logo

Islom dinining aqidaviy yo`nalishlari va maktablari

Yuklangan vaqt:

12.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

46.9482421875 KB
Islom dinining aqidaviy yo`nalishlari va maktablari .
Reja:
1. Kalom   ilmining   shakllanishi.   Ilk   aqidaviy   adabiyotlarning   islom   dinining   qabul
qilinishidagi o`rni. 
2. Alloh sifatlari haqidagi g`oyalar. Esxatologiyaning mohgiyati: qiyomat va oxirat 
dunyosi. Islomda iymon, taqdir, rizq tushunchlarining talqini.
3.  Noan anaviy e tiqodlar: xorijiya, mu taziliya, qarmatiya harakatlari. ʼ ʼ ʼ
4. Islom oqimlari va yo‘nalishlarining paydo bo’lishi sabablari, e tiqodidagi 	
ʼ
bo‘linishlarning sabablari va oqibatlari.
5. Sunniylik va shialik yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi va ular e tiqodidagi farqlar. 
ʼ
Moturidiylik va ash ariylik maktablari.	
ʼ
Tayanch tushunchalar: Aqida. Kalоm ilmi. Mоturidiylik va ash’ariylik. Aqida ilmining 
maqsadi. Imоn. Allоhga, farishtalarga, kitоblarga, payg’ambarlariga, оxirat kuniga, 
yaxshilik va yomоnlik Allоhdan ekaniga imоn kеltirish. Shirk. Kufr. Qiyomat. Jannat va 
do’zax. Mo’’jiza va karоmat. Qur’оni karim va umuminsоniy g’оyalar.
1. Kalom ilmining shakllanishi. Ilk aqidaviy adabiyotlarning islom dinining qabul 
qilinishidagi o`rni.  Aqida (arab tilida “aqd” - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog’lash, 
bir-biriga bog`lash ma’nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan
biri.) – balog’atga yetgan kishi e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari 
shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog’lab olib undan ajralishi mumkin bo’lmagan 
shar’iy e’tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog’liq. 
Agar aqidasi pok bo’lsa, yo’li to’g’ri bo’ladi, qilgan barcha amallari qabul bo’ladi va 
bandalik bilan sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Agar aqidasi sof bo’lmasa, buzuq 
bo’lsa, yo’li noto’g’ri bo’ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam 
ahlidan bo’ladi. Aqida masalasi o’ta muhim bo’lganidan ham, Odamatodan boshlab, 
oxirgi payg’ambar Muhammad (s.a.v)gacha bu masalani Alloh taoloning o’zi ko’rsatib 
bergan. Odamatodan tortib hozirgacha aqida masalasi bir xil bo’lib kelgan. 
Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi ko’rsatmalar negizida ishlab 
chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yo’nalishi ilohiyotda e’tirof etiladigan 
aqidalar yoki imon talablari 7 ta: 1 – Allohning yagonaligiga ishonish;
2 – Farishtalarga ishonish;
3 – Muqaddas kitoblarga ishonish;
4 – Payg’ambarlarga ishonish;
5 – Oxiratga ishonish;
6 – Taqdirga ishonish;
7 – Qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish.
Shialik yo’nalishi ilohiyotida 5 ta aqida tan olinadi:
1 – Tavhid (Allohning yagonaligiga) ishonish;
2 – Nubuvvat (Payg’ambarga) ishonish;
3 – Adl (ilohiy taqdirning adolatligiga) ishonish;
4 – Imomat (Imomlar hokimiyatini tanish) ishonish;
5 – Maod (Oxiratga) ishonish;
Kalom – (arabcha – ravon nutq, so`z, gap, jumla ma’nolarini bildiradi) islom ilohiyot 
ilmi. Mu’taziliylar paydo bo`lgandan keyin “aqida” ilmining nomi “kalom” deb atala 
boshlangan. 8 asrda Arab xalifaligida paydo bo’lgan. Kalom islom diniy ta’limotini 
asoslashga harakat qiladi. 
Kalom tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. Kalom turli diniy-siyosiy guruhlar (xorijiylar, 
qadariylar, jabariylar, murji’iylar va hak.) paydo bo’lishi bilan bog’liq bahslar jarayonida 
vujudga keldi va taraqqiy qildi. 
Ulamolar ilmi kalomning ta’rifida ham bir necha xil fikrlar aytganlar. Eng qadimgi ta’rif 
Abu Nasr Farobiyga tegishli bo’lib, u, “Kalom sinoati ila millatning asoschisi aytgan 
chegaralangan gap va ishlarga nusrat berilur va unga xilof qilgan barcha so’zlarni 
behudaga chiqarilur”, degan.
G’azoliy ilmi kalom haqida quyidagilarni aytadi: “U bir ilm bo’lib uning maqsadi ahli 
sunnaning aqidasini – ahli bid’atning tashvishidan muhofaza qilsh va qo’riqlashdir. Alloh
taolo o’z bandalariga o’z payg’ambari tilida haq aqidani ilqo qildi. Unda ularning dini va  dunyosining salohi bordir. Shuningdek, ular haqida Qur’on va xabarlar nutq qildi. 
So’ngra shaytonlar o’z vasvasasi ila bid’atchilarga sunnatga xilof ishlarni ilqo qildi. Ular 
o’sha ishlarni gapirdilar va ahli haqning aqidasini buzmoqchi bo’ldilar. Bas, Alloh bir 
toifa mutakallimlarni paydo qildi va ularning himmatini tartibga solingan kalom ila 
sunnatning nusrati yo’lida harakatga soldi. Shu orqali ahli bid’atning sunnatga xilof 
ravishda chiqargan aldamchiliklari fosh qilinadi. Ana shunday ilmi kalom paydo bo’ldi”.
Ilmi kalom paydo bo’lgan vaqtga kelib aqidaga oid masalalarga avvalgi vaqtlarga 
o’xshab faqat Qur’on va sunnatdan dalil keltirish bilan kifoyalanib bo’lmay qolgan edi. 
Qarshi taraf aqliy dalil keltirishni ham talab etardi. 
Ilmi kalomga xos uslub va mavzular majmui birinchi bor al-Ja’d ibn Dirham (742 yil qatl
etilgan) ijodida uchraydi. U doimo aql-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat 
inson salohiyati ojizlik qilgan hollardagina Qur’on oyatlarini ramziy-majoziy ma’noda 
talqin qilish mumkin, deb hisobladi. Uning shogirdi Jahm ibn Safvon (745 yil qatl 
etilgan) ustozining g’oyasini davom ettirdi. Jahmning qarashlari mu’taziliylarga yaqin 
bo’lgani bois odatda bu ikki ta’limotni bir-biridan farqlamaydilar. 
Kalomning ikkinchi yirik maktabi Moturidiylik ham mustaqil ravishda taraqqiy etdi. 
Ash’ariylar maktabi asosan shofi’iylar orasida tarqalgan bo’lsa, Moturidiylik ko’proq 
Hanafiylik doiralarida ko’plab tarafdorlarga ega bo’ldi va xususan, Movarounnahr 
musulmonlarining asosiy aqidasiga aylandi. 
13 asrdan ilmi kalom Ibn Sino asos solgan sharq falsafasi bilan yaqinlasha boshladi. 
Natijada, Ibn Xaldun ta’biri bilan aytganda, kalom va falsafani bir biridan ajratish 
mushkul bo’lib qoldi. Bu hol Baydoviy (1286 y. v.e.), Isfahoniy (1349 y. v.e.), Ijiy (1355 
y. v.e.), Taftazoniy  (1390 y. v.e.), Jurjoniy (1413 y. v.e.)lar ijodida o’z ifodasini topdi. 
Yangi va eng yangi davrlarda Jamoliddin Afg’oniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, 
Hasan Hanafiy kabi musulmon islohotchilarining asarlarida kalom va ayniqsa, 
mu’taziliylar g’oyalari mafkuraviy asos vazifasini bajarib keldi. Vaqt o’tishi bilan islom 
olamida faqat ahli sunna va jamoaning ilmi kalom bo’yicha ta’limotlari hukm suradigan 
bo’ldi. Falsafa va boshqa fikriy mazhablar chiqqanidan so’ng ilmi kalom istilohining o’zi
ham iste’moldan chiqib ketdi.
Imоn, shirk, kufr, qiyomat, jannat va do’zax tushunchalarining mazmun-mohiyati.  
Mаzkur mаsаlа yеchimi ko’p qirrаli. Qo’yilgаn mаsаlаni hаr kim o’z mа’nаviy dunyosi 
o’lchаmi bilаn o’lchаb, shungа yarаsha hаtti-hаrаkаt qilаdi. Insоnning chin mа’nоdаgi 
insоnligi- uning imoni, diyonаti, mеhr-оqibаti, pоkligi vа hаlоlligi, kаmtаrligi vа 
bоshqаlаr bilаn o’lchаnаdi. Bu umumiy tаrzdа insоniylik tushunchаsi bilаn ifоdаlаnаdi.  Insоniylik esа fаqаt imonli insоnlаrdаginа bo’lаdi.Bu o’rindа hаmmа kishilаr uchun 
umumiy tаrzdа tеgishli bo’lgаn mаsаlаlаr ustidа bаhоli qudrаt fikr yuritаmiz.
Hаr birimiz imon tushunchаsining mоhiyatini to’g’ri аnglаb, tushunib оlsаk, imonni 
izоhlоvchisi bo’lgаn diyonаt, vijdоnlilik, insоf, mеhr-оqibаt, sаhоvаt, аdоlаtlilik, pоklik 
vа hаlоllik, kаmtаrlik vа bоshqа mа’nаviylik fаzilаtlаrining hаm mоhiyatini bilib оlаmiz. 
Fаqаt imonli kishilаrginа pоklik vа hаlоllik, diyonаt, ezgulik, mеhr-оqibаt, sаhоvаt, 
muruvvаt yo’lidа bo’lаdilаr. Shuning uchun imon tushunchаsini, uning mоhiyatini kеng 
qаmrоvli аsоsdа bаyon qilishni mаqsаdgа muvоfiq dеb bildik. Imon аrаbchа so’z bo’lib, 
lug’аviy mа’nоsi ishonch dеmаkdir. U insоn ruhiy оlаmining bоtiniy tоmоnini tаshkil 
etаdi.
Imon shaхsning o’z e’tiqоdigа tаyangаn hоldа bоshqаlаrning niyati, qilmish-
qidirmishigа, o’zining ishlаrigа, hаtоlаrigа munоsаbаt bildirishdir. Imon hаyotdа to’g’ri 
yo’l tоpishning mеzоni hisоblаnаdi. 
Imonli kishilаr Аllоhdаn qo’rqish, bаndаdаn uyalish nimа ekаnligini chuqur idrоk 
etgаnlаr. Аllоhni bir, Pаyg’аmbаrimizni (sаllаllоhu аlаyhi vаsаllаm) uning elchisi dеb 
bilish-imonning bоsh bеlgisi hisоblаnаdi. Imonli bo’lgаn kishilаr butun hаyotlаridа, 
ishlаridа, fаоliyatlаridа, uydа, ko’chаdа birоvgа, o’z оilаsigа munоsаbаtlаridа hаmisha 
to’g’ri vа hаlоl yo’l tutishgа intilаdilаr. Muоmаlа vа munоsаbаtlаridа g’аrаz bo’lmаydi., 
tа’mаdаn vа хаrоmdаn hаzаr qilаdilаr. Hаr ishlаridа fаqаt bu dunyoni emаs, охirаtni hаm
o’ylаb ish tutаdilаr. Bаrchа аmаllаri vа hаtti-hаrаkаtlаrini shungа bo’ysundirishgа hаrаkаt
qilаdilаr. 
Shariаtdа esа Jаnоb Pаyg’аmbаrimiz Muhаmmаd аlаyhissаlоm (s.а.v.) Аllоh tаrаfidаn 
kеltirgаn bаrchа хаbаrlаrgа til bilаn iqrоr bo’lib, dil bilаn tаsdiqlаshgа imon dеyilаdi. 
Ya’ni Qur’оni Kаrim vа Hаdisi Shariflаr оrqаli Аllоh, jаnnаt, do’zах, qiyomаt kаbilаr 
hаqidа bеrilgаn хаbаrlаrgа ishonch imondir. Imonning diniy vа dunyoviy tаlqinlаri 
mаvjud.
Mа’nаviy-аhlоqiy fаzilаt sifаtidа esа imon fаqаt оdаmzоtgаginа хоs ruhiy hоdisа 
jumlаsigа kirаdi. Insоn, оdаmzоtdаn tаshqаri hеch bir mаhluqоtdа imonning o’rni-tаgi 
hаm yo’q. Binоbаrin, оdаmzоd jаmiki bоshqа jоnzоtlаrdаn birоn bir nаrsаgа ishonib, uni 
muqаddаs dеb bilishi, ya’ni imon kеltirishi bilаn аjrаlib turаdi. Imon kishi 
mа’nаviyatining, аhlоqining o’q ildizi, pоydеvоri, nеgizidir. Imondаn mаhrum kimsаning
аqli nеchоg’li o’tkir, irоdаsi nаqаdаr cho’ng bo’lmаsin vа shulаr tufаyli o’zligidаn 
qаnchаlik mаg’rurlаnmаsin, u chinаkаm insоnlаr qаtоrigа hеch qаchоn kiritilmаgаn, 
kiritilmаydi hаm. Zеrо, imonsiz оdаm nа Аllоhdаn qo’rqаdi vа nа bаndаlаridаn uyalаdi.  U o’z nаfsining itоаtkоr quli bo’lib, hаr qаndаy rаzоlаt vа pаstkаshliklаrdаn qаytmаydi. 
Аllоh hаmmаmizni shundаn аsrаsin. Buning uchun imon yo’lini tutishimiz lоzim.
Dunyoviy imon оdаmlаrni to’g’ri yo’ldаn bоrishgа qаrаtilgаn mа’nаviy qаdriyatlаr 
tizimidir. Imonli bo’lishning mоhiyatini hаyo, аndisha, shirin so’zlilik, hаlоllik vа 
аdоlаtlilik, оr-nоmuslilik, vijdоnlilik, vаfоdоrlik, mеhnаtsеvаrlik, sаhоvаtlilik, mеhr-
muhаbbаtlilik, hаyr-ehsоnlilik kаbi аhlоqiy qаdriyatlаrdаn ibоrаt ekаnini ko’rаmiz. 
Dеmаk, imon kоmil insоnnnig yеtuk mа’nаviy fаzilаtlаri mаjmuidir.
Imonsizlik esа vijdоnsizlik, e’tiqоdsizlik, tubаn yo’llаrgа yurish, аhlоq, оdоb, 
insоnpаrvаrlik qоidа vа tаlаblаrigа riоya qilmаslikdir.
“Оdаm bo’lish оsоn, оdаmiy bo’lish qiyin”, “Оtаng bоlаsi bo’lmа, оdаm bоlаsi bo’l”, 
“O’zinggа rаvо ko’rmаgаnni bоshqаgа hаm rаvо ko’rmа”, “Yomоn o’z g’аmidа, yaхshi 
– el g’аmidа” singаri hikmаtlаrdа аjdоdlаrimiz аrdоqlаgаn insоniylik qаdriyatlаrining bir 
zаrrаsiginа аks etgаn, хоlоs.
Хullаs, hаr birimizni imon, pоklik vа hаlоllik, оr-nоmus, sharm-hаyo, kаmtаrlik, 
qo’yingki insоnni mа’nаviy jihаtdаn bеzоvchi go’zаl hulq-оdоb, аhlоq tаrk etmаsin.
Shirk (arabcha – sherik keltirish, Allohning sherigi bor deb e’tiqod qilish) – Alloh taologa
xos bo’lgan sifatlarni Undan o’zgaga sobit qilish (ko’chirish)dir.
Shirkning shar’iy tushunchasi – Maxluqni Robbil olamiynga 5 ishdan birida 
tenglashtirishdir. Ya’ni, Allohning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va hukmlarida 
sherigi bor, deb e’tiqod qilishdir.
Shirkning turlari quyidagilar:
ibodatda shirk keltirish;
duoda shirk keltirish;
robbilikda shirk keltirish;
hukmda shirk keltirish;
mulk va sultondagi shirk keltirish;
xalq-yaratishdagi shirk keltirish;
itoatda shirk keltirish.
Kufr  (arabcha – to’smoq, inkor etmoq) – imonsizlik, Islomni tan olmaslik yoki uning 
amallarini bajarmaslik. Kufrga quyidagi jiddiy gunohlar va jinoyatlar kiradi:
shirk keltirish;
namozdan voz kechish;
sehrgarlik;
zinokorlik;
o’z joniga qasd qilish;
ichkilikbozlik;
qimorbozlik.
7 asrning 2-yarmida Xorijiylar ularga qo’shilmagan har bir musulmonni kofir, ya’ni 
dinga ishonmovchi, uni rad etuvchi deb hisoblashgan. 7-8 asr boshlarida Murji’iylar 
tarkibidan “mo’tadil” oqim ajrab chiqib, ularning fikricha kufr sodir etgan kishi kofir 
bo’lmaydi va u musulmonlar safidan  o’chirilmaydi, uning qilmishi haqida faqat Qiyomat
kuni Allohgina hukm chiqara oladi deyiladi.
Qur’оni karim va umuminsоniy g’оyalar.  «Qur’on» - arabcha «qara’a» (o’qimoq) 
fe’lidan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami 
uchta yoki undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. 
Oyatlar soni esa, Qur’on mantlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204ta, 6232ta, 
hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur’on nusxalarining bir-biridan farqli 
ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi.
Suralar Qur’onda o’z mazmuniy izchilligiga yoki o’qilgan vaqtiga, ya’ni xronologik 
tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko’ra - avval katta suralar, undan so’ng kichik suralar 
tartibi Muhammad s.a.v.  ko’rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har 
xil: eng katta hajmga ega bo’lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 
oyatdangina iborat.
Islomshunoslik va Qur’onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik tartibini 
quyidagicha shaklda tasavvur qilish mumkin:
1. Makka davri (610-615 yillar). Yevropa olimlari bu davrda nozil bo’lgan suralarga 
«Nazmiy suralar» deb nom berganlar.
2. Makka davri (616-619 yillar), Muhammad s.a.v. va ularning izdoshlari doimiy ta’qib 
ostida yashagan va ko’pchilik Habashistonga ko’chib ketgan muhitda nozil bo’lgan. Bu  suralarda Ollohning «Rahmon» sifatida ko’p tilga olinganligi sababli Yevropa olimlari 
ularni «Rahmon suralari» deb ataganlar.
3. Makka davri (610 yil boshlaridan 622 yil sentyabrigacha). Bu davrda ham Muhammad 
s.a.v. va sahobalar ta’qib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko’pincha shahardan 
tashqarida ibodatga to’planganlar. Bu davr suralarida islomning aqoidiga keng o’rin 
berilgan.
Tarixiy voqealar aniqroq ko’zda tutilgan holda Madina davriga oid 24 ta surani besh 
davrga ajratish ma’qulroqdir:
1-Madina davri (622 yil oktyabrdan 624 yil gacha). Muhammad s.a.v. Madinaga ko’chib 
kelganlaridan makkaliklar bilan birinchi yirik to’qnashuv - Badr jangigacha nozil bo’lgan
4 sura bu davrga kiradi.
2-Madina davri (624 yil martidan 625 yil martigacha). Badr jangidan keyin Uhud 
jangigacha o’tgan bir yil ichida nozil bo’lgan 3 surani o’z ichiga oladi.
3-Madina davri (625 yil martida - 627 yil martigacha). Uhud jangidagi talofotdan keyin 
Xandaq jangigacha o’tgan ikki yil ichida 5 ta sura nozil bo’lgan.
4-Madina davri (627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha). Xandaq jangidan so’ng 
Makkaning olinishigacha o’tgan salkam uch yil ichida nozil bo’lgan 8 sura shu davrga 
kiradi.
5-Madina davri (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka fath qilinganidan keyin 
Muhammad s.a.v. vafotlarigacha o’tgan ikki yildan ortiqroq davr ichida nozil bo’lgan 4ta 
sura shu davrga kiradi.
Qur’onning jamlanishi. Muhammad alayhis-salom hayotlik chog’larida yana vahy tushib 
qolar degan umidda Qur’on jamlanib, kitob holiga keltirilmagan edi. Payg’ambar 
vafotlaridan keyin Qur’on kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida saqlanib qoldi. 
Payg’ambardan so’ng musulmonlarga Abu Bakr (572-634) boshliq etib saylandi. Uning 
xalifalik davrida (632-634) mu’minlar va murtad(dindan qaytgan)lar o’rtasida shiddatli 
janglar bo’lib o’tdi. Ushbu janglarda Qur’onni to’liq yod olgan qorilar ko’plab shahid 
bo’ldilar. Shunda Umar ibn al-Xattob (585-644) Abu Bakrga «barcha qorilar shu zaylda 
o’lib ketaversa Qur’on nuqsonli bo’lib qolishi mumkin, shu sababli uni jamlab kitob 
holiga keltirish zarur» degan maslahatini beradi. Avvaliga Abu Bakr ikkilanib turadi, 
chunki bu ish Payg’ambar hayotlik paytlarida qilinmagan edi. Keyinroq Abu Bakr ham 
Qur’onni kitob shakliga keltirib qo’yish zarurligini anglab etdi va Zayd ibn Sobit ismli 
sahobani chaqirib bu ishni unga topshiradi. Chunki, Zayd Payg’ambar alayhis-salom  bilan juda ko’p birga bo’lgan, Qur’onni juda ham yaxshi yod olgan va Rasululloh 
huzurlarida yozgan. Payg’ambar umrlarining so’nggi yilida farishta Jabroil alayhis-
salomga Qur’onni avvalidan to oxirigacha o’qib berganlarida birga bo’lgan edi. Shunday 
qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qur’onni kiyik terisidan bo’lgan 
sahifalarga yozib chiqdilar va bog’lab Abu Bakrning uyida saqlab qo’ydilar. Bu «suhuf» 
- sahifalar deb nomlandi. Abu Bakr olamdan o’tgandan keyin sahifalar Umar ibn al-
Xattob uyiga, u olamdan o’tgandan so’ng, uning qizi - Payg’ambar alayhis-salom ayollari
Hafsada qoldi.
Vaqt o’tishi bilan ko’plab xalqlar musulmonlikni qabul qilishi natijasida 
musulmonlarning soni ko’paya bordi. Turli tillar va shevalar o’rtasida mavjud farqlarga 
ko’ra Qur’onni qanday o’qish kerakligi borasida ixtiloflar chiqa boshladi. Bu holatni 
ko’rgan o’sha vaqtda xalifalik qilgan Usmon ibn Affon (644-656) Hafsa binti Umardan 
Abu Bakr va Umar davridagi suhuflarni so’rab olib undan nusxa ko’chirishga buyruq 
beradi.
Xalifa Usmon ibn Affon topshirig’iga binoan Zayd ibn Sobit barcha Qur’on suralarini 
yig’ib, taqqoslab chiqib qaytadan Qur’on matnini jamlagan. Qur’onning birinchi rasmiy 
nusxasi 651 yil taqdim etildi. U asl nusxa hisoblanib yana uchta, ba’zi manbalarga ko’ra 
ettita nusxa ko’chirtirilib, yirik shaharlardan - Basra, Damashq, Kufaga jo’natiladi. 
«Imon» deb nomlangan asl nusxa esa Madinada, xalifa Usmon huzurida qoldi. 
Ko’chirilgan nusxalar «Mushafi Usmon» deb ataldi.
Nusxalar tayyor bo’lgandan so’ng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy 
shaharlarga bittadan nusxaga bitta qori qo’shib jo’natdilar va hammaga faqat Qur’onning 
shu nusxasidan ko’chirishga buyruq beradi. 
Mazkur Qur’on 5553 varaqdan iborat bo’lib, varaqlar o’lchami 68x53 sm., matn hajmi 
50x44 sm.dir. Sahifalar kiyik terisidan ishlangan bo’lib, har biriga 12 qatordan chiroyli 
kufiy xatida yozuv bitilgan. Ko’p varaqlari yo’qolgan va keyinchalik qog’oz sahifalar 
bilan to’latilgan.
Tataristonlik islom olimi Shihobuddin al-Marjoniyning (1818-1889) aytishicha, Qur’onni
qayta tiklash Samarqandda joylashgan «Mug’ak masjidi» imomi Abdurrahim ibn Usmon 
(vaf. 1838 y.) tarafidan bajarilgan.
Arab tarixchilarining xabar berishlaricha, xalifa Usmon Qur’onni mutoala qilib 
o’tirganlarida o’ldirilgan. U kishining qoni Qur’onga to’kilgan. Shu tufayli ham Usmon 
Qur’oni asl nusxaligi va xalifa qoni to’kilganligi bilan musulmon dunyosida muqaddas  kitob hisoblanib, alohida e’tiborga sazovordir. Bizdagi, ya’ni Toshkent shahridagi Usmon
Qur’onida ham qon izlari bo’lib, shu nusxa xalifa Usmonga tegishli degan fikrlar mavjud.
Usmon Qur’oni ruslar O’rta Osiyoni bosib olguncha Samarqandda, Xo’ja Axror 
madrasasida saqlanar edi. Qur’onning Samarqandga keltirilishi haqida ham xalq o’rtasida
har xil rivoyatlar mavjud. Ulardan birida muqaddas kitobni Abu Bakr al-Qaffol ash-
Shoshiy (976 yili vafot etgan, Toshkentda dafn qilingan) Bag’doddan olib kelgan deb 
hikoya qilinadi. Avlodlar osha Abu Bakr Qaffol Shoshiy merosxo’rlaridan Xo’ja Ahror 
qo’liga o’tgan va u kitobni o’zi qurdirgan madrasaga qo’ydirgan. Ikkinchi bir rivoyatda 
esa Xo’ja Ahror muridlaridan biri Makkadan haj qilib qaytayotganida Istambulga kiradi 
va borib Sultonni og’ir hastalikdan davolaydi. Sulton minnatdorchilik bildirib, unga 
Qur’onni tortiq qiladi.
Bizning va arabshunos olimlarning fikricha bu Qur’on sohibqiron Temur tomonidan 
Basradan ko’plab qo’lyozma kitoblar va boshqa o’ljalar bilan birga Samarqandga 
keltirilgan va mashhur Temur kutubxonasiga qo’ydirilgan. Temuriylar davridagi o’zaro 
kelishmovchiliklarda Temur kutubxonasi yondirilib yuborilgan. Tasodifan shu nusxa 
omon qolgan. 
Qur’onni chuqur ilmiy taftish etgan Sankt-Peterburglik sharqshunos olim A.V.Shebunin 
fikricha, Qur’on Basradan Sohibqiron Temur tomonidan Samarqandga keltirilgan. 
chunki, Shebunin Parij, Berlin va Makkadagi boshqa nusxalariga solishtirib, bizdagi 
Qur’onning Basra nusxasi ekanligini isbotlab berdi. 400 yil davomida bu muqaddas kitob
Samarqandda saqlanadi.
Alloh sifatlari haqidagi g`oyalar. Esxatologiyaning mohgiyati: qiyomat va oxirat dunyosi.
Islomda iymon, taqdir, rizq tushunchlarining talqini.
Har bir tilda bir vaqtning o'zida Xudo va boshqa xudolar uchun bir yoki bir nechta so'z 
borligi ma'lum. Alloh kalimasi ulardan emas. Alloh yagona Haqiqiy Xudoning asl 
ismidir. Bu nom bilan atalishga faqat U va boshqa hech kim haqli emas. Ismning ko'pligi 
yo'q, u jinsni bildirmaydi. Bu uning o'ziga xosligi. Misol uchun, "xudo" so'zini olaylik - 
bu osonlik bilan "xudolar" yoki "xudolar" yoki ayollik "ma'buda" ko'p bo'lishi mumkin. 
Qizig'i shundaki, "Alloh" oromiy tilidagi Xudoning ismi, Isoning tili va arab tiliga 
tegishli tildir. • Yagona Haqiqiy Tangri islomning Alloh haqidagi noyob tushunchasining 
ko'zgusidir. Musulmon uchun Alloh taolo olamning yaratuvchisi va qo‘llab-
quvvatlovchisidir. U hech kimga yoki hech narsaga o'xshamaydi va hech narsa Unga teng kelmaydi. Sahobalar Muhammad payg‘ambardan Alloh taolo haqida so‘radilar. Va 
Rabbiyning O‘zi darrov ularning savoliga Allohning butun mohiyatini yetkazuvchi va 
tavhid ifodasi bo‘lgan qisqa sura nozil qilib javob berdi. Mehribon va rahmli Allohning 
nomi bilan. “(Ey Muhammad), ayting: U Alloh yagonadir. Allohning o'zi kifoyadir. U 
tug'ilmagan va tug'ilmagan va Unga teng keladigan hech kim yo'q "(Qur'on, 112).
• Kimdir hech qanday asossiz ravishda Islomda Xudo qattiq va shafqatsiz deb e'lon 
qiladi, chunki u Uning irodasiga so'zsiz va to'liq bo'ysunishni talab qiladi va shuning 
uchun ham mehribon va mehribon bo'lolmaydi. Bu odamlar o'zlarining gaplari 
haqiqatdan qanchalik yiroq ekanligini o'zlari ham sezmaydilar! 114 ta sura ichidan faqat 
bittasi “Bismillahir rahmli va rahmli” deb boshlanmasligi yetarli emasmi? 
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan birida shunday 
deyilgan: "Rabbiy odamlarga onaning bolasiga nisbatan ko'proq mehr va mehr 
ko'rsatadi."
• Shu bilan birga, Rabbiy adolatlidir. Zero, gunohkorlar va fosiqlar o‘z jazosini, 
taqvodorlar esa o‘z mukofotini Qodir Tangridan olishlari kerak. Darhaqiqat, Xudoning 
rahmati Uning adolatida to'liq namoyon bo'ladi. Umri bo'yi O'zi uchun o'zini 
chegaralagan va boshqalarga zulm qilganga nisbatan Qodirning munosabati bir xil 
bo'lishi mumkin emas. Ikkalasiga ham teng munosabatda bo'lishni kutish har biriga 
bo'lajak Buyuk Hukmni inkor etishni anglatadi, shuning uchun axloqiy va taqvodor 
hayotga bo'lgan ehtiyoj va istakni bir chetga suradi. Qur'onda bu haqda ochiq aytilgan: 
"Rabbiy odamlarga onaning bolasiga nisbatan ko'proq mehr va mehr ko'rsatadi."
• Shu bilan birga, Rabbiy adolatlidir. Zero, gunohkorlar va fosiqlar o‘z jazosini, 
taqvodorlar esa o‘z mukofotini Qodir Tangridan olishlari kerak. Darhaqiqat, Xudoning 
rahmati Uning adolatida to'liq namoyon bo'ladi. Umri bo'yi O'zi uchun o'zini 
chegaralagan va boshqalarga zulm qilganga nisbatan Qodirning munosabati bir xil 
bo'lishi mumkin emas. Ikkalasiga ham teng munosabatda bo'lishni kutish har biriga 
bo'lajak Buyuk Hukmni inkor etishni anglatadi, shuning uchun axloqiy va taqvodor 
hayotga bo'lgan ehtiyoj va istakni bir chetga suradi. Qur'onda bu haqda ochiq aytilgan: 
• “Albatta, taqvodorlar uchun Robbilari ne’matli jannatlarni tayyorlab qo‘ygandir. 
Musulmonlarni gunohkorlarga tenglashtiramizmi?” (Qur'on 68:34-35).
• Islomda Rabbiy hech qachon odam qiyofasida ko'rinmaydi va hech qachon bir qavmni 
irqi, qudrati, qudrati va boyligi tufayli boshqasidan afzal ko'rmaydi. Inson faqat taqvosi 
bilan Allohning huzurida ajralib turishi va Uning marhamatiga sazovor bo‘lishi mumkin. • Islom nuqtai nazaridan, “Yaxshilik mehnatidan yettinchi kuni dam olgan Rabbiy, 
jangchilaridan biri bilan jang qilishi, insoniyatga qarshi fitna uyushtirishi yoki inson 
tanasidagi Rabbiyga” kufrdir. 
• “Alloh” so‘zining Alloh taoloning o‘ziga xos ismi sifatida o‘ziga xos tarzda 
qo‘llanilishi Unga bo‘lgan iymonning pokligi muhimligini ko‘rsatadi, bu esa barcha 
payg‘ambarlar ta’limotining mazmuni edi. Shuning uchun islomda Allohga sherik bo'lish 
o'limli gunoh sanaladi, U hech qachon kechirmaydi.
• Yaratguvchi o‘z ijodlaridan farqli bo‘lishi kerak, chunki bir xil mohiyatga ega bo‘la 
boshlasa, u abadiy bo‘lmaydi va yaratuvchiga muhtoj bo‘ladi. Demak, Unga o'xshash 
hech narsa yo'q - U abadiydir. Agar U abadiy bo'lsa, u hech qachon tug'ilmagan va 
yaratilmagan. • U hamisha mavjud bo‘lgan, shuning uchun ham uning mavjudligini 
davom ettirishga hech narsa yordam bermaydi – U O‘ziga yetarli! U mavjudlikni davom 
ettirish uchun hech kimga muhtoj emas, demak, uning oxiri bo'lishi mumkin emas, 
shuning uchun U o'ziga etarli, o'z-o'zidan mavjud va abadiydir yoki agar Qur'onga 
murojaat qilsa, Al-Qayyum "Birinchi va oxirgi". .
• Yaratguvchi keyin ketish uchun yaratmaydi. U jonzotlarga g'amxo'rlik qiladi, ular bilan 
sodir bo'lgan hamma narsani keltirib chiqaradi, keyin esa bu hayotni oladi. • “Alloh har 
bir narsaning yaratuvchisidir. U har bir narsaning qo'riqchisi va qo'riqchisidir. U osmon 
va yerning kalitlariga ega. Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlar esa ziyon 
ko‘rguvchilardir” (39:62-63).
• Shuningdek:
• “Yer yuzida biron bir jonzot yo qki, Alloh taolo uni rizqiga bermasa. Alloh ularning ʻ
yashash joylarini va saqlash joylarini biladi ... "(Qur'on 11: 6).
Ohirat (arab. ạlạk r  - oxir, oxirgi, kelajak hayot) - islom esxatologiyasida boshqa dunyo, 	
ẖ ẗ
inson uchun yagona abadiy va muhim hayot. Arabcha “ahira” so‘zi “oxir”, “keyin 
bo‘ladigan narsa”, “oxirgi kun” degan ma’nolarni bildiradi. Musulmonlar bu so'zni bu 
yerdagi dunyoning oxiri, shuningdek, o'limdan keyin boshlanadigan yangi, cheksiz hayot 
deb atashadi.
Ohirot dunyoning Kichik (o'lim) yoki Buyuk oxiri bilan boshlanadi, qiyomat kunini 
(qiyomat), jannatni (jannat) va do'zaxni (jahannam) o'z ichiga oladi. Isrofil farishta 
karnayining birinchi chalinishidan ikkinchi sura chalinguniga qadar davom etadigan vaqt 
oxirzamonning buyuk davri deyiladi[1]. Ahirat yerdagi hayotga (dunyoga) qarshidir. Oxira so'zining sinonimi al-mad atamasi. Er 
yuzidagi hayotni oxiratga qarama-qarshi qo'yish tushunchasi Muhammad payg'ambarning
va'zlarida asosiy g'oyalardan biri bo'lib, u o'z vatandoshlarini barcha qilgan ishlari uchun 
javob berishga majbur bo'ladigan dunyo borligiga ishontirishga harakat qilgan. 
Musulmon ilohiyotida oxira tushunchasining rivojlanishi abadiy dunyo (dor al-baqo) va 
yerdagi hayotga (dor al-fana) qarshi turish, shuningdek, oxira (jannat, do'zax, jannat, 
do'zax) haqidagi fikrlarni batafsil bayon etish yo'nalishida olib borilgan. tirilish, qiyomat 
kuni va boshqalar)[2] .
Boshlanish vaqti
Qiyomatning aniq vaqtini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Musulmonlar Alloh taolo
tomonidan aniq vaqtni yashirishning hikmati (hukmi) odamlarning unga doimo tayyor 
bo'lishlaridadir, deb hisoblaydilar[31]. Ko'p odamlar payg'ambarlaridan bu kunning 
kelishi haqida so'rashdi, ammo hech kim ularga aniq sanani aytmadi. Qur'onda bu haqda 
shunday deyilgan: "Ular sendan qiyomat haqida: "Qachon bo'ladi?" deb so'rarlar. Ayting:
"Albatta, bu haqdagi bilim faqat Robbimga xosdir. Uning kelishi vaqtini Undan boshqa 
hech kim oshkor eta olmaydi. Qiyomat (qiyomat)dan keyin mo'minlar jannatga boradilar,
gunohkorlar esa do'zaxda abadiy yonadilar. Jannatda insonlar Alloh taoloning o'zlari 
uchun tayyorlagan ne'matlaridan abadiy bahramand bo'lishadi. Jannat ahli uchun asosiy 
mukofot Rabbiyning tafakkuri bo'ladi[4]. Alloh taolo jannat va do‘zaxni maxluqot 
yaratilishidan oldin yaratgan va ular halok bo‘lmaydi[5].
Qiyomat (arab. ywm ạlqyạm , yaum al-qiyamah — tik turgan kun) — islom ẗ
esxatologiyasida Alloh taoloning hukmi kuni, barcha insonlar qilmishlari uchun jazo 
oladigan kun. Qiyomat kuniga iymon keltirish islom dinining muhim unsurlaridan biridir.
Qiyomat Isrofil farishta tomondan ikki karnay ovozi (surasi) bilan boshlanadi. Birinchisi, 
Allohning barcha yaratganlarini yo'q qilishini, ikkinchisi - insoniyatning tirilishi va 
Xudoning hukmining boshlanishini e'lon qiladi. Qiyomat kuni barcha maxluqotlar Alloh 
taolo huzuriga kelib, qilgan amallari uchun javob beradilar. Qur'on va Muhammad 
payg'ambar sunnatlarida qiyom haqida ko'p gapirilgan.
Bu bilim osmonda va erda og'irdir. Bu to'satdan keladi ». Bu haqda bilgandek so'rashadi. 
Ayting: «Albatta, bu ilm faqat Allohnikidir, lekin odamlarning ko'plari buni bilmaydilar».
Qiyomatning Katta Alomatlari
Muhammad payg'ambarning sunnatlarida qiyomat boshlanishining o'nta buyuk alomati 
keltirilgan: 1. Quyoshning g‘arbdan chiqishi;
2. Tumanning (ruhning) tushishi;
3. Dabbat al-Arz jonzotining ko‘rinishi;
1. Yajuj va Majuj (Ya’juj va Ma’juj) bosqini;
2. Dajjolning ko‘rinishi;
3. Isoning kelishi;
4. Yerning uchta bo'linishi, biri g'arbda;
5. Biri sharqda;
6. Arabistonda bittasi;
7. Adanda odamlarni yig'ilish joyiga olib boradigan olovning chiqishi
truba ovozi
Qiyomat arafasida (Yaum al-Qiyama, arabcha ywm ạlqy m , qiyomat kuni) odamlar ẗ ẗ
Isrofil farishta tomonidan chalinadigan Suur surnayining ovozini eshitadilar.
Karnayning dahshatli ovozi barcha tirik mavjudotlarni o'ldiradi va yer yuzida dahshatli 
bo'ron, kuchli zilzila sodir bo'ladi. Nafaqat odamlarning binolari vayron bo'ladi, balki 
barcha tog'lar yer bilan vayron bo'ladi. Dunyoning oxiri nafaqat Yerga ta'sir qiladi. Butun
olamning uyg'unligi buziladi va kataklizm natijasida butun olam qayta tashkil etiladi. 
Bunday qayta tashkil etish uchun ajratilgan ma'lum vaqtdan so'ng, Isrofil farishta yana 
Su'ur quvuriga puflaydi. Su'urning ikkinchi ovozidan keyin barcha o'liklar tirilib, Alloh 
taolo O'zining adolatli hukmini amalga oshiradigan Mahshar maydoniga chaqiriladi. Har 
bir qayta tirilgan kishiga hayotlik chog‘ida farishtalar tomonidan yozib qo‘yilgan amallari
– “Kiramen Katibin” kitobi beriladi. Tirilganlar ularning qilmishlaridan xabardor bo'lib, 
ular tomonidan hukm qilinadi. 
Islomda eng qiyin mavzulardan biri taqdirdir. Taqdirga ishonish iymon ustunlaridan 
biridir. Ba'zi odamlar o'zlarining gunohlari yoki yomon ishlari uchun taqdirlarini 
ayblashadi. Bu qanchalik to'g'ri? Taqdir nima? Qanday qilib uni to'g'ri tushunish kerak?
Darhaqiqat, taqdir har qanday o'lchovning oldindan belgilab qo'yilgani va har qanday 
masalani hal qilishda to'g'ri fikr yuritishdir. Qur'oni karimda shunday deyilgan: "Albatta, 
Biz har bir narsani o'lchov bilan yaratdik..." "U har bir narsani yaratgan va har bir narsani
o'lchab qo'ygan zotdir"("Qamar" surasi, 49-oyat. "Furqon" surasi, 2-oyat).  Qudratli va  Buyuk Olloh dastlab maxluqotlarning taqdirini va sodir bo'ladigan hamma narsani 
oldindan belgilab qo'ygan. Shunday qilib, keling, "taqdir" tushunchasini aniqlaylik.    
Birinchidan, Alloh taolo insonni yaxshilikka ham, yomonlikka ham majburlamaydi. Va 
har bir inson tanlash huquqiga ega. Alloh taolo bizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun 
Qur’oni karim va uning elchilarini yubordi. Insonga yaxshilik va yomonlik o'rtasida 
tanlov berilgan. Agar u to‘g‘ri yo‘lni tanlasa, bu dunyoda ham, boqiy dunyoda ham katta 
foyda oladi. Va agar uning tanlovi boshqacha bo'lsa, u bu dunyoda Allohning g'azabini, 
notinchligini oladi va bu faqat oxiratda abadiy azobga olib keladi. Va asosiysi, bunga 
ishonish yoki ishonmaslik. Ikkinchidan, qismat Alloh taolo tomonidan belgilab qo‘yilgan
taqdirdir va u yaratilishidan avval hamma narsani va hamma narsaning vaqtini biladi, 
so‘ngra o‘zi bilgan narsasini yaratdi va sodir bo‘layotgan hamma narsa Uning ilmi, 
qudrati va oqibatidir. istak va u qiyomat kunigacha va undan keyin ham davom etadi.
Inson taqdiri Alloh taolo insonni aqlli qilib yaratgani va tanlash huquqini bergani uchun 
uning taqdiri ham boshqa maxluqlardan farqli ravishda g'ayrioddiydir. Inson taqdirini 
ikki jihatdan ko'rib chiqing: Nima sodir bo'lishi insonning irodasi bilan emas. Erkak yoki 
ayol tomonidan yaratilishi, baland yoki pastroq, ochiq yoki qora tanli - ya'ni bu insonning
irodasi bilan sodir bo'lmaydigan hodisa. Inson qiyomat kunida buning uchun so'ralmaydi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, insonga tanlash huquqi berilgan holatlar mavjud. Masalan, ota-
onadan ayrilib, yetim qolish insonning irodasi bilan bo‘lmagan taqdir. Ammo bu erda 
sabr-toqat ko'rsatish, azob-uqubatlarga va his-tuyg'ularga berilmaslik, qudratli Allohga 
tayanib, kuchli bo'lish - bu insonning tanlovidir. Undan yetim bo'lgani uchun so'ralmaydi,
balki o'z irodasiga ko'ra va insonning xohishiga ko'ra nimani tanlagani so'raladi.  
Insonning irodasiga ko'ra sodir bo'ladigan narsa. Hech kim yaxshilik yoki yomonlik 
qilishga majbur emas. Chunki inson tanlash erkinligiga ega. Misol uchun, ertalab erta 
yoki kech uyg'onish uning tanlovidir. Keyin tahorat olib, o'z ixtiyoriga ko'ra namoz 
o'qing. Kim o'qishni xohlaydi. Kim xohlamasa, o'qimaydi. Shuningdek, yagona Ollohga 
ishonish va musulmon bo'lish yoki qilmaslik ixtiyori ham Unda qoladi. Lekin Alloh taolo
hammaga to‘g‘ri yo‘lni ham, to‘g‘ri yo‘lni ham ko‘rsatgan. Hatto haq va zalolatga 
ergashgan kimsalarning ahvoliga ham ishora qildi.
    Bu haqda Qur’oni Karimda: “Kim yaxshi amal qilsa, o‘zi uchun yaxshilik qilgan 
bo‘ladi. Kim yomonlik qilsa, o'ziga yomonlik qilgan bo'ladi. Robbing bandalariga zulm 
qilmas” (Fussilat surasi, 46-oyat).    Taqdirni o'z qo'lingizda yaxshi tomonga o'zgartiring! 
Ochig'i, to'g'ri yo'lni tanlab, unga ergashsak, ikki dunyo saodatini topamiz! Alloh bizlarni
to'g'ri yo'lga hidoyat qilsin! Demak, rizq faqat Alloh taolodan tushadi. Hech narsa bizning
taqdirimizning manbai emas: na ish, na aloqalar, na fenomenal qobiliyatlar, na boshqa  hech narsa. Faqat Alloh taolo rizq beradi va uni mahrum qiladi. Alloh taologagina xos 
bo‘lgan xislatlardan Ar-Roziq, ya’ni meros beruvchidir.
3. Noan anaviy e tiqodlar: xorijiya, mu taziliya, qarmatiya harakatlari.ʼ ʼ ʼ
Xorijiylar,  "Xaraja" - "fe'lidan chiqmoq" mazmunida bo'lib, "xorijiylar ajralib 
chiqqanlar", "isyonchilar" ma'nosida keladi. Islomdagi ilk diniy-siyosiy oqim hisoblanib, 
xalifa Ali ibn Abu Tolib va Muaviya tarafdorlari bilan xalifalikda hukmronlik uchun 
kurash ketayotgan bir davrda vujudga keldi. Siffin yaqinida 657 yili xalifa Ali Muaviya 
tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko'nishi uni haqiqiy vorislik 
huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarning o'rtasida norozilik tug'irgan. Qo'shinning bir
qismi (12 ming kishi) xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib Kufadan Harura 
degan qishloqqa ketadilar. Shuning uchun ba'zi ilk manbalarda ular haruriylar, deb ham 
yuritiladi. 
Yo'nalish ta'limoti: xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va unga bo'ysunadi, har 
qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki habash bo'lsa ham) xalifa bo'lib saylanishi 
mumkin, agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo'shatiladi va 
hatto qatl qilinadi. E'tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. E'tiqodsiz va 
gunohkor kishilarni jazolashda murjiiylar tarafdorlari (jazo muddatini kechiktirish)ga 
qarshi turganlar. 
Mu’taziliylarlarning kalom ilmi 9 asrning 1-yarmida ravnaq topdi. Ammo, xalifa al-
Mutavakkil (847-861) davrida quvg’in ostiga olindi.
Ma’lum vaqtgacha sunniylikda -  mu’taziliylarning falsafiy dalillariga qarshi kurashda 
g’oyaviy qurol ro’lini o’ynashi mumkin bo’lgan aqoidlar tizimi mavjud emas edi va faqat
Qur’on va hadislarga havola qilish bilan cheklanilardi. Aynan mu’taziliylar o’zlarining 
mantiqiy-falsafiy isbotlash uslublari bilan haqiqiy islo yo’li shakllanishiga bevosita ta’sir 
ko’rsatdi. Bunday tizim 10 asrga kelib ishlab chiqildi va uni Kalomni aqidaparastlar bilan
murosaga keltirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan al-Ash’ariy (873-935) va al-
Moturidiy (870-944) amalga oshirdilar. Natijada kalomning Ash’ariy va Moturidiylik 
maktablari vujudga keldi.
Mashhur musulmon ulamolari ilmi kalom haqida o’z zamonlari va bilimlariga qarab 
turlicha fikr bildirganlar. Imom Abu Hanifa ilmi kalomda “al-Fiqhul Akbar” nomli kitob 
yozgan va “dindagi fiqh – ilmdagi fiqhdan afzaldir. Chunki, dindagi fiqh asldir. Ilmdagi 
fiqh far’dir. Asl far’dan afzalligi ma’lumdir” degan. Imom Molik, Ahmad ibn Hanbal, Jaloliddin Suyutiy va Ibn Abdul Barrlar ham bu ilm 
haqida salbiy fikrda bo’lganlar.
Imom Abul Hasan al-Ash’ariy ilmi kalomni madh etib kitob yozgan. Imom G’azoliy 
o’rtacha yo’l tutgan va ilmi kalomda yaxshi taraf ham salbiy taraf ham borligini ta’kidlab,
u bilan faqat mutaxassis olimlar mashg’ul bo’lishi kerakligini uqtirgan. Bu fikrlarni 
tadqiq qilib o’rgangan olimlar, ilmi kalomni, xususan, undagi adashuvlarni tanqid 
qilganlar. Uni madh qilganlar esa, foydali taraflarini e’tiborga olganlar.shuning uchun uni
foydali taraflaridan ko’p narsani o’rgansa bo’ladi, deydilar.
Boqiloniy (1013 y. v.e.), ibn Furq (1015 y. v.e.), Abu Ishoq Isfaro’iniy (1027 y. v.e.), 
Abdul Qohir Bog’dodiy (1037 y. v.e.), Juvayniy (1085 y. v.e.), Shahristoniy (1153 y. 
v.e.), Faxriddin Roziy (1209 y. v.e.) kabi ash’ariylar maktabining taniqli vakillari zohiran
o’zlarini mu’taziliylarga qarshi qo’yib hanbaliylar bilan murosa qilishga intilgan 
bo’lsalarda, dunyoqarashi bo’yicha mu’taziliylarning aql-idrokiga asoslangan yo’lini 
davom ettirdi.
Shialik yo'nalishidagi mazhablar:  Ismoiliy mazhabi - shia yo'nalishining Ismoiliy 
mazhabi X-XI asrlarda Yaqin va O'rta Sharqda keng tarqalgan. Mazkur mazhabning 
vujudga kelishi arab xalifaligida sinfiy ziddiyatlarning hamda feodal guruhlar o'rtasida 
kurash va xalq qo'zg'olonlarining kuchayishi bilan bog'liq. Abbosiylarga qarshi kurashni 
davom ettirish tarafdori bo'lgan bir guruh shialar oltinchi imom Ja'far as-Sodiqning katta 
o'g'li Ismoil atrofiga jipslashdilar. IX asr oxirlariga kelib, ismoiliy oqimi mustaqil mazhab
sifatida tashkil topdi. Ularning ta'limoti avvalo ikkiga: zoxiriy (ochiq) va botiniy (maxfiy)
ta'limotlarga bo'lindi. 
Hozirgi davrda nizoriy mazhabi Suriya, Eron, Pokiston, Afg'oniston shimolida, Pomirda, 
musta'liy mazhabi esa Yaman, Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya va Livanda 
saqlanib qolgan. 
Qaramatiy mazhabi, Qaramatiy (ko'pligi qaromatiy)lar shia mazhabidagi ismoiliylarning 
asosiy shohobchalaridan biri bo'lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan, Suriya va 
Yamanda tarqalgan. Ular asosan dehqonlar, ko'chmanchi badaviylar va hunarmandlardan 
tashkil topgan. Ular Islom qonun-qoidalariga itoat etmaganlar, ularda masjid bo'lmagan, 
musulmonlar ziyoratgohi Qora tosh (Ka'ba)ga ziyoratni, unga sig'anishni bid'at, 
budparastlik, deb hisoblaganlar. 899 yili Baxraynni bosib olib, Al-Axso (Sharqiy 
Arabiston)da o'z davlatlarini tuzganlar. Ularning rahnamosi Hamadon ibn al-Ash'asshshg 
o'g'li Abu Tohir Sulaymon (914-943) davrida qaramatiylar 930 yili haj vaqtida Makkaga 
bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini  qatl etib, asirga olganlar. Ka'bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo'lib, Baxraynga olib 
ketganlar, faqat 20 yildan keyin katta to'lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan. 
Rofiziy mazhabi, Rofiziylar (ko'pligi ravofiza) shialarga, ayniqsa, imomiylarga mansub 
laqab bo'lib, "inkor etuvchilar", "tan olmovchilar" ma'nolariga ega. Bular Muhammad 
(s.a.v.)dan keyingi chahoryor xalifalardan Abu Bakr va Umar hokimiyatini tan 
olmaydilar, payg'ambar o'zidan keyin Hazrati Alini voris qilib qoldirgan, deb da'vo 
qiladilar. Ali avlodlaridan bo'lmish, hazrati Alining nabirasi Zayd ibn Ali (699-740) 
davrida rofiziylarning uning nomi bilan bog'liq zaydiya shia harakati paydo bo'ldi. Zayd 
739 yili Kufada Umaviylarga qarshi qo'zg'olon ko'tardi, shialar uning atrofiga yig'ilib, uni
imom deb e'lon qildilar. 10 oydan keyin Zayd qo'zg'oloni bostirilib, Zayd 740 yili 6 
yanvar kuni jangda halok bo'ldi, tanasini butga tortib mixladilar, boshini qirqib, 
Damashqqa, xalifa Hishomga (724-743) yuborishdi. Zaydiya oqimi paydo bo'lgandan 
keyin rofiziylar nafaqat Abu Bakr va Umar, balki Umaviy va Abbosiylar xalifaliklarini 
ham inkor etib, faqat imomiylarnigana tan oldilar. 
Zaydiy mazhabi,  Zaydiy mazhabi VIII asr o'rtalarida shialikda vujudga kelgan oqim 
bo'lib, u shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali nomi bilan 
atalgan. 
Muhammad al-Bokirning sustligidan norozi bo'lgan shialar ichidan Zayd o'z 
tarafdorlarini to'plab, 739 yilda Umaviy hokimiyatiga qarshi isyon ko'targan, 740 yilda 
xalifa Hishom qo'shinlari bilan bo'lgan jangda halok bo'lgan. Uning tarafdorlari keyin 
ham oliy hokimiyatni Ali avlodiga berishni talab qilib, Eron, Yaman va boshqa 
davlatlarda isyon ko'targanlar. 
Ular Zaydni 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Zaydiylar 
o'z aqida va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o'rtasida turib, har ikkala oqimga 
nisbatan murosasozlik yo'lini tutadilar. Ular yashiringan imom Mahdiyga 
ishonmasliklari, Alidan oldingi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la'natlamasliklari,
muta nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig'inishni hamda 
darveshlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar. 
Ja'fariy mazhabi, Ja'fariy mazhabi shia yo'nalishidagi diniy-huquqiy tizimga kirib, 12 
imomga e'tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimidir. Imomiylar 6-imom Ja'far as-
Sodiq (vafoti 765 yil)ni shialik fiqh tizimining asoschisi deb biladilar. Aslida bu tizim bir 
qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan IX-X asrlarda ijtihod qilingan bo'lib, bunda 
imom Ja'farning deyarli roli bo'lmagan, undan fiqh va ilohiyotga oid hech qanday asar 
qolmagan. Shunga qaramay, shialik diniy-huquq majmuasi hozirgacha ham ja'fariya, deb 
nomlanadi.  Ja'fariya XVI asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquq tizimiga aylangan. Eron va 
Iroqdagi shialar o'rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta'sirga ega. Shialikdagi 
mazhablardan birining nomi, o`n ikki imomga e’tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy 
oqimi «ja’fariylar» deb ataladi. Oltinchi imom, shialik fiqhi asoschisi Ja’fari Sodiq nomi 
bilan bog`liq. Shialikning diniy-huquq majmuasi hozirgacha «ja’fariya» deb yuritiladi. 
Ja’fariya milodiy 16-asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquqiy tizimga aylangan. 
Eron va Iroqdagi shialar o`rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta’sirga ega.
Zaydiylar. Milodiy sakkizinchi asr o`rtalarida shialikda vujudga kelgan bir firqa 
tarafdorlari «zaydiylar» deb atalgan. Bu firqaga shialarning beshinchi imomi Muhammad
Boqirning ukasi Zayd ibn Ali asos solgan. U imomlikka da’vogar bo`lib, milodiy 739 yili
Kufada umaviylar hokimiyatiga qarshi isyon ko`targan. Xalifa Hishom isyonni bostiradi, 
Zaydning o`zi jangda halok bo`ladi. Zaydiylar Ajamdan bir payg`ambar kelishiga va u 
Payg`ambarimizning (s.a.v.) shariatlarini nasx (bekor) qilishiga ishonganlari uchun 
Islomdan tashqarida qoldi, kufri vojibdir deyiladi.
Islom oqimlari va yo‘nalishlarining paydo bo’lishi sabablari, e tiqodidagi ʼ
bo‘linishlarning sabablari va oqibatlari.
Islomning lug'aviy ma'nosi "Buyuruvchining farmoni va taqiqiga e'tirozsiz bo'ysunish 
hamda uni buyurilgandek bajarish", demakdir. Islomning istilohniy ma'nosi Alloh 
tarafidan yuborilgan barcha payg'ambarlar insonlarga Islom dinidan ta'lim berganlar. 
Alloh taologa, Uning sifatlariga, oxirat kuniga payg'ambar yo'llagandek ishonish, 
kitoblarini tasdiqlab, ular ravshanlantirib bergan to'g'ri yo'ldan borish, Yaratganni yagona
bilib, Undan boshqasiga ibodat qilmaslikdir. 
Shariat - to'g'ri yo'lga solmoq, qonunchilik yo'naltirmoq, ibodat yo'llari, hayotiy va 
ijtimoiy qoidalar, kishilar orasidagi munosabat va muammolar, halol bilan haromni 
ajratib bermoqdir.
Qur'on va sunnatning hukmlaridan olingan mana shu qonunlar fiqh ilmi, deyiladi. 
Istilovda "fiqh" "Alloh taolo o'z payg'ambari Muhammad (S.A.V.) orqali nozil qilgan 
shariatni teran fahmlamoq" ma'nosini bildiradi. "Fiqh"ning shariat istilohidagi boshqa 
ta'rifida "Shar'iy dalillardan qar'iy hukmlar chiqarishdir", deyiladi. Bu ta'rifdagi "shar'iy 
dalil" Qur'oni karim va hadisi sharifdir. "Shar'iy hukm" esa umumiy hukmdan kelib 
chiqadigan xususiy fikrdir. Shariatda shar'iy hukmlar asosan ibodat va muomalotlarda 
namoyon bo'ladi. Zamonlar o'tishi bilan, Al-istinbat - chiqarib olish, sug'urib olish 
uslublari shakllana bordi. Ijtihod qilish natijasida qat'iy dalolat qilib berilmagan hukmlar,  fikrlar xususida ijmo - ya'ni, yetuk ulamolarning o'zaro kengashib bir fikrga kelishlari 
taomilga kira boshladi. Shu tariqa qiyoslash orqali va yuqorida aytilganlar bilan birga 
yangi bir fan - usuli fiqh - ya'ni, musulmon huquqshunosligi vujudga keddi. Mazhab so'zi
arabcha “yo'nalish” ma'nosini bildirib, Islom atamashunosligida biror diniy masala, 
muammo bo'yicha muayyan ulamo fikriga ergashish, "uning yurgan yo'nalishidan borish"
(arabcha - zaxaba 'ala mazhabixi)ni bildiradi. 
Mazhablarning paydо bo’lishi: hanafiylik, mоlikiylik, shofеiylik va hanbaliylik.  
1.Hanafiylikdagi mashhur kitoblar: Muhammad bin al-Xasan ash-Shayboniyning (vafoti 
805 yil) "Kutub Zaxirurrivoya" nomli kitobi. Keyinroq uning muhim qismlarini Abul 
Fodi al-Marvazi "Al-Kofiy" asarida yanada tartibga soldi. Unga Shamsuddin as-Saraxsi 
(vafoti 1090 yil) "Al-Mabsut" nomli sharh yozdi. 
2. Molikiylikda Molik ibn Anasning "Al-Muvatta" ("Ommaviy", ya'ni "Barchaga 
tushunarli") kitobi asosiy asardir. Undan tashqari Abdussalom Saxnumning (vafoti 854 
yil) "Al-Mudavvana al-Kubra" asari alohida o'rin tutadi. 
3. Shofe'iylikda «Al-Umm» kitobi asosiy manbadir. 
4. Hanbaliylikda Ahmad ibn Hanbalning «Al-Musnad» asari bosh manba sifatida 
qaraladi. 
Hanafiylik, No'mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati VII va IX asrning 
birinchi yarmida fiqhda o'ziga xos tushunchalar, ifoda - til va uslubiyat shakllandi. Fikh 
paydo bo'lishining ilk davridayoq, ikki yo'nalish maydonga chiqa boshladi. Ulardan biri 
Iroq maktabi bo'lib, u yana "mustaqil fikr yuritish tarafdorlari" (ashob-ar-ra'y), ikkinchi - 
Madina maktabi esa "hadis tarafdorlari" (ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi 
farq - maktablar o'z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari 
hamda ularga meros bo'lib qolgan huquqiy an'analar bilan belgilanadi. 
"Ashob ar-ra'y"ning yorqin vakili, hanafiy mazhabi asoschisi Imom A'zam Abu Hanifa 
(r.a.) hisoblanadi. 
Hanafiya Islomdagi eng ko'p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu Hanifa 699-767 
yillarda yashagan. Ma'lumki, huquqshunoslik markazlaridan biri Iroqdagi Kufa shahri 
bo'lgan, Payg'ambarimizning sahobalari Abdulloh ibn Mas'ud (vaf. 653 y.) u yerga faqih 
va muallim sifatida Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaho 
sifatida tan olindi va ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn Abu Sulaymon (738 
y.) mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustozi bo'lgan.  Abu Hanifa kufalik bo'lib, o'zining ismi No'mon ibn Sobit edi. O'ziga to'q ipak sotuvchi 
xonadonida tavallud topgan. A'lo ta'lim olib, yoshligida so'nggi sahobalarning suhbatini 
olgan. 22 yoshida mashhur huquqshunos Hammod ibn Abu Sulaymonning shogirdi va 
uning davrasida 18 yil tahsilda bo'ladi. Ustoz vafotidan so'ng 10 yil davomida ushbu 
to'garakka rahbarlik qiladi. U Kufa va Basraning eng obro'li faqihi hisoblangan. 747-748 
yili uni davlat xizmatiga chorlagan Iroq hokimining zulmidan qochib, Makkaga ko'chib 
o'tadi. Hokimiyatga Abbosiylar kelgach, Iroqqa qaytadi va boy tojir hamda nufuzli olim 
sifatida hayot kechiradi. Xalifa Mansur (754-775) Bag'dodda unga qozi yoki boshqa 
yuksak martabani egallashni taklif etganida qat'iyan rad javobini beradi. Xalifa uning 
irodasini bo'ysundirish uchun yoshi va obro'siga ham qaramay, qamoqqa tashlaydi, hatto 
savalashga buyuradi. Oradan ko'p o'tmay, Abu Hanifa olamdan o'tadi.  
Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta haj qilganligi ma'lum. 
Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish 
imkoniga ega bo'lib, qoida-qonunlarni qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi. 
Hanafiy mazhabi ta'limoti, ilmiy merosi, mazhab izdoshlari Abu Hanifaning huquqiy 
nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o'zga huquqshunoslardan farq 
qiladi. U birinchi bo'lib bitimlarga oid qoidalarni ishlab chiqqan. Ular salam va murobaha
bitimlarida o'z aksini topgan. Salam bitimi keyinchalik yetkazib beriladigan mol-
mahsulotga darhol pul to'lashni ruxsat etgan. Ilgarigi qonunlar tovarni pulga bir paytning 
o'zida ayirboshlashni nazarda tutardi. Murobaha bitimi esa bir savdogar ikkinchisiga 
biron narsani sotishda oldingi, o'zi olgan narx ustiga shartlangan foyda bilan sotishni 
ruxsat etgan va shu tariqa sudxo'rlikning oldi olingan. Shaxsiy huquq doirasida Abu 
Hanifa erkin qizcha vositachisiz turmushga chiqishini ruxsat berdi, biroq keyinchalik 
hanafiy mazhabi bu huquqni faqat ilgari erga tekkan ayolga kafolatladi. Abu Hanifa 
fikricha, balog'at yoshiga yetgan inson mustaqil bo'lib, o'z mulkini o'zi xohlagan tarzda 
tasarruf etishi mumkindir. 
Uning shogirdlaridan “Assohibon”, deb nomlangan Abu Yusuf va Muhammad ibn Hasan
ash-Shayboniylar mazhab ta'sirini o'z asarlari va Abbosiylar davlatidagi yuksak 
maqomlari tufayli keng masofalarga yoyishga erishdilar. Abu Yusuf (731-798) 
Bag'dodda qozi etib tayinlangan, keyinchalik birinchi Qoziu al-quzot (bosh qozi) sifatida 
xalifalik hududlarida qozilar tayinlash huquqiga ega bo'lgan. Uning "Kitob al-Xaroj" 
asari xalifa Xorun ar-Rashid uchun soliqlar to'plash va davlatniyg moliyaviy masalalari 
bo'yicha qarorlar to'plami vazifasini o'tagan. Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy 
(749-804) hanafiy mazhabining huquqiy nazariyasini yozib qoldirgan allomadir. U 
hanafiy fiqhi hamda Madinada Molik ibn Anas qo'lida ta'lim olgan. Muhammad ash-
Shayboniy qisqa muddat qozi bo'lgan, so'ngra xalifa Xorun ar-Rashid bilan Xurosonga  borib, o'sha yyerda vafot etgan. U yozgan oltita kitob ("Al-Mabsut", "Al-jomi al-kabir", 
"Al-jomi as-sag'ir", "As-siyar al-kabir", "As-siyar as-sag'ir" va "Az-ziyodot") X asrda 
Abu-l-Fadl al-Marvaziy (Al-Hokim ash-Shahid nomi bilan ma'lum alloma) tomonidan 
"Al-Kofiy" unvoni bilan bir jildga to'planadi. 
Molikiy mazhabi,  Bu mazhab Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Hijoz yoki 
Madina mazhabi sifatida nomlangan va uning aqoidi ko'pinchalik Umar ibn Xattob, 
Abdulloh ibn Umar, Zayd ibn Sobit, Payg'ambarimiz (s.a.v.) amakilari Abbos va umr 
yo'ldoshlari Oisha faoliyatlari bilan bog'lanadi. Mashhur namoyondalar orasida Ja'far as-
Sodiq (vaf. 765 y.) ham bo'lib, keyinchalik u shialikning ja'fariya mazhabiga nom bergan.
Molik ibn Anas al-Asbaxiy 713 yili Madinada kamon o'qlari yasovchi oilasida tavallud 
topib, o'zi ipak matolari savdosi bilan shug'ullangan, bolaligidan qarindoshlari qo'lida 
islomiy ilmlarni o'rgangan. Shu yyerda 795 yili vafotiga qadar yashagan va uni faqat 
Makkaga hajga borish uchungina tark etgan. Shu tufayli u Madina ahlining ramziga 
aylangan. Madina imomi sifatida tan olingan Molik hech bir siyosiy oqimlarga 
aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi bo'lmagan. Bahsar va ilmiy 
munozaralarda qatnashmagan, chunki "Ilm — xo'rozlar va qo'chqorlar orasidagi urush 
emas", deb hisoblagan. Paygambar, sahobalar va tobe'inlarning fiqhga oid qarashlari, 
qarorlari va qavllarini o'zining "Al-Muvatta'" kitobida jamlagan. Aytishlaricha, bu asar 
bir nechta matnlarda tarqalgan ekan, biroq bizlargacha ikki varianti: "Hanafiy ash-
Shayboniy" va Yaxyo al-Laysiy (vaf. 848 y.) asarlari hamda ularga yozilgan izohlar yetib
kelgan hamda tunislik Ali ibn Ziyod (800 y.) talqinidagi nusxaning qismlari saqlanib 
qolgan. 
Huquqshunoslik sohasida molikiy mazhabi o'z yo'nalishiga ko'ra, alalxusus, ayolning 
jamiyatdagi o'rniga munosabatiga ko'ra, hanbaliy mazhabiga yaqin turadi. Shuningdek, 
molikiy mazhabida ota yoki otaning otasiga o'z bokira qizi yoki nevarasini, uning 
roziligisiz, ayrim hollarda esa uning xohishiga qarshi ravishda ham erga berish huquqi 
berilgan edi. Hanafiy mazhabi bunday holatga yo'l bermaydi. 
Molikiy mazhabining vatani Madina bo'lgani uchun uning Hijozda tarqalishi tabiiy edi. 
Har yili haj mavsumida Shimoliy Afrika va Andalusiya olimlari Madina ulamolari bilan 
aloqa qilgani tufayli bu mazhab u yerlarga ham yoyilib, Andalusiyada zohiriy mazhabini 
siqib chiqardi. Molikiy mazhabi hozirgi kunlarda ham Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyada 
yetakchi mazhab sifatida saqlanib kelmoqda. Shuningdek, u yuqori Misr va Sudan hamda
Baxrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytga o'z nufuzini yoydi. Boshqa qator 
mamlakatlarda ham muayyan miqdorda molikiy mazhabining izdoshlari mavjud.  Shofe’iy mazhabi,  bu mazhab jug'rofiy mintaqa mahsuli bo'lmasdan, ikki o'zga mazhab 
bilan yaqindan tanish, Payg'ambar ajdodi Hoshimning akasi Al-Muttalib avlodidan 
bo'lgan Muhammad ibn Idris ibn al-Abbos ibn Usmon ibn Shofe'iy uning asoschisi bo'ldi.
Shofe'iy 767 yili Falastin (G'azza)da tug'ilib, 820 yili Misrda vafot etdi. Shofe'iy "Al-
Umm" nomli kitobni yozib [ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, kitobni uning shogirdi Ar-Rabiy 
ibn Sulaymon (884 y.) yozgan], unda nafaqat shofe'iy mazhabi nazariyasini ifodalagan, 
balki o'zga mazhablar orasidagi ko'plab farqlarni ham izohlab bergan. Mazkur yetti jildlik
kitobda turli huquqiy masalalar, Ali va Ibn Mas'ud orasidagi ixtilof, Shofe'iy va Molik 
qarashlari orasidagi farq Ash-Shayboniy tomonidan Madinaga xos ayrim nazariyalarining
rad etilishi o'z aksini toptan. 
Misr mazkur yangi mazhabning vatani bo'lgani uchun u yyerda bu ta'limot chuqur ildiz 
otgani tabiiydir. 1517 yili Usmoniy turklar tomonidan Misrga hanafiy mazhabi kiritiladi. 
Hozirgi kunda sud mahkamalarida shaxsiy maqom borasida hanafiy mazhabi tatbiq 
etilsa-da, ko'p misrliklar, ayniqsa, qishloq joylarda o'z diniy urf-odatlarida shofe'iy 
an'analariga sodiq qolganlar. Falastin va Iordaniyaning aksariyat musulmonlari, Suriya, 
Iroq, Hijoz, Pokiston, Hindiston, Indoneziya hamda Eron va Yamandagi sunniy 
musulmonlar ham shunday qiladilar. 
Hanbaliy mazhabi,  Bu shaxsiy mazhab, chunki asosan bir shaxs — Ahmad ibn 
Hanbalning huquqiy qarashlari, qavl va fatvolarini namoyon etadi. Ibn Hanbal 780 yili 
Bag'dodda tug'ilib, shu yyerda 855 yili vafot etgan. Hadis to'plash niyatida Suriya, Hijoz, 
Yaman, Kufa va Basraga ko'p sayohat qilgan va 40 000 dan ortiq hadisni jam etgan olti 
jildlik "Musnad al-Imom Ahmad" asarini yaratgan. 
Bu mazhabning o'zgalarga nisbatan ko'proq hadislarga tayanishi qonun asoslari jihatidan 
farq qiladi. Ular hadislar mohiyatini Qur'on oyatlari martabasigacha ko'tarishgan. 
Hadislarga "qanday?" deb savol bermasdan (bilo kayfa) to'g'ridan-to'g'ri ishonish zarur, 
deganlar. Hanbaliylarga binoan (Ibn Qayyim al-Javziya - 1350 y.) fiqh asoslari beshta: 1. 
Qur'on va sunnat matnlari; 2. Sahobalarning fatvolari; 3. Qur'on va sunnatga muvofiq 
bo'lgan ayrim sahobalarning qavllari; 4. Isnodi zaif yoki xabar beruvchilar soni kam 
bo'lgan hadislar; 5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo'yicha hukm chiqarish. 
Ibn Abd ul-Vahhob keyingi asrlar ulamolari emas, balki Qur'on va sunnatga tayangan 
boshlang'ich Islomning sarchashmalariga qaytishga da'vat etadi. Vahobiylarning 
muvaffaqiyati va XX asr Sa'id oilasining hukumat tepasiga qaytishi Saudiya Arabistonida
hanbaliy mazhabini rasmiy mazhab sifatida ta'sis etilishiga olib keldi. Shuningdek, 
hanbaliylik Qatarda rasmiy mazhab va Falastin, Suriya, Iroq va yana boshqa joylarda o'z 
izdoshlariga ega.  5. Sunniylik va shialik yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi va ular e tiqodidagi farqlar. ʼ
Moturidiylik va ash ariylik maktablari.	
ʼ
Islomda asosan ikki yo'nalish: sunniylik (ahli sunna val jamoa - sunnat va jamoat ahli) va 
shialik (shiat Ali - Ali tarafdorlari) mavjud bo'lib, ularning har birida turli masalalar 
bo'yicha bir qancha mazhablar mavjuddir. Uchinchi yo'nalish xorijiylar (xavorij - ajralib 
chiqqanlar) VII asrning ikkinchi yarmida deyarli bo'linib ketgan. 
Sunniylik yo'nalishi "axri sunna val jamoa", deb ataladi va 4 ta fiqhiy mazhabdan iborat: 
Hanafiy; Shofe'iy; Molikiy; Hanbaliy.
2 ta aqidaviy Ash'ariy; Moturidiy ta'limotiga amal qiladi. 
Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari 
Quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart: 
1. Qur'oni karim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi 
bo'lsa, avvalo Qur'onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo'lsa, hech ikkilanmasdan uni 
qabul qiladi. 
2. Sunnat - Muhammad (S.A.V.) qilgan ishlari va aytgan so'zlari. Hadislarga asosan 
hukm chiqarilganda, ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarurdir. 
3. Ijmo - bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga 
yetgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir. 
4. Qiyos - ya'ni, hukmi vorid bo'lmagan masalani Qur'on va hadisda, shunga o'xshash va 
hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish.
Islomdagi yo`nalishlar. Siyosiy  partiya, harakat, firqa  va  guruhlar. Aqidaviy ta’limotlar.
Fiqhiy mazhablar. Islomdagi ilk bo`linishlarning boshlanishi. Hokimiyat masalasidagi 
turli fikrlar. Siffin voqeasi. Xorijiylik yo`nalishi va ta’limoti. Mo`’taziliylik asoschisi  va 
ta’limotlari. Shia yo`nalishining  mazhab va ta’limotlari. Ismoiliya. Qarmatiylik  ta’limoti
va harakatlari. Sunniylik aqidasi va mazhablari. Hanafiylik mazhabi. Tasavvuf yo`nalishi 
va tariqatlari. Yassaviya, Kubraviya, NAQSHbandiya  tariqatlari. Zamonaviy sufiylik  
ta’limotlari. Moturidiya va Ash’ariya aqidaviy ta’limotlari.
Vahhobiylik harakatining kelib chiqishi. Vahhobiylikning  Markaziy Osiyoda tarqalishi. 
XX asrdagi islohotchilik harakatlari. Panislomizm, panarabizm, panturkizm 
tushunchalari. Tablig` guruhi. Ixvonul muslimin tashkilotining tuzilishi, turli firqalarga  bo`linishi. Hizbut tahrirning shakllanishi, ta’limoti, maqsadlari. Nurchilik harakatlari, 
maqsadlari. Akromiylik harakatlari va ularning ayanchli oqibatlari. Fundamentalizmning 
vujudga kelishi. Birinchi jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solinishi.
Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omillar. Terrorizmga qarshi kurashda ma’rifiy  
islomning  roli. Radikal diniy oqimlar. Fanatizmning salbiy oqibatlari. Sobiq Ittifoqdan 
keyingi makonda diniy omilning faollashuvi. O`zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida  milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar  tuzishning taqiqlanishi. 
Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarga milliy istiqlol g`oyalarini 
singdirishning ahamiyati.

Islom dinining aqidaviy yo`nalishlari va maktablari . Reja: 1. Kalom ilmining shakllanishi. Ilk aqidaviy adabiyotlarning islom dinining qabul qilinishidagi o`rni. 2. Alloh sifatlari haqidagi g`oyalar. Esxatologiyaning mohgiyati: qiyomat va oxirat dunyosi. Islomda iymon, taqdir, rizq tushunchlarining talqini. 3. Noan anaviy e tiqodlar: xorijiya, mu taziliya, qarmatiya harakatlari. ʼ ʼ ʼ 4. Islom oqimlari va yo‘nalishlarining paydo bo’lishi sabablari, e tiqodidagi ʼ bo‘linishlarning sabablari va oqibatlari. 5. Sunniylik va shialik yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi va ular e tiqodidagi farqlar. ʼ Moturidiylik va ash ariylik maktablari. ʼ Tayanch tushunchalar: Aqida. Kalоm ilmi. Mоturidiylik va ash’ariylik. Aqida ilmining maqsadi. Imоn. Allоhga, farishtalarga, kitоblarga, payg’ambarlariga, оxirat kuniga, yaxshilik va yomоnlik Allоhdan ekaniga imоn kеltirish. Shirk. Kufr. Qiyomat. Jannat va do’zax. Mo’’jiza va karоmat. Qur’оni karim va umuminsоniy g’оyalar. 1. Kalom ilmining shakllanishi. Ilk aqidaviy adabiyotlarning islom dinining qabul qilinishidagi o`rni. Aqida (arab tilida “aqd” - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog’lash, bir-biriga bog`lash ma’nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.) – balog’atga yetgan kishi e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog’lab olib undan ajralishi mumkin bo’lmagan shar’iy e’tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog’liq. Agar aqidasi pok bo’lsa, yo’li to’g’ri bo’ladi, qilgan barcha amallari qabul bo’ladi va bandalik bilan sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Agar aqidasi sof bo’lmasa, buzuq bo’lsa, yo’li noto’g’ri bo’ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo’ladi. Aqida masalasi o’ta muhim bo’lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg’ambar Muhammad (s.a.v)gacha bu masalani Alloh taoloning o’zi ko’rsatib bergan. Odamatodan tortib hozirgacha aqida masalasi bir xil bo’lib kelgan. Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi ko’rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yo’nalishi ilohiyotda e’tirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta:

1 – Allohning yagonaligiga ishonish; 2 – Farishtalarga ishonish; 3 – Muqaddas kitoblarga ishonish; 4 – Payg’ambarlarga ishonish; 5 – Oxiratga ishonish; 6 – Taqdirga ishonish; 7 – Qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish. Shialik yo’nalishi ilohiyotida 5 ta aqida tan olinadi: 1 – Tavhid (Allohning yagonaligiga) ishonish; 2 – Nubuvvat (Payg’ambarga) ishonish; 3 – Adl (ilohiy taqdirning adolatligiga) ishonish; 4 – Imomat (Imomlar hokimiyatini tanish) ishonish; 5 – Maod (Oxiratga) ishonish; Kalom – (arabcha – ravon nutq, so`z, gap, jumla ma’nolarini bildiradi) islom ilohiyot ilmi. Mu’taziliylar paydo bo`lgandan keyin “aqida” ilmining nomi “kalom” deb atala boshlangan. 8 asrda Arab xalifaligida paydo bo’lgan. Kalom islom diniy ta’limotini asoslashga harakat qiladi. Kalom tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. Kalom turli diniy-siyosiy guruhlar (xorijiylar, qadariylar, jabariylar, murji’iylar va hak.) paydo bo’lishi bilan bog’liq bahslar jarayonida vujudga keldi va taraqqiy qildi. Ulamolar ilmi kalomning ta’rifida ham bir necha xil fikrlar aytganlar. Eng qadimgi ta’rif Abu Nasr Farobiyga tegishli bo’lib, u, “Kalom sinoati ila millatning asoschisi aytgan chegaralangan gap va ishlarga nusrat berilur va unga xilof qilgan barcha so’zlarni behudaga chiqarilur”, degan. G’azoliy ilmi kalom haqida quyidagilarni aytadi: “U bir ilm bo’lib uning maqsadi ahli sunnaning aqidasini – ahli bid’atning tashvishidan muhofaza qilsh va qo’riqlashdir. Alloh taolo o’z bandalariga o’z payg’ambari tilida haq aqidani ilqo qildi. Unda ularning dini va

dunyosining salohi bordir. Shuningdek, ular haqida Qur’on va xabarlar nutq qildi. So’ngra shaytonlar o’z vasvasasi ila bid’atchilarga sunnatga xilof ishlarni ilqo qildi. Ular o’sha ishlarni gapirdilar va ahli haqning aqidasini buzmoqchi bo’ldilar. Bas, Alloh bir toifa mutakallimlarni paydo qildi va ularning himmatini tartibga solingan kalom ila sunnatning nusrati yo’lida harakatga soldi. Shu orqali ahli bid’atning sunnatga xilof ravishda chiqargan aldamchiliklari fosh qilinadi. Ana shunday ilmi kalom paydo bo’ldi”. Ilmi kalom paydo bo’lgan vaqtga kelib aqidaga oid masalalarga avvalgi vaqtlarga o’xshab faqat Qur’on va sunnatdan dalil keltirish bilan kifoyalanib bo’lmay qolgan edi. Qarshi taraf aqliy dalil keltirishni ham talab etardi. Ilmi kalomga xos uslub va mavzular majmui birinchi bor al-Ja’d ibn Dirham (742 yil qatl etilgan) ijodida uchraydi. U doimo aql-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat inson salohiyati ojizlik qilgan hollardagina Qur’on oyatlarini ramziy-majoziy ma’noda talqin qilish mumkin, deb hisobladi. Uning shogirdi Jahm ibn Safvon (745 yil qatl etilgan) ustozining g’oyasini davom ettirdi. Jahmning qarashlari mu’taziliylarga yaqin bo’lgani bois odatda bu ikki ta’limotni bir-biridan farqlamaydilar. Kalomning ikkinchi yirik maktabi Moturidiylik ham mustaqil ravishda taraqqiy etdi. Ash’ariylar maktabi asosan shofi’iylar orasida tarqalgan bo’lsa, Moturidiylik ko’proq Hanafiylik doiralarida ko’plab tarafdorlarga ega bo’ldi va xususan, Movarounnahr musulmonlarining asosiy aqidasiga aylandi. 13 asrdan ilmi kalom Ibn Sino asos solgan sharq falsafasi bilan yaqinlasha boshladi. Natijada, Ibn Xaldun ta’biri bilan aytganda, kalom va falsafani bir biridan ajratish mushkul bo’lib qoldi. Bu hol Baydoviy (1286 y. v.e.), Isfahoniy (1349 y. v.e.), Ijiy (1355 y. v.e.), Taftazoniy (1390 y. v.e.), Jurjoniy (1413 y. v.e.)lar ijodida o’z ifodasini topdi. Yangi va eng yangi davrlarda Jamoliddin Afg’oniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, Hasan Hanafiy kabi musulmon islohotchilarining asarlarida kalom va ayniqsa, mu’taziliylar g’oyalari mafkuraviy asos vazifasini bajarib keldi. Vaqt o’tishi bilan islom olamida faqat ahli sunna va jamoaning ilmi kalom bo’yicha ta’limotlari hukm suradigan bo’ldi. Falsafa va boshqa fikriy mazhablar chiqqanidan so’ng ilmi kalom istilohining o’zi ham iste’moldan chiqib ketdi. Imоn, shirk, kufr, qiyomat, jannat va do’zax tushunchalarining mazmun-mohiyati. Mаzkur mаsаlа yеchimi ko’p qirrаli. Qo’yilgаn mаsаlаni hаr kim o’z mа’nаviy dunyosi o’lchаmi bilаn o’lchаb, shungа yarаsha hаtti-hаrаkаt qilаdi. Insоnning chin mа’nоdаgi insоnligi- uning imoni, diyonаti, mеhr-оqibаti, pоkligi vа hаlоlligi, kаmtаrligi vа bоshqаlаr bilаn o’lchаnаdi. Bu umumiy tаrzdа insоniylik tushunchаsi bilаn ifоdаlаnаdi.

Insоniylik esа fаqаt imonli insоnlаrdаginа bo’lаdi.Bu o’rindа hаmmа kishilаr uchun umumiy tаrzdа tеgishli bo’lgаn mаsаlаlаr ustidа bаhоli qudrаt fikr yuritаmiz. Hаr birimiz imon tushunchаsining mоhiyatini to’g’ri аnglаb, tushunib оlsаk, imonni izоhlоvchisi bo’lgаn diyonаt, vijdоnlilik, insоf, mеhr-оqibаt, sаhоvаt, аdоlаtlilik, pоklik vа hаlоllik, kаmtаrlik vа bоshqа mа’nаviylik fаzilаtlаrining hаm mоhiyatini bilib оlаmiz. Fаqаt imonli kishilаrginа pоklik vа hаlоllik, diyonаt, ezgulik, mеhr-оqibаt, sаhоvаt, muruvvаt yo’lidа bo’lаdilаr. Shuning uchun imon tushunchаsini, uning mоhiyatini kеng qаmrоvli аsоsdа bаyon qilishni mаqsаdgа muvоfiq dеb bildik. Imon аrаbchа so’z bo’lib, lug’аviy mа’nоsi ishonch dеmаkdir. U insоn ruhiy оlаmining bоtiniy tоmоnini tаshkil etаdi. Imon shaхsning o’z e’tiqоdigа tаyangаn hоldа bоshqаlаrning niyati, qilmish- qidirmishigа, o’zining ishlаrigа, hаtоlаrigа munоsаbаt bildirishdir. Imon hаyotdа to’g’ri yo’l tоpishning mеzоni hisоblаnаdi. Imonli kishilаr Аllоhdаn qo’rqish, bаndаdаn uyalish nimа ekаnligini chuqur idrоk etgаnlаr. Аllоhni bir, Pаyg’аmbаrimizni (sаllаllоhu аlаyhi vаsаllаm) uning elchisi dеb bilish-imonning bоsh bеlgisi hisоblаnаdi. Imonli bo’lgаn kishilаr butun hаyotlаridа, ishlаridа, fаоliyatlаridа, uydа, ko’chаdа birоvgа, o’z оilаsigа munоsаbаtlаridа hаmisha to’g’ri vа hаlоl yo’l tutishgа intilаdilаr. Muоmаlа vа munоsаbаtlаridа g’аrаz bo’lmаydi., tа’mаdаn vа хаrоmdаn hаzаr qilаdilаr. Hаr ishlаridа fаqаt bu dunyoni emаs, охirаtni hаm o’ylаb ish tutаdilаr. Bаrchа аmаllаri vа hаtti-hаrаkаtlаrini shungа bo’ysundirishgа hаrаkаt qilаdilаr. Shariаtdа esа Jаnоb Pаyg’аmbаrimiz Muhаmmаd аlаyhissаlоm (s.а.v.) Аllоh tаrаfidаn kеltirgаn bаrchа хаbаrlаrgа til bilаn iqrоr bo’lib, dil bilаn tаsdiqlаshgа imon dеyilаdi. Ya’ni Qur’оni Kаrim vа Hаdisi Shariflаr оrqаli Аllоh, jаnnаt, do’zах, qiyomаt kаbilаr hаqidа bеrilgаn хаbаrlаrgа ishonch imondir. Imonning diniy vа dunyoviy tаlqinlаri mаvjud. Mа’nаviy-аhlоqiy fаzilаt sifаtidа esа imon fаqаt оdаmzоtgаginа хоs ruhiy hоdisа jumlаsigа kirаdi. Insоn, оdаmzоtdаn tаshqаri hеch bir mаhluqоtdа imonning o’rni-tаgi hаm yo’q. Binоbаrin, оdаmzоd jаmiki bоshqа jоnzоtlаrdаn birоn bir nаrsаgа ishonib, uni muqаddаs dеb bilishi, ya’ni imon kеltirishi bilаn аjrаlib turаdi. Imon kishi mа’nаviyatining, аhlоqining o’q ildizi, pоydеvоri, nеgizidir. Imondаn mаhrum kimsаning аqli nеchоg’li o’tkir, irоdаsi nаqаdаr cho’ng bo’lmаsin vа shulаr tufаyli o’zligidаn qаnchаlik mаg’rurlаnmаsin, u chinаkаm insоnlаr qаtоrigа hеch qаchоn kiritilmаgаn, kiritilmаydi hаm. Zеrо, imonsiz оdаm nа Аllоhdаn qo’rqаdi vа nа bаndаlаridаn uyalаdi.

U o’z nаfsining itоаtkоr quli bo’lib, hаr qаndаy rаzоlаt vа pаstkаshliklаrdаn qаytmаydi. Аllоh hаmmаmizni shundаn аsrаsin. Buning uchun imon yo’lini tutishimiz lоzim. Dunyoviy imon оdаmlаrni to’g’ri yo’ldаn bоrishgа qаrаtilgаn mа’nаviy qаdriyatlаr tizimidir. Imonli bo’lishning mоhiyatini hаyo, аndisha, shirin so’zlilik, hаlоllik vа аdоlаtlilik, оr-nоmuslilik, vijdоnlilik, vаfоdоrlik, mеhnаtsеvаrlik, sаhоvаtlilik, mеhr- muhаbbаtlilik, hаyr-ehsоnlilik kаbi аhlоqiy qаdriyatlаrdаn ibоrаt ekаnini ko’rаmiz. Dеmаk, imon kоmil insоnnnig yеtuk mа’nаviy fаzilаtlаri mаjmuidir. Imonsizlik esа vijdоnsizlik, e’tiqоdsizlik, tubаn yo’llаrgа yurish, аhlоq, оdоb, insоnpаrvаrlik qоidа vа tаlаblаrigа riоya qilmаslikdir. “Оdаm bo’lish оsоn, оdаmiy bo’lish qiyin”, “Оtаng bоlаsi bo’lmа, оdаm bоlаsi bo’l”, “O’zinggа rаvо ko’rmаgаnni bоshqаgа hаm rаvо ko’rmа”, “Yomоn o’z g’аmidа, yaхshi – el g’аmidа” singаri hikmаtlаrdа аjdоdlаrimiz аrdоqlаgаn insоniylik qаdriyatlаrining bir zаrrаsiginа аks etgаn, хоlоs. Хullаs, hаr birimizni imon, pоklik vа hаlоllik, оr-nоmus, sharm-hаyo, kаmtаrlik, qo’yingki insоnni mа’nаviy jihаtdаn bеzоvchi go’zаl hulq-оdоb, аhlоq tаrk etmаsin. Shirk (arabcha – sherik keltirish, Allohning sherigi bor deb e’tiqod qilish) – Alloh taologa xos bo’lgan sifatlarni Undan o’zgaga sobit qilish (ko’chirish)dir. Shirkning shar’iy tushunchasi – Maxluqni Robbil olamiynga 5 ishdan birida tenglashtirishdir. Ya’ni, Allohning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va hukmlarida sherigi bor, deb e’tiqod qilishdir. Shirkning turlari quyidagilar: ibodatda shirk keltirish; duoda shirk keltirish; robbilikda shirk keltirish; hukmda shirk keltirish; mulk va sultondagi shirk keltirish; xalq-yaratishdagi shirk keltirish; itoatda shirk keltirish. Kufr (arabcha – to’smoq, inkor etmoq) – imonsizlik, Islomni tan olmaslik yoki uning amallarini bajarmaslik.