logo

KONSULLIK VA IMPERIYA YILLARIDA FRANSIYA

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

45.40234375 KB
MAVZU: KONSULLIK VA IMPERIYA YILLARIDA FRANSIYA 
Reja:   
I . Kirish.  
II. Asosiy qism   
1.Fransiyaning XVII asr  o’rtalaridagi ijtimoiy   — iqgisodiy siyosiy rivojlanishi. 
2.Feodal — absolyut tuzumning inqirozi. 
3.Fransuz ma’rifatparvarligi taraqqiyoti 
4.Evropa davlatlarining Fransiyaga qarshi urush harakatlari.  Napaleon  
imperiyasining ichki siyosati va imperiya inqirozi.
5.Mavzu bo’yicha metodlardan foydalanish.
III. Xulosa  
IV. Abadiyotlar ro`yxati  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kirish .   XVII asrning o’rtalarida Fransiya G`arbiy Yevropaning eng yirik va markazlashgan davlati edi.
Bosh   vazir   kardinal   Rishele   (1624—1642)   davrida   absolyutizm   mustaxkamlandi.   O’ttiz   yillik
urushning   g`olibona   natijalari     Yevropada   Fransiyaning     siyosiy   ustunligini   ta’minladi.
Mamlakat   iqtisodiyoti   agrar   tavsifiga   ega   edi   axolining   85%   qishlokda   yashar   edi.   Sanoatda
yetakchilik   rolini   to’qimachilik   tarmog`i   o’ynar   edi.   XVII   asrda   mamlakatda   «dastlabki
jamg`arish»   jarayonlari   davom   etardi   .   Bu   yerda   davlat   qarzlari,   soliq   bosimi,   sudxo’rlik
moliyasi   katta   axamiyatga   ega   edi.   Manufaktura   ishlab   chiqarilishi   asta   sekinlik   bilan
rivojlanishiga   qaramasdan   feodal   munosabatlar   mamlakatda   ustunlik   qilar   edi.   Dvoryanlar
tabaqasida   ham   ijtimoiy   siljishlar   ko’zga   tashlanardi.   Asilzoda   dvoryanlarning   («qilich
dvoryanlari»)   katta   qismi   iqtisodny   jixatdan   zaiflashardi.     Shu   paytning   o’zida   dvoryanlar
tabaqasi   savdo—   sanoat       doiralardan         chiqqan       dvoryanlar         xisobiga   kengaymoqda   edi.
Sanoat, savdo va sudxo’rlik doiralari siyosiy mustaqillikka intilishmasdi.                  
                                                                  ASOSIY QISM
  1643 yili besh yoshlik Lyudovik XIV Fransiya qiroli bo’ldi. Lekin faktik jixatdan mamlakatni
kardinal   Mazarini   idora   qilardi.   Mazarini   Rishelening   absolyutizmni   mustaxkamlash   siyosatini
davom ettirdi. Xokimiyat almashuvi Rishele davridan to’planib kelayotgan jamoat noroziligining
portlashiga   olib   keldi.   1648   yili   absolyutizmga   qarshi   Fronda   xarakati   boshlandi.   «Fronda»
degani   —   «sopqon»   demakdir.   Parijda   bu   quroldan   foydalanish   man   qilingan   edi.   Sopqondan
foydalanganlarni politsiya qamoqa olardi. Shu sababli «Frondalash» degan ko’chma ma’nodagi
so’zning   asli   ma’nosi   tartibni   buzish,   ma’murlarga   qarshi   ish   ko’rish   demak   edi.   Fronda   tarixi
ikki   davrga:   «Eski   Fronda»,   yoki   «parlament   Frondasi»,   1648—1649   yillardagi   davrga   va
«Yangi Fronda», yoki «shaxzodalar Frondasi», 1650—1653 yillardagi davrga bo’linadi. 1
 
                                                        Feodal- absolyut tuzumining inqirozi
  Bu   ikki   Fronda   bilan   to’qnashuvida   absolyutizm   mag`lub   bo’lmadi.   Aksincha   siyosiy
inqirozlardan   mustaxkamlanib   chikdi.1661   yili   Mazarini   vafot   etdi.   Shu   paytdan   boshlab
Lyudovik   XIV   mamlakatni   yakka   xolda   1715   yilgacha   idora   qildi.     «Lyudovik   XIV   asri»
fransuz   absolyutizmining   eng   rivojlangan   va   inqirozi   davri   edi.   Lyudovik   XIV   davrida   qirol
xokimiyati   va   davlat   markazlashuvi   kuchaydi.   Xarbiy   isloxotlar   armiyaning   jangovor
tayyorgarligi va intizomini oshirdi. XVII asrning ikkinchi yarmida mamlakatning moliyaviy va
xarbiy — siyosiy qudratini oshirish maqsadida davlatning xo’jalik xayotiga aralashuvi kuchaydi.
Ayniqsa,   bu   maqsadlarga   moliya   vaziri   Kolber   tomonidan   1665—1683   yillarda   olib   borilgan
merkantalizm   siyosati   to’g`ri   kelardi.   Dengiz   orti   va   mustamlakalarda   savdoni   faollashtirish
uchun   davlat   ishtirokida   monopol   savdo   kompaniyalari   tuzildi:Ost—Indiya,     Vest—Indiya,
Levantiya kompaniyalari. Flot qurilishiga moliya ajratilar edi. 
1  Yurovoskoy Y.Y. Krivoguza  I.M.Novaya istoriya stran Yevrop
ы   i Ameriki. M: V
ы sshaya shkola. 1998. 125-str.  
  2     «Kolbertizm»  siyosati yirik markazlashgan  manufakturalarning  tashkil  eitilishiga,  fransuz floti
va   dengiz   savdosining   o’sishiga   turtki   berdi.   Lyudovik   XIV   davridagi   yirik   urushlar   Fransiya
uchun og`ir yuk edi.                 Absolyut monarxiyaning  mafkuraviy  tayanchi  katolik cherkovi edi.
Mamlakatning   siyosiy   markazlashuvi   diniy   —   cherkov   unifikatsiya   bilan   birgalikda   olib
borilardi.   Gugenotlarga   qarshi   diniy   ta’qiblar   kuchaydi.   200   —   300   minga   yaqin   gugenotlar
Fransiyani tark etdilar. 
                                             Fransuz ma'rifatparvarligi taraqqiyoti
 Ma’rifatli doiralarda R.Dekart tomonidan ishlab chiqilgan dunyoqarashning ratsionalistik, tizimi
keng tarqaldi. XVII asrning oxiri —XVIII asr boshlarida 
«libertintlik»-erkin   fikrlik   va   diniy   skeptitsizm   kuchaydi.   Bu   oqimning   yorqin   namoyondasi
P.Beyl   edi.   XVII   asrning   ikkinchi   yarmi   fransuz   madaniyatining   o’sish   davri   edi.   Fanlar
Akademiyasi (1666), me’morchilik, rassomchilik akademiyalari, observatoriya tuzilgan edi. 
1694 yili «Fransuz tiliniig lug`ati» nashr etildi. 1
 
  Badiy madaniyatda klassitsizm  yo’nalishi xukmronlik qilar edi. Adabiyotda P.Kornel, J.Rasin,
J.B.Moler, me’morchilikda F.Mansar ijodlarini ta’kidlash mumkin. XVII asrning oxiri — XVSh
asrning   boshlarida   Fransiyani   ichki   va   xalqaro   axvoli   yomonlashdi.   XVIII   asrda   Fransiyada
kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi tezlashdi.Bu jarayon bilan bog`liq o’zgarishlar jamoat
ongida,   jamiyatning   ijtimoiy   tarkibida   bo’lib   o’tardi.   Bunday   xolatda   sodir   bo’layotgan
jarayonlar   xukumronlik   qilayotgan   feodal   absolyutistik   tuzum   bilan   ziddiyatga   kelar   edi.   Bu
ziddiyatning   chukurlashuvi   va   keskinlashuvi   1789   yilda   boshlangan   Buyuk   Fransuz   inqilobiga
olib   keldi.   XVIII   asrning   o’rtalariga   kelib   fransuz   ma’rifatchilari   feodal   absolyut   tuzumning
ijtimoiy—siyosiy va mafkuraviy   ustunlarini ayovsiz tanqidga olib, «idrokda inqilob» yasashdi.
Ma’rifatchilar   o’yg`onish   davri   gumanistlarining   g`oyalarini   davom   ettirib,   jamiyatning   asosiy
maqsadi-inson baxti deb xisoblarshadi. Ma’rifatchilarning  daxolari  Mari Fransua Volter (1694-
1778),   Sharl   Lui   Monteske   (1689-1755),   Deni   Didro   (1719-1784),   Jan   Jak   Ruso   (1712-1778),
Jan   Mele   (1664-1729)   va   boshqalar   edi.   Ma’rifatchilarning   faoliyati   xalq   ongining   inqilob
arafasidagi   uyg`onishiga   katta   xizmat   qildi.   XVIIIasr   80   yillar   oxiriga   kelib   Fransiyada   feodal
absolyutik   tuzumning   inqirozi   kuchaydi.Mamlakatning   ijtimoiy   iqtisodiy   axvoli
yomonlashdi.1787   -1789   yillarda   savdo   –   sanoat   inqirozi   keng   tarqaldi.   Qashshoqlanish,
ishsizlik, tanglik shaxar va qishloqlarni qamrab oldi. Davlat moliyalarning axvoli xam juda og`ir
edi.   Monarxiya   moliyaviy   bankrotlik   arafasida   edi.   Vaziyatni   to’g`rilashda   imtiyozlarga   ega
yuqori  tabaqalarga  tayanish  maqsadida   chaqirilgan  (1787  y.)   «notablar»  majlisi   absolyutizimni
qo’llab     quvvatlamadi   va   1614   yildan   beri   chaqirilmagan   General   shtatlarni   to’plashni   talab
qildi.   Bunday talabni uchinchi tabaqa keng doiralari xam ilgari surishdi. Xukumat yon berishga
rozi   bo’ldi.   Lyudovik   XU1   moliyalar   bosh   direktori   lavozimiga   mo’tadil   isloxotlar   tarafdori
Shveysariyalik   bankir   Nekkerni   tayinladi.   General   shtatlarning   chaqirilishi   1789   yil   baxoriga
1  Yurovoskoy Y.Y. Krivoguza  I M.Novaya istoriya stran Yevrop
ы   i Ameriki. M: V
ы sshaya shkola. 1998. 128-str.  
  3   belgilandi. General shtatlarga saylovlar xalq xarakatining faollashuviga turtki bo’ldi. Bu xarakat
davomida 450 ga yaqin  g`alayonlar bo’lib o’tdi. 
  1789   yil   5   mayda   Versalda   General   shtatlar   ochildi.   270   deputat   dvoryanlardan,   291   —
ruxoniylardan va 578 deputat uchinchi  tabaqadan  edi. Uchinchi tabaqa  deputatlari  xalq  qo’llab
kuvvatlashini sezgan xolda vakillikning  tabaqaviy  tamoyilini rad etishdi va 17 iyunda o’zlarini
Milliy majlis  deb e’lon qilishdi. 20 iyunda to’plangan  uchinchi tabaqa deputatlari  konstitutsiya
ishlab   chiqilmaguncha   tarqalmaslika   qasamyod   qilishdi.   Dvoryanlar   vakillari   qirolga   norozilik
jo’natishdi.   23   iyunda   Lyudovik   XVI   uchinchi   tabaqa   qarorlari   bekor   qilinishi   va   «feodal   va
senorial   mulk,   dastlabki   ikki   26   tabaqalarning   foydali   xuquqlari   va   foydali   imtiyozlar»
masalalarini   General   shtatlari   tasarrufidan   chiqarilishini   e’lon   qildi.   Lekin   uchinchi   tabaqa
deputatlari qirol buyrug`iga buysunishni rad etishdi. Ularga liberal dvoryanlar va ruxoniylarning
salmoqli   qismi   qo’shilishdi.     1789   yil   9   iyulda   Majlis   o’zini   «Milliy   ta’sis   majlisi»   deb   e’lon
qildi.Saroy   axli   va   Lyudovik   XVI   boshlanayotgan   inqilobni   kuch   ishlatish   bilan   bostirmoqchi
bo’ldi.   Parijga   xarbiy   qo’shinlar   (20   ming)   tortildi.   11   iyulda   Nekker   lavozimidan   bo’shatildi,
xukumat tepasiga  reaksiya baron Breytel tayinlandi.    13 iyulda shaxar qo’zgolon bilan qamrab
olingan   edi.     Qo’zg`olonning   eng   yuksak   cho’qqisi     Bastiliyani   (siyosiy   maxbuslar   qamog`i)
olinishi bo’ldi. 
Bastiliyaning   olinishi   Fransuz   inqilobining   boshlanishi   va   birinchi   g`alabasi   edi.
Shaxarlarda   «munitsipal   inqiloblar»   bo’lib   o’tdi.   Barcha   yerlarda   militsiya   otryadlari   (Milliy
gvardiya)   tashkil   etildi.     Inqilobiy   voqealar   qishloqlarda   xam   xalq   ko’tarilishiga,   ko’plab
qo’zg`olonlarga   olib   keldi.   1789   yil   yozidan   1793   yilgacha   dehqonlar   inqilobining   asosiy
ommaviy tayanchi va xarakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 1789 yil quzg`olonining asosiy siyosiy
natijasi — absolyutizmning deyarli qulashi edi.1789 yilda Ta’sis majlis ikki muxim qonunchilik
aktini   qabul   qildi.   4-11   avgustlarda   qabul   qilingan   dekretlarga   kura   cherkov   desyatinasi,
senorlarning   dexqon   yerlarida   ov   qilish   xuquqi,   dehqonlarning   shaxsiy   feodal   majburiyatlari,
senorial   sudlar   va   boshqalar   to’lovsiz   bekor   qilindi.   Yer   bilan   bog`liq   majburiyatlar   senorlar
mulki   deb   tan   olindi   va   to’lov   evaziga   bekor   qilinardi.   Aloxida   joylar,   xududlar,     27
provinsiyalar  va shaxarlarning    turli    imtiyozlari    va erkinliklari xam bekor qilindi. 
26   avgustda   Ta’sis   majlis   «Inson   va   fuqaro   deklaratsiyasini»   qabul   qildi.   17   banddan
iborat Deklaratsiyada xalq suvereniteta, qonun oldida barchaning tengligi, xar qanday lavozimni
egallash   xuquqi,   so’z   va   matbuot   erkinligi,   diniy   toqatlik,   shaxsiy   mulkka   ega   bo’lish   xuquqi
e’lon   qilindi.   Bastiliya   egallangandan   so’ng   mamlakatdan   zadagonlar-aksilinqilobchilarning
emigratsiyasi   boshlandi.   Inqilobga   qo’shilishini   e’lon   qilgan   Lyudovik   XVI   amalda
Deklaratsiyani   qo’llab   —   quvvatlashdan   voz   kechdi,   4-11   avgust   dekretlarini   tasdiqlamadi.
Versalga qirolga sodiq qo’shinlar tortila boshlandi. Davom etayotgan  iqtisodiy inqiroz, oziq —
ovqatning   yetishmovchiligi,   qimmatchilik   xalq   noroziligini   kuchaytirdi.   5   oktabrda   20   ming
parijliklar   Versalga   yo’l   olishdi.   Xalq   ommasiga   Parijning   milliy   gvardiyasi   xam   qo’shildi.   6
  4   oktabrda   xalq   talablari   ostida   qirol   oilasi   Versaldan   Parijga   ko’chishga   majbur   bo’ldi.   Parijga
Milliy   majlis   xam   ko’chdi.   Lyudovik   XVI   Deklaratsiyasini   qo’llab   quvvatlashga   va   4—11
avgust   dekretlarini   tasdiqlashga   majbur   bo’ldi.Ta’sis   majlis   o’z   mavqeini   mustaxkamlab,
mamlakatda   o’zgartirishlar   olib   borardi.   Majlisda   ustivorlik   mavqelarga   mo’’tadil   monarxist
konstitutsionistlar   ega   edi.   Ular   ichida   liberal   dvoryanlar,   Ayniqsa   markiz   Lafayet   va   graf
Mirabo,   yetakchilik   qilar   edilar.   So’l   deputatlar   ichidan   esa   arrislik   advokat   Maksimilian
Robesper   ajralib   turardi.   Ta’sis   majlis   tabaqaviy   imtiyozlarni,   merosiy   dvoryanlik   institutini,
dvoryanlik gerblar va unvonlarni, sex tizimini va davlat cheklashlarini bekor qildi. Ichki bojlar
va   1786   yili   Angliya   bilan   tuzilgan   savdo   shartnomasining   bekor   qiliiishn   milliy   bozorning
shakllanishiga va uni xorijiy Raqobatdan ximoya qilinishiga olib keldi. 
Lekin,   shu   paytning   o’zida   Ta’sis   majlis   ishchi   itgifoqlar   va   stachkalarni   ma’n   qi
qiladigan Le Shapele qonunini qabul qildi (1791 y.). Ta’sis  Majdis tomonidan 1790 yil mart —
may   oylarida   qabul   qilingan   qonunlar   yer   yegaligining   feodal     xuquiy     tizimini   yo’q   qildi,
shaxsiy majburiyatlarning to’lovsiz bekor qilinishini tasdiqladi. Lekin, asosiy, yer bilan bog`liq
«real» majburiyatlardan  ozod bo’lish ko’pchilik  dehqonlar uchun imkonsiz  edi:  tulov 20 — 25
yillik renta xajmida edi.1769 yil 2 noyabr dekreti buyicha Ta’sis majlis cherkov yer egaliklarini
musodara   qildi.   Milliy   mulk   deb   e’lon   qilingan   bu   yerlar   davlat   qarzini   qoplash   uchun   sotib
yuborildi 1
. 
1791   yil     sentabrida   Ta’sis         majlis     konstitutsiyani       ishlab         chiqarishni   yakunladi
Konstshutsiya   Fransiyada   konistitutsion   monarxiyani   o’rnatdi.   Qonunchilik   xokimiyat
qonunchilik   majlisiga,ijroiya   xokimiyat   esa   merosiy   monarx   va   tayinlangan   vazirlarga
topshirildi.   Fransiya   tog`   va   daryolar   nomlarini   olgan   83   departamenta   bo’lindi.   Bu   yerdagi
boshqaruv   idoralari   saylov   asosida   shakllanardi.   Yangi   yagona   sud   tizimi     xam     sudyalarning
saylanishi     tamoyiliga   asoslandi.Katolik   cherkovi   davlat   xizmatiga   o’tdi.   Ruxoniylar   va
yepiskoplar   fuqarolar   tomonidan   saylanar,   davlatdan   maosh   olar   va   konstitutsiyaga
sodiqliklariga qasamyod qilar edilar. Rim papasiga to’lovlar   va ma’muriy qaramlikdan fransuz
cherkovi ozod etildi. 
Senzlik   va   ikki   bosqichlik   saylov   tizimi   kiritildi.   Fakatgina   «aktiv»   (faol)   fuqarolar,   25
yoshdan oshgan va 1,5 — 3 livrdan kam bo’lmagan soliq to’lagan erkaklar, ovoz xuquqiga ega
bo’lishdi. Bunday fukarolarning soni 4,3 mln. kishi edi. 
Xalq,   xarakatiga   qarshi   1789   yil   oktabr   oyida   «xarbiy   xolat   to’g`risidagi   qonun»   qabul
qilindi.   Bu   qonun   «isyonkor   yig`inlar»ga   qarshi   maxalliy   xokimiyatga   qurolli   kuch   ishlatish
xuquqini   berdi.   Avj   olgan   ijtimoiy     siyosiy   kurashda   siyosiy   klublarning   o’rni   katta   edi.
Jumladan,  1789 yilda  tuzilgan  yakobinchilar  klubi va  boshqalar  katta  ta’sirga  ega  edi.   Inqilob
1  Osvoditeln
ы e dvijeniya narodov Avstriyskoy imperii. Vozniknoveni i razvite. Konets XVIII veka. M. 1989 229 
str.  
 
  5   ko’plab ro’znomalarning paydo bo’lishiga imkon yaratdi. Jumladan Jan Pol Marat (1743—1793)
bosib   chiqargan   «Xalq   do’sti»,   Jak   Rene   Eberning   (1757   —   1794)   «Dyushen   ota»   kabi
ro’znomalar katta e’tiborga ega edi. 1791 yil 21 iyunda qirol oilasi maxfiy ravishda Parijni tark
etdi     va   sharqiy   chegaraga   jo’nab   keitdi.   Bu   yerda   turgan   armiya,   emigrantlar   otryadlari   va
Avstriyaning   yordamiga   tayanib   Lyudovik   XVI   Milliy   majlisni   tarqatib   yuborishni   va   o’z
xokimiyatini   tiklashni   niyat   qilgan   edi.   Lekin   Varenn   degan   joyda   tutib   olingan   qirol   oilasi
Parijga   qaytarildi.   Respublikachi   kayfiyatdagi   qarshi   mo’tadil   konstitutsion     monarxistlar
o’rtasida     kurash   borardi.   Shu davrda Yakobinchilar  klubida xam siyosiy burilish ro’y berdi.
Lafayet   va   Barnav   tarafdorlari,   liberal     monarxistlar,   klubni   tark   etishdi.   1791   yil   sentabrida
majlis   Lyudovik   XVI   tomonidan   qabul   qilingan   konstitutsiyaning   yakuniy   matnini   ma’qulladi.
Ta’sis majlis o’rnini senz tizimi asosida saylangan qonunchilik majlisi egalladi. 
  Shu   paytga   kelib   xam   majlisda,   xam   yakobinchilar   klubida   katta   ta’sir   kuchiga   jirondchilar
(Jironda departamentidan saylangan deputatlar)  ega bo’lishdi. Ular savdo, tadbirkorlik ekinligi,
iqtisodiyotga   davlatning   aralashmasligi,   ichki   bozor   proteksionizmi   tashqi   bozorning
kengaytirilishi   kabi   tamoyillarni   yoqlab   chiqishdi.Ruxoniylarning   inqilobga   qarshi   chiqishi   va
konstitutsiyaga qasamyod qilishdan voz kechishi vaziyatni keskinlashtirdi.  
Fransuz inqilobini bo’g`ib tashlash mAqsadida Avstriya va Prussiya 27 avgust 1791 yilda
Saksoniyaning   Pilnits   qasrida   Lyudovik   XVI   ga   xarbiy   yordam   berish   to’g`risidagi
deklaratsiyani qabul qilishdi. Shunday qilib Fransiyaga qarshi birinchi koalitsiya tuzildi. 
Urushning   boshlanishini   Fransiyaning   ichkarisidagi   siyosiy   kurash   tezlashtirdi.   Bu
kurashda   jirondchilarning   qarashlari,   ya’ni   Fransiya   uzi   inqilobiy   urush   boshlashi   kerak   degan
fikr,   ustun   keldi.   1792   yil   mart   oyining   oxirida   Lyudovik   XVI   jirondchilardan   iborat   vazirlik
tuzdi, 20 aprelda esa Fransiya Avstriyaga urush e’lon qildi 1
. Shu damdan boshlab urush fransuz
inqilobining   borishiga   ta’sir   ko’rsata   boshladi.Urushning   boshlanishi   Fransiya   uchun
muvaffaqiyatsiz kechdi. Tartibsizlangan va o’rgatilmagan, qolaversa yomon qurollangan, armiya
mag`lubiyatga   uchrayverdi.   6   iyulda   urushga   Prussiya   xam   qo’shildi.   Qirolicha   Mariya
Antuanetta   (Avstriya   imperatorining   singlisi)   fransuzlarning   xarbiy   rejalarini   avstriyaliklarga
yetkazib turdi.Butun xalq vatan ximoyasiga otlandi.  
  Siyosiy   inqiroz   paytida   demokratik   xarakat   monarxiyani   yo’q       qilish   talabini   ilgari   surdi.Bu
talabni Marat, Danton, Rabesper kabi inqilob yetakchilari xam qullab kuvvatlashdi.  Monarxiya
tartibotining   ag`darilishi   1792   yil   10   avgustda   Parijda   amalga   oshirilgan   qo’zg`olon   tufayli
ruyobga chikdi. 
Qonunchilik   Majlisi   Lyudovikni   taxtdan   maxrum   qildi,   qirol   oilasi   qamoqqa   olindi.
Majlisda va Muvaqqat ijroiya kengashida (xukumatda) jirondchilar yetakchilik qila boshladilar.
Parij   kommunasi   xam   katta   ta’sirga   ega   bo’ldi.26   —   28   avgustda   qabul   qilingan   dekretlarga
ko’ra   feodal   majburiyatlar   to’lovsiz   bekor   qilindi,   14   avgust   dekreta   buyicha   esa   dehqonlarga
1  Potemkina A.I. Revolyutsiya 1848-1849gg. M. 1952. 86-96 str.  
  6   emigrantlar   yerlaridan   kichik   uchastkalar   berish   (renta   puli   evaziga)   va   jamoa   yerlarini   bo’lib
berish xuquqi berilgan edi. 
19 avgustda   Prussiya     Avstriya   armiyasi   (emmigrantlar   korpusi   bilan)   Fransiya
chegarasini buzib o’tdi. Parijga olib boriladigan yo’lda Verden qal’asi dushman qo’liga o’tdi. 20
aprelda Valmi yonida Dyumur qo’mondonligidagi inqilobiy armiya  prussiyaliklarni chekinishga
majbur   etdi;   koalitsiya   qo’shinlari   Fransiyami   tark   etdi.Bundan   tashqari   oktabr     noyabr   oylari
fransuzlar bir qancha nemis shaxarlarini, Belgiyani, Savoyya va Nitssanini egallashdi. 
20 sentabrda   Milliy   konvent   o’z   nshini   boshladi   (yangi   saylangan).   21   sentabrda
qirollik   xokimiyatini   yo’q   qilish   to’g`risida   dekret   qabul   qilindi.   22   sentabrda   esa   Fransiya
respublika deb e’lon qilindi.  
Shu davrda Jironda va tog` o’rtasida siyosiy kurash avj oldi. Tog` yoki montanyarlar deb
konventda   yuqori   kursilarni   egallagan   deputatlarning   so’l   qanotini   atashardi.   Montanyarlarga
Danton,   Marat,   Robesper,Sen   Jyustlar   raxbarlik   qilardilar.   Montanyarlarning   ko’pchiligi
yakobinchilar klubining a’zolari edi. Yakobinchilar tenglashtirish goyalarini ilgari surdilar. Ular
xaddan   tashqari   kambag`allik   yokiboyliksiz   respublika   tarafdorlari   edi.   Shuning
uchunommaning   kupchiligi   ular   tarafida   edi.   Jirondchilar   esa,o’z   navbatida,   inqilobning
chuqurlashtirilishiga  qarshiedi.  Jirondchilar  fikriga  ko’ra  inqilob  o’z   maqsadlariga  to’la  erishib
bo’lgan   edi.                             Fransiyaning   xarbiy   g`alabalari   urush   tashabbuskorlari   Jirondchilar
mavqeining   kuchayishiga   yordam   berdi.1792   yilning   oxiriga   kelib   siyosiy   kurash   maydonida
qirol taqdiri masalasi markaziy muammoga aylandi. Konvent sudiga topshirilgan Lyudovik XVI
«millat   ozodligi   va   davlat   xavfsizligiga   qarshi   g`alamusligida»   aybdor   deb   topildi   va   o’lim
jazosiga xukm etildi. Jazo 1793 yil 21 yanvarda ado etildi.1792—1793 yillar qishiga kelib xalq
xarakati   inqilobni   chukurlashtirish   talabini   ilgari   surdi.   10     avgust   qo’zg`alonini   xalq   «tenglik
inqilobi» deb aytdi. Tenglik shioriga xalq ommasi nafakat siyosiy, balki ijtimoiy tenglashtiruvchi
ma’nosini   kiritdi.Parijda   xalq   xarakatining   markazlari   sifatida   seksiyalar   namoyon   bo’lishdi.
Seksiyalar   milliy   gvardiyaning   o’z   batalonlariga   ega   edi.   Seksiyalar   bilan   bog`liq   Parij
Kommunnasida   1792   yilning   oxiridan   boshlab   Kordelerlar   Klubining   faollari     Kommuna
prokurori   Gaspar   Shomett   va   uning   o’rinbosari   Eberlar   raxbarlik   qilishardi.1793   yilning
baxorida   Fransiyaning   shimoliy     g`arbida   yirik   dehqonlar   g`alayoni   ko’tarildi.   Uning   markazi
Vandeya degan joyda edi. Vandeya isyoniga royalistlar raxbarlik qila boshladilar. Lyudovik XVI
ning   qatl   etilishi   Fransiyani         nafaqat   Avstriya   va   Prussiya,balki   Gollandiya,Ispaniya
Portugaliya,   German   va  Italyan   davlatlari   bilan   urush  xolatiga   kiritib   qo’ydi.   Rossiya   Fransiya
bilandiplomatik   munosabatlarini   uzdi.   Angliya   koalitsiyaning   tashkilotchisiga   aylandi.Xarbiy
xarakatlar natijasida fransuzlar Belgiya va Reyn daryosining chap soxilidagi nemis xududlaridan
surib   chiqarildi.   Jironda   respublikani   ximoya   qilishga   qodir   bo’lmadi.   Favqulodda   ximoya
choralarni   ko’rish   tashabbusi   Parij   Kommunasi,   seksiyalar   va   yakobinchilarga   o’tdi.   Jumladan
ularning bosimi ostida Inqilobiy Tribunal, jamoat kutqazish qo’mitasi tashkil etildi. Un va donga
  7   kattiy   belgilangan   narxlar   joriy   etildi,   boylardan   1   mlrd.   livrga   teng   majburiy   zayyom
olindi.Jirondchilar,   o’z   navbatida,   Kommuna   faoliyatini   tergov   qilish   maxsus   «12   —lar
komissiyasini»  tuzishdi.   Eber,  Varle  va bir  qator  seksiyalar   faollari   qamoqqa  olindi.  29  mayda
Lionda isyon kutarildi va yakobinchilar munitsipaliteti ag`darildi. Jironda siyosati respublika va
inqilobga taxdid sola boshladi.Bunday sharoitda yakobinchilar, Parij kommunnasi va seksiyalar,
Kordelerlar   klubi   va   boshqalar   Jirondani   ag`darish   maqsadida   1793   yil   31   may   —   2   iyunda
Parijda ko’zg`olon uyushtirdilar. Xalqqa buysinishga majbur bo’lgan Konvent Brisso, Verno va
jirondchilarning   boshqa   raxbarlarini   kamoqqa   olishga   buyruq   berdi.   Qo’zg`olon   natijasida
respublikada   siyosiy  xokimiyat  tepasiga   yakobinchilar  kelishdi.                        Yangi  Konvent   agrar
masalani  yechishga  qaratilgan  bir qator  dekretlarni  qabul  qildi.  Jumladan,  emigrantlar  yerlarini
kichik   uchastkalarga   bo’lib   sotish,   jamoa   yerlarini   dexqonlar   jamoalarining   mulklari   deb   e’lon
qilish,   senorlar   tomonidan   bosib   olingan   yerlarni   qaytarish   va   nixoyat,   feodal   majburiyatlarini
to’la     yo’q   qilish   (1793   yil   17   iyul)   to’g`risidagi   qonunlar   qabul   qilindi.   Lekin   shu   bilan   bir
qatorda, sobiq  senorlar  o’z yer egaliklarini shaxsiy  mulk sifatida SAqlab qoldilar. 1793 yil 24
iyunda   Konvent   Fransiyaning   yangi   konstitutsiyasini   qabul   qildi.   Unda   bir   palatali   Majlis,     21
yoshdan  oshgan  erkaklar  uchun umumiy  saylov xuquqlari,  demokratiik  xuquqlar  va erkinliklar
nazarda   tutilgan   edi.   Fransiyaning   tashqi   siyosatida   boshqa   mamlakatlarning   ichki   ishlariga
aralashmaslik e’lon qilindi. Keyinrokq 1794 yil 4 fevralda Konvent mustamlakalarda qulchilikni
yo’q   qilish   to’g`risida   dekret   qabul   qildi.   Shu   bilan   bir   qatorda,   konstitutsiyada   shaxsiy   mulk
xuquqi va yollanma mexnat tizimi xam mavjud edi. 
               Iyul avgust oylarida respublikaning axvoli og`irlashdi. Koalitsiya qo’shinlarining xujumi,
Vandee qo’zg`alonining kengayishi va «federalistik isyonning kuchayishi» bunga sabab bo’ldi. 
Konstitutsiya va Konventni tanqid qilish avj oldi.1793 yil iyul oyida Konvent Jamoat qutqazish
qo’mitasini   qayta   sayladi   va   uning   vakolatlarini   kengaytirdi.   Robesper   deyarli   qo’mitaning
boshlig`i, Sen  Jyust va Kuton uning yordamchilariga aylandilar. Konvent o’zining xarakatlarini
barcha axolini safarbar etishga qaratdi. Ozik —ovqatning eng kerakli turlariga qattiq belgilangan
narxlar   o’rnatildi.   «Shubxalilarni»   qamoqqa   olish   maqsadida   inqilobiy   qo’mitalar   tuzildi.   Va
nixoyat   1793   yil   10   oktabrda   Konvent   tomonidan   «boshqaruvning   vaqtinchalik   tartibi»
to’g`risidagi   qonun  qabul   qilindi. 1
  Bu   qonun  yakobinchilarning   inqilobiy   diktaturasini   xuquqiy
jixatdan rasmiylashtirdi. Inqilobiy tashkilotlar terror siyosatini keng qo’llashni boshladilar. 1793
yilning   oktabr     noyabr   oylarida   qirolicha,   Taniqli   jirondchilar   va   felyanlar   qatl   etildi.
Aksilinqilobga   qarshi   kurashish   maqsadida   kiritilgan   terror   endi   yakobinchilar   orasidagi   ichki
ziddiyatlarni yechish usuliga aylandi. 
                 Yakobinchilar  diktaturasi  inqilob va cherkov o’rtasidagi  munosabatlarni  keskinlashtirdi.
Cherkovga qarshi kurash katolik dinining o’ziga qarshi kurashga aylana boshladi. 
1  Zaxarova M.N. Narodnoye dvijeniye v SShA protiv rabstva. M. 1965. 129-str.  
  8   Ruxoniylarning   ko’pchiligi   inqilobga   qarshi   bo’lib   qoldi.   1793   yilning   kuzida   mamlakatda
«xristiansizlantirish»   xarakati   avj   oldi.     Yakobinchilarning   katolik   qultining   kuch   bilan   yo’q
qilishga   qaratilgan   siyosatini,   «Idrokka   sig`inish»   ni   kiritishga   yo’naltirilgan   urinishlarini   va
boshka   xarakatlarni   xalqning   ko’pchiligi   qo’llab     quvvatlamadi.   Bundan   tashqari,   antiklerikal
siyosat inqilobning xalqaro mavkeini murakkablashtirdi. Shu sababli, Robesperning talabi bilan
Konvent   1793   yil   6   dekabrda   qultlar   erkinligini   tasdiqladi.   Yakobinchilar   inqilobni   insoniyat
tarixidagi yangi davr boshlanishi va o’tmish bilan butunlay ajralish deb bilishardi. 1793 yilning
oktabrida   Konvent   yangi   respublika   kalendarini   (1806   yilgacha   amalda   bo’ldi)   va   yangi   yil
xisobini kiritdi.Yangi davr  respublikaning 1  yili  respublika tuzilgan sanadan (22 sentabr 1792
yil)   boshlandi.   Oylarning   nomi   tabiat   xodisalari   bilan   ataladigan   bo’ldi:   bryumer   —   tumanlar
oyi,   termidor   —   issiqlik   oyi   va   xakozo.   Tenglik   ramzi   sifatida   «sen»   murojaati   kiritildi.
Maorif soxasida Fransiyada birinchi bor bepul umumiy boshlang`ich ta’lim kiritildi. Oliy ta’lim
va madaniyat  soxalarida  muxim muassasalar tashkil etildi. San’at va xunarlar konservatoriyasi,
Musiqa  konservatoriyasi  Luvrdagi  muzey,  Politexnika  maktabi,  Milliy  kutubxona, Milliy  arxiv
va   boshqalar.San’atda   inqilobiy   klassitsizm   yo’nalishi   ustivorlik   qilar   edi.     Sentimentalizm
g`oyalari, tabiat va seziluvchanlikka sig`inish rivojlanardi. 
Respublika   mudofaasini   tashkil   qilish  uchun   yakobinchilar  millatning   barcha  kuchlarini
safarbar   qildilar.   Qiska   muddatda   ommaviy   va   yangi   tashkil   etilgan   milliy   armiya   tuzildi.
Mamlakatning  moddiy resurslari mudofaaga  jalb etildi.  Yangi manufakturalar  qurildi. Qilingan
ishlar o’z samarasini berdi. 1794 yilning boshiga kelib koalitsiya  qo’shinlari  Fransiyadan surib
chiqarildi.    1794 yil 26 iyunda fransuzlar armiyasi Fleryusdagi jangda avstriyaliklarning  asosiy
kuchlarini   mag`lub   etishdi.   Belgiyaga   yo’l   ochildi.Lekin   shu   paytdan   boshlab   yakobinchilar
blokining   ichkarisida   siyosiy   ziddiyatlar   kuchaydi.   Raxbarlik   qilayotgan   Robesper   tarafdorlari
robesperchilar     radikal   inqilobiy   qarashlarga   ega   edi.   Lekin   ulardan   farqliroq,   «rioyali»   yoki
mo’’tadil yakobinchilar oqimi vujudga keldi. Bularga Jorj Jan Danton (1759—1794) boshchilik
qildi. «Rioyalilar» inqilobiy diktaturani yumshatish va bekor qilish tarafdorlari edi. 
                «Rioyalilarga»   qarshi   «ashaddiy»   inqilobchilar     Parij   Kommunasining,   seksiyalarini,
Kordelerlar   Klubining   faollari   o’z   g`oyalari   bilan   chiqardilar.   Jumladan,   Eber,   Shomett   kabi
siyosatchilar «muqaddas gilotina»ni yoqlab chiqardilar, tenglashtiruvchilik  choralari tarafdorlari
edi.Robesperchilar, «rioyalilar» va «ashadiylar» o’rtasidagi siyosiy kurash 1794 yilning baxorida
o’z   cho’qqisiga   yetdi.Eber   Kordelerlar   klubida   Konventni   «Yangi   brissochilardan»
(mo’’tadillardan) tozalashga va qo’zg`olon ko’tarishga chaqirdi. Lekin, na seksiyalar na Shomett
boshchiligidagi Kommuna bu chaqiriqni qo’llab   quvvatlamadi. Yakobinchilar xukumati bunga
qaramasdan   repressiyalar   uyushtirdi.   Eber   va   uning   tarafdorlari   inqilobiy   tribunalga   topshirildi
va gilotinada qatl etildi. Shomett xam shunday taqdirga uchradi. Kommuna uning tarafdorlaridan
tozalandi.  Aprel  oyida esa  mo’’tadillar  yetakchilari    Danton, Demulen  va boshqalarqatl    etildi.
Muxolifat raxbarlarini qatl etgandan so’ng robesperchilar terror siyosatini yanada kuchaytirdilar.
  9   Seksiyalarning ko’plab faollari qamoqqa olindi va ayrimlari qatl etildi. Inqilobiy armiya tarqatib
yuborildi. Kordelerlar klubi bekitib qo’yildi. Yakobinchilar xokimiyati zaiflashib bordi. Inqilob
davrida   vujudga   kelgan   yangi   savdo   sanoat   doiralari   tadbirkorlik   erkinligiga   intilardi   va
yakobinchilar xokimiyatini ag`darishga manfaatdor edi. Bunday vaziyatda robesperchilar jamoat
qo’llaydigan xech qanday dasturga ega emasdi. 
                   Konventning o’zida xam Robesper va uning tarafdorlariga qarshi fitnaning shakllanishi
tezlashdi. Fitnada Barras, Talen kabi deputatlar yetakchilik qildilar. Konventdagi «tekislik» xam
ular  tomoniga   o’ta  boshladi.   Ko’plab   montanyarlar   robesperchilar   dushmaniga   aylandilar.  Ular
Robesperni   diktaturaga   intilishda   aybladilar.   Robesperga   qarshi   Jamoat   qutqazish   qo’mitasi   va
Jamoat   xavfsizligi   qo’mitasining   bir   qator   a’zolarp   Robesperga   qarshi   chiqib,   27   iyunda   (9
termidorda) boshlangan Konvent majlisida Robesperni, uning ukasi Ogyustenni, Sen  Jyustni va
ularning   tarafdorlarini   qamoqqa   olish   to’g`risidagi   dekretni   qabul   qilinishsha   erishdilar.
Kommuna   seksiyalarni   qo’zg`olonga   chaqirdi.   Qamokdan   ozod   etilgan   Robesper   va   uning
safdoshlari   ratushaga   olib   kelindi.   Lekin   Robesperda   aniq   dastur   yo’q     edi.   Parijning   48
seksiyalarpdan   faqat   16   tasi   ratushaga   Milliy   gvardiyaning   otryadlarini   jo’natishdi.   Buyruq
olmagan   gvardiyachilar   va   kanonirlar   to’plari   bilan   tarqab   ketishdi.   Konvent   qo’shinlari   esa
ratushaga bostirib kirishdi. 10— termidorda qonundan tashqari deb e’lon qilingan Robesper, Sen
Jyust va ularning safdoshlari (jami 22 kishi) gilotinada qatl etildi. 11 — 12  Termidorda yana 83
kishi (asosan Kommuna a’zolari) qatl etildi. Yakobinchilar diktaturasi quladi. 
         9 —termidordan so’ng xukumat va Konventda yangi moliya, savdo —sanoat qatlamlari va
termidorchilar xukmronlik qildilar. Robesperga qarshi xarakatda qatnashgan so’l qanot arboblari
chetga   surib   qo’yildi   va   Gvianaga   surgun   qilindi.   Xalq   xarakati   faollari   va   yakobinchilarga
qarshi repressiyalar uyushtirildi. «Oq terror» negijasida yuzlab demokratlar o’ldirildi. Konventga
23   jirondachi   deputat   qaytarildi.   Yakobinchilar   qabul   qilgan   ko’plab   ijtimoiy   va   iqtisodiy
qarorlar termidorchilar tomonidan bekor qilindi. Natijada mamlakatda qimmatchilik, inflyatsiya,
ozik — ovqat ta’minotining o’zilishi juda o’sib bordi. 
Norozilik   asnosida   ko’tarilgan   barcha   chiqishlar   shavqatsiz   tarzda   bostirildi.   Butun   mamlakat
buylab   ommaviy   qammoqqa   olishlar   keng   tarqaldi.   Xalq   xarakatiga   keskin   zarba   berildi 1
.
Shu   bilan   bir   qatorda,     termidordan   sung   inqilobking   asosiy   yutuqlari   saqlab   qolindi.   Fransuz
respublikasi   urushda   koalitsiyani  mag`lub  etardi.  Koalitsiya   a’zolarining  o’rtasidagi   ziddiyatlar
bunga   yordam   berdi.   1795   yil   5   aprelda   Prussiya,   Reyn   daryosining   chap   qirg`og`idagi   nemis
yerlarini  Fransiya  tarkibiga  kiritilishiga  rozi  bulgan xolda,  Fransiya bilan  separat  Bazel  sulxini
imzoladi.   Iyulda   Fransiya   va   Ispaniya   o’rtasida   tinchlik   shartnomasi   imzolandi.   1795   yilning
avgust   oyida   Konvent   yangi   konstitutsiyani   qabul   qildi.   Respublika   tizimini   saqlab   qolgan
konstitutsiya   ikki   palatali   qonunchilik   korpusini   (Besh   yuzlar   kengashi   va   40   yoshdan   oshgan
250   a’zodan   iborat   Oqsoqolllar   kengashi),   ikki   bosqichlik   saylovlarni,   yoshga   va   mulkka   oid
1  Yangi tarix. I – tom. T.O’qituvchi 1967.  89-bet  
  10   senzni joriy etdi. Ijroiya xokimiyati besh kishidan iborat Direktoriyaga topshirildi. Konstitutsiya
emigrantlar yerlari musodarasini tasdiqladi. 
1795   yilning   25   oktabrida   tarqab   ketgan   Konvent   xokimiyatni   termidorian
konstitutsiyasida   ko’zda   tutilgan   muassasalarga   topshirdi.   Termidorchilar   xam   Besh   yuzlar
kengashi,   xam   Oksokollar   kengashi,   xam   Direktoriya   tarkibida   ustivorlik   qilishdi.   Direktoriya
davrida   moliyaviy   maxinatsiyalar,   spequlyatsiya   (olib   sotarlik),   milliy   mulkni   sotib   olish   va
qayta sotish juda keng tarqaldi. Bunday sharoitda «Tenglik uchun fitna», deb nom olgan xarakat
vujudga   keldi.   Bu   xarakatga   «Xalq   tribuni»   gazetasining   noshiri   Grakx   Babyof   (1760—1797)
raxbarlik qildi.. Babyof va uning safdoshlari utopik kommunizmga xos g`oyalarni ilgari surdilar.
Ularning   fikricha   «mukammal   tenglik»   tuzumi   «milliy   jamoa»   shaklida   bo’lib,   unda   shaxsiy
mulk bo’lmasligi va barcha fuqarolar ijtimoiy foydali ish bilan band bo’lishi lozim edi. Barcha
taqsimot   masalalarni   davlat   o’z   zimmasiga   olardi.   Bunday   jamiyatga   utish   davrida
mexnatkashlarning intizomli diktaturasi o’rnatilishi kerak bo’lardi. 
Babuvistlar tashkiloti 1796 yilda tuzilgach, qo’zg`olon tayyorlashga kirishdi. Lekin o’sha
yilning   may   oyida   sotqinlik   natijasida   xarakat   raxbarlari   qamoqqa   olindi.   Ulardan   Babef   va
Darte   1797   yil   27   mayda   gilotinada   qatl   etildilar.1796—1799   yillardagi   xarbiy   xarakatlar
Fransiya uchun muvaffakiyatli  bo’ldi. Ozodlik urushi termidor voqealaridan  so’ng bosqinchilik
urushiga aylandi. Inqilobximoyasi uchun tashkil etilgan armiya ekspansiya quroli sifatida xizmat
qila   boshladi.   1796yilaprelidaItaliyaga   xujum   boshlagan   Fransuz   armiyasi   bir   qator   janglarda
Pemont   va   Avstriya   armiyalarini   mag`lub   etdi.Vennetsiya   yerlaridai   o’tib,   fransuzlar   Avstriya
xududlariga   bostirib   kirdilar.   Avstriya   Fransiya   bilan   Kompo     Formio   tinchlik   shartnomasini
(1797   yil   17   oktabr)   imzoladi   va   Belgiya   xamda   Reynning   chap   soxilini   Fransiya   qo’shib
olganligini tan oldi. Venetsiya respublikasi yerlari ikki mamlakat o’rtasida bo’lib olindi. Natijada
Italiyada   Fransiyaning   ustivorligi   o’rnatildi.     Bosib   olingan   Shvetsariya   vassal   Gelvetik
respublikasiga   aylantirildi.   Kompo   Formio   tinchlik   shartnomasi   Fransiyaga   qarshi   birinchi
koalitsiyanvng tugashiga sabab bo’ldi. 
Fakat   Angliya   Dengizda   urush   olib   bordi.   Angliyaga   zarba   berish   maksadida   1798   yil
may oyida general Bonapart boshchiligidagi- fransuzlar armiyasi Misrga jo’nab ketdi. Bu yerda
Bonapart   Misrning   kavaleriyasi   (mamlyuklarni)   «Exromlar   oldidagi   jangda»   mag`lub   etdi   va
mamlakatning ko’p qismini o’ziga bo’ysundirdi.   Bu paytda, admiral Nelson qo’mondonligidagi
ingliz floti Abuqir reydida fransuzlar flotini yo’q qildi va  Bonapart armiyasini Fransiyadan uzib
tashladi.   1798   yilda   Fransiyaga   qarshi   ikkinchi   koalitsiya   tuzildi.   Unga   Angliya,   Rossiya,
Avstriya,   Shvetsiya,   Turkiya,   Neanolitan   Burbonlari   kirdilar.   Asosiy   janglar   Italiyada   bo’lib
o’tdi.   Bu   yerda   A.V.Suvorov   qo’mondonligi   ostidagi   rus   va   Avstriyalik   qo’shinlar   bir   necha
g`alabalarga   erishdilar.   Admiral   F.F.Ushakov   boshchiligidagi   rus   floti   Ioniya   orolini
fransuzlardan   tozaladi.   Italiyada   Fransiyaning   ustivorligi   quladi.   Fransuzlar   Reynda   xam
mag`lubiyatga uchrar edilar. Lekin Pavel I 1799 yil kuzida  rus qo’shinlarini kaytarib olganidan
  11   so’ng   Fransiyaning   xarbiy   axvoli   yaxshilandi.   Urush   oqibatlari,   moliyaviy   qiyinchiliklar,ishlab
chiqarishning   pasayishi,   mustamlakalar   bilan   savdoning   pasayib   ketishining   va   eksportning
qisqarishi Direktoriya tartibotini tang axvolga olib keldi.
  Ijtimoiy   –   iqtisodiy   va   siyosiy   inqiroz   sharoitida   mamlakatda   royalistlarning   kuchayishi   sodir
bo’ldi.   Royalistlarning   faollashuvi   va   qonunchilik   korpusida   mavqelarining   mustaxkamlanishi
Direktoriyani chapga og`ishga olib keldi. 1797yil 4 sentabrda Direktoriya armiya yordami bilan
davlat   to’ntarilishini   amalga   oshirdi.   1797   yilda   aylangan   77ta   oyalist   deputatlar   o’z
vakolatlaridan   maxrum   etildi.Mamlakatga   qaytib   kelgan   emigrantlar   va   qasamyod   qilmagan
ruxoniylar   repressiyaga   chradilar.   yekin,1798   yil   baxorida   bo’lib   o’tgan   Yangi   saylovlarda
respublikachi—demokratlarning muvaffaqiyatlari endi Direktoriyaning o’nga burilishiga majbur
etdi.   Xarbiy   mag`lubiyatlar   demokratik   muxolifatning   jonlanishiga   olib   keldi.   Respublika
ximoyasi  uchun  favqulodda  choralar   talab   qilindi,  garovdagilar  to’g`risida   qonun va  boylardan
100   mln   frank   majburiy   zayomolish   dekreti   qabul   qilinishiga   erishildi.Parijda   yakobinchilar
klubi   tiklandi,   demokratik   ro’znomalar   chiqa   boshladi.   Bu   esa   yuqori   xukmrondoiralarning
noroziligi   va   qo’rquvini   uyg`otdi.   Mamlakat   buylab   tartibsizlik   va   korrupsiya   keng   tarqaldi.
Barqarorlik   va   tartib   —   siyosiy   maydonda   asosiy   talab   bo’lib   qoldi.   Bunday   sharoitda
konservativ doiralarda armiya yordamida davlat to’ntarilishi amalga oshirish rejasi ilgari surildi.
Direktoriyani   qulatilishi   va   uning   o’rniga   parlamentdan   mustaqil   siyosat   olib   boradigan,
xokimiyat   yaratilishi   ko’zda   tutilgan   edi.   Bu   paytda   Parijga,   o’z   armiyasini_Misrda   tashlab   ,
general   Bonapart   yetib   keldi.   Omma   ichida   katta   etgiborga   ega   bo’lgan   Napoleon   Bonapart
xarbiy   to’ntarish   yasash   uchun   eng   loyiq   shaxs   edi.   Moliyachilar   uni   kerakli   mablag`lar   bilan
ta’minladilar. 
VIII   yilning   18   bryumerida   (1799   yil   9   noyabrda)   «yakobinchilar   fitnasi»   baxonasida
qonunchilik   korpusi   majlislari   Sen   —Klu   degan   joyga   kiritildi.   Bonapart   Parijning   barcha
qo’shinlarining qumondoni etib tayinlandi. Ertasi kuni Besh yuzlar kengashida Bonapart 
«yo’qolsin tiran!» qichqiriqlar bilan qarshi olindi. Kengashlarning a’zolaridan bir qismi Sen —
Klu   saroyiga   keltirildi   va   bu   yerda   Direktoriyaning   yo’q   qilinishiga,   xokimiyatni   Bonapart
boshchiligidagi   uch   konsulga   topshirilishiga   ovoz   berdi.   Ikki   Kengash   o’rnini   (Oqsoqollar
Kengashi   va   Besh   Yuzlar   Kengashi)   ikki   komissiya   egalladi.   Komissiyalar   plebissit
tasdiqlaydigan yangi konstitutsiyani ishlab chiqarish kerak edi. To’ntarish mamlakatda Napoleon
Banapartning   xarbiy  diktaturasiga  yo’l  ochib  berdi.  18  —bryumer  Buyuk Fransuz  inqilobining
yakuni bo’ldi 1
. 
1799 yil dekabrida  Fransiyaning  yangi konstitutsiyasi  qabul qilindi. Rasman Fransiyada
respublika  tuzumi  saqlanib  qolindi.  Ijroya xokimiyati  uch konsulga  topshirildi.  Birinchi  konsul
— Napoleon Bonapart (1769 — 1821) — o’n yilga saylanib, o’z qo’lida deyarli barcha ijroya,
qisman   sud   va   konunchilik   xokyamiyatlarini   mujassam   etdi.Qonunchilik   xokimiyati   Davlat
1  Yangi tarix. I – tom. T.O’qituvchi 1967. 76-bet.  
  12   kengashi, Tribunat, Qonunchilik korpusi o’rtasida taqsimlangan edi va ijroya xokimiyatga qaram
qilib   qo’yilgan   edi.   Fransiyada   Napoleon   Bonapartning   shaxsiy   xokimiyat   tartiboti   o’rnatildi.
1799   yil   Konstitutsiyasi   yangi   yer   egallarga   inqilob   davrida   qo’lga   kiritilgan   yer   egaliklarini
kafolatladi.   Bu   Konstitutsiya   plebissit   (umumxalq   ovoz   berishi)   tomonidan   ma’qullandi.
1802 yilda o’tkazilgan yangi - plebissit Birinchi konsul lavozimini umrbod Napoleonga berkitib
qo’ydi.   Napoleon   Bonapartning   xokimiyati   Fransiya   olib   borgan   muvaffaqiyatli   urushlar
natijasida   kuchayib   bordi.   Napoleonning   tug`ilgan   kuni   1802   yilda   milliy   bayram   deb   e’lon
qilindi.  1804 yilda  esa Napoleon Bonapart Napoleon  I nomi bilan Fransiyaning  imperatori  deb
e’lon   qilindi.   Mamlakatda   avtoritar   tuzumi   o’rnatildi.   Konsullik   va   imperiya   davrida   marka
zlashgan   byurokratii   davlat   apparati   shakllandi.   Ma’muriy   boshqaruvda   prefektura   tizimi
kiritildi.  Xukumat  tomonidan  tayinlanadigan  departament  boshlig`i  — prefekt o’z  qo’lida  to’la
ma’muriy xokimiyatni mujassam etdi. 
  Napoleon cherkov  bilan  munosabatlarini  yaxshilashga  intildi.  1801 yili  Napoleon  va papa Piy
VII o’rtasida konkordat tuzildi. Unga asosan katolik dini ko’pchilik fransuzlarning dini deb e’lon
qilindi.   Diniy   bayramlar   tiklandi.Davlatdan   cherkovni   ajratilishi   bekor   qilindi.   Papa   o’z
navbatida   musodara   qilingan   cherkov   yerlarini   yangi   egallarining   qonuniy   mulki   sifatida   tan
oldi.   Bundan     tashqari,   papa   oliy   cherkov   lavozimlarga   xizmatchilarni   xukumat   tomonidan
tayinlanishiga  rozi  bo’ldi.   Cherkov imperator  sharafiga   maxsus  ibodatni   kiritdi.   Shunday  qilib,
cherkov davlat xizmatiga o’tdi. 
Konsullik va imperiya davrida inqilob paytida qo’lga kiritilgan demokratik yutuqlarning
ko’pchiligi   bekor   qilindi.   Ro’znomalarning   ko’pchiligi   bekitildi.   Maorif   soxasida   cheklash,
markazlashtirish siyosati olib borildi. Armiya va politsiyachi apparat kuchaytirildi.  Mamlakatda
xarbiy   —   byurokratik   diktatura   o’rnatildi.                   XIX   asr   boshlarida   Fransiya   asosan   agrar
mamlakat   edi.   Axolyning   80%   dexqonlar   tashkil   etardi.   Lekin,   inqilob   fransuz   qishloqlarida
kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga sharoitlar yaratib bergan edi. Konsullik va Birinchi
imperiya yillari — fransuz sanoatining jadal rivojlanishi, davri edi. Fransiya sanoat to’ntarilishi
davriga kirgan edi.   Tashqi savdo o’sdi. Tadbirkorlikni   qo’llab — kuvvatlash mAqsadida 1800
yilda Fransiya banki, 1810 yilda esa Savdo ishlari  buyicha kengash va fabrika  va manufaktura
ishlari   bo’uyicha   kengash   tuzildi.   Bank   va   kredit   soxasi   sust   rivojlangan   edi.   Fransiya   banki
qisqa   muddatli   kreditlar   beruvchi   deyarli   yagona   tashkilot   edi.     Xukumat   moliyaviy   axvolni
barqarorlashtirishga  erishdi  G`olibona   urushlar   va  proteksionistik  siyosat   eksportning  o’sishiga
olib keldi. Barcha Yevropa bozorlari fransuz mollari uchun ochib berildi. Umuman Konsullik va
imperiya   davri   Fransiya   sanoatining   rivojlanishida   qulay   keldi.Konsullik   va   imperiya   davrida
qonunchilikni tartibga solish bo’yicha ko’plab ishlar qilindi. JumladanNapoleon Kodekslari deb
nom olgan yuridik mezonlarqabul qilindi. 1804 ynli Fuqarolar kodeksi, 1807 yiliJinoyat kodeksi,
1811 yil Tijorat kodeksi qabulqilindi.  Bu  kodekslarda shaxsiy mulk ximoyasi, shaxs daxlsizligi,
vijdon erkinligi, fukarolarning qonun oldida tengligi kabi tamoyillar kirtilgan bo’lsa xam, inqilob
  13   davridagi qonunchilik tizimiga nisbatan kodekslar orqaga siljish edi.Bu davrda Fransiya Yevropa
davlatlari bilan to’xtovsiz urushlar olib bordi.Bosib olingan va tobe qilingan davlatlarni fransuz
mollari uchun bozorlarga va fransuz sanoat uchun xomashyo manbaiga aylantirish siyosati olib
borilardi.Manfaatsiz   savdo   shartnomalarga   majburlash   va   fransuz   mollariga   monopol   narxlarni
belgilash   yo’li   bilan   qaram   mamlakatlarda   iqtisodiy   rivojlanishga   to’sqinlik   qilinar   edi.   Bu
mamlakatlardan   ulkan   kontributsiyalar   olinar   edi.Napoleon   urushlarining   asosiy   maqsadi
Yevropada fransuz ustivorligini o’rnatish edi. Fransiyaga qarshi koalitsiyalarga kirgan davlatlar
Angliya,   Rossiya,   Avstriya,   Prussiya   nafaqat   Fransiyaning   ustuvorligi   o’rnatilishiga   qarshi
kurashganlar, balki o’zining uzoqqa boruvchi maqsadlariga ega edi.Lekin, xalqaro munosabatlar
markazida   Angliya   —   Fransiya   Raqobati   turardi.1800   yilda   ichki   qarama   —   qarshiliklar
natijasida  Fransiyaga  qarshi tuzilgan  ikkinchi  koalitsiya  deyarli  tarqab  ketdi. 1801 yili  Rossiya
va Avstriya bilan tinchlik shartnomalari imzolandi. Ushbu shartnomalar natijasida Fransiyaning
xokimiyati   deyarli   butun   Italiya,   german   davlatlarning   bir   qismi,   Belgiya   va   Gollandiyaga
yoyildi.1802   yili   Amenda   Angliya   va   Fransiya   o’rtasida   tinchlik   shartnomasi   imzolandi.   Ikki
davlat   Yevropada   o’rnatilgan   tartibni   saqlash   majburiyatini   oldi.Ammo,   1802   yil   tinchligi
uzoqqa cho’zilmadi. 1803 yili xarbiy xarakatlar yana boshlanib ketdi.1805 yili Fransiyaga qarshi
uchinchi   koalitsiyatuzildi.   Unga   Angliya,   Rossiya,   Avstriya   va   Neapoletanqirolligi   qo’shildi.
1805   yil   21   oktabrda   Trafalgarburunida   admiral   Nelson   qo’mondonligidagi   ingliz   flotifransuz
ispan   flotini   mag`lub   etdi.   Bundan   so’ng,Napoleon   barcha   kuchlarini   Avstriya   qo’shinlariga
qarshiqaratishga   qaror   qildi.1805   yilning   oktabrida   Avstriya   armiyasi   taslim   bo’ldi,   fransuzlar
Venaga   kirib   kelishdi.   Dekabr   boshlarida   Austerlits   yonidagi   jangda   Rossiya   va   Avstriyaning
birlashgan   qo’shinlari   fransuzlar   tomonidan   mag`lub   etildi.   Tez   orada   Fransiya   va   Avstriya
o’rtasida   tinchlik   shartnomasi   imzolandi.1806   yilda   Napoleon   Bonapart   protektorati   ostida   16
german davlatlaridan iborat Reyn ittifoqi tuzildi. Imperator Frans german millatining Muqaddas
Rim  imperiyasining  imperatori  darajasini   o’zidan  soqit   qilishga   majbur   bo’ldi.Avstriyaning   tor
—mor etilishi va urushdan chiqishidan so’ng, 1806 yilda Napoleon Fransiyasiga qarshi to’rtinchi
koalitsiya   tuzildi.   Bu   koalitsiyaga   Angliya,   Prussiya,   Rossiya   va   Shvetsiya   kirdi.Ammo,   o’sha
yilning uzidayoq Prussiya armiyasi Vena va Austerlits yonidagi ikki yirik jangda tor-mor etildi.
1806   yil   oktabrining   oxirida   Napoleon   Berlinga   kirib   keldi.   Bu   yerda   1806   yil   21   noyabrda
Napoleon   kontinental   (kitaviy)   qamal   to’g`risidagi   dekretni   imzoladi.   Bu   dekret   Yevropa
davlatlarining   iqtisodiyotiga,   shu   jumladan   Fransiya   iqtisodiyotiga   xam,   og`ir   zarba
berdi.Dekretga muvofiq butun Fransiya imperiyasida va qaram mamlakatlarda Buyuk Britaniya
bilan   savdo   qilish   taqiqlandi.Lekin,   uzining   asosiy   maqsadi   —   Angliyani   iqtisodiy   mag`lub
qilishga     Napoleon   erisha   olmadi.   Angliyaning   iqtisodiyoti   og`ir   axvolda   edi,   lekin   vaziyat
falokatli emasdi.Angliyani mag`lub etish va Fransiya ustivorligini o’rnatish vazifasini Napoleon
Rossiya bilan murosaga kelish yo’li bilan erishmokchi edi. Tilzit shartnomasiga (7 iyul  1807  y.)
ko’ra   Rossiya   Yevropada   Napoleon   tomonidan   amalga   oshirilgan   o’zgarishlarni   tan   oldi   va
  14   qitaviy   qamalga   qo’shildi.   O’z   navbatida   Rossiya   Turkiya   va   Shvetsiyaga   qarshi   xarakatlar
erkinligini   qo’lga   kiritdi.Shu   yerning   o’zida   fransuz   —prus   tinchlik   shartnomasi   imzolandi.
Prussiya   davlati   qisqartirilgan   shaklda   saqlanib   qolindi.   Bundan   tashqari,   Prussiya   qitaviy
kamalga   qo’shildi.   Yevropada   kuchlarning   yangi   nisbatishakllandi.   Tilzit   shartnomasi
Yevropada   ikki   yirikdavlatning   ustivorligini   nazarda   tutgan   edi.   LekinFransiyaning   mavqei
ancha   kuchliroq   edi.   1808   yilda   boshlangan   Ispaniyaning   okkupatsiyasi   natijasida   1809   yili
Fransiyaga   qarshi   beshinchi   koalitsiya   tuzildi.   Bu   koalitsiya   tarkibiga   deyarli   faqat   Angliya   va
Avstriya   kirdi.1809   yilning   iyulida   Bagram   yonidagi   jangda   fransuz   armiyasi   avstriyaliklarni
yana   tor   —   mor   etdi.   1809   yil   oktabrida   Shyonbrug   tinchlik   shartnomasi   imzolandi.   Avstriya
xududlari   juda   qisqartirildi.   Bundan   tashqari,   Avstriya   o’z   armiyasini   qisqartirishga,   katta
kontributsiya   to’lashga   va   qitaviy   qamalga   qo’shilishga   majbur   bo’ldi.1809   yilgi   Fransiya   —
Avstriya   urushi   Tilzitda   1807   yilda   tuzilgan   xalqaro   munosabatlar   tizimiga   jiddiy   zarba
berdi.1812   yil   boshlariga   kelib   Rossiya     Fransiya   ziddiyatlari   shunday   keskinlashdiki,   urush
muqarrarligi   ayon   bo’lib   qoldi.Napoleonning   Rossiyaga   bosqini   24   iyun   1812   yilda   boshlandi.
Bu   agressiya   Rossiya   axolisining   qatgiq   qarshiligiga   uchradi.7   sentabr   (26   avgust)   1812   yilda,
Moskva yaqinida,  Mojaysk yonida  Borodino jangi  bo’ldi. Bu jangda fransuz armiyasi  60 ming
kishini,   rus   armiyasi   40   mingdan   ortiq   kishini   yo’qotdi.   Rus   armiyasi   chekingan   bo’lsa   xam,
lekin   tor-mor   etilmadi   va   o’zining   jangovorligini   saqlab   qoldi.1812   yil   14   oktabrda   fransuz
armiyasi Moskvaga kirdi. Ammo, fransuzlar Moskvada xuddi qamalga  tushgan axvolda edi —
atrofda   xalq   urushi   alangasi   yonardi.   Rus   xukumati   Napoleonning   tinchlik   muzokaralarini
boshlash   to’g`risidagi   bir   necha   takliflarini   rad   etdi.18   oktabrda   fransuz   armiyasi   falokatli
bo’lgan  Moskvadan  chekinishni  boshlashga   majbur  bo’ldi.  Tez   orada  Napoleon   o’z  armiyasini
tashlab, Parijga jo’nab ketdi. Rossiyadagi mag`lubiyat butun Napoleon imperiyasining qulashini
boshlab   berdi.1813   yilning   baxorida   yangi   —oltinchi   koalitsiya   tuzildi.,   Koalitsiyaga   Angliya,
Rossiya,   Shvetsiya,   Prussiya,   Ispaniya,   Portugaliya   va   Avstriya   (1813   yilning   avgustida)
kirdi.Napoleon   armiyasi   va   ittifoqchilar   armiyasi   o’rtasidagi   xal   qiluvchi   jang   16—19   oktabr
1813   yil   Leypsig   yonida   bo’lib   o’tdi.   «Xalqlar   jangida»   Napoleon   tor   —   mor   etildi   va   Reyn
ortiga   chekindi.Bundan   so’ng,   Fransiyani   inqilobdan   oldingi   chegaralarga   qaytarish   sharti
asosida   tinchlik   tuzish   to’g`risidagi   koalitsiyaning   takliflarini   Napoleon   rad   etdi.   1814   yil
martida Angliya, Rossiya, Prussiya va Avstriya Napoleonni to’la tor —mor etguncha urush olib
borish   bo’yicha     shartnoma   tuzdilar.     31   mart   1814   yil   ittifoqchilar   Parijga   kirdilar.   Napoleon
o’g`li foydasiga taxtdan  voz kechdi.  Ammo, Senat, Yevropa davlatlari  ta’siri  ostida, Burbonlar
sulolasini  taxtga qaytarishni  qaror qildi.Napoleon  Elba oroliga surgun qilindi.  1814 yil 30 may
kuni   Parijda   tinchlik   shartnomasi   imzolandi.   Fransiya   1792   yil   chegaralariga   qaytarildi.
Masalalarni   batamom   xal   qilish   uchun   Venada   kongress   o’tkazilishi   nazarda
tutildi.Burbonlarning   o’n   oylik   xukmronligi   mamlakatda   Napoleon   tarafdorlik   kayfiyatlarning
jonlanishiga olib keldi. Bunday vaziyatda Napoleon bir ming gvardiyachilar bilan Fransiyaning
  15   janubiga   kelib   tushdi   va   20   martda   Parijga   qaytdi.   Qaytish   yo’lida   xarbiy   qismlar   uning
tomoniga o’tdi. Imperiya tiklandi.Napoleonga qarshi oxirgi — yettinchi koalitsiya tashkil etildi.
1815 yil 18 iyunda Vaterloo (Bryussel yonida) jangida — itgifoqchilar Napoleonni batamom tor
—mor   etishdi.   Napoleon   Bonapart   Muqaddas   Yelena   oroliga   surgun   qilindi   va   bu   yerda   1821
yilda vafot etdi.1805 yil avgustida Napoleon imperiyasiga qarshi Angliya, Rossiya, Avstriya va
Ikki   Sisiliya   qirolliklridan   iborat   3-koalisiya   tuzildi.   Ittifoqchilaming   maqsadi   Germaniya,
Ilaliya,   Shvesariya   va   Gollandiya   hududidan   fransuz   qo'shinlarini   haydab   chiqarish   va   bu
mamlakatlarda   eskl   tartiblarni   tiklashdan   iborat   edi.   Dengizda   frantsuz   va   ispan   floti   1805   yil
oktyabridanoq admiral Nelson qo'mondonligidagi ingliz floti tomonidan Trafalgar burni yaqinida
tor-mor etildi. Napoleonning Angliyaga desant tushirish rejasi barbod bo'ldi. Bulondagi frantsuz
harbiy lageri Reyn ortiga yo'nallirildi. Noyabr oyida frantsyz qo'shini Venani egalladi. 1805 yil 2
dekabrda Avstriya va rus qo'shlari birgalikda Austerlisda frantsuz qo'shini bilan jangga kirdi va
ittifoqchilar tor-mor etildi. Austerlis mag'lubiyatidan , so'ng Avstriya urushdan chiqib, Fransiya
bilan sulh shartnomasini imzolashga majbur bo'ldi. Unga ko'ra Fransiya Germaniya va Italiyada
erkin   haiakat   qilishni   qo'lga   kiritdi.   Benetsiya,   Istriya   va   Dalmatsiya   Ilaliya   qirolligiga   qo'shib
olindi.   1806   yil   Napoleon   janubiy   german   davlatlaridan   o'zining   protektoratligi   ostidagi   Reyn
ittifoqini tuzdi. Italiyadagi frantsuz qo'shinlari Neapolni egalladilar va Napoleonning akasi Jozef
Bonapart   Neapolitaniya   taxliga   o'tirdi.   Batova   respublikasini   Napoleon   Gollandiya   qirolligiga
aylantirib,   uning   taxtiga   ukasi   Lyudovikni   o'tqazdi.Avstriyani   tor-mor   etgan   Fransiya   Pmssiya
bilan hisoblashmay qo'ydi. Gannovcrni Prussiyaga berib, keyinroq uni tortib olishga qaror qildi
va   o'z   qo'shinlarini   Prussiya   hududiga   kiritdi.   Yaqinlashayotgan   xavfni   sezgan   Prussiya
hukumati   Rossiya   va   Angliya   bilan   ittifoq   tuzdi.   1806   yil   sentyabrida   mazkur   davlatlar   va
Shvesiya 4-koalisiyani tashkil qildilar.Raqib kuchlarni birlashtirrnasdan tor-mor etish qoidasiga
amal qilgan Napoleon osongina Prussiya qo'shinlarini tor-mor etib, Berlinni egalladi. 1806 yil 21
noyabrda   Napoleon   "Kontinental   blokada"   haqida   Berlin   dekretini   imzoladi.   Bu   dekret
Fransiyaga   bo'ysundirilgan   davlatlarning   Angliya   bilan   savdo   qilishini   ta'qiqladi.   Angliyani
qo'shin bilan olish umidi puchga chiqqan Napoleon uni iqtisodiy jihatdan bo'g'ib qo'yishga qaror
qildi.   1807   yilda   Napoleon   Angliya   portlariga   va   mustamlakalariga   kirgan   betaraf
mamlakalarning kemalarini tutib ola boshladi. 1
 
Berlinda   kontinental   blokada   e'lon   qilgan   Napoleon,   endi   qo'shinlarini   Sharqiy
Prussiyadagi   rus   qo'shinlari   ustiga   yo'naltirdi.   1807   yilning   14   iyunida   Fridlandda   rus   qo'shini
tor-mor etildi. Rossiya 1804 yildan buyon Eron bilan, 1806 yildan esa Turkiya bilan urush olib
borayotgan bo'lib, qiyin ahvolga tushib qoldi va Napoleon balan bitim tuzishga kirishdi. 1807 yil
7   iyulda   Tilzitda   Aleksandr   1   va   Napoleon   sulh,   ittifoqchilik   to'g'risida   shartnoma   im/oladilar.
Unga ko'ra Fransiya G'arbiy Hvropada erkin harakat qilish huquqini qo'lga kiritdi. 
1  Yangi tarix. I – tom. T.O’qituvchi 1967. 86 bet.  
 
  16   Polsha yerlari (Sileziyadan tashqari) Prussiyadan tortib olinib. Fransiyaga tobe bo'lgan Varshava
gersogligi   tuzildi.   Rossiya   kontinental   blokadaga   qo'shilish   majburiyatini   oldi.   Napoleon
Turkiyaning   Evropadagi   provinsiyalarini   va   Shvelsiyani   egallashida   Aleksandr   I   ga   qarshi
emasligini   ma'lum   qildi.yil   Napoleon   Portugaliyani   kontinental   blokadaga   qo'shilishini
so'radi,biroq,bunga   rad   javobini   oldi.   Shunda   u   Ispaniya   orqali   frantsuz   qo'shinlarini
Portugaliyaga kiritdi. Angliyaning yordami bilan portugallar frantsuz qo'shinini tor-mor etdilar.
Shundanso'ng   katta   miqdordagi   fransuz   qo'shinlari   Ispaniyaga   kiritildi   va   Jezef   Bonapart
Ispaniyataxtiga o'tirdi.  Ispaniyada fransyzlarga qarshi  milliy ozodlik urushi boshlanib ketdi. 
Fransiya hududidan Ispaniyaga yangidan harbiy kuchlar keltirildi. 
1807   yil   oktyabrida   llrfurtdagi   muzokalardan   so'ng   Aleksandr   1   Napoleonga   uning
Avstriyaga   qarshi   urushida   iltifoqchisi   bo'lishga   rozi   bo'ldi.   Biroq,   amalda         jiddiy   harbiy
harakatlarni   olib   bormadi.1810   yildan   boshlab   Rossiya   --   Fransiya   munosabattari   tez
yomonlasha   boshladi.   Napoleon   Turkiya   va   Eronni   Rossiyaga   qarshi   urushni   davom   ettirishga
da'vat   etdi.   Kontinental   blokada   rus   pomeshchiklari   va   savdogarlarini   xonavayron   qildi.
Napoleon   1810   yil   Franlsiyaning   Rossiyaga   kiritilayotgan   zebi-ziynat   byumlariga   bojxona
lo'lovlarini oshirilganidan va Rossiyaga ingliz mahsulotlarini erkin kiritalayotganidan norozi edi.
Rossiya-Frantsuya   munosabatlariga   Napoleonning   Varshava   gersogligidagi   Rossiyaga   qarshi
platsdarm va Fransiyaning ittifoqchisi sifatida foydalanayotganligi ham sabab bo'Idi. 
1812 yilda   Rossiya-Turkiya   bilan   Buxarestda   sulh   shartnomasini   imzoladi.   Buxarest
sulhi   Rossiya   diplomatiyasining   katta   yutug'i   edi.   Unga   ko'ra   Bessarabiya   Rossiyaga   berildi.
Turkiya   va   Rossiya   Fransiyaga   qarshi   birgalikda'harakat   qilishga   kelishib   oldi.   Shunday   qilib
Rossiya   va   Fransiya   o'rtasida   urush   yetildi.Napoleon   Rossiyaga   hujum   qilish   uchun   640   ming
kishiiik   qoshin   tayyorladi.   Rossiya   armiyasi   unga   qarsgi   230   ming   kishilik   konlingentini
qo'ydi.24   iyun   1812   yilda   Napoleon   Neman   daryosi   orqali   Rossiyaga   hujum   qildi.   Dastlabki
yirik   jang   Smoienskda,   7   sentyabrda   esa   Moskva   yaqinidagi   Borodino   qishlogida   bo'lib   o'tdi.
Borodino jangi har ikkala tomon uchun ham katta yo'qotishlar bilan tugadi. Frantsuzlar 135 ming
kishilik qo'shindan 60 ming, ruslar 320 mingdan 40 minggan ko'proq qurbon berdilar. Kutuzov
qo'mondonligidagi rus armiyasining slrategiya va taktikasi, partizanlik urushi, qahraton qishning
boshlanishi,   Rossiya   hududmlng   kengligi   va   Fransiyadan   uzoqlab   ketgan   ko'p   sonli   frantsuz
qo'shinlarini   qurol-yarog",   o'q-dori,   oziq-ovqat   mahsulotlari   bilan   ta'minlashdagi   uzilishlar   va
qiyinchiliklar Rossiyani mag'Iubiyatdan saqlab qoldi. Frantsuz armiyasi tor-mor etildi. Napoleon
bir qism armiyasi bilan Fransiyaga chekindi. 
yil bahorida Fransiyaga qarshi Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya va Portugaliyadan
iborat 6-koalitsiya tashkil qilindi. Koalitsiuaning 300 ming qo'shinlari bilan   frantsuzlarning 190
ming kishilik qo'shini o'rtasida hal qiluvchi jang 1813 yilning 16-19 oktyabr kunlari Leyptsigda
yuz berdi. Unda har 2 tomondan 140 ming kishi qurbon berilgan. Frantsuz qo'shinlari
mag'iubiyatga uchradi. 1814 yil harbiy harakatlar Fransiya territoriyasiga ko'chdi. 1814 yil
martida   Shomon shahrida Rossiya, Angliya, Avslriya va Prussiya urushni oxirigaeha ya'ni to'la
  17   g'alaba qilguneha davom ettirish haqida shartnoma imzoladilar. 31 mart kuni ittifoqchilar
qo'shini Parijni egalladi. Senat Burbonlar sulolasini hokimiyatga tikladi. Lyudovik XVI ning
ukasi graf Provanskiy Lyudovik XVIII nomi bilan Fransiya taxtiga o'tirdi. 1814 yilda Parij
tinchlik shartnomasiga ko'ra Fransiya 1792 yilgi chegaralariga qaytarildi. Napoleon Elba oroliga
surgun qilindi.Napoleon ustidan g'alaba qilgan 4 asosiy davlat: Rossiya, Angliya, Prussiya,
Avstriya vakillari 1814 yil 1 sentyabrdan 1815 yil 9 iyunigacha bo'lgan vaqt davomida
Evropadagi siyosiy holatni tartibga solish uchun Venada kongress chaqirdilar. Ular "legitimizm"
prinsipini ya'ni, hokimiyatning yo'qotgan monarxlarni hokimiyatga tiklash uchun harakat
qilayotgan bir vaqtda, 1815 yil 1-martda Napoleon Bonapart 1000 kishilik qo'shin bilan Parijga
keiayotganligi haqida xabar tarqaladi. 20 martda Napoleon Fransiya taxtini egalladi. Napoleonga
qarshi tezda 7-koalitsiya tuzildi. Unga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya va boshqa
davlatlar kiradi. Juda katta harbiy ustunlikka ega bo'lgan koalitsiya qo'shinlari 18 iyun kuni
Bryussel yaqinidagi Veterloo qishlog'ida Napoleon qo'shinini tor-mor etadi. 22 iyunda o'zining
yangi 100 kunlik boshqaruvidan so'ng Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo'Idi va
Muqaddas Elena oroliga surgun qilindi. Fransiyaga yangidan kontributsiya solindi.Bcna
kongressi qarorlari Evropada dvoryan-monarxik reaksiyaning kuchayishiga sabab bo'Idi.
Tnqilobiy va milliy-ozodlik harakatlariga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida Evropa
davlatlarining reaksion hukumatlari o'zaro "Muqaddas ittifoq" deb atalgan ittifoq luzdilar. 1815
yil 26 senlyabrda Aleksandr 1 tomonidan tayyorlangan bu hujjat Angliya va Turkiyadan tashqari
barcha monarxik davlatlar tomonidan imzolandi. Unung a'zolari sof birodariik va xristian dini
prinsiplaridan kelib chiqqan holda bir-birini qo'llab-quvvatlash majburiyatini oldilar.      
  5 . Mavzuni oʻqitishda metodlardan foydalanish
Hozirgi kunda pedagogikaning asosiy yo‘nalishlaridan biri faol, ijodkor  talaba,  o‘z
yurtining   fuqarosi   etib   tarbiyalashdir.   Ijodkorlik   bilan   ishlaydigan   o'qituvchilar
ta'lim   mazmunini   yangilashga   intilishadi,   o'quvchilarning   yuqori   mustaqilligini
ta'minlovchi   yangi   usullarni   izlaydilar.   Og'zaki-kitob   usuli,   amaliy   usul,   usul   kabi
usullardan muammoli o'rganish,  evristik usul, tadqiqot usuli, eng samaralilaridan
biri vizual usuldir. Ko‘rib chiqilayotgan muammoning dolzarbligi, nazariy va amaliy
ahamiyati,   o‘quv   jarayonini   nafaqat   o‘quv   ma’lumotlarini   samarali   yetkaza
oladigan, balki o‘quvchilar ehtiyojlarini ham qondira oladigan ko‘rgazmali qurollar
bilan   ilmiy   asoslangan   ta’minlashda   pedagogik   amaliyotning   zarurligi   ko‘rib
chiqishga   imkon   beradi.   tanlangan   “Tarix   darslarida   ko‘rinish   va   yangi   axborot
texnologiyalari   o‘quv   motivatsiyasini   oshirish   vositasi   sifatida”   mavzusi   juda
muhim.
Beshtasini ayt - Sinfda o'ynash uchun qiziqarli o'yinlar
Bu   oddiy   lug'atni   ko'rib   chiqish   o'yini   bo'lib,   unda   siz   o'zingizning   qoidalaringizni
ishlab chiqishingiz mumkin. Sinfda o'quvchilaringizni guruhlarga bo'ling va har bir
  18   guruhga   toifani   bering   (masalan,   pizza   to'plami).   Ular   20   soniya   ichida   ushbu
toifaga tegishli beshta narsani (masalan, pitsa qo'shimchalari: pishloq, qo'ziqorin,
jambon, bekon, makkajo'xori) doskada o'ylab topishlari kerak bo'ladi. 
Virtual   sinf   uchun   talabalar   doskaga   toifadan   beshta   narsani   yozishlariga   ruxsat
bering. Ularning eng tezkori g'olibdir!
"YALPIY FIKRIY HUJUM” METODI
Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit
yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga olgan
guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki
ijodiy   vazifalar   belgilangan   vaqt   ichida   ijobiy   hal   etilgach,   bu   haqida   guruh
a’zolaridan biri axdorot beradi.
Guruh   tomonidan   berilgan   axborot   (topshiriq   yoki   ijodiy   vazifaning   yechimi)
o‘qituvchi   va   boshqa   guruhlar   a’zolari   tomonidan   muhokama   qilinadi   va   unga
baho   beriladi.   Mashg‘ulot   yakunida   o‘qituvchi   berilgan   topshiriq   yoki   ijodiy
vazifalarning   yechimlari   orasida   eng   yaxshi   va   o‘ziga   xos   deb   topilgan   javoblarni
e’lon   qiladi.   Mashg‘ulot   jarayonida   guruhlar   a’zolarining   faoliyatlari   ularning
ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.
6x6x6” METODI
“6x6x6”   metodi   yordamida   bir   vaqtning   o‘zida   36   nafar   o‘quvchini   muayyan
faoliyatga  jalb   etish  orqali  ma’lum  topshiriq  yoki  masalani  hal  etish,  shuningdek,
guruhlarning   har   bir   a’zosi   imkoniyatlarini   aniqlash,   ularning   qarashlarini   bilib
olish   mumkin.   Bu   metod   asosida   tashkil   etilayotgan   mashg‘ulotda   har   birida   6
nafardan   ishtirokchi bo‘lgan  6  ta guruh   o‘qituvchi tomonidan   o‘rtaga  tashlangan
muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o‘qituvchi 6 ta
guruhni   qayta   tuzadi.   Qaytadan   shakllangan   guruhlarning   har   birida   avvalgi   6   ta
guruhdan   bittadan   vakil   bo‘ladi.   Yangidan   shakllangan   guruh   a’zolari   o‘z
jamoadoshlariga   guruhi   tomonidan   muammo   yechimi   sifatida   taqdim   etilgan
xulosani   bayon   etib   beradilar   va   mazkur   yechimlarni   birgalikda   muhokama
qiladilar.
“6x6x6” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
— guruhlarning har bir a’zosining faol bo‘lishiga undaydi;
— ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
— guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil qiladi;
  19   —   ilgari   surilayotgan   bir   necha   fikrni   umumlashtira   olish,   shuningdek,   o‘z   fikrini
himoya qilishga o‘rgatadi.
Eng   muhimi,   mashg‘ulot   ishtirokchilarining   har   bir   qisqa   vaqt   (20   daqiqa)
mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida
faoliyat olib boradi. Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan
bir   necha   guruhlarda   qo‘llash   mumkin.   Biroq   yirik   guruhlar   o‘rtasida   “6x6x6”
metodi   qo‘llanilganda   vaqtni   ko‘paytirishga   to‘g‘ri   keladi.   Chunki   bunday
mashg‘ulotlarda   munozara   uchun   ham,   axborot   berish   uchun   birmuncha   ko‘p
vaqt   talab   etiladi.   So‘z   yuritilayotgan   metod   qo‘llanilayotganda   mashg‘ulotlarda
quruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzuni qilish imkoniyati mavjud.
“6x6x6” metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik, pedagogik
mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga
ega   bo‘lishni   talab   etadi.   Guruhlarning   to‘g‘ri   shakllantirmasligi   topshiriq   yoki
vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu metod yordamida
mashg‘ulotlar   quyidagi   tartibda   tashkil   etiladi:   O‘qituvchi   mashg‘ulot
boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo‘yib chiqadi.
O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadi. O‘quvchilarni guruhlaga
bo‘lishda har o‘rindiqni nomlab, nomlangan varaqchalarni olganlar o‘z o‘rinlariga
joylashadilar.
O‘quvchilar   joylashib   olganlaridan   so‘ng   o‘qituvchi   mashg‘ulot   mavzusini   e’lon
qiladi   va   guruhlarga   muayyan   topshiriqlarni   beradi.   Ma’lum   vaqt   belgilanib,
munozara jarayoni tashkil etiladi.
O‘qituvchi   guruhlarning   faoliyatini   kuzatib   boradi,   kerakli   o‘rinlarda   guruh
a’zolariga maslahatlar beradi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan
berilgan   topshiriqlarning   to‘g‘ri   hal   etilganligiga   ishonch   hosil   qilganidan   so‘ng
guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi.
Munozara   uchun   belgilangan   vaqt   nihoyasiga   yetgach,   o‘qituvchi   guruhlarni
qaytadan shakllantiradi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta
guruhdan   bittadan   vakil   bo‘ladi.   Yangidan   shakllangan   guruh   a’zolari   o‘z
jamaodoshlariga   guruhi   tomonidan   muammo   yechimi   sifatida   taqdim   etilgan
xulosani   bayon   etib   beradilar   va   mazkur   yechimlarni   birgalikda   muhokama
qiladilar.
  20     21   Xulosa  
Ishni tayyorlash davomida adabiyotlarni chuqur o`rganish   jarayonida shu narsaga amin
bo`ldikki   Fransiyada   bu   davrda   siyosiy   jarayonlarga   aholining   aralashuvi,   siyisiy   ongning
nihoyatda   o`sganligini   ko`rishimiz   mumkin.   1643   yili   besh   yoshlik   Lyudovik   XIV   Fransiya
qiroli   bo’ldi.   Lekin   faktik   jixatdan   mamlakatni   kardinal   Mazarini   idora   qilardi.   Mazarini
Rishelening   absolyutizmni   mustaxkamlash   siyosatini   davom   ettirdi.   Xokimiyat   almashuvi
Rishele davridan to’planib kelayotgan jamoat noroziligining portlashiga olib keldi  Konsullik va
imperiya davrida marka zlashgan byurokratii davlat apparati shakllandi. Ma’muriy boshqaruvda
prefektura tizimi kiritildi.  Xukumat tomonidan  tayinlanadigan departament  boshlig`i — prefekt
o’z qo’lida to’la ma’muriy xokimiyatni mujassam etdi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak konsullik
va   imperiya   davrida   Fransiya   Yevropaning   eng   kuchli   davlatlaridan   biriga   aylandi.   Bunday
qudrat   Fransiya   tarixida   xech   qachon   takrorlanmadi.   Fransiya   birinchi   imperiya   davri   (1804-
1814)   yillarda   o`z   taraqqiyotining   ko`liminatsion   nuqtasiga   yetdi.   Bu   davrda   Fransiya   butun
G`arbiy   Yevropada   birrinchi   raqamli   kapotalistik   davlatga   aylanish   uchun   bor   imkoniyatlarini
ishga   soldi.   G`arbiy   Yevropaning   eng   yirik   davlatlari   bilan   bir   necha   marotaba   harbiy   sohasa
to`qnashdi. Prussiya sbosib olindi Avstriya qarshiligi sindirildi va Angliya ustidan dengiz qamali
amalga   oshirildi.   Lekin,   Agliyaning   harbiy   qudratini   sindira   olmadi.   Natijada   Fransiya   boshliq
Napalionga   bitta   porloq   g`alaba   kerak   edi.   Napalion   bu   g`alabani   Rossiyani   yengish   orqali
amalga oshirmoqchi edi. 1812 yil avgustda 600 ming qo`shin bilan Rossiya chegaralarini buzib
kirdi.   1812   yil   sentyabr   oyida   Baradeno   maydonida   Napalion   qo`shinlarini   ilk   bora
mag`lubiyatga   uchradi.   Rossiyaga   qilingan   intervensiya   G`alabasiz   tugadi.   Bu   esa   Yevropada
napolionga   qarshi   ittifoq   tuzilishiga   sabab   bo`ldi.   Ittifoqchilar   1813   yil   Napaleon   qo`shinlarini
to`liq tor-mor etadi. Napalionni Elba orollariga surgun qiladi.   1814 yil Napolion qo`shinlari va
ittifoqchi qo`shinlar o`rtasida hal qiluvchi jang bo`ladi bunda ham ittifoqchilar g`alaba qozonadi.
Fransiyaning bu mag`lubiyati amalda Fransiyada birinchi imperiya hayotini payoniga yetkazdi.  
Shunday   qilib   Fransiya   konsullik   va   imperiya   davrida   Yewvropaning   birinchi   raqamli
davlatiga   aylanishga   harakat   qildi.   Bu   yo`lda   hatto   mofaqiyatlarga   ham   erishdi.   Bu   darda
Fransiyada   iqtisod,   siyosat,   madaniyat,   ijtimoiy   hayotda   anchagina   rivojlandi.   Lekin,   Fransiya
1814 yilda mag`lubiyatga uchrashu bu muofaqiyatlarni yo`qqa chiqardi.   
 
 
  22   Adabiyotlar:[ 
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak  yo’q. T. Sharq. 1998. 
2.Bapxovtinov N.N. Doktorina Monro. M. 1959. 
3.Yangi tarix. I – tom. T.O’qituvchi 1967. 
4.Zaxarova M.N. Narodnoye dvijeniye v SShA protiv rabstva. M. 1965. 
5.Potemkina A.I. Revolyutsiya 1848-1849gg. M. 1952. 
6.Osvoditelnыe  dvijeniya  narodov Avstriyskoy imperii.  Vozniknoveni    i razvite.  Konets  XVIII
veka  . M. 1989  
7.Yurovoskoy Ye.Ye. Krivoguza  I M.Novaya istoriya stran Yevropы  i Ameriki. M: Vыsshaya
shkola. 1998. 
8.Istoriya diplomatii. T-1. M. 1959. 
  23

MAVZU: KONSULLIK VA IMPERIYA YILLARIDA FRANSIYA Reja: I . Kirish. II. Asosiy qism 1.Fransiyaning XVII asr o’rtalaridagi ijtimoiy — iqgisodiy siyosiy rivojlanishi. 2.Feodal — absolyut tuzumning inqirozi. 3.Fransuz ma’rifatparvarligi taraqqiyoti 4.Evropa davlatlarining Fransiyaga qarshi urush harakatlari. Napaleon imperiyasining ichki siyosati va imperiya inqirozi. 5.Mavzu bo’yicha metodlardan foydalanish. III. Xulosa IV. Abadiyotlar ro`yxati Kirish .

XVII asrning o’rtalarida Fransiya G`arbiy Yevropaning eng yirik va markazlashgan davlati edi. Bosh vazir kardinal Rishele (1624—1642) davrida absolyutizm mustaxkamlandi. O’ttiz yillik urushning g`olibona natijalari Yevropada Fransiyaning siyosiy ustunligini ta’minladi. Mamlakat iqtisodiyoti agrar tavsifiga ega edi axolining 85% qishlokda yashar edi. Sanoatda yetakchilik rolini to’qimachilik tarmog`i o’ynar edi. XVII asrda mamlakatda «dastlabki jamg`arish» jarayonlari davom etardi . Bu yerda davlat qarzlari, soliq bosimi, sudxo’rlik moliyasi katta axamiyatga ega edi. Manufaktura ishlab chiqarilishi asta sekinlik bilan rivojlanishiga qaramasdan feodal munosabatlar mamlakatda ustunlik qilar edi. Dvoryanlar tabaqasida ham ijtimoiy siljishlar ko’zga tashlanardi. Asilzoda dvoryanlarning («qilich dvoryanlari») katta qismi iqtisodny jixatdan zaiflashardi. Shu paytning o’zida dvoryanlar tabaqasi savdo— sanoat doiralardan chiqqan dvoryanlar xisobiga kengaymoqda edi. Sanoat, savdo va sudxo’rlik doiralari siyosiy mustaqillikka intilishmasdi. ASOSIY QISM 1643 yili besh yoshlik Lyudovik XIV Fransiya qiroli bo’ldi. Lekin faktik jixatdan mamlakatni kardinal Mazarini idora qilardi. Mazarini Rishelening absolyutizmni mustaxkamlash siyosatini davom ettirdi. Xokimiyat almashuvi Rishele davridan to’planib kelayotgan jamoat noroziligining portlashiga olib keldi. 1648 yili absolyutizmga qarshi Fronda xarakati boshlandi. «Fronda» degani — «sopqon» demakdir. Parijda bu quroldan foydalanish man qilingan edi. Sopqondan foydalanganlarni politsiya qamoqa olardi. Shu sababli «Frondalash» degan ko’chma ma’nodagi so’zning asli ma’nosi tartibni buzish, ma’murlarga qarshi ish ko’rish demak edi. Fronda tarixi ikki davrga: «Eski Fronda», yoki «parlament Frondasi», 1648—1649 yillardagi davrga va «Yangi Fronda», yoki «shaxzodalar Frondasi», 1650—1653 yillardagi davrga bo’linadi. 1 Feodal- absolyut tuzumining inqirozi Bu ikki Fronda bilan to’qnashuvida absolyutizm mag`lub bo’lmadi. Aksincha siyosiy inqirozlardan mustaxkamlanib chikdi.1661 yili Mazarini vafot etdi. Shu paytdan boshlab Lyudovik XIV mamlakatni yakka xolda 1715 yilgacha idora qildi. «Lyudovik XIV asri» fransuz absolyutizmining eng rivojlangan va inqirozi davri edi. Lyudovik XIV davrida qirol xokimiyati va davlat markazlashuvi kuchaydi. Xarbiy isloxotlar armiyaning jangovor tayyorgarligi va intizomini oshirdi. XVII asrning ikkinchi yarmida mamlakatning moliyaviy va xarbiy — siyosiy qudratini oshirish maqsadida davlatning xo’jalik xayotiga aralashuvi kuchaydi. Ayniqsa, bu maqsadlarga moliya vaziri Kolber tomonidan 1665—1683 yillarda olib borilgan merkantalizm siyosati to’g`ri kelardi. Dengiz orti va mustamlakalarda savdoni faollashtirish uchun davlat ishtirokida monopol savdo kompaniyalari tuzildi:Ost—Indiya, Vest—Indiya, Levantiya kompaniyalari. Flot qurilishiga moliya ajratilar edi. 1 Yurovoskoy Y.Y. Krivoguza I.M.Novaya istoriya stran Yevrop ы i Ameriki. M: V ы sshaya shkola. 1998. 125-str. 2

«Kolbertizm» siyosati yirik markazlashgan manufakturalarning tashkil eitilishiga, fransuz floti va dengiz savdosining o’sishiga turtki berdi. Lyudovik XIV davridagi yirik urushlar Fransiya uchun og`ir yuk edi. Absolyut monarxiyaning mafkuraviy tayanchi katolik cherkovi edi. Mamlakatning siyosiy markazlashuvi diniy — cherkov unifikatsiya bilan birgalikda olib borilardi. Gugenotlarga qarshi diniy ta’qiblar kuchaydi. 200 — 300 minga yaqin gugenotlar Fransiyani tark etdilar. Fransuz ma'rifatparvarligi taraqqiyoti Ma’rifatli doiralarda R.Dekart tomonidan ishlab chiqilgan dunyoqarashning ratsionalistik, tizimi keng tarqaldi. XVII asrning oxiri —XVIII asr boshlarida «libertintlik»-erkin fikrlik va diniy skeptitsizm kuchaydi. Bu oqimning yorqin namoyondasi P.Beyl edi. XVII asrning ikkinchi yarmi fransuz madaniyatining o’sish davri edi. Fanlar Akademiyasi (1666), me’morchilik, rassomchilik akademiyalari, observatoriya tuzilgan edi. 1694 yili «Fransuz tiliniig lug`ati» nashr etildi. 1 Badiy madaniyatda klassitsizm yo’nalishi xukmronlik qilar edi. Adabiyotda P.Kornel, J.Rasin, J.B.Moler, me’morchilikda F.Mansar ijodlarini ta’kidlash mumkin. XVII asrning oxiri — XVSh asrning boshlarida Fransiyani ichki va xalqaro axvoli yomonlashdi. XVIII asrda Fransiyada kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi tezlashdi.Bu jarayon bilan bog`liq o’zgarishlar jamoat ongida, jamiyatning ijtimoiy tarkibida bo’lib o’tardi. Bunday xolatda sodir bo’layotgan jarayonlar xukumronlik qilayotgan feodal absolyutistik tuzum bilan ziddiyatga kelar edi. Bu ziddiyatning chukurlashuvi va keskinlashuvi 1789 yilda boshlangan Buyuk Fransuz inqilobiga olib keldi. XVIII asrning o’rtalariga kelib fransuz ma’rifatchilari feodal absolyut tuzumning ijtimoiy—siyosiy va mafkuraviy ustunlarini ayovsiz tanqidga olib, «idrokda inqilob» yasashdi. Ma’rifatchilar o’yg`onish davri gumanistlarining g`oyalarini davom ettirib, jamiyatning asosiy maqsadi-inson baxti deb xisoblarshadi. Ma’rifatchilarning daxolari Mari Fransua Volter (1694- 1778), Sharl Lui Monteske (1689-1755), Deni Didro (1719-1784), Jan Jak Ruso (1712-1778), Jan Mele (1664-1729) va boshqalar edi. Ma’rifatchilarning faoliyati xalq ongining inqilob arafasidagi uyg`onishiga katta xizmat qildi. XVIIIasr 80 yillar oxiriga kelib Fransiyada feodal absolyutik tuzumning inqirozi kuchaydi.Mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy axvoli yomonlashdi.1787 -1789 yillarda savdo – sanoat inqirozi keng tarqaldi. Qashshoqlanish, ishsizlik, tanglik shaxar va qishloqlarni qamrab oldi. Davlat moliyalarning axvoli xam juda og`ir edi. Monarxiya moliyaviy bankrotlik arafasida edi. Vaziyatni to’g`rilashda imtiyozlarga ega yuqori tabaqalarga tayanish maqsadida chaqirilgan (1787 y.) «notablar» majlisi absolyutizimni qo’llab quvvatlamadi va 1614 yildan beri chaqirilmagan General shtatlarni to’plashni talab qildi. Bunday talabni uchinchi tabaqa keng doiralari xam ilgari surishdi. Xukumat yon berishga rozi bo’ldi. Lyudovik XU1 moliyalar bosh direktori lavozimiga mo’tadil isloxotlar tarafdori Shveysariyalik bankir Nekkerni tayinladi. General shtatlarning chaqirilishi 1789 yil baxoriga 1 Yurovoskoy Y.Y. Krivoguza I M.Novaya istoriya stran Yevrop ы i Ameriki. M: V ы sshaya shkola. 1998. 128-str. 3

belgilandi. General shtatlarga saylovlar xalq xarakatining faollashuviga turtki bo’ldi. Bu xarakat davomida 450 ga yaqin g`alayonlar bo’lib o’tdi. 1789 yil 5 mayda Versalda General shtatlar ochildi. 270 deputat dvoryanlardan, 291 — ruxoniylardan va 578 deputat uchinchi tabaqadan edi. Uchinchi tabaqa deputatlari xalq qo’llab kuvvatlashini sezgan xolda vakillikning tabaqaviy tamoyilini rad etishdi va 17 iyunda o’zlarini Milliy majlis deb e’lon qilishdi. 20 iyunda to’plangan uchinchi tabaqa deputatlari konstitutsiya ishlab chiqilmaguncha tarqalmaslika qasamyod qilishdi. Dvoryanlar vakillari qirolga norozilik jo’natishdi. 23 iyunda Lyudovik XVI uchinchi tabaqa qarorlari bekor qilinishi va «feodal va senorial mulk, dastlabki ikki 26 tabaqalarning foydali xuquqlari va foydali imtiyozlar» masalalarini General shtatlari tasarrufidan chiqarilishini e’lon qildi. Lekin uchinchi tabaqa deputatlari qirol buyrug`iga buysunishni rad etishdi. Ularga liberal dvoryanlar va ruxoniylarning salmoqli qismi qo’shilishdi. 1789 yil 9 iyulda Majlis o’zini «Milliy ta’sis majlisi» deb e’lon qildi.Saroy axli va Lyudovik XVI boshlanayotgan inqilobni kuch ishlatish bilan bostirmoqchi bo’ldi. Parijga xarbiy qo’shinlar (20 ming) tortildi. 11 iyulda Nekker lavozimidan bo’shatildi, xukumat tepasiga reaksiya baron Breytel tayinlandi. 13 iyulda shaxar qo’zgolon bilan qamrab olingan edi. Qo’zg`olonning eng yuksak cho’qqisi Bastiliyani (siyosiy maxbuslar qamog`i) olinishi bo’ldi. Bastiliyaning olinishi Fransuz inqilobining boshlanishi va birinchi g`alabasi edi. Shaxarlarda «munitsipal inqiloblar» bo’lib o’tdi. Barcha yerlarda militsiya otryadlari (Milliy gvardiya) tashkil etildi. Inqilobiy voqealar qishloqlarda xam xalq ko’tarilishiga, ko’plab qo’zg`olonlarga olib keldi. 1789 yil yozidan 1793 yilgacha dehqonlar inqilobining asosiy ommaviy tayanchi va xarakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 1789 yil quzg`olonining asosiy siyosiy natijasi — absolyutizmning deyarli qulashi edi.1789 yilda Ta’sis majlis ikki muxim qonunchilik aktini qabul qildi. 4-11 avgustlarda qabul qilingan dekretlarga kura cherkov desyatinasi, senorlarning dexqon yerlarida ov qilish xuquqi, dehqonlarning shaxsiy feodal majburiyatlari, senorial sudlar va boshqalar to’lovsiz bekor qilindi. Yer bilan bog`liq majburiyatlar senorlar mulki deb tan olindi va to’lov evaziga bekor qilinardi. Aloxida joylar, xududlar, 27 provinsiyalar va shaxarlarning turli imtiyozlari va erkinliklari xam bekor qilindi. 26 avgustda Ta’sis majlis «Inson va fuqaro deklaratsiyasini» qabul qildi. 17 banddan iborat Deklaratsiyada xalq suvereniteta, qonun oldida barchaning tengligi, xar qanday lavozimni egallash xuquqi, so’z va matbuot erkinligi, diniy toqatlik, shaxsiy mulkka ega bo’lish xuquqi e’lon qilindi. Bastiliya egallangandan so’ng mamlakatdan zadagonlar-aksilinqilobchilarning emigratsiyasi boshlandi. Inqilobga qo’shilishini e’lon qilgan Lyudovik XVI amalda Deklaratsiyani qo’llab — quvvatlashdan voz kechdi, 4-11 avgust dekretlarini tasdiqlamadi. Versalga qirolga sodiq qo’shinlar tortila boshlandi. Davom etayotgan iqtisodiy inqiroz, oziq — ovqatning yetishmovchiligi, qimmatchilik xalq noroziligini kuchaytirdi. 5 oktabrda 20 ming parijliklar Versalga yo’l olishdi. Xalq ommasiga Parijning milliy gvardiyasi xam qo’shildi. 6 4

oktabrda xalq talablari ostida qirol oilasi Versaldan Parijga ko’chishga majbur bo’ldi. Parijga Milliy majlis xam ko’chdi. Lyudovik XVI Deklaratsiyasini qo’llab quvvatlashga va 4—11 avgust dekretlarini tasdiqlashga majbur bo’ldi.Ta’sis majlis o’z mavqeini mustaxkamlab, mamlakatda o’zgartirishlar olib borardi. Majlisda ustivorlik mavqelarga mo’’tadil monarxist konstitutsionistlar ega edi. Ular ichida liberal dvoryanlar, Ayniqsa markiz Lafayet va graf Mirabo, yetakchilik qilar edilar. So’l deputatlar ichidan esa arrislik advokat Maksimilian Robesper ajralib turardi. Ta’sis majlis tabaqaviy imtiyozlarni, merosiy dvoryanlik institutini, dvoryanlik gerblar va unvonlarni, sex tizimini va davlat cheklashlarini bekor qildi. Ichki bojlar va 1786 yili Angliya bilan tuzilgan savdo shartnomasining bekor qiliiishn milliy bozorning shakllanishiga va uni xorijiy Raqobatdan ximoya qilinishiga olib keldi. Lekin, shu paytning o’zida Ta’sis majlis ishchi itgifoqlar va stachkalarni ma’n qi qiladigan Le Shapele qonunini qabul qildi (1791 y.). Ta’sis Majdis tomonidan 1790 yil mart — may oylarida qabul qilingan qonunlar yer yegaligining feodal xuquiy tizimini yo’q qildi, shaxsiy majburiyatlarning to’lovsiz bekor qilinishini tasdiqladi. Lekin, asosiy, yer bilan bog`liq «real» majburiyatlardan ozod bo’lish ko’pchilik dehqonlar uchun imkonsiz edi: tulov 20 — 25 yillik renta xajmida edi.1769 yil 2 noyabr dekreti buyicha Ta’sis majlis cherkov yer egaliklarini musodara qildi. Milliy mulk deb e’lon qilingan bu yerlar davlat qarzini qoplash uchun sotib yuborildi 1 . 1791 yil sentabrida Ta’sis majlis konstitutsiyani ishlab chiqarishni yakunladi Konstshutsiya Fransiyada konistitutsion monarxiyani o’rnatdi. Qonunchilik xokimiyat qonunchilik majlisiga,ijroiya xokimiyat esa merosiy monarx va tayinlangan vazirlarga topshirildi. Fransiya tog` va daryolar nomlarini olgan 83 departamenta bo’lindi. Bu yerdagi boshqaruv idoralari saylov asosida shakllanardi. Yangi yagona sud tizimi xam sudyalarning saylanishi tamoyiliga asoslandi.Katolik cherkovi davlat xizmatiga o’tdi. Ruxoniylar va yepiskoplar fuqarolar tomonidan saylanar, davlatdan maosh olar va konstitutsiyaga sodiqliklariga qasamyod qilar edilar. Rim papasiga to’lovlar va ma’muriy qaramlikdan fransuz cherkovi ozod etildi. Senzlik va ikki bosqichlik saylov tizimi kiritildi. Fakatgina «aktiv» (faol) fuqarolar, 25 yoshdan oshgan va 1,5 — 3 livrdan kam bo’lmagan soliq to’lagan erkaklar, ovoz xuquqiga ega bo’lishdi. Bunday fukarolarning soni 4,3 mln. kishi edi. Xalq, xarakatiga qarshi 1789 yil oktabr oyida «xarbiy xolat to’g`risidagi qonun» qabul qilindi. Bu qonun «isyonkor yig`inlar»ga qarshi maxalliy xokimiyatga qurolli kuch ishlatish xuquqini berdi. Avj olgan ijtimoiy siyosiy kurashda siyosiy klublarning o’rni katta edi. Jumladan, 1789 yilda tuzilgan yakobinchilar klubi va boshqalar katta ta’sirga ega edi. Inqilob 1 Osvoditeln ы e dvijeniya narodov Avstriyskoy imperii. Vozniknoveni i razvite. Konets XVIII veka. M. 1989 229 str. 5