logo

Harakatlar strategyasi O‘zbekiston boshqaruvidagi islohotlar

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.666015625 KB
Mavzu; Harakatlar strategyasi O‘zbekiston boshqaruvidagi islohotlarn 
Reja 
1.Davlat va jamiyat qurilishi tizmini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
2.Qonun   ustuvorligini   taminlash   va   sud-huquq   tizimini   yanada   isloh   qilishning
ustuvor yunalishlari
3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va libirallashtirishni ustuvor yo‘nalishlari. 
Prezident   2017−2021-yillarda   O'zbekistonni   rivojlantirishning   beshta   ustuvor
yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi. O'zbekiston   Prezidenti   7-fevral   kungi   farmoni   bilan   2017−2021-yillarda
O'zbekistonnirivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo'nalishi   bo'yicha   harakatlar
strategiyasini tasdiqladi. 
    Strategiya  loyihasi   dolzarb hamda  aholi  va  tadbirkorlarni  tashvishga  solayotgan
masalalarni   kompleks   o'rganish,   qonunchilik,   huquqni   muhofaza   qilish   amaliyoti
va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo'yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda
e'lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o'tdi.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo'yicha
yil   nomlanishidan   kelib   chiqqan   holda   alohida   bir   yillik   davlat   dasturini
tasdiqlashni   nazarda   tutadi.   Xususan,   2017-yil   —   Xalq   bilan   muloqot   va   inson
manfaatlari yili deb e'lon qilindi.
2017−2021-yillarda   O'zbekistonni   rivojlantirish   harakatlar   strategiyasining   beshta
ustuvor yo'nalishi (quyida — yanada batafsil)
davlat   va   jamiyat   qurilishini   takomillashtirishga   yo'naltirilgan   demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning
hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini
isloh   qilish,   davlat   xizmatining   tashkiliy-huquqiy   asoslarini   rivojlantirish,
"Elektron   hukumat"   tizimini   takomillashtirish,   davlat   xizmatlari   sifati   va
samarasini   oshirish,   jamoatchilik   nazorati   mexanizmlarini   amalda   tatbiq   etish,
fuqarolik   jamiyati   institutlari   hamda   ommaviy   axborot   vositalari   rolini
kuchaytirish;
    qonun   ustuvorligini   ta'minlash   va   sud-huquq   tizimini   yanada   isloh   qilishga
yo'naltirilgan   sud   hokimiyatining   chinakam   mustaqilligini   hamda   fuqarolarning
huquq   va   erkinliklarini   ishonchli   himoya   qilish   kafolatlarini   mustahkamlash,
ma'muriy,   jinoyat,   fuqarolik   va   xo'jalik   qonunchiligini,   jinoyatchilikka   qarshi
kurashish   va   huquqbuzarliklarning   oldini   olish   tizimi   samarasini   oshirish,   sud jarayonida   tortishuv   tamoyilini   to'laqonli   joriy   etish,   yuridik   yordam   va   huquqiy
xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
    iqtisodiyotni   yanada   rivojlantirish   va   liberallashtirishga   yo'naltirilgan
makroiqtisodiy barqarorlikni  mustahkamlash  va yuqori  iqtisodiy o'sish  sur'atlarini
saqlab   qolish,   milliy   iqtisodiyotning   raqobatbardoshligini   oshirish,   qishloq
xo'jaligini   modernizatsiya   qilish   va   jadal   rivojlantirish,   iqtisodiyotda   davlat
ishtirokini   kamaytirish   bo'yicha   institutsional   va   tarkibiy   islohotlarni   davom
ettirish,   xususiy   mulk   huquqini   himoya   qilish   va   uning   ustuvor   mavqeini   yanada
kuchaytirish,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   rivojini   rag'batlantirish,
hududlar,   tuman   va   shaharlarni   kompleks   va   mutanosib   holda   ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiy   ettirish,   investitsiyaviy   muhitni   yaxshilash   orqali   mamlakatimiz
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
ijtimoiy   sohani   rivojlantirishga   yo'naltirilgan   aholi   bandligi   va   real   daromadlarini
izchil   oshirib   borish,   ijtimoiy   himoya   va   sog'lig'ini   saqlash   tizimini
takomillashtirish,   xotin-qizlarning   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish,   arzon   uy-
joylar   barpo   etish,   yo'l-transport,   muhandislik-kommunikatsiya   va   ijtimoiy
infratuzilmalarni   rivojlantirish   hamda   modernizatsiya   qilish   bo'yicha   maqsadli
dasturlarni   amalga   oshirish,   ta'lim,   madaniyat,   ilm-fan,   adabiyot,   san'at   va   sport
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik,   millatlararo   totuvlik   va   diniy   bag'rikenglikni   ta'minlash,   chuqur
o'ylangan,   o'zaro   manfaatli   va   amaliy   ruhdagi   tashqi   siyosat   yuritishga
yo'naltirilgan   davlatimiz   mustaqilligi   va   suverenitetini   mustahkamlash,
O'zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini
shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
Farmon   bilan   2017−2021-yillarda   O'zbekistonni   rivojlantirishning   beshta   ustuvor
yo'nalishi   bo'yicha   Harakatlar   strategiyasini   amalga   oshirish   bo'yicha   Milliy komissiya,   shuningdek   ustuvor   yo'nalishlarni   amalga   oshirish   bo'yicha
komissiyalar tashkil etildi. Milliy komissiyaga prezidentning o'zi boshchilik qiladi.
Hujjatda   harakatlar   strategiyasini   o'z   vaqtida   va   samarali   amalga   oshirish   barcha
davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   hamda   ularning   mansabdor   shaxslari
faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo'nalishi hisoblanishi belgilandi.
Davlat   dasturida  nazarda   tutilgan  tadbirlarni   amalga   oshirish   uchun  mas'ul   davlat
organlari   va   tashkilotlarga   jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   murojaatlari   bilan
ishlash   tizimini   tubdan   takomillashtirish,   aholi   bilan   ochiq   muloqotni   yo'lga
qo'yishning   yangi,   samarali   mexanizm   va   usullarini   joriy   etish,   mansabdor
shaxslarning   aholi   oldida   hisobot   berishi   tizimini   amalda   tatbiq   etish,   shu   asosda
xalqning  davlat   hokimiyatiga  bo'lgan  ishonchini   mustahkamlashga   alohida  e'tibor
qaratish topshirildi.
Farmonda   jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   murojaatlarini   ko'rib   chiqishda
byurokratik   to'siq   va   g'ovlar   yaratilishiga,   aholi   bilan   muloqot   jarayonini
kampaniyabozlikka   aylanishiga   yo'l   qo'ymasligi   qayd   etildi.   Bundan   tashqari,
davlat   dasturi   doirasida   o'tkazilayotgan   tadbirlarning   ochiqligi,   ularda   fuqarolar,
barcha   darajadagi   davlat   hokimiyati   vakillik   organlari   deputatlari,   nodavlat
notijorat   tashkilotlari,   fuqarolarning   o'zini   o'zi   boshqarish   organlari,   nuroniylar,
xotin-qizlar,   yoshlar,   ijodiy   va   ilmiy   muassasalar   vakillarining   keng   ishtirok
etishini ta'minlash belgilangan.
2017−2021-yillarda   O'zbekistonni   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo'nalishi
bo'yicha harakatlar strategiyasi
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari
1.1.   Demokratik   islohotlarni   chuqurlashtirish   va   mamlakatni   modernizatsiya
qilishda   Oliy   Majlis   palatalari,   siyosiy   partiyalarning   rolini   yanada
kuchaytirish:davlat   hokimiyati   tizimida   Oliy   Majlisning   rolini   oshirish,   uning
mamlakat   ichki   va   tashqi   siyosatiga   oid   muhim   vazifalarni   hal   etish   hamda   ijro hokimiyati   faoliyati   ustidan   parlament   nazoratini   amalga   oshirish   bo'yicha
vakolatlarini   yanada   kengaytirish;qonun   ijodkorligi   faoliyatining   sifatini   qabul
qilinayotgan   qonunlarni   amalga   oshirilayotgan   ijtimoiy-siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy
va   sud-huquq   islohotlari   jarayoniga   ta'sirini   kuchaytirishga   yo'naltirgan   holda
tubdan   oshirish;siyosiy   tizimni   rivojlantirish,   davlat   va   jamiyat   hayotida   siyosiy
partiyalarning   rolini   kuchaytirish,   ular   o'rtasida   sog'lom   raqobat   muhitini
shakllantirish.
1.2.   Davlat   boshqaruvi   tizimini   isloh   qilish:davlat   boshqaruvi   va   davlat   xizmati
tizimini   davlat   boshqaruvini   markazlashtirishdan   chiqarish,   davlat
xizmatchilarining   kasbiy   tayyorgarlik,   moddiy   va   ijtimoiy   ta'minot   darajasini
oshirish   hamda   iqtisodiyotni   boshqarishda   davlat   ishtirokini   bosqichma-bosqich
qisqartirish   orqali   isloh   qilish;mamlakatni   ijtimoiy-siyosiy   va   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish   bo'yicha   vazifalarni   amalga   oshirishda   o'zaro   manfaatli
hamkorlikning   samarasini   oshirishga   qaratilgan   davlat-xususiy   sheriklikning
zamonaviy   mexanizmlarini   joriy   etish;davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari
faoliyatining   ochiqligini   ta'minlash,   jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   huquq   va
erkinliklari   hamda   qonuniy   manfaatlariga   oid   axborotni   taqdim   qilishning
zamonaviy shakllarini joriy etish;
      "Elektron   hukumat"   tizimini   takomillashtirish,   davlat   xizmatlari   ko'rsatishning
samarasi,   sifatini   yuksaltirish   va   bu   xizmatdan   va   aholi   hamda   tadbirkorlik
sub'ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
xalq   bilan   samarali   muloqot   mexanizmlarini   joriy   etish;jamoatchilik   nazoratini
amalga   oshirishning   zamonaviy   shakllarini   rivojlantirish,   ijtimoiy   sheriklikning
samarasini oshirish;fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy
va siyosiy faolligini oshirish;mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o'rni va faoliyati   samaradorligini   oshirish;ommaviy   axborot   vositalarining   rolini
kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish.
II.   Qonun   ustuvorligini   ta'minlash   va   sud-huquq   tizimini   yanada   isloh
qilishning ustuvor yo'nalishlari
                  2.1.   Sud   hokimiyatining   chinakam   mustaqilligini   ta'minlash,   sudning
nufuzini  oshirish,  sud tizimini  demokratlashtirish va takomillashtirish:sudyalar  va
sud apparati  xodimlarining mavqeini, moddiy rag'batlantirish va  ijtimoiy ta'minot
darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;sudyalarga
g'ayriqonuniy  tarzda   ta'sir   o'tkazishga   yo'l   qo'ymaslik   bo'yicha   ta'sirchan   choralar
ko'rish;sudning mustaqilligi va beg'arazligi, sud protsessi  tomonlarining tortishuvi
va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
"Xabeas korpus" institutini qo'llash sohasini  kengaytirish, tergov ustidan sud
nazoratini   kuchaytirish;sudlarni   yanada   ixtisoslashtirish,   sud   apparatini
mustahkamlash;sudlar   faoliyatiga   zamonaviy   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish.
      2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta'minlash:fuqarolarning   murojaatlarini   o'z   vaqtida   hal   etish,   murojaatlarni   ko'rib
chiqishda   sansalorlik,   rasmiyatchilik   va   loqayd   munosabatda   bo'lish   holatlariga
yo'l   qo'yganlik   uchun   javobgarlikning   muqarrarligini   ta'minlash,   shuningdek,
buzilgan   huquqlarni   tiklashning   barcha   zarur   choralarini   ko'rish;sud,   huquqni
muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash;fuqarolarning xususiy
mulkka   bo'lgan   huquqlarini   amalga   oshirish   kafolatlarini mustahkamlash;fuqarolarning odil sudlovga to'sqinliksiz erishishini ta'minlash;sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
          2.3.   Ma'muriy,   jinoyat,   fuqarolik   va   xo'jalik   qonunchiligini
takomillashtirish:jinoyat   va   jinoyat-protsessual   qonunchiligini   takomillashtirishva
liberallashtirish,   alohida   jinoiy   qilmishlarni   dekriminallashtirish,   jinoiy   jazolar   va
ularni   ijro   etish   tartibini   insonpapvaplashtirish;odil   sudlovni   amalga   oshirish
samaradorligi va sifatini yaxshilash, ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik sud ish
yurituvining   protsessual   asoslarini   takomillashtirish;jinoyat,   fuqarolik   va   xo'jalik
ishlarini ko'rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini  takrorlaydigan vakolat
va   instansiyalarni   qisqartirish;elektron   tartibda   sud   va   ijro   ishini   yuritishning
zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.
2.4.   Jinoyatchilikka   qarshi   kurashish   va   huquqbuzarliklarning   oldini   olish
tizimini takomillashtirish:jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning
oldini   olish   borasidagi   faoliyatni   muvofiqlashtirishning   samaradorligini
oshirish;diniy   ekstremizm   va   terrorizmga,   uyushgan   jinoyatchilikning   boshqa
shakllariga   qarshi   kurashish   bo'yicha   tashkiliy-amaliy   choralarni   yanada
kuchaytirish;korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   tashkiliy-huquqiy   mexanizmlarini
takomillashtirish   va   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   tadbirlarining   samaradorligini
oshirish;aholining   huquqiy   madaniyati   va   ongini   yuksaltirish,   bu   boradagi   chora-
tadbirlarni amalga oshirishda davlat  tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari,
ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro samarali hamkorligini tashkil etish.
2.5.   Sud-huquq   tizimida   qonuniylikni   yanada   mustahkamlash:huquqni   muhofaza
qiluvchi   va   nazorat   qiluvchi   organlar   ishini   samarali   rejalashtirish   va   uning
natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularning sabab va   omillarini   bartaraf   etish;sud,   huquqni   muhofaza   qiluvchi   va   nazorat   qiluvchi
organlar   xodimlarini   o'qitish,   tanlash,   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   malakasini
oshirish,   rotatsiya   qilish   tizimini   takomillashtirish;huquqni   muhofaza   qiluvchi   va
nazorat   qiluvchi   organlar   xodimlari   orasida   huquqbuzarliklarning   oldini   olish,
profilaktika   qilish   va   bartaraf   etish   bo'yicha   idoraviy   nazoratning   zamonaviy
mexanizmlarini joriy etish;huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar
faoliyati   ustidan   jamoatchilik   nazorati   mexanizmlari   samaradorligini   oshirish,
fuqarolarning   huquqni   muhofaza   qilish   tizimiga   bo'lgan   ishonchini
mustahkamlash.
      2.6.   Yuridik   yordam   va   xizmat   ko'rsatish   tizimini   takomillashtirish:davlat
hokimiyati   va   boshqaruvi   organlarining   yuridik   xizmati   faoliyati   samaradorligini
oshirish;advokatura   institutini   rivojlantirish,   jinoyat,   fuqarolik,   ma'muriy   va
xo'jalik   ishlarini   ko'rib   chiqishda   advokatlaring   o'rni   va   nufuzini   oshirish;notariat
va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish.
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishari
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish
sur'atlarini saqlab qolish:
makroiqtisodiy   mutanosiblikni   saqlash,   qabul   qilingan   o'rta   muddatli   dasturlar
asosida tarkibiy va institutsional o'zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki
mahsulotning yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash;
harajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat byudjetining
barcha darajalarida mutanosibligini  muvozanatni saqlash,  mahalliy byudjetlarning daromad   qismini   mustahkamlashga   yo'naltirilgan   byudjetlararo   munosabatlarni
takomillashtirish;
ilg'or   xalqaro   tajribada   qo'llaniladigan   instrumentlardan   foydalangan   holda   pul-
kredit   siyosatini   yanada   takomillashtirish,   shuningdek   valyutani   tartibga   solishda
zamonaviy   bozor   mexanizmlarini   bosqichma-bosqich   joriy   etish,   milliy
valyutaning barqarorligini ta'minlash;
soliq   yukini   kamaytirish   va   soliqqa   tortish   tizimini   soddalashtirish   yo'lini   davom
ettirish,   soliq   ma'muriyatchiligini   takomillashtirish   va   rag'batlantirishning   tegishli
choralarini kengaytirish;
bank   tizimini   isloh   qilish,   banklar   depozit   bazasining   kapitalizatsiyasini
chuqurlashtirish   va   barqarorligini   oshirish,   ularning   moliyaviy   barqarorligini   va
ishonchligini   mustahkamlash,   istiqbolli   investitsioyaviy   loyihalar   hamda   kichik
biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish;
sug'urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini
joriy   qilish   va   sifatini   oshirish   hisobiga   kengaytirish,   shuningdek   fond   bozorini
kapitalni   jalb   qilish   hamda   korxona,   moliyaviy   institutlar   va   aholining   erkin
resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida rivojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va
xorijiy   moliyaviy   institutlar   bilan   aloqalarni   kengaytirish,   puxta   o'ylangan   tashqi
qarzlar   siyosatini   amalga   oshirishni   davom   ettirish,   jalb   qilingan   xorijiy
investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish. 3.2.   Tarkibiy   o'zgartirishlarni   chuqurlashtirish,   milliy   iqtisodiyotning   yetakchi
tarmoqlarini   modernizatsiya   va   diversifikatsiya   qilish   hisobiga   uning
raqobatbardoshligini oshirish:
milliy   iqtisodiyotning   mutanosibligi   va   barqarorligini   ta'minlash,   uning   tarkibida
sanoat,   xizmatlar   ko'rsatish   sohasi,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   ulushini
ko'paytirish;
ishlab   chiqarishni   modernizatsiya   qilish,   texnik   va   texnologik   jihatdan   yangilash,
ishlab   chiqarish,   transport-kommunikatsiya   va   ijtimoiy   infratuzilma   loyihalarini
amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
sanoatni yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom
ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor
mahsulot   ishlab   chiqarish   bo'yicha   jadal   rivojlantirishga   qaratilgan   sifat   jihatidan
yangi bosqichga o'tkazish orqali yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda
mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;
prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o'zlashtirish, shu asosda
ichki va tashqi bozorda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta'minlash;
ishlab chiqarish mahalliylashtirishni rag'batlantirish siyosatini davom etish hamda,
eng   avvalo,   iste'mol   tovarlar   va   butlovchi   buyumlar   importining   o'rnini   bosish,
tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya
tejaydigan   texnologiyalarni   keng   joriy   etish,   qayta   tiklanadigan   energiya
manbalaridan   foydalanishni   kengaytirish,   iqtisodiyot   tarmoqlarida   mehnat
unumdorligini oshirish;
erkin   iqtisodiy   zonalar,   texnoparklar   va   kichik   sanoat   zonalarni   tashkil   etish,
faoliyat ko'rsatayotgan zonalarning samaradorligini oshirish;
xizmatlar   ko'rsatish   sohasini   jadal   rivojlantirish,   yalpi   ichki   mahsulotni
shakllantirishda xizmatlarning o'rni va ulushini oshirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar
tarkibini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy yuqori  texnologik turlari  hisobiga
tubdan o'zgartirish;
turizm   industriyasini   jadal   rivojlantirish,   iqtisodiyotda   uning   roli   va   ulushini
oshirish,   turistik   xizmatlarni   diversifikatsiyalash   va   sifatini   yaxshilash,   turizm
infratuzilmasini kengaytirish;
eksport   faoliyatini   liberallashtirish   va   soddalashtirish,   eksport   tarkibini   va
geografiyasini   diversifikatsiya   qilish,   iqtisodiyot   tarmoqlari   va   hududlarning
eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
yo'l-transport   infratuzilmasini   yanada   rivojlantirish,   iqtisodiyot,   ijtimoiy   soha,
boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
3.3. Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: tarkibiy   o'zgartirishlarni   chuqurlashtirish   va   qishloq   xo'jaligi   ishlab   chiqarishini
izchil   rivojlantirish,   mamlakatimiz   oziq-ovqat   xavfsizligini   yanada
mustahkamlash,   ekologik   toza   mahsulotlar   ishlab   chiqarishni   kengaytirish,   agrar
sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta   va   boshoqli   don   ekiladigan   maydonlarni   qisqartirish,   bo'shagan   yerlarga
kartoshka,   sabzavot,   ozuqa   va   yog'   olinadigan   ekinlarni   ekish,   shuningdek,   yangi
intensiv   bog'   va   uzumzorlarni   joylashtirish   hisobiga   ekin   maydonlarini   yanada
optimallashtirish;
fermer xo'jaliklar, eng avvalo, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan
bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar
ko'rsatish   bilan   shug'ullanayotgan   ko'p   tarmoqli   fermer   xo'jaliklarini
rag'batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha eng zamonaviy yuqori texnologiyalar
asosida   asbob-uskunalar   bilan   jihozlangan   yangi   qayta   ishlash   korxonalarini
qurish,   mavjudlarini   rekonstruksiya   va   modernizatsiya   qilishga   qaratilgan
investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va
boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko'rsatish infratuzilmasini tarmoqlarini yanada
kengaytirish;
sug'oriladigan   yerlarning   meliorativ   holatini   yanada   yaxshilash,   melioratsiya   va
irrigatsiya   ob'ektlari   tarmoqlarini   rivojlantirish,   qishloq   xo'jaligi   ishlab   chiqarish sohasiga   intensiv   usullarni,   eng   avvalo,   suv   va   resurslarni   tejaydigan   zamonaviy
agrotexnologiyalarni   joriy   etish,   unumdorligi   yuqori   bo'lgan   qishloq   xo'jaligi
texnikasidan foydalanish;
yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-
iqlim   va   ekologik   sharoitlarga   moslashgan   qishloq   xo'jaligi   ekinlarining   yangi
seleksiya   navlarini   hamda   hayvonot   turlarini   yaratish   va   ishlab   chiqarishga   joriy
etish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global iqlim o'zgarishlari va Orol dengizi halokatining qishloq xo'jaligi rivojlanishi
hamda   aholining   hayot   faoliyatiga   salbiy   ta'sirini   yumshatish   bo'yicha   tizimli
chora-tadbirlar ko'rish.
3.4.   Iqtisodiyotda   davlat   ishtirokini   kamaytirish,   xususiy   mulk   huquqini   himoya
qilish   va   uni   ustuvor   mavqeini   yanada   kuchaytirish,   kichik   biznes   va   xususiy
tadbirkorlik   rivojini   rag'batlantirishga   qaratilgan   institutsional   va   tarkibiy
islohotlarni davom ettirish:
xususiy   mulkning   huquq   va   kafolatlarini   ishonchli   himoya   qilishni   ta'minlash,
barcha turdagi to'siq va cheklovlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik
biznes   rivojiga   to'liq   erkinlik   berish,   "Agar   xalq   boy   bo'lsa,   davlat   ham   boy   va
kuchli bo'ladi" degan prinsipni amalga oshirish;
kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   keng   rivojlantirish   uchun   qulay
ishbilarmonlik   muhitini   yaratish,   tadbirkorlik   tuzilmalarining   faoliyatiga   davlat,
nazorat   va   huquqni   muhofaza   qiluvchi   organlar   tomonidan   noqonuniy
aralashuvlarning qat'iy oldini olish; davlat mulkini xususiylashtirishni kengaytirish va uning tartib-taomillarini yanada
soddalashtirish,   xo'jalik   yurituvchi   sub'ektlarning   ustav   jamg'armalarida   davlat
ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob'ektlar bazasida xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
investitsiya   muhitini   takomillashtirish,   mamlakat   iqtisodiyoti   tarmoqlariga   va
hududlariga   xorijiy,   eng   avvalo,   to'g'ridan-to'g'ri   xorijiy   investitsiyalarni   faol   jalb
qilish;
korporativ   boshqaruvning   zamonaviy   standart   va   usullarini   joriy   etish,
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
tadbirkorlik   sub'ektlarining   muhandislik   tarmoqlariga   ulanishi   bo'yicha   tartib-
taomill va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   jarayonlarini   tartibga   solishda   davlat   ishtirokini
kamaytirish,   davlat   boshqaruvi   tizimini   markazlashtirishdan   chiqarish   va
demokratlashtirish,   davlat-xususiy   sheriklikni   kengaytirish,   nodavlat,   jamoat
tashkilotlari va o'zini o'zi boshqarish organlarining rolini oshirish.
3.5.   Viloyat,   tuman   va   shaharlarni   kompleks   va   mutanosib   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishni   jadallashtirish,   xalqning   turmush   darajasi   va
daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat,
qishloq xo'jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta'minlash;
hududlar   iqtisodiyotini   modernizatsiya   va   diversifikatsiya   qilish   ko'llamini
kengaytirish,   rivojlanish   darajasi   nisbatan   past   bo'lgan   tuman   va   shaharlarni,   eng
avvalo,   sanoat   va   eksport   salohiyatini   oshirish   yo'li   bilan   jadal   rivojlantirish
hisobiga   mintaqalar   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   darajasidagi   farqlarni
kamaytirish;
yangi   sanoat   korxonalari   va   servis   markazlarini   tashkil   etish,   kichik   sanoat
zonalarini tashkil qilish, yirik xo'jalik birlashmalarining mablag'larini, banklarning
kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar
va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
subvensiyaga   qaram   tuman   va   shaharlarni   kamaytirish,   sanoat   va   xizmatlar
ko'rsatish   sohasini   jadal   rivojlantirish   hisobiga   mahalliy   byudjetlarning   daromad
bazasini kengaytirish;
sanoat   korxonalari   va   boshqa   ishlab   chiqarish   ob'ektlarini   joylashtirishga   qulay
shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining
turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-
kommunikatsiya   va   ijtimoiy   infratuzilma   tarmoqlarini   yanada   rivojlantirish   va
modernizatsiya qilish.
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish: aholining   real   pul   daromadlarini   va   xarid   qobiliyatini   oshirish,   kam   ta'minlangan
oilalar   sonini   va   aholining   daromadlari   bo'yicha   farqlanish   darajasini   yanada
kamaytirish;
byudjet   muassasalari   xodimlarining   ish   haqi,   pensiya,   stipendiya   va   ijtimoiy
nafaqalar   hajmini   inflyatsiya   sur'atlaridan   yuqori   miqdorda   bosqichma-bosqich
oshirish;
yangi ish o'rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o'rta maxsus va oliy o'quv
muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash, mehnat bozori infratuzilmasining
mutanosib rivojlanishini ta'minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to'liq to'liq amalga
uchun   sharoitlar   yaratish,   ishchi   kuchi   sifatini   yuksaltirish,   ishga   joylashtirishga
muhtoj   shaxslarni   kasbga   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish
tizimini kengaytirish.
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'liqni  saqlash  tizimini takomillashtirish,
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
aholiga   majburiy   ijtimoiy   kafolatlarni   ta'minlash,   aholining   ehtiyojmand
qatlamlarini   ijtimoiy   himoyalashni   kuchaytirish   hamda   keksalar   va   imkoniyati
cheklangan   shaxslarni   davlat   tomonidan   qo'llab-quvvatlash,   ijtimoiy   xizmat
ko'rsatishni   yaxshilash,   aholiga   ijtimoiy   xizmatlar   ko'rsatishda   davlat-xususiy
sherikligini rivojlantirish; sog'liqni   saqlash   sohasini,   eng   avvalo,   uning   aholiga   tibbiy   va   ijtimoiy-tibbiy
xizmat ko'rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo'g'inini,
tez   va   shoshilinch   tibbiy   yordam   tizimini   yanada   isloh   qilish,   aholi   o'rtasida
sog'lom   turmush   tarzini   shakllantirish,   tibbiyot   muassasalarining   moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash;
oila   salomatligini   mustahkamlash,   onalik   va   bolalikni   muhofaza   qilish,   onalar   va
bolalarning   sifatli   tibbiy   xizmatdan   foydalanishni   kengaytirish,   ularga
ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko'rsatish,
chaqaloqlar   va   bolalar   o'limini   kamaytirish   bo'yicha   kompleks   chora-tadbirlarni
yanada keng amalga oshirish;
xotin-qizlarning   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish,   ularni   davlat   va   jamiyat
boshqaruvidagi   o'rnini   kuchaytirish,   xotin-qizlar,   kasb-hunar   kolleji   bitiruvchi
qizlarining bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila
asoslarini yanada mustahkamlash;
pensionerlar, nogiron, yolg'iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining
to'laqonli   hayot   faoliyatini   ta'minlash   uchun   ularga   tibbiy-ijtimoiy   yordam
ko'rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
farmatsevtika   sanoatini   yanada   rivojlantirish,   aholi   va   tibbiyot   muassasalarining
arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlanishini yaxshilash,
dori-darmonlar   narxlarining   asossiz   o'sishiga   yo'l   qo'ymaslik   bo'yicha   chora-
tadbirlarni amalga oshirish;
aholi o'rtasida kasallanish ko'rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta'minlash. 4.3.   Arzon   uy-joylar   barpo   etish   bo'yicha   maqsadli   dasturlarni   amalga   oshirish,
aholining   hayot   sharoitlari   yaxshilanishini   ta'minlovchi   yo'l-transport,
muhandislik-kommunikatsiya   va   ijtimoiy   infratuzilmani   rivojlantirish   hamda
modernizatsiya qilish:
aholi,   eng   avvalo,   yosh   oilalar,   eskirgan   uylarda   yashab   kelayotgan   fuqarolar   va
uy-joy   sharoitini   yaxshilashga   muhtoj   boshqa   fuqarolarning   yashash   sharoitini
imtiyozli   shartlarda   ipoteka   kreditlari   ajratish   hamda   shahar   va   qishloq   joylarda
arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
aholining  kommunal-maishiy   xizmatlar  bilan  ta'minlanish  darajasini  oshirish,   eng
avvalo,   yangi   ichimlik   suvi   tarmoqlarini   qurish,   tejamkor   va   samarali   zamonaviy
texnologiyalarni   bosqichma-bosqich   joriy   etish   orqali   qishloq   joylarda   aholining
toza ichimlik suviga bo'lgan talab va ehtiyojini ta'minlashni tubdan yaxshilash;
odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta'minlash, maishiy chiqindilarni
qayta   ishlash   komplekslarini   qurish   va   modernizatsiya   qilish,   ularning   moddiy-
texnika   bazasini   mustahkamlash,   chiqindini   yo'q   qilish   bo'yicha   zamonaviy
ob'ektlar bilan ta'minlash;
aholiga   transport   xizmati   ko'rsatishni   tubdan   yaxshilash,   yo'lovchi   tashish
xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har
tomonlama   qulay   yangi   avtobuslarni   sotib   olish,   avtovokzal   va   avtostansiyalarni
qurish hamda rekonstruksiya qilish; yo'l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini jadal davom ettirish, eng
avvalo,   mintaqaviy   avtomobil   yo'llarini   rivojlantirish,   xo'jaliklararo   qishloq
avtomobil yo'llarini, aholi punkti ko'chalarini kapital va joriy ta'mirlash;
yangi   elektr   energiya   ishlab   chiqarish   quvvatlarini   qurish   va   mavjudlarini
modernizatsiya   qilish,   past   kuchlanishli   elektr   tarmoqlari   va   transformator
punktlarini yangilash, shuningdek, aholini boshqa yoqilg'i-energiya resurslari bilan
ta'minlashni yaxshilash va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni
kengaytirish   bo'yicha   chora-tadbirlarni   amalga   oshirish   asosida   aholini   elektr
energiyasi bilan ta'minlashni yaxshilash;
teatr   va   tomosha   maskanlarini,   madaniy-ma'rifiy   tashkilotlar   va   muzeylar
faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash.
4.4. Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish:
uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yo'lini davom ettirish, sifatli ta'lim
xizmatlari   imkoniyatlarini   oshirish,   mehnat   bozorining   zamonaviy   ehtiyojlariga
muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
ta'lim   muassasalarini   qurish,   rekonstruksiya   qilish,   kapital   ta'mirlash,   ularni
zamonaviy   o'quv-laboratoriya   uskunalari,   kompyuter   texnikasi   va   o'quv-metodik
qo'llanmalar   bilan   jihozlash   bo'yicha   ishlarni   amalga   oshirish   orqali   ularning
moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlash   yuzasidan   aniq   maqsadga   qaratilgan
chora-tadbirlarni ko'rish; maktabgacha   ta'lim   muassasalari   tarmog'ini   kengaytirish,   bolalarning   har
tomonlama   intellektual,   estetik   va   jismoniy   rivojlanishi   uchun   ushbu
muassasalaridagi   shart-sharoitlarni   tubdan   yaxshilash,   bolalarning   maktabgacha
ta'lim   bilan   qamrab   olinishini   jiddiy   oshirish   va   uning   qulayligini   ta'minlash,
pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy   o'rta   ta'lim   sifatini   tubdan   oshirish,   chet   tillar,   informatika   hamda
matematika,   fizika,   kimyo,  biologiya   kabi   boshqa   muhim   va  talab   yuqori   bo'lgan
fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rganish;
bolalarni   sport   bilan   ommaviy   tarzda   shug'ullanishga,   ularni   musiqa   hamda
san'atga   jalb  qilish  maqsadida  yangi  bolalar   sporti   ob'ektlarini,  bolalar  musiqa   va
san'at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
kasb-hunar   kollejlari   o'quvchilarini   bozor   iqtisodiyoti   va   ish   beruvchilarning
ehtiyojlariga   javob   beradigan   mutaxassisliklar   bo'yicha   tayyorlash   hamda   ishga
joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
ta'lim va o'qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy
ta'lim  muassasalari  faoliyatining sifati  hamda samaradorligini  oshirish, oliy ta'lim
muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko'paytirish;
ilmiy-tadqiqot   va   innovatsiya   faoliyatini   rag'batlantirish,   ilmiy   va   innovatsiya
yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o'quv
yurtlari   va   ilmiy-tadqiqot   institutlari   huzurida   ixtisoslashtirilgan   ilmiy-
eksperimental   laboratoriyalar,   yuqori   texnologiya   markazlari   va   texnoparklarni
tashkil etish. 4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
jismonan   sog'lom,   ruhiy   va   intellektual   rivojlangan,   mustaqil   fikrlaydigan,   qat'iy
hayotiy   nuqtai   nazarga   ega,   Vatanga   sodiq   yoshlarni   tarbiyalash,   demokratik
islohotlarni   chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   jarayonida
ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
o'rta   maxsus,   kasb-hunar   va   oliy   ta'lim   muassasalari   bitiruvchilarini   ishga
joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash hamda amalga
oshirish, bolalar va yoshlar o'rtasida sog'lom  turmush tarzini shakllantirish, ularni
jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy
va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati
va   boshqaruvi   organlari,   ta'lim   muassasalari,   yoshlar   va   boshqa   tashkilotlarning
samarali faoliyatini tashkil etish.
V.   Xavfsizlik,   millatlararo   totuvlik   va   diniy   bag'rikenglikni   ta'minlash   hamda
chuqur   o'ylangan,   o'zaro   manfaatli   va   amaliy   tashqi   siyosat   sohasidagi   ustuvor
yo'nalishlar 5.1. Xavfsizlik, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash sohasidagi
ustuvor yo'nalishlar:
O'zbekiston   Respublikasining   konstitutsiyaviy   tuzumi,   suvereniteti,   hududiy
yaxlitligini muhofaza qilish;
axborot   xavfsizligini   ta'minlash   va   axborotni   himoya   qilish   tizimini
takomillashtirish,   axborot   sohasidagi   tahdidlarga   qarshi   o'z   vaqtida   va   munosib
harakatlarni tashkil etish;
fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;
davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O'zbekiston Qurolli Kuchlarining
jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
atrof-tabiiy   muhit,   aholi   salomatligi   va   genofondiga   zarar   yetkazadigan   ekologik
muammolarning oldini olish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
5.2. Chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor
yo'nalishlar:
davlat   mustaqilligi   va   suverenitetini   mustahkamlash,   mamlakatning   xalqaro
munosabatlarning   teng   huquqli   sub'ekti   sifatidagi   o'rni   va   rolini   oshirish, rivojlangan   demokratik   davlatlar   qatoriga   kirish,   O'zbekistonning   tevaragida
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish;
O'zbekiston   Respublikasining   xalqaro   nufuzini   mustahkamlash,   jaxon
hamjamiyatiga   mamlakatda   olib   borilayotgan   islohotlar   haqida   xolis   axborot
yetkazish;
O'zbekiston   Respublikasining   tashqi   siyosiy   va   tashqi   iqtisodiy   faoliyatini
normativ-huquqiy   bazasini   hamda   xalqaro   hamkorlikning   shartnomaviy-huquqiy
asoslarini takomillashtirish;
davlat chegarasini demilitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.

Mavzu; Harakatlar strategyasi O‘zbekiston boshqaruvidagi islohotlarn Reja 1.Davlat va jamiyat qurilishi tizmini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari 2.Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yunalishlari 3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va libirallashtirishni ustuvor yo‘nalishlari. Prezident 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi.

O'zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017−2021-yillarda O'zbekistonnirivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o'rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo'yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e'lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o'tdi. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo'yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e'lon qilindi. 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo'nalishi (quyida — yanada batafsil) davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo'naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish; qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo'naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud

jarayonida tortishuv tamoyilini to'laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash; iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo'naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish; ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog'lig'ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy- joylar barpo etish, yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo'yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta'lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo'naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O'zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash. Farmon bilan 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Milliy

komissiya, shuningdek ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish bo'yicha komissiyalar tashkil etildi. Milliy komissiyaga prezidentning o'zi boshchilik qiladi. Hujjatda harakatlar strategiyasini o'z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo'nalishi hisoblanishi belgilandi. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas'ul davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo'lga qo'yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo'lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratish topshirildi. Farmonda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishda byurokratik to'siq va g'ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo'l qo'ymasligi qayd etildi. Bundan tashqari, davlat dasturi doirasida o'tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishini ta'minlash belgilangan. 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari 1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro

hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo'yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta'sirini kuchaytirishga yo'naltirgan holda tubdan oshirish;siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish. 1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta'minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish;mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha vazifalarni amalga oshirishda o'zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish; "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko'rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan va aholi hamda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish. 1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy etish;jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o'rni va