logo

Boshlang‘ich sinflarda o‘zlashma so‘zlarni o‘rgatish metodikasi

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2520.6787109375 KB
Boshlang‘ich sinflarda o‘zlashma so‘zlarni o‘rgatish metodikasi
MUNDARIJA
KIRIS H 3-8
I.BОB TEXNOLIGIYA   TA’LIMI   DARSLARIDA   “XALQ
HUNARMANDCHILIGI”   MAVZUSINI
UMUMNAZARIY MASALALARI 9-
1.1 . O’zbek hunarmandchiligining o’ziga xos xususiyatlari 9-13
1.2. Zardo‘zlik san'ati va zardo‘zlikda zar tikish usullari 13-30
II.BОB. UMUMIY   O‘RTA   TA’LIM   MAKTABLARIDA
TEXNOLOGIYATA’LIMI   DARSLARIDA   XALQ
HUNARMANDCHILIGINI   O‘QITISHDA   BILIM   VA
KO‘NIMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI 31-58
2.1. Texnologiya   darslarida   o‘quvchilarning   xalq
hunarmandchiligiga   oid   tasavvurlarini   shakllantirish
shart-sharoitlar 31-40
2.2. Umumta’lim   maktablarida   o‘quvchilarning   xalq
xunarmandchiligiga   oid   bilim   va   ko‘nikmalarini
shakllantirish metodikasi 40-58
Х ulosa 59
Fоydalangan  adabiyotlar ro`yхati 61-63 K I R I SH
Bitiruv  malakaviy   ishining  dolzarbligi:   O‘zbekiston   Respublikasida   ta’lim
sohasida   bo‘layotgan   o‘zgarishlar   davlatimizning   istiqbolini   taminlovchi   asosiy
omillardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘z navbatida
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»ning   qimmati   unda   har   bir   shaxsni   jamiyat
ehtiyojiga   javob   beruvchi   kasb   egasi   qilib   tarbiyalashga   asosiy   e’tibor
qaratilganligi  bilan  belgilanadi.   Ushbu  asosda  o‘quvchilarni   ijodkorlik  faoliyatiga
tayyorlash ishlarining samarali yo‘lga qo‘yilishi  ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini
taminlovchi muhim omil vazifasini o‘taydi.
Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash
muammosi   alohida   dolzarblik   kasb   etmoqda.   Bu   boradagi   milliy   ta’lim
modelimizning   asosiy   g‘oyasi   va   mazmuni   «Ta’lim   to‘g‘risida»gi   qonun   hamda
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘z ifodasini topgan.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   o‘quvchilarining   texnologiya   darslarida
hamda   darsdan   tashqari   to‘garaklarini   tashkil   qilish   jarayonida   o‘quvchilar
ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda xalq hunarmandchiligiga oid bilim, ko‘nikma
va   malakalarni   shakllantirish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Islohotlar   natijasida
maktablarning   yangi   sharoitlarda   ishlashga   o‘tishi   o‘qituvchi   faoliyatiga,   uning
kasbiy-pedagogik   tayyorgarligi   mazmuni   va   darajasiga,   o‘z   bilimlarini
takomillashtirib borishiga yuqori talablar qo‘ymoqda. 
Mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   ta’lim   islohotlari   asosida
texnologiya   mashg’ulotlarida   o‘quvchilar   ijodkorlik   faoliyatini   xalq
hunarmandchiligi   asosida   rivojlantirish   metodlarini   ishlab   chiqilishi   amalga
oshirilgan tadqiqot ishining dolzarbligini belgilaydi.
Ma’lumki,   o‘qitish   usullari   o‘qituvchining   o‘quvchilar   bilan   muayyan
maqsadlarga   erishish   yo‘lidagi   faoliyatidan   tarkib   topgan   pedagogik   jarayonni
muvofiqlashtiruvchi subekt bo‘lib, “nimani?”, “kimga?”, “qanday?” va “qancha?”
o‘rgatish   zarurligi   haqidagi   masalalarni   yechib   berishga   xizmat   qiladi.   Shuning
uchun   ham   ta’lim   jarayonida   o‘quvchilarning   bilish   faoliyatlarini   faollashtirish,
ularning mustaqil, ijodiy fikrlashlari uchun qo‘llaniladigan shakl va usullarni mos ravishda   tanlash   kelgusida   kadrlar   tayyorlashni   yanada   takomillashtirishda   o‘z
samarasini beradi. Shu sababli o‘qitish ishlarini takomillashtirish borasida ko‘plab
ilmiy   tadqiqotlar   olib   borilmoqda.   Boshqa   o‘quv   predmetlari   qatori   texnologiya
darslarida   ham   o‘quvchilar   ma’lum   hajmdagi   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni
egallashlari   kerak.   Bir   qator   yetakchi   nazariyotchi   olimlardan   M.M.Rubinshteyn,
P.T.Magzumov,   N.Talizina,   O’.Tolipovlar   tomonidan   ta’lim   metodlari   tadqiq
etilgan.   Shuningdek,   R.X.Juraev,   Z.Ismoilova   kabi   novator   o‘qituvchilar
tomonidan   maktab   amaliyotida   o‘quvchilarga   o‘tiladigan   darslarning   qiziqarli   va
samarali bo‘lishiga xizmat qiladigan bir qator o‘ziga xos bo‘lgan o‘qitish usullari
ishlab chiqilgan va amalda sinab ko‘rilgan. Mamlakatimiz olimlari, tadqiqotchilari
N.Azizxodjaeva,  A.Abduqodirov, B.Adizov,  K.Zaripov, J.Yo‘ldoshev,  J.Ikromov,
B.Mirzahmedov,   R.Mavlonova,   Z.Ismoilova,   U.Inoyatov,     F.Yuzlikayev,
N.G‘aybullayev va  boshqalar   tomonidan didaktika  hamda  xususiy  metodikalarda,
R.X.Djurayev,   X.Ibragimov,   P.Magzumov,   U.Nishonaliyev,   A.Choriyev,
N.Shodiyev, A.Xodjaboyevlar va boshqalar esa mehnat va kasb ta’limi nazariyasi
bo‘yicha     ilmiy   tadqiqot   ishlari   olib   borishgan.   Ta’limda   pedagogik
texnologiyalarni   qo‘llash   bo‘yicha   N.Azizxodjayeva,   L.V.Golish,   I.I.Karimov,
N.Muslimov,   O.Roziqov,   N.Saidahmedov,   O‘.Tolipov,   J.Tolipova,   SH.Sharipov,
Q.Abdullayeva,   O.Qo‘ysinov,   S.X.Yaminova   va   boshqalar   tomonidan   ilmiy-
metodik ishlar amalga oshirilgan.
Umumta’lim   maktablarida   ilg‘or,   tajribali,   ijodkor   o‘qituvchilar   zamonaviy
dars   talablariga   mos   keladigan   sinov,   seminar,   konferensiya,   musobaqa,   test,
teatrlashgan   dars   kabi   noan’anaviy   dars   turlaridan   o‘z   o‘rnida   foydalanib
kelmoqda.   Texnologiyaga   oid   mashg‘ulotlarni   bunday   noan’anaviy   usullarda
o‘tkazish o‘quvchilarning ijodkorligini, izlanuvchanligini va mustaqil fikrlay olish
qobiliyatlarini   shakllantirishga   sezilarli   darajada   ta’sir   ko‘rsatadi.   Bu   sohada   olib
borilayotgan   ishlarni   o‘rganish,   ilmiy-uslubiy   xulosalar   chiqarish,   texnologiyaga
oid nazariy darslarda va amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning o‘qishga, mazkur
fanga   bo‘lgan   qiziqishlarini   oshirish,   amaliy   mehnat   jarayonida   yuqori
samaradorlikka erishishga yordam beradigan usullarning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil   etish   mazkur   tadqiqotning   muammosi   bo‘lib,   ayni   paytda   bu   ishning
dolzarbligini ham ko‘rsatadi.
Tadqiq   etilayotgan   muammoning   dolzarbligi   yana   shundan   iboratki,   Milliy
dasturda   to‘qqiz   yillik   umumiy   o‘rta   va   uch   yillik   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar
ta’limiga,   shuningdek,   o‘quvchilarning   qobiliyatlari   va   imkoniyatlariga   qarab
tabaqalashtirilgan   ta’limga   o‘tishni   to‘liq   amalga   oshirish   vazifasi   belgilab
berilgan.   Ta’lim   muassasalarini   maxsus   tayyorlangan   malakali   pedagog   kadrlar
bilan to‘ldirib, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan  muhitni yuzaga keltirish
ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga bu vazifalarni amalga oshirishning uslubiy asoslari
yetarlicha   ishlab   chiqilmagan   edi.   Yuzaga   kelgan   bunday   uslubiy   muammolarni
hal   qilishda   umumiy   o‘rta   ta’limda   dars   va   boshqa   mashg‘ulotlarni   amalga
oshirishning   maxsus   metodlarini   ishlab   chiqish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Amalga   oshirilgan   pedagogik   tadqiqot   ishlarida   umumiy   o‘rta   ta’lim   jarayonida
yuqoridagi masalalarning dolzarbligi va muhimligi, shuningdek, texnologiya fanini
o‘qitish   nazariyasi   va   metodikasida,   didaktikada   yetarlicha   ishlab
chiqilmaganligini   nazarda   tutib,   tadqiqotimiz   mavzusini   “O‘quvchilarning   xalq
xunarmandchiligiga   oid   bilim   va   ko‘nikmalarini   shakllantirish   metodikasi”
tarzida belgilashga asos bo‘ldi. 
Tadqiqot   obekti:   Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarida   o‘quvchilarga
texnologiya   darslarini   tashkil   etishda   xalq   xunarmandchiligiga   oid   bilim   va
ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni.
Tadqiqot   predmeti: sifatida   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   5–7-
sinflardagi texnologiya darslari mazmuni, metod hamda shakllari olindi.
Tadqiqot   maqsadi :   Texnologiya   darslarida   o‘quvchilarning   xalq
hunarmandchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini ishlab
chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
Tadqiqot   vazifalari.   Qo‘yilgan   maqsadlarga   erishish   va   tadqiqot   farazini
tasdiqlash uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:   -   texnologiya   ta’limi   mashg‘ulotlari   jarayonida   o‘quvchilarning   xalq
xunarmandchiligiga   oid   qobilyatlarini   rivojlantirishning   nazariy   asoslari   tahlil
qilish;
-   o‘quvchi   yoshlarning   xalq   xunarmandchiligiga   qiziqish   va   qobiliyatlarini
aniqlab olish uchun so‘rovnomalar o‘tkazish;
-   texnologiya   darslarini     o‘tkazish   jarayonida   fanlararo   aloqadorlikni
ta’minlovchi omillar aniqlandi.
-   texnologiya   darslari   jarayonida   o‘quvchilar   xalq   xunarmandchiligiga   oid
ijodiy faoliyatini rivojlantirishning metodik tomonlarini asoslab berish;
-   o‘quvchilarning   ijodkorlik   qobiliyatlarini   loyihalar   metodi   vositasida
rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqish.
Tadqiqotning   farazlari.   Texnologiya   darslarida   xalq   hunarmandchilgini
o‘qitishda   o‘quvchilarning   ijodkorlik   qobiliyatlarini   rivojlantirish   muvaffaqiyatli
amalga oshiriladi, agarda:
- o‘quvchilarning xalq xunarmandchiligiga qiziqish va qobiliyatlarini vaqtida
aniqlab ta’lim-tarbiyaga maqsadli yo‘naltirilsa;
- ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilsa;
-   o‘qituvchi   va   o‘quvchining   kafolatlangan   natijaga   erishishidagi   hamkorlik
faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa;
-   o‘qituvchi   tomonidan   har   bir   dars   jarayoni   xalq   xunarmandchiligi
elementlariga   boyitilgan   xolda   loyihalashtirib   olinsa,   ya’ni   darsning   taxnologik
xaritasi tuzilsa;
- texnologiya darslarini o‘qitish xonalari va jixozlari va ularda mashg‘ulotlar
o‘tkazish xonalari ilmiy asoslangan talablar asosida tashkil etilsa;
-texnologiya   darslarining   sifat   va   samaradorligini   oshiruvchi   uslubiy
tavsiyalar ishlab chiqilib amaliyotga keng tadbiq etilsa;
Mavzu   bo‘yicha   adabiyotlar   taxlili:   Birinchi   Prezidentimiz
I.A.Karimovning “Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”kitobi
va   Mehnat   ta’limidan   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   uchun   dastur.   “Maktab   va
xayot” jurnalining maxsus soni tahlil qilindi va o‘rganildi.  A.I.Varobevning   «Mehnat   politexnika   ta’limi   didaktikasi»   nomli
qo‘llanmasida   o‘quvchilarga   politexnik   ta’lim   berish   metodikasining   asosiy
masalalari   ham   mehnat   darslari   bilan   bog‘liq       holda   sinfdan   tashqari   olib
boriladigan tarbiya ishlari yoritilgan.
D.A.Txorjevskiy taxriri ostida yozilgan «Mehnat  ta’limi metodikasi» nomli
o‘quv   adabiyotida   5-6   sinf   o‘quvchilariga   mehnat   ta’limi   berishning   vazifalari,
mazmuni   va   tamoyillari   yoritilgan.   Metal   va   yog‘ochga   qo‘lda   ishlov   berishga,
dastgohlarda   ishlashga,   elektromontaj   ishlarini   bajarishga   va   qishloq   xo‘jalik
mashinalarini   o‘rgatish   metodikasi   bayon   qilingan,   shuningdek   laboratoriya
ishlarini,   ishlab   chiqarish   ekskursiyalarini   o‘tkazish,   kasbga   yo‘llash   ishlarini,
o‘quvchilarning   ijtimoiy   foydali,   unumli   mehnatini   tashkil   qilish   masalalari
yoritilgan.
K.Davlatov, A.Varobev, I.Karimov «Mehnat va kasb ta’limi, tarbiyasi hamda
kasb   tanlash   nazariyasi   va   metodikasi»   nomli   o‘quv   adabiyotida   mehnat   va   kasb
ta’limi   metodologiyasi,   tamoyillari,   mazmuni,   shakl   va   metodlari   yoritilgan.
Ilovalar asosan talabalarning mustaqil ishlari mazmuni bayon qilingan.
Z.   Ochilovning   “Sinfdan   tashqari   ishlarda   kasbga   yo‘llashni   shakllantirish”
nomli kitobidan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishga oid materiallar to‘plandi.
  Mashg‘ulotlarni   tashkil   etishda   foydalaniladigan   Yangi   pedagogik
texnologiyalarni   yoritishda:   N.Sayidaxmedovning   «Yangi   pedagogik
texnologiyalar»,   J.G‘.Yo‘ldoshev   va   S.A.Usmonovning   «Pedagogik   texnologiya
asoslari»   nomli   kitobidan,   B.L.Farbermanning   «Ilg‘or   pedagogik   texnologiyalar»
kitobidan  foydalandik.
Kuzatishlarimizdan   shu   narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   o‘qituvchining   dars,
mashg‘ulot     olib   borish   usullaridagi   bir   xillik   o‘quvchilarning   mehnat   ta’limiga
bo‘lgan   qiziqishlarini   susaytiradi.   Buning   oldini   olish   maqsadida   darslarda
o‘quvchilar   faoliyatining   xilma-xilligini   ta’minlash   ko‘p   o‘quv   predmetlari   qatori
mehnat ta’limidagi asosiy vazifalardan biridir. Shu sababli  hozirgi paytda mehnat
ta’limi   darslarida   o‘quvchilarning   qiziqishini   orttirish,   ularga   bilim   berish   va
mehnat   ko‘nikmalarini   singdirish   ishlarini   yaxshilash,   zamon   talablariga   javob beradigan   mashg‘ulotlarni   o‘tkazish   uchun   o‘qitishning   noan’anaviy   usullaridan
keng foydalanishga katta ehtiyoj sezilmoqda.
Tadqiqot   metodi:   tadqiqot   mavzusiga   doir   bo‘lgan   ilmiy-metodik
adabiyotlarni,   jumladan   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarida   texnologiya   darslarini
tashkil   qilinishini   kuzatish,   maktab   o‘qituvchilari,   o‘quv   ustalari   va   o‘quvchilar
bilan suhbat, so‘rovnoma o‘tkazish; maktab hujjatlari va o‘quvchilarning bajargan
ishlarini   o‘rganish,   texnologiya   darslarida   va   mashg‘ulotlarda   o‘qitishning
an’anaviy   va   noan’anaviy   usullaridan   foydalanish   bo‘yicha   pedagogik   tajribalar
o‘tkazish, olingan natijalarni matematik-statistik usul yordamida taqqoslash hamda
natijalarning ishonchliligi va asosliligini aniqlash.
Tadqiqot natijalarining nazariy amaliy ahamiyati:
1.Texnologiya   darslarini   tashkil   etishning   shart-sharoitlari   aniqlashtirib
olinadi;
2.Texnologiya  darslarida  o‘quvchilarning  xalq  xunarmandchiligiga   oid  bilim
va ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy asoslari yaratiladi;
3. Texnologiya darslarida o‘quvchilarning xalq xunarmandchiligiga oid bilim
va ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi ishlab chiqiladi. 
Ilmiy yangiligi:
1. Respublikamizda  amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari talablari  asosida
V-VII   sinflarda   texnologiya   darslarida   xalq   xunarmandchiligi   bo‘yicha   o‘quv
ishlari mazmunini aniqlanganligi.
2.   Texnologiya   darslarida   xalq   xunarmandchiligining   axamiyati   ochib
berilganligi. 
3.   Texnologiya   darslarining   turlari,   tiplari   bo‘yicha   olib   boriladigan   o‘quv
ishlari   mazmuniga   mos   keluvchi   zamonaviy   pedagogik   texnologiya   metodlarini
tanlash va qo‘llash yuzasidan nazariy-metodik asoslarning ishlab chiqilganligi. 
4.Texnologiya   darslarida   xalq   xunarmandchiligiga   oid   o‘quv   ishlari
mazmunigamos keluvchi zamonaviy pedagogik texnologiya metodlarini tanlash va
qo‘llash yuzasidan uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalarning ishlab chiqilganligi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi:  Bitiruv malakaviy ishi kirish,
ikki   bob,   to’rtta   qism,   xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxati   hamda
ilovalardan iborat.  I.BOB.   TEXNOLIGIYA   TA’LIMI   DARSLARIDA   “XALQ
HUNARMANDCHILIGI” MAVZUSINI UMUMNAZARIY MASALALARI
1.1. O’zbek hunarmandchiligining o’ziga xos xususiyatlari
O‘zbekistonda   o‘tkazilgan   arxeologik   tadqiqotlar   bu   yerda   ikki   ming   yillar
muqaddam   keng   rivojlangan   hunarmandchilik   mavjud   bo‘lganligini   isbotladi.   Bu
davrda   sinfiy   jamiyatlar   paydo   bo‘lib,   yirik   mehnat   taqsimoti   negizida
hunarmandchilik   mustaqil   soha   bo‘lib   ajralib   chiqqan.   Oqibatda   shaharlarning
o‘sishi, savdo – sotiqning rivojlanishi ro‘y beradi. Ayniqsa   IX–XII   asrlarda
hunarmandchilik keng miqyosda rivojlanib, O‘rta Osiyoning, shu jumladan o‘zbek
elining   ham   chet   ellar   bilan   iqtisodiy   –   madaniy   aloqalari   avj   oladi.   Mahalliy
hunarmandchilk   xalq   xo‘jaligiga   zarur   mahsulotlar   ishlab   chiqarib   texnik     badiiy
jihatdan yuksak darajaga ko‘tariladi.
Odatda   hunarmandchilikning   eng   kamida   32   xili   mavjud   bo‘lgan   aholi
yashaydigan   joyga   shahar   deb   nom   berilgan.   Katta   shaharlarda   aholining
ko‘pchilik   qismi   hunarmandlar   hisoblangan.   Shuni   alohida   qayd   qilish   lozimki,
o‘tmishda   o‘troq   o‘zbeklar   nafaqat   qo‘shni   ko‘chmanchi   elatlar   mahsulotini
iste'mol (xarid) qiluvchilar, balki ular uchun zarur hunarmandchilik mahsulotlarini
yetkazib   beruvchilar   sifatida   ham   namoyon   bo‘lgan.   Shuning   uchun   mahalliy
ustalar   ko‘plab   teri   va   jundan,   yog‘och   va   metalldan,   paxta   va   ipakdan   turli
buyumlar,   kiyim   –   kechaklarni   ishlab   chiqib   bozorda   sotganlar.   O‘rta   asr
hunarmandlarining   yana   bir   xususiyati   (ayrim   odatlari   bizgacha   yetib   kelgan)
ularning   muayyan   ijtimoiy   tashkilotlarga   ega   bo‘lishida   edi.   Bu   o‘ziga   xos
jamoachilik an'analariga tayangan maxsus uyushmalarga birikish edi. Asli mazkur
uyushmalar   hunarmandchilik   va   ishlab   chiqarish   xarakteri   bilan   bog‘liq   va   o‘z
hamkasblari manfaatini qo‘riqlash maqsadida tashkil topgan tashkilotlardir.
O‘zbek   hunarmandchiligining   yana   bir   xususiyati   uning   ko‘p   sohalarining
bevosita uy – ro‘zg‘or xo‘jaligi bilan bog‘liqligi edi.
Hunarmandchilikning   qadimiy   davrlardan   eng   keng   tarqalgan   sohasi
temirchilik   hisoblangan.   Bu   sohaning   rivoji   dastavval   mahalliy   xom   ashyoga bog‘liq  bo‘lgan.  O‘zbekiston  o‘zining  yer   qazilma  boyliklari,  oltin,  kumush,  mis,
temir kabilar bilan ilgaridan mashhur.
Rivojlangan   sohalardan   biri   metall   quyish   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   uni   ko‘p
joylarda   degrezlik   (ya'ni   qozon   quyish)   yoki   qozonchi,   Xorazm   va   Buxoroda
omoch   tishi   quyuvchi   deb   nomlaganlar.   Degrez   odatda   har   xil   hajmdagi   qozon,
poza   (tish),   choy   idish,   obdasta,   aspak,   shamdon,   manqaldon,qorachiroq,arava
g‘ildiragiga takcho‘yon yoki halqa, juvoz boshmog‘i  va hokazo ishlab chiqargan.
Ayrim   joylarda   degrezlar   cho‘yandan   quyiladigan   mahsulotiga   qarab   cho‘yangar
deb ham nomlangan.
Cho‘yan   quyish   maxsus   loydan   qurilgan   bosqonli   o‘choq   (Farg‘onada   va
Toshkentda)   qumdan   yasalgan   asbob   va   idishlarning   har   xil   qoliplarida   zarur
mahsulotlar quyilgan.
X1X asr o‘rtalarigacha degrezchilar xom ashyoni mahalliy konlardan olgan,
rus   mustamlakachiligi   davrida   Rossiyadan   keltirilgan   temir   –   tersaklardan
foydalanilgan.
Metall buyumlar ishlab chiqarish hunarmandchiligi asosan 4 ta yirik sohaga
bo‘lingan;
1. Temirchilik;
2. Zargarlik;
3. Miskarlik;
4. Tunukasozlik.
Shulardan   eng   qadimiysi   va   barcha   metall   ishlab   chiqarish   sohalariga   zarur
qurol   va   dastgohlar,   xalq   xo‘jaligi,   ayniqsa   dehqonchilik   qurollari,   uy   –   ro‘zg‘or
buyumlari yetkazib berib turgan soha temirchilikdir.
X1X   acr   oxirlari   –   XX   asr   boshlarida   o‘zbek   temirchiligi   shunchalik
rivojlanganki,   uning   ichida   mehnat   taqsimoti   asosida   mustaqil   sohalar   yuzaga
kelgan.   Masalan,   uy   –   ro‘zg‘or   buyumi   va   erkak   sarposi   tarkibi   hisoblangan
o‘zbek pichog‘ini maxsus pichoqchilar, qulf – kalitni qulfchi yoki qulfgarlar, igna
–   bigizni   ignachi   yoki   ignasozlar,   har   xil   asbob   va   buyumlarni   chilangarlar,
anjomsoz, mixgar, na'lchi, taqachi kabi temirchi ustalar yasaganlar. Temirchi 20 ga yaqin xildagi ketmon, turli  xildagi  bel, bolta, tesha, o‘roq, bolg‘a kabilarni  ishlab
chiqargan. 
Degrezchi va zargardan tashqari barcha temirchi ustalarning ishlab chiqarish
qurollari   asosan   bir   xil   bo‘lgan,   ammo   ular   hajmi   va   ayrim   xususiyatlari   bilan
farqlangan. Temirchi do‘konida sandon (sandal), bosqonli o‘choq yoki qo‘ra, katta
–   kichik   bolg‘lar,   qisqichlar,   egov,   zercha,   qalam,otashkurak,   qayroqli   charx   va
boshqa asbob – uskunalar mavjud bo‘lgan.
Misgarlik ham juda keng rivojlangan. Masalan, XX asr boshlarida Buxoroda
400   ga   yaqin,   Xivada   200   ga   yaqin   misgar   bo‘lgan.   Ayrim   ustalar   zo‘r   mahorat
bilan   badiiy   buyumlar   yasaganlar.   Ayniqsa   Buxoro,   Farg‘ona   va   Xiva   misgarlari
mashhur   bo‘lganlar.Ular   har   xil   ichimliklar   uchun   idishlar   (piyola,   kosa,   choy
idish, choynak), ovqat va sut idishlari (mis lagan, mis tovoq, mis barakash,la'li, mis
ko‘za,xumcha,   g‘umg‘on,   satil,oftoba,   obdasta,   tos,   lagan,   solobcha,   chilopchin,
koshkul), xar hil quticha va sandiqcha, nosvoy idishi va hokazo ishlab chiqarilgan.
Ko‘p   buyumlarda   bo‘rttirilgan   yoki   o‘yma   naqshlar   berilgan.Rossiya   xonliklarni
bosib   olgandan   so‘ng   mahalliy   misgarlar   o‘ziga   xos   samovar   ishlab   chiqara
boshlaganlar.
Misgarlar xom ashyo (taxtalangan mis, jez, qizil yoki sariq mis) ni   asosan
Rossiyadan   keltirilganlar,   rux,   qo‘rg‘oshin,   kislota,   nashatir   ham   tashqaridan
yetkazilgan. Odatda idishlarni qizil misdan yasaganlar, nashatir va tuz bilan olovda
qattiq   qizdirib,   keyin   suvga   solib   qizartirganlar.   Otga   solinmasdan   yasaladigan
idishlar   (ko‘zacha,   kosa,   piyola,   patnus   va   h.k.)   ni   qalaylashtirib   oqlaganlar.
Barcha   manbalarda   mahalliy   ustallarning   zo‘r   mahorat   bilan   badiiy   buyumlar
yasaganligi   to‘g‘risida   gapiriladi.   Har   xil   buyumlarda   o‘simliklar,   geometrik   va
hayvonlar   stilidagi   islimiy   uslubgacha   naqshlar   o‘zining   jozibadorligi   va   yuksak
saviyasi bilan kishi diqqatini o‘ziga jalb qiladi. 
O‘zbek zargarligi ham qadimiy davrlardan o‘zining ajoyib san'ati bilan keng
tanilgan.   Zargarlik   noyob   badiiy   asarlarning   namunalari   ko‘pgina   arxeologik
qazilmalardan topilgan. Zargarlar  texnik jihatdan umummetall buyumlarni yasash
uslublaridan   tashqari   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ham   ega   bo‘lganlar.   Hatto   oltin vakumushni   bolg‘alash,   qizdirish,   sayqalash,   pardozlash,   buyumga   ko‘z   bosish,
tilla suvi berish kabi ishlarda o‘ziga xos nozik uslub talab qilingan. 
Zargarlar boylarning buyurtmasi bilan katta – kichik qimmatbaho bezaklarni
juda chiroyli qilib yasaganlar. Ular xon va beklar uchun anjomlariga oltin, kumush
va qimmatbaho toshlardan turli bezaklar ham ishlab chiqarilgan. Xorazm zargarlari
bosh   va   ustgi   kiyimlar   osiladigan   bezaklar   (duzug,   shavkaladuzug,   taxyaduzug,
klitbag‘i,   tumor,   aravak,   zirak,   bilazik,yuzik   kabilar   )   ni   zo‘r   maxorat   bilan
yaratganlar.Samarqandning   zirak   sirg‘alari   Toshkentnikida   hajmi   bilan,
Buxoroning   yaproqsimon   oltin   marvarid   yoki   yoqut   ko‘zli   isirg‘alari   bir-biridan
farq   qilgan.   Farg‘ona   vodiysida   zargarlar   qimmatbaho   ziynatlangan   metallardan
turli uzuklar yasaganlar:  shonshanak ko‘zli yoki ko‘zsiz uzuk, tilla uzuk, kumush
uzuk,   mis   uzuk,   qalay   uzuk,       ovg‘anch   uzuk,   rumcha   uzuk;ish   uslubiga   qarab-
quyma uzuk, suqma uzuk,muhir uzuk va hokazo; metaliga yoki shakliga qarab turli
bilakuzuklar   –   tilla   bilakuzuk,   kumush,   mis   quyma,   tugmali   ,yapaloq   ,ilon
boshi,baqa   bosh,   karmanalik   ba   hokazo.   Farg‘onada   va   Toshkentda   qorakumush
bilan   ishlab   berilgan   bezaklar.   Xorazmda   og‘ir     va   katta,   Buxoroda   nozik,
Samarqandda   yengil   o‘yma   naqshli   bilakuzuklar   mashhur   bo‘lgan.   Quloqqa
osadigan   isirg‘alarning   turlari   ham   ko‘p   bo‘lgan:   turkiston   zira,   toshkan   zira,
farg‘onacha   ziralari   osilchoqli,   qo‘ng‘iroqli   zira,   anjirboldoq   va   hakazo.   Burunga
osadigan aravak va lativa, sochga taqadigan metall qismlardan iborat soch popuk,
naycha, pur soch popuk, tilla zulf, kokilli, panjara, qubba;   bo‘yinga va ko‘krakka
osiladigan   bezaklar   (zebigardon,   javok,   bazuband);   peshanaga   taqiladigan
tillaqosh, tillabargak       va har xil tumorlar zargarlar tomonidan zo‘r mahorat bilan
ishlangan. Oltin, kumush va qimmatbaho toshlar Rossiya, Eron, Hindiston, Qo‘qon
va Buxoradan keltirilgan. O‘zbek zargarlari  asosan uyida  ba'zilari bozorda do‘kon
qurganlar.  Xonlarning ko‘shk va saroylarida maxsus zargarlik do‘konlari  bo‘lgan.
va   u   yerda   qimmatbaho   toshlar   bilan   bezatilgan   pichoq   va   qilichlar   yasalgan.
Do‘kon jihozlari kichkina sandon, bir necha xildagi bolg‘a, qaychi, ombur, tutqich,
sim   yasaydigan   kira,   kichkina   bosqonli   o‘choq   va   misdan   yasalgan   bahandam,
arracha va turli naqsh beradigan metall qalamlardan iborat bo‘lgan.    O‘zbeklarda keng tarqalgan qadimiy kasblardan yana     yog‘och buyumlari
yasash   hunarmandchiligi,   duradgorlik,   shuvoqchilik,   ganjkorlik,   marmar
uymakorligi,   kulolchilik,   to‘qimachilik,   ipakchilik,   pillakashlik,   zardo‘zlik,
to‘nchilik, charmgarlik, qandolatchilik, qassoblik, nonvoylik  kabi kasblardir.   
1.2. Zardo‘zlik san'ati va zardo‘zlikda zar tikish usullari
  Zardo‘zlik   san'ati   o‘zining   uzoq   tarixiga   ega   bo‘lib,   deyarli   barcha   Sharq
mamlakatlari uning vatani hisoblanadi. Pliniyning aytishicha Vavilon kashtachiligi
qadimdan   mashhur   bo‘lib,   matoga   turli   rangdagi   iplar   bilan   kashta   tikishni   o‘sha
yerda   kashf   etishgan.   Zardo‘zlikning   vatani   Vavilon   Rim   imperiyasi   tarkibiga
kirgach, zar, ipak va jun ip qo‘shib tikilgan rang-barang kashtachiligi bilan shuhrat
qozongan. Zardo‘zlik san’atining an’analari Vizantiyada ham rivoj topib, zardo‘ziy
kiyim-kechaklar   faqat   imperator   ayonlari   va   aslzodalar   kiyinishgan.   Sosoniylar
davrida Eron podshosining saroyida ham zardo‘zlik san'ati rivoj topgan. Chunki bu
mamlakat Vizantiya bilan muntazam madaniy va siyosiy hamkorlik qilgan. Eronda
zardo‘zlik   san'atining   rivojlanganligiga   15-17asrlarda   ishlangan   zardo‘zlik
namunalari misol bo‘la oladi. Qadimgi Rus ham Vizantiyaga taqlid qilib zardo‘zlik
san'atini o‘rgangan. O‘rta Osiyoda zardo‘zlik juda qadimdan rivojlanib kelayotgan xalq amaliy san'ati turlaridan biridir. Arxeologik topilmalar va tarixiy manbalardan
ma'lumki,   O‘rta   Osiyo   xalqlari   orasida   qadimdan   1-2   asrlarda   zarbof   kiyimlar,
badiiy buyumlar keng tarqalgan. 17- asrda yashagan Samarqandlik shoir Fitratning
asosiy kasbi  zardo‘zlik bo‘lgan, u matolarga zardan ajoyib kashtalar tikkan.19-20
asr boshlarida zardo‘zlikning o‘ziga xos maktabi yaratilgan.
O‘zbekistonda   Buxoro,   Samarqand,   Farg‘ona   va   boshqa   joylarda   zardo‘zlik
maktablari   ochilgan.   Qimmatbaho   matodan   tayyorlanadigan   zardo‘ziy   kiyimlar
mahalliy aholining turli tabaqalari o‘rtasida keng tarqalgan. Qo‘li gul ustalar amir
saroyining ahllari uchun chakmon, kamzul, poyafzal, belbog‘, chalvor, salla quloq
va jul tikkanlar. Boy xonadonning 8-10 yoshdan katta bo‘lmagan o‘g‘il bolalariga
sunnat   to‘yi   munosabati   bilan   zarbof   to‘n   kiydirganlar.   Amir   Nasrullodan
anchagina   zardo‘ziy   kiyimlar   saqlanib   qolgan.   1885-1919   yillar   Buxoroda
zardo‘zlik   san'ati   gullab-yashnagan   davr   bo‘lgan.   1920   yilda   amirlik   ag‘darilib,
zardo‘zlik san'ati xalq qo‘liga o‘tdi.
Hunarmandchilik   artenari   ochilib   zardo‘zlar   birlashib,   dabdabali   kimxob
to‘nlar   o‘rniga   do‘ppi,   ayonlar   nimchalari,   sumka,   tufli,   choyshablar,   ko‘zoynak
g‘iloflari,   divan   yostiqlarining   g‘ilofi   tikila   boshlandi.   1930   yilda   O‘zbekistonda
rassomlar   uyushmasi   qoshida   zardo‘zlik   arteli   tashkil   etilib,   unga   tajribali
zardo‘zlar taklif etildi. Keyinchalik artel ь  kengaytirilib fabrikaga aylantirildi.
O‘sha   davrda   talantli   rassom   Omonjon   Majidov,   talantli   zardo‘z   Umar
Hayitov va usta Fayzulla G‘aybullayevlar ishga kelgan yoshlar ayniqsa ayollardan
mohir kashtado‘zlar etishib chiqishida o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdilar.
Zardo‘z   do‘ppilar   faqat   Buxoroda   tikilardi,   ustalar   yangi   ajoyib   nushalarini
yaratdilar.   Ayniqsa   qizlar,   kelinchaklar   kiyadigan,   yoqut,   olmosdek   charaqlagan
"Gulnoz", "Bahor", "Navro‘z", "Dilorom", "Ra'no", "Festival ь ", "Qo‘shbodom" va
"Baxt" deb nomlangan do‘ppilar tikildi.
1960   yillardan   buyon   xotin-qizlar   tuflilarining   zardan   uch   xil   shakli   tikila
boshlandi.   Zardo‘z   buyumlarga   lola,   oftob,   bodom,   Minorai   Kalon,   "Somoniy"
maqbarasi   kabi   naqsh   va   rasmlar   aks   ettirildi.   Zardo‘zlik   san'atining   yirik
namoyandalaridan biri, buxoroIik zardo‘z usta No‘mon Aminovdir. U   1908   yilda   zardo‘zlar   oilasida   dunyoga   keldi.   Otasi   Omonjon   Majidon
Buxoro amirligi ustaxonasida 12 yil ishlagan edi. (Usta Omonjon Majidov 1-rasm)
U   Nu'monjonga   yoshlik   chog‘idanoq   zardo‘zlik   sirlarini   o‘rgatdi.   Nu'monjon
gulburIik,   rassomlik   va   zardo‘zlik   tikish   sirlarini   o‘rgandi.   N.   Aminov   ijodidagi
yutug‘i zar tikish xillarining qirralarini izlab, yangiliklar yaratdi.
Toshkentdagi   xalq   amaliy   san'ati   muzeyida   "Go‘ri   Amir"   tasviri,   hamda
Samarqandning   2500   yiliga   bag‘ishlangan   tasviri   juda   chiroyli   va   ta'sirchan
chiqqan.   U   yoshlarga   xalq   amaliy   san'atining   noyob   zardo‘zlik   san'atini   chin
yurakdan o‘rgatdi va rivojlantirdi. 
2-rasm.. ''Davqur,, uslubidagi ``Jomi zardo`ziy – gulduziy,, chopon. 3-rasm.   Zardo‘zlik   ishida   chetdan   keltirilgan   turli   xil   fabrika   materiallari
singari mahalliy jaydari gazlamalardan foydalanilgan.
Erkaklar   cho‘ponlari   chetdan   keltirilgan   baxmal   birishim   eng   a'lo   navli
barhutlardan   tikiladi.   Baxmali   farangi   deb   atalgan   rus   barhuti   ham   keng
foydalanilgan.   Bu   gazlama   g‘arbiy   Evropadan   Rossiya   orqali   keltirilgani   uchun
baxmali zagranish deb yuritilgan (ruscha zagranichniy so‘zidan olingan). Barhutlar
g‘oyat   rang-barang   tusda   bo‘lishiga   qaramasdan,   kishilarga   qizil,   binafsha,   yashil
va   ko‘k   rangdagilari   ko‘proq   yoqqan.   Qizil   va   binafsha   rangdagi   barhutlardan
ayollar   va   bolalar   kiyimlari   uchun   qo‘llaniladi.   Sof   ipak   barhutdan   tashqari
baxmali  musi  degan  silliq,  yarmi   ipak barhut   erkaklar   choponidan boshqa   barcha
buyumlar   uchun   ishlatiladi.   Yarim   shoyi   jaydari   olacha   gazlama   zardo‘zlikda
deyarli   barcha   buyumlar   tayyorlashda   ishlatiladi.   Undan   asosan   uy-ro‘zg‘or
buyumlari.
"So‘zana", "Yostiq jildi", "Joynamoz", "lo‘la bolish"lar jildi tikiladi. 4-rasm. Zardo`zlik san`ati namunalari.
Turli   navdagi   simli   iplar   zardo‘zlik   uchun   asosiy   xom-ashyo   bo‘lib
hisoblanadi.   Qadimdan   Misr   hamda   Bobilda   zar   va   kumush   ip   tayyorlash
texnologiyasi   ma'lum   bo‘lgan.   O‘rama   zar   simlar   dastlab   Dehli   shahrida   ishlab
chiqarilgan.   19   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   Buxoroga   zar   iplar   faqat
Moskvadan,   keyinchalik   Angliyadan,   hozirda   Yaponiyadan   keltirilyapti.   G‘oyat
momiq   zar   tolalar   buxorolik   zardo‘zlar   tilida   kalyobatun   nomi   bilan   mashhur
bo‘lib,   u   goh   zar,   goh   kumush   ip   o‘rnida   qo‘llanilgan.   U   yoki   bu   navni   ajratish
zaruriyati   tug‘ilib   qolsa   zar   ipga   tilla   kalyobatun,   kumush   ipga   kalyobatun   safed
(oq)   deb  ataladi.  Kalyobatun   ingichka   metal   ip  bo‘lib,  shoyi   ipga  puxta  o‘ralgan.
Kalyobatun   tayyorlash   uchun   kumush   qotishmasini   oz   emas,   ko‘p   emas   84
foizgacha bo‘lgan sifati ishlatilgan.
Birishmi   tillo   chor   tor   -u   to‘rt   yo'lli   zar   ip   va   eng   yaxshi   sifatli   ipak   ip.   Oq
ipak   ipdan   kumushrang   gullar   tikiladi.   X1X   asrning   90-yillari   boshida   40-raspoli
pechak   g‘altak   ip   paydo   bo‘lgan   bo‘lib,   zardo‘zlikda   keng   ishlatiladigan   xom
ashyo.  5-rasm. 1. Korcho`b, 2. Patil а . 3. Qaychi, 4. Angishvona.
"Tilla   "kalyobatunqilishuchunsimipgatillasuviyugurtirilgan.   Kalyobatunning
asosini   tashkil   etuvchi   ipak   ipning   rangi   turlicha   bo‘lgan.   Kolyobatun   bilan   sim
Buxoro   zardo‘zligining   asosiy   xom-ashyosi   hisoblangan.   Ayniqsa,   kolyobatun
X1X   asrning   boshida   shu   paytgacha   bo‘lgan   davrga   oid   barcha   buyumlarda
uchraydi.   Zardo‘zlikda   oltin,   kumush   rangdagi   ipak   hamda   sun'iy   ipak   va
tolalardan foydalaniladi.
Zardo‘zlikda   yana   po‘lakcha,   olmos   qubbalar,   zarhal   to‘g‘alar   va   boshqalar
ishlatiladi.
Po‘lakcha-zardo‘zlikda ishlatiladigan kichkina piston (pirpirak). U mayda oq,
qizil,   sariq   va   boshqa   ranglarda   bo‘ladi.   Buyumga   bezash   uchun   qadaladigan,
o‘rtasidan teshikcha qilingan metall pistoncha.
Olmos   qubbalar-turli   nav   oltindan   zardo‘zlaming   o‘zlari   yasagan   zargarlik
taqinchoqlariga o‘xshab ketuvchi bo‘rtma naqshlar, dur, hamda qimmatbaho tabiiy
va sun'iy toshlar, shishadan tayyorlangan munchoqlar ishlatiladi.
6 - rasm .  Zardo`zlikd а  ishlatiladigan   asboblar . Zarhal   to‘g‘alar-mahalliy   zargarlar   ishlagan,   odatda   qora   sir   va   feruza   bilan
bezatilgan, nafis gul naqshi tushirilgan bo‘ladi.
Zardo‘zlikda o‘ziga xos asbob-uskunalar ishlatiladi. Naqsh kompozisiyalarini
chizish   uchun   chizg‘ichlar,   yumshoq   va   qattiq   qora   qalamlar,   daftar,   al ь bom,
o‘chirg‘ichlar,   shaffof,   karton   qog‘ozlar   kerak   bo‘ladi.   Zardo‘zlik   qurollari
unchalik ko‘p emas.
Chambarak,   ya'ni   korcho‘p,   uning   to‘n,   nimcha   va   mayda-chuyda   buyumlar
uchun   mo‘ljallangan   uch   turi   ma'lum.   Ular   tuzilishi   jihatidan   bir   xil   bo‘lib,
hajmlarining katta-kichikligi bilangina bir-biridan farq qiladi.
Korcho‘b uzunligi 320 santimetrgacha bo‘lgan ikki teng yonli silliq yog‘och
dastadan   iborat   bo‘lib,   uchida   joylashgan   harakatlanuvchi   shamshirak   yordamida
chambarakni istalgan kattalikka keltirish mumkin.
Chambarakka   bo‘zdan   qilingan   kerish   (tavar)   tortilib,   u   tikib   tayyor   bo‘lgan
buyum   bilan   birga   chiqarib   olinadi.   Zardo‘zlikda   qadimdan   patila   degan   asbob
ishlatiladi. Patila qattiq yog‘ochdan, uzunligi 20 santimetr bo‘lgan, to‘rt qirrali va
nafis   qilib   tarashlangan,   ichini   kovlab   qo‘rg‘oshin   quyib   vazminlashtirilgan
bo‘ladi. Unga to‘rt qavat qilib zar ip o‘raladi.
Bunday patilalar ipni zich qilib o‘rashni ta'minlagan. Zardo‘zlikda angishvona
ham   ishlatiladi.   Ang-forscha,   angusht,   ya'ni   barmoq,   vona,   bona   saqlovchi   degan
ma'noni bildiradi.
Qo‘lga   igna   kirib   ketmasligi   uchun   barmoqqa   kiyiladigan   metall   g‘ilof
Angishvonananing ustki va yoni ignani keti qadaladigan ya'ni igna toyib ketmasligi
uchun   chuqurlardan   iborat   bo‘ladi.   Zardo‘zlik   ishida   ikki   xil   angishvonadan
foydalaniladi.   Biri   fabrika   angishvona   bo‘lib,   uni   o‘rta   barmog‘iga,   ikkinchisi
tagsiz, qalin charmdan yasalib, chap qo‘lning uchta barmog‘iga taqilib islanadi.
Chann angishvonani fabrikada metalldan ishlangani ham bo‘ladi.
Zardo‘zlikda ikki xil qaychi bo‘ladi. Qaychi ushtur gardan, ya'ni "Tuya bo‘yin
qaychi" degan ma'noni beradi. Tuya bo‘yniga o‘xshash qaychi bo‘lib, gul qirqishda
ishlatiladi.   Oddiy   uy   ro‘zg‘orda   ishlatiladigan   metall   qaychilar   ham   ishlatiladi.
Ignalarning fabrikasidan chiqqan, o‘rtacha kattalikdagilari ishlatiladi. Zardo‘zlik -zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi. U forscha zar (tilla), do‘zi
(tikmoq) so‘zini anglatadi.
Zardo‘zlikni   bilish   uchun   asosan   quyidagi   hunarlami   yaxshi   bilishi   kerak:
1.Rasm   solish   va   naqsh   chizishni;   2.   Gul   kesishni,   ya'ni   gulbur   bo‘lishni;   3.
Kesilgan gulga zarni tika bilishi kerak; 
Zardo‘z quyidagi tartibda ishlaydi. Tikiladigan har  bir buyum uchun alohida
andoza   tayyorlanadi   va   bichiladi.   Axta   va   Xoka   yordamida   kartonga   naqshi
tushiriladi.   Axta,   ulgi,   nusha   -naqsh   yoki   rasmni   qog‘ozga   chizib,   chiziq
yo'llarigina bilan teshilib, tayyorlangan andoza. Naqsh gullarini tuya bo‘yin qaychi
yordamida   kesib   olinadi.   Bunday   ishni   gulbur   bajaradi.   Hozirda   kartondan
foydalaniladi. Kartonni yuziga sariq bo‘z yopishtirilsa, bu holatda karton sinmaydi
va   bir   tekisda   chiqadi.   Kartondan   gul   kesish   tez   va   oson,   zar   bilan   tikish   qulay
hamda   sifatli   bo‘ladi.   Gullar   kesilib,   chambarak   tayyor   bo‘lgach,   ya'ni   unga
bo‘zdan qilingan (8-rasm.) kerish tortiladi. Kerish (ta'vor) ustiga tikiladigan  .
7-rasm. Korcho‘b, patila, tuyabo‘yin qaychi, kerish.
8-rasm. Kerishga gazlama, naqshni joylashtirish va tikish. buyum   gazlamasiga   qadab   chiqiladi.   Gazlama   ustidan   qo‘yilgan   gul   bichiqlari
surilib ketmasligi uchun ular yirik qaviqlar bilan chatib qo‘yiladi. Odatda ta'vor ish
batamom   nihoyasiga   yetgandan   keyin   olib   tashlanadi.   Usta   zardo‘z   ikkita
angishvona yordamida tikib hammamizga ayonki, zardo‘zlik ikki qo‘l bilan tikilib,
ignasi   kalta   va   nozik   bo‘lishi   lozim.   Tilla   rangli   zami   qizil,   sariq   iplar   bilan.
Kumush   zarni   oq   ip   bilan   tikiladi.   Zar   ipni   to‘rt   qavat   qilib   patilaga   ya'ni   zar   ip
o‘raydigan cho‘pga o‘raladi. Keyin maxsus kartondan kesilgan gullar ustidan tikib
chiqiladi.
Zardo‘zlik   ishi   quyidagicha   olib   boriladi:   dastlab   zar   ip   bilan   asosiy   gullar,
keyin to‘ftado‘ziy yoki simdo‘ziy zar ip bilan gulning qismlari tikiladi. Bu iplami
berishimdo‘ziy,   ipak,   sun'iy   ipak   ip
aralashgan   zarrin   sim   kabi   nomlar   bilan
ataladi.   Zargarlik   ziynatlari,   tabiiy   va
sun'iy   toshlar,   shishadan   tayyorlangan
munchoqlar,   metall   po‘lakcha,   bo‘rtma
naqshlar   tikiladi.   Shu   tariqa   gullaming
barchasi   tikilib   bo‘lgach,   qirg‘oqlarini
pishiqqina   yigirilgan   zarrin   ip   tahrir   bilan   nozik   yo'l   qilib,   qator   halqachalar
yordamida   aylantirilib   chiqiladi.   Gullaming   girdini   aylantirish   bilan   baravariga
tikilmay   qolgan   joylami   ham   marg‘ula,   tagalak   (jingalak.   spiral ь simon   jingalak)
nusha   gullar   bilan   to‘ldirib   bezatiladi.   Erkak   va   ayollar   kiyim-kechaklari,   uy-
ro‘zg‘or buyumlari zardo‘zlik ishi tugashi bilan korcho‘pdan birato‘la olinadi.
Ko‘ylak   kashtalari,   poyafzal,   do‘ppilar,   peshonaband,   ro‘mollar   va   boshqa
buyumlar   qalinroq   bo‘lishi   uchun   teskari   tomonidan   yelimda   bir   necha   qavat
gazlama yoki qog‘oz qo‘yib yelimlanadi va tayyor buyum holatiga keltirib tikiladi.
Yelimlar-suyuqlangan   yuqori   molekulyar   anorganik   va   organik   moddalar
yoki   ulaming   eritmalari   bo‘lib,   turli   materiallami   bir-biriga   yopishtirish   uchun
ishlatiladi. 10-rasm. Korcho‘pda buyum tikish.
Zardo‘zlikda   o‘ttiz   xil   klassik   tikish   usullari   mavjud.   Bu   usullar   o‘ziga   xos
tomonlarining   nomlari   bilan   bir-biridan   farq   qiladi.   1.Zardo‘ziy   zamindo‘ziy   -
tagini   yoppasiga   zar   bilan   tikish.   2.   Zardoo‘ziy   guldo‘ziy   –bunda   tikilayotgan
naqshning   tagi   ochiq   qolib,   faqat   gul   naqshlarining   o‘zi   zar   bilan   tikiladi,   biroz
bo‘rtma naqshgul hosil bo‘ladi.
11-rasm
Guldo‘zi   usulida   karton   gullar   yuzasi   to‘rt   qavat   qilib   o‘ralgan   zar   ip   bir
tekisda, hamda zar ip matodan o‘tmaganligi sababli karton tomoni oddiy iplar bilan
tikib   chiqiladi.   3.Zardo‘ziy   birishimdo‘ziy   -goh   ipak   ipda,   goh   zar   ipda   aralash
tikiladi.   4.Zardo‘ziy   pulakchado‘ziy-pulakcha   deb   ataladigan   piston   qadab
zardo‘zlik tikish.  12-rasm. Guldo‘ziy-zamindo‘ziy aralash usuli.
Tikilish  joyining  yuzasi,   katta-kichikligiga   qarab,   o‘lchamga  moslab   siddilar
sariq bo‘z ustiga 8,20,24 qator qilib tortiladi.
Zamindo‘zi  ayollar   pesh-matlarida, to‘nlarda,  har  xil   zardo‘z  buyumlarda  va
zardo‘zi do‘ppilarining jiyaglarida ishlatiladi.
Qalin   matodan   zar   ipning   o‘tishi   qiyin,   o‘tgan   taqdirda   ham   uzoqqa
chidamagan,   titilib   ketgan.   Shuning   uchun   zar   ip   pilta,   ya'ni   tushama   yo'llariga
ko‘ndalang   tarzda   qator   qilib   yotqizib   chiqilgan,   ustidan   ipak   yoki   paxta   ip
yordamida   ilib-ilib   tikiladi.   Ular   baxyalar   orasiga   joylashganidan   chatilgan
ilgaklarning turlicha joylashuvi o‘ziga xos kashtani yuzaga keltiradi. Ipak va paxta
ip zar ipni qisib turganidan qator chuqurchalar hosil qilib, ip o‘tmagan joylar xiyol
do‘ppayib qolavergan, bu keng sath uzra to‘lqinsimon chiziqlar hosil qilgani uchun
tikuvchilar   tilida   mavj   degan   nom   olgan.   Chatib   tikish   zardo‘zlarning   ijodiy
xayolati   va   kashfiyotchiligi   uchun   keng   imkoniyatlar   tug‘dirgan.   Mavjning   bir
necha   turi   yuzaga   kelganining   boisi   ham   chatishini   necha   turda   amalga
oshirilganligidandir.
Zardo‘zlik san'atida o‘simliksimon, geometrik naqshlar, gulli giruh, ramziy va
boshqa   turlardagi   naqshlar   qo‘llanilladi.   Naqshlar   buyumga   qanday   joyning
bezatilishiga   qarab   o‘ziga   xos   turli-tuman   uslubda   bajarilish   texnologiyasiga   va
mazmuniga ega bo‘ladi. Naqsh   -arabcha   tasvir,   gul   degan   ma'noni   bildiradi.   U   elementlari   ma'lum
tartibda   takrorlanadigan   qush,   hayvon,   o‘simliklar,   geometrik   shakllar   va
boshqalarning ma'lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezak. Zardo‘zlikda
chok   yordamida   turli   ko‘rinishdagi   barg,   band,   daraxt,   buta,   g‘uncha   va   boshqa
narsalarni   naqqosh   tomonidan   stillashtirib   olingan   shaklini   ma'lum   qonuniyatlar
asosida   takrorlanishidari   hosil   qilingan.   Meva   shakllaridan   tuzilgan   naqshlarda
marvarid, turunj, anor, olcha, uzum va bosh
qlarni ko‘ramiz. Zardo‘zlikda gullar turidagi
naqshlar   uchun   barg   atamasi   nomi   bo‘lib
qolgan.   Masalan:   To‘rt   yaproqli   gul,   olti
yaproqli gul, sakkiz yaproqli gul, lola gul va
hokazolar.
Yaprog‘i
sakkiztadan ortiq bo‘lgan gullarni guli sabdarg-yuz yaproqli gul (V-2).
Keng hajmdagi gullar guli kosagul (V-4) degan nomlar bilan yuritiladi.
Barg   turidagi   naqshlar   quyidagilarga   bo‘lingan:   dona-dona   yaproqlar-yakka
barg,   sebarg,   majnuntol   yaprog‘i   bargi   majnuntol   (7-1,6,9)   va   hokazolar.   Gul
turlari   uzoq   davomli   rivojlanishlarida   shu   qadar   ko‘p   uslublarga   va   geometrik
ko‘rinishlarga   ega   bo‘lgan.   Masalan,   to‘rt   yaproqli   gul   naqshi   ana   shunday
o‘zgarishi sababli, endilikda u kungitador peshtoqni eslatuvchi chor madohil (to‘rt
darvoza) deb atala boshlandi. Agar bitta yaproqli gul naqshini ikkinchisiga ustma-
ust   qo‘ndirilgan   bo‘lsa,   uni   chor   mado   xili   durun-badurun   deyilgan.   (madoxil
arabcha-kirish     degani).   Bunday   gullar   mayda   islimiy   naqshlar   bilan   tikilib,   eng uchida har ikki tomonga qarab turgan ikki dona yaproq tasviri bo‘lgan. Chinnigul
(xrizantema)   va   qashqargul   singari   kashtalar   nomi   kelib   chiqishga   Xitoy
chinnisidagi rasmlar asos bo‘lgan 
Rang-barang   naqshli   sirkor   me'moriy   yodgorliklar   ulardagi   turli-tuman
geometrik   naqshlar   zardo‘zlik   gullari   va   kashtalarini   ijodiy   jihatdan   boyitishdagi
boy materiallar bo‘lib xizmat qiladi.
13-rasm Zarduziy chok turlari
Shu siraga kiruvchi mehrob naqshi odatda uchli ark ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Kashta   naqshlarining   tuzilishiga   qarab,   zardo‘z   ustalar   buyumlarni   ayrim-ayrim
guruhlarga   bo‘ladilar.   Bezak   gullarining   joylanish   tartibiga   ko‘ra   cho‘ponlar   bir
necha turlarga bo‘linadi.
Darham   turidagi   choponlar   butun   yuzaning   bir   sidra   gul   naqshlari   bilan
to‘ldirlganligi   orqali   ajralib   turadi.   Bunda   turli   katta-kichiklardagi   romblar, kvadratlar,   to‘g‘ri   burchaklar   va   hokazolar   yoo‘l-yoo‘l   shaklda   qator   tuzilib,   zich
islimiy   naqshlar   bilan   to‘ldirib   chiqiladi.   To‘rt   yaproqli   qubba-madoxil,   uch
yaproqli qubba, uch-to‘rt yaproqchali buta va butachalari, majnuntol, ayrim-ayrim
joylashgan olti va sakkiz yaproqli gullar, lola shu naqshlarga kiradi.
Ko‘pincha gul va yaproq naqshlari doira markazidagi gul va markaz atrofida
aylana   shaklida   joylashib,   geometrik   shakllar   tagzamini   to‘ldirib   turadi.   Butador
uslubidagi   zardo‘ziy-guldo‘ziy   erkakcha   cho‘pon   (20-rasm).   Markaziy   qismi   va
hoshiyasida "bodom" kashtasi tikilgan.Bu tur naqshlardan yana biri darhali daraxt
kompozisiyasi   bo‘lib,   unda   ham   kashtalar   bir   tekis   tushadi.   Daraxt   islimiy   guli
uzun   tanadan   iborat   bo‘lib,   unga   gul   va   barglar   chatilgan,   goho   bo‘lak-bo‘lak
shakllardan   tana   hosil   etilgan,   goho   esa   har   tomonga   osilib   turgan   katta-katta
sallagul   (piongul)lardan   tuzilgan   chetlari   qirqma   keng   yaproqlar   juda   ham   o‘ziga
o‘xshatib ishlangan. Yuza bo‘ylab bir tekisda har tomonga yoyilib turgan bir dasta
gul   aks   ettirilgan   choponlarni   butador   deyilgan.   Gulning   o‘zini   esa   buta   deyilib,
unda gulning poyasi va barglari, majnuntol novdalari, xurmo shoxlari, turli katta-
kichiklardagi guruhlar, qo‘sh bodom va hokazolar ifodalangan bo‘ladi.
Bu   tur   kompozisiyasiga   butador   deb   atalgan   to‘nlar   kiradi.   Bunday
to‘nlarning butun yuzasi buta naqshi bilan to‘ldirilib, faqat yelkasida tavq (arabcha
xalqa) deb atalgan chiroyli gardishli  turunji bo‘lgan. Butador kompozisiyasi  katta
yoshdagi erkaklar va bolalar buyumlarida qo‘llanilgan.
Tavq turunji naqshlarining turli-tumanligi va talqini bilan ajralib turadi.
14-rasm. Zardo‘z chopon turlari. 15-rasm. Duxoba. Zardo‘ziy-guldo‘ziy erkaklar choponi.
Ularning   ko‘rinishlari   bilan   bir-biridan   farq   qiladi.   O‘lchamlari   diametrda
36X45dan 48X56 santimetr orasida hisob qilinadi. Turunj-arabcha "limon" degan
ma'noni   bildiradi.   Ruscha   medal ь on.   Naqshlarda   kompozitsiyaning   markaziga
chiziladigan   naqsh   turi.   O‘rta   Osiyoda   o‘ziga   xos   ko‘rinishiga   va   mazmunga   ega
bo‘lib, qadimdan ishlatilib kelinadi. Turunj hech qanday naqshga ulanmay muallaq
turadigan   kompozitsiya   bo‘lib,   uning   shakli   asrlar   davomida   rivojlanib   boyigan.
Hozir uning doira, 5-l0 raxli yulduz, oval, romb va elips shakllari bor (l7, 20,2l,22
rasmlar).
Tavq   turunjlarining   tuzilishi   sistemasi   bo‘yica   ularni   ikki   turga   bo‘lish
mumkin.   Birinchi   tur   turunjlariga   yopiq   xalqa   ichida   tuzilgan   kompozitsiyalar
kiradi. Eng keng qo‘llaniladigan bu kompozitsiya
umumiy   markazga   ega   xalqanamo   kashta   gullar
bilan   yoki   oralari   islimiy   naqshlarga   to‘la   olti
burchak   qatlamalari   bilan   to‘ldirib   chiqiladi:
Ba'zan bu oraliqlar trapesiyanamo qator yo'llarga
ajratilib, bu butalar naqshi bilan bezab chiqiladi. Doira ichiga ko‘pincha olti yoki sakkiz qirrali yulduz shakli tushirilgan bo‘lib,
markaziy qismda bo‘rtma girihli xalqa aks ettiriladi.
Naqshlarning har bir qismi mayda gul, barg, butoq va xurmo barglari shaklida
tikiladi.
Ikkinchi   tur   turunjlarning   kashta   gullari   sernaqsh   yo'llardan   to‘qima   usulida
yasalgan sakkiz qirrali yulduzlar, galma-galdan almashinib keluvchi gulli guruh va
butoqchalar   kompozitsiyasi,   guldon   shakli   ichiga   joylashtirilgan,   yerga   qaragan
yarimoy xalqasiga kiydirilgan murakkab islimiy kompozitsiyalardan iborat.
Kompozitsiya   (mujassamot)   -lotincha   "kompositio"   so‘zidan   olingan   bo‘lib,
to‘qish,   tuzish,   bir-biriga   solishtirish,   naqshni   g‘oyasi,   xarakteri   va   vazifasiga
muvofiq   uyg‘un   hamda   mutanosib   joylashtirish   degan   ma'noni   anglatadi.
Zardo‘zlikda   kompozitsiya   tuzishda   simmetriyani,   markaz   topishni,   bezaklarning
davriy   takrorlanishi,   bezakning   dinamikligini,
chiroyliligini,   tabiiyligi,   g‘oyaviyligini,   ranglarning
yorqinligi   va   uyg‘unligi   kabi   komponentlarni   hisobga
olish   kerak.   Bulardan   har   birining   ham   o‘ziga   xos
qonuniyatlari   bor.   Ustalar   chizadigan   nushalar   o‘z
xususiyatiga   ko‘ra   namoyon,   kitoba,   ruta,   turunj   va
hokazo   maxsus   kompozitsiyalarga   bo‘linadi.
Komponovka   ya'ni   joylashtirish   -chizish   kerak   bo‘lgan   naqsh   kompozitsiyasini
karton, tikiladigan buyum yuzasiga to‘g‘ri joylashtirish.
Simmetriya   -grekcha   so‘zdan   olingan   bo‘lib,   o‘lchovlarning   bir-biriga
munosibligi tushuniladi.
Assimmetriya–kompozitsiyada   simmetrik   qonun   -   qoidalari   muvozanatining
buzilishidir .
Ritm   -naqsh   kompozitrsiyasining   ma'lum   bir   qismi   ma'lum   bir   masofada
doimiy   ravishda   bir   tekisda   takrorlanib   kelishi   bo‘lib,   naqshdagi   harakatning
uzluksiz va go‘zal ko‘rinishini ta'minlaydi.
Stilizatsiya   -tabiatdagi   o‘simlik   va   boshqalarning   tasviri,   rangi,   shakli   va
tuzilishini badiiy usulda umumlashtirishdir. Turunj kompozitsiyasi amalda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
Tlifunj   naqsh   kompozitsiyasining   tikiladigan   buyum   yuzasiga,   mo‘ljallab
uning   hajmi   aniqlab   olinadi.   Shu   o‘lcham   bo‘yicha   bir   necha   xomaki   rasmlar
(ya'ni, eskizlar) tayyorlanadi. Xaqiqiy kattalikdagi o‘lcham bo‘yicha to‘rt, sakkiz,
o‘n,   o‘n   oltidan   bir   qismga,   ya'ni   naqshning   taqsimiga   turunj   kompozitsiyasi
bajariladi. Shu naqsh shaffof qog‘ozga ko‘chirilib, uning axtasi tayyorlanadi.
Naqsh kompozitsiya o‘lchamiga moslab karton qo‘yiladi, unga naqsh nusxasi
tushuriladi va tuya bo‘yin qaychi bilan qirqiladi.
Ayollar   va   bolalar   poyafzali   ancha   oddiy   guruh   va   xalqalar   bilan   bezatilib,
ularning   oralari   yaproq   nushalar   yoki   tagalak   gajaklari   bilan   to‘ldiriladi.   Bodom
kashtasi   kompozitsiyasi   juda   ko‘p   uchraydi   va   guldo‘ziy,   hamda   zamindo‘ziy
usulida tikiladi.
Do‘ppi   O‘zbekistonda   keng   tarqalgan   yengil   bosh   kiyim.   Ayollar   do‘ppisi
ham,   erkaklar   do‘ppisi   ham   sidirg‘a   rang   barxtga,   baxmalga,   satinga,   sidirg‘a
shoyiga ip, ipak va zar ip bilan gullari tikiladi. Do‘ppilarga islimiy kashtalar, turli
ko‘rinishdagi geometrik shakllar bilan ham oro berib chiqilgan.
Geometrik   shakllar   olti   va   sakkiz   qirrali   shakllar   bo‘lib,   ko‘pincha   ular   bir-
biriga   qalashtirib   tikiladi   va   oralari   gul,   yaproq   nusha   naqshlar   bilan   to‘ldiriladi.
Do‘ppilar   zardo‘ziy,   guldo‘ziy   va   zamindo‘ziy   usulida   tikiladi.   Chorgul   naqshi
erkaklar   hamda   ayollar   do‘ppisida   barobarbarobar   ishlatiladi.   Chorgul
kompozitsiyasida   zargarlikka   yoki   zardo‘zlikka   oid   qubba-bo‘rtma   taqinchog‘i
qo‘llanilib, har bir butoq yoki gulga uch donadan qo‘yib tikilgan. Bunday do‘ppilar
o‘n   ikki   qubbati   to‘rtgul   deb   atalgan   (25-rasm).   Turli   xildagi   to‘rt   qirrali
yulduzchalar   erkaklar   do‘ppisi   uchun   xos   kashtalardan   hisoblanadi.   Erkak   va
ayollar   do‘ppilarining   gardishi   zar   ipda   tikilgan   yoki   rangli   joyi   jiyak   bilan
aylantirib chiqiladi.
Ko‘zoynak, yelpig‘ich, taroq, pul va cho‘ntak soatlar singari buyumlarni solib
yuradigan turli g‘iloflar bir xil rangdagi silliq barxtdan tikiladi. Bunday g‘iloflarga
islimiy   ko‘rinishdagi   butoqcha,   bodomcha   nusha   kashtalar   bilan   bezak   beriladi.
Hamyonlar   har   ikki   tomonidan,   qolgan   barcha   buyumlarni   faqat   bir   tomonidan kashtalar   tikiladi.   Uy   ro‘zg‘or   buyumlaridan   so‘zana,   yostiq   jildi,   lo‘la-bolish
g‘ilofi,   beshik   yopg‘ich,   igna   qadagich,   qiyiqcha,   choynak   yopqich,   joynamoz,
ko‘zoynak   g‘ilofi,   tumorlar   guldo‘ziy   va   guldo‘ziy-zamindo‘ziy   usulida   zar   ipda
tikiladi. So‘zana-forscha so‘zani deb yuritiladi, igna bilan tikilgan ma'noni beradi.
U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga zar ipda tikib tayyorlanadi.
So‘zana   va   yostiq   jildi   uchun   kompozitsion   joylashgan   o‘simliksimon
naqshlardan,   turunj   yoki   burchak-burchagida   islimiy   naqshlar   bilan   bezatilib
tikiladi.   (29-rasm.)So‘zanadagi   butalar   orasi   ochiq   qolgan   qismlar   ancha   mayda
butachalar   bilan   to‘ldirib   tikiladi.   Peshonaband   barxtga,   shoyiga   zamindo‘ziy   va
guldo‘ziy   usulida   kashta   tikiladi.   Peshonaband   aslida   zardo‘ziy   do‘ppi   ustidan
o‘ralgan.   Majnuntol   kashtasi   peshonaband   uchun   eng   sevimli   mavzu   hisoblanib,
moh   yarimoy   kompozitsiyasi   ham   tez-tez   uchrab   turadi.   Moh   peshonabandi
zargarlik   to‘g‘nog‘ichlari   bilan   bezaladi   (16-rasm).   Ayollar   nimchasi,   xalati,
ko‘ylak oldi naqshlari rang-barangli va serbezakli qilib tikiladi.
Joynamozlarning   kashtalari   uchchala   tomondan   qirg ‘ oq   bo ‘ ylab   aylantirilib
tiqilgan   enli   jiyaklarda   o ‘ z   ifodasini   topgan .   Jiyaklarning   tagzarnini,   alohida
joylashgan butalar bilan kashtalanib, buyumning o‘rtasi ochiq qoldiriladi.
17 - turunj va hoshiya "chinni gul" kashtasi bilan tikilgan. II.BOB.UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA
TEXNOLOGIYATA’LIMI DARSLARIDA XALQ
HUNARMANDCHILIGINI O‘QITISHDA BILIM VA KO‘NIMALARINI
RIVOJLANTIRISH METODIKASI
2.1. Texnologiya darslarida o‘quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid
tasavvurlarini shakllantirish shart-sharoitlar
Ta’lim   sohasidagi   islohotlari   natijasi   sifatida   shakllantiriladigan   barkamol
shaxsning   mustaqil   va   ijodiy   fikrlash   sifatlarini   tarbiyalash   umumiy   o‘rta   ta’lim
muassasalarining   muhim   vazifalaridan   hisoblanadi.   Bu   borada   o‘quvchilarning
to‘garak   ishlarini   samarali   tashkil   qilish   muhim   ahamiyat   kasb   yetadi.
Respublikamizda   amalga   oshirilayotgan   «Ta’lim   to‘g‘risida»gi   qonun   hamda
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy maqsadi  ham ta’lim tizimini jahon
talablari   darajasida   isloh   qilishdan   iborat   bo‘lib,   bunda   amalga   oshirilishi   lozim
bo‘lgan   asosiy   yo‘nalishlaridan   biri   o‘quvchilar   mehnat   tayyorgarligini
takomillashtirishdan iborat. 
Respublikamiz   ta’lim   tizimida   amalga   oshirilayotgan   islohotlardan   kelib
chiqqan   holda   qo‘yilgan   talablar   o‘quvchilarni   mehnatga   tayyorlashning
muammolari  yechimini topishga qaratilgan izlanishlar faollashuviga sabab  bo‘ldi.
Bu boradagi tadqiqotlarlarning yosh avlodni kasb tanlashga tayyorlashning amaliy
yechimini topishga qaratilgan quyidagi asosiy yo‘nalishlarini qayd yetish mumkin:
- o‘quvchilarning kasblar olamida yo‘nalish olishiga yordam beruvchi hamda
o‘z   individual   imkoniyatlarini   haqqoniy   baholay   olish   ko‘nikmalari   zarur
darajasini ta’minlovchi axborotlar tizimini yaratish;    
-   o‘quvchilarni   mehnat   tarbiyasiga   yordam   berish   maqsadida   shaxsni
o‘rganishning tashhis metodlarini ishlab chiqish;
-   yoshlarga   kasbiy   konsultatsiyalar   uyushtirishning   nazariy   va   metodik
asoslari;
- mehnatga tayyorlashning ijtimoiy ahamiyatli motivlarini asoslash;
-   O‘zbekiston   Respublikasi   kadrlar   tayyorlash   milliy   modelini   amaliyotga
tadbiq etish sharoitida o‘quvchilarni mehnatga tayyorlashning metodik asoslari; -   alohida   olingan   hududiy   markazlarda   yoshlarni   kasb   tanlashga   yo‘llash
ishini boshqarish xususiyatlari.
Mustaqillikka   erishgan   O‘zbekiston   Respublikasida   dastlabki   davrlaridanoq
jahon   sivilizatsiyasining   taraqqiyotida   muhim   o‘ringa   ega   milliy   ma’naviyatimiz
asosida  kelajagi  buyuk davlatni  barpo etish - bosh maqsad etib belgilandi. Ushbu
buyuk maqsadga erishishda asosiy e’tiborning yosh avlodni barkamol, ma’naviy va
jismonan   sog‘lom,   yuqori   malakali   kasb   egasi   qilib   tarbiyalashga   qaratilganligi
milliy   an’analarimiz,   mentalitetimizning   o‘ziga   xos   ifodalanishidir.   Prezidentimiz
I.A.Karimov   tomonidan   taklif   etilgan   va   respublikamizda   izchil   amalga   oshirib
borilayotgan   kadrlar   tayyorlash   milliy   modeli   bugungi   kunda   jahon   miqyosida
e’tirof etildi va o‘zining dastlabki natijalarini bermoqda. 
Biroq,   qayd   etilgan   yutuqlar   bilan   birga   kasbiy   ta’lim   tizimini   yanada
rivojlantirish uchun to‘laqonli xizmat qilmayotgan sohalar ham mavjud. Jumladan,
o‘quvchilarning   kasbiy   bilim   va   ko‘nikmalarini   dars   jarayonida   bir   qadar   e’tibor
qaratilayotgan   bir   davrda,   to‘garak   mashg‘ulotlarini   tashkil   qilishda   tizimlilik,
maqsadga yo‘naltirilganlik yetarlicha o‘z aksini topmay kelmoqda. 
Amalga   oshirilgan   ishlar   natijasida   muayyan   natijalar   olingan   bo‘lsada,
bugungi   kunda   mehnatga   tayyorlash   ishlarining   asosiy   maqsadi   -   har   bir
o‘quvchining   shaxsiy   sifatlariga,   jamiyat   talablariga   hamda   kasb   talablarga   mos
keluvchi sohani ongli ravishda tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish muammosi hal
etilgan   emas.   Muammoning   to‘laqonli   yechimini   topishga   to‘siq   bo‘layotgan
asosiy     holatlardan   biri   tadqiqotlarning   odatda   qandaydir   tartibda   belgilanadigan
o‘rtacha   olingan   o‘quvchi   shaxsiga   yo‘naltirilganligi   bilan   izohlanadi.   Natijada:
o‘quvchiga   individual,   tabaqalashtirilgan   yondoshuv   joriy   etilmayapti;   aksariyat
holatlarda   quruq   so‘zlashuvdan   iborat   deklarativ   metodlar   bilan   cheklanilmoqda;
o‘quvchini   qiziqtirgan   va   yoki   tanlagan   kasbi   xususiyatlari   bilan   bevosita
tanishishi   uchun   keng   imkoniyat   yaratilmayapti.   O‘quvchilarni   mahalliy
sharoitlardan  kelib  chiqib  kasb  tanlashga  yo‘llash  uchun  zarur   bo‘ladigan   shahar,
tuman   va   boshqa   hududiy   birikmalarning   mutaxassislarga   bo‘lgan   ehtiyoji
to‘g‘risida  joriy va istiqbolli dasturlar ishlab chiqilmagan. O‘quvchilarning o‘qishdan tashqari vaqti ular hayotida katta o‘rin tutadi. Shu
sababli   bu   vaqtni   to‘g‘ri   tashkil   etishda,   undan   dam   olish   uchun,   oqilona
foydalanishda   ularga   yordam   berish   zarur.   Barcha   shakllardagi   darsdan   va
maktabdan tashqari ishlarning chuqur ichki mohiyati o‘quvchilarni ijtimoiy foydali
faoliyatga   faol   jalb   qilish,   ularning   tashabbusi   va   mustaqilligini   rag‘batlantirish,
individual   qiziqishlari,   mayl   va   qobiliyatlarini   rivojlantirishdan   iboratdir.
O‘quvchilarning   o‘qishdan   tashqari   ishlariga   pedagogik   rahbarlikning   xususiyati
ularga faqat dars mashg‘ulotlarida emas, balki ijtimoiy tashkilotlar orqali, sinfda va
maktabdan   tashqari   har   xil   tadbirlar   orqali,   o‘quvchilarni   texnik   ijodkorlik   va
qishloq   xo‘jalik   tajribachiligiga   bevosita   jalb   etish   orqali   ham   tarbiyaviy   ta’sir
ko‘rsatishni amalga oshirishdir.
Yuqorida   bayon   etilgan   fikrlardan   kelib   chiqqan   holda   amaliyotda   keng
qo‘llanilayotgan metodlarni asosan quyidagi uch guruhga ajratish mumkin.
O‘quv   materialini   og‘zaki   bayon   qilish   metodi   maktab   ta’lim   tizimida   eng
ko‘p   qo‘llaniladigan   metodlardan   biri   bo‘lib,   mazkur   metodga   barcha   o‘quv
predmetlari bo‘yicha barcha sinflarda murojaat qilish mumkin.
Ushbu   metod   bayon   qilinayotgan   ma’lumotlarning   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘qituvchining   jonli   nutqi   orqali   idrok   qilinishi   bilan   tavsiyalanadi   va   ana   shu
xususiyatiga ko‘ra ta’limning boshqa metodlaridan farq qiladi.
Hikoya  qilish  –  o‘qituvchi   tomonidan     yangi   o‘tilayotgan  mavzuga   oid  fakt,
hodisa va  voqealarning yaxlit  yoki  qismlarga bo‘lib, obrazli  tasvirlash yo‘li  bilan
ixcham,   qisqa   va   izchil   bayon   qilinishidir.   hikoya   qilish   davomida   o‘quvchilar
passiv   tinglovchi   bo‘lib   qolmasliklariga   aksincha   ular   faolliklarini   oshirish,
diqqatni   mavzuga   safarbar   qilish,   hodisa   va   voqealar   ustida   fikr   yuritish,   fikr
almashish maqsadida savollar berib borish, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishga
ye’tibor berish lozim.
O‘qituvchi   muayyan   bir   kasb-hunarning   u   yoki   bu   jihatlariga   oid   qonun,
qoidalar qanchalik asosli yekanligini dalillar, misollar keltirish yo‘li bilina isbotlab
beradi. Suhbat   metodi   ko‘pincha   savol-javob   metodi   deb   ham   yuritiladi.   Chunki   bu
metodda dars o‘tilsa, u asosan savol-javob yo‘sinida olib boriladi.
O‘qitish   jarayonida   o‘rganilayotgan   mavzu   yuzasidan   kirish,   asosiy   va
yakunlovchi suhbatlar ham qo‘llaniladi, shuningdek, o‘quvchilar tomonidan yangi
o‘tilgan   mavzuni   qanchalik   tushunganlarini   tekshirish   maqsadida   ham   suhbat
o‘tkaziladi.   Suhbat   metodi   bilan   ish   ko‘rganda,   mashg‘ulotlarni   tashkil   qilish   va
uni olib borishda o‘qituvchi - quyidagilarga amal qilishi kerak:
1.  O‘qituvchining   suhbat   uchun   tayyorlab   kelgan   savollari   sinf
o‘quvchilarining hammasiga taalluqli bo‘lib, savol o‘rtaga tashlanishi kerak.
2.  O‘quvchilardan biri javob berish uchun chaqiriladi.
3.  Savolga   javob   berayotgan   o‘quvchini   qunt   bilan   tinglash,   uning
javobini to‘ldirishi, tuzatishi, oydinlashtirishga yordam berishini ta’minlash lozim.
O‘quvchilarning   texnik   masalalarni   yechish   va   bu   yechimlarni   harakatli
modellar yoki tajriba namunalarining texnik loyihalari, maketlari sifatida ifodalash
bilan bog‘liq amaliy faoliyatini o‘quvchilarning texnik ijodkorligi deb atash qabul
qilingan. 
Texnologiya   o‘qituvchisi   ota-onalar   va   faol   o‘quvchilar   bilan   hamkorlikda
maktabda   texnika   to‘garaklarini   tashkil   qiladi.   U   sinf   rahbarlari   yordamida   fan,
texnika   va   ishlab   chiqarishning   ayrim   tarmoqlariga   ko‘proq   qiziqadigan
o‘quvchilarni   aniqlaydi   hamda   ularga   tumanda,   shaharda   joylashgan   maktabdan
tashqari   muassasalardagi   o‘ziga   mos   to‘garakni   topishda   yordamlashadi.
Texnologiya   o‘qituvchisi   o‘quvchilarni   maktab   fan,   texnika   va   ishlab   chiqarish
haftaligini,   mamlakatimiz   fani   va   texnikasi   tarixidagi   atoqli   kunlarga
bag‘ishlangan maktab kechalarini tayyorlash va o‘tkazishga jalb qiladi.
Maktabda   o‘quvchilarning   mustaqil   faoliyati,   barcha   pedagogik   jamoa   bu
ishga   ma’naviy   tayyor   bo‘lsagina   o‘qituvchilar   va   o‘quvchilar   o‘rtasida   o‘zaro
chuqur hurmat, xayrixohlik, ishonch bo‘lgan sharoitdagina tashkil etilishi mumkin.
Hech qanday soxtalik va sun’iylik bo‘lmasligi kerak. 
Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarida   xalq   xunarmandchiligi   mavzulari
yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagicha o‘tiladi: 5-sinf
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO`NALISHI
t/r Mavzular Soati
Metalga ishlov berish texnologiyasi
13-14 Metallarga   ishlov   berishda   qo`llaniladigan   xalq
hunarmandchiligi elementlari. Metallga ishlov berishga oid kasb-
hunarlar to`g`risida ma`lumot. 2
17-18 Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan
xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. 2
YOG `ochga ishlov berish texnologiyasi
55-56 Yog`ochga   ishlov   berishda   qo`llaniladigan   xalq
hunarmandchiligi   elementlari.   Yog`ochga   ishlov   berishga   oid
kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot. 2
59-60 Yog`ochga   ishlov   berish   jarayonlari   bilan
uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. N I-7 2
SERVIS XIZMATI YO`NALISHI
t/r Mavzular Soati
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi 48 soat
49-50 Amaliy   mashg`ulot:   Kashtachilikda   ishlatiladigan
naqshlar, naqsh elementlari. Naqshlar chizish.  2
51-52 Kashtachilik   ranglari   va   rang   tanlash.   Kashtachilikda
ishlatiladigan chok namunalarini tikish.  2
53-54 Milliy kiyimlardan qiyiqchani bichish va nusxa tushirish.
Qiyiqcha gullarini (naqshlarini) tikish. Dazmollash. 2
55-56 Milliy   o`yinchoq   (qo`g`irchoq)   turlari,   ishlatiladigan
asbob, moslamalar, gazlama va ularning turlari.  2 6-sinf
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN
Metalga ishlov berish texnologiyasi
17-18 Tayyorlanadigan     detal     eskizini   chizmalarini,   texnologik
xaritalarni   tuzish   va   o`qish.     Materialni   tejamli   sarflashni
rejalash.   Metallarga   ishlov   berishga   oid   xalq   hunarmandchiligi
turlariga bo`yicha ish usullarini o`rgatish. 2
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi
55-56 Yog`och   va   boshqa   materiallardan   xalq   hunarmandchiligi
ish usullari asosida buyumlar tayyorlash. 2
57-58 Yog`och   va   boshqa   materiallardan   xalq   hunarmandchiligi
ish usullari asosida buyumlar tayyorlash. 2
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash
65-66 Yurtimiz   me`morchiligi   tarixiga   oid   qisqacha   ma`lumotlar.
Xona   intereri   hamda   jihozlanish   dizayniga   talablar.   Sohaga   oid
yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot
yo`nalishlari. NI-8 2
SERVIS XIZMATI YO`NALISHI
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi
47-48 Zardo`zlik san`ati tarixi va uning rivojlanishi. Zardo`zlikda
ishlatiladigan   materiallar   (gazlamalar     turlari,   karton,   zar   iplar).
Zardo`zlikda ishlatiladigan  asbob-uskunalar. Zar ipni o`rash. 
NI-6 2
49-50 Zardo`zlikda   ishlatiladigan   naqsh   turlari.   Kartonga   naqsh
(gul) tushirish va qirqish.  Ish o`rnini tashkil qilish. 2
51-52 Bo`zni   k o rcho`pd a   t a r a ngl a b   t o rtish.   Z a mindo`zi   v a
guldo`zi usulid a  tikishni o`rg a tish. 2
53-54 Choynak yopqichining gulnaqshini zar ipdan tikish. 2
55-56 Tikilgan   mahsulotni   korcho`pdan   tushirib,   tayyorlash
texnologiyasini   o`   rganish   (astar   tikish).   Buyumga   oxirgi   ishlov
berish. 2
57-58 Nozmunchoq   (biser)   va   undan   foydalanish   haqida
ma`lumot.   Nozmunchoq   to`qish   uchun   zaruriy   xom-   ashyo   va
moslamalar.   Nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllar
to`qish. 2
59-60 Milliy   bosh   kiyimlardan   do`ppi   tikish   texnologiyasi.
Do`ppini   bichish.   Bo`l a kl a rg a   t a nl a ng a n   n a qsh   ele men tl a rini
bise r ,   pist o n   yord a mid a   tikib,   tug a tish.   Bo`laklarni   bir-biriga
ulash, ishni yakunlash.  NI-7 2
61-62 Qiz   bolalar   sumkachasini   tikish   texnologiyasi   bilan
tanishtirish.   Andoza   tayyorlash,   zaruriy   gazlama,   iplar   tanlash,
sumkachani bichish. 2
63-64 Sumk a cha bo`l a kl a rig a  t a nl a ng a n n a qsh ele men tl a rini bise r , 2 pist o n yord a mid a  tikish.
65-66 Qiz   b o l a l a r   sumk a cha   bo`l a kl a rig a   t a nl a ng a n   n a qsh
ele men tl a rini   bise r ,   pist o n   bil a n   tikish.   Bo`laklarni   bir-biriga
ulash, ishni yakunlash.  NI-8 2
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi
67-68 Kiyimlarni saqlash usullari. Kiyimga qarab turish qoidalari.
Yamoq solish texnologiyasi.  Amaliy mashg`ulot : yamoq solish. 2
7-sinf
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO`NALISHI
Metalga ishlov berish texnologiyasi
11-12 Rangli   metallarga   ishlov   berishga   oid   xalq
hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari. NI-2 2
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi
49-50 Yog`och   va   metallga   ishlov   berishni   uygu`nlashtiruvchi
xalq hunarmandchiligi turlariga bo`yicha ish usullari. 2
55-56 Yog`och   va   metallga   ishlov   berishni   uygu`nlashtiruvchi
xalq   hunarmandchiligi   turlariga   bo`yicha   ish   usullari   asosida
buyumlar tayyorlash. 2
SERVIS XIZMATI YO`NALISHI
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi
47-48 Xalq   hunarmandchiligi   “Quroqchilik”   haqida   umumiy
ma`lumot.   Uning   t a ri x i,   usull a ri,   ke ra kli   ish   qur o ll a ri.
Tikiladigan   “Quroq”   buyumiga   eskiz   chizish   va   shablonlar
tayyorlash.  NI-6 2
8-sinf
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO`NALISHI
Xa lq hun a rm a ndchiligi te x n o l o giyasi
1- 4 Hunarmandlarning   bozor   munosabatlari   asosidagi
faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari.  4
5-8 Xalq   hunarmandchiligi   bo`yicha   ko`rgazma   va   tanlovlarni 4 tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari.
9-14 Amaliy   mustaqil   ishlar:   Xalq   hunarmandchiligining
tanlangan   yo`nalishi   bo`yicha   zamonaviy   dizayn   talablari   bilan
uyg`unlashtirilgan   mahsulot   tayyorlashdagi   ish   usullarini
egallash. 6
SERVIS XIZMATI YO`NALISHI
Xa lq hun a rm a ndchiligi te x n o l o giyasi
1- 4 Hun a rm a ndl a rning   b o z o r   mun o s a b a tl a ri   a s o sid a gi
f ao liyatl a ri, uyushm a l a ri v a  uning istiqb o ll a ri.  4
5-8 Xalq   hunarmandchiligi   bo`yicha   ko`rgazma   va   tanlovlarni
tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari. 4
9-14 Amaliy   mustaqil   ishlar:   Xalq   hunarmandchiligining
tanlangan   yo`nalishi   bo`yicha   zamonaviy   dizayn   talablari   bilan
uyg`unlashtirilgan   mahsulot   tayyorlashdagi   ish   usullarini
egallash. 6
9-SINF
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO`NALISHI
Xa lq hun a rm a ndchiligi te x n o l o giyasi
1- 2 Xalq   hunarmandlari   tomonidan   eksport   va   ichki   bozor
uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar.  2
3-4 Xalq   hunarmandchiligida   foydalanilayotgan   nodir
materiallar, asbob-uskunalar. 2
5-6 Hunarmandchilik   mahsulotlarini   tashqi   shakli   uzviyligi   va
yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash. NI-1 2
7-8 Kompozitsion   yaxlitlik.   Xalq   hunarmandchiligiga   oid
tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash. 2
9-10 Amaliy   mustaqil   ishlar:   Xalq   hunarmandchiligining
tanlangan   yo`nalishi   bo`yicha   zamonaviy   dizayn   talablari   bilan
uyg`unlashtirilgan   mahsulot   tayyorlash   bo`yicha   ish   usullarini 2 egallash. Loyihalash bosqichida mahsulot tashqi shakli uzviyligi
va yaxlitligini ta`minlash. 
SERVIS XIZMATI YO`NALISHI
Xa lq hun a rm a ndchiligi te x n o l o giyasi
1- 2 Xalq   hunarmandlari   tomonidan   eksport   va   ichki   bozor
uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar.  2
3-4 Xalq   hunarmandchiligida   foydalanilayotgan   nodir
materiallar, asbob-uskunalar. 2
5-6 Hunarmandchilik   mahsulotlarini   tashqi   shakli   uzviyligi   va
yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash. NI-1 2
7-8 Kompozitsion   yaxlitlik.   Xalq   hunarmandchiligiga   oid
tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash. 2
9-10 Amaliy   mustaqil   ishlar:   Xalq   hunarmandchiligining
tanlangan   yo`nalishi   bo`yicha   zamonaviy   dizayn   talablari   bilan
uyg`unlashtirilgan   mahsulot   tayyorlash   bo`yicha   ish   usullarini
egallash. Loyihalash bosqichida mahsulot tashqi shakli uzviyligi
va yaxlitligini ta`minlash.  2 2.2. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning xalq xunarmandchiligiga
oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi
Texnologiya   darslarida   o‘quvchilarni   xalq   xunarmandchiligi   asosida
tarbiyalash   metodikasi.   O‘quvchilarda   o‘zini-o‘zi   tanqidiy   baholash   va
kamchiliklarga nisbatan murosasiz  bo‘lish hislarini tarbiyalaydi. Unda, o‘qituvchi
tayyor   buyumni   tekshirib   ko‘radi   va   uni   o‘quvchilarning   o‘zlariga   mustaqil
ravishda   baholashni   taklif   qiladi.   Ilg‘or   o‘qituvchilar   ish   tajribalari   bunday   usul
muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. O‘quvchilar tayyorlangan
buyumlarning   sifatini   aniqlashga   doir   muntazam   mashq   qilishlari,   ularda   o‘zini-
o‘zi nazorat qilish ko‘nikmalari, o‘zini-o‘zi mehnatini tanqidiy baholash hissining
shakllanishiga   yordam   beradi.   Buning   uchun,   o‘qituvchi-murabbiy   dam   olish
tanaffuslari   vaqtida,   mashg‘ulotlar   yakunida,   ish   natijalari   tahlilidan   keyin,
o‘quvchilarga  mehnat  ilg‘orlari,  fidoyilari  foydalanayotgan  usullar  haqida  gapirib
berishi   kerak   bo‘ladi.   Bunday   suhbatlar   uchun   mahalliy   korxonalardagi   ustalar
hayotini   namuna   qilib   ko‘rsatish   ma’qul   hisoblanadi.   Chunki,   bozor
munosabatlarida   faqat   sifati   yuqori,   chiroyli,   mustahkam   qilib   tayyorlangan
buyumlargina raqobatbardosh bo‘la oladi.
Hozirgi   zamon   sharoitida   ishlab   chiqarish   sohalarining   kengayishi,   xo‘jalik
munosabatlarining murakkablashuvi, fan-texnika rivojining jadallashishi tufayli ish
vaqtining   har   bir   daqiqasi   g‘animatdir.   Shunday   ekan,   ichki   tartib-qoidalarga,
mehnat   intizomiga   qat’iy   amal   qilish   zarurligini   maktab   ta’lim-tarbiyasidan
boshlash kerak bo‘ladi. Buning uchun, mehnat ta’limi va tarbiyasi jarayonida qulay
shart-sharoitlar   yaratilishi   lozim.   Bunda,   o‘quvchilarga   tushuntirish,   ishontirish,
rag‘batlantirish,   namuna   ko‘rsatish   kabi   metodlaridan   foydalanib,   o‘qitish   bilan
birga   ularning   ishlariga   yuqori   talabchanlik   bilan   yondashish   ham   kerak   bo‘ladi.
O‘quvchilarning   o‘zaro   munosabatlarida   chetlashishlar   bo‘lganda,   ijobiy   misollar
bilan u yoki bu hollarda o‘zini qanday tutishi  kerakligini  tushuntirish (ko‘rsatish)
kerak.   O‘quvchilar   o‘qituvchining   tizimli   va   qat’iy   talablarini   bajarish   natijasida,
ular  turli  qoidalar va ish usullari aniq va ongli  bajarishga  asta-sekin ko‘nikadilar.
Ular,   ish   maromini   saqlashga,   ish   o‘rnini   namunali   tutishga,   asboblarni   ehtiyot qilishga odatlanadilar. O‘quvchilar mustaqil  mehnat  va turmushga tayyorlashning
muhim   shartlaridan   biri,   bu   intizomni   yo‘lga   qo‘yish   va   uni   asta-sekin   saqlashga
erishib borishdir. 
O‘quvchilarga   nisbatan   doimiy   izchil   talabchanlik   ko‘rsatishda,
o‘qituvchining muntazam irodasi bo‘lmog‘i lozim.
O‘quvchilarda   jamiyat   va   shaxslar   mulkiga   g‘amxo‘rlik   munosabatlarini
tarbiyalash, ongli munosabatda bo‘lish, ularda ijtimoiy va shaxsiy mulkka nisbatan
tejamkorlik munosabatini shakllantirish lozim. Shuningdek, ular mehnat kishilarini
hurmat   qilishi,   o‘z   irodasi   va   xarakterini   tarbiyalashi   muhim   o‘rin   tutadi.
O‘quvchilarda   ijtimoiy   mulkka   nisbatan   ongli   munosabatni   tarbiyalashning
ta’sirchan   usullaridan   biri,   ularni   unumli   mehnat   jihozlari   va   asbob-uskunalarini
ta’mirlashga   jalb   qilishdan   iboratdir.   O‘quvchilarni   turli   materiallarni   tejamkorlik
bilan   saqlashga,   asbob-uskuna,   ish   kiyimlari   kabilarni   ehtiyot   qilishga   o‘rgatish
hamda   uning   muomala   odobi,   tartib-intizomi   va   yuqori   mehnat   madaniyatini
tarbiyalash   kerak.   O‘quvchilarni   mehnat   va   kasbga   tayyorlash   jarayonida   yuqori
saviyadagi   mehnat   madaniyatini   tarbiyalash,   o‘qituvchi-murabbiyning   asosiy
vazifalaridan   hisoblanadi.   O‘quvchilarda   mehnat   go‘zalligi,   kishilarning   o‘zaro
munosabatlarini chuqur va har tomonlama idrok qilishini doimiy va izchil ravishda
tarbiyalab   borishi   kerak   bo‘ladi.   Mehnatning   nafisligi   oddiy   buyumlar
tayyorlashdan boshlanadi va bevosita mehnat jarayonida hamda uning natijalarida
namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi   dars   va   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlar   jarayonida   yaxshi
tayyorlangan hunarmandchilik buyumining go‘zalligi, detallarga ishlov berishning
to‘g‘riligi   hamda   o‘quvchi   mehnat   harakatlarining   aniqligini   doimo   ta’kidlab
turishi   kerak.   O‘qituvchi   o‘quvchilar   bilan   o‘tkaziladigan   suhbatlarda,   halol
mehnat   bizning   jamiyatimizda   yashashning   asosiy   mazmuniga   aylanishi
lozimligini uqtirishi, ruhlantirishi va bu ularning ijodiy mehnat qilish ko‘nikmasini
shakllantirishga   xizmat   qilishi   kerak.   Bizning   jamiyatimizda   mehnat   go‘zalligi
ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bilan uzviy bog‘langan. Yuksak   mehnat   madaniyati   mehnat   kishilarining   ajralmas   sifatidir.   Ushbu
jarayonni   o‘quvchilarga   texnologiya   fani   va   kasbga   yo‘naltirish   hamda   boshqa
umumta’lim   fanlarini   o‘qitishda   tarbiyalab   borish   lozim.   Mehnat   madaniyati
tushunchasiga   mehnat   shart-sharoitlari,   go‘zalligi,   qulayligi,   mehnat   jarayoni,
muomala   madaniyati   va   boshqalar   kiradi.   Nazariy   va   amaliy   o‘quv
mashg‘ulotlarining   xonalari,   uning   jihozlari   va   asbob-uskuna   (stanoklar)   ning
bo‘yalishi   nafis   hissiyotlarni   uyg‘otishi   kerak.   Chiroyli   va   qulay   asbob-uskuna
bilan   tayyorlangan   buyumlarning   yuqori   sifatli   bo‘lishi,   undan   foydalanish
qulayligi,   pishiqligi,   mustahkamligi   va   tayyorlangan   buyumning   go‘zalligi
insonlarga   estetik   zavq   berishi   qanoatlantirishi   kerak.   Asbob-uskunalar   har   doim
sozlangan   va   ishga   shay   bo‘lishi,   mashg‘ulotlarga   o‘quvchilar   qulay   maxsus   ish
kiyimlarini   kiyib   kelishlarini   kichik   maktab   yoshidanoq   tarbiyalab   borish   talab
etiladi.
Texnologiya   va   kasbga   yo‘naltirishda   o‘quv   mashg‘ulotlarining   o‘ziga   xos
xususiyatlaridan   kelib   chiqib,   ta’lim-tarbiya   tizimida   xalq   hunarmandchiligi
sohalaridan   foydalanish   uchun   eng   maqbul   mashg‘ulotlar   turkumi   ushbu
mashg‘ulotlar   hisoblanadi.   Chunki,   xalq   hunarmandchiligi   sohalarini   bajarishda
asosiy   mashg‘ulotlar   qo‘l   mehnati   orqali   amalga   oshiriladi.   Turli   materiallarni
ishlov   berishga   tayyorlash,   materiallarga   issiq   va   sovuq   ishlov   berish,   kesib   va
bukib   ishlash,   rejalash,   o‘lchash,   pardozlash,   silliqlash,   jilvirlash,   bo‘yash,
buyumlarni   iste’molga   (ko‘riklarga)   tayyorlash   kabi   mashg‘ulotlarning   asosiy
qismi   xalq   hunarmandchiligi   sohalarida   qo‘l   bilan   bajariladi.   Xalq
hunarmandchiligi   sohalarini   o‘rganishda   mehnat   mashg‘ulotlari   qo‘lda   va   qo‘l
asboblarida   bajariladi.   Hozirgi   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   mehnat   ta’limi
mashg‘ulotlarining   samaradorligini   oshirish   uchun   o‘quvchilar   mehnati   xolis
baholanishi   lozim.   Xalq   hunarmandchiligi   sohalarini   o‘rganishga   asoslangan
mehnat ta’limi mashg‘ulotlari an’anaviy mehnat ta’limi mashg‘ulotlariga nisbatan
taqqoslanganda   moddiy,   xom   ashyo   ta’minoti   ko‘pincha   mahalliy   materiallardan
foydalanishi   hisobiga   bo‘ladi.   Bu   turkumdagi   mashg‘ulotlar   o‘qitilishi   jihatidan boshqa   umumta’lim   fanlariga   nisbatan   olib   qaralganda,   o‘zining   amaliyligi   va
ishlab chiqarishga mo‘ljallanganligi bilan ajralib turadi.
Texnologiya     va   kasbga   yo‘naltirish   fani   boshqa   o‘quv   fanlaridan   o‘zining
mujassamlangan   fan   ekanligi   bilan   ajralib   turadi.   Shunday   ekan,   ushbu   ta’limni
tashkil etish jarayonida o‘quvchilar umumta’lim fanlaridan olgan bilimlarini keng
ko‘lamda   qo‘llaydilar.   Bundan   tashqari,   ushbu   ta’limning   o‘zi   ham,   o‘z   tizimida
bir   qancha   soha   (turli   materiallarga   ishlov   berish,   qishloq   xo‘jaligi,   sanoat,
pazandachilik,   gazlamashunoslik   va   boshqa)   larni   biriktiradi.   Ushbu   sohalarning
har biri esa, bir-biriga o‘xshamagan turli xil ishlab chiqarish faoliyati sohalaridan
hisoblanadi.   Yoshlarning   mehnat   ta’limi   va   kasbga   yo‘naltirish   ishlarini   tashkil
etish   bilan   shug‘ullanadigan   o‘qituvchilar,   o‘quvchilar,   murabbiylar,   rahbarlar   va
boshqa   mutasaddilar   ushbu   mashg‘ulotlarning   o‘ziga   xosligini   yaxshi   farqlashlari
lozim bo‘ladi.
Texnologiya   darslarida   o‘quvchilarni   xalq   xunarmandchiligi   asosida
tarbiyalashimizni   samarali   yo‘llaridan   biri   zardo‘zlik   sa’natini   o‘rgatish,   sababi
o‘quvchilar   o‘z   qo‘llari   bilan   nafis     buyumlar   yaratishga   muyassar   bo‘ladilar.
Zardo‘zlik   buyumlarini   bichish   ma’lum   texnologiyaga   asoslanadi.   Bu
texnologiyani   o‘quvchi   yoshlarimiz   qiynalmasdan   o‘rganishlari   va   amalda
qo‘llashlari mumkin.
Zardo‘zlik buyumlarini bichish texnologiyasi ularning turmushda bajaradigan
vazifasiga   ko‘ra   farq   qilgan.   Uy-ro‘zg‘or   buyumlarini   bichish   texnologiyasi
ularning   ketma–ket   bajaradigan   vazifasiga   ko‘ra   farq   qilgan.   Uy-ro‘zg‘or
buyumlarini bichish oddiy va juda soddaligi bilan ajralib turgan. Insonga ust-bosh
sifatida   xizmat   qiladigan   zardo‘z   buyumlari,   ya’ni   zardo‘z   kastyum   va   uning
qo‘shimchalarini   bichish   texnologiyalari   birmuncha   murakkab   bo‘lib,   turlicha
uslublarni   o‘z   ichiga   oladi.   Demak,   zardo‘zlik   buyumlarini   bichish   texnologiyasi
ularning turmushda bajaradigan vazifasiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
1. Uy-ro‘zg‘or buyumlari.
2. Zardo‘zlik kastyum va uning qo‘shimcha qismlari. Ma’lumki,   zardo‘zlik   buyumlari   bichimi   o‘z   xususiyatiga   ko‘ra   avra   va
astardan   iborat     bo‘lgan.   Avra   va   astar     buyumga   bajaradigan   vazifasiga   qarab
ko‘rinishi   turlicha   bo‘lgan.   Avra   uchun   yuqori   sifatli.   Ko‘rkam   qimmatbaho
materiallar   tanlangan   astar   uchun   oddiy.   Lekin   chidamli,   rang   chiqarmaydigan
materiallar tanlangan. Zardo‘zlik buyumlari uchun astar   juda zarur, chunki avrani
zardo‘zi bezaklari bilan bezaganimizda uning teskari tomonida tikish izlari, yelim
izlari   ko‘zga   tashlanadi.   Ular   zardo‘zlik   buyumlaridan   foydalanganimizda   biz
uchun   noqulayliklar   tug‘dirishi   mumkin.   Shuning   uchun   barcha   zardo‘zlik
buyumlarini orqasiga astar tikiladi.
  Texnologiya   darsi   jarayonida   o‘quvchilarni   xalq   xunarmandchiligi   asosida
tarbiyalashni  dars jarayonida olib borish mumkin, ya’ni xalq hunarmandchiligidan
foydalanishni   takomillashtirishga   bag‘ishlangan   bir   qancha   tajriba-sinov
mashg‘ulotlari o‘tkazib ko‘rishimiz mumkin, masalan:
6-sinf, Mavzu:  Zardo‘zlikda ishlatiladigan naqsh turlari.
Dars maqsadi:
Ta'limiy:   Zardo‘zlikda   ishlatiladigan   naqsh   turlari   haqida   ma'lumot   berish,
kardonga   naqsh   (gul)   tushirish   va   qirqish,   zardo‘zlikda   ishlatiladigan   asbob
uskunalardan to‘g‘ri  foydalanish,  halq amaliy bezak san'ati  turlaridan naqqoshlik,
naqshlar  solish  va rang tasvir  san'ati  rassomchilik haqida  ham  ma'lumotlar  berish
va ularni o‘rgatish.
Tarbiyaviy:  O‘quvchilarni mehnatsevarlik va milliy ruhda tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:  O‘quvchilar zardo‘zlik ishlarini bajarish jarayonida mehnat
ko‘nikmalari,   hunarmandchilik   kasblari   sir   asrorlaridan   habardor   qilish,   amaliy
ko‘nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish.
Darsning   jihozi:   zardo‘zlikka   oid   ish   qurollari,   zardo‘zlik   ishlaridan
namunalar   va   asbob-uskunalar   dars   o‘tishga   oid   o‘quv-uslubiy   qo‘llanmalar,
amaliy mashg‘ulot ishi yo‘riqnomalari.
Dars usuli:  bayon qilish, ko‘rgazmali qurollar 
Dars turi:  Amaliy mashg‘ulot.
Dars tipi:  Yangi bilimlar berish,mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish. Fanlararo bog‘lanish:  fizika, ximiya, chizmachilik, tarix va rasm.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.   Salomlashish, o‘quvchilar darsga tayyorgarligini tekshirib
chiqish, davomat aniklash va o‘quv xonasini tozaligini tekshirish.
II. Amaliy mashg‘ulot.
A. O‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkazish. Uyga berilgan
vazifani tekshirish.
B.   Nazariy   tushuncha   va   kirish   yo‘riqnamasi   berish   (Doskaga   yangi   mavzu
nomi va rejasi yoziladi:
Reja.
1.Chiroyli rasm, naqsh, gul va shakllar tanlash
2. Eskiz chizish(gul, naqsh,o‘simlik)
3. Kartonga naqsh tushirish.
4. Kartonga tushirilgan naqshni qirqish
Halq amaliy san'atida, jumladan. Zardo‘zlikda ham naqsh muhim o‘rin tutadi.
Zardo‘zlik – zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbidir. U forscha zar (tilla), do‘zi
(tikmoq)   degan   ma'noni   anglatadi.   Zardo‘zlik   kasbida   quyidagi   hunarlarni   ham
bilishi   kerak   bunda   asosan   uchta   bosqichni   bilish   zarur:   birinchi-rasm   solish;
ikkinchi   –   naqshlarni   tushurish   va   qirqish;   uchinchi   –   qirqilgan   naqshlarni   zar   ip
bilan tikish va bezatish.
Naqsh arbcha so‘z bo‘lib ―Gul ―tasvir degan ma'nolarni anglatadi. Naqsh -
qush,   hayvon,   o‘simlik,   novda   va   boshqa   elementlarning   ma'lum   tartibida
takrorlanishidan   hosil   qilingan   bezakdir.   Ma'lumki,   har   qanday   naqsh   namunasi
o‘ziga   xos   naqsh   elementlari   yig‘indisidan   iborat   bo‘ladi.   Naqsh   tabiatdan
to‘g‘ridan   to‘g‘ri   olinmasdan   qayta   ishlash   natijasida   hosil   qilinadi.   O‘zbek   halq
amaliy bezak san'atida ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi 4 guruhga
ajratiladi:
1. Islimiy(o‘simliklar) naqshlar.
2. Geometrik (girix) naqshlar.
3. Murakkab (gulli girix) naqshlar 4.  Ramziy   naqshlar   (hayvonat   va  odamzot   olamidagi   shakllarni   qayta   ishlab
hosil qilingan naqshlar).
Halq   amliy   bezak   san'atining   qaysi   turlari   bo‘lmasin   uning   zaminida   turli
naqsh elementlaridan tuzilgan kompozitsiya yotadi.
―kompozitsiya   lotincha   ―komposiotio   so‘zidan   olingan   bo‘lib,   ―to‘qish,
tuzish, bir-biriga solishtirsh va joylashtirish kabi ma'nolarni beradi.
Naqshlar   xalq   amaliy   san'ati   turlarida   gilamdo‘zlikda,   do‘ppido‘zlik,
kashtachilikda   va   boshqa   milliy   hunarmandchilik   kasblari   va   turlarida   jumladan
misgarlik,   kulolchilik,   o‘ymakorlik   kasblari   va   turlarida   ham   bevosida   ishlatiladi
bulardan   tashqari   memorchilikda,   ganchkorlikda   ham   muntazam   foydalanib
kelinadi.   Har   bir   kasb   egalari   o‘z   buyumlarini   chiroyli   chiqishi   va   bezatishida
naqshlardan foydalanishadi va ijod qiladi.
Shular   kabi   rassomchilikda   naqshlar   alohida   kompozitsiya   tutadi   ya'ni
naqshlar har bir buyum, rasm va boshqa narsalarga alohida jilo baxsh etadi.
Darsni   mustahkamlash.   O‘quvchilarga   zardo‘zlikda   ishlatiladigan
naqshlarni   qog‘ozga   chizish   va   qog‘ozga   tushirilgan   naqshlarni   qirqish   kabi
mashg‘ulatga doir vazifalar berish.
Darsni yakunlash.
a) Uyga vazifa berish;
O‘tilgan   mavzu   yuzasidan   qo‘shimcha   adabi ѐT tlardan   foydalanib   mavzuni
mustahkamlab tayyorlanib, mavzu bo‘yicha 10 ta test tuzib kelish.
b) Darsni tugatish .
Amaliy metodlardan foydalanib dars o‘tilganda o‘quvchilar nafaqat o‘z ishlari
natijalarini   boshqa   guruh   qatnashchilari   ishlari   bilan   taqqoslaydilar,   balki
kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga aniqlik kiritish va mavzu yuzasidan yana nimalar
talab qilinishi haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. "MUZYORAR"  USULIDAN FOYDALANISh
Ko’pchilik   odamlar   notanish   vaziyatda   (yangi   sinf   yoki   yangi   maktabda,
kursning boshlanishida) bo’lganlarida o’zlarini   jur`atsiz sezishadi. Ko’pincha bir-
birlarini bilishmaydi. Agar xech   bulmaganda bir kishi bilan tanish bo’lsalar, ular
birga   bo’lishadi.   Shuning   uchun   o’qituvchi   (yoki   boshlovchi)   o’quvchilarga
o’zlariga   ishonch   hissiyotini   beradigan     do’stona     muhitni   va   ular   o’zlari
o’rganishlari kerak bo’lgan  narsaga diqqatlarini qarata oladigan vaziyatni yaratishi
kerak.   Bunda     Muzyorar   usulidan     foydalanish   mumkin.   Bu   ta`lim   beruvchi   va
ta`lim oluvchilar o’rtasidagi «tusiq»ni   yo’qotishga qaratilgan usul xisoblanadi.
Umum ta'lim maktablarining mehnat ta'limi darslari jarayonida
―Gazlamalarga   ishlov   berish   texnolagiyasi   yo‘nalishida   "Xalq
hunarmandchiligi   texnologiyasi"   bo‘limini   o‘tishda   halq   amaliy   san'ati   turlaridan
zardo‘zlikda   ishlatiladigan   naqsh   turlari   mavzusini   an'anaviy   dars   usullari,   test
sinovlaridan   tashqari   boshqa   ilg‘or   pedagogik   texnologiyalardan   foydalanib   dars
o‘tish.   Bu   usul   "Muzyorar"   metodidir   bunda   anketa   so‘rovlari,   bahs-munozara
orqali musobaqa shaklida yoki guruhlarga bo‘lib, o‘quvchilar bilimini tez va qulay
baholash   mumkin.   Jumladan,   "Muzyorar"   usulida   dars   o‘tiladigan   bo‘lsa   uning
afzallik   tomoni   shundaki,   bunda   o‘quvchilarda   dars   jarayonida   eslash   qobiliyati
tiklanadi.   "Muzyorar"   usulini   qo‘llash   uchun   darsning   texnologik   xaritasi   tuzib
olinadi yoki doskaga oldindan tayyor qilib yozib qo‘yiladi.
Mavzu:  Zardo‘zlikda ishlatiladigan naqsh turlari.
Darsning maqsadi:  o‘quvchilarning fan bo‘yicha olgan bilimlarini va mehnat
ko‘nikmalarini aniklash hamda baholash; ularda nafosat tuyg‘usini o‘stirish, naqsh
chizish haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
1. Darsda ko‘llaniladigan usul: bahs-munozara, musobaqa.
2. Darsning texnologik xaritasi
3. Kirish - tanishuv (3 daqiqa).
4. G‘ayrat berish - yangiliklar (4 daqiqa).
5. Ijodkorlikka undash - ikkita rassom saylash, guruhlararo savol-
javob o‘tkazish (20 daqiqa). 6. Jipslashtirish - ikkala guruhning bir-birlariga chizgan naqsh yoki
rasmlarini izohlashi (5 daqiiqa).
7. Tinchlantirish - dam olish daqiqasi (3 daqiqa).
8. Aql charxi - boshkotirma (5 daqiqa).
9. Yakunlash - sarhisob, rag‘batlantirish (5 daqiqa).
Izoh:   1."Muzyorar"   usulini   qo‘llashda   hamma   o‘quvchi   qatnashishi   va
ularning xavfsizligi ta'minlangan bo‘lishi kerak. Bu usulni qisqa vaqt oralig‘ida 3-4
marta qo‘llash yaxshi natija bermaydi.
2.   Sinfdagi   muhitga   ob-havo,   intizom,   darsga   tayyorgarlik,   ovoz   ohangi,
o‘quv  qurollari, jihozlar   (shu jumladan  mebellar  ham), kayfiyat,  yorug‘lik, tashki
ko‘rinish kabi omillar ta'sir kilishini hisobga olish zarur. 
Darsning borishi.
Kirish.
O‘qituvchi:   Hamma   so‘zlar   ichida   "Salom"   sevgan   so‘zimiz,   Tilimizni   shu
so‘zga o‘rgatgan ham o‘zimiz. Sizlar doimo deysiz -
O‘quvchilar: Assalomu alaykum!
O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar, bugungi darsimiz o‘zgacharoq bo‘ladi. Buning
uchun   sizlarni   ikki   guruhga   bo‘lib   olamiz.   1-guruh   "O‘tkir   zehnlilar",   2-   guruh
"Nafosat" guruhi deb nomlanadi. Sizlar guruhlaringga sardor saylab olasizlar.
Gurux   a'zolari   xalq   hunarmandchiligi   texnologiyasi   bo‘yicha   berilgan
bilimlarni   qay   darajada   o‘zlashtirganlarini   namoyish   etishadi.   Sizlarning   olgan
bilimingizni orqada o‘tirgan ustozlarimiz baholab borishadi.
Texnologik   xaritada   berilgan   shartlar   bo‘yicha   bajarilgan   ishlar,   berilgan
javoblar besh ballik tizim asosida baholanadi. Marhamat! (O‘ng qo‘l tabrigi).
G‘ayrat berish. Haftada bor yetti kun, Yetti kun-u, yetti tun.
Qani, aytginchi qizlar, Bugun qanday, qaysi kun?
1-o‘quvchi: aprel  oyining 25-kuni, chorshanba, 2017 yil.
O‘qituvchi: Yurtimizda yana qanday yangiliklar yuz bermoqda? (O‘quvchilar
gazeta sahifalarida yoritilgan yangiliklardan o‘qib berishadi). III.   Ijodkorlikka   undash   (har   bir   guruhdan   bittadan   rassom   tanlanadi   va
tayyorlab   qo‘yilgan   naqshlar   chiziladi,   qolgan   o‘quvchilar   bilan   savol-javob
o‘tkaziladi).
O‘qituvchi:   Ma'lumki,   zardo‘zlik   ishlarini   amalga   oshirish   uchun   zardo‘zlar
naqsh chizish va rasm fanidan ham xabardor bo‘lishlari lozim.Xo‘sh, aytinglarchi,
naqsh so‘zi nimani anglatadi?
O‘quvchilar:   Naqsh   arabcha   so‘z   bo‘lib,   "gul",   "tasvir"   degan   ma'nolarni
anglatadi. Naqsh - qush, hayvon, o‘simlik, novda (girix) va boshqa elementlarning
ma'lum   tartibda   takrorlanishidan   hosil   qilingan   bezaqdir.   Ma'lumki,   har   qanday
naqsh   namunasi   o‘ziga   xos   naqsh   elementlari   yig‘indisidan   iborat   bo‘ladi.   Naqsh
elementlari   tabiatdan   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   olinmasdan,   qayta   ishlash   asosida   hosil
qilinadi. Qayta ishlash - o‘simlik va hayvonot dunyosidagi tabiiy shakllarni ramziy
shakllarga   aylantirish   demakdir.   Qayta   ishlash   tabiat   qonuniyatlariga   asoslanadi.
O‘zbek   xalq   amaliy   bezak   san'atida   ishlatiladigan   naqshlar   tuzilishiga   ko‘ra
quyidagi 4 guruhga ajratiladi: 
1.   Islimiy   (o‘simliksimon)   naqshlar   -   egri   chizikli   o‘simlik   elemetlaridan
iborat.
2. Geometrik (girix) naqshlar - to‘g‘ri chiziqli elementlardan tashkil topgan.
3.   Murakkab   (gulli   girix)   naqshlar   -   islimiy   va   girix   elementlarining
chatishmasidan iborat.
  4. Ramziy naqshlar(hayvonot va odamzod olamidagi shakllarni qayta ishlab
hosil qilingan naqshlar).
O‘qituvchi: Naqsh chizishda rasm fanining qanday ahamiyati bor?
O‘quvchilar:   Rasm   fani   o‘quvchilarda   fikrni   jamlashni,   borliqning   go‘zal
tomonlarini   ilg‘ay   olishni,  ko‘rishni,  go‘zal   biror   asar   yoki   ko‘rinishni   yaratishga
chorlaydi. Fanga kirib borishda Kamoliddin Behzod, Chingiz Axmarov va boshqa
ko‘plab   yetuk   musavvirlarning   badiiy   asarlarini   kuzatish   kishida   alohida   bir
ezgulik, badiiylik hislarini o‘yg‘otadi. Rasm chizishni oddiydan murakkabga qarab
borish   usuli   orqali   o‘rganish   o‘rinli   bo‘ladi.   Dastlab   oddiy   shakllarni,   so‘ngra murakkabroqlarini o‘zaro kirishtirib, turli naqshlar chiziladi. Naqshlar aniq o‘lchov
asosida chizilsa chiroyli chiqadi.
O‘qituvchi:   Rasm   chizish   uchun   o‘quvchilarda   qanday   bilim,   ko‘nikma   va
malalkalar hosil bo‘lishi kerak?
O‘kuvchilar:   Tabiatni   kuzatish,   oddiy   geometrik   shakllarning   hajmini
belgilash. Oddiy va murakkab naqshlarni chizish.
O‘qituvchi: Nuqta va chiziq nima?
O‘quvchilar:   Nuqta,   chiziq   va   shtrix   rasm   va   naqsh   chizishda   eng   asosiy
vazifani bajaradi. Ularsiz hech qanday rasmni tasvirlab bo‘lmaydi. Qog‘oz yuzida
tasvirlanayetgan   chiziq   nuqtalardan   iborat.   Tekisliqdagi   bir   necha   nuqtalarni   bir-
biri   bilan   tuashtirsak,   biror-bir   buyumning   umumiy   shakli   paydo   bo‘ladi.   Chiziq
har bir buyumning shakl chegarasini belgilaydi. Rasm chizishda tasvirlashning ikki
turi   mavjud   -   chiziqli   tasvirlash   va   turli   tasvirlash.   Ularning   asosiysi   chiziqli
tasvirlashdir. Har bir davrda chiziqli tasvirlashning mohir ustasi bo‘lgan. Masalan,
Leonardo   da   Vinchi,   Rafael   Santi,   Renato   Guttuzo,   Pablo   Pikasso   va   boshqalar.
Ular chiziqli tasvirlash orqali insonlarning ichki dunyosini, falsafiy fikrlarni talqin
qila olganlar.
O‘qituvchi: Kompozitsiya nima?
O‘quvchilar:   "Kompozitsiya"   -   (latincha   komposition)   tuzish,   ijod   qilish
demaqdir. U asar tuzilishida qismlarning asar g‘oyasiga muvofiq joylashtirilishi va
o‘zaro   munosabatini   anglatadi.   Kompozitsiyaning   asosiy   belgilari   -   yaxlitlik,
simmetriya va ritm. Tasodifan terilib qolgan shakllarni naqsh deb bo‘lmaydi.
O‘qituvchi:   (rang   haqida   rivoyat   va   atlasning   kelib   chiqishi   haqida   so‘zlab
beradi). Ranglar haqida nimalarni bilasiz?
O‘quvchilar:   Dunyo   olimlari   ranglar   haqida   juda   katta   ilmiy   ishlar   olib
bormokdalar,   chunki   rang   inson   hayotida   muhim   ahamiyatga   ega.   Ranglar   orqali
ramziy   ma'noda   gapirish,   insonlarni   davolash,   tarbiyalash,   xarakterini   bilish,
jozibador   liboslar   tay ѐT rlash   falsafiy   fikrlarni   berish   mumkin.   Inson   liboslarining
har   bir   rangi   o‘ziga   xos   ma'noga   ega.   Husayn   Vaiz   Koshifiy   shunday   deydi:
Liboslarning   rangi   turlicha   bo‘ladi.   Agar,   oq   libos   nimani   ishlatadi?   - debso‘rasalar,   shunday   degin:   "Oq   kiyim   kiygan   kishi   xuddi   tong   kabi   kishilarga
nur ulashsalar kerak". Ranglar orqali kishilarni davolash mumkin. Ruhan siqilgan
odam   darrov   rangli   qalamlarini   olib   rasm   chizishi   lozim.   Shunda   inson   qalbidagi
g‘ubor   tarqaladi.   Buni   N'yu-York   universiteti   olimlari   o‘z   tajribalarida   sinab
ko‘rganlar.   Shu   o‘rinda   rangli   qalamning   qaysi   turidan   ko‘p   foydalanshingiz
sizning psixologik holatingizda nimalar bo‘layotganidan darak beradi. Qizil rangni
ko‘p   ishlatishingiz   g‘azabingizdan,   qora   rang   -   g‘amginligingizdan,   kul   rang
tokatsizligingizdan   darak   beradi.   Ibn   Sino   ranglarning   ruhiyatga   ta'siri   haqida
quyidagicha   fikr   bildiradi:   "Qora,   yashil   rangdan   ko‘zga   bor   man'fat,   oqu-sariq
ranglar haddan oshsa gar, bundan sening ko‘zlaringa yetkaydir zarar". Ranglar ham
ikki turga bo‘linadi: xromotik - issiq ranglar, axromatik - sovuq ranglar. Spektrdagi
kamalak   ranglar   7   xil   bo‘lib   ular   quyidagi   tartibda   namoyon   bo‘ladi:   1-qizil,   2-
zarg‘aldoq,   3-sariq,   4-   yashil,   5-havorang,   6-ko‘k,   7-binafsha.   Buni   1866   yilda
buyuk fizik I.N ь yuton aniqlagan edi. Buyuk rassom  Leonardo da Vinchi shunday
degan: "Kimda-kim ilmni amaliyotsiz tasavvur etsa, u bamisoli suzishga eshkaksiz
chiqayotgan   qayiqchi   va   u   hech   qachon   qayerga   ketayotganligiga   to‘la   ishonch
hosil   qila   olmaydi".   Rus   rassomi   va   pedagogi   Kardovskiy   aytganidek:   "San'atni
o‘rganayotganlar   tasvirlashning   yo‘llari   va   usullari,   ya'ni   narsalarning   shakli,
nisbati,   rangi,   yorug‘ligi   xususiyati   va   harakat   qonuniyatlariga   bo‘ysunishga
majburdirlar".
IV.   Jipslashtirish ( ikkala   guruh   a’zolari   bir-birlari   chizgan   rasmlarni   izoxlab
beradi ).
V.Tinchlantirissh— dam olish daqiqasi (5  dars-raqs ijro etiladi ).
VI. Aql charxi-boshqotirma
VII. Yakunlash- Sarxisob qilish,  rag’batlantirish . Darsni baholash varag’i
Guruh
nomi Kirish
(3d.) G’ayrat
berish
(5 D .) Undash
(10d) Ijodkor-
likka
jips-
lashtirish
(10 d .) Tinch
lantirish
(5 d .) Aql
charxi
(7 D .) Yakun
-
lash
( 5D .) Umu-
miy
 ball
1  2 3 4 5 6 7 8 9
O’tkir
zexnlilar
Nafosat
5. Darsni yakunlash 
a) Uyga vazifa berish;
O‘tilgan   mavzu   yuzasidan   qo‘shimcha   adabiyotlardan   foydalanib   mavzuni
mustahkamlab tayyorlanib, mavzu bo‘yicha 10 ta test tuzib kelish.
b) Darsni tugatish.
Noan'anaviy   metod   turlaridan   ―Muzyorar   metodidan   foydalanib   dars
o‘tilganda o‘quvchilarning nafakat ijodkorlik faoliyati, balki o‘z ishlari natijalarini
boshqa   guruh   qatnashchilari   ishlari   bilan   taqqoslaydilar   va   kelajakdagi   kasbiy
faoliyatlariga   aniqlik   kiritish   va   mavzu   yuzasidan   yana   nimalar   talab   qilinishi
haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
O‘quvchilarning     “Zardo‘zlik   san'ati“mavzusini   o‘rganish   yuzasidan   olgan
bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘yida berilgan testlar  orqali nazorat qilindi.
1. Qadimda zardo‘zlik qayerlarda ishlatilgan?
A) Vavilon, Hindiston
V) Vizantiya, Vavilon, Eron
S) Eron, Afrika
D) O‘rta Osiyo, Yevropa mamlakatlari 
2. Buxoroda zardo‘zlik san'ati gullab yashnagan davrlar?
A) 1675 – 1885 yillar V) 1180 – 1901 yillar
S) 1780 – 1885 yillar
D) 1885 – 1911 yillar
3. O‘zbekistonda zardo‘zlik ateli nechanchi yil tashkil etildi?
A) 1933 – yil 
V) 1930 – yil 
S) 1925 – yil 
D) 1931 – yil
4. Mahalliy jaydari gazlamalardan nechanchi asr boshlarida foydalanilgan?
A) XIX – XX asr
B) XVIII – XIX  asr
S) XVII – XVIII asr
D) XXI – asr boshidan
5.   Qadimda   zar   va   kumush   ip   tayyorlash   texnologiyasi   qayerda   paydo
bo‘lgan?
A) Misr, Bobil 
B) Moskva, Angliya
S) Bobil, Yaponiya
D) Yaponiya, Buxoroda
6. Kalyabutun qanday tola?
A) Momiq zar tola 
B) Qattiq ip tola 
S) Yumshoq ip tola 
D) to‘g‘ri javob yo‘q
7. Zardo‘zlikda qanday asboblar ishlatiladi?
A) Qaychi, angishvona, patila
B) Pichoq, qaychi, tikish mashinasi
S) Patila, pichoq angishvona 
D) Tikish mashina , qaychi, angishvona
8. Pilakcha – zardo‘zlikda ishlatiladigan .... A) Bo‘rtma naqsh 
B) Shishadan tayyorlangan naqsh 
S) Kichkina piston 
D) Tabiiy toshchalar 
9. Zarhal to‘g‘alar odatda nima bilan bezatilgan?
A) Oq piston va oq munchoq
B) Tabiiy va sun'iy toshlar 
S) Dur va zar 
D) Qora sir va feruza
10. Ko‘rchupning  uzunligi necha santimetrgacha bo‘ladi?
A) 110 sm 
B) 320 sm  
S) 430 sm 
D) 220 sm 
11. Patila qanaqa materialdan tayyorlanadi?
A) Po‘latdan 
B) Plastmassadan 
S) Shishadan 
D) Yog‘ochdan   
12. Patilaning uzunligi necha santimetrgacha bo‘ladi? 
A) 20 sm 
B) 30 sm 
S) 40 sm 
D) 10 sm 
13. Zardo‘zlik ishida necha hil angishvonadan foydalaniladi?
A) 2 xil 
B) 3 xil 
S) 4 xil 
D) 6 xil
14. “Tilla” kalyobatun qilish uchun nima qilinadi? A) ipak tolasiga rang yugurtiriladi
B) sim ipga mis suvsi yugurtiriladi
S) sim ipga tilla suvi yugurtiriladi
D) shoyi ipga tilla suvi yugurtiriladi
15. Zardo‘zlikda necha xil klassik tikish usullari mavjud?
A) 35 xil 
B) 15 xil 
S) 25 xil 
D) 30 xil
16. Mavj nima?
A) Ayollar va bosh kiyimlarini hoshiyalarini bezash
B) Patli, yungli, matolarning choki tagidan tikish 
S) Yo‘l – yo‘l qilib kertlangan tanglayga o‘xshatib tikish
D) To‘g‘ri javob yo‘q.
17.   Tabiatdagi   o‘simlik   va   boshqalarning   tasviri,   rangi,   shakli   va   tuzilishini
badiiy usulda umumlashtirish nima deyiladi?
A) Xishti haram
B) Mavj ocha
S) Tillunj
D) Stilizatsiya 
18. Shash xol guli qanday joylashtirilib tikiladi?
A) bir – biriga yonma – yon chiziqlar shaklidagi gul
B) bir yoki ikki qator to‘lqin katakchasi orasiga joylashtirilgan 
S) bir – birining ustiga joylashtirilgan gul 
D) bir yoqlama to‘lqin qilib joylashtirilgan gul 
19. Turunj so‘zi nima ma'noni bildiradi?
A) Inglizcha “pamidor” degan ma'noni 
B) Fransuzcha “tarvuz” degan ma'noni 
S) Arabcha “bodom” degan ma'noni 
D) Arabcha “limon” degan ma'noni  20. Tavq tugunjlarining tuzilish sistemasiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
A) 3 turga 
B) 2 turga 
S) 4 turga 
D) 8 turga 
21.   To‘qish,   tuzish,   bir   –   biriga   solishtirish,   naqshni   g‘oyasi,   xarakteri   va
vazifasiga   muvofiq   uyg‘un   hamda   mutanosib   joylashtirish   degan   ma'noni     qaysi
javob anglatadi? 
A) Turunj 
B) Pulakcha
S) Kompozitsiya   
D) Simmetriyalashtirish
22.   Ritm   –   naqsh   kompozitsiyasining   ma'lum   bir   qismi   ma'lum...   doimiy
ravishda   takrorlanib   kelishibo‘lib,   naqshdagi   harakatning   uzluksiz   va   go‘zal
ko‘rinishini ta'minlaydi?
A) ketma – ketlikda 
B) parallelikda
S) uzunlikda
D) bir masofada 
23. Assimetriya haqida to‘g‘ri ta'rifni ko‘rsating?
A) O‘lchovlarining bir – biriga munosibligi tushuntiriladi
B)   Chizish   kerak   bo‘lgan   naqshni   tikiladigan   buyum   yuzasiga   to‘g‘ri
joylashtirish
S) O‘simlik tasviri, rangi shaklini va tuzilishini badiiy usulda umumlashtirish
D) Kompozitsiyada simmetrik qonun – qoidalari muvozanatining buzilishi 
24. Olmos qubbalarga qanday bezaklar ishlatiladi?
A) Pistonchalar bilan bezatiladi
B) Qora sir va feruza bilan bezatiladi
S) Bo‘rtma naqshlar, dur, tabiiy va sun'iy toshlar bilan bezatiladi
D) Faqat zar bilan bezatiladi.  25. Zardo‘zlikda necha xil qaysi ishlatiladi?
A) 3 xil 
B) 2 xil 
S) to‘g‘ri javob yo‘q 
D) 4 xil 
26. Zardo‘ziy berishimdo‘ziy - .....
A) Goh ipak ipda, goh zar ipda aralash tikiladi
B) Pulakcha deb ataladigan piston qadab zardo‘zlik tikish 
S) tagini yoppasiga zar bilan tikish 
D) Naqsh gullining o‘zi zar bilan, tagi ochiq qoldirib tikish
27. Zardo‘ziy zamindo‘ziy - ...
A) Goh ipak ipda, goh zar ipda aralash tikiladi
B) Pulakcha deb ataladigan piston qadab zardo‘zlik tikish 
S) Tagini yoppasiga zar bilan tikish 
D) Naqsh gulining o‘zi zar bilan tagi ochiq qoldirib tikish 
28. Zardo‘ziy pulakchado‘ziy - ....
A) Goh ipak ipda, goh zar ipda aralash tikish 
B) Pulakcha deb ataladigan piston qadab zardo‘zlik tikish 
S) Tagini yoppasiga zar bilan tikish 
D) Naqsh gulining o‘zi zar bilan tagi ochiq qoldirib tikish
29. Chinnigul va qashqargul singari kashtalar nomi kelib chiqishiga nima asos
bo‘lgan?
A) Eron matosidagi rasmlar 
B) Bolgariya faoliyatidagi gullar 
S) Xitoy chinnisidagi rasmlar 
D) Hindiston inshoatidagi rasmlar 
30.  Zardo‘zlik bilish uchun asosan qanday hunarlarni yaxshi bilishi kerak?
A)   Rasm   solish   va   naqsh   chizishni,   gul   kesishni,   kesilgan   gulga   zarni   tikka
bilishni 
B) Rasm solishni, razmerni to‘g‘ri olishni  S) Kesilgan gulga zarni tika bilishni va fazon yaratishni, bichish – tikishi 
D) To‘g‘ri javob yo‘q.   
Tajriba   boshida   о ‘quvchilarda   xalq   xunarmandchiligiga   oid   bilim   va
k о ‘nikmalarning rivojlanganlik darajalari
Tajriba
bosqichi
va   о ‘quv
yili maktab О‘quvchilar soni Daraja
(о‘zlashtirish) Tajriba
guruhiSinf  O’quvchilar
soni
201 6 -
201 7
о‘quv yili 38
ma ktab 6 b 18 a’lo 3(16%)
yaxshi 5(27%)
о‘rta 10(56%)
О ‘quvchilarni   tajriba   oxirida   “Texnologiya   ta’limi”   fani   b о ‘yicha   xalq
xunarmandchiligiga oid bilim va k о ‘nikmalarningshakllanganlik darajasi.
О‘quv
yili maktab О‘quvchilar soni darajasi Tajriba
guruhiSinf O’quvchilar
soni
201 6-
201 7
о‘quv yili 1 maktab 6 b 1 8 A’lo 6(33%)
Yaxshi 7(38%)
о‘rta 5(28%) XULOSA
O ‘ zbekiston   Respublikasi   umumiy   o ‘ rta   ta ’ lim   muassasalarda   texnologiya
darslarida   xalq   xunarmandchiigini   o ‘ qitishda   o ‘ quvchilarni   mehnatga   tayyorlash
muammolari   tahlili   uning   uslubiy - pedagogik   masala     sifatida     o ‘ zining     to ‘ laqonli
yechimini   topmaganligini   ko ‘ rsatdi . 
Mehnatga   tayyorlash   o ‘ quvchilarning   barkamol   shaxs   sifatida   tarbiyalash ,
ijodkorlik   qobiliyatlari ,   ko ‘ nikma   va   shaxs   xislatlarining   shakllanishida   muhim
bosqich   bo ‘ lib ,   o ‘ quv   fanlari   va   to ‘ garak   mashg ‘ ulotlariga   ijodiy   yondoshish ,
ta ’ lim   jarayoni   hamda   kasbiy   tarbiyani   muammolita ’ lim    asosida   umumlashtirishga
asos   bo ‘ ladi .
Umumiy   o ‘ rta   ta ’ lim   maktablarida   xalq   xunarmandchiligi   mavzulari
yo ‘ nalishlar   bo ‘ yicha   soatlar   tahlil   qilindi   hamda   ushbu   tahlillar   natijasida   umumiy
o ‘ rta   ta ’ lim   maktablarida   texnologiya   mashg ‘ ulotlari   tashkil   etish   jarayonlari
belgilab   olindi .
Texnologiya   va   kasbga   yo‘naltirishda   o‘quv   mashg‘ulotlarining   o‘ziga   xos
xususiyatlaridan   kelib   chiqib,   ta’lim-tarbiya   tizimida   xalq   hunarmandchiligi
sohalaridan   foydalanish   uchun   eng   maqbul   mashg‘ulotlar   turkumi   ushbu
mashg‘ulotlar hisoblanadi.
Texnologiya   darslarida   o‘quvchilarni   xalq   hunarmandchiligi   asosida
tarbiyalashimizni   samarali   yo‘llaridan   biri   zardo’zlik   sa’natini   o‘rgatish,   sababi
o‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan nafis buyumlar yaratishga muyassar bo‘ladilar.
Texnologiya   darsi   jarayonida   o‘quvchilarni   xalq   hunarmandchiligi   asosida
tarbiyalashni     dars   jarayonida   olib   borish   ham   mumkin,   ya’ni   xalq
hunarmandchiligidan   foydalanishni   takomillashtirishga   bag‘ishlangan   bir   qancha
tajriba-sinov mashg‘ulotlari o‘tkazib ko‘rildi.
O’quvchilarni   xalq   hunarmandchiligi   asosida   tarbiyalash,   hamda   umumiy
o‘rta   ta’lim   o‘quvchilarining   mustaqil   ta’lim   olish   darajalarining   shakllanishining
ta’minlashga  yordam   beruvchi   metodika   asosida   amaliy  faoliyat   yo‘lga  qo‘yilgan
bo‘lsa, nazorat guruhlarida esa an’anaviy tartibda o‘quv tarbiya ishlari olib borildi.
Tajriba ishlari natijasida quyidagi xulosalarga keldim: -O’quvchilarda   xalq   hunarmandchiligiga   oid   bilim   va   ko’nikmalarni
shakllantirishda   ko’proq   e’tiborni   o’quvchining   qiziqish   va   qobiliyatlarini
o’rganish;
-Dars mashg’ulotlarini pedogogik texnologiyalar asosida tashkil qilish;
-Dars   mashg’ulotlarini   axborot   texnologiyalaridan   samarali   foydalangan
holda   tashkil   qilish   va   bu   borada   muntazam   tajribali   ustozlarning   ish   usullarini
o’rganib borish.  FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR  RO‘YXATI: 
1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T:<<O`zbekiston>>,2023 
2.   Karimov I.A. "Yuksak  ma’naviyat  – engilmas kuch". T.: "Ma’naviyat". 2008.-
176 b.
3.   Mirziyoev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan   birga
quramiz. – T.: O’zbekiston, 2017. – 488 b.
4.Mirziyoev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash   –   yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: O’zbekiston, 2017. – 48 b.
5.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   qat’iy   tartib-intizom   va   shaxsiy   javobgarlik   –
har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo’lishi   kerak.   –   T.:   O’zbekiston,
2017. – 104 b.
6.Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. – T.: O’zbekiston, 2016. – 56 b.
8.Karimоv   I.   A.   Barkamоl   avlоd-O’zbѐkistоn   taraqqiyotining   pоyd	ѐvоri.   -T.:
Sharq nashriyot-matbaa kоnts	
ѐrni. 1997y.- 48b.Avazov SH.   Amaliy kasbiy ta`lim
metodikasi. Toshkent. – 2003 y. – 72 bet.
9.Azizxo‘jayeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   –   T.:   2003,
TDPU,- 174 bet.
10.Axliddinov R. Umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirishning tashkiliy pedagogik
asoslari: Diss. ped. fan. nomzodi 1998 y.
11.Avazboev O.I., Isyanov R.G., Odilboev X. Mehnat ta`limi uslubiyotidan amaliy
va laboratoriya mashg’ulotlari. Toshkent, 1993.
12.Ahmadaliyev   S.Y.   Bo‘lajak   mehnat   ta’limi   o‘qituvchilarini   kasbiy-pedagogik
faoliyatga   moslashishining   ilmiy-metodik   asoslari:   Dis.   ...   ped.   fan.   nom.   –   T.:
TDPU. 2008. – 187 b.
13.Davlatov   K.D.   va   b.   Mehnat   va   kasb   ta’limi,   tarbiyasi   hamda   kasb   tanlash
nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992 . – 320 b.
14.Yo‘ldoshev   J.G‘,   Usmonov   S.A.   Pedagogik   texnologiya   asoslari   (Xalq   ta’limi
xodimlari uchun qo‘ll.). – T.: O‘qituvchi, 2004. - 101 b.  15.Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirish. – T.:
Fan, 2004 y. -  b.
16.Parmonov   A.   Umumiy   o‘rta   –   ta’lim   maktablari   o‘quvchilarida   badiiy
konstruksiyalash elementlariga doir bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish: Dis. …
ped. fan. nom. – Toshkent: TDPU, 2006. – 160 b.
17.Sayidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003 –
172 b.
18.Sayfurov   D.   Malaka   oshirish   tizimida   masofaviy   ta’limni   tashkil   etishning
o‘ziga xos xususiyatlari. // J. Kasb – hunar ta’limi – 2002.
19.Tolipov   O‘.Q.   Oliy   pedagogik   ta’lim   tizimida   umummehnat   va   kasbiy
ko‘nikma   va   malakalarni   rivojlantirishning   pedagogik   texnologiyalari:   Ped.   fan.
dokt. ... diss. – T.: 2004. - 314 b.
20.S.Bulatov «O’zbek xalq amaliy bezak san’ati»Toshkeknt «Mehnat»1991yil.
21.Tolipova   J.   O‘quvchilarning   mustaqil   ta’limini   tashkil   etish.   //   Xalq   ta’limi.   –
2002 № 4.
22.Xusanboyeva O‘.P. Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga
o‘rgatishning ilmiy-metodik asoslari. Ped. fan.doktori……diss.-.
23.Sharipov   SH.   O‘quvchilar   ixtirochilik   ijodkorligini   shakllantirishining
pedagogik sharoitlari: (Mehnat va mehnat  ta’limi fakutetlari misolida).   Diss. ped.
fan. nomzodi. – T. 2000. 205 b.
24.Sharipov SH va.b. Mehnat ta’limi 5-sinf darsligi.-T.: Sharq.2012 y. 250 b.
25.Shodiyev   N.SH.   Studentlarga   o‘quvchilarni   kasb   tanlashga   yo‘llashni
o‘rgatish.– T:. O‘qituvchi, 1987. – 232 b.
26.Qo‘ysinov   O.A.   Bo‘lajak   kasb   ta’limi   yo‘nalishi   bakalavr   o‘qituvchilarining
mustaqil   ta’limining   ilmiy   metodik   asoslari.   Diss.   ped.   fan.   nomzodi.   –   T.   2008.
160 b.
27.Qo‘ysinov   O.A.   Mehnat   ta’limidan   amaliy   mashg‘ulotlarni   tashkil   etish
metodikasi. «Maktab va xayot» jurnali 2013-yil,5-son
28.Qo‘ysinov   O.A.   Mehnat   ta’limidan   amaliy   mashg‘ulotlarni   tashkil   etish
metodikasi. «Maktab va xayot» jurnali 2014-yil,1-son  29.N.A.Muslimov,   Sh.S.   Sharipov,   O.A.Qo’ysinov.   “Mehnat   ta’limi   o’qitish
metodikasi, kasb tanlashga yo’llash”.  Toshkent. 2014 yil

Boshlang‘ich sinflarda o‘zlashma so‘zlarni o‘rgatish metodikasi MUNDARIJA KIRIS H 3-8 I.BОB TEXNOLIGIYA TA’LIMI DARSLARIDA “XALQ HUNARMANDCHILIGI” MAVZUSINI UMUMNAZARIY MASALALARI 9- 1.1 . O’zbek hunarmandchiligining o’ziga xos xususiyatlari 9-13 1.2. Zardo‘zlik san'ati va zardo‘zlikda zar tikish usullari 13-30 II.BОB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYATA’LIMI DARSLARIDA XALQ HUNARMANDCHILIGINI O‘QITISHDA BILIM VA KO‘NIMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI 31-58 2.1. Texnologiya darslarida o‘quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid tasavvurlarini shakllantirish shart-sharoitlar 31-40 2.2. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning xalq xunarmandchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi 40-58 Х ulosa 59 Fоydalangan adabiyotlar ro`yхati 61-63

K I R I SH Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar davlatimizning istiqbolini taminlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘z navbatida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb egasi qilib tarbiyalashga asosiy e’tibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu asosda o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo‘lga qo‘yilishi ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini taminlovchi muhim omil vazifasini o‘taydi. Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim modelimizning asosiy g‘oyasi va mazmuni «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘z ifodasini topgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining texnologiya darslarida hamda darsdan tashqari to‘garaklarini tashkil qilish jarayonida o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda xalq hunarmandchiligiga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Islohotlar natijasida maktablarning yangi sharoitlarda ishlashga o‘tishi o‘qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi mazmuni va darajasiga, o‘z bilimlarini takomillashtirib borishiga yuqori talablar qo‘ymoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari asosida texnologiya mashg’ulotlarida o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini xalq hunarmandchiligi asosida rivojlantirish metodlarini ishlab chiqilishi amalga oshirilgan tadqiqot ishining dolzarbligini belgilaydi. Ma’lumki, o‘qitish usullari o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muayyan maqsadlarga erishish yo‘lidagi faoliyatidan tarkib topgan pedagogik jarayonni muvofiqlashtiruvchi subekt bo‘lib, “nimani?”, “kimga?”, “qanday?” va “qancha?” o‘rgatish zarurligi haqidagi masalalarni yechib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirish, ularning mustaqil, ijodiy fikrlashlari uchun qo‘llaniladigan shakl va usullarni mos

ravishda tanlash kelgusida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirishda o‘z samarasini beradi. Shu sababli o‘qitish ishlarini takomillashtirish borasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Boshqa o‘quv predmetlari qatori texnologiya darslarida ham o‘quvchilar ma’lum hajmdagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari kerak. Bir qator yetakchi nazariyotchi olimlardan M.M.Rubinshteyn, P.T.Magzumov, N.Talizina, O’.Tolipovlar tomonidan ta’lim metodlari tadqiq etilgan. Shuningdek, R.X.Juraev, Z.Ismoilova kabi novator o‘qituvchilar tomonidan maktab amaliyotida o‘quvchilarga o‘tiladigan darslarning qiziqarli va samarali bo‘lishiga xizmat qiladigan bir qator o‘ziga xos bo‘lgan o‘qitish usullari ishlab chiqilgan va amalda sinab ko‘rilgan. Mamlakatimiz olimlari, tadqiqotchilari N.Azizxodjaeva, A.Abduqodirov, B.Adizov, K.Zaripov, J.Yo‘ldoshev, J.Ikromov, B.Mirzahmedov, R.Mavlonova, Z.Ismoilova, U.Inoyatov, F.Yuzlikayev, N.G‘aybullayev va boshqalar tomonidan didaktika hamda xususiy metodikalarda, R.X.Djurayev, X.Ibragimov, P.Magzumov, U.Nishonaliyev, A.Choriyev, N.Shodiyev, A.Xodjaboyevlar va boshqalar esa mehnat va kasb ta’limi nazariyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan. Ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha N.Azizxodjayeva, L.V.Golish, I.I.Karimov, N.Muslimov, O.Roziqov, N.Saidahmedov, O‘.Tolipov, J.Tolipova, SH.Sharipov, Q.Abdullayeva, O.Qo‘ysinov, S.X.Yaminova va boshqalar tomonidan ilmiy- metodik ishlar amalga oshirilgan. Umumta’lim maktablarida ilg‘or, tajribali, ijodkor o‘qituvchilar zamonaviy dars talablariga mos keladigan sinov, seminar, konferensiya, musobaqa, test, teatrlashgan dars kabi noan’anaviy dars turlaridan o‘z o‘rnida foydalanib kelmoqda. Texnologiyaga oid mashg‘ulotlarni bunday noan’anaviy usullarda o‘tkazish o‘quvchilarning ijodkorligini, izlanuvchanligini va mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini shakllantirishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bu sohada olib borilayotgan ishlarni o‘rganish, ilmiy-uslubiy xulosalar chiqarish, texnologiyaga oid nazariy darslarda va amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning o‘qishga, mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, amaliy mehnat jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga yordam beradigan usullarning o‘ziga xos xususiyatlarini

tahlil etish mazkur tadqiqotning muammosi bo‘lib, ayni paytda bu ishning dolzarbligini ham ko‘rsatadi. Tadqiq etilayotgan muammoning dolzarbligi yana shundan iboratki, Milliy dasturda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek, o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tishni to‘liq amalga oshirish vazifasi belgilab berilgan. Ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirib, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni yuzaga keltirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga bu vazifalarni amalga oshirishning uslubiy asoslari yetarlicha ishlab chiqilmagan edi. Yuzaga kelgan bunday uslubiy muammolarni hal qilishda umumiy o‘rta ta’limda dars va boshqa mashg‘ulotlarni amalga oshirishning maxsus metodlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Amalga oshirilgan pedagogik tadqiqot ishlarida umumiy o‘rta ta’lim jarayonida yuqoridagi masalalarning dolzarbligi va muhimligi, shuningdek, texnologiya fanini o‘qitish nazariyasi va metodikasida, didaktikada yetarlicha ishlab chiqilmaganligini nazarda tutib, tadqiqotimiz mavzusini “O‘quvchilarning xalq xunarmandchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi” tarzida belgilashga asos bo‘ldi. Tadqiqot obekti: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga texnologiya darslarini tashkil etishda xalq xunarmandchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni. Tadqiqot predmeti: sifatida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–7- sinflardagi texnologiya darslari mazmuni, metod hamda shakllari olindi. Tadqiqot maqsadi : Texnologiya darslarida o‘quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. Tadqiqot vazifalari. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish va tadqiqot farazini tasdiqlash uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:

- texnologiya ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarning xalq xunarmandchiligiga oid qobilyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari tahlil qilish; - o‘quvchi yoshlarning xalq xunarmandchiligiga qiziqish va qobiliyatlarini aniqlab olish uchun so‘rovnomalar o‘tkazish; - texnologiya darslarini o‘tkazish jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlovchi omillar aniqlandi. - texnologiya darslari jarayonida o‘quvchilar xalq xunarmandchiligiga oid ijodiy faoliyatini rivojlantirishning metodik tomonlarini asoslab berish; - o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini loyihalar metodi vositasida rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqish. Tadqiqotning farazlari. Texnologiya darslarida xalq hunarmandchilgini o‘qitishda o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, agarda: - o‘quvchilarning xalq xunarmandchiligiga qiziqish va qobiliyatlarini vaqtida aniqlab ta’lim-tarbiyaga maqsadli yo‘naltirilsa; - ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilsa; - o‘qituvchi va o‘quvchining kafolatlangan natijaga erishishidagi hamkorlik faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa; - o‘qituvchi tomonidan har bir dars jarayoni xalq xunarmandchiligi elementlariga boyitilgan xolda loyihalashtirib olinsa, ya’ni darsning taxnologik xaritasi tuzilsa; - texnologiya darslarini o‘qitish xonalari va jixozlari va ularda mashg‘ulotlar o‘tkazish xonalari ilmiy asoslangan talablar asosida tashkil etilsa; -texnologiya darslarining sifat va samaradorligini oshiruvchi uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilib amaliyotga keng tadbiq etilsa; Mavzu bo‘yicha adabiyotlar taxlili: Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”kitobi va Mehnat ta’limidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun dastur. “Maktab va xayot” jurnalining maxsus soni tahlil qilindi va o‘rganildi.