KUCHSIZ VODOROD BOG’LANISH KOMPLEKSLARDA VODOROD FTORIDNING TEBRANISH POLOSASI STRUKTURASINI O’RGANISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI MUHA N DISLIK FIZIKA SI IN STUTI “ OPTIKA V A SPEKTROSKOPIY A” KA FEDRA SI Qo’lyozma huquqida UDK535.33 ABDALIMOV ALISHER ABDALIM O’G’LI KUCHSIZ VODOROD BOG’LANISH KOMPLEKSLARDA VODOROD FTORIDNING TEBRANISH POLOSASI STRUKTURASINI O’RGANISH Mutaxasislik: 70530901-FIZIKA ( yo’nalishlar bo’yicha) Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTATSIYA Ish tekshirildi va himoyaga ruhsat etildi. “Optika va spektroskopiya” kafedrasi mudiri _____ G’.Sharifov Ilmiy rahbar “____” ____________ 2023 yil _____ dots. G’.Murodov SAMARQAND – 2023
KUCHSIZ VODOROD BOG’LANISH KOMPLEKSLARDA VODOROD FTORIDNING TEBRANISH POLOSASI STRUKTURASINI O’RGANISH MUNDARIJA KIRISH I-BOB . Nazariy qism 1.1 Molekulaning tuzilishi va xossalari 1.2 Molekulalararo o’zaro ta’sir va uning tebranish spektrida namoyon bo’lishi 1.3 Vodorod bog’lanishli komplekslar va ularning spektral parametrlari, vodorod bog’lanishli komplekslarining umumiy xarakteristikasi II-BOB. Tadqiqot ob’ekti va usullari 2.1 Tadqiqot ob’ektini tanlash 2.2 Molekulalararo o’zaro ta’sir va vodorod bog’lanishli komplekslarni o’rganuvchi spektral asboblar 2.3 Zichlik funksiyalar nazariyasi (DFT) usuli III-BOB . Olingan natijalar va ularning tahlil i 3.1 IQ yutilish spektri yordamida CH 2 O (CH 3 COH)∙∙∙HF komplekslarining spektral parametrlarini aniqlash 3.2 CH 2 O (CH 3 COH)∙∙∙HF komplekslari ishtirokida HF molekulasining tebranish polosasining hosil bo’lish mexanizmini o’rganish Asosiy natijalar va xulosalar Foydalanilgan adabiyo tlar
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Alohida molekulalarning tebranma va tebranma- aylanma harakati, ularning o ’ zaro ta ’ siri va bu ta ’ sirlarning spektrda namoyon bo ’ lishini tahlil qilish ixtiyoriy agregat holatdagi moddalarning tabiatini ularni tebranish spektriga qarab, tushuntirishda muhim rol o’ynaydi. Т ebranma-aylanma polosalarning hosil bo ’ lish mexanizmini tushuntirish bugungi kunda spektroskopiyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. K eyingi yillarda bu borada ancha yutuqlar qo’lga kiritilgan, tajribada olingan natijalarni kvanto- ximik hisoblash yo’li bilan tahlil qilib, molekulyar komplekslarning tebranma- aylanma polosalarning har bir energetik sahtdagi o’tishlarni hisoblash yo’li bilan tiklashga erishilmoqda. Boshqacha aytganda tebranma-aylanma polosalarning hosil bo’lish mexanizmini nazariy jihatdan tushuntirish imkoni yaratilmoqda. Lekin bunday olingan tajribalar ва kvanto-ximik hisoblangan komplekslar soni sanoqli va bu boradagi izlanishlar jadal davom etmoqda. Ushbu ishda HF molekulasining CH 2 O (CH 3 COH) molekulalari bilan hosil qilgan komplekslarining IQ yutilish spektrini tajribada kuzatish va ularni kvanto-ximik hisoblash yo’li bilan yutilish polosalarini taqqoslash maqsad qilib qo’yilgan. Bu esa tebranish spektroskopiyasida qator fundamental masalarni yechishda muhim rol o’ynaydi. Jumladan, molekulalararo o’zaro ta’sir tufayli tebranish polosalarining hosil bo’lish tabiati va mexanizmini tushuntirish imkonini beradi. Shuningdek molekulyar kompleks hosil bo’lishini tushuntirishda qaysi potensialni tanlash to’g’ri bo’ladi degan savolga javob izlanadi. Tadqiqot maqsadi – Formaldegid va asetaldegid molekulalarining HF molekulasi bilan hosil qilgan komplekslarining tebranish spektrini o’rganish, molekulaning spektral parametrlarining o’zgarishini tahlil qilish va kvanto- kimyoviy hisoblashlar yordamida tajribada kuzatish imkoni bo’lgan parametrlarni aniqlashdan iborat.
Tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Formaldegid va asetaldegid molekulalarining molekulyar tuzilishi va molekulalararo o'zaro ta'sirlarini kvanto-kimyoviy hisoblashlar yordamida aniqlash. 2. Noempirik hisoblashlar Gaussian-03 va Gaussian-09 dasturi yordamida formaldegid va asetaldegid molekulalarining optimizasiyalangan tuzilishlari uchun mp2 usulida, 6-311++G(2d,2p), 6-311++G(3df, 3pd) bazislar to‘plamida amalga oshirish. Tadqiqot obyekti Mavzuning maqsadidan kelib chiqqan holda tadqiqot davomida quyidagi asosiy vazifalarni hal etish maqsad etib qo’yilgan: - Oddiy ikki atomli HF molekulasining argon, azotdagi spektrlari tajribada olinadi va kvanto-ximik hisoblashlar bajariladi. - HF molekulasining turli ketonlar (O=CH 2 ; OCH,CH 3 ; OCC 2 H 5, CH 3 )lar bilan vodorod bog’lanishli IQ yutilish spektrlari tajribada olinadi va ular argarmonik kvanto-ximik masalalar yechiladi. Tadqiqot predmeti HF va uning ketonlar bilan hosil qilgan tebranma- aylanma polosalarining IQ yutilish spektrlari va uning kvanto-ximik hisoblashlar yo’li bilan tahlil qilish. Tadqiqot usuli sifatida yorug’likning infraqizil yutilish spektri va kvanto- kimyoviy hisoblash usullari tanlandi. Bu esa molekulyar komplekslarning strukturasini, atomlarda zaryadlarning taqsimotini shuningdek ularning dipol momenti va nihoyat bog’lanish energiyasini ma’lum bir aniqlik bilan hisoblash imkonini bermoqda. Ishning ilmiy yangiligi: Ushbu bitiruv malakaviy ishida bog‘lanishlar orasidagi qonuniyatlar, xarakterli va qat’iy agregatlarni ajratish, molekulyar tuzilishidan tashqari shu modda tuzilishi mexanizmlari to‘g‘risida natijalar olindi; Vodorod ftoridning asetaldegid bilan kompleksi noempirik usulda kvanto- kimyoviy hisoblashlar o‘ tkazildi;
CH 3 CHO∙∙∙HF misolida vodorod bog’lanishli komplekslar hosil bo’lishi natijasida molekulalarning spektral parametrlarida bo’ladigan o’zgarishlarni tushuntirishdan iborat. Bit iruv ishining t uzilishi v a hajmi. Ish kirish, 3 ta bob, xulosa va _____ nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, ____ sahifada bayon qilingan. Ishda ___ ta rasm mavjud.