Kompyuter grafikasi va uning turlari.Grafik dasturlarning asosiy vazifalari va yo’nalishlari
Kompyuter grafikasi va uning turlari.Grafik dasturlarning asosiy vazifalari va yo’nalishlari Reja: I. KIRISH 1. Kompyuter grafikasi haqida tushuncha. II. ASOSIY QISM 1. Kompyuter grafikasi turlari. 2. Ikki va uch o’lchovli grafika. 3. Kompyuter grafikasi turkumlari. 4. Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I. KIRISH Kompyuter grafikasi haqida tushuncha . Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko‘zlari yordamida qabul qiladi. Ko‘rish tizimi turli obyektlaming tasvirini qabul qilib ola- di. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasawur paydo bo‘ladi. Obyektlaming tasvirini yaratish, ulami saqlash, qayta ishlash va tasvirlash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuteming eng qiyin va asosiy masalalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni bekor turganida ham ekranida ko‘rinishi kerak bo‘lgan tasvimi sekundiga o‘nlab marta qayta ishlab ko‘rsatadi. Kompyuteming ekranida paydo bo‘ladigan tasvirlar uning videokarta deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi. Videokartalar uchun maxsus videoprotsessorlar ishlab chiqariladi. Videoprotsessorlar kompyuteming asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlari- ni bajarish tezligi bo‘yicha ortda qoldirib ketgan. Kompyuter ekranida tasvir qanday yaratilishi bilan tanishib chiqamiz. Kompyuteming ma’lumotlami elektron ko'rinishda tasvirlash qurilmasi monitor (monitor - kuzatish, nazorat) deb ataladi. Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir. Kompyuterda bo‘layotgan jarayonlami monitor orqali kuzatish mumkin. Monitoming tasvirlar ko‘rsatiladigan qismi, ya’ni ekrani displey (display - tasvirlamoq) deb ataladi. Hozirgi paytda alohida korpusda yig‘ilgan tasvirlash qurilmalari kompyuter monitori, kompyuter bilan birga joylangan tasvirlash qurilmalari (masalan, noutbuk, planshet hamda telefonlarda) displey deb atalmoqda. Displey to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida bo‘lib, uning tomonlari nisbati odatda 16 ga 9 kabi bo‘ladi. Bundan tashqari, displey tomonlari nisbati 16 ga 10, 4 ga 3, 5 ga 4 kabi bo‘lishi ham mumkin. So‘nggi paytda 21 ga 9 nisbat- dagi displeylar ishlab chiqarila boshlandi. 16x9 va 16x10 nisbatli displeylar keng, 21x9 nisbatlilari o‘ta keng, 5x4 nisbatlilari kvadrat displeylar deb ata- ladi. Piksellar soni bo‘yicha displeylardan keng tarqalganlari va ulaming nom- lari quyida keltirilgan:
320x240 CGA (Color Graphic Adapter - rangli grafik qurilma); 640x480 VGA (Video Graphic Adapter - video grafik qurilma); 800x600 SVGA (Super VGA); 1024x768 XVGA (eXtended VGA - kengaytirilgan VGA); 1280x720 HD (High Definition - yuqori aniqlik); 1280x800 HD+ (HD dan ko‘proq); 1366x768 WXVGA (Wide XVGA - keng XVGA); 1440x900 IID++ (HD dan yanada ko‘proq); 1600x900 HD+++ (HD dan yanada ko‘proq); 1920x1080 FHD (Full HD - to‘liq HD); 2560x1440 QHD (Quadra HD - to‘rtlangan HD); 3840x2160 4K (4 kilo - to‘rt ming ustun) yoki UHD (Ultra HD - o‘ta HD). Displey ekrani satrlarga va ustunlarga ajratib ~ flfe' 4 chiqilgan bo‘lib, har bir qator va ustun kesishgan joy- mZG da piksel deb ataluvchi juda kichik tasvir bo‘laklari joylashgan. Piksellaming har biri alohida manzilga 1 - ega va mustaqil boshqarilishi mumkin. Har bir piksel uchun xotirada bir baytdan to‘rt baytgacha joy ajratilishi mumkin. Demak, har bir piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo‘lgan ranglardan birida bo‘lishi mumkin. Ekrandagi har bir pikselning o‘zi uchga bo‘linadi. Ulardan biri qizil, ikkinchisi yashil, uchinchisi ko‘k rangda porlaydi. Bu ranglar asosiy ranglar deb ataladi va turli nisbatda qo‘shilib, tabiatda uchraydigan ranglaming de- yarli barchasini yarata oladi. Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turi-ki, unda kompyuter va maxsus yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko‘rinish- da tasvirlanadi. Kompyuter grafikasi o‘tgan asming 70 - 80-yillaridan boshlab ommaviylasha boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san’at va sportga ham tegishli bo‘lib, barcha sohalarda keng qo‘llaniladi. Kompyuter grafikasi bo‘yicha har yili ko‘plab konferensiyalar o‘tkaziladi, ilmiy jumallar va o‘quv qo‘llanma- lar chop etiladi, dissertatsiyalar himoya qilinadi. Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter grafikasi mahsulot- lari ishlab chiqariladi va sotiladi. San’at durdonalari yaratiladi. Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o‘yinlar bo'yicha jahon birinchiliklari o'tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar. Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinf- larga ajratiladi: 1) statsionar (o‘zgarmas) yoki oddiy grafika; 2) kompyuter animatsiyasi; 3) multimedia. Oddiy grafika vaqt o'tishi bilan o‘zgarmaydigan tasvirlami yaratish bilan shug‘ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalami kelti- rish mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o‘tishi bilan o'zgaradigan tasvir- lar yaratadi. Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar. Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turda- gi axborotlami, masalan, ovoz va matnni ham o‘z ichiga oladi. Multimedia- ning o‘ziga xos jihati uning interfaolligi bo'lib, unda bir joydan ikkinchi joyga o'tish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to‘ri - wwwni, undagi www-saytlar va www-sahifalami keltirish mumkin.
II. ASOSIY QISM Kompyuter grafikasi turlari. 2 va 3 o’lchovli grafika. Yaratish usuliga ko'ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi: 1) 2D (inglizeha two dimension - ikki oTchamli jumlasidan olingan). 2) 3D (inglizcha three dimension - uch oTchamli jumlasidan olingan). Ikki oTchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar boTib, ularga misol sifatida printerda qog‘ozga chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan xolst (maxsus mato)da chizilgan rasmlami keltirish mumkin. Ikki o‘lchamli grafikaning turlari bilan keyingi sahifada batafsil tanishamiz. Uch o‘lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda jismning fazoda egallagan o‘mi mayda kublar bilan to‘ldiriladi. Agar bu kub- lar yetarlicha kichik bo‘lsa, inson ko‘zi ulami ilg‘amaydi va kublar yaxlit bir jism sifatida ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Lekin hozirgi paytda boshqacha yo‘l tutiladi. Jismning o‘zi emas, balki uning chegarasini tashkil etuvchi sirt shakllantiriladi. Natijada ko‘zlarimiz oldida jismning o‘zi namoyon bo‘ladi.