Dasturlashda satrlar va ular bilan ishlash amallari


DASTURLASH ASOSLARI VA TILLARI FANIDAN “Dasturlashda satrlar va ular bilan ishlash amallari” mavzusida KURS ISHI
MUNDARIJA. KIRISH.....................................................................................................................................3 1.1. C++ DASTURLASH TILIDA SATR TURI VA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI.....................................................................................................................4 1.2. C++ DASTURLASH TILIDA STRING TURIGA MANSUB BO’LGAN SATRLI O’ZGARUVCHILAR....................................................................................................24 XULOSA...................................................................................................................................32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ................................................................................33
KIRISH. C++ dasturlash tili tarkibida satr, to’plam, fayl va struktura turiga mansub bo’lgan ma‘lumotlar ustida amallar bajarish imkoniyati ham mavjud. Satr turi bu dasturlashning asosiy turlaridan hisoblanadi, bunda char turiga mansub barcha ma‘lumotlar shu tur asosida qayta ishlanadi. Dasturlash aoslarida satr turi bilan ishlash bu fanning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tashkilot va muassasalarning axborotlarini qayta ishlash vaqtida uning tarkibida asosan satr turlari bilan ishlashga to’g‘ri keladi. Bu bobda satrlar ustida satrning uzunligi, satrni nusxalash, satrni kerakli joyga o’rnatish kabi bir qator vazifalar ko’rib o’tiladi. C++ dasturlash tilida to’plam va fayl turlari ham asosiy turlardan hisoblanadi. Matematik masalalarni hal etishda asosan to’plam turi katta ahmiyat kasb etadi. C++ dasturlash tilida to’plam, to’plam elementlari, element to’plamga tegishli ekanligini aniqlash masalalarini hal etish imkoniyati mavjud. Dasturlash asoslari fanida struktura turiga mansub bo’lgan ma‘lumotlar katta ahamiyat kasb etadi. Struktura turidagi ma‘lumotlar tarkibida bir nechta turlar birgalikda qaraladi, masalan, tashkilot xodimlari haqida ma‘lumotlar struktura turiga tegishli bo’ladi. Struktura turiga e‘tibor qaratsak, bu tur dasturlashning asosiy turlari hisoblanadi, bu tur asosan ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosi hisoblanadi. Yuqorida ko’rilgan turlar va ulardan foydalanish imkoniyati C++ dasturlash tili tarkibida mavjud. Mazkur qullanmaning joriy bobida yuqoridagi turlar va ulardan foydalanish usullari qarab o’tiladi. C++ dasturlash tilida satr turi va ulardan foydalanish usullari va tamoyillarini qarab o’tamiz. Satr turi bu belgilardan tashkil topgan ma‘lumotlar majmuasi hisoblanadi. Satrlarning uzunligini aniqlash, satrlarni nusxalash, satrlarni kerakli joyga o’rnatish kabi amallarni bajarish uchun C++dasturlash tilida keng imkoniyati mavjud. C++ dasturlash tilida satrlar ham boshqa turlar kabi oldin dastur tarkibida e‘lon qilinishi kerak. Satrlar e‘lon qilingandan keyin ular ustida amallar bajarish mumkin. C++ dasturlash tilida satrlar uchun standart turdan tashqari string turi ham qushimcha sifatida qaralgan. String turiga mansub bo’lgan satrlar nol terminatori bilan tugallanmasdan u oddiy belgilar massivi sifatida qaraladi. String turini afzalliklari satrlar ustida amallar bajarilgandan So’ng dinamik ravishda o’zgartirishlar mumkin.
1.1. C++ DASTURLASH TILIDA SATR TURI VA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI Belgi va satrlar C++ dasturlash tilida bir nechta turlardan foydalanish va ular ustida amallar bajarish mimkin, dasturlash muhitida boshqa turlar kabi belgili turlar ham mavjud. C++ dasturlash tilida belgili turlar char turiga mansub bo’lgan yagona elementli tur hisoblanadi. C++ dasturlash tilida satrlar uchun alohida maxsus turlar ishlab chiqilmagan satrlarni belgilar massivi sifatida ishlatish imkoniyati mavjud. Ta‘rif: Alohida nom bilan saqlanuvchi bir nechta belgilardan tashkil topgan belgilar majmuasi satr deyiladi. Satrlarni belgilar massivi sifatida qarab ular ustida amallar bajarish mumkin. C++ dasturlash tilida satrlar nol(‘\0‘) terminatori bilan tugaydi. Nol terminatori bilan tugaydigan satrlar ASCIIZ –satrlari deyiladi. Satrlardan foydalanish va ular ustida amallar bajarish uchun albatta oldin ularni e‘lon qilish kerak. Satr turiga mansub bo’lgan o’zgaruvchilarni char xizmatchi so’zi orqali e‘lon qilinadi. Satrlarni e‘lon qilish uchun quyidagi dasturlarga etibor bering. Yuqoridagi dastur tarkibida s[10] satr o’zgaruvchisi 9 ta elementga va bitta nol terminatoriga mo’ljallangan. Satrlarni boshlang‘ich qiymatlarini berish jarayonida uning elementlar sonini berish shart emas. Agar satrlarni elementlar soni berilmasa dastur avtomatik ravishda uning elementlar soniga boshlang‘ich qiymatdagi elementlar sonidan bitta ortiq qilib ta‘minlaydi, chunki oxiriga bitta nol#include <iostream.h> #include <string.h> using namespace std; int main() { char s[10]; // s satrli o’zgaruvchini e‘lon qilish return 0; }