Axborot tizimlarini modellashtirish Axborot tizimlarini modellashtirish
Mavzu : Axborot tizimlarini modellashtirish Reja: I. Kirish. Axborot tizimlarini nima? II. Asosiy qism. 1.Predmet soxa modeli tushunchasi. 2.Predmet sohani modellashtirishda strukturaviy yondashuv 3.Strukturaviy yondashuvning mohiyati 4.Strukturaviy tahlil va loyihalash usuli -SADT, DFD ma'lumotlar oqimi diagrammasi III. Xulosa. UML - universal modellashtirish tili
Kirish . «Tizim» deganda bir vaqtning o’zida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har qanday ob’ekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui tushuniladi. Ma’lumki, bugungi kunda ko’plab turli xil tizimlar yaratilgan bo’lib, ular o’z tarkibi va bosh maqsadlari bo’yicha bir-biridan farqlanadi «Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda ko’plab ma’nolarda qo’llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo’llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar to’plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan ko’plab dasturlarni ham tizim deb hisoblash mumkin. Har bir tizim to’rt asosiy qismdan iborat: • kiritish; • ishlov berish; • chiqarish; Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog’liq bo’lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo’ladigan axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi. Axborot tizimi – qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmui. t e s kari aloqa . Kiritish Ishlov berish Chiqarish teskari aloqa
Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ko’zda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi bo’lgan va usiz bu axborotni olish va taqdim etish mumkin bo’lmagan odamning roli hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining o’zi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmay qoladi. Texnika darajasi bo’yicha axborot tizimlari kuyidagi tizimlarga bo’linadi: • dastaki; • mexanizatsiyalashgan; avtomatlashtirilgan; • avtomatlashgan. Tizimni sanab o’tishi tartibi ular yaratilishining tarixiy ketma-ketligini aks ettiradi. Dastaki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari qo’lda bajariladi. Qo’lda ishlov beriladigan tizimlarning axborot massivlari hajmi uncha katta bo’lmaydi, ma’lumotlar turli tipdagi eltuvchilarda saqlanadi. Bunday tizimlarda axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi. Aslini olganda dastaki axborot tizimlari tizim emas, balki ma’lum belgilar majmui bo’yicha zarur axborotni qidirishni engillashtiruvchi qurilmalar hisoblanadi. Bu qurilmalar arzon, ular bilan ishlash oddiy, ularni ishlatish uchun oliy malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlar talab etilmaydi. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborotga ishlov berish va qidirish uchun turli mexanizatsiyalashgan vositalardan foydalaniladi, ular orasida hisoblashperforatsiya mashinalari eng keng tarqalgandir. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborot eltuvchilari bo’lib, perfokartalar hisoblanadi. Bunday mexanizatsiyalashgan tizimlarning texnik vositalari tarkibiga perforatsiya mashinalari to’plami kiradi, ularning har biri muayyan bir vazifani bajaradi. Perforator yordamida axborot dastlabki
hujjatlardan perfokartalarga o’tkaziladi. Saralovchi umumiy belgilarga ega bo’lgan perfokartalarni alohida guruhlar bo’yicha joylashtiradi. Avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlaridagi axborotni saqlash, unga ishlov berish va qidirish uchun hamda kompyuterlarda axborotni to’plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek axborotni iste’molchiga chiqarib berish bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish uchun ham foydalaniladi. Bu tizimlar keng funktsional imkoniyatlarga ega va axborotning juda katta hajmlarini saqlash hamda ishlov berishga qodir. Bu erda axborot eltuvchilar kompyuterlarning xotira qurilmalaridir. Eng keng tarqalgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) ishida axborotga ishlov berish texnologik jarayonining turli bosqichlarida (axborotni to’plash va uni kompyuterga kiritishga tayyorlash, qidirish jarayonida) odam ishtirok etadi. Inson AAT ning tashqi muhit tomonidagi sherigi hisoblanadi va chiqadigan axborot tizimi aynan unga mo’ljallangandir. AATda barcha jarayonlar odam ishtirokisiz o’tadi. Odatda avtomatlashgan tizimlardan ancha yirik tizimlar tarkibida, masalan ob’ektlar va texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimlarida foydalaniladi. Avtomatlashgan tizimlarning «sheriklari» robotlar, dastur vositasida boshqariladigan stanoklar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish ob’ektlari va boshqalar hisoblanadi. Bunday tizimlarda kiritiladigan axborot signallar yoki biror-bir fizik kattaliklar shaklida taqdim etiladi, chiqadigan axborotdan esa boshqarish va sozlash uchun foydalaniladi. Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo’ljallangan ko’plab axborot- ma’lumot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so’rovlarini qondirish uchun yo’naltirilgan. Bunday tizimlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularda so’rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimning doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan o’ziga zarur istalgan maqsadlarda foydalanadi.
Asosiy qism. «Mohiyat - aloqa» modeli, predmet sohani tashkil qiluvchi uchta asosiy komponentlardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida «VAQT» tashkil etuvchisi oshkormas holda ishtirok etishi mumkin. Modelda va qt, yil, sana va shunga o’xshash atributlar tasvirlanadi. «Aloqa» modelini qurishda moxiyat mavjud jarayonni yoki xodisani, obyektni abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut birorta qiymatlar to’plamidan qiymat qabul qiluvchi, nomli xarakteristika bilan tasvirlanadi. «Moxiyat - aloqa» modelidagi aloqalarga, ikki moxiyat o’rtasidagi har qanday aloqa toifalariga xos munosabatlarni qo’yish kerak.