishq et,
Jonimg‘a g‘izo nasimi ishq et!
Ishq isidan et damimni mushkin.
Ishq o‘tidin et yuzumni rangin!..
Jonimga sol ul sharorani ham,
Boshimg‘a ur ushbu xorani ham...
Ko‘nglum g‘am ila to‘q ayla, yo rab!
Ishq ichra meni yo‘q ayla, yo rab!
Derlar manga: “Ishqni unitgil,
Layli g‘amidin kanora tutgil”,
Olloh, Olloh, bu ne so‘z o‘lg‘ay,
Ul qavmga tengri uzr qo‘lg‘ay...
Layli ishqin tanimda jon qil,
Layli shavqin ragimda qon qil.
Dardini najotim et, ilohi,
Yodini hayotim et, ilohi! (“Xamsa”, 391-392-b.).
Majnunning munojoti g‘oyaviy mazmuni jihatdan Farhodning Xusrav bilan
qilgan munozarasiga juda yaqin turadi. Chunki Alisher Navoiy qalami bilan nash’u
namo   topgan   bu   fidoyi   oshiqlarning   ma’naviy   –   ma’rifiy   olami   boy.   Ular
shunchaki oshiq emas – olim, xudoboxabar, sabru bardoshli, hayo va iboli, shar’iy
36 axloq talablariga rioya qilishi bir lahza ham unutmaydigan, iymon – e’tiqodi butun
insonlardir.   Ulug‘   shoir   kitobxon   qalbida   shubha   o‘yg‘otmaslik   maqsadida   ularni
tanho qoldiradi, dil rozini aytish uchun shart-sharoit hozirlab beradi. Biroq barcha
sa’yu   harakatlar   ruhiy-ma’naviy   muloqot   doirasidagina   qolib   ketadi.   Aniqrog‘i,
sha’riy-axloqiy talablar ularni ma’lum nuqtaga tortib turadi. Shuningdek, qanoat va
qone’lik tamoyillari ham borki. Farhodu Majnunlar unga qat’iy rioya qiladilar.  
Ishqday   daxlsiz   insoniy   tuyg‘uning   zo‘ravonlik   qurshovida   qolishi   va   shu
usulda   hal   etilishi   Alisher   Navoiyga   ma’qul   emas   edi.   Biroq   asarga   o‘sha
voqyealar tasvirini kiritmaslik ham tabiiylikka xilof edi. Shuning uchun ulug‘ shoir
ana shunday  tang vaziyatdan chiqishning  xolisona va hayotiy vositalarini  izlaydi.
“Layli   va   Majnun”   dostonidagi   tush   manzarasi   o‘sha   izlanishlarning   samarasidir.
Majnun tushida Laylini ko‘radi. Ular o‘zaro “suhbatlashadilar”. Layli xabar beradi:
“Agar   Navfal   qabilamiz   (Hay   qabilasi)   ustiga   qo‘shin   tortsa,   otam   meni
o‘ldirmoqchi”.   Bu   shum   xabar   Majnunga   yashinday   ta’sir   qiladi   va   u   Navfal
huzuriga   yuguradi.   Majnun   iltijolari   tufayli   u   jang   qilish   fikridan   qaytadi.   Lekin
Majnun   bilan   xayrlashi   ham   ketmaydi.   Sarkarda   Navfal   axiyona   yo‘l   tanlaydi
Bo‘yiga   yetgan   qizini   Qaysga   nikoh   qilib   bermoqchi   bo‘ladi.   Darvoqye,   bir
kechada bir yoqda Layli va Ibn Salomning, ikkinchi tarafda esa Navfalning qizi va
Majnunning   nikoh   to‘ylari   bo‘lib   o‘tadi.   Muhimi,   har   qanday   vaziyatda   ham
Alisher Navoiy o‘z qahramonlarini himoya qilar, ular pokligiga ozor yetkazadigan
barcha   urinishlar   oldini   olish,   bartaraf   qilishning   tabiiy,   ishontirarli   omillarini
topadi.   To‘y   o‘tadi.   Biroq   Alisher   Navoiy   talqinidagi   qahramonlarning   pokligiga
xalal yetmaydi. Navfalning qizi bilan Majnun tanho qoladilar. Kelin Qaysga iltijoli
nazar   tashlab,   o‘z   sevgilisi   borligi   va   ota   irodasiga   qarshi   borolmay,   to‘yga   rozi
o‘lganligini   ma’lum   qiladi.   Ayonki,   o‘zi   ishq   o‘tida   yonayotgan   Qays   Navfal
qizining   irodasiga   zid   borolmas   edi.   U   o‘sha   lahzadayoq   kelinga   taloq-rozilik
berib, o‘zi Najd tog‘iga qarab yo‘l oladi. Ibn Salom va Laylilarning mushkuli ham
ana   shunday   ishontirarli   hal   etiladi.   Kuyovning   xafaqon   xastaligi   bor   edi.
Orzusining ushalishi va to‘y shodiyonalarida ko‘proq ichib qo‘yganligi sababli Ibn
37 Salomning   o‘sha   kasali   jazaba   qiladi.   U   hushsizlanib,   yotib   qoladi.   Fursatdan
foydalangan Layli kelin libosida uni tark etadi. Shu tariqa Layli va Majnunlarning
pokizaligi saqlab qolinadi.        
Umuman   olganda   esa,   nafaqat   boshqa   timsollar,   balki   dostondagi   salbiy
personajlar ham shoir g`oyaviy maqsadi – komil inson timsolini yaratishga xizmat
qilgan.
II bob.’’Farhod va Shirin’’ va ‘’Layli va Majnun’’ dostonlarida oshiq timsoli
38 2.1.   Farhod obrazi ginezisi va Navoiy ijodida badiiy talqini
Olijanob   insoniy   fazilatlarni,   umumbashariy   orzu-intilishlarni   tarannum
etgan   "Farhod   va   Shirin"   dostoni     o zbek   mumtoz   adabiyotining   yangi   va   ulkanʻ
asari bo lishi bilan birga, O rta Sharq xalqlari adabiy an’analari taraqqiyotida ham	
ʻ ʻ
yangi   hodisa,   katta   bir   bosqich   bo ldi.   Hazrat   Navoiy   xamsachilik   an’analaridan	
ʻ
mustahkam   o rin   olgan   "Xusrav   va   Shirin"   o rniga   yangi   mavzu   va   muammolar,	
ʻ ʻ
yangi   mazmun   va   g oyalar,   yangi   timsol   va   xarakterlarning   badiiy   tajassumi	
ʻ
bo lgan "Farhod va Shirin" dostonini yaratdi.	
ʻ
Farhod va Shirin haqidagi qissa nihoyatda qadimiy bo lib, u O rta Osiyo va	
ʻ ʻ
Yaqin   Sharq   xalqlari   orasida   ancha   keng   tarqalgan.   U   yozma   adabiyotga   kirib
kelmasdan burun ham ko p variantlarda xalq og zaki ijodidan o rin olgan edi. Bu	
ʻ ʻ ʻ
qissaning   markazida   mehnat   kishisi   Farhod   turgani,   lekin   u   zolim   podshoh
Xusravning   zulmi   va   makkorligi   orqasida   o zining   qahramonona   mehnati   tufayli	
ʻ
ham   o z   sevgilisi   Shiringa   yetisha   olmagani   va   fojiali   ravishda   o ldirilgani,	
ʻ ʻ
ayniqsa, mehnatkash aholi o rtasida uni ommalashtirib yuborgan.	
ʻ
Farhod   qissasini   birinchi   marotaba   ulug   ozarbayjon   shoiri   Nizomiy	
ʻ
Ganjaviy o zining "Xusrav va Shirin" dostoniga bir epizod sifatida kiritadi. Bunda	
ʻ
Farhod afsonaviy qiyofada tasvirlangan bo lib, u Shirin uchun insonning qo lidan	
ʻ ʻ
kelishi     qiyin   bo lgan   ishlarni   qiladi,   bir   o zi   mo jizakor   metini   bilan   tog dagi	
ʻ ʻ ʻ ʻ
xarsang   toshlarni   yorib   ariq   o tkazadi,   yo l   soladi.   Undagi   bu   g ayritabiiy	
ʻ ʻ ʻ
fazilatlarni   ko rgan   Xusrav   uni   Shirin   yaxshi   ko rib   qolishidan   qo rqib,   unga	
ʻ ʻ ʻ
Shirinni o ldi deb xabar yetkazdiradi va shu yo l bilan undan qutuladi. Chunki u bu	
ʻ ʻ
shum, yolg on xabarni eshitib hayot bilan vidolashadi.
ʻ
  Xusrav   va   Shirin   obrazlari   ma’lum   tarixiy   ildizga   ega   bo lib,   Xusrav	
ʻ
sosoniy   podsholardandir.   X   asr   arab   tarixchisi   at-Tabariy   asari   va   boshqa
manbalarda   berilgan   ma’lumotlarga   ko ra,   Shirin   ham   tarixiy   shaxs   bo lib,   u	
ʻ ʻ
Xusravning   eng   sevikli   xotini   ekan.   Arman   qizi   yoki   oromiylardan   bo lgan   bu	
ʻ
go zal   Shirin   zodagonlarning   xonadonidan   emas   ekan.Shuning   uchun   zodagonlar	
ʻ
39 tabaqasi   Shiringa   past   nazar   bilan   qarab,   uni   Xusravga   nomunosib   deb   hisoblar
ekan. Bu holat saroy ig volarini yana ham kuchaytirib yuborgan ekan.ʻ
Mana   shu   tarixiy   voqealar   zaminida   turli   xil   afsona   va   rivoyatlar   vujudga
kelib,  Xusrav   va   Shirin   sarguzashti,   ularning  sevgisi   afsonaviy   tus   ola   boshlaydi.
Bu afsona va rivoyatlarning birmunchasi Doro I tomonidan Besutun tog  qoyasiga	
ʻ
o yib   yozdirilgan   yodgorliklar   ekanini   mahshur   arab   sayyohi   Yoqut   (1179-1229	
ʻ
yy.) hikoya qiladi. Ayrim manbalar Farhodni tarix bilan, Besutun tog  qoyasi bilan	
ʻ
bog laydi. Rivoyatlarga ko ra Farhod qoyaga Shirin, Xusrav va ot Shabdiz tasvirini	
ʻ ʻ
ishlagan   ekan.   Farhod   obrazi   dastlab   folklorda   vujudga   keldi,   yozma   adabiyotda
takomillashdi.Mehinbonu   obrazining   izlari   qadimgi   Suriya   tarixi,   Suriya-Midiya
afsonalariga   borib   taqaladi.   Yozma   adabiyotda   birinchi   bor   Abulqosim   Firdavsiy
Xusrav   va   Shirin   obrazini   qayta   ishlaydi.   Firdavsiy   "Xusrav   va   Shirin"da
sosoniylar sulolasi rasmiy xronikalaridagi ma’lumotlarni asos qilib oladi. Shoh va
Malikaning sevgi sarguzashti va fojiali taqdirini tasvrlab, Xusravni shavkatli shoh
va oshiq, Shirinni sadoqatli yor sifatida gavdalantiradi, Sheruyani xudbin shahzoda
va padarkush sifatida fosh etadi.
Xusrav   va   Shirin   mavzusini   Firdavsiydan   ikki   asr   keyin   ulug   shayx	
ʻ
Nizomiy   Ganjaviy   qayta   ishlaydi.   Shayx   Ganjaviy   o z   oldiga   tamomila   yangi	
ʻ
vazifa va maqsad, yangi masala va muammolar qo yadi, uni o zi yashagan XII asr	
ʻ ʻ
hayotiga,   ozarbayjon   muhitiga   yaqinlashtiradi.   Shoir   sosoniylar   sulolasi     rasmiy
xronika   materiallariga   emas,   balki   ko proq   xalq   og zaki   ijodiy   materiallariga	
ʻ ʻ
tayanadi, ulardan ijodiy foydalanadi. Nizomiy sevgi va sadoqat mavzuini asos qilib
olish,   uni   yangi   planda   tasvirlash   bilan   birga,   dostonda   mamlakatni   adolat   bilan
boshqarish,   xalqning   osoyishtaligi   va   farovonligi   uchun   kurash,   mehnat   va
ijodkorlik kabi masalalarga ham keng o rin beradi. Nizomiy Shirini sabr-bardoshi
ʻ
va   mustahkam   irodasi   bilan   sevgida   beqaror   bo lgan   Xusravni   sadoqatli   oshiqqa,	
ʻ
xudbin podsho Xusravni adolatli podshoga aylantiradi. Xusrav qayta tarbiyalanadi.
Nizomiyning   "Xusrav   va   Shirin"   dostoni   juda   keng   shuhrat   qozonadi.
Xusrav   va   Shirin   mavzusida   doston   yaratish   O rta   Sharq   xalqlari   adabiyotida   bir
ʻ
40 an’ana bo lib qoladi. Hazrat  Alisher  Navoiyga qadar o nlarcha shoirlar, jumladanʻ ʻ
Xusrav   Dehlaviy   Nizomiyga   javoban   Xusrav   va   Shirin   mavzuida   qalam   tebratib,
ularda   Farhod   obrazini   saqlab   qoladi.   Farhod   obrazini   ma’lum   darajada   yangicha
gavdalantirishga   ham   urindi.     Shayx   Ganjaviy   dostonining   syujeti   va
kompozitsiyasini asosan saqlab qolgan Dehlaviy Xusravshohning shon-shavkati va
qahramonligiga   ko proq   e’tibor   beradi.   Xusrav   Dehlaviy   dostoni   o z   badiiy	
ʻ ʻ
soddaligi va jozibadorligi bilan keng shuhrat topadi.
XIY   asrda   Nizomiyning   "Xusrav   va   Shirin"   dostonini   shoir   Qutb   o zbek	
ʻ
tiliga   erkin   tarjima   qilgani   bu   qissaning   turkiy   xalqlar   orasida   yana   ham   keng
tarqalishiga   sabab   bo ldi.   Hazrat   Navoiyning   "Farhod   va   Shirin"   dostoni	
ʻ
muqaddimasida ma’lumot berilishicha, XY asr o rtalarida vafot etgan shoir Ashraf	
ʻ
va yana noma’lum bir shoir ham doston yozgan ekanlar:
Bu maydonga chu Ashraf surdi markab,
Bu so zni o zga nav' etti murattab.	
ʻ ʻ
Yana bo lg on ekan bu noma marqum,	
ʻ ʻ
Vale roqim emastur yaxshi ma’lum.
Tadqiqotlarda   Navoiy   ta’kidlagan   "yaxshi   ma’lum   bo lmagan   roqim"   Orif	
ʻ
Ardabiliy   degan   fikr   ilgari   suriladi.   Orif   Ardabiliyning   fors   tilida   bitilgan
"Farhodnoma"   dostoni   ikki   qismdan   iborat   bo lib,   birinchi   qismida   Farhod   bilan	
ʻ
Guliston   degan   qizning,   ikkinchi   qismida   Farhod   bilan   Shirinning   sevgi
sarguzashtlari hikoya qilinadi. Lekin uning bu asari 
g oyaviy-badiiy   jihatdan   u   qadar   yuksak   bo lmaganligi   tufayli   shuhrat	
ʻ ʻ
tutmadi.
Xusrav   va   Shirin   mavzusida   yaratilgan   dostonlardan   Firdavsiy,   Nizomiy,
Xusrav Dehlaviy, Ashraf va "noma’lum shoir"ning dostonlari, xalq tomonidan shu
mavzuda yaratilgan afsona va rivoyatlar   Navoiyga ma’lum bo lgan. Faqat o zbek	
ʻ ʻ
adabiyotida   emas,   umuman   Sharq   adabiyotida   Farhod   va   Shirin   syujeti   asosida
prinsipial   yangi   doston   yaratgan   kishi   ulug   o zbek   shoiri   Hazrat   Alisher   Navoiy	
ʻ ʻ
bo ldi.   Hazrat   Navoiy   Farhod   va   Shirin   haqida   yozma   va   og zaki   adabiyotda,	
ʻ ʻ
41 qadim   tarixiy   xronikalarda   mavjud   hamma   ma’lumotlar   bilan   tanishib   chiqdi   va
o z   oldiga   Farhod   timsolida   hunarga,   mehnatga   butun   vujudi   bilan   berilgan,ʻ
kishilar   o rta   asrlarda   og ir   mehnat   orqasida   qullarcha   ezilgan   bir   sharoitda	
ʻ ʻ
odamlarning   mehnatini   yengillashtiradigan   ish   qurollari   kashf   etishni   orzu   qilgan
va   bunga   erishgan   buyuk   insonparvar   qahramon   obrazini,   qolaversa,   o qish-	
ʻ
o rganish,   kuchli   intilish,   mislsiz   jasorat   tufayli   yuksak   aqliy   kamolotga,   yuksak	
ʻ
insoniy fazilatlarga erishgan bahodir jangchi va matonatli, vafodor oshiq obrazini
yaratishni maqsad qilib qo ydi. Shirin siymosida esa shoir go zal va oqila, samimiy	
ʻ ʻ
va   vafodor   ma’shuqa   obrazini   gavdalantiradi.   Hazrat   Navoiy   bu   bilan   birinchi
bo lib   mehnat   kishisini   adabiyotga   olib   kirdi   hamda   uni   bosh   qahramon   sifatida	
ʻ
yuksak badiiyat bilan tasvirlay oldi.
Hazrat Navoiy o z salaflarining iste’dodi va ijodiy yutuqlariga doimo yuksak	
ʻ
baho  beradi.  Lekin,  shu   bilan  birga,   ularning  asarlaridagi  kamchiliklarni   xolisona
tanqid  qiladi.     Xususan,   Navoiy   salaflari   tomonidan  Xusravning   ijobiy  qahramon
sifatida ta’rif va tavsif etilishiga qattiq e’tiroz bildiradi. Uningcha ishqda beqaror,
xudbin Xusrav maqtovga sazovor emas; Xusrav qilmishlariga yarasha jazolanishi,
uning timsolida zolim va xudbin podsholar  shavqatsiz fosh etilishi  lozim; Xusrav
va   xusravlarga   qarshi   insonning   eng   oliy   fazilatlarini   jam   etgan   yangi,   komil
kishilar obrazini, xusravlar  dunyosiga qarshi  insoniyatning asriy orzu-armonlarini
ifodalagan   yangi   dunyoni   yaratish   kerak.   Shuning   uchun   Navoiy   tamomila   yangi
doston   yaratishga   kirishadi.Uning   "Farhod   va   Shirin"   dostoni   davrining,   inson
faoliyatining   xilma-xil   masalalarini   qamrab   olgan,   o rta   asrning   eng   ilg or	
ʻ ʻ
qarashlari, orzu-intilishlarini ifodalagan bir doston sifatida vujudga keladi.
Hazrat   Navoiy   sevgi,   sadoqat,   mehnatsevarlik,   ijodkorlik,   do stlik,	
ʻ
vatanparvarlik va qahramonlik haqidagi fikr-o ylari va orzu-intilishlarini, xususan,	
ʻ
dostonning  bosh qahrmoni Farhod obrazida mujassamlashtiradi:
Yozib jon mushafidin ikki oyat, 
Debon Farhodu Shirindin hikoyat, - 
degan shoir o z dostoniga "Farhod va Shirin" nomini beradi.	
ʻ
42 Shoir     Farhodni   bosh   obraz   qilib   olishi   bilan   doston   qurilishini,   uning
mazmunini o zgartiradi. Bu o zgarish ʻ ʻ
xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik hamda dostonga "Farhod va
Shirin" nomining berilishiga asos bo ldi. Bu doston 1484-yilda yozib tugallangan,	
ʻ
59   bob,   5782   baytdan   iborat.   U   hazaji   musaddasi   mahzuf   (mafoilun-mafoilun-
faulun(V - - - V - - -  V - -) vaznida yozilgan. Shoir bu dostonni "Mehnatnoma" va
"shavq dostoni" deb ham atagan. Doston syujeti ortida asosan ramziy, shuningdek,
majoziy   ma’nodagi   irfoniy(so fiyona)   haqiqatlar   yashiringan.  	
ʻ Doston   an’anaviy
hamd   -     Allohning   maqtovi   bilan   boshlanadi.   Dostonda   ikkita   hamd
mavjud.Birinchi hamdda Hazrat Navoiy Yaratuvchining qudratini ta’riflaydi.
Uning   irodasi   bilan   qalamga   olmoqchi   bo lgan   g oyaviy   niyati   haqida   ko z	
ʻ ʻ ʻ
yuritar ekan, 1-misrani arabcha kalima bilan boshlaydi:
Bi hamdi fath abvob ul mainly
Nasib et ko ngluma fath o lmak on I	
ʻ ʻ
Ya’ni: ma’nolar eshiklarini ochilishi sening maqtoving bilan va ko nglumga	
ʻ
ularni zabt etishni nasib qil. 
Ikkinchi   hamdda   shoir   yozishga   kirishayotgan   "Farhod   va   Shirin"
dostonining   umumiy   talqini,   undagi   personajlarning   muxtasar   tasvirini
beradi. "Dard bog i" deb ta’riflangan ishq bilan alqador barcha hayajon va	
ʻ
iztiroblar   haqida   yozadi.   Shoir   Xoliq   maqtoviga   kirishar   ekan,   eng   avvalo,   u
inson   ko nglini   ishq   gulshani   va   bu   gulshanda   ishqni   xazinaga   aylantirganligini	
ʻ
madh etadi: 
Ki inson ko nglini etti gulshani ishq	
ʻ
Bu gulsanning harimin mahzani ishq.
Hazrat   Navoiy   qazoni   Farodga,   osmonni   Farhodga   aloqador   Besutun
tog iga,   aqlni   Chin   hoqonining   vaziri   Mulkoroga   va   donishmand   Suqrotga,   tunni	
ʻ
Xusrav   Parvezning   oti   Shabdezga,   qadarni   Farhodning   do sti   Shopurga,   ajalni	
ʻ
otasini   o ldirgan   Xusrav   Parvezning   o g li   Sheruyaga,   zamonni   Parvezning	
ʻ ʻ ʻ
sozandasi   Nishsoga   o xshatgan   holda   muqaddimani   dostonning   personajlariga	
ʻ
43 uyg unlashtirgan.   Bu   o xshatishlar   zamirida,   shoir   ,   dostonning   mundarijasidaʻ ʻ
personaj     va   obrazlar   faoliyti   qaysi   ko lamda   kelishi,   ular   dostonda   qanday   rol	
ʻ
o ynashi bilan kitobxonlarni tanishtiradi.	
ʻ
Har   bir   obraz,   lavha   ortidagi   ana   shu   haqiqatlarni   anglabgina
dostonning   asl   ma’nosiga     yo l   topish   mumkin.   Dostonda   ishq   inson   hayotining	
ʻ
mohiyati   tarzida   tasvirlanadi.Lekin   bu   xususiyat   avomga   xos   jo n   ishqqa   emas,	
ʻ
ilohiy ishqqa tegishlidir. Asarda majoziy va ilohiy muhabbat tushunchalari bir-biri
bilan  chambarchas   bog langan.  Ularni  ajratib  bo lmaydi.Chunki,   Allohga  bo lgan	
ʻ ʻ ʻ
ishq uning jilvasi bo lmish insonga bo lgan muhabbatdan boshlanadi.	
ʻ ʻ
"Xamsa"ning   boshqa   dostonlari   qatori   "Farhod   va   Shirin"   dostonining   har
bir   bobiga   Navoiy   sarlavhalar   yozgan.   Bu   sarlavhalarda   o sha   boblarda   bayon	
ʻ
etilgan voqea va fikrlar personajlar ismi tahlili bilan qisqacha, ammo go zal badiiy	
ʻ
tasvirlarda   bayon   etiladi.   Sarlavhalarning   badiiy   libosi   boy   va   rang-barang.
Shuning   uchun   ham   Navoiy   "Xamsa"sidagi   dostonlarning   sarlavhalari   Navoiy
nasriy ijodining bir ko rinishi sifatida ifodalana oladi.	
ʻ
Mumtoz   adabiyotshunoslikda   badiiy   matn   haqida   asar   yaratishni   ilmi   g‘ariba
deyishgan. Qadimgi yunon faylasuflari ilmiy dunyosini o‘zlashtirish sharq musulmon
olamida   sharh,   talqin   ilmini   keltirib   chiqardi.   Sharh,   tafsir   (talqin)   Qur’oni   Karim,
hadisi   shariflarni   o‘zlashtirish,   hayotga   yaqinlashtirishda   qo‘l   keldi.   Madrasalarda
ilmi   sharh   asosiy   fanga   aylandi.   Sharh,   talqin   bora-bora   badiiyat,   xususan,
adabiyotshunoslik sohasiga ko‘chdi.  
Ilmi   g‘ariba   talqin   fani   bilan   bevosita   bog‘liq.   Ilmi   g‘ariba   matndagi   asosiy
nuqtlarni,   ich-ichidagi   ma’nilarni   anglash   san’atidir.   Ilmi   g‘ariba   san’atkordan,
olimdan   so‘z   ustida   qunt   bilan   ish   olib   borishni   taqozo   qiladi.   U   so‘z   tarkibidagi
barcha ma’nolarni yuzaga chiqarish san’atiga asoslangandir. 1
O‘tmishda   badiiy   matnni   chuqur   anglab,   muhim   xulosa   chiqaruvchilar   ahli
dark   deb   atalgan.     Ahli   dark   orasida   shundaylari   borki,   ular   badiiy   asarni   baholash
sharafini ham zimmalariga olganlar. Ahli dark, zurafolarning yuksak maqomdagilari
1 1
 Расулов А. Илми ғарибани қўмсаб. Т., 1998. 23-б.
4 oriflar   (urafo)   nomini   olgan   bo‘lib,   Qur’on,   hadis,   falsafiy   asarlarni   tafsir,   ta’vil
etganlar.   Bular   badiiy   ijod   namunalarini     ham   talqin   qilganlar.   Ahli   darkning   etuk,
iste’dodli   qatlami   munaqqid   deyiladi.   “Haqiqiy   badiiy   matnni   o‘qiganida   iste’dodli
tanqidchi   jo‘shib   ketadi,   ilhom   bilan   ijod   qilishga   tutinadi.   Tanqidchidagi   iste’dod
kuchli   bo‘lsa,   yozuvchi   ijodining   mevasi   -   badiiy   matn   shunchalik   ochilib   ketadi,
uning   tarkibi   kitobxon   -   tanqidchi   ijodining   samarasidan   boyiydi,   to‘yinadi” 1
.
Bugungi   ahli   dark   namoyandalaridan   biri   I.Haqqulov   tadqiqotlarida   Alisher   Navoiy
ijodi   o‘ziga   xos   yo‘lda   tahlil   va   talqin   etiladi,   teran   ilmiy-nazariy   xulosalar
chiqariladi.
Ibrohim     Haqqulovning   mumtoz   adabiyot   janrlarini   (ruboiy,   g‘azal,   qit’a)
tadqiq   etgan   ishlarida   ham,   tasavvuf   ta’limoti   va   adabiyotini   o‘rganish   yo‘lidagi
izlanishlarida ham, zamonaviy adabiyot haqidagi suhbat va maqolalarida ham takror
va takror Navoiy ijodiga murojaat qilinganini ko‘ramiz. 
Olimning   “Zanjirband   sher   qoshida”   kitobiga   Alisher   Navoiy   ijodining
mohiyatini tushuntirib, sharhlab beruvchi maqolalari jamlangan. Biz ataylab “tadqiq
etuvchi”   yoki   “o‘rganuvchi”   deb   emas,   “tushuntirib,   sharhlab   beruvchi”   deb
atayapmiz.   Sababi,   kitob   tayyorlangan   80-yillarning     ikkinchi   yarmida   O‘zbekiston
ijtimoiy-siyosiy   hayotida   bo‘lgani   kabi   tarix   va   o‘tmish   adabiyotiga   munosabat
borasida   ham   milliy   uyg‘onish   ro‘y   berayotgan,   Navoiy   va   boshqa   mutafakkir
shoirlarimiz ijodiga sinfiy nuqtai nazardan qarashlarga barham berilib, yangicha, sof
adabiy   talqinlar   yuzaga   chiqayotgan   edi.     70   yil   davomida   sho‘ro   mafkurasi   ostida
ongi qisilgan xalqqa, ayniqsa, yoshlarga Navoiy ijodining asl  mohiyatini tushuntirib
berish   kerak   edi.     Bu   tadqiqot   ana   shunday   vaziyatda   hozirjavob   ommabop   risola
sifatida namoyon bo‘ldi.
  “Boshni   fido   ayla”   deb   nomlangan   dastlabki   qismda   Navoiy   ulug‘lagan
insoniy fazilatlar – ota-onani hurmat qilish, tabiatga va borliq mavjudodga mehr, tilga
1 1
  Расулов А. Танқид, талқин, баҳолаш. Т., 2006. 146-б.
45 va   so‘zga   e’tibor,   kamtarlik,   saxovat,   muhabbat   kabilar   ulug‘   shoirning   asarlaridan
olingan parchalar orqali tafsir qilinadi.             
Inson   tabiat   farzandi.   Shu   sababli   yosh   avlodni   tabiatga   muhabbat   ruhida
tarbiyalash,  ular  qalbida   o‘simlik va hayvonot  dunyosiga  mehr-shafqat  tuyg‘ularini
shakllantirish   doimo   dolzarb   vazifalardan   bo‘lib   kelgan.   Shuning   uchun   ham   risola
aynan   shu   mavzu   talqini   bilan   boshlanganligi   bejiz   emas.   Olim   tabiat   va   inson   bir-
biriga   nechog‘lik   chambarchas   bog‘liqligini   ko‘rsatar   ekan,   avvalo,   o‘quvchini
tarixga   nazar   tashlashga   undaydi.   Qadim   zamonlarda   odamlar   daraxtlarga
sig‘inishgani,   daraxtlar   qurishini   ayrim   qabila   yoki   elatlar   katta   fojeaday   qabul
qilganliklari,     daraxtlar   sharafiga   o‘tkaziladigan   g‘aroyib   marosimlar   bo‘lganligini
eslatadi. 
     Alisher   Navoiyning   biror   bir   asari   yo‘qki,   inson   va   tabiatning
chambarchas   bog‘liqligiga   urg‘u   berilmagan   bo‘lsa.   Shundan   kelib   chiqib,   olim
o‘quvchi e’tiborini hazrat Navoiyning quyidagi baytlariga tortadi:
Ey husn aro sohib g‘ino, xurshid otangdur, oy ono,
Istar esang nisbat yono: ham sarv og‘a, ham gul singil.
Quyoshni otaga, oyni onaga qiyoslash, husnda tengsiz go‘zalga sarv – og‘ang,
gul – singling deyilishi bayt mazmuniga tabiiylik baxsh etganligini tanqidchi to‘g‘ri
ko‘rsatib   bergan.   Tabiat   insonning   onasi,   daraxtlar   birodagi   ekanligini   aytar   ekan,
olim shu o‘rinda Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” dostonidagi tolesiz oshiq
Farhodning   ahvolini   eslaydi.   Farhod   odamlarni   tark   etib,   dashtu   sahrolardagi
hayvonlar   bilan   do‘stlashadi,   ular   Farhodga   mehr-shafqat   ko‘rsatishadi.   Farhod
odamlardan   ko‘rmagan   xayrixoxlikni   hayvonlardan   ko‘radi,   jamiyatdan   topmagan
erkinlikni ona tabiat quchog‘idan topadi. Haqiqatan ham ba’zan kimdir ko‘nglimizni
ranjitsa,   ozor   bersa   tabiat   bag‘riga   o‘zimizni   olgimiz   keladi,   tabiat   farzandi
ekanligimizni his qilamiz.
Shunisi   e’tiborliki,   I.Haqqulov   kitobga   kirgan   maqolalarning   deyarli
hammasini   keng   kitobxonlar   doirasini   mo‘ljallab,   ilmiy   til   andozalari   va   zerikarli
jumlalardan qochgan holda dastlabki satrlardanoq kitobxonni o‘ziga tortib ketadigan
46 uslubda   yozgan.   Aksar   maqolalar   qiziqarli   rivoyat   yoki   fikr   bilan   boshlanadi.
Masalan:   “Rivoyat   qilinishicha,   qadim-qadim   zamonlarda   oqil   bir   odamning   suluv
qizi bo‘lgan emish. Shu dilbarga ikkita farishtaning ishqi tushibdi...” (“Tilga e’tibor –
elga e’tibor”).
  “Qadimgi yunon faylasufi Suqrotning aytishicha dunyoda bitta ezgulik bor –
bilim. Bitta yovuzlik bor – nodonlik ” 1
. (“Nodonlik – yovuzlik”)
Mana shu oxirgi keltirilgan maqolani tahlil qilib ko‘raylik. Avvalo maqolaning
sarlavhasidayoq uning mazmun mohiyati yaqqol ifodalangan: “Nodonlik - yovuzlik”.
Bu   Suqrotning   iborasi.   Endi   buni   asoslash,   dalillash   kerak.   Ibrohim   Haqqulov
mavzuga   olinayotgan   tushunchani   ijtimoiy   hodisa   sifatida   talqin   etishga   urinadi.
Tahlil   ob’ekti   aniq:   bu   –   “Ezgulik   –   bilim,   nodonlik   –   yovuzlik   ”   degan   aqida.
“Xo‘sh,   inson   uchun   eng   nafli   ilm   nima?”   deya   savol   tashlaydi   I.Haqqulov   va   o‘zi
javob izlay boshlaydi. “Bu – Vatanni sevish ilmi!” Millatsevar olimning javobi shu.
Kimdir yuqoridagi savolga “Odamiylik” yoki “Iymon ilmi” va yoki yana boshqacha
javob   aytishi   mumkindir,   lekin   Ibrohim   Haqqulov   aynan   “Vatanni   sevish   ilmi”   deb
aytadi va isbotlash uchun mumtoz adabiyotdan dalil izlaydi.  
“Buni   o‘tmishda   “Ilmu   hubbul   Vatan”   deb   atashgan.   Sevmoq   uchun   avval
topmoq   kerak,   -   deb   yozadi   I.Haqqulov.   –   Ashaddiy   nodonlar   vatanda   bevatan
bo‘lganlar.   Bundaylardan   har   qanday   bedodlikni   kutish   mumkin.   Axir   shundaylar
emasmi,   ibn   Sinoday   buyuk   zotning   ruhini   ezganlar.   Olim   yozadi:   “Mahbub-ul
qulub”da   o‘qiymiz:   “Nodon   eshak,   balki   eshakdan   ham   battar.   Eshakka   nimani
yuklasang ko‘taradi, qayoqqa haydasang o‘sha yoqqa boradi, unda aql-farosat da’vosi
yo‘q,   bermasang   och,   bersang   –   to‘q.   Bu   bir   bechoradur...     Nodon   yuqoridagi
sifatlardan xoli: zoti bilim libosidan mahrum. Nodonning ishi takabburlik, kekkayish,
xayolida yuz xil behuda tashvish...” 2
.
Olim   o‘zi   bilgan   haqiqatni   bayon   etarkan:   “Qaysi   eldaki   malolat,   ya’ni
malollik,   siqilish   va   horg‘inlik   g‘olib   kelsa,   u   elda   nodonlik   avjiga   chiqqan.   Qaysi
1 1
 Ҳаққулов  И. Занжирбанд шер қошида.  84- бет.
2 2
Ҳаққулов  И. Занжирбанд шер қошида. 86- бет.
47 yurtdaki   haqiqatning   bag‘ri   tilinib,   adolatning   ustunlari   qulatilsa,   biling:   u   yurtda
g‘ofillar   baland   mavqelarni   egallab   olishgan.   Bu   haqiqatni   o‘zimcha   bashorat
etayotganim yo‘q, Navoiyga suyanib aytayotirman”, - deb yozadi. 
I.Haqqulov     maqolalarida   kurashchanlik,   fidoyilik   ruhi   yaqqol   sezilib   turadi.
“Tarix – kechmish hayot, olis zamonlarda yashab o‘tgan ajdodlar taqdiri, yaxshilik va
yomonlik   o‘rtasidagi   kurash   tajribasi,   haqiqat   va   diyonat   uchun   to‘kilgan   qonlar,
mag‘lublik   va   g‘oliblik   jangu   suronlari.   Tarix   –   Vatan   iqbolidagi   o‘zgarishlar,   xalq
tafakkurining   yuksalish   yo‘llari”,   -   deb   boshlaydi   I.Haqqulov   “Tarix   –   xotira
chirog‘i”   maqolasini.   Va   yana   davom   etib,   Alisher   Navoiy   ijodiga   murojaat   etadi:
“Alisher   Navoiy   Husayn   Boyqaroning   o‘g‘li   G‘arib   Mirzoga   tarixni   o‘rganish
zaruriyatini bunday sharhlaydi:   
Vagar tarix sari aylagung mayl,
              Muni bilg‘achki, ne ish qildi har xayl...
              Ne ishdin mamlakat obod bo‘ldi,
              Qayu ishdin ulus barbod bo‘ldi.
Olim baytlar ma’nosini tahlil qilib berar ekan bu bilan o‘quvchini ham tarixni
o‘rganishga   da’vat   etadi   va   tarix   barbodlik   emas,   obodlik   istiqboliga   xizmat   etishi
kerakligini ta’kidlaydi.  
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   “Zanjirband   sher   qoshida”   tadqiqoti
I.Haqqulovning   Navoiy   ijodini   targ‘ib   qilish   yo‘lidagi   zahmatli   ijodining   yorqin
namunasi   sifatida   o‘z   vaqtida   kitobxonlar   ommasining   ehtiyojini   qondirdi   va
zamonaviy   sharhlardan,   o‘ziga   xos   talqin   va   tahlillardan   iborat   bu   kitob
navoiyshunoslik fanining rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. 
2.2.   Majnun obrazi ginezisi va Navoiy ijodida o‘rni
Majnun obrazi Sharq mumtoz adabiyotiga arab folklori adabiyotida mavjud
bo‘lgan   oshiq   obrazi   bo‘lib,   10-11   asrlarda   ishqiy   g‘azallar   shoirlar   tomonidan
Majnun   taxallusida   yozilib   “Devoni   Majnun”   kabi   devonlar   tartib   berilgan.
48 Xamsanavislik   an’anasini   Nizomiy   boshlab   berar   ekan   Majnun   obrazi
xamsanavislarda   an’ana   va   novatorlik   nuqtai   nazaridan   individuallik   kasb   etdi.
Ishq   yo‘liga   kirgandan   keyin   tinimsiz   ravishda   o‘zlikni   unutib   borish  ‒
tasavvufning   asosiy   g‘oyalar i dan   biri.   Bu   Navoiy   asarlarida   to‘g‘ridan   to‘g‘ri
tasvirlab beriladi gan  emas, shoir, hatto, bayon va ifodada ham, ko‘rib o‘tilganidek,
bunga qat’iy amal qila boradi. 
Xuddi   “ Lison ut-tayr ” dagidek usul    “ Layli  va Majnun ”   dostonida ham  bor.
Ma’lumki, Majnunning otasi tilab-tilab erishgani   ‒  o‘ g‘ li tu g‘ ilgach, unga  “ Qays ”
deb   o‘z   otasining   ismini   beradi.   Asarning   10-bobidan   boshlab   to   15-bobigacha
nasriy  sarlavhalarda “ Qays ”   so‘zi   qayta-qayta   uchraydi.  15-bobda  shoir   bu  oshiqi
benavoni   bolalaru   kattalar “ Majnun ” ,   ya’ni   “ Jununiy ”   ( “ Jinni ” )   deb   chaqira
boshlaganini yozadi  (3:378) .
Qays   haqiqiy   oshiqqa   aylanganidan   (tasavvufiy   ma’noda ,   ya’ni   analogik
jihatdan  sulukka kirganidan) keyin o‘z oti nimaligini ham unutgan,  u ning xayolida
faqat  “ Layli ”  degan  ism  bor, xolos:
Ul bo‘lub otin biluridin yot,
Mundan do g‘ ikim, ne nimadur ot.
O‘z otiyu qavmu xayli oti,
Yo‘q yodida g‘ayri Layli oti,
“ Layli, Layli ” ,  ‒  debon chekib un,
El deb:  “ Majnund u r, ushbu Majnun ” [Alisher Navoiy, 1996:  378].
Ana   endi   Qays   haqiqiy   oshiqqa   aylandi.   Tasavvufiy   ma’noda   talqin
etiladigan   bo‘lsa,   u   batamom   sulukka   kirdi.   Unda   o‘zligini   unutish   boshlandi.
O‘zlikdan kechmay turib, yorga etish mumkin emas.
v 3 Navoiy     doston ning 16-bobida Qaysni faqat   “ Majnun ”  deb ataydi. 16- ,  17-
va 20   ‒   35-boblar  nasriy  sarlavhalarida ham  endi   Qays  nomi   “ Majnun ”   deb  zikr
etiladi. Bu qismda faqat 16-bobning boshro g‘ ida bir bob Layli otasining yaqinlari
nutqida gina “ Qays ”  (378)   deyiladi, vassalom
Majnunning   eldan   uzilib,   demak,   tabiiy   hayot   tarzini   unutib,   dashtu
biyobonda   vahshiy   hayvonlar   bilan   do‘st   tutinib   yurgan   holati   tasvirida   shunday
baytlarga duch kelamiz:
Yo‘q hech so‘z aytmoqqa mayli,
Aytur so‘zi bu qadarki:  “ Layli ” .
H am Layli o‘lub tilida zikri,
H am Layli o‘lub ichida fikri.
H ar yon nazar etsa oshkoro,
Layli nazarida jilvaoro  [Alisher Navoiy,  1960:  393].
Bu   tipologik   jihatdan   xuddi   “Lison   ut-tayr”da   nomlari   sanalib   turgan
qushlarning birdan nomsiz bo‘lib qolishi, ya’ni ulardan qaysi  biri tilga olinmasin,
faqat  “bir qush”  deb ketilaverishi bilan aynan hodisa.
Endi   yana   bir   narsani   esga   solaylik:   Majnun   otini   so‘raganlarida   o‘zini
“Layli”   deb   atadi,   qayoqqa   qarasa,   Laylini   ko‘rganday   bo‘ldi.   Xo‘sh,   bu   talqin
bilan “Lison ut-tayr”dagi qushlar o‘zlari   si  (o‘ttiz)  va   murg‘ (qush), ya’ni Simurg‘
ekanini   anglashgani,   qaysi   tarafga   boqishsa,   o‘zlarini,   ya’ni   Simurg‘ni
ko‘rishganlari o‘rtasida nima farq bor? 
Faqat   bu   tasavvufiy   yo‘l   “ Lison   ut-tayr ” da   qushlar   majozida,   “ Layli   va
Majnun ” da   inson   majozida   tasvirlangan ,   xolos .   Navoiyning   bu   majoziy   ishq
talqinida n   ko‘zlagan   bosh   maqsadi   esa   haqiqiy   ishqning   mohiyatini   ochib
berish dan iborat  edi. 
Bejiz emaski, shoir “Lison ut-tayr”ning 2 ta bobida Layli va Majnun (Qays
Omir)   bilan   bog‘liq   hikoyat   keltiradi.   168-bob d a   ba yon   etilishicha,   Majnun
dashtda   hamisha   kimgadir   gapirar   edi.   Undan   kim   bilan   so‘zlashayotganini
so‘rashdi.   “Layli   bilan”,     deb   javob   berdi.  ‒ “U   sendan   ancha   uzoqda-ku”,   ‒
3 deyishdi.  Bunga javoban:
...Dedi: “Ey g‘ofil, erur jonimda ul.
Ulki, oning zikridur jonimda qut,
Yo‘l yiroq bo‘lg‘ondin o‘lg‘oymu unut?!” [Alisher Navoiy, 1996:266].
178-bob dagi hikoyatdagi savol-javob esa tubandagicha kechadi:
Kim birav bir kun dedi:  “ Oting nedur? ”
Dedi:  “ Layli! ”  Dedi:  “ Isboting nedur?  
Dedi:  “ Ulkim ,  Layli o‘ldi zot anga,
H ojat ermas aylamak isbot anga.
Gar sanga shakdur, manga budur yaqin..! ”   [Alisher Navoiy, 1996: 285).
Demak,   voqealarning   insonlar   o‘rtasidagi   munosabatlar   tarzida   kechishiga
qarab,   “Farhod   va   Shirin”   yo   “Layli   va   Majnun”,   aytaylik,   “Lison   ut-tayr”dan
ko‘ra   soddaroq   asar,   “Lison   ut-tayr”   esa   “murakkab   falsafiy   asar”   degan
xulosalarga kelish uchun hozircha hech bir asos yo‘q. Chunki “Farhod va Shirin”
ham,   “Layli   va   Majnun”   ham     xoh   falsafiy   ma’noda,   xoh   majoziy   ma’noda‒
bo‘lsin,  tasavvufiy asar. 
Agar tasavvuf yo‘llarining oshkor va yo yashirin tasvirini inobatga oladigan
bo‘lsak,   aksincha,   “Farhod   va   Shirin”   bilan   “Layli   va   Majnun”da   Navoiy
oshiqning qaysi voqea orqali tasavvufdagi qaysi muayyan bosqichni bosib  o‘tgani
yoxud tariqatdagi qay bir aqida, ya’ni shiorga amal qilganini aniqlash u qadar oson
ish   emas.   Bu   jihatdan   “Farhod   va   Shirin”   bilan   “Layli   va   Majnun”   dostonlari    	
‒
“Lison ut-tayr”ga nisbatan o‘ta murakkab asarlar. 
Birgina   tasavvufiy   tavba   masalasining   o‘zini   ana   shunday   juz’iy   tipologik
qiyosda ko‘rib chiqishki, masalaning tub mohiyatiga etishda shu qadar asqotdimi,
demak,   “Lison   ut-tayr”ni   shoirning   boshqa   asarlari,   xususan,   “Xamsa”
dostonlariga qiyosan keng va atroflicha tahlil etish navoiyshunosligimiz, qolaversa,
umumadabiyotshunosligimiz uchun ko‘p yangi xulosalar berishi   turgan gap.	
‒
4 3-BOB:  ALISHER NAVOIYNING ISHQIY DOSTONLARIDA FARHOD
VA MAJNUN    TIMSOLLARINING QIYOSIY TAHLILI
3.1. Farhod va Majnun – komillik timsoli
 
Alisher   Navoiy   Farhod   va   Shirin   kabi   komil   insonlarning   baxtli   bo‘lishi,
orzu-   istaklariga   yerishishi   uchun   shart   bo‘lgan   omil   odil   podshoning   o‘qimishli,
ilmli   bo‘lishi   lozim   deb   biladi,   ya’ni   komil   insonning   maydonga   kelishi   uchun
komil   sharoit   ham,   ya’ni   Farhodkush   zamona-sharoit   yemas,   balki   Farhodparvar
zamona-sharoit   bo‘lishi   haqida   so‘z   yuritadi.   Xuddi   shuni   nazarda   tutib,
zamondoshlari   bo‘lgan   tarixiy   shahzodalarga   ishora   qilib,   ular   shoh   bo‘lgach,
shunga amal qilishlari lozimligini istaydi.
Alisher   Navoiyning   deyarli   barcha   asarlarida   faoliyat   ko‘rsatadigan   oshiqu
ma’shuqlar   uchun     bunday   mayl   yagona   harakat   dasturiday   ko‘zga   tashlanadi.
Ayniqsa, Farhodu Shirin, Layli va Majnunlar taqdirida bunday joziba eng yuksak
ohangda   badiiy   talqinini   topgan,   desa   sira   xato   bo‘lmaydi.   Alisher   Navoiy
tasviridagi   Farhodning,   umuman   ishqqa   va   o‘z   sevgilisiga   munosabatini
oydinlashtirishda   uning   Xusrav   Parviz   bilan   qilgan   munozarasi   katta   ahamiyat
kasb  etadi.  Keling, yaxshisi   o‘sha  shuhratli   savol-javobdan  bir   parchani  nazardan
o‘tkazaylik:
                       ... Dedi: Nedur sanga olamda pesha?
                      Dedi: ishq ichra majnunluq hamisha...
                      Dedikim: ishq o‘tidin de fasona!
                      Dedi: kuymay kishi topmas nishona.
                      Dedikim: kuymagingni ayla ma’lum!
                      Dedi: andin zarur joh ahli mahrum!
                      Dedi: qay chog‘din o‘ldung ishq aro mast?
                      Dedi: ruh ermas erdi tanga payvast...
                      Dedi: bu ishq tarki yaxshiroqdur!
                      Dedi: bu sheva oshiqdin yiroqdur!
5                       Dedi: ol ganju qo‘y mehrin nihoniy,
                      Dedi: tufroqqa bermon kimyoni!...
                      Dedikim: Shahg‘a bo‘lma shirkat andesh!
                      Dedi: ishq ichra tengdur shohu darvesh!...
                      Dedi: kishvar beray, kech bu havasdin!
                      Dedi: bechora, kech bu multamasdin!
                      Dedi: ishq ichra qatling hukm etgum!
                                    Dedi: ishqida maqsudumg‘a yetgum! (“Xamsa”, 275-276-
betlar).
Navoiy   barcha   ibratli   fazilatlariga   ko‘ra   Xusravning   ziddi   bo‘lgan   Farhod
timsolini   yaratish   ishtiyoqi   bilan   qalam   suradi.   XV   asrning   ikkinchi   yarmi
xurosonda   murshidi   komili   hazrat   Jomiy   bo‘lgan   naqshbandiya   tariqatiga   ixlos
qilish   bilan,     inson   manfaati   va   poklikdan   o‘zga   iddaosi   bo‘lmagan   o‘sha   o‘lmas
g‘oyalarni   badiiy   ijod   olamida   keng   targ‘ib   qilgan   Alisher   Navoiy   “Farhod   va
Shirin”da   ham   ayni   g‘oyaviy  uslubiga   sodiq   qoladi.   “Di l   ba  yor-u  dast   ba   kor”ni
farzona Farhodning ham harakat dasturiga aylantiradi. Muallifning bunday urinishi
dostonning boshlanish boblarida kelgan satrlardayoq nomayon bo‘lgan:
                  
                     Zaruratkim solib bir o‘zgacha tarx,
                     Bu mehnatkashni qilgumdurur sharh (8,46)
Shu ishoradan ravshanki, dostonda ifodalangan sevgi sarguzashtlari mehnat,
hunar,   qahramonlik,   jasorat,   sadoqat,   yuksak   insoniy   birodarlik   singari   qator
oliyjanob   fazilatlarni   yuzaga   chiqarish   uchun   xizmat   qilgan.   “Alisher   Navoiy
o‘zining   jamiyat   va   tabiat   haqidagi   mulohazalarini,   -   yozadi   O‘zbekiston
Respublikasi   Fanlar   akademiyasining   akademigi   Botirxon   Valixo‘jayev
maqolalaridan   birida,   -   inson   va   uning   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   turli   masalalarni,
hayotiy tajribalari natijalarini “Xamsa”ning “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning
hayratlanishi)   “Layli   va   Majnun”,   “Sab’ai   sayyor”   (Yetti   kezuvchi   musofir),
“Saddi   Iskandariy”   (Iskandar   devori)   deb   atalgan   syujetli   va   maqolalardan   iborat
6 poemalarida   turli   badiiy   shaklda   aks   ettirdi.   Shuning   natijasida   “Xamsa”
poemalarida   goh   mutafakkir   donishmand   tarzida,   gohida   Farhod,   Shirin,   Layli,
Majnun,   Farruh,   Axiy,   Dilorom,   Iskandar   va   Lubati   chiniy   taqdiridan   so‘z
yurituvchi, ularning shodligidan quvonuvchi, g‘am-g‘ussasidan esa nola-yu fig‘on
qiluvchi,   hatto   yig‘laguvchi   shoir   sifatida   (masalan,   “Layli   va   Majnun”dagi
fojeaviy final haqida gapirib, shunday deydi:
So‘ngin nechakim uzattim oxir,
Yig‘lay-yig‘lay tugatdim oxir,
ba’zida esa  o‘sha  davrdagi  ijtimoiy tengsizlik,  zulm, adolatsizlik, nohaqlik,
firibgarliklardan   g‘azabi   oshib   ketgan,   bunday   hollarga   qarshi   keskin   kurashga
muboriz-kurashchi sifatida namoyon bo‘ladi ulug‘ shoir va mutafakkirimiz Alisher
Navoiy   (B.   Valixo‘jayev.   Alisher   Navoiy   “Xamsa”si   va   uning   Sharq   xalqlari
adabiyoti   taraqqiyotida   tutgan   o‘rni.   “Alisher   Navoiy   “Xamsa”sini   o‘rganish
masalalari”. Maqolalar to‘plami. Samarqand -1987 ,  5-6-betlar).
Majnun   –   birinchi   navbatda   inson.   Insonning   komillik-poklikka   intilishida
esa ishqi majoziy imtihon maydoni. Chunki ana shu maydonda inson ishq yo‘lidagi
dard,   kuyish-yonishlar,   jonni   kuydiruvchi   yuzlab   sho‘la-yolqinlar   ko‘rasida
toblanadi   –   har   xil   xiraliklardan   poklanadi   va   poklikda   shuhrat   qozonadi
(“poklikka mavsuf”).
Ul o‘tda chu ehtizoz topdi,
Andoqki kerak gudoz topdi.
Har g‘ashlig‘din erdi noqis
Bo‘ldi bu gudoz bila xolis.
(MAT, 9-tom, 294-bet.)
Boshqacha aytganda, u “o‘zligi” – surati majoziyligidan qutulib, ma’naviy –
axloqiy poklik darajasiga, ya’ni komil inson darajasiga erishib, odamlarni maftun
etadi (“birovga mash’uf”). Majnun ana shu darajadagi timsol bo‘lib, Ilohiy zotning
sifatlaridan   bahramand   bo‘lgan   komil   insondir.   Demak,   Majnun   majoziy   ishqda
7 komillikka   erishib,   haqiqiy   ishqdan   bahramand   bo‘lganlarning   Ramzidir.
Majnunning bunday yuksak komillik darajasiga erishuvining asosiy omili Laylidir.
Layli komillikni namoyon etadigan ko‘zgudir, mazhardir.
Majnun ana shu ko‘zguda o‘zini emas, balki Laylini-komillikni ko‘radi:
Ham Layli o‘lub tilida zikri,
Ham Layli o‘lub ichida fikri.
Har yon nazar etsa oshkoro,
Layli nazarida jilva oro.
(MAT, 9-tom, 1v-bet).
Shuning bilan bir qatorda:
Majnun sog‘inib o‘zini Layli,
Aylar edi nozu ishva mayli.
Layli o‘zini so-indi Majnun,
Shukur ettiki, yori bo‘ldi maqrun.
Ul bu bo‘ldiyu lek bk ul
Topmadi aroda ikkilik yo‘l.
(MAT, 9-tom, 250-bet)
Demak,   Majnun   va   Layli   komillikda   vahdatni   yagona-yaxlitlikni   tashkil
etadi. Bu esa nihoyatda baland darajadagi ishqning-xos ishqning ko‘rinishi bo‘lib,
unda   jismoniylik   emas,   balki   ma’naviylik   yetakchi   mavqyeni   egallaydi.   Bunday
yuksak darajadagi xos ishqni tushunmaydiganlar Majnun va Layli mohiyatini ham
tushunmaydilar. Bular qatorida Laylining otasi ham bor, ibn Salomlar ham bor.
Alisher   Navoiyning   naqshbandiya   tariqatining   muridi   ekanligini   yana   bir
karra   his   qilish   qiyin   emas.   Asarning   faqatgina   15-bobida   naqqosh,   naqshin,
naqshpayvand,   naqshband     kabi   so‘z   va   birikmalar   15-martaga   yaqin   ifoda
yetiladi,   shuningdek   Farhodning   qurilish   jarayonida   qo‘l   keladigan   hunarlarini,
ayniqsa,   teshaga   suv   berib   toblash,tosh   kesish,   naqsh   solishni   mohirlik   bilan
o‘rganishda ham o‘sha mayl seziladi. Aslida asarning 12-bobidan Farhodni shaxs,
8 oshiq sifatidagi madaniy-ma’rifiy olami shakllantirilgan. Komil inson pog‘onasiga
ko‘tarish uchun tayyorlash jarayoni boshlanadi.
3.2. Farhod va Majnun timsollarining takomillashishida dostondagi
ramziy obrazlarning ahamiyati
 “Tarixiy, riyoziy, ilohiy” fanlarini mukammal o‘zlashtirgan Farhod qiyosida
“Arastu kichik bir shogirdi”ga aylanib qoladi. Farhod shahzoda, uning istiqbolida
taxt turibdi. Toju taxt esa qo‘shin bilan himoya qilinadi. Uni sarkarda boshqarishi,
yextiyoj   tug‘ilgan   oldinda   shoxini   o‘zi   ot   surishi   va   birinchi   qilichni   uning   o‘zi
yutishi   lozim.   Shuning   uchun   xoqon   suyukli   Farhodni   jismoniy   jihatdan
shakllantirishga alohida ye’tibor qiladi.      
Iskandar   oynasi   tilsimining   yechimi   nimada   ekanligini   anglagan   shahzoda
yunon   safariga   chiqishni   ixtiyor   etadi   va   bu   qaroridan   otabegi   Mulkoroni   voqif
qiladi. Xoqon vaziri bilan ayni masala xususida uzoq bahslashgandan so‘ng Farhod
bilan borishni, ya’ni yunon mulki tomon lashkar tortishni ma’qul ko‘radi.
Taniqli  adabiyoshunos  N.Komilov Farhodning yunon safarini suluk yo‘liga
kirib   ma’rifat   manzillarini   (maqomotni)   bosib   o‘tish   deb   biladi.   Chin   shahzodasi
zo‘r   qobilyat   bilan   zohiriy   bilimlarni   o‘zlashtirgan,   ammo   ular   tilsimotlar,   ya’ni
ilohiy   sir   -   asrorlarni   ochishga   kifoya   qilmaydi.   Olimlarning   fikricha:   “Irfoniy   –
botiniy   bilimlarni   egallab,   ilm-ul-yaqin   darajasidan   haq-ul-yaqin   darajasiga
ko‘tarilish ko‘ngil oynasida g‘ayb jamolini aks yettira olish uchun esa u (Farhod)-
piri   komil   ta’limini   olish   kerak   yedi.   Farhodning   xazinasidagi   ko‘zguni   billur
sandiq   ichidan   ololmay   (chunki   u   tilsimlangan)   Yunonistonga   safarga,   Suqrot
huzuriga otlanishga zarurat shundan kelib chiqadi”.
N.   Komilovning   mazkur   tatqiqotida   dostondagi   obraz   va   timsollarning
ramziy-majoziy   xususiyatlari   ham   juda   keng   tarzda   tahlil   qilingan.   Jumladan,
Farhodning   Yunonistonda   hokim   Suhayloga   uchrashi-shahzodaning   tariqat
yo‘lidagi   birinchi   piridan   saboq   olishidir.   Hokim   Suhaylo   besh   yuz   yillik   hayot
9 paytida   bo‘lib,   Farhodning   kelishini   ilhaqlik   bilan   kutadi.   U   qadimgi   Eron
afsonaviy   donishmandi   va   munajjimi   Jomospning   bashoratida   chin   shahzodasi
Iskandar   tilsimini   yechadi,   deya   fikr   bildirganligini   aytadi   hamda   Farhod   yengib
o‘tish kerak bo‘lgan to‘siqlar: ajdaho va devdan xabar beradi.
Hakim   Suhaylo   Farhodning   tariqat   yo‘lidagi   ilk   piri   bo‘lganligi   bois   unga
ilohiy ishq sirlarini o‘rgatadi. Avvalo, ta’kidlash o‘rinliki, dostonda keltirilgan bu
obraz   bilan   aloqador   badiiy   timsollarning   ma’no-mohiyati   majozda   o‘z   ifodasini
topgan.   Jumladan,   Suhaylo   Farhodga   ajdarhoni   yengish   uchun   bir   necha
otashgohlardan yurib yig‘gan samandar yog‘ini tuhfa yetadi. Samandar-afsonasiga
ko‘ra, o‘tda kuymaydigan qush bo‘lib, u - ishq; ajdarho esa - nafs timsoli. Demak,
Farhodning   piri,   unga  ishq   bilan   ko‘nglini   oyinafom   etish,   nafsini   mag‘lub  qilish
sirlarini   o‘rgatadi.   Shahzoda   Suhayloning   so‘zlariga   amal   qilib,   Axriman   devni
o‘ldiradi.  Uning   bo‘ynidagi   lavhani   olib,   o‘sha   yordamida   Jamshid   jomini   qo‘lga
kiradi.   Jom   aylanasida   esa,   Suqrot   huzuriga   olib   boruvchi   yo‘l   haqidagi   yozuv
mavjud   edi.   Zero,   tasavvuf   ta’limotiga   ko‘ra   shayxlar   o‘z   muridlarini   ma’lum
muddat   tarbiya   qilgandan   so‘ng   salohiyati   o‘zlaridan   yuqori   pirlardan   ta’lim
olishni   tavsiya   etganlar.   Farhod   ham   Suhaylo   yordamida   komillik   sari
ildamlayotgan bo‘lsa-da, hali u tilsimni yechish imkoniyatga ega emasdi. 
Shahzodaning irfoniy bilimlarning oshganligi esa Xizr alayhis-salomga duch
kelishda nomayon bo‘ladi:
                   Padid o‘ldi falakdek marg‘zori,
                   Quyosh yanglig‘ ichinda chashmasore.
                   Zuloliy chashmayi hayvon masallik, 
                   Bo‘lib har qatra andin jon masallik.
                   Qirog‘ingda daraxti ko‘kga hambar, 
                   Bu hayvon suyi ul Xizri payg‘ambar.  
  Farhod   ishq   sirlaridan   voqif   bo‘la   boshlagani   bois,   g‘oyibdan   kelgan   madad
timsoli   Xizr   payg‘ambar   maslahati   bilan   jomga   qaraydi,   unda   Suqrot   maskan
tutgan   tog‘   va   qorang‘u   g‘orni   ko‘radi.   Farhod   bu   ulug‘   zot   oldiga   borish   uchun
10 eng   mudhish   manzil   hisoblangan   sher   va   “Temir   paykar”   odamlar-robotlar
maskaniga   duch   keladi.   Sher   –   g‘azab,   temir   paykarlar   esa   -   dunyo   mo‘jizalari
ramzi.   Farhod   Axriman   devdan   tortib   olgani   saltanati   timsoli-Sulaymon   xotami
bilan sherni daf yetadi. Temir paykar bilan jangda Xizrdan olgan tasfihiga tayanib
g‘olib   chiqadi   va   qorang‘u   g‘orni   jomi   Jamshid-ko‘ngli   shu’lasi   bilan   yoritib
Suqrot huzuriga yetadi.
Xoqon va Mulkoro Suqrot  oldidan chiqib ketganlaridan so‘ng, donishmand
Farhodni   yoniga   chorlaydi.   Chin   shahzodasining   kelishini   u   intizorlik   bilan
kutganini   so‘zlab,   murodi   hosil   bo‘lgani   uchun   ollohga   shukronalar   qiladi.   Vaqt
qisqaligi   uchun   tezda   maqsadga   o‘tib,   Farhodga   abadiylik   haqida   mulohazalarni
bildiradi.       
Navoiy   qadim   Yunon   madaniyatini,   arab   adabiyotini,   Hindistonni   juda
yaxshi   bilgan.   “Far h od   va   Shirin”   dostonidagi   Yunon   mamlakatiga   oid   ta’rif   va
tavsiflarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, unda shunday satrlarga duch kelamiz:
                             Ki Yunon mulki ul Farhunda kishvar,
                             Ki hikmat birla topti zebu zevar.
                             Hakimikim, topib ashkoli aflok 
                             Bu kishvar tufrog‘idin bir ovich xok.
                             Toshi  h ikmat elining durri toji, 
                              Giyohi barcha illatlar iloji.
Bu   o‘rinda   Navoiy   Yunon   mamlakatini   qadimiy   madaniyatning   beshigi,
barcha fanlar rivojlangan, tabiati ham boy bir baxtiyor (“farxunda”) o‘lka sifatida
madh  etmoqda.   Biroq  shoir   bu  o‘rinda  umumiy  gaplar   va  mavhum   ta’riflar   bilan
cheklanib qolmoqchi emas. Qadim Yunon shuhrati haqida gap borar ekan, ikkinchi
baytda   osmonning   tuzilish   sirlarini   birinchi   marta   hal   qilib   bergan   bir   Yunon
olimini eslatib, o‘shanday buyuk inson ham shu mamlakatning tabarruk bir siqim
(“ovuch”)   tufrog‘idan   dunyoga   kelmog‘ini   aytmoqda.   Bu   olim   kim?   Bu
yeramizning   90-yillarida   tug‘ilgan,   “Almajasti”   asarining   muallifi   Klavdiy
11 Ptolomey bo‘lib, u Sharqda Batlimus nomi bilan shuhrat topgan, asarlari arab tiliga
tarjima ham qilingan, navoiy Batlimus haqida boshqa dostonlarida ham so‘zlagan.
Navoiyning   arab   xalqlari   tarixi,   madaniyati,   arab   va   arab   tilida   O‘rta   va
Yaqin Sharq olim va shoirlari yaratgan ilmiy va badiiy asarlarni qiziqib o‘rganishi
uning yoshlik vaqtidanoq boshlangani shubhasiz. U Qur’on va  h adis ilmlarini  h am
ni h oyatda  p u x ta egallagan edi.
Hirot va Mashhadda bilimini kamolotga yetkazgan shoir 1464 - yili siyosiy
voqyealar   taqozosi   bilan,   Samarqandga   ketishga   majbur   bo‘ldi.   Bu   yerda   ham   u
o‘z bilimini chuqurlashtirdi va ijodiy faoliyatini davom ettirdi.
Farhod   Yunon   safaridan   Chinga   qaytib   “Oynai   Iskandariy”da   Arman
o‘lkasidagi   dasht,   unda   kanal   qazuvchilar   va   bir   go‘zal   boshchiligidagi   qizlarni
ko‘rdi   va   o‘sha   go‘zalga   oshiq   bo‘lib   qoldi.   Ishq   Farhodni   kasal   qiladi,   uni
davolash   uchun   dengiz   sayohatini   uyushtiradilar.   Kemalar   halokatga   uchrab,
Farhod bir yog‘och chetida tanho qoladi. Shopir bilan tanishadi. So‘ng ular, Arman
dashtida kanal qazayotganlar oldiga keladilar. Farhod ularga rahmi kelib:
                 Hunarni asrabon ketgumdur axir,
                 Olib tuproqqamu ketgumdur oxir.
-deb hunarini, mo‘jizalar teshasini ishga solib kanal qazadi.
Chin shahzodasi  Iskandar  oynasining tilsimini  yechishga  muvaffaq bo‘ladi.
Bu tilsim komil inson Suqrotning qalbi edi.
Unda   Farhod   Shirinni,   o‘zini   va   o‘z   boshidan   kechirishi   lozim   bo‘lgan
voqyealarni   ko‘radi.   Suqrot   ta’kidlaganidek,   Farhodni   maqsad   sari   eltuvchi   yo‘l-
ishqi   majoziy   bo‘lib,   unda   oshiqning   jismi   yonib   erishi-o‘zligidan   foniy   bo‘lishi
talab   etiladi.   Buning   uchun   bir   mazhar-ilohiy   jamol   siymosida   aks   etgan   kishi
lozim edi. Shunday vazifani Shirin o‘taydi.
Tabiblar   dengiz   safariga   tavsiya   etadilar.   Dengizda   kuchli   to‘fon   sodir
bo‘lib, Farhodni  xoqon va mulkorodan ajratib qo‘yadi. Xo‘janddan Yaman tomon
yo‘l   olgan   savdogarlar   kemasi   ulkan   dengizda   bir   taxta   ustida   xushsiz   yotgan
Farhodni  ko‘rib,  uning  hayotini  saqlab   qolishadi.  Kemaga   qaroqchilarning  hujum
12 qilishi   va   Farhodning   mislsiz   qahramonlik   namunalarini   ko‘rsatib   savdogarlarni
ofatdan   asrashi,   Shopur   bilan   topishib,   Arman   mamlakati   tomon   yo‘l   olishi,   bu
yerda     mashaqqatlar   girdobida   qolgan   xalqning   holiga   achinib,   “Nahr   ul-hayot”
arig‘i,   “Bahr   ul   najot”   hovuzini   barpo   etishga   kirishishi   dostondagi   Farhod
obrazining   har     tomonlama   yetuklik   sari   intilishini   badiiy   ifoda   etgan   jozibali
lavhalardir.
B o d i  saboga iltijo qilib, Chin-u Xitoy mulkiga yo‘l olishini, xoqonga uchrab
ota   yuzini   ko‘rolmay   armon   bilan   o‘lgan   farzandidan   unga   xabar   yetkazishni
o‘tinadi.   Shuningdek,   bu   o‘tinch   zamirida   Farhodning   salomi   mushtipar   onasi,
Mulkoro va Qoranga ham yo‘llanganligini ifodalaydi. Do‘sti Shopurdan qabrining
toshidan hamisha voqif bo‘lishini iltimos qilib jon taslim etadi:
         Buzulg‘on joni jonig‘a tushti,
         Balo o‘ti buzuq jonig‘a tushti.
          Ul o‘t bir nav kuydirdi vujudin,
         Ki, kul qildi vujudi tor-u nudin.
         Kelib jonon otin tilga ta’lim,
         Tutib jonon otin, jon  e tti taslim.      (8,419)
Xoqon,   Mulkoro,   Bahrom,   Qoran,   Moniy,   Mehinbonu,   Shopur   singari
obrazlar   ham   zohirbin   kishilar   vakili   bo‘lsalarda,   ular   ilohiy   fayzdan   bahramand
bo‘lib komillik sari intiluvchi Farhod va Shiringa zulm qilmaydi, ularga madadkor .
Xusrav ,  Buzruk  Ummid, Sheruya,  makkora zol esa nafs bandalari, ularning qalbi
zulm va qabohat, makr-hiyla maskanidir.
Asardagi   Suhaylo,   Xizr,   Suqrot   obrazlari   orqali   haqsevarlik,   insonsevarlik
g‘oyalari ilgari suriladi.
Tadqiqotlarda   ko‘rsatilganidek,   “   Farhod   va   Shirin”   dostonidagi   ramziy
timsollar ifodalangan ma’nolar quyidagichadir:
Farhod – Haqqa yetishishni maqsad qilgan solik
Shirin – mazhar, ya’ni Haq jamolini o‘ziga zohir qilgan timsol
13 Moniy,   Boniy,   Qoran   –   Farhodga,   ya’ni   solikka   dunyoviy   ilimlarni
o‘rgatgan ustozlar.
Suhaylo   –   Farhodga   Haqqa   yetishga   yo‘l   ko‘rsatuvchi   murshidni   topishga
ko‘maklashgan ustoz, Farhodning tariqatdagi 1- piri.
Xizr- tariqatdagi 2- pir.
Suqrot – Haqqa yetish va ko‘ngil sirlarini yechishning yo‘lini ko‘rsatgan piri
murshid
Ajdarho – nafs
Dev – saltanat
Samandar yog‘i - ishq
Sher – g‘azab
Temir paykar – ro‘yo, yolg‘on dunyo
Jamshid jomi – ko‘ngilni ochish kaliti
Oyinayi jahonnamo – ko‘ngil
Xusrav, Sheruya, Yosuman – nafsga qul bo‘lgan, shayton izmidagi bandalar
[Yusupova, 260].
“Farhod va Shirin” dostoni qiyosiy tahlilini tadqiq etgan S.Erkinov shunday
deydi:   “Alisher   Navoiy   Qoran,   Boniy   va   Moniyning   mahoratlarini   ular
bajarayotgan   ish   ustida   ravshanlashtirishga,   umumiy   tarzda   bo‘lsa   ham   ularning
obrazlarini gavdalantirishga erishgan” [Erkinov, 90].
Dostonda  ma’lumki,  Farhod  ilohiy  ishq   dardiga  mubtalo  bo‘lgan  oshiq.  U   o‘z
maqsadi   yo‘lida   juda   murakkab   va   halokatli   sarguzashtlarni   boshidan   kechirgan.
Dengiz   to‘foni   va   qaroqchilar   hamlasini   daf   yetib,   dev   va   ajdarni   o‘ldiradi.
Iskandar tilsimini ochib, Jamshid Jomi va Sulaymon uzugini qo‘lga kiritadi. Bular
cheksiz   romantik   lavhalarda   tasvirlangan.   Yunoniston   safari   bilan   bog‘liq   mana
shu   voqyealar   rivojida   donishmand,   zotlar-Suhaylo,   Suqrot   va   Hazrati   Xizrlar
muhim o‘rin tutadi.
Hakim va faylasuflar mushkullarni  yechib mo‘jizalar ko‘rsatadilar, o‘git va
nasihatlar bilan qahramonni saodat manzili sari yetaklaydi.
14 «Farhod   va   Shirin»   dostonida   yunonliklar   Xoqonga   Suhaylo   hakim
yashayotgan makondan xabar berib, mushkulotlar tuguni faqat uning hikmati bilan
yechilishini aytgan yedi:
                     Bu so‘zkim shoh so‘rar andin nishona,
                     Bu mulk ichra hakimdir yagona.
                     O‘tib besh yozdin ayni hayoti,
                      Suhaylo hakim el ichra oti.
                     Erur Yunonda Suqroti Zamon ul,
                     Tutib Suqrotdek g‘ori nihon ul.
                     Bu mushkul nuqta holin  ul qurulul,
                     Aning sori buyursang boshlali yo‘l.
Donishmandlar   tavsifidagi   hamohanglik   ularni   bir-biriga   yanada
yaqinlashtirgan. Har  ikkala dostondagi  hikmat  egalari moddiy olam mojoralardan
yiroqda,   uzlatga   chekinib   g‘orlarda,   uzlatga   chekinib   g‘orlardan   makon   tutgan.
Lekin har ikkala olam sirlari ularga ayon.
Suhaylo Jomosp hakimdan ming yil oldin Farhodning qismati haqida yozib
qoldirgan bashoratini ma’lum qiladi, yo‘lda uchraydigan balolarni (ajdar, dev) daf
etish hikmatlarini o‘rgatadi. Qahramon taqdiri haqda so‘zlab, Farhodni ilmda yakto
Suqrot huzuriga yo‘llaydi va jonini haqqa topshiradi.
“Farhod   va   Shirin”   dostonining   XVII   bobi   Farhodning   Suqrot   hakim
huzuriga   yetishib,   maqsad   sari   yo‘l   ochilganiga   bag‘ishlagan.   Shoh   va   shahzoda
mashaqqatlar   bilan   baland   tog‘lardan,   qorong‘u   g‘orlardan   Suqrotni   izlaydilar   va
nihoyat   Jomi   Jamshid   yordamida,   uning   manziliga   yetadilar.   Shu   o‘rinda   shoir
voqyealar borishini bir zumda to‘xtatib, Suqrot hakim ta’rifiga o‘tadi.
     Uy ichra ko‘rdilar bir pori nur,
                  Bo‘lib ev portaviddin bayt ma ’ mur.
15                   Muzakkiy ruxdan jismi nomudor,
                  Mujarrad aqldin shaxsi padidor.
                 E takni tog‘dek tortib jahondin,
                 Nechukkim tog‘ tebiranmay makondin.
Suqrot timsolida butun siymosi tafakkur nurlardan porlagan, aqli  teran , fazli
daryo,   o‘tar   dunyo   g‘avg‘olaridan   tog‘   kabi   yetak   tortgan   komil   inson   qiyofasi
namoyon bo‘l a di. “Ba’zi insonlar aqlga shu qadar ergashadilarki, natijada butunlay
malaklashdilar, nur  bo‘l a dilar. Bular  anbiyo  va avliyolardir,”-  deyiladi. Jaloliddin
Rumiyning “Ichingdagi ichingdadir” nomli tasavvufiy-falsafiy asarida. Binobarin ,
butun   sayratidan   inom   nurlarini   taratayotgan   yunon   mashoyixiga   Farhodning
o‘tmishi va kelajagi, qayg‘uli qismati va oxir-oqibat  e rishajak saodati ham ayon:
                 Baq o  mulkda topgung qahramonlik,
                 Haqiqat taxtida so h ibquronlik.
                 At o ngdek yuz tuman xoqonu qaysar,
                 Unut bo‘lgay jahon a h li yaksor.
                 
                 Sening q o lg‘ay jahon ichra sif o ting,
                 Tari q i ishq ichinda yaxshi  o ting.
Foniy   dunyo   taxtiga   e galik   qilgan   yuz   minglab   Xoqonlarning     nomi   unut
bo‘lib ketar, ammo sen  haqiqat   taxtining sohibq i roniga aylanib,  boqiylik sari  yuz
tu t a sa n.   Ta ’ bir   joiz   bo‘lsa ,   aytish   mumkinki,   mana   shu   hikmatli   bashorat   butun
dostonning   g‘oyaviy   mohiyatini   ochishda   muhim   ahamiyat   kasb   etgan.   Gap
shundaki, Alisher Navoiy o‘zining deyarli barcha dostonlarida, g‘azaliyotida ilgari
surilgan   o‘zak   fikrni   –   ilohiy   ishq   sohiblarining   yuksak   martabalari   haqidagi
so‘fiynoma qarashlarni yana bir bora yunon donishmandi tili bilan izhor etgan.
16 Alloh   nuridan   (hech   narsa)   pinhon   qolmas”.   “Nasoim   ul   –muhabbat”da
shunday so‘zlarni o‘qiymiz: 
“Va   ul   sohib   davlatlardin   (payg‘ambarlardan)   so‘ngra   bu   ummatning
mashoyihi va avliyolari bu irshodga ishtig‘al ko‘rguzdilar va vada budirkim, olam
inqirozigachkim  millat  va shariat  siyrati  mustaqil  bo‘lgusidir, bu toifakim  viloyat
va   karomat   ahlidurlar   va   haloyiqga   irshod   va   uhda   qulurlar,   muborak   zotlarning
barokati   bu   millat   boshida   kam   bo‘lmagay”.   Darhaqiqat   ro‘yi   zaminda
payg‘ambarlik   nuridan-da   ravshanroq   nur   yo‘q.   Mashoyixlar   va   avliyolar
payg‘ambarlarning  vorislari   ekan,  demak,   ular   “Olam   inqirozigacha”   xaloyiqning
yo‘lini hidoyat nurlari bilan munavvar qiladilar, binobarin, avliyolar talqinida har
ikkala   dostonda   ham   inkor   qilib   bo‘lmaydigan,   mana   shu   hayotiylik   ustuvorlik
qilgan.   Bu   haqiqatning   negizi   esa   Qur’oni   Karim   va   Hadisi   Sharif   g‘oyalardan
oziqlangan.
Dostonlar   syujet   halqasining   bir   qismini   tashkil   etgan   avliyo-hakimlar
timsoli va ularning qahramonga rahnomaligi  motivining epik an’ana doirasida  bu
qadar   mustahkam   o‘rin   egallashning   boisi   ham   shundaydir.   Bu   epik   an’ananing
shakillanishi   esa,   yuqorida   aytilgandek,   xalqning   ishonch   va   e’tiqodi,   diniy   va
falsafiy qarashlari bilan uyg‘unlashib ketgan chuqur zaminga ega.
Zero, bu ko‘hna olam qadr-qimmatidan donishmand bobolar karomatepesha
avliyolar   nuridan   fayz-barokatidan   holi   bo‘lmagan.   Shunday   ekan,   so‘z
yuritayotganimizda   dostonlardagi   valiyullohlar   timsoli   asarning   badiiyligiga   zeb
berib,   jozibadorligini   oshirish   barobarida   voqyealarning   hayotiyligini   ham
ta’minlagan.
“Farhod   va   Shirin”   dostonida   g‘ayb   olamning   vakili   sifatida   ishtirok
etadigan   timsollardan   biri   Hazrati   Xizirdir.  U   Farhodni   ikki   xavfdan-sheri   nor   va
temir o‘pchindan xalos etib, Suqrot huzuriga yo‘l topishida rahnomalik qiladi. 
Alisher   Navoiy   ishqiy   sinovlar   va   mashaqqatlar   girdobida   o‘y   surayotgan
inson   (Farhod)   qismatini   suhaylo,   suqrot   va   xizir   kabi   ilohiy   siymolar,   faoliyati
bilan bog‘liq hodisa aks ettirdi. Bundan chiqadigan yagona xulosa: inson qanchalik
17 jismoniy   kuch-qudratga   ega   bo‘lmasin,   u   koinot   va   borliqning   qonunlari   oldida
hamisha   ruhiy   madadga   nuhtoj.   Faqat   yaratganning   niyati,   pirlarning   madadi
bilangina maqsadga erishish mumkin.
  Ulug‘ shoir beqiyos tafakkur masuli bo‘lgan “Farhod va Shirin”ni yaratishda
xalq og‘zaki ijodi an’analari bilan ilhomlangan edi. Keyingi davrdagi yozuvchi va
shoirlar, baxshi va qissaxonlar esa Navoiy dahosidan fayz topdi.   
«Tasavvufga   ko‘ra   ko‘ngilni   poklash   ham   bir   ilmdir.   Ilm   esa   ustozlardan
o‘rganiladi.   Farhodning   ustozlaridan   kasb   o‘rganishini   eslang.   Ular   shunchaki
hunarmand   ustalar   obrazi   emasdi.   Boniy-ko‘ngilga   ishq   binosini   qurgan   va
qurishni o‘rgatgan piri Moniy – Olloh ishqini qalbda naqshlash sirlarini anglatgan
ustoz.   Qoran   –   ko‘ngildagi   toshdan   ham   qattiq   nafsoniy   istaklarni   parchalash
ilmini   bildirgan   murshid.   Shular   kabi   yana     Suhaylo,   Suqrotdek   ulug‘lardan   ishq
sirlarini,   poklanish   ilmini     o‘zlashtirgan   insongina   hayotlik   davrida   o‘z     botinida
dev, ajdaho, arslondek bo‘lgan   nafsoniy illatlarni yenga biladi, kundalik hayotda
duch   keladigan   o‘z   nafsiga   qul   Xusrav,   Sheruya   kabi   odam   qiyofasidagi
shaytonlarga bas kela oladi.  Bir so‘z bilan aytganda, u insoniy o‘zligini yo‘qotmay,
poklanish   yo‘lida     davom   etadi.   Poklanishga   erishgan   komil   inson   ayni   paytda
yuksak axloq va odob timsoliga aylanadi. Shu ma’noda Farhod o‘zbek adabiyotida
mukammal yaratilgan komil inson obrazidir» .  
Ishqning markaziy tushuncha ekanligi shunday ta’riflanadi: Tasavvufda ishq
deganda   faqat   mehr,   sevgi   kabi   tuyg‘ulargina   emas,   ulardan   tashqari   yana   iroda,
sabot,   ilm,   ibodat,   oqillik,   xoksorlik,   sabr,   qanoat,   g‘ayrat,   kamtarinlik,   adolat,
saxiylik,  halimlik,  mardlik,  hayo,  pokizalik, shirinso‘zlik,  shafqat,  umuman  inson
qalbini, ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Ollohga yaqinlashtiradigan barcha
ezguliklar,   pokliklar   yig‘indisi   tushuniladi.     Ishqning   o‘rni   ko‘ngilda   bo‘ladi.
Ko‘ngil ishq tufayli poklanadi. Ko‘ngil poklansa, ishq yana-da o‘tli, nurli bo‘ladi,
ilohiy mohiyat kasb etadi.
Nafs tushunchasi, yemoqlik, ichmoqlik, kiymoqlikdan tashqari yana johillik,
g‘urur,   tama’,   ko‘rolmaslik,   baxillik,   mansabparastlik,   shahvat,   ko‘ngli   torlik,
18 g‘azab,   umuman,   inson   ruhini,   qalbini     bulg‘aydigan,   uni   Ollohdan
uzoqlashtiradigan barcha illatlar yig‘indisi tushuniladi.
Qur’oni   karimning   bir   qator   oyatlarida     ochiq   yoki   ishora   bilan   nafsni
jilovlash,   yengish   lozimligi   mazmunida   hukmlar   bor.   Shuningdek,   payg‘ambar
Muhammad alayhissalomning  hadislarida ham  bu   borada ko‘rsatmalar talaygina.
Misol tariqasida  Hazrati Aliga aytgan ushbu nasihati (hadisi)ni keltirish mumkin6
«Yo   Ali,   valoyat(   avliyolik)   maqomiga   yetishgan   zotlar   ko‘p-ko‘p   ibodat
qilganlaridan   emas,   o‘z     nafslarini     yengganliklaridan   bunday   ulug‘   darajaga
erishganlar»   Nafs   insonning   juda   qudratli,   xavfli   dushmani.   Unga   tobe   inson
ma’naviy   va   jismoniy   tubanlikka,   halokatga   mahkum.   Shuning     uchun   Navoiy
«Nafs     itin   qilsang   zabun   olamda   yo‘q   sendek   shujo»   deb   yozsa,   «Qisasi
Rabg‘uziy»da bir nafsning  ishini yetmish  shayton qilolmaydi ,  deb ta’kidlanadi.  
Umuman,   so‘fiyona   adabiyotning   tasvir   mavzui   tariqat   yo‘li   bilan
poklanayotgan va tinmay komillik sari taraqiiy etayotgan inson bo‘lgani uchun ana
shu   solik   –   yo‘lovchi   insonning   dunyoqarashi,   estetikasi,   kechinmalar   olami
muhim [Komilov, 155].
“Layli   va   Majnun”   dostonida   “Farhod   va   Shirin”dagi   Shopurni   xotirga
keltiruvchi bir timsol mavjud. To‘g‘ri, ularning mavqye va ijtimoiy hayotdagi o‘rni
birday   emas.   Shopur   Eron   farzandi,   u   jahongashta   tijoratchi,   dunyo   kezgan,
ko‘rgan,   “base   achchiq-chuchuklarni”   boshidan   kechirgan   inson.   Muhimi,   faqat
pul   topish,   sanash   va   mo‘may   foyda   izidan   quvuvchi,   ma’naviy   olami   qashshoq
kimsa  emas.  Shopur   – ma’rifatli,  fahmu  farosati  joyida  bo‘lgan  shaxs.  U  qalb  ila
sirlasha   oladi.   Shuning   uchun   u   Farhodni   o‘zi   uchun   kashf   qiladi,   uning   qalbi
tubida   pinhon   darddan   ogoh   bo‘la   oladi.   Shunday   jasur,   hozirjavob   va   hunarli
insonga   madad   qo‘lini   cho‘zishni   o‘zi   uchun   sharaf   hisoblaydi.   Farhod   va
Shopurdagi ma’naviy-ma’rifiy uyg‘unlik ularni shu qadar jipslashtiradiki, natijada
bu  ikki   birodar   yagona   maqsad   yo‘lida   xizmat   qiladilar.  Shopur   tabiatida   Axiyga
xos   fazilatlar   yo‘q   emas.   “Layli   va   Majnun”da   Navfal   shunday   qiyofada   ko‘zga
tashlanadi.   Avvalo   mushohada   qilib   ko‘raylik,   Shopur,   Navfal,   Axiylarning
19 voqyealar   to‘qimasiga   olib   kirilishi   hayot   haqiqatiga   rost   keladimi?   Ular   sun’iy
ravishda o‘ylab topilgan to‘qima timsollar emasmi? Dadil javob berish mumkinki,
ushbu qahramonlar asarlarda faoliyat ko‘rsatmasa, norasolik, kemtiklik yuz berardi
va o‘sha asarlarning badiiy-ma’rifiy qadri bu qadar yuksakda bo‘lmas edi.
Alisher Navoiy dostonda Majnun va Laylilar ishq mohiyatini tushunuvchi va
ularga yordam qo‘lini cho‘zganlar ham borligini Navfal obrazi misolida ko‘rsatadi.
Chunki:
Navfalki Arabda erdi nodir,
Tig‘iga qadar, o‘qig‘a qodir.
Yaxshiliq ila Arabda mavsum,
Oromgahi bu marz  ila bum...
Navfal dag‘i ishq ko‘rgan erdi.
G‘am dashti aro yugurgan erdi.
(MAT, 9-tom, 152-153-betlar).
Shu   jihatdan   Navfal   qizi   va   uning   sevgilisi   taqdirining   ijobiy   hal   qilingani
tushinarlidir.   Ammo   Navfal   qizi   va   uning   sevgilisining   muhabbati   Majnun   va
Laylilar   o‘rtasidagi   ishq-xavos   ishqi   darajasiga   ko‘tarilgan   emas.   Navfal   qizi   va
sevgilisining   o‘zaro   ishqi   Alisher   Navoiy   ta’riflagan   “avom   ishqidurkim,...derlar:
“falon   falonga   oshiq   bo‘lubdir...   va   bu   qismning   (avom   ishqining)   biyikrak
martabasi shar’iy nikohdurkim, bari xaloyiqqa sunnat...”
(MAT, 14-tom, 67-bet).
Alisher   Navoiy   dostonida   bu   ikki   xil   ishqning   talqinida   shoir   majoziy   ishq
martabasiga   Majnun   va   Laylilar   ishqi   misolida   alohida   ur-u   beradi,   chunki   bu
martaba   komillik   martabasi   bo‘lib,   unda   “pok   ko‘zni   pok   nazar   bila   pok   yuzga
solmoqdur   va   pok   ko‘ngul   ul   pok   yuz   oshubidin   qo‘z-olmoq   va   bu   pok   mazhar
vositasi bila oshiqi pokoz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra olmoq”dir (MAT, 14-
tom, 68-bet).
20 Demak, Alisher Navoiy mazkur dostonda hamma sohada poklikka erishgan
komil   inson   haqidagi   mulohazalarini   Majnun   va   Layli   afsonasi   vositasida   bayon
qiladi:
Yozmoqda bu ishqi jovidona,
Maqsudum emas edi fasona.
Mazmunig‘a bo‘ldi ruh mayli,
Afsona edi aning tufayli.
Lek chu raqamg‘a keldi mazmun,
Afsona anga libosi mavzun...
Insonga erur kamol matlub,
Andin dag‘i dardu hol matlub...
Yo rab, bu raqamki bo‘ldi marqum,
Har kim o‘qumoqdin etsa ma’lum.
Har ne ki o‘qur taammula etsa,
Degan –arazim taxayyul etsa.
(MAT, 9-tom, 310-312-betlar).
Shunday   qilib,   Alisher   Navoiy   “Xamsa”sidagi   ikkinchi   –   “Farhod   va
Shirin”, uchinchi – “Layli va Majnun” dostonlari haqida umumiy yo‘nalish tarzida
mulohaza   yuritdik.   Agar   diqqat   bilan   qaralsa,   bu   ikki   dostonni   bir-biriga
yaqinlashtiruvchi  mushtarak  mavzu  – komil   inson  mavzusi   bor.  Bu  mavzu  ularni
bir-biriga   bog‘labgina   qolmaydi,   balki   mavzuning   har   bir   dostonda   o‘ziga   xos
tarzda yoritilishi ularning uslubiy o‘ziga xosliklarini namoyon etadi, ya’ni “Farhod
va  Shirin”da   bu  mavzu   ijtimoiy   faollik   ko‘lamida   yoritilsa,   “Layli   va  Majnun”da
esa  asosan  ishq maydonidagi  ichki  kechinmalar, ruhiy holatlarning chuqur  tasviri
orqali nihoyatda mahorat bilan tasvirlanadi.
Haqqa yetish yo‘lidagi soliklar – Farhod va Majnun qiyosida quyidagi jihat
muhim:
Haq vasli sari intilish (mashaqqat va riyozat yo‘li) – Haq diydoriga yetishda
ularning faoliyati quyidagichadir:
21 Farhod   Soliki   majzub   timsoli   –   Haq   diydoriga   ilm   va   riyozatdan
(maqomlarni bosib o‘tgandan) so‘ng jazba topib intilish
Majnun Majzubi solik timsoli – Haqdan tabiiy, tug‘ma ravishda jazba yetishi
Demak, Alisher Navoiy bu dostonlarda bir mavzuni ikki yo‘nalishda davom
ettirib,   uning   ko‘p   qirrali   ekanini   ko‘rsatishga,   badiiy   timsollar,   voqyealar,
hikoyatlar orqali tasvirlashga katta mahoratini namoyon etgan.
Ko‘rinadiki, tasavvuf insoniyatni ruhiy-ma’naviy poklanishga da’vat etuvchi
g‘oyalar   silsilasi   sifatida   katta   tarbiyaviy   ahamiyatga   molik.   O‘zlikni   anglash   va
o‘zini   poklash   bilan   bog‘liq   uzluksiz   jarayon   sifatida   qarash   tasavvuf   mohiyatini
teranroq anglashga ko‘mak berishi bilan birga, uning ijtimoiy ahamiyatini oshrib,
hayotiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘rnini aniq tasavvur etishga zamin yaratadi.
O‘tmishda   o‘z   faoliyatini   tasavvuf   amaliyotiga   yo‘naltirgan   kishilarni
so‘fiylar,   tasavvuf   tarixi   va   tarqqiyotini   o‘rganib,   uning   g‘oyalari   targ‘ibiga   sa’y
etgan   olimlarni   esa   mutasavuflar   deb   atashgan.   Badiiy   adabiyotda   esa,   mazkur
ta’limot   obrazlar   olami   rang-barangligi,   axloqiy   ideallarni   mujassam   etgan   inson
siymosini   yaratish   asosi   hisoblangan.   Binobarin,   tasavufiy   terminlarni   o‘rganish
ham komil inson tarbiyasida, yoshlarni barkamol inson, yetuk shaxs sifatida kamol
toptirishda muhim rol o‘ynaydi.
XULOSA
22 XV   asrda   Xuroson   poytaxti   Hirotda   ikki   buyuk   shoir   yashab   ijod   etdi.
Ulardan   biri   buyuk   shoir,   fors-tojik   adabiyotining   ulkan   namoyondasi
Abdurahmon   Jomiy,   ikkinchisi   ulug‘   o‘zbek   mutafakkiri   Alisher   Navoiylar.   Ular
ham   Nizomiy   va   Xusrav   Dehlaviy   yaratgan   «Xamsa»ga   javoban   «Xamsa»
yozishga   bel   bog‘laydilar   va   ko‘p   o‘tmay   ikki   ajoyib   asar   -   fors-tojik   va   o‘zbek
tilida   ikki   «Xamsa»   maydonga   keldi.   Ammo   to‘rt   buyuk   shoirning   to‘rtta
«Xamsa»siga kirgan dostonlar ham nomlari, ham mazmun jihatdan bir-biridan farq
qiladi.
Ishimizning   dastlabki   sahifalarida   ta’kidlanganidek,   Alisher   Navoiyning
“Farhod   va   Shirin”,   “Layli   va   Majnun”   dostonlari   fanda   ancha   keng   o‘rganilgan
asarlar sirasiga kiradi. Biroq bu bilan asar har tomonlama tadqiq etildi, degan fikrni
bildirish tugal xulosa bo‘la olmasligini olimlarimiz tomonidan keyingi yillarda olib
borilgan   tadqiqotlar   isbotlamoqda.   Alisher   Navoiy   akademik   B.N.Valixo‘jayev
ta’kidlaganidek, xamsachilikka yangicha ruh olib kirdi. 
Alisher   Navoiy   “Xamsa”sining   har   bir   dostoni,   shu   jumladan,   “Farhod   va
Shirin”, “Layli va Majnun”lar ham so‘z san’atining hayratlanarli durdonasi sifatida
boqiy asarlardir. 
Navoiy tavalludining 550 yilligini nishonlash mamlakatimiz Mustaqilligining
birinchi   yiliga   to‘g‘ri   keldi.   Bu   tarixiy   sana   har   jihatdan   yuksak   darajada
nishonlandi. Shu vaqtdan e’tiboran Navoiyni o‘rganishning yangi davri boshlandi,
deyish mumkin.  
Dostonlarda   shoir   yashab   ijod   etgan   davrning   ilg‘or   falsafasi,   ahloqiy
qadriyatlari   va   shoirning   ularga   bo‘lgan   munosabati,   so‘z   san’atkori   sifatidagi
yondashuvi   o‘z   ifodasini   topgan.   Shuning   uchun   ham   “Farhod   va   Shirin”   XV
asrdan boshlab faqat o‘zbek adabiyotida emas, balki Sharqdagi ko‘pgina qo‘shni-
qardosh adabiyotlarda ham shuhrat qozondi.
Dostonlarning mavjud imlodagi  nashrlarini  tayyorlash,  uni  ilmiy muomalaga
kiritish,   asar   yuzasidan   tadqiqotlar   olib   bo r ish   kabi   ko‘pgina   sohalarda   salmoqli
ishlar   amalgam   oshirilgan.   Bunda   S.Ayniy,   A.   Fitrat,   O.Sharafiddinov,   Oybek,
23 V.Zohidov,   I.Sulton,   A.Hayitmetov,   N.Mallayev,   T.Jalilov,   S.Erkinov,
B.Valixo‘jayev,     A.Qayumov,     H.Qudratullayev,     I.Haqqulov,     M.Oripov   kabi
olimlarning   xizmatlari   beqiyos   ekanligini,   nashr   ishlarini   amalgam   oshirishda
olimlar     P .Shamsiyev,     H.Zaripov,     sevimli   shoir   H.Olimjonning   jonbozlik
ko‘rsatganini alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.
Umuman, o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishida g‘oyat kuchli va
samarali   ta’sir   ko‘rsatgan   ulug‘   zotlardan   biri   bu   Alisher   Navoiy   bobomizdir.
Alisher   Navoiy   bobomizning   ma’naviy   merosining   qanchalik   buyukligini   tarixda
o‘zlarining   ma’naviy   merosi   bilan   bashariyat   olamini   lol   qoldirgan
mutafakkirlarning   ko‘pchiligi   qayd   qilib   o‘tgan.   Jumladan,   Abdurahmon   Jomiy
“Bahoriston” tazkirasi, “Haft avrang” dostonlarida Navoiy ijodini yuksak baholab,
uni   she’riyat   quyoshi,   so‘z   gavharini   teruvchi   ijodkor,   deb   ta’riflagan   bo‘lsa,
Mirxond   “Dastur   ul-vuzaro”,   Xondamir   “Makorim   ul-ahloq”   asarini   Navoiy
faoliyati,   ibratli     ishlari   va   ajib   insoniy   xislatlarini   yoritishga   bag‘ishladilar.
Zayniddin   Vosifiy   o‘zining   “Badoye’   ul-vaqoye’”   asarida   Navoiy   haqida   o‘zi
shohid   bo‘lgan   yoki   qarindoshi   Sohib   Dorodan   eshitgan   nodir   hikoyalarni   naql
qilib, uning ajib hislatlarini  tasvirlash orqali birinchi marta Navoiy obrazini badiiy
tarzda gavdalantirdi. Axliy Sheroziy esa Navoiyga bag‘ishlangan forsiy qasidasida
uning bemisl tarixiy xizmati, oliymaqom ishlarini tavsif etadi.
Navoiyning   turkiy   tildagi   asarlari   butun   turkiy   xalqlar   yashaydigan
mamlakatlarga   yoyilgan   bo‘lsa,   forsiy   devoni   (“Devoni   Foniy”)   forsigo‘y   xalqlar
orasida e’tirof etildi. Nizomiy, Hofiz, Sa’diy, Xusrav Dehlaviy kabi nomi jahonga
ketgan   shoirlar   qatorida   hazrat   Navoiy   asarlari   ham   qadrlanib,o‘qib   kelingan.
Ayniqsa,   shoirning   forsiy   qasidalari   shuhrat   qozonadi.   Chunki   falsafiy
mushohadalarga   boy   bu   qasidalarda   inson   fitrati,   komillik   haqidagi   g‘oyalar,
jamiyat   ziddiyatlari   chuqur   badiiy   tahlil   qilinadi,   g‘oyat   dadil   va   jasoratli   fikrlar
bayon etiladi. Navoiy g‘azal va qasidalarida yozilgan forsiy tatabbu’lar ham bunga
dalildir.
24 Alisher   Navoiy   “Xamsa”ning   “Layli   va   Majnun”   dostonida   sevgini
tarannum  etadi va shunday bayon qiladi: “qattiq sevgi iztirobidan Laylida harorat
paydo  bo‘ladi,   tabiblar   uning  dardiga  malham   topishdan   ojiz   edilar,   uning  ahvoli
borgan sari og‘irlashadi”.
Ota-onasi   Laylining   boshi   ustida   ilojsiz   o‘tirar   edilar.   Layli   o‘limi   oldidan
onasini o‘z huzuriga chaqirib vasiyat qiladi: mening dunyodan o‘tar paytim keldi.
Qaytish   qilsam   men   uchun   ortiqcha   motam   tutmang.   Mening   vafotim   xabarini
eshitib   zora   g‘aribim   kelar,   u   ulusga   ishq   odatini   namoyish   qilib,   yonimda   jon
berar. Shunda keragicha lutf ko‘rsatib uning sharofatli  jismini  ko‘z yoshlari  bilan
yuvsangiz,   jon   pardasidan   kafan   qilsangiz   arziydi.   O‘sha   kafanga   meni   ham
chirmangiz, toki ikki badanga bir kafan bo‘lsin, bir joyga qo‘ying.
Asarning   davom   ettirilishi   jarayonida   tasvirlanishicha,   Majnun   g‘oyat
xastahol   yotardi.   Birdan   qulog‘iga   nido   kelib   Laylining   o‘lim   oldida   ekanligidan
xabar  yetti.  U yotgan  joyidan qoplon  kabi  sakrab  turdi. Laylining qabilasi  tomon
chopdi.   U   to‘g‘ri   Layli   yotgan   uyga   kirib   bordi.   Layli   endi   Majnun   to‘g‘risidagi
vasiyatni tugallagan edi. Ikkalasining bir-biriga nigohi tushdi. Ikkalasi ham baravar
jon berdi. Ularni bir kafanga o‘rab, bir tobutga solib, bir joyga dafn ettilar.
Dostonni   tadqiq   etgan   T.Ahmedov   Majnun   obrazi   Navoiy   ijodida   keng
ishlanganini alohida ta`kidlaydi [Ahmedov, 80].
Dostonning   yakunlovchi   bobida   bu   g‘am   dostoniga   bardosh   bera   olmagan
Navoiy  bu   g‘am   dostonini   “yig‘lay,   yig‘lay  tugatdim   oxir”   deb  xabar   qiladi.  Shu
bilan   qahramon,   ishqli   kishilarni   ulug‘laydi,   yasama   qalbaki   ishq   egalarini
qoralaydi.   Yana   Navoiy   bu   dostonning   turkiyda   bitilganligini   ta’kidlab,   bu   tilda
o‘qiydigan   xushta’b,   sof   idrokli   kishilar   bahra   olishlarini   ko‘zda   tutganligini
bildiradi.   Shu   bilan   shoir   o‘quvchilarning   ishq   g‘ami   bilan   shod   bo‘lishlari   va
shunda uni ham yod etishlaridan umidvor bo‘ladi.
Alisher   Navoiy   mudhish   voqyelikka   bardosh   bera   olmadi.   U   bir   butun
niqobli qahramonlar obrazlarini yaratadi. Chinning yosh shahzodasi  Farhod, Rum
shohining   asrandi   o‘g‘li   Iskandar,   Farhodning   ko‘kaldoshi   Bahrom,   Mehinbonu,
25 Shirin,   shoh   Navfal   kabi   ijobiy   qahramonlar   shoir   orzu-umidlarini   ifodalovchi
badiiy obrazlar sifatida maydonga keldi.
Farhod otasining hokimiyatini, taxtini egallash to‘g‘risidagi taklifini qat’iyan
rad   etadi.   “Sab’ai   sayyor”dagi   birinchi   hikoya   qahramoni   Farruh   ham   xuddi
shunday   yo‘l   tutadi.   Iskandar   vafot   etgan   otasining   taxtiga   o‘tirish   to‘g‘risidagi
taklifni   qabul   qilmaydi.   Bunday   vazifaga   tayyor   emasligini   bildiradi.   Bu
qahramonlar   har   doim   xalq   g‘ami   bilan   yashab,   xalqqa   g‘amxo‘rlik   va   shafqat
ko‘rsatadilar.   Iskandar   Eron   shoxi   Doroning   ko‘p   mamlakatlarni   talon-taroj   qilib
yiqqan behisob xazinalarini xalqqa, lashkarlarga ulashadi, u o‘z qo‘l ostiga kiritgan
mamlakatlardan   olinadigan   soliqlardan   voz   kechadi,   elga   ozor   beruvchi   yovuz
kuchlarga   qarshi   to‘siq   bino   etadi.   Farhod,   Shirin,   Mehinbonu   faqat   xalq
manfaatini   ko‘zlab   ish   tutadi.   Ushbu   obrazlar   faoliyati   orqali   ko‘rsatilgan
voqyealar   o‘z   davri   uchun   ham,   hozirgi   davr   uchun   ham   juda   katta   ahamiyatga
molikdir.
“Xamsa”da   Navoiy   fan   va   olimlarning   jamiyatda   tutgan   o‘rniga   katta
ahamiyat   beradi.   U   fanning   jamiyat   taraqqiyotida   tutgan   o‘rni   va   ahamiyatini
yaratuvchanlikda deb biladi.
Navoiy   ilm   fanni   shaxsiy   boylik   yig‘ish   vositasi   deb   qarovchi   shaxslarni
shunday tasvirlaydi:
Ilmni kim vositai joh etar,
O‘zini-yu, xalqini gumroh etar.
Demak,   Navoiy   “Farhod   va   Shirin”,   “Layli   va   Majnun”   dostonlarining
asosiy   mavzusi   komil   inson   masalasi   bilan   yo‘g‘rilgandir.   Dostonlardagi   ishq
masalasi chin insonga xos, yuksak, pokiza, sadoqatli va fojiiy sevgidir. “Farhod va
Shirin”,   “Layli   va   Majnun”   shunday   qudratli   g‘oyani   ishqiy   yo‘l   bilan   tarannum
etgan   dostonlar   hisoblanadi.   Dostonlar   qahramonlari   Farhod   va   Majnun   inson
qalbining   naqadar   oliy   tuyg‘ularga   boy   ekanini   nomoyish   etadilar.   Bu   tuyg‘ular
26 insonlarni   mayda   va   yuzaki   kechinmalardan,   holatlardan   baland   ko‘taradi   va
ulug‘laydi.   Navoiy   o‘z   qahramonlai   faoliyati   va   taqdirini   yuksak   ma’naviy
kamolotning   natijasi   deb   talqin   qiladi.   Shuning   uchun   ham   dostonlarda   ilgai
surilgan g‘oyalar barhayot, qahramonlar esa o‘rnak va namunadir.
 
27 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
I . I j t i m o i y - siyosiy adabiyotlar
1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. – Toshkent:  O‘zbekiston, 2016. – 32 b.
2. Mirziyoev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.
3. Mirziyoev   Sh.M.   Adabiyot   va   san’at,   madaniyatni   rivojlantirish –xalqimiz
ma’naviy     olamini     yuksaltirishning     mustahkam     poydevoridir.   Prezident
Sh.Mirziyoevning    O‘zbekiston     ijodkor     ziyolilari     vakillari   bilan   uchrashuvdagi
ma’ruzasi G‘G‘ Xalq so‘zi. – 2017. – 4 avgust.
4. Mirziyoev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash   –   yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent:  O‘zbekiston, 2017. – 32 b.
5. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O‘zbekiston   Respublikasini   yanada
rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi”   to‘g‘risidagi   Farmoni   G‘G‘   Xalq
so‘zi, 2017 yil, 8 fevral. №28 (6722).   – B.1-2
6. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   qarori   “Oliy   ta’lim   tizimini   yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida G‘G‘ Xalq so‘zi, 2017 yil, 21 aprel.
7. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoevning   BMT   Bosh
Assambleyasining   72-sessiyasida   so‘zlagan   nutqi     G‘G‘   Xalq   so‘zi,   2017   yil,   20
sentyabr.
8. O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida G‘G‘ Xalq so‘zi, 2017 yil 8 fevral, №28 (6722).  – B.1-2
II.Monografiya, darslik, o`quv qo`llanmalari va badiiy
asarlar
1. Ahmedov   T.   Alisher   Navoiyning   “Layli   va   Majnun”   dostoni.   –   Toshkent:
Fan, 1970.
28 2. Valixo`jayev   B.   O`zbek   adabiyoti   tarixi   (XV   asrning   ikkinchi   yarmi).   II
qism. – Samarqand: SamDU nashri, 2002. 
3. Vohidov   R.J.,   E shonqulov   H.R.   O`zbek   mumtoz   adabiyoti   tarixi.   –
Toshkent ,  2006. 
4. Vohidov   R.J.,   Mahmudov   M.   Ma`naviyat   –   komillik   saodati.   –   Toshkent:
Ma`naviyat, 1997.
5. Komilov N. Tasavvuf. Birinchi kitob – Toshkent: Yozuvch”, 1996.
6. Mallayev H. Alisher Navoiy va xalq ijodi. – Toshkent, 1979.
7. Mallayev H. O`zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent, 1976. 
8. Muhiddinov M. Adabiy an’ana va ijodiy o`ziga xoslik. – Toshkent, 1990.
9. Muhiddinov   M.   Komil   inson   –   adabiyot   ideali.   -     Toshkent:   ma’naviyat,
2005.
10. Navoiy A. Farhod va Shirin. Murammal asarlar to`plami. 8-tom. – Toshkent:
Fan, 1991.
11. Navoiy A. Layli va Majnun. Murammal asarlar to`plami. 9-tom. – Toshkent:
Fan, 1992.
12. Olim S. Naqshband va Navoiy. – Toshkent,  1996. 
13. Salohiy D. Navoiy nazmiyoti. – Samarqand: Zarafshon, 2013.
14. Sultonov I. Navoiyning qalb daftari. - – Toshkent, 1969. 
15. E rkinov S. N a voiy “Farhod va Shirin”i va uning qiyosiy tahlili. – Toshkent,
1971. 
16. E rkinov S. Sharq adabiyotida Farhod qissasi. – Toshkent: Fan, 1985. 
17. O`zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. II tom. – Toshkent, 1978.
29 18. Qayumov A.”Farhod va Shirin” sirlari. – Toshkent, 1978.
19.  Qayumov A. Asarlar. 1-kitob. – Toshkent: Mumtoz so`z, 2008.
20. Qayumov A. Asarlar. 2-kitob. – Toshkent: Mumtoz so`z, 2008.
21. G‘afurov I. O‘ttiz yil  izhori  (adabiy o‘ylar, maqolalar). – Toshkent:  G‘afur
G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987.
22. Xudoyberdiyev  A. Navoiyni anglamoq farzdir. – Samarqand, 2012.
23. Hayitmetov A. Navoiyxonlik suhbatlari. – Toshkent, 1993. 
24. Haqqulov I. Tasavvuf va she’riyat. – Toshkent, 1991. 
III .  Jurnallar va ilmiy to`plamlarda ye’lon qilingan maqolalar. 
25. Badalova   M.   Alisher   Navoiy   “Xamsa”   dostonlaridagi   maktublarda   inson
ruhiy halatining tahlili. O`TA, 1993-yil, №5 ,  61-betlar.
26. Bozorova N. Alisher Navoiy g`azallarida ruh va ko`ngil tasviri G‘G‘ O`TA,
1999-yil, №5 ,  60-61-betlar.
27. Boltaboyev   H.   Mir   Alisher   Navoiy   Fitrat   talqinida”   G‘G‘   O`TA,   1992-yil,
№1 ,  13-22-betlar.
28. Navoi yga  armug`on (ilmiy to`plam). –Toshkent, 2003.
29. Narziqulova   M.   Alisher   Navoiyning   “Sab’ai   sayyor’   dostoni   va   folklor
asarlari orasidagi mushtarak jihatlarga doir G‘G‘  O`TA, 1998, №6 ,  48-bet.
30. Ne’matov   S.   Navoiyshunoslar   anjumani   G‘G‘   O`TA,   1994,   №8   4-5-6,   86-
87-betlar.
31. Rafiddinov   S.   Navoiy   she’riyati   va   qalandar   timsoli.   G‘G‘     O`TA,   1996,
№6 ,  14-16 -betler.
30 32. E rgashev   Q.   Navoiyshunoslar   anjumani.   G‘G‘     O`TA,   1995,   №2 ,   69-70-
betlar.
33. G`afforov N. “Hayrat ul-abror” da Abdulloh Muborak obrazi va nafs talqini.
G‘G‘  O`TA, 1998, №6 ,  18-21-betlar.
34. G`aniyeva S. Tehron kitobxonalaridagi Navoiy asarlari qo`lyozmalari. G‘G‘
O`TA, 1991, №4 ,  73-76-betlar.
35. Hayitmetov   A.   Alisher   Navoiy   uslubi   muammolari   (“ X amsa”   misolida)
G‘G‘  O`TA, 1999, №1 ,  28-33-betlar. 
31

Alisher Navoiy dostonlaridagi Farhod va Majnun timsollarining qiyosiy tahlili MUNDARIJA: I bob. Xamsachilik an’anasida ishqiy dostonlarning o‘rni 1.1. Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ishqiy dostonlarning g‘oyaviy yo‘nalishi 1.2. Farhod va Majnun timsollarining ma’rifiy ahamiyati Bob bo‘yicha xulosalar II bob.’’Farhod va Shirin’’ va ‘’Layli va Majnun’’ dostonlarida oshiq timsoli 2.1. Farhod obrazi ginezisi va Navoiy ijodida badiiy talqini…………………… 2.2. Majnun obrazi ginezisi va Navoiy ijodida o‘rni…………………………… Bob bo‘yicha xulosalar III bob. Alisher Navoiyning ishqiy dostonlarida Farhod va Majnun timsollarining qiyosiy tahlili 3.1. Farhod va Majnun – komillik timsoli 3.2. Farhod va Majnun timsollarining takomillashishida dostondagi ramziy obrazlarning ahamiyati …… Bob bo‘yicha xulosalar Umumiy xulosalar …………………….…………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………….… 3

ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, Alisher Navoiy ijod i hamma davrlar uchun muhim mavzular va g‘oyalar mushtarakligida benihoya katta ahamiyatga molik. Shu bois bo‘lsa kerak, uning asarlarida yoritilmagan masala yo‘q hisobi ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Uning qalamiga mansub durdonlar tasavvufiy, tarixiy, islomiy, tarbiyaviy kabi qator sohalar, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, she’rshunoslik va boshqa fanlarga oidligi bilan diqqatimizni tortadi. Alisher Navoiy yodgorlik majmuining dunyoning barcha chekkasida ochilishi, mamlakatimizda shoir nomida shahar, ko‘cha, bog‘ va ta’lim maskanlari barpo etilishi millatimiz ma’naviy yuksalishi salohiyatini tiklaydi. Mamlakatimizda Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida mamlakat strategik rivojining bosh omillari belgilanar ekan, “Mana shu strategiyaga muvofiq, barcha soha va tarmoqlar qatori madaniyat va san'at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari ravnaqini yangi bosqichga ko‘tarishni biz o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz... Avvalo xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va nuktadon shoirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarni ko‘zda tutadi” 1 . Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlari fanda ancha keng o‘rganilgan asarlar sirasiga kiradi. Biroq bu bilan asar har tomonlama tadqiq etildi, degan fikrni bildirish tugal xulosa bo‘la olmasligini olimlarimiz tomonidan keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar ham isbotlamoqda. Tarixdan ma’lumki, temuriylar davrida, shu jumladan, Husayn Boyqaro hukmronligida madaniy yuksalishlar bo‘ldi. Buni shu davrda yetishib chiqqan ko‘p 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Ўзбекистон ижодкор зиёлилари вакиллари билан учрашувдаги “Адабиёт ва санъат, маданиятни ривожлантириш – халқимиз маънавий оламини юксалтиришнинг мустаҳкам пойдеворидир” нутқи // http://uza.uz/oz/politics/adabyet-va-sanat- madaniyatnirivozhlantirish-khal-imiz-mana-03-08-2017 4

sonli shoir, rassom, xattot, sozanda, tarixchi va shu kabi sohalarda ma’lum mavqiyega erishgan siymolar misolida aniq tasavvur qilishimiz mumkin. Yaratuvchanlikka asoslangan bunday muhit tabi i y ravishda har bir ijodkor oldiga muayyan maqsadlarni qo‘yar edi. Aytish mumkinki, Alisher Navoiy dahosining eng muhim jihatlaridan biri ulug‘ maqsad bilan bog‘liq. Tadqiqotlarda asosli tarzda eslatib kelinayotganidek, Navoiy o‘zining har bir asarini, birinchi navbatda, o‘z xalqining milliy manfaatlarini ko‘zlab, turkiy, ya’ni hozirgi til bilan aytganda, o‘zbek kitobxonlari uchun yozgan. U, masalan, ona tilida “Xamsa” yaratishga kirishar ekan, o‘zidan oldingi xamsanavislar forsiyzabon o‘quvchilarni qanday xursand qilgan bo‘lsalar, o‘zi ham turkiy tilda so‘zlashuvchi kitobxonlarga shunday xursandchilik baxsh etmoqchi bo‘lganini “Hayrat ul-abror” dostonining boshlanish qismida quyidagicha bayon etadi [Qarang: Hayitmetov, 3]: Kim bu yo‘l ichraki, alar soldi gom, Bir necha gom o‘lsa, manga ham xirom. Forsiy o‘ldi chu alarg‘a ado, Turk i y ila qilsam ani ibtido. Forsiy el topti chu xursandlik, Turk dog‘i topsa barumandlik 2 . Ushbu e’tirof ulug‘ Navoiy maqsadlarining naqadar buyukligidan dalolat berish barobarida, mamlakat fuqarolari, ayniqsa, yosh avlodni vatanparvarlik, elsevarlik ruhida tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etishi o‘z-o‘zidan ma’lum. Akademik B.N.Valixo‘jayev xamsachilik genezisi va bu yo‘lda Navoiyning o‘rni masalasiga to‘xtalar ekan, shunday xulosaga keladi: “Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy “Xamsa”sini mutolaa qilgach, o‘zining shu vaqtgacha bo‘lgan xamsa-beshlik yozish niyatini o‘zgartirib, bu an’anaga “tarki toza” kiritish maqsadida o‘zi mo‘ljallagan xamsa-beshlikni yettilik - “Haft avrang”ga aylantirishni lozim topgan ko‘rinadi. Jomiyning Alisher Navoiy “Xamsa”siga 2 Navoiy , VII , 55 5

bergan bahosida ham shunga ishora borday tuyuladi” [Valixo‘jayev, 18]. Bunda olim Abdurahmon Jomiyning “Xiradnoma y i Iskandariy” asaridagi fikrlarni nazarda tutadi. “Xamsa” yozish an’anasiga Alisher Navoiyning munosabati haqidagi fikrlarga ko‘ra, natijada, “Haft avrang” 1486-yilda, ya’ni “Silsilat uz-zahab” dostoning uchinchi daftari yozilgandan keyin maydonga keldi. Chunki Abdurahmon Jomiy 1468-1472 - yillar orasida yozgan “Silsilat uz-zahab” dostoning birinchi daftari- qismini yanada rivojlantirib, uning ikkinchi (1485) va uch i nchi (1486) daftarlarini ham yozib tugatdi hamda 1480 - yilda bitilgan “Salomon va Absol” dostonini ham avval mo‘ljallangan xamsasi dostonlari sirasiga qo‘shib, “Haft avrang” nomidagi yettilik turkumini maydonga keltirdi. Tadqiqotning obekti va predmeti. Ushbu MDda obekt qilib, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlarining yetakchi qahramonlari Farhod va Majnun timsollarini qiyoslab o‘rganish masalasi olindi. Uning predmeti materiallar bilan bog‘liqlikda xarakterlanadi. Alisher Navoiy “Xamsa”si o‘ziga xosligi bilan alohida ajralib turar ekan, undagi timsollarni o‘rganish ham muhim ahamiyatga egadir. Alisher Navoiy “Xamsa”sining har bir dostoni, shu jumladan, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”lar ham so‘z san’atining hayratlanarli durdonasi sifatida boqiy asarlar hisoblanadi. Albatta, bu dostonlarda shoir yashab ijod etgan davrning ilg‘or falsafasi, ahloqiy qadriyatlari va shoirning ularga bo‘lgan munosabati, so‘z san’atkori sifatidagi yondashuvi o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham “Farhod va Shirin” XV asrdan boshlab faqat o‘zbek adabiyotida emas, balki Sharqdagi ko‘pgina qo‘shni-qardosh adabiyotlarda ham shuhrat qozondi. Tadqiqotning metodologik asosi va metodlari. Navoiyshunoslik sohasi mutaxassislarining, chunonchi, S.Ayniy, A. Fitrat, O.Sharafiddinov, Oybek, V.Zohidov, V.Abdullayev, I.Sulton, A.Hayitmetov, N.Mallayev, T.Jalilov, S.Erkinov, B.Valixo‘jayev, A.Qayumov, T.Ahmedov, H.Qudratullayev, 6

N.Komilov, S. G‘aniyeva, T.G‘afurjonova, N.Komilov, M.Muhiddinov, I.Haqqulov, M.Oripov kabi olimlarning, nashr ishlarini amalgam oshirishgan P.Shamsiyev, H.Zaripov tadqiqotlarida bayon etilganlar ishning metodologik asosini tashkil qiladi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. MDda ko‘zlangan maqsad Alisher Navoiy dostonlaridagi Farhod va Majnun timsollarining qiyosiy tahlilini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ularning komil inson sifatidagi xususiyatlarini ko‘rsatishdan iboratdir. Mavzuning ilmiy yangiligi. Alisher Navoiy ishqiy dostonlarining g‘oyaviy yo‘nalishini belgilashda yetakchi timsollarning ahamiyati quyidagi yangiliklarda gavdalandi: xamsanavislikda ishqnoma tsiklidagi dostonlar o‘ziga xosligi, hamda Navoiy dostonlaridagi ishqiy dostonlarda an’ana va o‘ziga xoslik masalasi aniqlashtirildi; Alisher Navoiy ijodida oshiq obrazlarining poetik takomili va ishqiy dostonlar irfoniy-tasavvufiy talqini ochib berildi; Farhod va Majnun timsollari misolivf muayyan mulohazalarning umumlashtirilib irfoniy jihatdan tahlil etilib, hamda bugungi kundagi ahamiyati ochib berildi. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati xususida aytish mumkinki, kuzatishlar natijalari sohaga oid ishlanmalar yaratish va uslubiy adabiyotlar tayyorlashda ma’lumot vazifasini bajaradi. Shuningdek, undan adabiyot o‘qituvchilari ham o‘z faoliyat jarayonida foydalanishlari mumkin. Tadqiqotning tuzilishi va hajmi . Ish umumiy tavsif, uch bobdan iborat asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tashkil qiladi. 7