Kutubxona dasturiy taminotini loyihalashtirish
1“Kutubxona dasturiy taminotini loyihalashtirish” mavzusida MUNDARIJA KIRISH 1 “Kutubxona” tizimidagi o’zgarish va qulayliklar ………..………3 2 Loyihalash va tizimlashtirish……………………………………….7 I. NAZARIY QISM 1 .1 Kutubxonani boshqarish tizimi ………….. ……………………….10 1.2 HTML, CSS va JavaScript qanday ishlaydi...……... …………….13 1 .1 Node.js orqali saytning BackEnd qismini qilish …………... ……..18 II. AMALIY QISM 2. 1 HTML, CSS va JavaScript yordamida saytning FrontEnd qismini tayyorlash ……………………………………………………………...19 Xulosa…………………… .. …………. ……………………………………….26 Foydalanilgan adabiyotlar………….…………………………………..……27
2KIRISH 1.1 “Kutubxona” tizimidagi o’zgarish va qulayliklar Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga va xalqaro amaliyotga mos bo‘lishi zarur. Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo‘lishini ta’minlaydigan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda. Bu esa, axborot-kutubxona faoliyatiga, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, fondlarni to‘ldirish va saqlash, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy- tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va rag‘batlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida: 1. Quyidagilar aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalar etib belgilansin: axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va zamonaviy umumjahon tendensiyalarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyatini isloh qilish; aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ijtimoiy kafolatlarni sifatli ta’minlash hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish maqsadida normativ-huquqiy
3bazani takomillashtirish; hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishni barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish; axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan yangi bino va inshootlarni qurish, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash; kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmog‘ini rivojlantirish; kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish (shu jumladan, pulli xizmat ko‘rsatish) tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish; axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlarining yaxshi saqlanishini ta’minlash; jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishini shakllantirish va kuchaytirish, mutolaa madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish; axborot-kutubxona muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash. 2. Quyidagilar: a) 2019 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot- kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq; b) 2019 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot- kutubxona sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2- ilovaga muvofiq; v) Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot- resurs markazining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq; g) Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot- resurs markazining (keyingi o‘rinlarda — Milliy kutubxona) xodimlar umumiy cheklangan soni 227 nafardan iborat boshqaruv apparati tuzilmasi 4- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4Milliy kutubxona direktoriga, zarur hollarda, Milliy kutubxona boshqaruv apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. Jamiyatda yuksak ma’naviy qadriyatlarning qaror topishi axborot- kutubxona muassasalari oldiga shaxsga e’tiborni kuchaytirish, uning umummadaniy darajasini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, odob-axloq jihatdan tarbiyalash kabi vazifalarni qo‘yadi. Hozirgi jamiyatda axborot-kutubxona muassasalari axborot olish, madaniy-ma’rifiy va ta’lim muassasasi sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy madaniyatni chuqur anglash, uning rivoji va evolyutsiyasini tahlil qilishda respublikaning universal fondga ega bo‘lgan axborot-kutubxona muassasalari alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasalari maqomini oshirish, tarmoq ilmiy axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy va axborot salohiyatini, shuningdek, axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda. Bolalar va ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar guruhi (imkoniyati cheklangan insonlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘p bolali oilalar va boshqalar) axborot-kutubxona muassasalarining alohida e’tiborini talab etadi. Mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, jahon hamjamiyatiga kirish, O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tiborining ortishi axborot-kutubxona muassasalari zimmasiga mamlakatda bo‘layotgan islohotlarga ko‘maklashish, aholiga tezkor axborot taqdim etish bo‘yicha qator majburiyatlarni yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-fevraldagi “ 2011 — 2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot- kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan yanada
5rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PQ-1487-son, 2012-yil 20-martdagi “ Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PQ-1729-son, 2012-yil 21-martdagi “ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PQ-1730-son, 2017-yil 13-sentabrdagi “ Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida ”gi PQ-3271- son, 2019-yil 2-fevraldagi “ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida ”gi PQ-4151-son qarorlari.